Uluğ Temur avlodiman Gar bölsamda ozari, Tabarrukdir, ziyoratgoh Menga oning mozori. Uluğbekning poyin izlab Zarafşondan ötganman, Samarsandning tarixini Yuragimga bitganman.
Maqsud Şayxzoda
Bu köhna dunyo yurtlarni buzgan, elatlarni qirgan qançadan-qança jahongirlarni biladi: Iskandaru Doro, Muoviyayu Qutayba, Çingizu Botu, Napoleon va, nihoyat, Gitler… Baʼzi ilmiy farazlarga köra, başariyatning keyingi uç ming yillik tarixida jami 2600-yil uruşlar bilan keçgan ekan.
Ötmiş muarrixlari insoniyat tarixiga özgartirişlar kiritgan jahongirlar tabiat taqozasiga köra ahyon-ahyonda tuğilişini qayd etganlar. Munajjimlar Çingizxon, Amir Temur va Abdullaxonlarning (XVI asr) sohibqiron bölib tuğilganligini karomat qilganlar. Aytişlariça, Çingizxon öng qölining kaftida qon çangallab tuğilganligi uning keyinçalik qonxör bölişiga işora ekan. Ilmi nujum dalolatiga köra, ikki baxt sayyorasi – Nohid (Venera) va Muştariy (Yupiter) bir-biri bilan yaqinlaşgan vaqtda tuğilgan bola sohibqiron bölar emiş. Sohibqironlikni tabiat hodisalariga aniqroği, yulduzlar holatiga boğlaş qançalik haqiqatga töğri keladi, bu töğrida biron narsa deyiş qiyin, ammo sohibqironlarning qon tökib, yurt olişi bobida ötmiş olimlari yanglişmaganlar.
Amir Temur tarixan öta murakkab vaziyatda siyosat maydoniga kirdi. XIII asrniig birinçi çoragida bosib olingan, asoratga solingan Movarounnahr va Xuroson, qolaversa, bepoyon rus tuproğida hamon möğullar istibdodi davom etayotgan edi. Movarounnahr Çingizxonning ikkinçi öğli Çiğatoyning suyurğol mulkiga aylantirilib, qariyb bir yarim asrdan buyon uning uruğ-aymoqlari bu ölkaning qonini zulukdek sörmoqda edilar. Çiğatoy ulusi Yettisuvdan to janubiy Xorazm yerlarini qamrovçi ulkan sarhadga yoyilgan bölib, maʼlum muddat (1318–1347) uning poytaxti Nasaf – Qarşi şahri bölib turdi.
XIV asrning 60-yillarida, yaʼni Temur siyosat sahnasiga kirib kelganda bosqinçi möğul hukmdorlaridan putur keta boşlagandi. Nasafni poytaxtga aylantirgan Kebekxon (1318–1326) majusiy edi. Kebekxonni öldirib, hokimiyat tepasiga çiqqan Tarmaşirin (1326–1334) musulmon dinini qabul qiladi. Möğul hukmdorining mahalliy aholi diniga kirişi şunçaki yumşoqköngillik oqibati emasdi, albatta. Agar Tarmaşirin musulmon bölib, “Alouddin” – din uluği unvonini olgan bölsa, uning örniga taxtga çiqqan Bözan möğul feodallarining islomni qabul qilişiga çek qöyadi.
Çingizxon vafotidan keyin juda inoq, bosib olingan ölkalarni bahamjihatlik bilan idora qilib kelayotgan uning avlodlari XIV asrning ikkinçi çoragidan eʼtiboran bir-biri bilan jiqqamuşt böla boşladi. Hokimiyat uçun kuraş borgan sari avj oldi. Bözanni öldirib, hokimiyatni qölga olgan Qozonxon ibn Yassavir öğlon yana qarorgohni Qarşi şahriga (Bözan uni Iliga köçirgan edi) olib keladi. Qozonxon ham uruğ-aymoği bilan bölgan özaro kuraşlarga doş berolmadi. Uning kuşandasi amir Qozoğon böldi. Hirot yaqinidagi Dari zangi degan joyda bölgan jangda garçi Qozonxonning qöli baland kelgan bölsa-da, köziga yoy öqi tegib, nogiron bölib qoladi. 1347-yilda Qozoğon bilan bölgan ikkinçi jangda uning kuni bitadi. Qozoğon taxtga Doşmandçi öğlonni (u Çingizning öğli Ugeday nasabidan edi) çiqaradi. Bir yilga yetar-yetmas Doşmandçi öğlon ham fitnaning qurboni böladi.
Amir Qozoğon Balxda kuçli qöşinga ega edi. Bu safar ham Movarounnahr taxtiga öz odami Boyonqulini qöyişga erişadi. Qozoğonning öğli Abdulloh ham bosqinçilik bobida otasidan qolişmas, mulk çegaralarini kengaytirişga intilardi. Jumladan, u 1363-yilda Xorazmga bosqin qiladi va talaydi. 1367-yilga kelib, özaro janglarning birida möğul amiri Qutluğ Temur Bölday amir Qozoğonni yasoqqa yetkazadi. Otasi örniga taxtga çiqqan Abdulloh saroyida fisqu fujur zörayadi. Masalan, u Boyonqulini xotini bilan bölgan işqiy mojaro tufayli qatl etadi. Möğul feodallarining jirkanç maişiy hayot tarzi, hokimiyat uçun tuban talaşişlari odatdagi bir hol bölib qolgan edi.
Kebekxon davridayoq bölinib keta boşlagan möğullar Movarounnahr tuproğida zaiflaşib qolgandi. Xurosonda ham ahvol şunday edi. Şu boisdan Xurosonda möğul bosqinçilariga qarşi hayot-mamot jangiga kirişgan sarbadorlar 1337-yildan to 1381-yilga qadar, yaʼni hokimiyatni Amir Temurga ixtiyoriy topşirgunga qadar mustaqil davlat tuzişga muvaffaq bölgan edilar. Sarbadorlik harakati Movarounnahrga ham yoyila boşlagan, Samarqand uning markaziga aylangandi. Lekin hali sarbadorlik bu ölkada oçiq kuraşga ötmagandi.
Vaziyatni hisobga olgan, möğullarga qarşi xalq kayfiyatini yaxşi bilgan mahalliy turk feodallari ham u yoki bu möğul amiri tarafida turib, hokimiyat uçun bölgan kuraşlarda qatnaşa boşlaydilar. Masalan, XV asr tarixçisi Fosiq Ahmad Xavofiyning «Mujmal-i Fosihiy» (1441) asarida olimlarimiz nazaridan çetda qolgan bir dalil bor. Unda taʼkidlanişiça, 1358-yilda amir Qozoğonning öğli Abdullohga qarşi kuraş boşlagan möğul amiri Bayon Sölduz yonida Hoji Barlos ham bölgan. Ular amir Abdullohga qarşi ittifoq bölib, qölga kiritilgan viloyatlarni özaro taqsimlab oliş şarti bilan kuraşganlar. Hoji Barlos, bu öşa – Keş (Şahrisabz) viloyatining hokimn, özbekning barlos uruğidan bölgan, Amir Temurning amakisi edi.
Ayrim tarixiy asarlarda, xususan, akademik V. B. Bartoldning ilmiy işlarida ham XIV asrda mahalliy feodallarning hokim möğullar bilan munosabati qanday bölganligi maʼlum emas, deyiladi. Mahalliy feodallar, jumladan, barlos beklari möğul amirlari bilan yaxşi aloqada bölgan. Davr taqozasiga köra möğul amirlari ham eng kamida mahalliy feodallar fikri bilan hisoblaşadigan bölib qolgan.
Amir Abdullohni yengib, uni Andarab tomonga qoçib ketişga majbur qilgan Bayon Sölduz va Hoji Barlos Movarounnahrning bir qismini qölga kiritadilar, uni özaro bölib olib idora qila boşlaydilar. Hoji Barlosga Keş viloyati tegadi. Bu voqea 1358-yilda röy berdi. Şu tariqa Movarounnahrda hokimiyat qariyb bir yarim asrdan söng mahalliy aholi vakili qöliga ötadi.
Tarix darsliklarimizdagi yana bir qusur şundaki, XIV asrning 30-yillariga kelib Xurosonda mahalliy aholining vatanparvar va ilğor qismi bölgan sarbadorlar hukmron möğullardan kiçik bir territoriyani ozod qilib, poytaxti Sabzavor şahri bölgan mustaqil sarbadorlar davlati tuzganligi aytiladi. Biroq, Şahrisabz viloyatining Movarounnahrda birinçi bölib (bundan keyin, 1361–1362-yil oraligida Samarqandda ham sarbadorlar hokimiyatni qölga kiritadilar), 140-yil davom etgan möğul hukmronligidan söng ozodlikni qölga kiritganligi haqida lom-mim deyilmaydi. Töğri, darsliklarda hokimiyat maqalliy feodal Hoji Barlos qöliga ötganligi haqida bir jumla keltiriladi-yu, möğul asoratidan qutiliş, öşa zamonda xalqimizning ozodlikka erişgani haqida aytiş negadir, «unutiladi».
Tarixiy faktlarni haqqoniy tahlil etiş, zamonga nisbat berib şarhlaş juda muhim. Bu xalqimizning möğul bosqinçilariga qarşi bir yarim asr davomida olib borgan ozodlik kuraşi sahifalarini oydinlaştirişda beqiyos ahamiyatga ega bölgan jihatlardan biridir. Zero, XIV asrning 50-yillariga kelib, Samarqandda, şuningdek, unga qöşni bölgan Şahrisabz va Qarşida bosqinçilarga qarşi kuraş tobora alangalanayotgan edi. Bu esa Hoji Barlosning garçi mustaqil bölmasa-da, Bayon Sulduz bilan birgalikda olib borgan kuraşida maʼlum darajada aks etadi. Bu jang natijasida Şahrisabz viloyati qölga kiritiladiki, bu yengib bölmas deb qaralgan möğullarga qarşi ozodlik kuraşining ilk samarasi edi. Holbuki, Mahmud Torobiydan keyin töliq bir asr ötgan bölsa-da, bosqinçilarga qarşi qözğalişga heç kim botina olmagandi. Şahrisabz va Xurosonda hokimiyatni qölga olgan (albatta, kiçik territoriyada) sarbadorlar dovruği yoyilgan, bunga navkarlar va yoşlarning katta bir qismi qiziqiş bilan qarardi. Samarqand sarbadorlari bilan zimdan til biriktirgan, ozodlik kuraşiga boş qöşganlar safida Hoji Barlosning amakivaççasi Temur ibn Tarağay ham bölgan deyişga baʼzi asoslar bor. Bu Amir Temurning keyingi faoliyatida yaqqol körinadi.
Möğulistonda 1348-yilda hokimiyatga erişgan Töqluğ Temur Movarounnahrda – bobosi Çiğatoy ulusida yuz berayotgan voqealarga befarq qarab turolmaydi. Töqluğ Temur Çigatoyning nabirasi Duvaxonning öğli Eminxöjaning öğli bölib, amir Pölodçi tomonidan 18 yoşida xonlikka kötarilgan edi. Yigirma tört yoşida islomni qabul qilgan Töqluğ Temur Movarounnahrni bosib olişga özini şarʼan ham haqli hisoblardi. Keyingi paytda bu yurtda mahalliy aholi vakillarining hokimiyatni tortib oliş payiga tuşib qolganliklari, uning azaliy rejasini amalga oşirişga turtki böladi. U 1359-yilda katta qöşin tortib Movarounnahrga – Keş viloyatiga yöl oladi.
Şahrisabz viloyatini qisqa vaqt idora qilib turgan Hoji Barlos möğul xonining yöl-yölakay erişayotgan ğalabalaridan vahimaga tuşib qoladi. Oz sonli yigitlar bilan Töqluğ Temurga qarşi turib bölmaydi, yon-atrofdagi amirlardan najot yöq, hammasi möğullar… Amir Hoji Barlos Töqluğ Temurning asosiy zarbasi öziga qaratilganini yaxşi anglab, Xurosonga qoçib ketişdan bölak çora topolmaydi. Hoji Barlos bu qarorga osonlikça kelmagan, albatta. Oğir damda yurtni taşlab ketiş özi uçun qançalik qimmatga tuşişini u yaxşi bilgan. Xullas, Hoji Barlos öziga sodiq kişilar kuzatuvida Amudaryo böyiga yetib keladi. Uni qöriqlab kelganlar orasida amakivaççasi Temur ham bor edi. Hoji Barlos unga işonar, Xurosonda, musofirlikda yurganimda tayanç bölar, deb umid qilardi. Kutilmaganda, Temur Şahrisabzga qaytajagini aytadi. Amakisiga: «Siz boravering, qiyin kunda men el içida bölişim kerak», deydi. Unda oriyat, hamiyat kuçli bölgan. Amakisini Temur qattiq hurmat qilgan (bunga hali işonç hosil qilamiz), Hoji Barlos nima bölganda ham, möğullardan viloyatini mustaqil qilib olgan birinçi kişi edida. Lekin, uning bu ketişi… Hoji Barlos Töqluğ Temurga böysunib, molu mulk tölab, amalida qolişi mumkin emasmidi? Yöq, bölmas edi. Çunki, Hoji Barlos hokimiyatni kuç bilan olgandi, Çingiz avlodiga qöl kötargan kişi aslo keçirilmagan. Endi, Temurning oriyati masalasiga kelsak, yurt tinç vaqtda Hoji Barlos (va uning yaqinlari, jumladan, Tarağay oilasi ham) faroğatda yaşardi. El boşiga quzğun yopirilganda, nonning gulini yegan Hoji Barlos jonini qutqarişga tuşib qoldi, xiyonat yöliga kirdi. Jömardlik ruhida tarbiyalangan Temur bu – yölni qabul qilolmaydi. Hoji Barlosning yaqin qarindoşi sifatida isnodning oldini olişga şoşiladi. Ikkinçidan, Şahrisabz viloyati beega, Töqluğ Temur bölsa hali yölda. Hokimiyatni oliş uçun bundan qulay fursat bölişi mumkinmi?!
Yigirma tört yoşli Temurning mör-malaxdek duşman bostirib kelayotgan Şahrisabzga qaytiş haqidagi ahdi ölim va hayot garovi edi. Nahotki, şunday qaltis vaqtda u hokimiyatga intilgan bölsa? Temur, keyinçalik qurultoylarda, harbiy köriklarda amir va navkarlariga bir naqlni takror-takror aytar ekan: Ikki sayyoh biri arab, biri eroni, behudud sahroda adaşib qolibdi. Quyoşning olovli tafti yölovçilarni holdan toydiribdi. Eroni suvini allaqaçon içib tugatgan, arabning közaçasida bir içim suv qolgan. Suvsizlikdan lablari qovjirab, sulayib borayotgan eroni hamrohi arabga aytibdi: «Arab xalqi olijanob böladi deb eşitganim bor, şu rost bölsa, suvingni menga beru, xalqingning olijanobligini körsat». Arab suvni unga bersa, şaksiz ölişini bilsa ham «arablarning olijanobligi oldida mening ölimim heç narsa emas, men xalqim udumiga şak keltirmayman», deb suvni unga beradi. Ittifoqo, bu ikki sayyoq omon qolib, Temur laşkariga qöşilgan. Amir Temur ularni behad siylagan ekan.
Töqluğ Temur «olsa mol, olmasa jon» qabilida oldiga çiqqan Temurga Keş viloyatini inʼom qiladi. Afsuski, tarixiy manbalar uning bunga qanday erişganligini yoritmaydi. Tabiiyki, bu sulh va vassallik katta tavon va har yili tölab turiladigan molu aşyo evaziga bölgan. Bu voqea 1360-yilda röy beradi. Töqluğ Temur iziga qaytadi. Movarounnahrda osoyiş yuz bergaç, qoçib ketgan amir Hoji Barlos Şahrisabzga qaytadi. Bir yilga yaqin Keş hokimi bölib turgan Temur, Fasih Xavofiy aytganidek, «hokimiyatni boşqariş uçun kelgan»[1] amakisiga joyni böşatib beradi. Yuzi şuvit Hoji Barlosni darvozadan kiritmaslik örniga, taxtni unga topşiradi. Xöş, buni qanday baholaş kerak? Hokimiyat uçun ota bolani ayamagan davrda bu qanday jömardlik edi? Tabiiyki, savollar köp. Bizga maʼlum manbalar esa bu söroqlar qarşisida ojiz.
Temur öziga sadoqatli yigitlar bilan Balxga, Amir Husayn ibn Musallab oldiga ketadi. Bu Hoji Barlosga nisbatan norozilik belgisi emasmikin, biron narsa deyiş qiyin. Voqealarning keyingi rivoji öquvçilarga yaxşi maʼlum. Husayn xizmatiga kirgan Temur özini tutib oladi, atrofiga aksar jangari, heç narsadan qaytmaydigan katta qöşin töplaydi. Nihoyat, 1370-yilning 10 aprelida Balxda amir Husaynni yengib, Movarounnahr taxtini qölga kiritadi.
Amir Temur 736 siçqon yilida, şaʼbon oyining 25 kunida (9 aprel 1336-yil) Şaqrisabzdan ön uç çaqirim bölgan Xöja Ilğor qişloğida tuğilgan. Hozir bu qişloq Yakkaboğ rayoniga qaraşli. Akademik Bartoldning şahodat berişiça, asrimiz boşlarida qişloq aholisi unga Amir Temurning şu qişloqda tuğilganini sözlab bergan ekanlar. Temurning otasi Tarağay Muhammad, onasi Tegina xotun bölgan. Qoraça – Tarağay va Hoji Barlosga törtinçi bobo bölgan. Tarağay barlos uruğining nufuzli beklaridan hisoblangan. Uning möğullar bilan ham bordi-keldisi bölib, jumladan, amir Hamidning otasi bilan döst tutingan. Tarağay Muhammad taqvodor kişi sifatida, şayxlar bilan yaxşi munosabatga kirişgan.
Islomning nufuzli şayxlari bilan yaqin aloqalar boğlaş ham maʼlum maqsadni közda tutganga öxşaydi. Masalan, Temur yoşligida Qaşqa vohasining taniqli ruhoniysi şayx Şamsiddin Kulol huzuriga boradi. Bu payt şayx ibodat bilan maşğul bölgan. Yoş bekzoda uni sabr-toqat bilan kutib turadi. Uzoq çözilgan zikru ibodatdan söng, şayx uni juda yaxşi qabul qiladi, sabr-matonati uçun alqab, duo qiladi. Temur, keyinçalik, özining ğalabalarini şu fotihaga boğlagani maʼlum. Bundan çiqadiki, Temur yoşligidayoq kuraşişni maqsad qilib qöygan. Kimga qarşi kuraşiş masalasi ham öşa paytlardayoq aniq qilib qöyilgan körinadi. Buni Temurning muhri (peçati) bilan boğlab tuşuntiriş mumkin. Demak, endigi gap Amir Temurning muhri haqida.
Amir Temur 1370-yildan to 1402-yilgaça, Karl Marks taʼbiri bilan aytadigan bölsak, öz saltanatini Şarqda to Xitoy devoriga qadar, Şimolda – Moskvaga qadar, Ğarbda – Örta Yer dengizi qirğoqlariga qadar, Janubda – Misr çegaralariga qadar kengaytiradi. Bunga 18 uruş natijasida erişadi. Fosih Xavofiyning «Mujmal-i Fosihiy» asarida berilgan xronologiya asosida hisoblab çiqilganda, amir Temurning 1370-yildan to sönggi nafasiga qadar 30 martadan ziyod harbiy yurişlar qilganligi maʼlum böladi. U qariyb 25 yil davomida, asosan, mögul bosqinçilariga qarşi kuraşdi. Öz hokimiyatini mustahkamlab olgaç, bosqinçilik yurişlarini amalga oşirdi, Eronni, Iroqni, Turkiya va Hindistonni işğol etdi.
Benihoya katta imperiyaga ega bölgan Temur özini xon atamagan. Aksinça, Çingizxon uruğidan bölgan kişilardan qöğirçoq xonlar (masalan, Qobulşoh, Suyurğatmiş, Sulton Mahmudxon) qöyib, farmonlarni ular nomidan eʼlon qilgan. Tabiiyki, bu farmonlarda Amir Temurning bodomi muhri hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan. Farmonlarda şu muhr bölgandagina u kuçga kirgan.
Akademik V. V. Bartoldning tarixiy manbalarga asoslanib yozişiça, amir Temurning muhrida (şuningdek, uzugida ham) ikkita söz bor ekan: «Rosti va rasti». «Forsça – rusça luğat»ning Moskva, 1983) birinçi jildida «rosti – adolat, haqiqat», «rasti – qutiliş, ozodlik» (707; 721-betlar) deb izohlangan. Binobarin, Amir Temurning muhridagi sözlar «ozodlik va adolat» maʼnosini anglatadi.
Akademik Ibrohim Mömiiov «Amir Temurning Örta Osiyo tarixida tutgan örni va roli» iomli ajoyib risolasida, bu sözlarni Şarafuddin Ali Yazdiyning maʼlumotiga asoslanib, «Rosti – durusti» (haqiqat – sihatlik) deb keltirib ötadi. Temur muhridagi bu ikki sözni yana boşqaça öqiş hollari ham bor. Jumladan. G. Vamberi «Buxoro tarixi» asarida bu sözlarni «Rasti-rusti» (Haqiqat va xaloskorlik) deb ögirgan ekan. Fikrimizça, XV asrning birinçi manbalari bilan iş körgan, Örta Osiyo, xususan, Temuriylar tarixini mukammal bilgan akademik V. V. Bartoldning şarhi töğri. Şuningdek, G. Vamberi ham sözlarni asl maʼnosiga juda yaqin izohlagan. «Rosti» va «Rasti» sözlarining sinonimlari adolat, haqiqat, qutiliş, xaloskorlik maʼnolarida keladi. Bu «forsça-rusça luğat»da ham, «Tojikça-rusça luğat»da (Moskva, 1969) ham aks etgan.
Yigitlik çoğlaridayoq Temurning şioriga aylangan bu ikki sözni hirotlik şayx Zayniddin Abu Bakr at Tayobodiy aytganligi manbalardan maʼlum. Lekin şu örinda bir aniqlik zarurga öxşaydi. Çunki bu ikki sözni Temur 21 yoşida öz faoliyati uçun şior qilib oladi. Şunday ekan, bu sözlarni unga şayx Zayniddin Tayobodiyning aytganligi şubha tuğdiradi. Amir Temur 1481-yilda Hirirudga yaqin Köhsangdagi Tayobod qişloğida yaşovçi şayx Zayniddin Tayobodiy bilan uçraşgan. Vu paytda u 45 yoşga kirgan bölib, Movarounnahrni möğullardan tozalab, Xurosonni ham birin-ketin bosqinçilardan tortib olayotgan edi. Şunday ekan, uning muhridagi sözlar Zayniddin Tayobodiy tomonidan emas, balki undan ança oldin, yaʼni 24 yil muqaddam qarşilik şayx Şamsuddin Kulol tomonidan aytilgan böladi. Bundan çiqadigan maʼno şuki, Qaşqa vohasidagi vatanparvar din arboblari ham möğullarga qarşi kayfiyatda bölganlar. Yuqorida zikr etganimiz möğul xoni Tarmaşirin musulmonçilikni qabul qilişi ham ölkada katta kuç bölgan islomga yon berişning oqibati edi.
Amir Temurning öz muhriga tuşirilgan sözlarga qançalik amal qilganligi tarixdan yaxşi maʼlum. Uning siyosiy jahongirlik faoliyati ikki davrga bölinişi ham bejiz emas. 1370-yildan to 1386-yilga qadar Temur öz davlatini mustahkamlaş, Movarounnahrdan möğullarni quvib yuboriş, muhriga tuşirilganidek, qutiliş, ozodlik işlari bilan şugullandi. 1386-yildan boşlab esa uning tarixda maşhur uç, beş va yetti yillik jahongirlik yurişlari amalga oşirildi. Temur imperiyasida 800 ming kişilik qöşin mavjud bölganligi qayd etilgan. U, masalan, Hindistonga, Turkiya sultoni Boyazid va Töxtamişxon ustiga 200 ming laşkar tortib borgani maʼlum. Temur qöşinda temir intizom örnatgan, har bir tuman (ön minglik) uçun alohida rangdagi boş kiyimlari joriy qilgan. Akademik
V. V. Bartold Temur jangçilarining ritsarlik ruhida tarbiya olganliklarini aytadi. Temurning özi ham şijoatli, dovyurak kişi bölgan. 1362-yilda Seyistonda bölgan jangda öng qölini tirsagidan kamon öqi yaralaydi. Şunda ham u jang maydonini taşlab ketmaydi. Vaholanki, şu öq zahmi yillar davomida uning mayib bölib qolişiga sabab bölgan, öng qöli va öng oyoğida suyak sili avj olib, oyoği bukilmaydigan bölib qoladi. Amir Temur öç olişni ham yaxşi bilgan. Oradan ön bir yil ötib, 1383-yilda Seyistonni zabt etişda, bir vaqtlar uni kamon öqi bilan yaralagan kişi qölga tuşadi. Temur uni ham kamondan otib öldirişga buyruq beradi. Yoki Xorazm amiri Yusuf Söfi Temurni yakkama-yakka jangga çorlaydi-yu, özi bunga botina olmaydi. Bu voqea 1379-yilda, Urganç qamalida sodir bölgan. Qirq uç yoşli Temur şartlaşilgan joyga keladi, ammo Yusuf Söfi qörqoqlik qilib, öz şartini buzadi.
Haqiqatan ham Temur, akademik Bartold aytganidek, eng avvalo harbiy, söng hukmdor, eng oxirida esa musulmon edi. Uning öz poytaxti Samarqandda bir yilga yaqin tinç ötirgani maʼlum emas. Har olti oyga qolmay goh Möğulistonga, goh Xorazmga, goh Eronga, goh Hindistonga, goh Turkiyaga qöşin tortadi. Şunga qaramay, Temur Samarqandda istirohat boğlari, qasrlar qurdirganki, bularda Temur bölmagan vaqtda kambağal ham, boy ham bemalol sayr qilib yurgan. Yana akademik Bartold taʼbiri bilan aytganda, Temur qasrlari va boğlarining qulfi ham, devori ham bölmagan.
Temurni tuşuniş nihoyatda qiyin, jahongirlar içida u kabi murakkabi ötmagan bölsa kerak. Masalan, Abdurazzoq Samarqandiyning «Matlayi saʼdayn va majmayi bahrayn» asarida şunday bir voqea keltiriladi. Keyinçalik Temurning işonçli sarkardasi darajasiga kötarilgan amir Şoh Malik (XVI asrda yaşagan şoir Muhammad Solihning bobosi) yoşligida yuz bergan bir hodisani sözlab bergan ekan: «Bir kuni onhazrat (Temur) meni xos xilvatga çaqirib, buyurdi: «Amirlar falon podşohning qonidan ötişimni söradilar, men ularning sözlariga quloq solmadim. Ular buni yana arzga yetakladilar, men esa man qilaman. Sen esa şunday qilişing kerak: men ularning söziga quloq solmay turgan vaqtimda örningdan turib orqaga çekinasan-u, ammo yana şu haqda söz oçilganda, qörqmasdan oldinga çiqib tez çökasan. Şunday qilib, amir Şoh Malik bir neça bor tiz çökib, iltijo qilgaç, onhazrat: “Amirlar aytgan bu sözlarga men iltifot körgazmagan edim, endi agar bu gödakning sözini eşitmasam, dili oğriydi va öz tengqurlari orasida şarmanda böladi», – dedi va uning talab-iltimosini qabul qildi».[2]
Çindan ham, bunday voqealar ançagina bölgan. Fosih Xavofiy öz asarlarida ana şunday gunohidan ötilganlardan bir neçasini tilga oladi. Masalan, 1388-yilda amir Temur Xorazmga, Töxtamiş ustiga yuriş qilganda asirga tuşgan Aydi Berdi Baxşi hukmdan ozod etilgan.
Amir Temur öziga böyin egganni siylagan, oldiga sovğa salom, peşkaş bilan çiqqan şahar hokimlarini öz örnida qoldirgan. Aksinça, xalqqa zulm ötkazuvçi hokimlarni ayovsiz jazolagan. Hokimiyatni endigina qölga olgan kezlarida möğullarga qarşi kuraşda uni qöllamagan jaloyirlarni qirib, qolganini Xöjand atrofidan tariqdek tirqiratib yuboradi. Oltin Ördaga mayli bölgan Xorazmni neça bor qon-qaqşatib, oxiri Urgançni yer bilan yakson qilib, aholisining bir qismini Samarqandga haydab keladi.
1403-yilda Şeroz hokimi Qutbiddin sadrning öz xalqiga haddan ziyod zulm ötkazayotgani xabari yetib keladi. Amir Temur Qutbiddin sadrni tutdirib, oyoq-qölini mixlatib taşlaydi. Xalqqa sadrdan ötgan jafoni bartaraf qiliş uçun maxsus odam tayinlaydi.
Kişini hayratga soladigan narsa şundaki, tang vaziyatlarda ham Temur öz fikrini, qaraşlarini özgartirmagan. Uning sarbadorlar bilan mustahkam aloqa örnatişi yigirma yoşlarida yuz bergan. Samarqandda sarbadorlar möğul xoni Ilyosxöjaga qarşi kuraşib, 1362-yilda şaharnn tuzoqqa ilintiradi. Juda köpçilik öldirib yuboriladi.
Öşa paytlar hokimiyatga erişgan Temur amir Husaynni bir amallab köndirib, madrasa talabasi, öz tengquri, otaşin notiq Mavlonozoda hayotini saqlab qoladi. 1366-yilda amir Husayn Samarqandda Temurning döstlarini isyonda gumon qilib, hibsga oladi. Temur bisotidagi bor narsalarni, jumladan xotini, amir Husaynning singlisi Uljoy Turkonning quloğidagi oltin sirğani tavonga qöşib tölab, ularni qutqarib oladi. Bu sirğani amir Husayn töy kunlari singlisiga özi sovga qilgan edi.
Ayniqsa, bu jihatdan Töxtamişga körsatilgan muruvvat eʼtiborga loyiq. 1376-yilda Temur huzuriga panoh I istab kelgan Manqişloq hokimi Töyxöjaning (Töyxöja özbek edi) öğli Töxtamişni Temur farzand örnida körib, unga Ötror va Sabron viloyatlarini beradi. Söng, Temur qöllab-quvvatlaşi tufayli, Töxtamiş katta qöşin bilan öz duşmani Örusxon ustiga otlanadi (Örusxon otasini öldirgan edi). Jangda Örusxonning öğli Qutluğ böğa öldiriladi. Dargazab bölgan Örusxon amir Temurga döq- pöpisali maktub yozib, öğlining xuni uçun Töxtamişni berişini söraydi. Amir Temur uning ğazabnok xatini keltirgan elçiga şunday javob bergan ekan:
Bor va aytğil mendan Urusxonga:
«Daryo quşin yomğir bilan qurqutma».
Temur özi iştirok etgan jangda Örusxon ham şahid böladi, şu voqeadan köp ötmay Töxtamiş Daşti Qipçoqning (Volgadan Dneprgaça bölgan yerlar) hukmdori qilib tayinlanadi. Töxtamiş xususida Temur qattiq yanglişgandi. U Temurning tuzini oqlamadi. Temur Töxtamişga qarşi bir neça bor şiddatli janglar olib bordi va oxirida uni mağlub qilişga erişdi. Bu juda köp vaqt va juda köp kuçni oldi, qonlarning daryo bölib oqişiga sabab böldi.
Fosih Xavofiy 1381–1382-yil voqealari solnomasini yozar ekan, amir Temurning Xurosondagi Xudoşod qişloği aholisini qirganini tilga oladi. Bu qirğinning sababi, qişloq ahli Hoji Barlosni öldirganliklari edi. Demak, 1363-yilda amir Husayn va Temur Şahrisabzni bosib olganlarida Hoji barlos ikkinçi marta Xurosonga qoçgan va Xudoşod degan joyda örnaşgan ekan. Amakisiga Şahrisabzni böşatib bergan, ayni vaqtda unga hujum uyuştirgan, Hoji Barlosning viloyatdan çiqib ketişiga sabab bölgan Temur, oradan ön sakkiz yil ötkazib, uning qasosi uçun qişloq ahlini qirib taşlaydi. Kuyovi Abulfath xiyonat uçun qatl etiladi-yu, Turkiyada sulton Boyazid bilan bölgan janglarda duşman tomoniga ötib kuraşgan, sotqin nabirasi Husayn şahzodalik kiyimlarini almaştiriş bilan qutilib qoladi.
Amir Temurning oilaviy hayoti ham çigal va murakkab. Öşa davrlar udumiga köra, Temur ham erta uylangan. 1362-yilda amir Husaynning singlisi Öljoy Turkon ogani olgunga qadar Temurning ikki öğli bölgan: bular 1354-yilda tuğilgan Umarşayx va 1356-yilda tugilgan Jahongir. Jahongirning onasi Nurmiş oğa bölgan. Bu ikki şahzoda bir onadan tuğilganmi-yöqmi aniq emas.
Temur xotinlariga muruvvatli bölgan. Ularga atab qasr- lar, boğlar barpo etgan. «Boği behişt» Tuman oğaga atalgan bölsa, «kiçik malika» – Tökal xonim uçun «Boği Dilkuşo» obod qilingan. Tökal xonim töyi taraddudi uzoq çözilgan. Möğul xoni Xizrxöjaning qizi bölgan Tökal xonimni oliş uçun juda köp diplomatik kuç işlatişga töğri kelgan. Nihoyat, 1397-yilda u Möğulistondan kelayotgan malikani kutib oliş uçun yölga çiqadi. Yöl-yölakay Ohangaronda töxtab hordiq oladi. Söng Yassa şahriga qarab yölga çiqadi. Tökal xonimni kutib oliş bahonasida Ahmad Yassaviy qabri ustiga ulkan maqbara qurdiradi. Bu uning din ahliga körsatgan birinçi oşkora saxovati edi.
1370-yilda Temur amir Husaynni yengib, Movarounnahr taxtini qölga kiritgaç, uning haramiga hamda törttala xotiniga ega böladi. Amir Husayn xotinlari orasida Saroy Mulk xonim unga maʼqul keladi, qolganlarini öz amir-amaldorlariga ulaşib yuboradi, masalan, Tarmaşirinning qizini jaloyir begi Bahromga beradi. Saroy Mulk xonim oqila ayol bölgan. Temurdan beş yoş kiçik bölgan Saroy Mulk xonim Qozonxonning qizi bölib, otasi Qarşida turganda, 1441-yilda tuğiladi. «Bibi xonim» deb uluğlangan bu malika Temurdan farzand körmagan. Ayrim manbalarda uning Şohruhning onasi ekanligi aytiladi. Bu töğri emas. Şohruhning onasi Temurning kanizaklaridan biri Toğay Turkon oğadir.
Temurning xotinlari orasida gözal Çölpon Mulkning taqdiri fojiali keçgan. Möğul amiri Hojibekning qizi bölgan Çölpon Mulk husn-tarovatda beqiyos edi. U Temurning 1391, 1393-yilgi yurişlarida birga bölgan. Jahongir bu suluv, şaddod, erkka talpingan malikani ayovsiz qatl ettiradi. Elas yetib kelgan xabarlarga köra, u sohibqiron köngliga şubha tuşirgan, sadoqat çegarasini buzgan.
Tarixiy manbalarda Temurning tört öğli (Umarşayx, Jahongir – bular otasi tirikligida halok bölgan, Mironşoh va Şohruh) va qizlari bölganligi aytiladi. Qizlaridan biri Sulton Baxt begim amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon oğadan tuğilgan. Sulton Baxt begim erkak tabiatli, jangovar qiz bölgan. Köpinça, sipohi libosida, hatto jang maydonlarida ham paydo bölgan. Turmuşga ham ança keçikib çiqqan. Akademik Bartold, tarixiy manbalarga asoslanib, Temurning ziyofat va bazmlarida malika va malikazodalarning erkin, oçiq ötirişganini qayd qiladi.
Amir Temur 1404-yilda Xitoyni bosib oliş uçun qöşin tortib, Oqsulot degan joyga tuşadi. Bu yerda 28 kun turgan amir 1404-yilning 25 dekabrida Ötrorga yetib keladi. Ötrorda qirq kun orom oladi, şaharni közdan keçiradi, şaxmat va nard öynaş bilan kunlarni ötkazadi. Şahar hokimi Berdibekning uyi uning sönggi manzili bölib qoladi. Şunça mamlakatni olgan jahongirga öz-uyida, poytaxtda öliş ham nasib etmadi. Berdibek amir Temurning eng işonçli vaziri şayx Nuriddinning ukasi edi.
Sovuq tuşib qolgani uçun Temur qöşin boşliqlarini, amirlarini qişlaş uçun Toşkentga jönatib yuboradi. Uning yonida faqat amir Şoh Malik, şayx Nuriddin va Xoja Yusuflargina qoladi.
1405-yilning 5 fevrali kuni Amir Temur özini lohas sezadi. Şu kuni uning qovoği soliq, şaxmatga ham qöli bormaydi. Amirning şaxsiy tabibi Fazlulloh Tabriziy har qança muolaja qilsa-da, naf qilmaydi, aksinça, kasallik zörayib, birining orqasidan ikkinçisini yetaklab kela boşlaydi. Bir tomoni keksalik (yoş ham 70 ga borib qolgan edi), ikkinçi tomoni öttiz beş yillik jangu jadal, tinimsiz qon keçiş, quvha-quv öz kuçini körsatayotgan edi. Jahongir yotib qolganining öninçi yoki ön birinçi kuni şahzodalarni, amir va vazirlarini yoniga çorlab, bemajollikdan, yoinki, odatiy quvlikdan bölsa kerak, barmoqlari bilan işora qiladi. Avval bir barmoğini, söng ikkinçi barmoğini kötaradi. «Nima demoqçiman» deb közi bilan imo qiladi. Töplanganlar sarosimaga tuşib, şivir-şivir qilişadi. Nihoyat, ular bamaslahat: «Onhazrat, siz davolaşning yana bitta-ikkitta usuli qoldi, şuni ham öylab köringlar demoqçisiz», deyişadi. Bor kuçini tiliga töplagan amir, zörğa: «Yana bir-ikki kundan söng oralaringda bölmayman, demoqçi edim», deydi. Haqiqatan ham, u yanglişmagan edi. Kasallikning ön uçinçi kuni – 18 fevralda olamni titratgan amir Temur vafot etadi. Temur kasal bölib yotganda, köp may içiş asar qildimikan, degan şubhalar ham bölgan. Amir Temur buni qatʼiyan rad etgan va umrida içkilikni xöplamaganligini zikr qilgan.
Amir Temur vafot etganda uning avlodi – öğil va nabiralari 36 kişi edi. Öttiz olti nafar taxt daʼvogari uçi-quyruği yöq mulklarni bölib oliş uçun Xurosonu Movarounnahr böylab ot qöydilar. Haş-paş degunça, ulkan imperiya tözğib ketdi. Temurning sadoqatli vazirlari ham bu kuraşlarda çetda qolmadilar. Şayx Nuriddin Temurning qabri sovumasdan uning suyukli xotini Tuman oğani xotinlikka oldi. Bibi xonim va Tökal xonimlar esa zaharlab öldirildi…
Yana Amir Temurning muhrini esga olamiz. Undagi «ozodlik» va «adolat» sözlari kişini qattiq öylantiradi. Amir Temur davrida adolat kuçlining kuçsiz ustidan ötkazadigan siyosatiga asoslangan. Masalan, Temur Eronga qilingan beş yillik yurişdan ğolib bölgan, katta boylik bilan qaytgaç, Samarqand aholisini uç yillik soliqdan ozod qilgan. Endi, muhrdagi birinçi sözga – qutiliş, ozodlikka kelsak, buni ham haqqoniyroq baholaşimizga töğri keladi. Yigirma bir yoşidayoq möğullarni ölkadan haydab çiqarişni ahd qilgan, Movarounnahrni, Xurosonni va rus tuproğini bir yarim asrdan ziyod davom etgan möğul-tatar zulmidan xolos qildi. Yirik rus sovet tarixnavislari V. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiylar juda töğri taʼkidlaganidek, Temurning 1395-yilda Töxtamiş ustidan qozongan ğalabasi nafaqat Örta Osiyo uçun, balki janubiy-şarqiy Yevropa va Rus uçun ham katta ahamiyat kasb etdi. Ryazan yerlarini talagan Temur, ayni vaqtda, özi xayoliga keltirmagani holda rus yerlariga ozodlikka çiqişda yordam körsatdi.
Oçiğini aytiş kerakki, Temur muhridagi «Ozodlik» va «Adolat» sözlarini hali mufassal şarhlaş, vajohatli amir şaxsidagi ikki Temurni farqlab körsatiş lozim böladi.
[1] Qarang: «Mujmal-i Fosihiy», 89-bet
[2] A. Samarqandiy. «Matlayi saʼdayn va majmayi bahrayn». “Fan”. T. 1969. 343-bet
Poyon RAVŞANOV,
Hamid Olimjon nomidaği Qarşi Davlat pedagogika instituti özbek adabiyoti kafedrasining dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.
“Yoşlik” / 1989 / 10
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


