O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘rozboy Abdurahmonov 70 yoshda

0
13
marta ko‘rilgan.

“Yoshlik” jurnalining Qoraqalpog‘istondagi targ‘ibotchisi, iste’dodli yozuvchi, ko‘plab yosh ijodkorlarning jonkuyar ustozi O‘rozboy Abdurahmonov 70 chillani bosib o‘tdi. Yozuvchiga tan sihatlik, uzoq umr va omonlik tilaymiz.

 

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi O‘rozboy Abdurahmonov 1949 yil 27 avgustda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida tug‘ilgan.

U 1973 yili Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Turli yillarda “Jetkinchik” bolalar gazetasida, “Amudaryo” jurnalida, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasida, “Qoraqalpoqfilm” film kino studiyasida, “O‘zbektelefilm”ning Qoraqalpog‘iston bo‘limida ishlagan.

Uning “Bir muhabbat tarixi”, “Qo‘shnilar”, “Orolim, dardim mening” va “Bo‘sag‘a” romanilari o‘zbek tilida chop etilgan. Uning “O‘jar” komediyasi 1981 yildan shu kungacha Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat teatrida sahnadan tushmay kelmoqda.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.