14 daqiqada öqiladi

733 marta körilgan

Bölgan gap

Orif Tolib

(Hikoya)

Keça institutga hujjat topşirgani bordim. Öşa yerda Dildorani uçratdim. Yuragimning tub-tubidagi ismsiz dardlar qayta boş kötardi, uç yil oldingi sirli-sehrli xotiralar tasavvurimda asta-sekin jonlandi.

Göyo yam-yaşillikka, nurga kömilgan moviy diyorga tuşib qolganday edim. Biroq tösatdan turgan şiddatli şamol hamma narsani ağdar-töntar qilib yubordi, menga uç asrday tuyulgan uç yil mobaynida asrab-avaylab yurgan tuyğu-xayollarim öt tuşgan somon ğaramidek lahzada yonib kul böldi. Ulardan alam-iztirob kuligina qoldi, xolos…

Sizga bor gapni aytib beraman, şunday qilmasam bölmaydi. Yuragim qayğu zardobiga limmo-lim tölib ketdi.

Bu tarix litseyga öqişga kirganimdan söng boşlangan. Yettinçi sinfni tugatib öqişni tuman markaziga – iqtidorli bolalar litsey-internatiga köçirdim…

* * *

Yangiman. Litseyga kelganimga tört kun böldi. Ikkita sakkizinçi sinf bor, «A»ga kiritişdi. Qolganlar yettinçi sinfda kelgan, bir-birlari bilan allaqaçon apoq-çapoq bölib ketgan. Menga begonasirab, bepisandlik bilan qaraşadi. Hali birortasi bilan döstlaşib, vaziyatga kirişib ketolganim yöq. Faqat bitta narsani bilib oldim: sinfimizdagi yetti-sakkizta qizning içida bitta çiroylikkinasi bor ekan. Qolgan qizlarimiz ham çiroyli bölgandir, lekin u boşqaça edi-da. Özimni bilmaganga solib sörab, bilib oldim. Ismi Dildora ekan. Doim kulib turuvçi quralay közlari, qop-qora soçlariyu bodom qovoqlari – hammasi boşqaça. Yana qanday sifatlarini sanasam ekan?.. Negadir, şu qizni heç qaçon könglimdagidek tasvirlay olmayman.

Köp fursat ötmadi, men dunyoning eng baxtiyor kişilaridan biriga aylandim – Dildorani sevib qoldim. Fikru xayolim şu qizda: qanday gaplaşsam ekan.

Paxtaga ketadigan böldik. Saf tuzilib, öquvçilar yöqlama qilingaç, yölga tuşdik. Biz borgan joy Mehnatoboddagi qanaqadir şirkat edi. Ul-bul narsalarimizni şiyponga taşladigu terimga kirişdik. Oktyabrning örtalari. Kunning tafti qaytib qolgan. Sarğaya boşlagan ajriqlar ustida tutbarglar çaçala qilinganday betartib soçilib yotibdi. Bu yerlarda mol-qöy juda kam. Bepoyon daşt. Paxta paykallari osmonning adoğigaça çözilgan. Osmon tip-tiniq. Kuyoş mehribon qöllari bilan boşimizni silab qöyadi göyo. Olis-olislarda töp-töp bulutlar suzib yuribdi. Ğalati: biri xuddi möysafid çolning yuziga öxşaydi, bittasi qölida kamon bilan uçib kelayotgan bola… Beğubor kengliklarga tikili-ib turibman, oldimdan bir narsa pir etib uçib ketdiyu xayolimni böldi. Qoraşaqşaq ekan. Zovurlarning qirğoğidagi har xil qumtepalarda turli-tuman öt-ölan, qiyoqlar ösib yotibdi. Bir tomonda yovvoyi jiydalar. Biz yaloqjiyda deymiz, kitoblarda qandak jiyda deb ham yozişadi. Taʼmi sal taxir-u, lekin maza! Qoraşaqşaqlar şu yerlarga in quradi, şoxdan şoxga qönib sayrab yuradi.

Terimga tuşib ketdik. Paykal ikkinçi terimdan çiqqan, özi «terimligi» qolmagan. Lekin kösak çuvişga ruxsat yöq. Oçilgan paxtani terasan! Baribir yöl-yölakay kösakni olamiz-da, karsillatib tişlaymiz – oğzingiz ğalati bölib ketadi. Keyin çuvib etakka… Hamma şerik-şerik bölib teryapti: ayrimlar paykalning höv etagiga borib qolgan, ayrimlar bu burçakda. Butun maydon böylab soçilib ketganmiz. Yolğiz teryapman. Faqat goh-gohida nariroqda yurgan qizlarga, töğriroği, Dildoraga qarab qöyaman. Bir gal qölga tuşdim: tikilib turgandim u ham qarab qoldi. Darrov paxtaga engaşdim: e, men mehnatkaş edim-ku! Şunday qilib pinhoniy ahd tuzildi – bir-birimizga qarab-qarab qöyamiz.

Özim bilan özim bölib payqamabman. Mening qatorimdan qandaydir bola kelayotgan ekan. Parallel sinfdan bölsa kerak, tanimadim. Masofa yaqinlaşyapti. Aççiğim çiqdi, yöl böşatgim kelmadi. U atayin kelayotgan edi. Mendan gavdaliroq, yuzi möğullarnikiga öxşab ketadi. Çayirligi şundoq sezilib turibdi. Yuzma-yuz böldik.

– Nega mening qatorimdan kelyapsan-ov?! – deb gap boşladi u.

– Özing nimaga mening qatorimdan kelyapsan? – savolga savol bilan javob berdim.

Heç kim unga bunaqa gapirmaydi, şekilli, jahli çiqib ketdi. Lekin özini bosib olganday, biroz töxtam qilib söz qotdi:

– Hm-m, menga gap qaytarding. Buning uçun seni rosa döpposlaşim kerak. Lekin, mayli, men rahmdilman, evaziga yarim paxtangni berasan.

– Şu gapni gapirganing uçun seni rosa döpposlaşim kerak edi, mayli, men rahmdilman, evaziga bor paxtangni menga berasan, – dedim yana gap qaytarib.

Fiğoni falakka çiqdi. Bu orada ikkov sinfning bolalari yiğila boşlagan, tekin tomoşa qöyilayotgan edi.

– Iye, bu bola özidan ketgan ekan-ku! – dedi raqibim atrofdagilarga qarab. Gapini tugatar tugatmas şiddat bilan keldi-da, tepdi. Özimni olib qoçişga ulgurolmadim – töpiğimga ğözapoya aralaş «bir şingil» tepki tuşdi. Endi özimni olişuvga çoğlagan edim, qaydandir xabar topgan tarbiyaçi yetib keldi.

– Nima bölyapti? – olazarak bölib söradi şopmöylov domla.

– Bedana bor ekan, öşani tutgani keldik. Uçib ketdi: bit-bildiq, – irjaydi qiyiqköz.

– Heç qanaqa bedana-pedanasi yöq, paxtani teringlar, kun keç bölyapti, – şopmöylov tanbeh berganday gapirdi-da, qaytib ketdi.

– Lekin gapimiz çala qoldi, bola, – tahdid qildi raqibim. – Keyin gaplaşamiz.

– Böpti, – dedim-da, paxta terişga kirişdim.

Hamma yana paykal böylab yoyilib ketdi. Bir payt  soçlari jingalak, kökköz sinfdoşim – oti Qudrat edi çoği, köp ötmay litseydan haydalib ketdi – yonimga kelib nasihatga kirişdi:

– Bekor qilding, Oybek. Sakkizinçi sinfning eng zöri şu – Salim. Bekorga uni Çingizxon deyişmagan. Heç narsadan tap tortmaydi.

– Nima qipti, qörqadigan joyim yöq.

– Senga rahmim kelganidan aytyapman. Seni deb biz ham baloga qolmaylik. Kaltak yeyişni istamaymiz.

Közimga baloday körinib ketdi.

– Şuni aytgani keluvdingmi?

– Ha.

– Endi tuyoğingni şiqqillat, közimga körinma!

– Ey, özingdan kör. Senga yaxşilik qippan-a.

 

*  *  *

Qoş qoraya boşladi. Bolalar paxtalarini torttiradi-da, avtobusga çopişadi – joy oliş kerak. Bölmasa qirq kilometr tik turib ketasan. Avval «A» sinfning paxtasini ölçaşdi. Avtobusga örnaşib oldik. Keyin «B» sinf çiqdi. Ketyapmiz. Röparamga Salim kelib töxtadi:

– Tur, menga joy ber!

– Joyingni topivol!

Qiyiq köz yoqamdan çangalladi-da, dast kötardi:

– Çakagingni öçirib qöyaman!

Şovqin-suronimiz oldingi qatorga ham eşitildi, şekilli – hamma yalt etib qaradi.

– Nega urişyapsanlar, – öşqirdi şopmöylov tarbiyaçi. – Yana senmi, Salim, anavi bolaning oti nima? Ikkovingniyam ustingdan raport yozaman. Liseydan haydalasan!

Öşanda dunyoda ikkita fojia bölsa, bittasi liseydan haydaliş edi men uçun. Darrov hovurimdan tuşdim. Qişloqdagi odamlarning miş-mişi, ota-onamning daşnomi köz öngimga keldiyu ğazabimni içimga yutdim. Boşqalarning nazarida «popugim pasaygan» edi. Ketyapmanu jahldan dağ-dağ titrayman, xörligim keladi. Bu yerda mening heç kimim yöq. Qişloqda bölganda, bu möğulbaşarani miriqib döpposlardim!.. Xullas, tik turib keldim, rosa alam ötdi. Yoş bolaning döppisini yaşirib qöyib qiynaşadi-ku, xuddi öşa boladay nima qilişni bilmay aççiğlanaman. Yetib keldik. Avtobus katta yölda töxtadi. Içkariga bir kilometr piyoda kiriş kerak. Hamma oldinlab ketdi. Oxirida kelyapman. Yarim yölda bir töda bola töxtab turibdi. Sezdim, meni kutişyapti. Yaqinlaşdim. Yana Salimning özi gap boşladi:

– Ey, öğilbolaçasiga gaplaşamiz. Öğil bolasan-a?

– Isbot kerakmi?

– Köp gapirişni yoqtirmayman. Hammang çekkaga çiq.

Şunday dedi-da, laş-luşlarini bir çekkaga uloqtirib menga yuzlandi. Men ham hozirlik körib oldim. Xörozlarday davra aylana boşladik. Birinçi bölib qöl kötarmoqçi emasdim – axir men qörqqanim yöq-ku! Yon atrofdagilar Çingizni olqişlar edi.

Yana öşa holat – qöqqisdan hujumga ötdi. Özimni olib qoçişga baribir ulgurolmadim: bu safar oğriqni biqin tatib kördi. Atrofdan: «Ur uni, Çingizxon!», «Ayama!» degan hayqiriqlar eşitila boşladi. Şu payt Nodar Dumbadzening özim yaxşi köradigan «Hellados» hikoyasidagi muştlaşuv voqeasi yarq etib xayolimdan ötdi. Men Jamolga öxşab jimgina kaltak yeb ketavermayman, dedim özimga özim.

Kaltak yeganingdan keyin kallang tuzukroq işlar ekan. Muştim uning çakagi bilan tanişdi. Özimning yuzimda ham muhrlar paydo bölganini sezib turardim. Oxiri ikkovimiz ham çarçadik, lekin «jang»ni töxtatişni istamasdik. Bir önğay vaziyat tuğilib qoldi: qoş-qovoği aralaş muşt tuşirdim. Közidan öt çiqib ketdi, şekilli, ingrab yubordi. Men esa ğalabadan sarmast bölib kutib turdim. Endi etak-xaltalarni olgani engaşganimni bilaman: öng biqinimga tuzukkina tepki kelib tuşdi. «Nomard!» deb baqirdim beixtiyor. Biqinimni çangallagança, çökkalab qoldim. Lekin bu men öylagançalik Çingiz emas, çekkadagi tomoşabinlardan biri – taqirboş pakana edi. U qoyil qildimmi, deganday Salimga işşayib qarab turardi. Salim yugurib keldi-da, taqirboşni tarsaki bilan «siyladi». U höngragança nari ketdi.

– Olişamiz. Jang hali tugamadi, – burungi şaştidan tuşib dedi Çingizxon.

– Mayli, – dedim men ham.

Yana muştlaşişga tuşib ketdik. Atrofdagilar muhim bir qarorni kutayotgandek jim turardi. Ularga qarab qolibmanmi, yuzimga bexos muşt tuşdi. Eng yomon körganim – urişayotgan paytingda burun qonaşi. Şunday böldi. Tutaqib ketdim. Salim esa xuddi menga rahmi kelgandek tikilib turdi-da, narsalarini yiğiştirişga tuşdi.

– Yöq, urişamiz, – dedim men.

– Mayli, ixtiyoring. Lekin boşqa safar. Bunday holatda muştlaşmayman, – deb örtoqlari yoniga ketdi.

Aslida, ikkalamiz ham ortiq urişişni istamasdik. Burun qonaşiga ham eʼtibor bermay laş-luşlarimni oldim. Bolalar allaqaçon oldinlab ketgan, Salimni maqtaşayotgani elas-elas eşitilib turardi. Lekin bu jangdan men ham xursand edim – avtobusdagi alamimga malham qöyib olgandim. Kiyimlarim çang-tuproq, yuz-közim bir ahvol ketyapman. Litseyga yaqinlaşib qoldim. Öquv binosi yotoqxonadan xiyla uzoq. Allaqaçon keç kirgan. Yotoqxona hovlisida katta-kiçik çiroqlarning ayqaş nurlari, daraxtlarning uç-tört tomonga ketgan soyalari közga taşlanadi. Xuddi konsert zallaridagidek. Bolalarning aksariyati janjaldan xabardor, kiçik sinfdagilar bir-birini nuqib menga işora qiladi.

Yuz-qölimni yuvişim kerak edi. Kran oldiga bordim. Bizda artezian suvi oqadigan bunday kranlarni töğridan töğri «artizon» deb qöya qolişadi. Xullas, yuvina boşladim. Kimningdir kelganini payqadim. Qarasam, Dildora. Kutib turibdi deb öylab yöl böşatdim.

– Voy, çakkangizga nima qildi, qon-ku!

– Heç nima qilmaydi, yiqilib tuşdim.

– Hozir, töxtab turing.

Birozdan keyin römolça olib yugurib keldi:

– Namlab bosing, oğriqni oladi.

Bunaqangi mehribonçilikni kutmaganim uçunmi, nima qilişni bilmay dovdirab qoldim. Römolçani olayotib qölim uning nozik barmoqlariga tegib ketdi. Hayajondan tutila-tutila «Rahmat» deyişgagina qudrat topdim özimda. Dildora yugurib xonasiga qaytib ketdi.

Yotoqqa kirdim: sinfdoşlarim hayrat bilan jim qarab turişibdi. Men ham indamadim.

Şu kuni şirin xayollarga berilib, şiftga termilib tun ötkazdim. Nima sababdan menga römolça berib mehribonçilik körsatdi ekan, yo uyam meni yoqtirib qoldimikan?.. Şunday bölsa kerak. Ertaga römolçani qaytarib beriş bahonasi bilan yana gaplaşaman…

* * *

– Tur, haliyam yotibsanmi, oşqovoq!

Tepamda ola kaltagini, öz taʼbiri bilan aytganda «şaytonkaltagi»ni kötarib boş tarbiyaçi Ötkir domla turardi. Hali bu tayoqning zarbini tatib körmagan bölsam-da, u haqdagi bir-biridan dahşatli afsonalarni eşitişga ulgurgandim. Dik etib örnimdan turdim.

Maşq, yuvin-taran, ertalabki nonuşta. Yana dalaga.

Çoşgohgaça dala şabnam içida çömilib yotadi. Paxtaning har bir nafis tolasida zarrin quyoşçalar milt-milt etadi. Şabnam kötarilmagunça dalaga kiriş yöq. Bir soat uyoq-buyoqni tomoşa qilamiz. Ajriq, yantoq, sovun öt va har tusdagi qiyoqlar makon qurgan qumtepalar tomonga qarab ketaman. Nima deysiz? Qizlar şiyponda, öçoqboşida. Bölmasa allaqaçon Dildoraning oldiga borgan bölardim…

Qumtepada ötiribman. Çumolilar. Ayrimlari şunçaki uyoqdan-buyoqqa yuradi, ayrimlari bisotini – mayda don-dun, çöplarni oftobşuvoqqa yoyadi. Bir tomonda qoralari, bir tomonda sariq-qizil tusdagilari. Kiçkinaligimda tengqurlar bilan birga şularniyam uriştirardik. Bittamiz u tomon, bittamiz bu tomon…

Quyoş asta kötarilib, kun qiziy boşlaydi. Paykalga oralaymiz, terim boşlanadi. Bir-ikkita qiz öz yigitlari bilan çetroqda teryapti. Men ham belni mahkam boğlab, Dildoraning oldiga jönadim.

– Hormang, Dildora, – dedim yaqin kelgaç.

– Salomat böling.

Yonidagi ikki örtoği «Mayli, bizga yetib olarsan, keç kolma», deya kulib-kulib oldinlab ketdi.

– Tuşungan qizlar ekan, – dedim nima gap gapirişni bilmay.

– Çakkangiz oğrimayaptimi? – maʼyus tortib dedi Dildora.

– Yöq, rahmat. Römolçangizni qöyganim zahoti oğrişi esidan çiqib qoldi.

– Sizga, olavering. Çakkangiz oğriganda kerak böladi.

– Iye, har kuni çakkam oğrimaydi. Oğriqqa qöşilib es-huşim ham uçib ketmasa böldi.

Dildoraning yuzlari lov-lov yondi, kipriklari pir-pir uçdi. Yupqa lablari juftlanib menga nimadir demoqçi, eʼtiroz bildirmoqçiday böldi-yu, indamadi. Şu payt qizlarni çaqirib qolişdi. Öçoqboşida iş bor, şekilli.

Yolğiz qoldim. Ovozim yaxşi deb aytolmayman-u, lekin xirgoyi qilib turaman. Ayniqsa, işlaganda. Çarçaganimni, zerikkanimni sezmaslik uçun. Aşulani baralla qöyib paxta terayotgandim, kimdir nomimni aytib çaqirdi. Ögirildim, Salim kelayotgan edi. Keçagi olişuv Salimda ançagina «çizgilar» qoldirgan ekan, lekin menikiyam undan kam emas.

– Yur, gaplaşadigan gap bor, – yarim dağdağa ohangida söz boşladi Çingizxon.

– Söyla, eşityapman.

– Bu yer töğri kelmaydi, xoliroq yerda gaplaşamiz.

– Birov eşitib qoladi deb öylayapsanmi, siringni oçaver, birovga aytmayman, – hazillaşgan böldim.

– Töğri, bu gap oramizda qolişi kerak.

Narigi bölakning bir burçiga bordik. Zirk jingillari orasiga yaşirinib olib, goh-goh möralab qöyayotgan çittakni hisobga olmasa, heç kim yöq.

– Men seni bildim, mard bola ekansan, – gap boşladi Salim. – Lekin bugungi işni atayin qildingmi-yöqmi, bilmayman.

– Qaysi işni?

– Ana, istagan bolangdan söra, Dildorani men yaxşi köraman…

– Yaxşi… – dovdirab qolganimni sezdirmaslik uçun tezda sözimni davom ettirdim. – Lekin menda ayb yöq, birodar. Dildoraning özi meni yaxşi köradi…

– Yöğ-e, özi aytdimi?

Salimning közlari pirpirar, ğalati sarosimaga tuşib qolgandi. Yarasiga tuzni qalinroq sepişni xohlardim:

– Işonmasang, özidan söra, sevgimiz ramzi bölsin deb ismimizning boş harfini yozib römolça tikib berdi. Mana istasang özing kör, – deb keça Dildora bergan römolçani çöntagimdan çiqardim.

Salimning tili ança vaqt kalimaga kelmay qoldi, rangi öçdi. Qölimdagi römolçaga ijirğanib qaradi-da, heç nima demasdan kelgan yöliga qaytib keta boşladi.

Men uni ruhan mağlub etganimdan özimda yöq  xursand edim.

* * *

Ertasiga Salimni körmadim.

Bir hafta ötgaç terim tugab, öqiş boşlandi.

Keyin bilsam, Salim hujjatlarini olib litseydan ketibdi. U paytlari oğirroq şart-şaroitga örganmagan, ota-onasining papalaşi natijasida «oftob körmay» ösgan bolalar qiyinçilikka çidolmay öqişni taşlab ketardi. Çunki yotiş-turiş qatʼiy tartib asosida, öqimasang litsey röyxatidan osongina öçirib taşlaşadi. Menimça, Salim undaylardan emasdi. Boşqa biror sababi bordir. Lekin ortiq sörab-suriştirmadim.

Kelasi hafta Dildora ham öqişga kelmadi. Paxtadan qaytgaç gaplaşmoqçi bölgandim, «Siz bilan gaplaşadigan gapim yöq», dedi-da, yotoqxonasiga kirib ketdi. Ustimdan bir çelak sovuq suv quyilgandek böldi. Nima qilişimni bilmay söppayib turib qoldim. Göyo bu şarmandaçilikni hamma körib turganday özimdan özim uyalib ketaman, vujudim lovullaydi. Oxiri, ahmoq odam suymaganga suykaladi degan xulosaga keldim, yotoqxonaga kirib özimni karavotga otdim. Lekin uyqum kelmadi, qandaydir nomaʼlum his yuragimga oğir toşday botib turardi.

Uç-tört kun Dildorani körmagaç özimga bergan vaʼdalarimni unutdim. Qizlar özi şunaqa böladi: baʼzan yaxşi muomala qiladi – sevadi deb öylaysan, baʼzan esa yaqiniga yölatmaydi. Öşa kuni Dildoraning kayfiyati yöqroq edi, şekilli. Şuning uçun gaplaşgisiyam kelmagan bölsa kerak… Xullas, şunga öxşaş öy-xayollar bilan özimni aldab oldim.

Eng yaqin örtoği biror narsa bilsa kerak deb, Muattardan Dildora haqida söradim. U ham aniq bir gap aytmadi, mazasi yöq, şekilli, deb qöya qoldi.

Oradan yana bir hafta ötdi. Nima böldi ekan? Muattardan gap sörayverib bezor qildim. Uning aytişiça, Dildoraning soğliği yaxşi emas ekan, şuning uçun litseydan butunlay ketibdi. Hozir şaharda, qaysidir qarindoşinikida yaşayapti ekan. Sal bölsa ham kalavaning uçini topganday edim, lekin Dildorani ortidan suriştirib bormadim. «Nimaga kelding, sen bilan gaplaşadigan gapim yöq degandim-ku!» desa nima qilaman? Yana «Qizlar özi şunaqa böladi…» deb minğirlab qaytib kelaveramanmi? Yöq, bunaqasi ketmaydi. Bir marta ölib böldim, keyingisi ortiqça.

Şunday qilib, ilk muhabbatimni unutişga qaror qildim. Lekin özimni ovutişning çorasini topolmay qiynalardim…

Bor-yöq voqealar – şu.

Odam baʼzan bitta tuşni takror-takror körişi mumkin. Balki sizdayam şunday bölgandir, kiçkinaligimda bir xil yoki davomli tuşlarni körib turardim. Keça Dildorani uçratgan paytim xira tuman içida qolgan, eng qiziq joyida uzilgan tuşimning davomini köraman deb öylagan edim. Biroq…

Men bir paytlar orzu qilgan, könglimni allalagan tuyğular sarob bölib çiqdi. Tuşida juda katta boylikka ega bölib turganda uyğonib ketgan kambağalday dilimni ojizlik va alam egallab oldi…

– Özgarib ketibsiz, – deb gap boşladi Dildora salom-alikdan söng. – Mendan xafadirsiz-a?

– Yöq, nimaga?

– Sizga xat qoldirgan edim-ku.

– Qanaqa xat, men heç qanaqa xatni körganim yöq.

– Muattar heç nima bermaganmidi?

– Yöq, heç nima bermadi, aytmadiyam.

– Yaxşi qilgan ekan, öşa voqealardan keyin butun ğazabimni, alamimni qoğozga tökib solgandim.

– Tuşuntiribroq gapiring, heç narsaga tuşunmayapman.

– Siz Salimga Dildora meni yaxşi köradi, ismimizni yozib römolça tikib berdi debsiz. Men unday bölgani yöq deb qasam içsam ham işonmadi, öz közim bilan kördim deb turib oldi. Birgina şu yolğon gap uçun hamma narsadan voz keçib ketdi. Muhabbatidan ham, mendan ham. Axir, men uni sevardim…

Şu yerga kelganda butun vujudimga çumoli örmalaganday böldi, yuragimning tub-tubida oğriq turdi, keyin bu oğriq boşdan oyoğimgaça tarqadi, hamma yoğim uvuşib, köz oldimni qoronğilik qopladi.

– Öşanda sizdan ham, özimdan ham nafratlanib ketdim. Salim öqişni taşlab ketgaç, men ham u yerda ortiq qolişni istamadim. Butun xayolimni band qilgan alamli savollardan qoçişga urindim.

Salim bilan ortiq körişmadik. Eşitişimça, öqişni butkul taşlab yuboribdi, Rossiyaga borib ustaçilik qilayotgan ekan.

Dildoraga biror söz deb javob qaytarolmadim, özimning dardim özimga yetardi.

* * *

Ertalab qatʼiy bir qarorga keldim. Bugun institutga boraman, qabul komissiyasiga uçrab, hujjatlarimni qaytarib olaman. Sirli-sehrli tuşlar ortiq davom etişini istamayman.

Orif TOLIB

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 9-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)