16 daqiqada öqiladi

318 marta körilgan

Elning egalari

Sobir Önar

Bilasizmi, birodar, şu yoşga kelib kaminaning asosiy mavzularidan biriga aylanayotgan bu gap çindan ham juda muhim. Ha, har elga boş kerak. “Ming işçiga bir boşçi” deganlari singari. Mazkur fikrni, ehtimol bir parda kötaribon aytmoq zarur.

Esingizda albatta, bultur qiş ança zabtiga oluvdi. Ikki haftalab qor erimay, şahar yöllarida ham yurişda noqulaylik paydo böluvdi. Yöllarda maşina tagidan tuşgan palaxsa-palaxsa muz, aylanib ötasiz, qiyaliklar ham yaltirab muzlab ketgan. Qisqasi sovuq va qor odamlarni keragiça bezdirib qöygan.

“Kuniga bir matal” der edi rahmatli otam. Qirq yildan ziyod davlatning molini boqqan sodda odamning topib olgan muhim falsafalaridan edi bu. Endi öylasam va mağzini çaqsam: har kunning öz matali bor, bugun keçagiga öxşamaydi, degani ekan. Misol, dovdir-şovdir suron solib yurgan keçagi odam bugun yöq. Otam çuqur xörsinib, içida bir narsalar deb, söng baralla: kuniga bir matalda-ye, deb yuborar edi.

Qiş-qirovli kunlarda qişloqdan uç-törtta taʼziya xabarini eşitdim. Hammasi ham qarindoş – boriş kerak. Ammo havo bunday: özingni xatarga qöyib hayyo-huyt deb tavakkal qilolmaysan.

Nihoyat eruv boşlandi. Toğam yangam bilan çamasi ikki oydan beri Toşkentda edi. Yetmişdan oşib boboy bölganda poytaxtdagi öğlinikida qişni ilim-issiq ötkazgisi keladi-da. Qişloqda bölsa öt yoqiladigan birgina peçka atrofida nevaralari bilan talaşib yotar edi. Yoşligida qor-yomğirda qöra-qöton kezaverib oyoqni sovuqqa oldirgan. Keyin ham bir palakat bölib oyoği sinib ikki oy gipsda yotgan, yillar ötgani bilan joyi simillab turadi. Muhimi, olti bolaning taşvişidan qutulgan. Yanayam men uçun keragi – umri moldöxtir, zootexniklikda keçgan bu odam öta ziyoli, öqigan, adabiyotning şaydosi, tağin tabobatga, tarixga, diniy yöriqlarga qiziqib öziça kaşfiyotlar ham qilib yuradi. Minğirlamaydi, şikoyat qilmaydi, aniq gapni yaxşi köradi.

Otiniyam aytmabman: Xudoyqul Tinibekov. Qöşrabotda taqdiri çorva bilan boğlanib ösganning bari biladi.

Şu odam menga Husan Hakimov haqida köp hikoyalar sözlagan. Men unda yoş edim va şundan kelib çiqilgan bölsa kerak, öşa insonga ixlos qöymaganman. Toğam bölsa gapiraveradi: nihoyatda kallali odam, ju-uda kamgap, siyosati çatoq, indamay turib joningni oladi.

Hay endi şu odamning nimasi yaxşi ekan. Birinçi kursni bitiruvdimmi, işqilib qişloqda salanglab yurgan edim, toğam öğlidan xabar jönatibdi: Sobir tez kiyinib kelsin, Qöşrabotga, Hakimovning töyiga borib kelamiz. Eski “Moskviç”ga ötirib tirillab jönadik. Toşkentni körib qöygan yigit Qöşrabotga öxşagan qişloqni pisand qiladimi? Biroq Samarqanddan Qöşrabotga qarab oşuvda juda katta boğ kördim. Öziyam uçi-quyruği yöq. Aniq hajmini aytolmayman, lekin narigi yoği Saksonçel qişloğiga tutaşib ketgan, bu yoği qörğon boşlanmasdan to u tugagunça – öng bet yaşnab yotibdi. Çöl edi, daşt edi, suv yöq edi, e qaddingdan akang!

Xudoyqul toğam gidlik maqomida, kaminaga hafsala bilan tuşuntiriş bermoqda: Husan akaning işi, ikki yilda şu işni qildi, artezian çiqardi, toş yöl yotqizdi, atrofini öradi.

U paytlar bu işlar davlatning puli hisobidan qilinardi, tuşunaman. Lekin köçatniyam davlat östirarmidi, yaydoq daştni ham özlaştir, dermidi yoxud özi kelib ekib berarmidi – şunisi qiziq. Qiziqki… bir on öylanib turib qoldim.

Töy ötganiga ikki-uç kun bölgan, biz qutluğ bölsinga kirgan ekanmiz. Toğam bilan oqsoqol birga işlagan – xabarim bor, ammo özini tanimayman. Qanaqadir çala bitgan, poli bor-u, eşik-romlari qöyilmagan bir uyga boşlab kirişdi. Ön-ön beş yigit ğimirlab yurganidan bilsa böladiki, hali töyning tafti ötmagan, hovlidagi öçoq tagida ham ötin tutab turibdi. Bizni alohida stolga boşlaşdi. Narigi stolda tört-beş çoğli bir-biridan semiz zotlar xursand, bir-birining gapini eşityaptimi, eşitmayaptimi, mastona-mastona suzilib nuqul kuladi. Oxirida “obbo akam-yey” deydi. Kim akasi ekan? Men – huşyorman-da.

Biz ötirmoqçi bölgan stolning boşida bir katta ğöla turibdi. Möla desa ham böladi. Uning nimaligini siz bilmaysiz, bizdan sörang: bu tomonda qir köp, toğ, adir köp, hammasining ham nomi bor deb öylaysizmi – yö-öq. Şu sabab, çöpon-çöliqlar mol ortidan yurib, bekorçilikda, ermakka atrofidagi toşlardan uyib möla yasaşadi – odam böyidir, past yo balanddir, işqilib bir belgi-da. Ertasiga qarabsizki, anov Salim çöponning mölasi, oqmöla, qoramöla, Abdullaning soyi, Solining soyi, Tokli soy, Oq zov, Qora zov – bir belgi xullas.

“Möla” piça boş kötargan bölib, xiyol boş çayqadi. Yonidagi stolga işora qilganday böldi. Toğam pildirab borib “möla”ning qölidan tutmoqçi edi, u qöllar iltifotni sezmagan kabi fotihaga yoyildi. Toğam tamom dovdirab, “yoşlar baxtli bölsin, yoşlar baxtli bölsin!” deb ikki marta omin qilib yubordi. Bizga esa baribir – begonaman. Toğam bölsa tizzamga bir turtdi: xapa, deb qöydi. Söng iltijoli bir suratda “möla”ga termuldi.

– Körinmaydilar, – dedi “möla”. Ammo közi yumuq.

– A-a, Husan aka, endi bizam katta davralarga yaramayapmiz. Töy kuni izdihom katta deb tortindik, aka. Obkom kelgan töyga bizga yöl bölsin.

– Şunday deng, unçalik emasdir. Obkom bova dov-doska qipkepti, qöying desam qöymadi.

– Eşitdim-eşitdim, “Volga” qulluq bölsin, aka.

Toğam şunday deb, qançaligi esimda emas, kissasidan kamtarona töyona çiqardi.

Yarim qariç keladigan ikki qoş bir kötarilib tuşdi. Qora-qizil rangdagi sergöşt burun tagidagi oğiz harakatga kelib:

– Borya! – deb baqirdi.

Novça bir yigit kelib qöl qovuştirdi.

– Qolgan vino-pinolaringdan opkel-da.

Novça ğoyib böldi. “Möla” öşa-öşa holatda: na tebranadi, na çoy içadi, na boşqa gapiradi. Möla-da!

E, qaddingdan, e, usta Xudoyim!

Toğam quloğimga şipşidi:

– Töyonayam yoqmadi. Vino-pino deganini körding, aroq demadi. Biz otdan tuşgan bölsak.

Şunday dediyu toğam kulib yubordi. Aftidan bu siyosatni köp körib yurgani uçun özini tutolmadi. Bu odamning qölida işlamayotgan bölsa – endi baribir emasmi?

Stolda yegulik serob, kalla-poça ham bor. Töydan keyin ham qöylar söyilayotganining belgisi bu. Biroq bu narsalar hali mening mijozimga botmas edi. Uyda onam tayyorlagan qatiqqa non töğrab yesam podşoday yuraveraman. Bu dov-doskalar, bu haşamatlar… Qabul qilolmas edim-da. Yoşlik qilardim çoği. Ha, darvoqe, bundan ham yoşroq vaqtim – sakkizinçi sinfda bir sinfdoşim bilan taʼtilda “Qöşrabot” sovxozining ğalla xirmoniga işlaşga kelganmiz. Bir yarim oy keçayu kunduz işlaganmiz. Oxiri bezor bölib qoçib ketganmiz. Xirmon mudiri Begmat Usmonov ortimizdan bir oz çoy-çaqa va xirmondan kafsan jönatib yuborgan.

Ertalab ham, keçqurun ham şildir şörva içamiz. Tegirmoni non. Oxiri yoqmaylar ketgan. Bizdan kattaroq Abdurayim akaning taşabbusi bilan bir kuni keçasi boqqa öğirlikka kirdik. Uzum ayni pişgan payt. Ikkita katta it vovillab kelib qoldi-ku. Qoçib-surinib, kim tikonli simga kiyimini ildirib, kim tuproqqa dumalab, işqilib xirmonjoyga halloslab kelib körpaga burkanganmiz. Orqamizdan birov quvganini körmadik. Biroq ertasi kuni oşpazimiz Eşboy akaga bir ayol ikki çelak uzum taşlab ketibdi.

– Yoş bolalar bor ekan, uyidan olisda oçirqanib yurgandir, bering, yesin, – debdi.

Ana xolos. Kim böldi ekan bu vallomat. Yöq, aslida bilar edik, Hakimovning çorboği, uyi şu yerda, boği katta, körib yurardik, bolalik-da – kunduzi oq, qora kişmiş, toyfi, olamantöydi degan uzum boşlarining simlarda osilib xor bölib yotganini körib, keçasi bir dodini bermaylikmi, degan rejalar bölgan. Ne tongki, sarguzaştimiz boyagiday nihoya topgan. Bu Hakimovning işimidi yoki kampirining şaxsan homiyligi edimi – şu topda xayol opqoçdi.

Bunga sari toğam:

– Husan aka, bu jiyanim böladi. Jurnalist bölmoqçi, öqiyapti, maqolalar yozadi, – dedi.

Oqsoqol bir yöla ikki közini ham oçib menga öqdek qaradi. Ahamiyat bergani meni sarosimaga soldi. “Öşa öğirlik qilib yurgan sen bola endi jurnalist bölmoqçimisan?” degan kabi taʼqib qilayotganday tuyuldi. Lekin oqsoqol:

– Quying, içinglar, – dedi-da qöydi. Közlari hamon yumuq.

Oqsoqol (endi “möla” demayman) toğam aytgani singari har baloni bilsa, demak, meni ham biladi degan xavotir iç-etimni tirnadi.

– Hamro kep-ketdi, – dedi Husan aka.

– Toğa kepti-da, bu yigit Hamro toğaning nevarasi-da, ukasining öğli.

– Hamzaning, – deb qöydi, oqsoqol. Şu holatida u bizdan boşqa kimningdir suhbatini olib, içida maʼqul körib ötirganga öxşardi.

Men hayron qoldim: otamni bilar ekan, Hamro bobom-ku, qölida yilqiçi. Qoyil.

– Hamro qoçib-pusib ketdi. Kalonov uni tuzlayman deyapti. Tuzlamaydi. Qişloqqa borganda ayting, Ismoilning traktorini akt qilib ketsin.

Ana endi bu yoqlari boşqa gaplar. Biz sizga “möla”dan ibratli oqsoqol yasab beramiz.

Toğam mudom tildan qöymay maqtaydigan odam şu – Husan Hakimov. U zamonlarda, bilasiz, bir tumanda öntaga yaqin sovxoz bölardi. Hakimovning xöjaligi esa “Biopunkt” deyilardi. “Pangat” xöjaligi ham şuning içida, yilqiçilik, qöyçilik, ğallaçilik tarmoqlari bor, boz ustiga Poyariqning Költösin, Ğallaorolning Lalmikor degan joylarini ham xöjalik hisobiga kiritgan, yaʼnikim yuzlab emas, balki minglab işçilari bor edi. Mustaqillik yillarida yilqiçilikni xususiylaştirişga jon-jahdi bilan qarşi turgani bois hozir ham saqlanib qolgan. Bilmadim, tağin qayerda bor – Jizzaxda “Konniy zavod” – ot xöjaligi bor deb eşitardim, hozir ham bormikan, biroq mana, men aytyapman – Qöşrabotda bor.

Pangatning özini tokzor boğ qilib yubordi. Suv çiqmaydigan qir-adirlar ham tokzor böldi. Oçiği bu işlarni bir odam qöli bilan bunyod etolmaydi-ku. Odamlarning boşini qöşgan, işlatgan, haq bergan. Natijada “bu dunyoda Pangat, u dunyoda – jannat” degan maqol paydo böldi. Obodonçilik işini puxta qilar edi. Toğam, u odam deyarli uxlamas edi, keçayu kunduz yurar edi, boşqalarniyam tindirmas edi, deydi. Viloyatga borsayam, obrösi katta, xöjalik uçun bir katta narsa undirmay qaytmas edi, deydi.

Hozir tirik bölganida balki judayam katta bir fermerlik xöjaligiga boş bölardi. Lekin oqsoqolçiligining zör belgisi – işçilaridan birontasining burni qonaşiga yöl qöymagan. Çetdan birovlarni aralaştirmagan. Boya Hamro bobom va Ismoil traktorçi haqida gap böldi.

Bobom Hakimovning yilqi-biyaçilik xöjaligining bir fermasida boş çöpon edi. Avval özimizning qişloqda, söng Lolahovuz qişloğida. Çöpon deganiyam bola-çaqali, yeyarmon-içarmon degani-da. Xaşak, arpadan uyiga opketişi bor, yilqiga jondor (böri) tegsa yo kasallansa halollab söyib olsayam zootexnik (Jöraqul Kalonov – hozir 90 yoşni qoralab qoldi, tarix bilimdoni, zör odam)ka molning kallasini körsatib harom öldi deb turaveradi. Albatta, haddidan oşsa, Hakimov ham, Kalonov ham qarab turmaydi. Işning maşaqqati ayon. Şu bois Hamroni Kalonovga tuzlatib qöymayman, deyapti. Bu – rahbarning işga insof közi bilan qarayotganining belgisi.

Endi, Ismoil aka dedik. U kişi ham bizga amaki. Özi zör, juda oqköngil odam. Içişni bir yil taşlab, ikkinçi yili meʼyoridan ham oşirib içib yuradigan odati bor edi. Şu holda pat-patining ruliga ötirib ketaverar edi. Yetmişni qoralayapti, umring uzun bölgur, haliyam odati şu: bir yil taşlaydi, bir yil obdon hissasini çiqaradi.

Kunlarning birida… E, bu qiziq voqea juda. Unda otasi Obloqul bobom – Önar bobomning ukasi, uruş qatnaşçisi, çars, vallomat odam – tirik edi. Öşa kuni bölim kassiri maoş tarqatgan ekan. Akam şeriklari bilan pöla bölgunça içgan. Yana Zarmitandanmi, qayerdandir bir yaşik pivo ham olgan. Traktor kabinasiga ortvolib, kayf zör, qöşiqni vang qöyib kelavergan. Qişloq yöli tik, qiyaliklardan iborat, önqir-çönqir, tor.

Opasi Salomat ammam Qörğontepaning pastida turadi, traktorining ovozidan tanib Ismoiljon bilan körişib-söraşib qolayin deb yölga çiqsa, tepada traktor tarr-tarr qilib turganmişu, akam rulda yotib olib uyquni urayotganmiş. Bir mahal traktor sekin orqaga tisarilibdi. Ammam voy-voy, hoy-hoy, kim bor degança qolaveribdi, transport orqaga tisarila-tisarila boşqaruv yöqolgaç, pastga qarab qulab ketibdi. Bir dumalabdi, ikki dumalabdi, nihoyat masofasi bir çaqirimça keladigan sayhonlikka tik qiyadan soçilib-parçalanib dumalab ketibdi.

Örtada Omon muallimning uyi bor, uyiga zarar qilmay çorboğining devorlarini buzib ötib ketibdi. Soydagi suvga ikkita ballon yetib boribdi, traktorning qolgan qismi yölda soçilib ado bölgan.

Xudoning saqlaganini qarang: traktor birinçi qulagan zahotiyoq akam kabina eşigi oçilib tuşib qolgan ekan. Yana qiziği, öşa bir yaşik pivosi ham quçoğida emiş. Ammam buni körmagan ekan, oy-hoy, Ismoiljonim nima böldi, qaranglar, deb ayyuhannos solib baqirarmiş. Qaraşsa, akam bir yaşik pivo qöynida, yetib kelgan odamlarga hiring-hiring kulib yotganmiş. Biror joyi lat yemagan.

Ha, yaratgan Egam saqlayman desa qirq yillik qirğindayam saqlayverarkan. Akaning omon qolgani yaxşi – Xudo qaytarib berdi axir. Aybi ham özi bilan. Lekin men boşqa narsani aytaman: Hakimov bu voqeani eşitib xursand bölmagani aniq, jazavasi qözigandir balki, şunga qaramasdan akamni keçirganini qarang!

Kal bölsam ham taroğim tillodan deganlari singari amakim oriyatli odam, Hakimov qança sörattirsayam bormay yurdi. Hamro otam ikkita ballonni otiga xurjun qilib Qöşrabotga oborsa, direktor: böldi, hisob, Ismoiljonga ayt, qoçib yurmay bir kelsin, depti. Ismoil akam bari bir bormadi: yuzi çidamadi şekilli. Oxiri orqasidan bir yangi “Belarus” jönatibdi oqsoqol. Akam şuniyam minolmay bir muddat qiyşanglab yurdi. Otasidan dakkimi, tayoqmi yegaç rulga ötirdi. “Belarus”ni minib pensiyaga çiqdi. Ammo oqsoqolning vafotigaça uning közidan qoçib yurdi.

Ismoil akamning mehnatkaşligi, oqköngilligi, balki oriyati yoqqandir, ehtimol jöjabirday jon – şuni öylagandir, har neçuk keçirgani bor gap.

Özi katta qalbli odamlarning mehriyam katta böladi şekilli.

Ha, Hakimov Qöşrabotning oqsoqoli edi. Odamlarning boşini qöşişni yaxşi eplardi. Neça raykom, neça obkom bilan işladi – hurmat-obröyini yöqotmadi. Qöl ostidagilarga qörs, qöpol muomalali bölib tuyuldi, ammo birortasiga zuğum qilmadi. Şuning uçun toğam u kişini tildan qöymaydi.

Mana, u odam dunyodan ötgandan keyin ham tumanga uç-tört rahbar kelib ketdi. Lekin birortasi “e, bu oqsoqolning boğ-roğlari qarovsiz qopti-ku” deb saʼy qilmadi. Endi, ularning içida ham fidoyilari bölgandir-ku, ammo aytamanki, yurt oqsoqoli bölolmadilar çoği. Bölmasa Husan Hakimov şu boğlarni Qöşrabot xalqi yesin, töysin, daromad qilsin, soyasida soyalasin deb qilgan-ku, ötin bölsin, kesib peçiga yoqsin demagandir-ku. Gapning öroliyam şu-da.

Endi hikoyamizning boşidagi hangomaga qaytamiz.

Eruv boşlangaç toğam bilan qişloqqa ketyapmiz. Qir-adirlarda ançadan beri muz qotgan qorlar ğalati tarzda, yangi jilğalar yasab pastlikka oqib tuşadi. Yöllar çeti loyqa-bötana suvga tölgan, asfalt yöl tagidagi quvurlardan suv tölib oqib çiqayotir. Hayron bölaman: lalmikor buğdoy, mahsar ekilgan şudgor yerlarning oqib tuşayotgan loylari keyin qayerga töplanarkin?

Oxiri baxayr bölsin işqilib. Şu kuni toğam bilan ikkita joyga kirib fotiha qildik. Hammayoq bilç-bilç bölib yotibdi. Ismoil akamning kampiri Oysara çeçayam yaqinda qaytiş qilgan. Maʼrakasi ötdi, endiyam bormasam toza uyat. Biroq yuqoriga maşina çiqolmadi. Toğamni pastda, maşinada qoldirib özim piyoda çiqib keldim. Öziyam tizzamgaça jiqqa höl böldi. Lekin qarzimdan qutuldim. Ertasi kuni tağin ikki joyga kirib “qöl qaytarib” çiqib ortga jönadik.

Keçasiyam ilmiliq havo bölgani uçun eruv kuçayib tekis joylardayam şarqirab bötana oqib yotibdi. Költösinga yetganimizda köprik tagiga suv siğmay sel asfalt ustidan oqayotganining ustidan çiqdik. Bir töda odamlar çiqib tomoşa qilayotir. Biz ötsak böladimi deb söradik. Ötavering, deb qöydi biri. Qörqa-pisa ötib oldik. Şu köyi Ğallaorol tumaniga qaraşli Gulçambar, Oqtoş qişloqlaridan ham ötdik. Ertasi kuni öşa biz ötgan qişloqlardan birini sel yuvib ketgani haqida şumxabar tarqaldi. Yaxşi gapdan köra yomoni tez yoyiladi. Hartugul qurbonlar bölmapti. Keyingi kun ukam telefon qilib qoldiki, Költösindagi keça sizlar ötgan köprikni bir soatdan keyin sel buzib, undan boşqa yölning bir qisminiyam katta jar qilib öyib taşlabdi. Şukrki, odam oqmagan.

Ana endi şu talofatgayam rosa bir yil böldi. Köklamdan yozgaça Költösin orqali yuruvçi transport vositalari bir neça çaqirim naridagi Dovtepa qişloği orqali çang-loy köçadan aylanib ötadigan bölişdi. Yozda Ğallaorolning Oqtoş, Köçarbuloq qişloqlari köpriklari yangilandi. Ayniqsa, Köçarbuloqda bunday sel-toşqinlarga bemalol doş beruvçi katta köprik qurildi. Lekin Költösinda… yozda huv yölni jar qilib buzib ketgan joyga odamlar şaxsiy taşabbus bilan ikkita kattakon quvur yotqizib, ustidan şağal-toş tökib çiqişibdi. Yengil maşina, mikroavtobuslar amallab ötsa böladigan qölbola köprik. Biroq katta hajmga ega yuk transportlari, avtobuslar ötolmaydi. Bu yöldan har kuni turli yumuş bilan yuzlab emas, minglab odamlar ötadi. Toşkent, Jizzax, Sirdaryodan Költösin, Nakurt, Quduqça va Qöşrabotning önlab qişloqlariga Zarkent, Zarmitan qörğonlariga, jumladan, bizning Tumanovul, Mayintepa, Kamarovul, Boytöp, Jabutay, Qurisoy, Quvkalla qişloqlariga ham şu yöl orqali ötiladi. Ilgari odamlar yölning öydim-çuqurligidan nolişardi. Endi şu yöl ham ğanimat bölib qoldi. Boyagi qölbola köprik bahorning ilk seli kelgandayoq oqib ketadi. Şunday katta va serqatnov yölga munosib köprik soliş nima uçun boşqalarni qiziqtirmaydi – hayron qolasan kişi.

Bir oydan oşdi, toğam yangam bilan yana Toşkentga kelgan. Qiş-qirovli kunlarda qişloqdan birin-ketin ikki janoza xabarini eşitdik. Orada bir haftaça iliqroq, yoğin-soçinsiz kunlar ham böldi. Bari bir yölni öylaymiz. Keçagi gaplaşganimizda toğam Költösinda köprikning yöqligi, bir yildan beri rahbarlar eʼtibor bermayotganini aytib nolidi.

– Sobir-ey, – dedi söng, – burun yuz qöyli odamni katta boy der edik. Şu aybi uçun ular quloq ham bölib ketişdi. Hozir qişloqlarning özida burungi boylardan yuz karra boylar bor. Maşinaning zöridan minadi, uyini qavat-qavat qilib quradi, töyiga falon ming dollar sarflab, nomdor artistni çaqirib keriladi. Inomarka maşinalari xarob yöllardan yursa, bu yöllarni erta-indin kelib davlat qurib, sozlab berişi kerakday hammaga qöşilib nolib yuraverişadi. Qanaqa yuragi qotib ketgan odamlar bular?

– Toğa, bular asli davlatdan yulib boy bölişni fazilat deb bilişadi. Xalq farovonligi deb pul sarflaşga or qilişadi. Şunaqa pişiq boylar bular.

– Eh, Husan Hakimov yaşamadi-da şu kunlarda. Barisini uyidan quvib çiqib tikka qilmasmidi! Ö, noinsof, puling bor ekan, moling bor ekan, uyingning içini yaltiratgunça bu yoqqayam qara, kör bölgur, derdi. Ha, aytardi şu gaplarni. Yoki köpriklar uçun mutasaddi bölganning eşigi oldida itday yotib olardi. Hay, attang, qadri ötdi-da baççağarning.

Yaqinda dunyodan ötgan birinçi adabiyot ustozim Omon aka Qöçqorov toğamning tengquri edi. Maʼrakasi ham ötibdi. Yölni öylaymiz. Qöşiqdagi “yöllar olis, otim oriq, yetolmayman-yey” degan satrlar esga tuşadi. Holbuki bu yöllarga polvon otlar ham doş berişi qiyin endi. Qişloğimiz uzun soyning ikki betida joylaşgani uçun orada 4-5 ta köprik qurilgan. Bulturgi sel ularniyam omon qoldirmagan. Bir epini qiliş odamlarning öziga havola. Hokimga yozadimi, u kelib körib yordam beramiz deydimi, lekin oxir oqibat, baribir gap özlarida qoladi. Bir taşabbuskor oqsoqol jon kuydirmasa qiyin.

Mana, yölga çiqdik ham deylik. Ğallaorol, Marjonbuloq yöli bilan endi yurib bölmaydi. Çunki Költösinning bulturgi köprigi örnida bugun hayhotday jarlik bor. Jarlik tagiga qilingan omonat köprikni kiçkina sel ham çalpak qilib taşlabdi. Şu bois Samarqand yoki bölmasa Jomboy, undan Poyariqning Eşimoqsoq qişloği orqali Çelak, Mitan, Qöşrabotni aylanib boriş kerak. Unda kamida 70 çaqirim ortiqça yöl bosişga töğri keladi.

Toğamga aytdim:

– Hadeb Hakimov deyavermang. U odam endi ketdi. Hozirgilar juda zakunçi. Birovga bir narsa deyiş qiyin. Bor yöldan yurib turaveramiz. Şunisigayam şukr. Bizdan köra költösinliklarga qiyin, çunki jarlik bir qişloqni qoq ikkiga ajratib qöydi, bizlar bölsa… şu qişloqdan ötib-qaytuvçi yölovçilarmiz, xolos. Şunday emasmi? Ertaga otlanavering, yölga tuşamiz!

Yölga tuşarmiz, borib ham kelarmiz.

Tasavvur qilaman: çöqqisoqol, çorpaxil, yuzni qoralagan oqsoqol Hakimov 600 ta yilqisi bor yangi zamon boyi Abdurahmonning darvozasini uryapti. Abdurahmon çiqib çolni jerkiyapti. Тахминан бундай дейди: “Ну и что! Transport nalogini benzinga qöşib tölayapmanmi – tölayapman. Fermer xöjaligidan yöl soliğini qurtday undirib olişyaptimi – olişyapti şovvozlar! Olib qayoqqa bekitişyapti? A, qayoqqa bekitişyapti? Ana, öşalar qurib berişsin köprikni! Sizning zamoningiz ötdi, boboy!”

“Boboy” mulzam tortib qolar edi, ehtimol.

Ehtimol çindan ham zamoni ötganiga afsus çekardi. Lekin özibölarçilikka çiday olmas edi.

Oqsoqolçilik şunda kerak!

Ha, har elga boş kerak!

Sobir Önar

“Yoşlik” 2013/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)