Mening bolaligim otam Ğulommirza va ammam Gulsum ona (ammamni men «ona» derdim) taʼlim-tarbiyasi ostida keçdi. Otam maʼrifatli, ziyoli kişi edi. U kişi ilk taʼlimni Maşhadda olgandilar. Eski özbek yozuvi va fors tilini mukammal bilardi. Şörolar davrida zamonga boqib, kolxozda hosilot bölib işlardi. Biroq otam sanʼatni, adabiyotni nihoyatda qadrlardi, sevardi. Şeʼriyat mulkining sultoni hazrat Navoiyni, turkman mutafakkir şoiri, tasavvuf ilmining bilimdoni Maxtumquli, Söfi Allohyor, Mullanafas kabi şoirlarning şeʼrlarini yoddan aytardi va baʼzan maʼrifiy suhbatlarda döst-birodarlariga şarhlab berardi. Qurʼoni karimning aksariyat suralarini yod bilardi. «Oşiq Ğarib va Şohsanam», «Tohir va Zuhro», «Göröğli» kabi dostonlarning oşiği edi. Maxtumquli asarlarini eski arabça kulliyotidan öqirdi.
Dadamiz biz, (ayniqsa men) biron-bir çakki, noörin iş qilib qöysak yoki xato qilgudek bölsak, oldiga çaqirardi-da, şapaloq yoki tanbeh örniga Navoiydan, Fuzuliydan, Maxtumqulidan şu xatoga taalluqli bir bayt yoki törtlik keltirib izza qilardi. Masalan, akamiz mol-dunyo, mansabga sal qiziqib ketganida, u davramizda ötirganida kesatibroq Maxtumqulidan tubandagi törtlikni keltirgandi:
Dunyoda ming tanob boğlaring bölsa,
Ot-yaroğ asbobu şaylaring bölsa,
Arja-arja töla mollaring bölsa,
Foydasi yöq. Taşlab-taşlab ketarsan…
Otamdagi adabiyotga bölgan muhabbat menga ham öz taʼsirini ötkazdi. 7-sinfda öqib yurgan kezlarimdayoq şeʼr maşq qila boşladim. 8-sinfda “Ana xolos” degan kiçik bir pyesa yozdim. Bu pyesa maktabda sahnalaştirildi. Undagi boş qahramonni ham özim ijro etdim. Kiçik-kiçik bu urinişlar meni katta adabiyotga yetaklab keldi.
Örta maktabni tamomlab, Xorazm Davlat pedagogika institutining özbek tili va adabiyoti fakultetiga öqişga kirdim. Talabalik yillarimda esga oladigan voqealar juda köp böldi. Ana şunday tarixiy hodisalardan biri institutning oxirgi bosqiçida öqib yurgan vaqtlarimda sodir bölgandi. Xorazmga atoqli şoir Maqsud Şayxzoda keldi. U uçraşuv anjumanida Jaloliddin haqidagi dramasidan parça öqib berdi. Bu ijodiy uçraşuv menda juda katta taassurot qoldirgan. Şu paytgaça yozmoqçi bölib yurganim, Maxtumquli haqidagi dramani qoğozga tuşiriş istagi kuçaydi. Köz oldimda dono, tuğyonga töla Maxtumquli böy tiklab, keça-yu kunduz ötgan davron dolğalari töğrisida gapira boşladi. Natijada 1964-yilda tarixiy-badiiy «Maxtumquli» musiqali dramasi paydo böldi.
U paytlarda asarni sahnaga olib çiqiş uçun respublika madaniyat vazirligidan ruxsatnoma oliş kerak edi. Baxtli tasodifni qarangki, öşa paytda ulkan adabiyotşunos olim, filologiya fanlari doktori Matyoqub Qöşjonov muhim bir iş bilan Xorazmga taşrif buyurgan edi. Uning kelişi mening jonimga oro kirdi.
Olim drama matni bilan tanişgaç, asarga ijobiy taqriz yozib berdi. Ammo bu kafolat ham yetarli bölmadi, vazirlikdagilar yana bahona topişdi. Maxtumquli haqida turkman xalqining taniqli oqsoqoli, Turkmaniston Yozuvçilari uyuşmasi raisi, maşhur adib Berdi Kerboboyev ham drama yozgan ekan, şu kişidan ruxsatnoma oliş zarur deb aytişdi. Noiloj, Aşxobodga, Berdi oğa huzuriga otlandim. Asarni uyuşma kotibi Aşir Nazarov olib qoldi. Uni Berdi oğaga topşirişini, u kişi ikki kundan söng kelişini aytdi.
Xullas, ikki kundan söng atoqli insonning oldiga hayajon bilan kirdim. Ne ajabki, Berdi Murodoviç meni eski qadrdonlardek kutib oldi, bir piyola çoy quyib berdi. Yozuvçining gap-sözlaridan qölyozmani öqib çiqqanligi maʼlum böldi. Asarni varaqlab çiqar ekan, «Qoyil, juda «gövi» (zör degani) drama asari böliptir» deya menga oq fotiha berdi. “Asarni turkmançaga ögirtirib olib kelsang, Mullanafas nomidagi drama teatrida sahnalaştirardik”, dedi va bu vazifani u turkmanistonlik maşhur dramaturg Tovşon Esenova zimmasiga yuklaşini aytdi. Şundan keyin asarning original ekanligi, ahamiyati va uni sahnalaştiriş maqsadga muvofiqligi taʼkidlangan xatga imzo qöyib berdi. Va nihoyat, bu asar 1966-yilda Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat teatri ijodiy jamoasi tomonidan muvaffaqiyatli sahnalaştirildi. Bu musiqali drama keyinçalik respublikamizning köpgina viloyatlari sahnalarida, Turkmaniston, Qoraqalpoğistonda namoyiş etildi, Respublika radiosining «Oltin fondi»dan joy oldi.
1981yilning oxirlarida meni Özbekiston Yozuvçilari uyuşmasiga aʼzolikka qabul qilişdi. Bu vaqtlarda uyuşmaning Xorazm viloyat bölimi masʼul kotibi Rahim Bekniyozov öz arizasiga köra qarilik pensiyasiga çiqqan ekan. Qiziği şundaki, Yozuvçilar uyuşmasining öşa vaqtdagi raisi şu kunning özidayoq meni masʼul kotiblik vazifasiga ötkaziş borasida taklif kiritdi. Uyuşma Prezidiumi aʼzolari taklifni maʼqullaşdi.
Rais juda uddaburon, işning közini biladigan, ijodkorlarning takliflari bilan hisoblaşadigan, iloji boriça ularga kerak bölsa ham moddiy, ham maʼnaviy yordamini ayamaydigan rahbar edi. U kişining işga kelişi bilan Yozuvçilar uyuşmasi qad tikladi, joylardagi obrösi oşdi, viloyat rahbarlarining takliflariga köra bölimlar yangi ştatlar (konsultant, tarjimon ştatlari) bilan töldirildi, Dörmondagi ijod uyi navbati bilan viloyatdagi ijodkorlarni ham bağriga oldi. Bu ğamxörliklar juda ham yaxşi natija bera boşladi.
Albatta, yangi vazifa öz navbatida menga yangi kuç-quvvat va masʼuliyat yuklagan edi. Viloyatda köpgina ijodkor yoşlarni tarbiyalaş, ularga ustozlik qilişdek savobli işlarni boşlab yubordik. Öndan ortiq yoş isteʼdod egalari uyuşma aʼzoligiga qabul qilindi. Betakror isteʼdod sohibi, yetuk şoir, mohir tarjimon Matnazar Abdulhakim, Respublikaga tanilgan şoirlar Otabek Ismoilov, Gavhar Ibodullayeva, Sotim Avaz, Rustam Nazar, Ismoil Ollaberganov, adabiyotşunos olimlar Hamdam Abdullayev, Nurmamat Qabulovlar şular jumlasidandir. Ustoz-şogirdlik munosabatlari yaxşi yölga qöyildi.
Bir misol. Şoir Matnazar Abdulhakim oliy dargohni bitkazib kelgaç, qişloq maktablarining birida öqituvçilik qilarkan. Rosti, şu paytgaça men uni tanimasdim. Tasodifan Urganç tumani gazetasida uning aruzda bitilgan bitta muxammasiga közim tuşdi. Şeʼr ravon va hissiyotga boy edi. Suriştirib bu yigit işlaydigan maktab manzilini bilib, topib keliş uçun kotiba qizimizni jönatdim. Maqsadim, maʼqul tuşsa uni Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimiga yangi ajratilgan adabiy konsultantlik lavozimiga işga taklif qilişni öylab qöydim. Sal oldinroq viloyatdagi taniqli yozuvçilardan biriga bu borada maslahat soldim. Rejam unga yoqmadi, Matnazar xarakteridagi ayrim «salbiy» xususiyatlarni rökaç qilib, bu öringa özi bilan işlaydigan boşqa bir yoş şoirning nomzodini talab darajasida qatʼiy taklif qildi.
Oradan bir kun ötib Matnazar huzurimga keldi. Biroz suhbatlaşib ötirdim, şeʼrlaridan namunalar eşitdim. Uning gap-sözlaridan, közlaridan isteʼdod uçqunlarini körganday böldim. Özi ham kamtar, kamsuqum yigit körindi. Şundan keyin heç ikkilanmay Matnazarni işga qabul qildim.
Matnazarning qöltiğida doim Hazrat Navoiyning «Xamsa»sini kötarib işga kelib-ketişlarini körib, uning mumtoz adabiyotga ixlosi zörligini angladim va unga «Xamsa»ni yaxşi örganişni va har kuni vaqt topib şu asar borasida bir-ikki soat muloqotga tayyorlanişni topşirdim. Şu maqsadda bölimdagi boşqa işlarni öz zimmamga olib, uning işini yengillatib qöydim. Uluğ bobomiz ijod çaşmasiga kirişida unga imkon yaratib berişga harakat qildim. Şu yösinda deyarli ikki yilgaça vaqt ötdi. Biz vaqt topildi degunça xamsaxonlik qilardik. U asarni yaxşi özlaştirdi, biz ham, yaʼni men ham ança-munça «xamsaşunos» bölib qoldim. Keyinçalik Matnazar Navoiyning boşqa ğazallarini «çaqiş»ga kirişdi. U Navoiyni özlaştirgani sari, özining ham badiiyat zinapoyasidan kötarila borayotgani şundoq sezilib turardi. Şunday qilib, umrining oxirigaça u bilan ustoz-şogirdlik munosabatlarimiz davom etdi. Avvaliga men biroz narsani unga örgatgan bölsam, köproq undan örganişga harakat qildim. Nafaqat ijodiy, balki uning oilaviy-hayotiy, iqtisodiy muammolarini hal etişda baholi qudrat öz hissamni qöşdim deb öylayman va bundan quvonaman.
Men yoşlikdan bilvosita hazrat Navoiy, Ogahiy, Abdulla Qahhor, Maqsud Şayxzoda, Maxtumquli, Hamid Olimjon, Ötkir Hoşimov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov singari adabiyot darğalarining hayotiyu asarlaridan, hozirgi zamon maşhur turkman adiblari Gurbonnazar Azizov, Raimboy Sobirov kabi adiblar ijodidan hayot taʼlimini oldim. Ayniqsa, filologiya fanlari doktori, tilşunos domlamiz O. Madrahimov hayot tarzi menga katta saboq berdi.
Sönggi yillardagi eng katta ijodiy işim «Maxtumquli» romani böldi. Romanni yozişga tayyorgarlik şu mavzudagi dramatik asarimni sahnaga qöyilişdan söng boşlandi, desam xato bölmas. Töğri, avval roman yoziş niyatim yöq edi. Lekin Maxtumqulini köp öqirdim, asarlarini mutolaa qilardim, u haqda köpgina maqolalar yozganman, köp suhbatlarim şu uluğ donişmand inson töğrisida bölardi. Unga öxşatma qilib qöşiq-şeʼrlar yozardim. Şoirning hayotiga kirib borganim sari, unga ixlosim oşib bordi. Lekin roman yozişdan çöçirdim. Biroq tasavvuf ilmining ustasi Maxtumquli haqida katta asar yozişimga köproq taniqli adib, ustoz akamiz Erkin Samandar turtki böldi. U kişi işonçimga işonç qöşdi, yöllanma berdi va tez-tez eslataverdi. Miyamda Maxtumquli borasida 30-40 yillik materiallar yiğilib qolgan bölsa-da, bevosita asarning yozilişiga roppa-rosa ikki yil vaqt ketdi. Lekin naşriyot hammasini örganib, kitob oxirida bu muddatni 10 yil deb yozib qöysak töğri bölar, deb maslahat berişdi, rozi böldim.
Roman boş ğoyasini oçib berişda (hozirgi zamon özbek adabiyotida birinçi tajriba bölsa kerak) Qurʼon oyatlari va hadislardan foydalanib, asar ruhiyatini qadriyatlarimiz, gözal urf-odatlarimiz, umumbaşariy qadriyatlar bilan bir qatorda Şörolar davrida taʼqiqlangan milliy maʼnaviyatimizning asosiy omillaridan biri – Islomiy maʼrifat bilan suğorişga harakat qilindi.
Şuningdek, Maxtumquli, Mujrim Obid, Kiromiylar yaşayotgan davrdagi musulmonlar oilasidagi diniy-maʼnaviy tarbiyaning qay darajada ekanligi, uning ibratomuz tomonlariga urğu berildi.
Maxtumquli Hazrat Navoiyni öz ustozi hisoblagan, unga ixlos qöygan. Nafaqat madrasalarda, balki butun umri böyi ustoz asarlarini öqigan, «Xamsa»ni yod bilgan, ulardan ibrat olgan. U şunday yozadi:
Haqiqat izlagan ustoz Navoiy,
«Çor devon»i, «Farhod-Şirin», ruboiy,
Zahiriddin Bobur mezonil-oyi,
Dargohiga borib men Majnun bölsam.
Navoiy bilan Maxtumquli örtasida ruhiy yaqinlik, fikriy boğliqlik bor. Şu örinda tarixga murojaat qilsak.
X asrlarda Tajan daryosida qurilgan «Puli xotin» köprigi orqali ajdodlarimiz quda-andaçilik, savdo-sotiq bahonasida bir-birlari bilan bordi-keldi qilişgan. Keyinçalik hazrat Navoiy ham şu köprikdan Saragtga ötgan, bu köprikda Amir Temur, Şohruh Mirzo, Uluğbeklarning ham izlari qolgan. Andijon, Marğilon, Samarqand, Turkiston va Buxoroyi şarif, Xiva şaharlarini ixtiyor etganda, bu yöllar Maxtumquli oyoqlariga poyondoz bölgan. Şoir deydiki:
Ilgimni uzatsam yetadir şoxoyi ar-ar,
Ul şayxi Fuzuliyga sözim bölsa barobar.
Sulton Husayin, Mir Alişer dunyoga daʼvogar,
Farhod-la Şirin, Layli va Majnun dilovar,
Yurtlarni kezib, siyil Xurosona kelibdir.
Uluğlarimiz boşlab bergan ustoz-şogirdlik, ruhiy-maʼnaviy irtibot anʼanalari bugungi kunlarimizgaça davom etib kelayotir.
Uzoqqa borib ötirmaylik, turkman xalqining maşhur adibi Xidir Deryayev özbek romançiligining asosçisi Abdulla Qodiriyni öz ustozi hisoblagan bölsa, xorazmlik Bola baxşi Abdullayev turkman xalqining taniqli baxşisi Suyav baxşini ustozim deb qöl bergan. Özbek şoiri Ğafur Ğulom bilan turkman yozuvçilarining otaxoni Berdi Kerboboyevning döstligi, birodarligi kabi misollar ikki xalq maʼnaviyatining muştarakligidan nişonadir.
Romanni yozişimda yana bir manba Abulğozi Bahodirxonning «Şajarayi tarokima» tarixiy asari ruhiy tayanç va yöllanma böldi. Insonning paydo bölişi, Odam Ato farzandlarining Yer yuziga tarqalişi-yu ildizi bir turk xalqlarining qadim tarixi, kelib çiqişi, hayot tarzi borasidagi qimmatli fikr-mulohazalari asarni yozişimda nihoyat asqotdi. Abulğozi nafaqat dovyurak bahodir, balki ajdodlarimiz tarixini yaxşi bilgan, tibbiyot ilmining nuktadoni bölib, avlodlarga köpgina ibratli meros qoldirgan yetuk alloma ham bölgan. Uning xizmatlari romanning uç-tört joyida tilga olinadi.
Maʼlumki, XIX asr Xorazm adabiy hayoti tarixi mumtoz adabiyotimizning gullab-yaşnagan davriga töğri keladi. Bu davrda Xiva şahri madaniy-adabiy hayotning markazida davrining yetuk allomalari Munis va Ogahiylar özlaridan öçmas tarixiy va adabiy meros qoldirganlar. Bu davr maktabi avvalo Şermuhammad Munis (1778-1829) nomi bilan boğliqligini aytiş lozim. Munis vafotidan keyingi Xorazm adabiy maktabi bevosita Ogahiy va Feruz nomi bilan boğliqdir. Ogahiyning ijodi XIX asr özbek adabiyotidagi nodir hodisa, Xorazm adabiy muhitida esa uning yuksak bosqiçi sifatida qimmatliroqdir. Şoir ijodiy-ilmiy merosi boy va rang-barang bölib, keng kölami va mazmunan teranligi bilan kişini hayratga soladi. Aytiş mumkinki, Navoiydan keyin adabiyotimiz tarixida bunçalik kölamdor va badiiy yuksak ijod ilk bor vujudga keldi.
Sönggi yillarda Ogahiy hayoti va ijodiy merosi keng örganilmoqda. Köpgina salmoqli tadqiqotlar paydo böldi. Şoirning 6 jildlik asarlar majmuasi naşrdan çiqarildi. Şu jumladan, men ham 5 yil muqaddam Ogahiyga bağişlab «Taxt va baxt» deb atalgan tarixiy sahna asarimni yozdim va u ikkinçi jild «Saylanma»mdan örin oldi.
Albatta, şu paytgaça yozilgan kitoblar va sahna asarlarining hammasidan ham könglim töladi, deb aytolmayman. Biroq şunisidan baxtiyormanki, istiqlol yillarida, yaʼni bu erkinlik bergan imkoniyatdan baholi qudrat foydalanişga harakat qilib kelyapman. Mustaqilligimizning beş yilligi oldidan viloyatimiz ijodkorlari bilan mamlakatimizni boşdan-oyoq aylanib çiqiş taşabbusini kötardim va şu maqsadda maxsus bir yarim oylik safarga otlandik. Safar taassurotlari «Xorazmdan Özbekiston böylab» rukni ostida respublika matbuoti, televideniye va radiolarda keng yoritib berildi. Natijada, özbek adabiyotida unutilayotgan «Sayohatnoma» janri qayta tiklandi. Mening nazm va nasrda bitilgan «Jonim fido» nomli safarnoma kitobim dunyoga keldi. Bu kitobda mustaqilligimizning hali tetapoya davrida xalqimiz tomonidan erişilgan tarixiy yutuqlar va bu muqaddas yöldagi ayrim yeçimini kutib turgan muammolar öz aksini topdi.
Sönggi yillarda nasriy asarlarim bilan birga dramaturgiya sohasida ham maʼlum yutuqlarga erişdim, deb öylayman. Abdulla Qahhor nomidagi respublika satira teatri ijodiy jamoasi tomonidan sahnalaştirilgan va bugungi kungaça sahnadan tuşmay, teatr muxlislarini xursand qilib kelayotgan «Bugunning şum bolasi», Sirdaryo teatrida sahnalaştirilgan «Töy» spektakli, Xorazm viloyat teatri sahnalarida qöyilgan «Maxtumquli», «Qasam va vijdon», «Aybdorlar» pyesalari bunga yaqqol misol böla oladi. Bu asarlarning köpçiligi Respublika televideniyesi va radiosi orqali bir neça bora xalqimizga namoyiş qilindi.
Ijodiy izlanişlarim davomida Markaziy Osiyo xalqlari hayotini yaqindan örganişga harakat qildim. Bu maqsadda turkman yozuvçilari Berdi Kerboboyev, Tovşon Esenova, Aşir Nazarov, Raimboy Sobirov, Xonkeldi Qoraboyev, qoraqalpoq xalqining sevimli adiblari Ibroyim Yusupov, Tölepbergen Qayipbergenov, qozoq şoirasi Oltinsoç Jaganova, tojik şoirasi Zulfiya Atoyi kabi taniqli adiblar bilan bir qança muloqotlarda böldim. Qardoş ijodkor döstlarimizning şeʼrlarini, asarlarini özbek tiliga tarjima qildim. Jumladan, tojikistonlik taniqli şoira Zulfiya Atoyi, mumtoz turkman adabiyoti vakillaridan Kamina va Seyidiy, Turkmaniston xalq şoirlari, Maxtumquli nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari Gurbonnazar Azizov, Karim Qurbonnapasov va boşqalarning bir qança şeʼlarini turkman tilidan özbekçaga tarjima qilib, turli gazeta va jurnallarda, kitoblarda çop ettirdim.
Darhaqiqat, umrim kitob va kitobot işlari içida keçmoqda. Men bundan nolimayman. Yaratganning bu neʼmati uçun har qança şukrona etsam oz. Könglimda hali yana bir talay ijodiy rejalarim, orzularim bor. Bu ezgu işlarni amalga oşirişimda Özidan madad sörab qolaman.
ADIB HAQIDA
Qurbon Muhammadrizo – 1938-yil 18 fevralda tuğilgan. Xorazm Davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tamomlagan. Dastlabki faoliyatini öqituvçilikdan boşlagan. Söngra Xorazm radiosida muxbir, televideniyesida muharrir, boş muharrir va rais vazifalarida faoliyat olib borgan. Şuningdek, 1982-86 yillarda Özbekiston yozuvçilari uyuşmasining viloyat bölimi rahbari bölib xizmat qilgan. Şu yillar davomida adibning “Gul va köngil”, “Yurak titraganda”, “Xorazmda bir gözal bor” şeʼriy töplamlari, “Falakning gardişi”, “Nurli izlar” qissa va publitsistik asarlari naşr etilgan. Sönggi yillarda “Maxtumquli” romani, “Nazm daftari” va önlab dramatik asarlarni özida jamlagan “Saylanma”si çop etilgan. Oilali, yetti nafar farzandi bor va önlab nevara-çevaralarning sevikli bobosidir.
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 7-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


