Dunyoning maşhur adiblaridan biri ulkan kutubxona yölagida turib, zamondoşlariga şunday xitob qilgan ekan: “Qança-qança kunlar, uyqusiz tunlarning mehnati, qançalab aql-quvvati, umid va taşvişlar, bardoş bilan faqat izlanişga baxş etilgan qança-qança umrlar mana şu mayda bosmaxona harflariga jo etilgan, tevaragimizdagi torgina javonlarga yiğilgan”.
Darhaqiqat, kitoblar insoniyatning boqiy xazinalaridir. Binobarin, ularning dunyoga kelişi oddiy jarayon emas. Bunda ijodkor atalmiş zahmatkaş xilqatning ruhiy iztiroblari, qalb oğriqlari, har bir sözni, har bir jumlani qoğozga tuşirayotgan paytdagi öy-fikrlari mujassam. Taʼbir joiz bölsa, kitoblarning dunyoga keliş jarayonini “fikrlaş azobi” deb ataş mumkin.
Kitob inson hayotida juda muhim örin tutadi. Sababi kitob mutolaasi kişi ongida dunyoga, odamlarga nisbatan eng töğri mulohazalarni paydo etadi. Kitoblarda insoniyat tarixining barça bilimlari, maʼnaviy boyliklari jam bölgan. Har bir inson kitoblar yordamida aql-zakovat koşonasiga dadil qadamlar bilan kirib borişi mumkin.
Kitoblar bizga buyuk insonlarning fikrlari bilan tanişiş, ularning köngil olamiga sayohat qiliş imkonini beradi. Mutolaa onlarida şuurimizda öşa buyuk insonlarning öy va fikrlariga hamohang mulohazalar paydo böladi.
Bir qaraşda badiiy adabiyot mohiyatida insonning ğam-anduhlari yotgandek tuyuladi. Qanday asarni olib qaramang, uning qahramonlari, xususan, boş qahramoni albatta hayotning maʼlum bir qiyinçiliklarini boşdan keçiradi. Ayriliqlar, xiyonatlar, aldovlar, qismatning turfa öyinlari…
Ijodkor esa iztirob farzandi. U özi yaratgan qahramonlarning ğam-anduhi ortida ruhiy yuksalişni, irodaning toblanişini köradi.
Yaxşi kitoblar inson uçun hamişa foydali. Çunki badiiy adabiyot vositasida köp bilimlarga ega bölişimiz mumkin. Yaxşi kitob uxlab yotgan fikrlarni uyğotadi. Insonni muşohadaga undaydi. Ular vositasida umrning asl mazmunini topişimiz oson keçadi. Xalqimiz orasida maşhur bölgan “kitob öqigan insondan yomonlik çiqmaydi” qabilidagi sözlar juda sodda tuyulsa-da, ular zamirida teran maʼno bor. Inson bir narsani unutmasligi kerakki, kitob öqiş imkoniyati har doim ham birdek bölavermaydi. Ösmirlik, yoşlik yillaridan, mana şu yillarning takrorlanmas imkoniyatlaridan foydalanib qoliş kerak.
Yoşlikda öqilgan kitoblardan olingan taassurotlar daraxt tanasidagi yozuvlar kabi inson xotirasiga muhrlanadi. Inson ulğaygani sayin öşa asarlarning mohiyatini yaxşiroq idrok eta boradi. Tasavvurlariga oydinlik inadi. Hayot haqiqatlariga tayyor turişni örganadi. Şu maʼnoda kitoblarni inson tarbiyasi yölidagi beminnat murabbiy deb ataş mumkin.
Qadim vatanimiz bundan uzoq asrlar oldin ham ilm-fan va maʼnaviyat öçoği sanalgan. Bizda köplab diniy va dunyoviy bilimlar paydo bölişi va rivojlanişi bilan bir qatorda adabiyot va kutubxonaçilik ham taraqqiy etgan. Dono bobolarimiz kitobning qadrini juda yaxşi anglaganlar. Hali ğarb olami maʼnaviyat nima ekanidan bebahra bölgan bir paytda şarqda maʼnaviyat beşiklari paydo bölgan. Bu uluğvor tuşunçaning şakllanişi va insonlar ongiga kirib borişi uçun tamal asoslar yaratilgan. Hali ham bizning zaminimizda kitoblarga eʼtibor kuçli. Birgina Toşkent şahrining özida bir neçta kutubxona bor. Ayniqsa, Alişer Navoiy nomidagi milliy kutubxonaning hozirda zamonaviy texnologiya asosida faoliyat yuritayotgani ayni muddaodir. Bu hol har birimizda kelajakka umid uyğotadi.
Nozimjon SIDDIQOV,
Oliy jurnalistika kursi tinglovçisi
“Yoşlik”2012/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

