5 daqiqada öqiladi

482 marta körilgan

«Adabiyot – fidokor insonlar qalbining yolqinidir»

Usmon Azim

…«Bolaning biror-bir narsaga qiziqişi qonida böladi. Esimni bilibmanki, kitob atrofida öralaşganman. Uyimizda keçalari (ayniqsa, uzun qiş tunlari) ertak aytib beriş, jamoa bölib kitob öqiş rasm bölgan. Bu narsa menga şu qadar yoqib qolganki, ertak aytib berişlarini ortiqça injiqlik bilan talab qilganlarim esimda . Maktabga ham erta borganman. Savodim juda tez çiqqan. Yozişni özlaştirib ulgurmasdanoq, bosma harflarni örganib olib, kitob öqişga tuşib ketganman. Öşa payt çop etila boşlagan xalq dostonlarini, kattalarga taqlid qilib, qiroat bilan öqişga tutinganman. Bobom menga deyarli har kun doston öqitar edi. U kişi kitobni oçib, keça kelib töxtagan joyimizni albatta barmoqlari bilan körsatar, men esa öşa joydan öqişni davom ettirar edim.

Öşa paytlarda bolalarning kitobga yaqinlaşuvi ança muşkul edi. Odamlarning yaşaş şaroiti juda oğir: turmuş taşvişlarining bir qismi bolalarning hali qotib ulgurmagan yelkasida – kunduzi köpinça kitobga vaqt yetmas, keçasi esa birgina çiroq dars tayyorlayman deganlarning örtasida talaş… 

Bolalagimda yozuvçiyu şoirlarni allaqanday sirli, özgaça olamdagi odamlarday tasavvur etganman. Şu sababdanmi, ilk bor öz ismimni gazetada körganimda allatovur hayajonga kömilib yurganlarim esimda…

…Ijodkor öz yölida bilimdon va xayrixoh odamlarni uçratişi bu Ollohning işoratidir. Isteʼdodli odam bilan suhbatdoş bölmoq yoş ijodkorni beqiyos östiradigan uluğ manba. Isteʼdodlarning bir-biri bilan topişuvi, bahsu tortuşuvlar, döstlik va hatto oçiq-yaşirin raqobat – maʼlum bir davrda ijodni mukammallik sari yetaklaydigan yöldir. Şuning uçun adabiyotda tez-tez ijodiy davralar paydo bölib turadi va bu davralarning saviyasi ajib bir tarzda turfa köriniş oladi. Yaʼni isteʼdodlarining darajasi bir-biriga yaqin odamlar hayotda ham qandaydir bir tarzda saralanib, ijodiy davralar taşkil etadilar. Ijodkor uçun bu ham bir bosqiç. Men ijodkorga öqimişli va isteʼdodli davra ham ulkan ustozlik rolini bajaradi demoqçiman…

 …Yigirmataça kitobim çop etilgan. “Yurak” va “Fonus” degan şeʼriy kitoblarim şu kunlarda naşr etildi. Bilasiz, şeʼriy kitoblarning adadi katta bölmaydi. Kitoblarimning jami adadi ikki yuz ming atrofida bölsa kerag-ov…

Ijodkorning köngli yozganlaridan heç qaçon tölmaydi. Ammo yolğon kamtarlikni yiğiştirib aytsam, ijodda nimagadir erişganimni ham anglayman…

…Yangangiz Raʼnoxon, xabardorsiz, badiiy tarjima bilan şuğullanadi. Rossiya Taşqi işlar vazirligining “Zolotoye pero” mukofoti bilan taqdirlangan. Juda mehnatkaş ayol.

 Bolalarim adabiyotga yaqin – çin maʼnoda öqimişli odamlar. Kattam Uluğbekning qölidan yozuv-çizuv keladi. Ammo bu işga jiddiy qaragani yöq. Kiçkinam Şodiya ham uquvligina, lekin hozirgaça allaqanday xom rejalar girdobida – nasib bölsa, biror qarorga kelar. Bolalarimdan yozişga jurʼat etgani Nazokat – Nazokat Azim taxallusi bilan endigina adabiyot ahliga tanilib kelyapti. “Qahvaxör qizlar” degan kitob ham naşr ettirdi. Aytganday, uning ilk hikoyasi “Yoşlik”da – sizlarning jurnallaringizda çop etilgan. Hozir bir ijodiy taşkilot bilan hamkorlikda katta bir loyiha ustida işlayapti. 

Oltita nevaram bor: Şohruhmirzo, Temurmalik, Ismoilbek, Muhammadbobir, Sarvar, Komron…

…Özbek xaqining şakllanişida, uning özini anglaş jarayonida Adabiyot yetakçi rol öynadi. U hamişa xalqning ongini uyğotişga, uning zöravonlar öçirib yuborişni maʼqul biladigan tarixiy xotirasini mustahkamlaşga harakat qildi; Odamlarning taqdirini tasvirlaş asnosida, bugunning suratini çizdi; ertaning orzumandaligida yaşadi va bu orzularni elning erlariga yuqtirdi. U xalqning ruhi va ongiga aylandi. Gözallikning, mutanosiblikning manbasi sifatida odamlarning didini – jamiyatning didini yuksaltirdi. Men çinakam Adabiyot haqida gapiryapman. Adabiyotning qay darajada tirikligi – Xalq tirikligi darajasini ölçab beradigan mezondir.

…Adabiyot – adabiy qalloblar öylaganiday, şaxsiy maanfaatlar dökoni emas, balki xalqi taqdirini öylaydigan fidokor insonlar qalbining yolqinidir.

Illatlarning esa ikkitasini sanab ötaman. Biri, yuqorida yozganim, adabiy qalloblik – özini buyuk adib qilib körsata biliş sanʼati. Bu – isteʼdodsizlikning eng xavfli körinişidir.

Xuşomadgöylik ham adabiy anʼana sifatida şakl– lanib bormoqda. Bu – juda uyat adabiy hodisa. Kommunistik va feodal ötmişdan qolgan bunday yaltoqilikdan Adabiyotimiz jirkanmoği lozim deb öylayman. Çunki Adabiyotining ğururi bölgan xalqqina or-nomusli böladi.

…Men oqimlarni juda yomon köraman. Ayniqsa, ular sunʼiy ravişda taşkil qilinsa. Ammo özini “modernçiman” deb yurganlarni ham tuşunaman: tepada yozib ötganim nusxalarning safida bölmoqdan ular or-nomus qilgan bölsalar ajabmas. Keyin esa bu tuyğuga ozgina oliftaçilik aralaştirib, “modernizm” deb atab qöya qolgan bölsalar kerak. Men avval ham aytganman, bunaqa şeʼriy maşqlar jahon adabiyotining çöntagidan allaqaçonlar tuşib qolgan. Ular hozir postmodernizmdan ham keçmoqçi bölib turişibdi. Bizdagi juda ham modern qiyofada köringisi kelib turganlarning yozişi adabiyotning rivoji tufayli tabiiy ösib çiqadigan bir holdir. Isteʼdod esa hamişa sanoqli böladi, bir töda bölmaydi. Bizning modernçilarlarning safida bir-ikki şoir bor, qolganlari hali şeʼr yozişni örganişi lozim bölgan havaskorlar. Xullas, “modernizm” sözi menda “sotsrealizm” tuşunçasiday yoqimsiz taassurot qoldiradi. Menimça, adabiyotda ikki toifa ijodkorlar bor: isteʼdodlilar va isteʼdodsizlar. Tamom…

…Yangi yil rejalari…

«Yozaveraylik, qolgani bir gap bölar», degan eski iş rejam böyiça boşlab yubordim».

ŞOIR HAQIDA

Usmon Azim 1950-yilning avgustida Surxondaryo viloyati Boysun tumanining Gaza qişloğida tuğilgan. 1972-yilda hozirgi ÖzMU junalistika fakultetini tugatgan.

1979-yilda ilk şeʼriy kitobi – “Insonni tuşuniş” çop etilgan. Şundan söng “Holat” (1979), “Oqibat” (1980), “Közgu” (1983) “Surat parçalari” (1985), “Dars” (1985), “Ikkinçi aprel” (1987), “Baxşiyona” (1989), “Ğaroyib ajdarho” (1990), “Uyğoniş azobi” (1991), “Ğussa” (1994), “Uzun tun” (1994), “Bor ekanda, yöq ekan” (1995), “Saylanma” (1995), “Kuz” (2001), “Soğinç” (2007), “Yurak” (2009), “Fonus” şeʼriy kitoblari va “Jodu” (2003) nasriy töplami bosildi.

Tarjimon. Elyuar, Doğlarja, Voznesenskiy, Vatsiyentis, Marsinkyaviçus ijodidan özbek tiliga ögirgan.

Nosir. Qator hikoyalari, esselari, “Alpomiş” kinodostoni, “Alişer Navoiy” kinoqissalari eʼlon qilingan.

“Sevgi” (1998), “Alpomiş” (2000), “Yöqolgan odam” (2008), “Gözallik siri” (2006) badiiy filmlari ssenariysiga mualliflik qilgan.

“Bir qadam yöl” (2002), “Kunduzsiz keçalar” (1998), “Qadim zamon hangomalari” (2003), “Adibning umri” (2005), “Alpomişning qaytişi” (2000), “Baxt quşi” (2006), “Sinfdoş yoxud kuyovlikka nomzod” (2008), “Bor ekanda, yöq ekan” (2008) kabi dramalari sahnalaştirilgan. Şuningdek, “Xalil Sulton”, “Jazava”, “Bozor”, “Abdulla Qahhor”, “Tohir va Zuhra” kabi dramatik asarlari ham bor.

“Yoşlik” 2010/2-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)