19 daqiqada öqiladi

2 162 marta körilgan

Bir asrning ikki dahosi

Vahob Rahmonov

Filologiya fanlari nomzodi, adabiyotşunos olim

Vahob RAHMONOV bilan suhbat

– Sir emaski, bugungi globallaşuv davrida yoşlarni goh köngiloçar kompyuter öyinlari, goh qiziqarli multfilmlar yoki sarguzaştnamo kitoblar şaklida kirib kelayotgan böhronlardan, dinu diyonatimiz, yaşaş tarzimiz, qaraşlarimizga zid bölgan vahşiy ğoyalardan asraş masalasi kun tartibida turgan muhim mavzulardan biridir. Inson ongini asraş esa qalbni asraşdan boşlanadi. Buyuklardan biri aytganidek, qalb aynigan joyda butun vujud xastalikka yuz tutişi tabiiy. Xöş, qalbni qanday asraş mumkin? U közga körinmasa, şoirlar tasvirlab bergan mavhum suratlaridan boşqa şaklu şamoyili bölmasa?

Bu örinda bizga boy adabiyotimiz, uning umrboqiy mavzulari, inson kamolotiga doir ölmas asarlar yordamga keladi. Xususan, özbek mumtoz adabiyoti tarixidagi ikki buyuk siymo – Alişer Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini örganiş orqali çinakam inson hayoti qanday bölişi kerakligi haqida yetarliça tasavvurga ega böliş mumkin. Navoiy va Bobur asarlarining tub mohiyatiga yetiş uçun ularni tuşunib öqiş kerak böladi. Körinib turibdiki, jarayon öz–özidan mumtoz adabiyotni öqitiş masalasiga borib taqaladi. Taassufki, haligaça maktab öquvçilarining Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi haqidagi tasavvurlari “Ğurbatda ğarib” yoki “Toleʼ yöq” deb boşlanuvçi ruboiylardan yoxud “Şer bilan Durroj” hikoyatidan nariga ötgani yöq. Aminmanki, qoraköz farzandlarimizga adabiyot fanidan saboq berayotgan muallimlarning mumtoz adabiyot borasidagi bilimlari ham talab darajasida emas. Holbuki, adabiyot muallimi mumtoz adabiyotimizda mavjud vaznlar, şeʼriy sanʼatlar haqida yetarliça maʼlumotga ega bölişi, maktab darsligiga kiritilgan şeʼriy matnlar va rivoyatlarni tahlil qila olişi zarur. Bu borada sizning fikrlaringiz qanday?

– “Qalbni qanday asraş mumkin?” Bu juda jiddiy savol. Ruhşunoslik nuqtayi nazaridan yondaşsak, yoş kitobxonlar qalbini asraş yoki aniqroği, egallaş uçun ularni mumtoz adabiyot namunalariga qiziqtiriş kerak. Mening jahon adabiyoti haqidagi telekörsatuvlarimiz ança qiziqarli ekanligiga havasim keladi. Biz navoiyşunos va boburşunoslar ham çiqişlarimizda qiziqarlilik bilan muhimlikni qoriştira olsak, bunga erişamiz. Quyidagi misol qiziqtirişga ikki asos beradi: birinçisi, hikoyaning özi qiziq, ikkinçisi, çala bilim xavfli ekanligidan ogohlantiradi. Mirzo Abdulqodir Bedil “Çala bilim bilimsizlikdan yomon”, degan. Maktabda aʼlo öqiş, bilimlarni asosli, har tomonlama teran egallaş lozim. Alişer Navoiy “Lison ut-tayr” dostonida “Körlar va fil” hikoyasini keltirgan. Sanoiyning “Hadiqatul haqiqa va şariat ul-tariqa” (“Haqiqat boğlari…”) va Jaloliddin Rumiyning “Maʼnaviy masnaviy”larida mazmuni keltirilgan bu hikoyatni daho şoirimiz öz dostoni orqali özbek adabiyotiga olib kirdi.

Mazmuni: bir guruh körlar taqdir taqozosi bilan Hindistonga borib qoladilar. Söngra öz vatanlariga qaytganlarida, bir kişi ulardan: “Filni kördilaringmi?” deb söraydi. “Ha” deyişadi ular. Savol bergan kişi: “Dalil keltiring-çi” deydi. Ular ayta boşlaydilar: Filning oldingi oyoqlarini uşlab körgan basir: “Ustun” deydi. Qornini paypaslagani: “Ustunsiz” deydi. Xartumini uşlagani: “Ajdaho” desa, tişlarini tutib körgani: “Ikki suyak” deydi. Quyruğidan tutgani: “Bir ilon osilib turibdi” desa, filning boşiga qöl urgani: “Bir qoyaning tumşuği” deydi. Quloğini uşlab körgan basir esa: “Qimirlab turgan ikki yelpuğiç!” deydi. Bu sözlarni tinglab turgan hindistonlik filbon elga qarab: “Bular filni öz közlari bilan körmaganlar, lekin hammalari töğri aytayaptilar. Ana şu aytilganlarning hammasi yiğilsa, fil haqida töğri tasavvur hosil böladi” deydi. Bu hikoya haqidagi xulosalar:

– filbon basirlarni xijolat qilmadi. Andişa qildi. Komil odam özgani mulzam qilmaydi.

– ularning gaplarini tasdiqlab, fil haqidagi haqiqatni aytdi.

– şunça körlar, yaʼni bilimi çalalardan köra, bitta filbon-bilimdon odam haqiqatni bilar ekan, bilimi mukammal ekan. Şuning uçun köp öqiş va öqiganini uqiş kerak ekan.

Endi xuddi şu voqeani eslatadigan ikkinçi bir qiziqarli holatga murojaat etaylik. Hatto ilmning eng murakkab sohasi – matnşunoslikka ham öquvçini qiziqtiriş mumkin. Çunonçi, men “Ruboiy içidan odam çiqdi!” desam, balki sizning ensangiz qotar… Biroq men matnşunoslik – sehrgarlik va donişmandlikdir deya gap boşlasam siz balki qiziqarsiz.

Boburning yarim asr davomida kitobdan kitobga ötib kelayotgan quyidagi ruboiysi, (balki bunisi öninçi marotaba takror naşridir) töğri öqilmagan, bunda na soğlom mazmun bor va na qofiya, deb daʼvo qilsam-çi?

Gar ruh dam etsa ohangi na ğam,

Majlista ne huzn qolur erdiyu ne ğam,

To borğali ruh dam bering majlisdin,

Majlis eliga ne ruh qoldiyu, ne dam.

(“Şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur” “Şarq”, 1996, 93- bet)

Birinçi misra mazmuni: Arvoh musiqa çalsa na ğam?! Iye, arvoh musiqa çaladimi? Qofiyalar: ğam- ğam-dam… Ruboiyning biror misrasi Bobur asliyatiga mos emas. Demak, olimlarimiz Bobur matnini töğri öqiy olmadilar. Holbuki, ular Navoiyga nisbatan Boburni tuşuniş oson deb daʼvo qiladilar.

Men şoir asliyati – arab yozuvidagi Bobur qölyozmasiga qaramasdan bu ruboiy tahririga kirişaman va epaqaga keltirolmagan joyda asliyatga qarab olaman. Bunda menga Bobur va uning muhitidagi kişilar haqida bilişim va luğat sohasidagi tajribam asqotadi.

“Boburnoma”da uç-tört örinda Bobur bazmlarining guli – xuşovoz hofiz Ruhdam haqida söz boradi. Bu haqda men “Bobur majlislarining Masihosi” nomli maqola ham yozganman. Tahrirga kirişdim; nağam – nağma, kuy, aşula; ohang – boşlamoq.

Gar Ruhdam etsa ohangi nağam,

Majlista na huzn qolur erdiyu na ğam.

Mazmuni: bazmda Ruhdam aşula boşlasa, bazmdagilarda ğamu hazinlik degan narsa qolmaydi.

Ana şunaqa sehrli ovoz sohibi bölgan Ruhdam! Balki bu ism ham emas, laqabdir, kim bilsin… Ruhdam nafasi jon bağişlovçi demakdir. Bu söz (Ruhdam) Iso alayhissalomga nisbatan qöllanilar edi, xolos.

Uçinçi misraga intuitsiyam kuçi yetmaydi: “bering” sözi xato! Buni tuzatolmayman. Noçor Şafiqa Yorqin va Bilol Yujel tuzgan Bobur “Devon”laridan şu ruboiyni topaman. Mana, gap qayoqda: “bering” emas, “bizing” ekan! Bizing – bizning demakdir. Mana bu masala ham hal böldi hisob.

To borğali Ruhdam bizing majlisdin,

Majlis eliga na ruh qoldiyu, na dam.

Mazmuni: bazmimizdan Ruhdam çiqib ketgaç, bazm ahlining halovati buzildi. Eʼtibor beryapsizmi? Men sehrgarlik qilib Bobur ruboiysi içidan Ruhdam ismli maşhur hofizni tortib çiqardim-a! Endi xulosa: bu hikoyada olimlik zakosi tantanasi va şarafi bor! Balki öquvçi şu bir misol kaşfidan olimlikka biroz qiziqa boşlar. Axir men önlab olimlar hal qilmagan matn muammosini hal qildim-a?! Axir, Ruhdam masalasini jahon olimlari, hatto Bilol Yujel ham töğri hal qilolmagan. Birgina “Bobur “Devon”ida (1994-yil, “Fan”) bunday matn nuqsonlari yuzlab topilişini aytsak, millatimiz çinakam sinçkov olimlarga muhtoj ekanligi maʼlum böladi. Buni ham yoşlar bilişlari lozim.

Qiziqtirişning ikkinçi usuli: yoşlarni jiddiy ravişda komillikka çorlaşdir. Aytiş mumkinki, mumtoz adabiyot javohirlar koni. Bu xazinaga tuşganlar axloq-odob jannatiga tuşadilar va haqiqiy adabiy-estetik lazzat tuyadilar, his-tuyğulari, muşohadalari barkamol Şaxs böladilar. Buning uçun ular avvalo öz oldilariga yuksak orzu qöyib olmoqlari kerak. Yuksak orzusiz bola – odam emas! Odam hayvondan orzulari bilan ajralib, farq qilib turadi. Vatanga Şaxslar kerak! Şaxs böliş uçun har tomonlama mukammal bilim kerak. Şaxs – insoniyat gultoji! Ey farzand, kelajakning masʼuliyatli fuqarosisan, deb eslatib turaylik yoşlarga!

“Navoiy va Bobur asarlarining tub mohiyatiga yetiş uçun ularni tuşunib öqiş kerak”. Bu – haq gap. Biroq buning hozirça iloji, imkoni juda oz. Buning uçun Navoiy va Bobur asarlarining asosiy qismi hozirgi özbek adabiy tiliga tabdil qilinişi kerak. “Xamsa” dostonlari, “Lison ut-tayr”, “Mahbub ul-qulub” va “Boburnoma” tabdili bor, xolos. Mumtoz adabiyotni kitobxonga yetkazişning köplab usullarini öylab topmoğimiz lozim. Professor Anvar Hojiahmedovning “Xamsa” dostonlarini hikoya qiliş asosidagi yangi talqinlarini men tabriklayman. Bu “Xamsa” “Yangi asr avlodi” naşriyotida 4-5 marotaba qayta naşr etildi. Endi bu estafetani “Şarq” ham davom ettira boşlagani juda yaxşi iş böldi.

Endi dadillik bilan “Xamsa” dostonlarining janrini saqlagan holda hozirgi tilga ögiriş masalasi ham dolzarb bölib qoldi. Muammo şundaki, olimlarimiz xalqdan Navoiy va Bobur asarlari asliyatini tuşunişni talab qilmoqdalar. Tabdilga yuzlab ayb qöymoqdalar. Töğri, buyuk ijodkorlarning yirik hajmdagi asarlarini hozirgi özbek tiliga ögiriş asnosida xatoliklarga ham yöl qöyilişi mumkin. Şuning uçun tabdilni mukammallaştiraylik, saralaylik! Holbuki, özlari olim bölaturib, asl matnni töğri öqiyolmayaptilar-u, malakasiz, luğat bilmaydigan kitobxonga daholarni asliyatdan tuşunib olinglar, demoqdalar. Ana xolos! Bilim bosqiçma-bosqiç erişiladigan jarayon böladi. Kitobxon avval asarning hozirgi tildagi tabdilini öqisin, qiziqsa, asliyatga intiladi…

“Adabiyot” fanidan saboq berayotgan muallimlarning mumtoz adabiyot borasidagi bilimlari talab darajasida emas”ligi qançalik aççiq bölmasin – bu haqiqat. Bunga ham biz, tabdil duşmani bölgan olimlar aybdormiz. Navoiy va Boburni ularga ham avval tabdilda tuşuntiriş lozim. Ming taʼna qilmaylik, ular asliyat naşrini öqimaydilar. Bu sohada yuz yilni zoye qildik, desam mubolağa bölmas. Agar biz olimlar, Navoiy va Bobur dösti, xalq dösti bölsak, birinçi navbatda Navoiy va Bobur asarlarining janrini saqlab, hozirgi tilga töla tabdil qilmoğimiz kerak. Şundagina öqituvçi öqiydi, öquvçi öqiydi, millat öqiydi.

Respublika maktab, kollej va litseylaridagi til va adabiyot öqituvçilarining teng yarmini men haydovçiga öxşataman. Ular diplom olgaç, badiiy asar öqiş va yodlaşni yiğiştirib qöyib, faqat tirikçilik köyida kuymalanadilar. Lekin ularni ham ğalvirga soliş payti yaqinligini qayd etgim keladi. Öziga talabçan bölmagan adabiyot öqituvçisiga kuni qolgan millatga rahmim keladi.

Ustozlar, öz-özimizga talabçan bölaylik! Bu örindagi talabçanlik Navoiy va Bobur asarlarini luğat orqali mukammal öqib çiqiş va yuzlab şeʼrlarni yod biliş demakdir. Buning ustiga, ustozga taʼmagirlik emas, talabçanlik fazilat!

– Alişer Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur özbek mumtoz adabiyotini yoritib turgan ikki yoruğ yulduzdir. Ularning zamondoş bölişi, bitta asrda yaşaşi Yaratganning buyuk hikmati bölsa ajab emas. Ijodining ilk bosqiçlarida Navoiy Bobur uçun uning öz taʼbiriça aytganda, “naziri yöq ustod” vazifasini bajargan. Tarixiy kitoblar Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning özaro maktub yozişganlari haqida maʼlumot beradi. Boburning özi ham “Boburnoma” asarida Navoiydan maktub olgani haqida yozar ekan, “Bu ikkinçi navbat Samarqandni olğonda Alişer tirik edi. Bir navbat manga kitobati ham kelib edi. Men ham bir kitobat yiborib edim, orqasida turkiy bayt aytib, bitib yiborib edim. Javob kelgunça tafriqa va ğavğo böldi”, degan sözlarni keltiradi. Mazkur asarida Alişer Navoiy ijodi va şaxsiyati haqidagi fikrlarini oçiq-oydin yozgani, Navoiyning turkiy tilda bitgan ğazallariga yuksak baho bergani ham uning Navoiyga bölgan çuqur ehtiromidan dalolatdir. Lekin ayni paytda Bobur rostgöy tanqidçi hamdir. Çunonçi u Navoiy ruboiylarining vaznlari haqida fikr bildirar ekan, ayrim örinlarda xatolar borligini taʼkidlaydi. Şuningdek, buyuk şoirning forsiy devonidagi ğazallar ança böş ekanini aytadi: “Yana “Mezon ul avzon” nomli aruz kitobini bitgan, ança mulohazatalab: yigirma tört ruboiy vaznining tört vaznida xato qilgan. Baʼzi bahrlarning vaznlarida ham yanglişgan. Bu aruzdan xabardor odamga maʼlum böladi. Forsiy devon ham tartib bergan. Forsiy nazmda “Foniy” taxallusini qöllagan. Baʼzi baytlari yomon emasdur. Biroq aksari sust va böştobdir”. Umuman olganda, Boburni Alişer Navoiy asarlari haqida tanqidiy fikr bildirgan kam sonli ijodkorlardan biri deyiş ham mumkin.

– Boburning Alişer Navoiyga nisbatan tanqidiy munosabati siri hozirgaça keng ommaga maʼlum emasligida biz olimlar ham aybdormiz. Maʼlum bir asarni baholaşda ikki xil fikr böladi. Birinçisi, umum ilm ahli fikri. Ikkinçisi, şaxsiy fikr.

Avvalo, Boburning ruboiy vaznidagi Navoiy xatolari haqidagi fikri bir jihatdan andişatalab. Kotib xatosini Bobur Navoiy xatosi deb hisoblagan. Aruzşunoslarimiz bu masalaga qiziqib, obdon tekşirib körganlar va Bobur xulosasiga qöşilmaganlar. Navoiy kotiblarining köpçiligi forsiyzabon kişilar bölganini hisobga olsak, buni tuşuniş qiyin emas.

Boburning “Devoni Foniy” haqidagi tanqidiy fikriga kelsak, bunda ham ikki jihatni hisobga olmoq joiz. Birinçidan, bu tanqid Boburning şaxsiy fikri. Bu – umum ilm fikri emas. Navoiy zamondoşlari, ustoz va şogirdlari, keyingi asrlardagi forsiyzabon olimlar, eron olimi Said Nafisiy va akademik Abdulğani Mirzoyevlar “Devoni Foniy” haqidagi tadqiqotlarida Navoiy şeʼrlarini Hofiz va Saʼdiy şeʼrlari darajasida mahorat bilan yozilganligini qayd etganlar. Ulardan biror kişi Bobur fikrini yoqlamagan.

Ikkinçi bir jihatni mulohaza qilaylik. “Xazoyin ul-maoniy” barça temuriy hukmdorlarga sovğa tariqasida elçilar orqali yuborilgan. Bobur Navoiyning ona tilidagi şeʼrlari bolidan bahramand bölib kamol topgan şoir. Aftidan u 1506-yili Hirotga kelgandan söng “Devoni Foniy” bilan tanişgan va ikkinçi tildan Bobur avvalgi asalni topa olmagan. Asal yeb yurgan odam şakarni pisand qilmaydi. Qolaversa, jahon Boburday ikkinçi bir qattiqqöl adabiyotşunosni bilmasa kerak. Uning biror şoir haqidagi “Yomon yozmaydur” degan bahosini oliy darajadagi maqtov tarzida qabul qilmoq kerak. Masalan, Muhammad Solihning “Şayboniynoma” dostoniga nihoyatda salbiy baho beradi. Uni öqigan kişining Muhammad Solih şeʼriyatidan köngli soviydi, deydi. Şuningdek, dostondan birgina tuzuk bayt topadi:

Böldi Tanbalga vatan Farğona,

Qildi Farğonani tanbalxona.

 

Holbuki, men Muhammad Solihni Muhammad Şayboniyxon maddohi sifatida qançalik yomon körmayin, uning dostonini maqtagim keladi. U ön yetti yoşli Boburni ilk marotaba öz dostoniga qahramon qilib oldi va uning haqqoniy, tölaqonli ijobiy obrazini yaratdi. Biroq dostonni daştli özbak öquvçisi didiga moslab yozganini ham inobatga olmoq kerak böladi. Muhammad Solihni umrida bir marotaba körgan Bobur esa uni yaramas, zolim deb baho beradi. Alişer Navoiyning Muhammad Solihga bergan bahosi ham ijodi, ham şaxsiga nisbatan ijobiydir.

Demak, Bobur fikri bilan umum fikri keskin farq qilmoqda…

– Maqsud Şayxzodaning Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur munosabatlariga doir sözlari köpçilikka yod bölib ketgan: “Albatta, Navoiy Bobursiz Navoiy bölib qoldi, lekin Boburni Navoiysiz tasavvur qiliş qiyin”. Zahiriddin Muhammad Bobur Navoiy yaratgan adabiy va şeʼriy anʼanalarning davomçisi sanaladi. Aytaylik, Navoiy şeʼriy vaznlar xususida “Mezon ul-avzon” asarini yozgan bölsa, Bobur aruz qoidalari haqida “Mufassal” nomli bebaho asarni bitdi. Maʼlumki, Navoiy ijodida hayot mohiyatini anglaşga uriniş istagi ustunlik qiladi. Şoirning qator dostonlari, “Tarixi hukamo va anbiyo” nomli tarixiy asari, ayniqsa falsafiy mazmundagi “Lison ut-tayr” dostoni şundan darak beradi. Ayni xususiyatdan Bobur ijodi ham holi emas. Çunonçi, u islomiy aqidalar, şariat qonunlari haqida “Mubayyin” nomli asarni yaratdi. Temuriylar saltanatida katta obrö-eʼtiborga sazovor bölgan Xoja Ubaydulloh Ahrorning “Volidiya” asarini katta qunt bilan tarjima qildi.

“Boburnoma”da u hatto mana şu asar xosiyati tufayli oğir xastalikdan tez kunda oyoqqa turganini bayon qilgan. Navoiy va Bobur ijodi örtasida muştarak jihatlar borligi köpçilikka maʼlum. Lekin ayni paytda bu ikki muhtaşam ijod olami örtasida bir-biridan farq qiladigan holatlar ham mavjud. Misol uçun, garçi ular örtasida davr nuqtayi nazaridan katta farq bölmasa-da, “nazmiy tillari” turliça. Navoiyni tuşunişimiz qiyin-u, Boburni osonroq tuşunamiz. Ğazallarining vaznlari esa bir-biridan keskin farq qiladi. Navoiy ijodida töqqiz baytdan kam ğazallarni deyarli uçratmaysiz. Bobur ğazallari esa olti yoki yetti baytli, beş baytlilari ham bor. Bu tafovutning sababi nimada?

– Bobur va Navoiyning din, din arboblari va ahkomlariga munosabatlarida ham yaqqol sezilarli farqlar bor. Bobur – musulmoni komil, fiqh olimi, din va pirlarni ikki olam xaloskorlari, najotkorlari deb biladigan, din amaliyotiga katta ahamiyat beradigan şoh. Din uni köproq amaliy faoliyat jihatidan qiziqtiradi. Bobur dinga çuqur kirmoqçi emas, Navoiy singari söfiy va tasavvuf arbobi ham emas. Şu jihatdan ularning qaraşlari bir-biridan farqlanadi. Agar Bobur tasavvufga qiziqqanida edi, Badriddin Hiloliyning “Şohu darveş” dostoniga (jinsdoş oşiqlar masalasi) tanqidiy yondaşmagan bölardi. (Kompozitsiya haqidagi fikrida Bobur haq, albatta) Kişilar haqida kelajak odamlariga maʼlumot berişda Boburni dunyoviylik, Navoiyni söfiyona sehrlilik band etadi. Buni muhtasib Şayx Husaynning Bobur va Navoiy talqinidagi keskin farqi körsatib turadi.

“Boburnoma”dan: “Yana Mavlono Husayn Şayx edi… Hikmat ilmini, aqliy ilmlar va kalom (“Qurʼon”) ilmini yaxşi bilardi. Oz sözdan köp maʼno topib, diqqat bilan nozik fikr yuritmoq uning ixtirosidir… Muhtasiblikni (diniy va dunyoviy tartib nazorati) ham heç kim undan yaxşi bajargan emas. Sulton Abusaid mirzoga yaqin bölgani tufayli Sulton Husayn mirzoning zamonida şunday mislsiz kişini tahqirladilar”.

“Nasoyim ul-muhabbat”dan: “Husayn Şayx Ismoil ota farzandlaridindur. Mustahsam muomalaliq kişi ermiş. Xalq aning atvoriga mahliyo bölubturlar. Dunyo asbobi sari mayl qilmaydur. Bovujudi faxr özni ul navʼ ğaniy körguzur ermişki, xalq rioyat yölin topmaslar ermiş. Olamdin ötgan zamonida (naql qiladilarki) eldin ğoyib bölğondur. Hozir bölğoç boşi ustida bir quş qönğon ermişki, heç kim ul naqşu ranglik quş körmagan ermiş. Elni körgaç uçubtur, vallohu aʼlam (Alloh eng köp bilguçidir)”.

Bobur Husayn Şayxni jamiyatning eng faol şaxsi sifatida, söz sanʼatida sohir kişi tarzida talqin etmoqda. Saltanat özgarişi tufayli tahqirlanganini bayon etmoqda. Navoiy esa uni faqr (darviş) ahliga mansubligi va vafotiga doir afsonaviy tafsilotlar bilan şuğullanmoqda…

Ana şu birgina tarixiy şaxsga nisbatan Bobur va Navoiy qaraşlaridanoq Boburning dinga faqat amaliyot tarzida yondaşgani, Navoiyning dinga çuqur kirib ketgani, hatto şaxsni ilohiylaştirişga moyilligi sezilmoqda. Çunki Navoiy – söfiy, Bobur – podşohdir!

Bobur va Navoiyning “nazmiy tillari” turliçaligi ham töğri. Buning sababini men bunday muşohada etaman: hamma zamonlarda ham podşoh şoirlar kitobxonni keng xalq ommasi deb tasavvur etgan va omma tuşunsin degan andişada tilning soddaligiga ahamiyat berişgan. Bu masalaning bir jihati. Lekin bu bilan Bobur öz mahoratini pasaytirgan emas. Navoiy nazarida, aftidan, kitobxonlar ommasining idrok darajasini yuksaltiriş niyati ham bölgan. Navoiyona baytlarning mazmun qamrovi benihoyat kengligi, söz gavhariga maʼnolar dengizini joylaş kabi maʼnaviy jasoratlar şoir dahosigagina xos. Hatto özining bu mislsiz uluğvorligini Alişer Navoiy lönda qilib aytib ham qöygan:

Dur bölur bahr içra pinhon nazmidin şah madhida

Bahr yoşurmiş Navoiy har durri maknun aro.

Şoh madhidagi Navoiy nazmidan xijolat tortib gavhar dengizga yaşirinadi. Çunki u (Navoiy) har bebaho gavhar (söz)ga maʼnolar dengizini joylagandir.

Boburda bunday ulkan daʼvo yöq. U şoh va şoir. Yaʼni, uning asl orzusi – davlat, hokimiyat. Lekin köngil xuşi – maşqiy ijodi bilan ham Navoiy yonida turişi uning beqiyos mahoratidan xuşxabardir.

Bobur hayotidagi doimiy harbiy safarlar, qönimsizlik, vaqt imkoni bilan boğliq holatlarga köra Bobur ğazallarining baytlari – 5-7 baytli bölgan bölsa ajabmas. Navoiy bu tomondan hamma imkoniyatga ega edi. Hatto devonni barça harflarga tegişli qofiyali qiliş ğamini ham yer edi u…

Men Navoiy va Boburni qayta-qayta sinçiklab öqib, şogirdning ustozdan ikki marotaba özganini kördim. Birinçisi, aruz vaznlari talqinida. Navoiy “Mezon ul-avzon”da 130 vazn atrofida fikr yuritgan bölsa, Bobur aruz risolasida 537 vaznni kaşf etgan. Hatto harfiy sanʼatlarni qöllaşda ham bir marotaba möjiza körsatgan desak böladi. Sanoyiʼ ilmida istixroj (keltirib çiqarmoq) sanʼati bor. Şoir aytilgan harflardan yoki sirli (nazarda tutilgan-u, aytilmagan) harflardan söz yaratadi. Ayniqsa, quyidagi baytlarda narsalar aytilgan-u, ularning öxşaş harflari aytilmay “Olloh” sözining yaratilgani istixroj sanʼatidagi Bobur ixtirosi, “sehri haloli”dir.

 

Qaddi bila ikki zulfu oğzi

Jonimğa balo bölubtur “Olloh”.

Qad – alif, ikki zulf – ikki lom, oğzi “h”dir. Şu harflar yiğilsa Olloh sözi hosil böladiki, Navoiy tirik bölsa-yu, bu baytni öqisa, qoyil qolib “Olloh-Olloh!” deb hayrat izhor qilişi mumkin edi!

– Alişer Navoiy “Muhokamatul- luğatayn” asarini yozib, turkiy tilning tarixiy nufuzini tiklab berdi. Mazkur bebaho asarda u turkiy til fenomeni borasida töxtalib, turkiy folklor va etnografiyaning boyligi haqida söz yuritdi, turkiy tilning içki imkoniyatlarini, afzalliklarini körsatib berdi. Xöş, ona tiliga munosabat masalasi Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida, hayot tarzida qay şaklda namoyon bölgan? Maʼlumki, bir safar Bobur öğli Humoyunga maktub yöllab, uni yoziş uslubining balandparvozligi, ortiqça takalluflari uçun koyiydi. Bundan keyin tuşunarli va ravon yozişga undaydi. Holbuki, Humoyun mirzo Boburiylar saltanatining vorisi edi. Uning uçun ravon jumla tuzişdan ham muhimroq işlar, aytaylik, siyosat ilmi va harbiy sanʼatlarni puxta egallaş kabi masalalar ham bölganligi şubhasiz. Lekin podşoh otaning voris öğliga yozgan maktubi uni til va yozuv masalasiga jiddiy yondaşuvga daʼvat etişdan boşlanadi.

– Garçi Bobur Navoiy kabi til haqida maxsus asar yozmagan bölsa-da, qomusiy “Boburnoma”da til va tilşunoslikka oid öz mulohazalarini bayon etgan. Hatto bu sohada kaşfiyot ham qilgan. Uçta turli tillar oilasiga mansub tillarni qiyosiy örganiş jahon tilşunosligida Boburdan boşlangan desak mubolağa bölmaydi.

Boburni köproq etimologiya sözlarning kelib çiqiş tarixi qiziqtiradi va bu sohada örnak bölarli yangi ilmiy xulosalarni örtaga taşlaydi. Bundan taşqari sözlardagi assimilyatsiya va dissimilyatsiya hodisalarining turli tillardagi amaliyotiga ham qiziqadi.

Yangi yozuv ixtiro qilgani esa Boburning novator tilşunos sifatidagi öktam qiyofasini namoyon etadi. Bobur nazdida mahorat şeʼrni ortiqça bejaş va murakkab yozişda emas. Bobur mahoratli tilşunos bölganligi bois sodda va aniq fikr nazoratida mahorat körsatişni muhimroq deb biladi.

– Mumtoz adabiyotni örganiş jarayoni tadqiqotçidan çuqur bilim, sabr-toqat va mustahkam irodani talab etadi. Çunki arabiy imlodagi qölyozma asarlarini öqiş oson yumuş emas. Yaxşi adabiyotşunos bölişni maqsad qilgan, mumtoz şoirlarimiz asarlarini naşr etiş çoğida yöl qöyilgan xatolarni tuzatişga bel boğlagan inson esa matnşunoslikdan ham yaxşi xabardor bölişi zarur. Söramoqçi bölganim şuki, bugungi yoş tadqiqotçilardan könglingiz tölyaptimi?

– Yöq. Matn yaratiş sohasida 1970-yilgi holat bilan hozirgi naşrlar (mumtoz adabiyot va tarixiy manbalar nazarda tutilsa) orasida nuqsonlarga boylik jihatidan aytarli farq körmaganimdan ğoyat afsusdaman. Bunda keksayu yoşni ajratmayapman. Biroq noumid şayton. Bizdan keyingilar bizdan aqlliroq, donişmandroq bölişlari, bizdek çalalik balosidan qutilişlariga işonaman.

– Istiqlol yillarida barça sohalar kabi adabiyotga munosabat borasida ham yangiliklar röy berdi. Mumtoz şoirlar ijodini örganiş, ularning asarlarini töliq şaklda naşr etiş işlari yölga qöyildi. Alişer Navoiyning “Mukammal asarlar töplami” qaytadan naşr etildi.

Muazzam “Boburnoma”ning siz va Karomat Mullaxöjayeva tomonidan hozirgi özbek tiliga tabdil qilingan yangi naşri amalga oşirildi. Aytiş mumkinki, bu asarning barçaga birdek tuşunarli bölgan şaklda naşr etilişi Bobur ijodi, şoir yaşagan murakkab tarixiy şaroit haqida yetarliça tasavvurga ega böliş uçun imkon yaratdi. Umuman olganda, bunday işlar davomli bölişi kerak. Zahmatkaş olimlarimizdan ekanligingiz köpçilikka maʼlum. Sir bölmasa, ayni kunlarda qanday rejalarni amalga oşiryapsiz?

Istiqlol yillarida özbek mumtoz adabiyoti namoyondalari asarlarining töliq naşrlari çop etilgani yuzaki qaraganda xuşxabar va kişini xotirjam qilgudek voqea bölib körinadi. Ammo Alişer Navoiyning yigirma jildlik va ön jildlik kulliyotlari mening matnşunoslik nuqtayi nazarimda, yaʼni şaxsiy fikrimça, yaroqsiz naşrlardir.

Men yigirma tomlik haqida “Maʼrifat” gazetasidagi (9-fevral, 2005-yil) maqolamda, tomlikka ikki jild tuzatiş ilova qiliş kerak, deb daʼvo qilgan edim. Öşa tuzatişlarning asosiy qismini men keyingi ön jildlikka kiritsam ham naşr baribir epaqaga kelmadi. Har bir jildda yuzlab nuqsonlar sodir etilgan, yuzlab sözlar 2, 3, 4, 5, 8 xil yozilgan naşr haqida men ijobiy gap aytolmayman.

Kuni keça “Boburnoma”ning hozirgi özbek adabiy tilidagi tabdili ikkinçi marotaba naşr etildi. “Öqituvçi” naşriyoti bizni ogohlantirmay takror naşrni amalga oşirgan. Men ham, olima Karomat Mullaxöjayeva ham barmoq tişlab qolaverdik. Beş yil burun yöl qöygan nuqsonlarimizni bu naşrda tuzatiş imkoni bizga berilmadi.

Çunonçi Boburning maşhur toşbitigi Bobur qöli bilan toşga öyib yozilgan-u, men buyurib yozdirgan, deganman. Şunda yana bir jiddiy nuqsonim bor: matnni “Guliston”dan deb körsatganman, holbuki “Boburnoma”da zikr etilgan uç bayt şeʼr “Böston” asaridan ekan…

Karomatxon ham asar asliyatiga işonib, Bobur Ibrohim Lödiyning otasiga yer-mulk berganligini aytganlar. Holbuki, uning otasi allaqaçonlar ölgan, yer-mulk uning onasi Buʼaga berilgan edi…

Bunday jiddiy nuqsonlarni bartaraf etişni uçinçi naşrga saqlab qöyişimizga töğri keldi. Uzr va afsus!

– Suhbatimiz yakunida “Yoşlik” jurnali muxlislariga tilaklaringiz…

– Men “Yoşlik” jurnali muxlislariga – Siz buyuk imkoniyatlar zamonida yaşayapsiz, öz oldingizga kasb maʼnosida uluğ orzuni qöying va umrbod unga intilib, yetib, kasbingizni sanʼat darajasiga yetkazib jahon ilm-faniga yangiliklar kiriting, hayot-mamot masalasi – axloq-odob ekanligini biling, axloq jannatiga şu dunyoda kiring, deyman. Axloqsiz odam milliarder bölişi mumkindir, ammo baxtli bölolmaydi.

Keng maʼnoda maʼrifatli böling, maʼrifatsiz odam özini johillikka mubtalo qilgan şörlikdir.

Suhbatdoş: Gulnoz MÖMINOVA

“Yoşlik” 2013/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)