Boston universiteti bitiruvçilari qarşisida sözlangan nutq
Buni qarang-a, rostdanam kutilmagan voqea böldi. Lekin mana, özingiz guvohi bölib turganingizdek, ayni lahzada kaminayi kamtarin qarşingizdaman. Xöş, may oyining aynan şu kunida Boston universitetidan bölak dorilfunun libosini egnimga ilişni tasavvurimga siğdirolmayman. Jon Silver va Jon Uestling, şuningdek, ajoyib professorlar jamoasi şarofati ila Boston universiteti mustaqil tafakkurning nurafşon mayoği va azaliy maʼnodagi liberal demokratiyaga döndi. Muhtaram Jon Silver va Jon Uestling, men mayoq obrazini kamoli diqqat-la tanladimki, odatda, mayoqlar tanho qad rostlab, qanaqangi pörtana qöpişidan qatʼi nazar, uning zarbalariga bardoş bera oliş darajasida mustahkam böladi.
Darvoqe, ikki minginçi yil bitiruvçilari hamda ularning oilalariga tabrigimni izhor etsam. Öttizinçi yillardagi Buyuk turğunlik davrida ulğaygan inson sifatida şuni bilamanki, yoş niholning katta hayotga qadam qöyişi butun bir oilaning tantanasidir. Pulni xayolingizdan çiqarib taşlang. Mehr-muhabbat, ezgu fazilatlar va umrdan bölak, ota-onaning öz farzandlariga Boston universitetida tahsil oliş imkoniyatini tuhfa etişidan-da qimmatliroq sovğa bölmasa kerak.
Özimni bir neça yillar ilgari qizlarim öqigan örta maktabda bitiruv keçasida nutq sözlagan Sigurni Uiverga[1] öxşatyapman. U maktabda faqat qiz bolalar öqirdi. Öşanda Sigurni Uiver şunday degandi: “Qizlarim, bugun sizlarga hayotning mohiyati haqida sözlab bera qolay”. Baxtga qarşi, öşa nutqning mazmunini heç eslolmayapman, çunki butun ön beş daqiqa davomida yuragimni hovuçlab ötirgandim. Şunday qilib, sanoqli daqiqalar içida siz bilan ekanman, bundan qirq töqqiz yil ilgari sizning örningizda ötirganimda menga kimdir aytişi kerak bölgan gaplarni tilga köçirişni lozim topdim.
Aslini olganda, ikki minginçi yilning bitiruvçisi böliş ming töqqiz yuz ellik birinçi yil bitiruvçilariga qaraganda ança yangroq jaranglaydi. Töğri, biz imkonimiz boriça qattiq öqidik, lekin çekimizga tuşgan “ming töqqiz yuz ellik birinçi”dan tonib ketolmaymiz.
Bugun bir haqiqat borki, bu haqiqat bundan yarim asr avval bugungidek xavfli emas edi. Gap şundaki, biz muhim ğoyalar xuddi sönggi urfdagi liboslar singari isteʼmolga kirgan zamonda yaşayapmiz. Illo, sönggi urfdagi libos kabi bunday dolzarb ğoyalar ham poson va olifta körinişimizga xizmat qilişi lozim.
Misol uçun, hozir har bir xalq, har bir madaniyat hurmat va diqqatga loyiq, özining qadriyatlariga ega, deb öylaş urfga kirgan. Fikri ojizimça, heç kimning bu borada bahslaşişga haddi siğmas. Biroq men nazarda tutgan narsa şuki, katta hayotga qadam bosişingiz bilanoq ikki jihatni darhol fahmlaşingiz tayin: birinçidan, buning voqe hayotga dahli yöq; ikkinçidan, bu men “halokatli maʼrifat” deb ataydigan oqibatga olib keladi.
Bundan yetti yil ilgari Nyu York şahrining meri Bostonga taşrif buyurgandi. U Uilyam Bretton degan politsiya komissarini yollaydi. Yomğirdan keyingi qöziqorindek bodragan jinoyatlarga qarşi nimalar qila olişiga öz közlari bilan şohid böliş uçun öşa politsiya komissarini Nyu Yorkka olib keladi.
Uilyam Bretton yeng şimarib işni dadil boşlaydi. U: “Biz otişmalar, bosqinçilik, muştumzörlik va piçoqbozlik körinişidagi ahamiyatsiz hisoblab kelinayotgan va polisiya mahkamalari qariyb eʼtibor qaratmaydigan qöştirnoq içidagi jinoyatlar ortiga tuşib, huquqbuzarlik kölamini kamaytiramiz. Biz Nyu Yorkda intizom hissini şakllantirib, uni hayotga tadbiq etamiz. Köçalarga bemalol, bamaylixotir çiqadigan bölamiz. Bularning barçasi siz tasavvur qilolmaydigan darajadagi natijalarga olib keladi”, – deydi. Gapning indallosini aytganda, köp ötmay Uilyam Bretton Qöşma Ştatlar tarixida ilk bor qonunbuzarliklarning keskin pasayişiga erişadi.
Qanday qilib, deysizmi? Birinçidan, Bretton yetmiş beş yildan beri rioya qilinmayotgan sababsiz dars qoldirmaslik töğrisidagi qonunlarning ijrosini yölga qöydi. Politsiya kuppa-kunduzi köçalarda sanğib yurgan ön uç, ön tört, ön beş yoşdagi sayoq bolalarni uşlab, ularga: “Sen ayni paytda maktabda bölişing kerak edi-ku”, – deb uqtira boşladi.
Ikki oy içida Nyu York şahridagi voyaga yetmaganlar orasida qonunbuzarliklar yetmiş beş foizga kamayadi. Darhaqiqat, ön uç, ön tört, ön beş yoşda bölsangiz-u, dars mahali maktabda ötirmasangiz, kuningizni qanaqa maşğulotlar bilan ötkazasiz? Turgan gap, bekorçilikdan har xil nomaʼqulçiliklarga qöl urib, turli köngilsizliklarga duçor bölasiz.
Politsiya bunday qonunbuzarliklarni bir yoqli qilişga urinardi. Öşa paytda ösmirlardan biri sud jarayonida norozilik bildirib urişib ketdi, ammo bu uning foydasiga işlamadi. Söngra u sudga qayta körib çiqiş uçun ariza berdi. Sud esa uning daʼvosini quyidagiça javob bilan rad etdi: “Bir madaniyatda qadrlangan narsa boşqa, bölak madaniyatda kökka kötarilmaydi”.
Keling, endi bu javobning qanday maʼno anglatişini öylab köring. Men öşa yigitçaning qilmişlaridan xabarim yöq, biroq meni öylantiradigan jihati boşqa yoqda. Hakamlar hayʼatini yarim tunda öz dahalarida bezorilar aşulani bir yuz sakson detsibelda[2] varanglatib yurişini maʼqullaydigan madaniyat borligiga qaysi halokatga eltuvçi maʼrifat işontirdi ekan?
Haqiqat şundaki, har bir madaniyat, dunyodagi jamiki xalqlar örtasida muştaraklik bor. Loaqal ğildirak, boşmoq va tiş çötkasi darajasiga yetib kelganlar orasida rişta bor.
Bu boğliqlik köplab tanqidlarga uçragan burjöylik yoki örta tabaqa deb ataluvçi sinfiy tabaqalanişdir. Uşbu tabaqa vakillarini nafaqat Bostonda, Bombeyda, Benin-Sitida, Ğarbiy Afrikada, qolaversa, Ğarbiy Germaniya deb ataluvçi Bonnda, Bayrutda, Bermud orollarida, Barselonada ham uçratişingiz muqarrar. Ular hamma yoqda, butun dunyoda, har bir qitʼa, har bir mamlakat, har qanday jamiyat va madaniyatlarda, qayerdaki ğildirak, boşmoq va tiş çötkasi bölsa, öşa yerda hozir-u nozir. Ular qayerda bölişmasin, bir narsaga işonişadi.
Xöş, ular nimaga işonişadi? Tinçlik, intizom, taʼlim, mehnatsevarlik, taşabbus, uddaburonlik, ijodiy yondaşuv, hamkorlik, bağrikenglik, yoş avlod kelajagi uçun qayğuriş, vatanparvarlik, halol öyin va vijdon. Inson zotidan yana nimalarni talab qiliş mumkin? Men şunday deyman – butun dunyoda va şubhasiz, bizning mamlakatda ham örta sinf vakillari evolyutsiyaning çöqqisidir.
Yer kurrasidagi eng yaxşi insonlarni yomonotliqqa çiqarişda bizkim sanʼat ahlining ham qöli bor. Nega deysizmi? Çunki bugunimizning eng kuçli ğoyalarining aksari yigirmançi asrning mahsulidir, bu kaşfiyot ming sakkiz yuz töqson sakkizinçi yilga qadar mavjud emasdi, endi esa u “intellektual” nomi bilan maʼlum.
Xöş, endi intellektual va intellektual yutuqlarga erişgan odam örtasidagi farqni aniq ajratib olişimiz kerak. Bu ikkisi butunlay boşqa-boşqa şaxslardir.
Intellektual yutuqlarga erişgan şaxslar insoniyat bilimlarini oşiradi, insoniy idrok va tahlil qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Innaykeyin, intellektuallar ham bor. Intellektual faqat bitta sohada bilimga ega, şunga qaramay, boşqa sohalar haqida fikr bildiradigan kişidir. Yigirmançi asrning avvalidan boşlab birinçi marta oddiy hikoyanavis, novellanavis, şoir, dramaturg, baʼzi hollarda bastakor, rassom yoki hatto opera qöşiqçisida ham muayyan ijtimoiy masalada maʼnaviy-axloqiy ğazabini ifodalaş orqali ulkan obrö-eʼtiborga erişiş imkoniyati tuğildi. Buning uçun heç qanday aqliy mehnat talab etilmaydi ham. Birdan u oddiy odamlarga yuqoridan qaray oladigan darajaga kötariladi. Buning teskarisi esa meni hayratga soladi – agar siz şunçaki ajoyib olim bölsangiz-u, insoniyat bilimiga va zakovatiga beqiyos hissa qöşgan taqdiringizda ham, bu sizni tengi yöq intellektual deb tan olinişingiz uçun yetarli emas.
Bir misol keltiray. Huv anavi daryoning narigi tomonida Noum Xomskiyning[3] siymosi körinadi. Noum Xomskiy nihoyatda ajoyib kaşfiyot qildi. U tilşunos olim va tadqiqotçi ham edi. U şunday xulosaga keldiki, nutq, grammatika va odamning xotirada bevosita maʼlumot saqlaş qobiliyati jismoniy jihatdan inson asab tizimiga singdirilgan. Bu orttiriladigan narsa emas, balki tuğma xususiyatdir. Şu bois ikki yoşli bola yangi söz, masalan, “stul”ni örganib, uni darrov gap orasida “Mening qöğirçoğim stuldan tuşib ketdi”, deb qöllay oladi. Ega, kesim, töldiruvçidan iborat töliq gap. Mana bugun, yigirmançi asrning oxiri, yigirma birinçi asrning boşida neyrobiologlar Xomskiyning haqligini isbotlaş uçun zarur vositalarga ega böla boşladilar. Darhaqiqat, u ğoyat ajoyib inson edi.
Nahotki, kimdir Noum Xomskiyni Qöşma Ştatlarning eng zukko insonlaridan biri bölgani uçun “intellektual” deb atagan bölsa? Yöq. U qaçon intellektualga aylandi özi? Qaçonki Vyetnam uruşi haqida gapira boşlaganida, garçi bu mavzu böyiça mutlaqo heç narsani bilmasa-da. Xomskiy Vyetnam uruşini qoraladi-yu, yetakçi amerikalik intellektuallardan biriga aylandi.
Agar siz ğazab va norozilik bildira boşlasangiz, bu sizni darhol “intellektual” darajasiga kötaradi. Buning uçun heç qanday aqliy faollik talab qilinmaydi ham.
Yana bir istisnosiz qoida şuki, agar mavzu AQŞ haqida bölsa, intellektual odam har doim özini oçiq-oşkora haqiqatdan olib qoçadi. Aslida esa bu mamlakat bizning davrimizda ön töqqizinçi asr yetuk sotsialistlarining orzusini röyobga çiqardi – Sen-Simonlar[4], Furyelar[5] orzu qilgan jamiyatni yaratdi. Bu oddiy işçi odam siyosiy va şaxsiy erkinlikka, böş vaqtga, mullajiringga va özini xohlagança ifoda etiş imkoniyatiga ega bölgan ilk davlatdir.
Ayni damda özimni ança xotirjam his qilayotirman, boisi, qarşimda olamga öz közlari bilan şohid bölib, uning past-u balandiga qatʼiyat bilan baho bera oliş erkiga ega Boston universitetining ikki minginçi yilgi bitiruvçilari turibdi. Qaro közlarim, endilikda sizni eskilikka yopişib olgan hakamlar ortidan yetaklay olişmaydi, çunki ular hozirda yigirmançi asrning ğayrioddiy kaşfiyoti – “özboşimça” intellektuallarning “nodonligi”dan boşlari gangigan. Şunday, endi muhim qarorlarni özingiz çiqarişingizga töğri keladi. Aynan siz bu işni uddalay oladigan sanoqli kişilar orasidasiz. Siz qudrat jihatidan Amerikadagi ikki yoki uçinçi örinda turuvçi universitetning bitiruvçilarisiz. Barçangiz aqli raso va rostgöy qilib tarbiyalangansiz. Jon Silverdek uluğ yozuvçi va yetakçining beqiyos jumlalari bilan aytganda, “aniq nişonga uruvçilar” yösinida hayotingizni isloh qilişni örgangansiz.
Bolalarim, Parvardigor barçangizni Öz panohida asrasin, manglayingiz hamişa yoruğ bölsin. Pirovardida, Boston universitetining ikki minginçi yilgi bitiruv tadbirida nutq irod etişdek şarafni tuhfa etganingiz uçun barçangizga taşakkur, azizlarim!
2000-yil 21-may
Tom VULF
(1930–2018),
amerikalik yozuvçi va jurnalist, badiiy adabiyotda “Yangi jurnalistika” yönalişi asosçisi.
Ingliz tilidan Guljahon ILAŞEVA tarjimasi
“Yoşlik” / 7 / 2025
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


