9 daqiqada öqiladi

781 marta körilgan

Tilimiz tilsimi

Inson taqdiridan qiziq taqdir bormikan? Yöq, deydi şoşqaloq odam. Men ham şunday derdim qoğoz-qalamdan yiroq paytlarim. Sal ötib – qoğoz qoralab, Söz deb atalmiş neʼmatning ortidan kun köra boşlaganimdan beri yuqoridagi savolga hazir bölib javob beradigan böldim. Javobim şu: inson qismatiday ajib qismat, ajab taqdir Sözda bor. Nega qiziq bölmasin?! Yetmiş-sakson yil umr körib, turli savdolarga yöliqqan odam taqdiridan ajablanamiz-u, ming yillik toğu toşlar nurasa ham, hanuz yaşab kelayotgan söz taqdiri qiziq bölmaydimi!?

Eşitgansiz, avvali Söz bino bölgan. Xilqatlarning Xoliqi “Böl” degan bir söz bilan butun borliqni yaratdi. Hazrat Navoiy aytadi:

Söz kelib avvali jahon söngra,

Ne jahonki, kavn ila makon söngra.

Çunki mavjud bölsa nuktayi “kun”,

Böldi mavjud toza, yöqsa kukun.

      

Yaʼni, agar “Kun!” – “Böl!” amri bölmaganida edi, biz bilgan va bilmagan butun yaratiqlar toabad kukun – zarraligiça qolardi.

Özbek tili bir neça daryoning suvi bilan töyingan dengizga öxşaydi – birda töldi, birda kamaydi. Çetdan söz kirib kelişi natijasida köpgina öz sözlarimiz isteʼmoldan çiqib ketdi. Yoxud avval boşqa maʼnoda işlatilgan söz bir asr ötar-ötmas boşqa mazmunda qöllana boşladi. Lisoniy xazinamizda turkiy sözlardan taşqari, arab, fors, möğul, rus va boşqa tillardan özlaşgan bir neça minglab sözlar borki, ular ham öz sözimizga aylangan. Buning natijasida tilimiz eng boy tillardan biri böldi. Ayrim tillarda bir tuşunçani nari borsa ikki-uç söz bilan ifodalaş mumkin bölsa, bizda köp sözlarning önlab maʼnodoşlari bor.

Til taqdiriga befarq bölmagan millatgina uzoq yaşaydi. Lekin bugungi kunda tilimizga, kundalik turmuşda işlatayotgan sözlarimizga eʼtiborsiz bölib qolganimiz ham rost. Faqat til bayramidagina (şu kunning borligiga ham şukr!) “Tilga eʼtiborsiz – elga eʼtiborsiz” singari maqollarni takrorlaymiz-u, ammo tilning sof  yaşaşi haqida öylamaymiz. Oddiy xalq-ku, mayli, hatto ayrim tilşunos olimlarimiz ham tilimiz taqdiriga befarq qarayotir. Sözlarimiz tarixi va taqdiri, taraqqiyoti va tanazzuli haqida Mahmud Koşğariy, Alişer Navoiy kabi uluğlardan keyin sanoqli kitob yaratildi. Bular –  tilşunos olim Alibek Rustamovning “Söz xususida söz”, atoqli adib Pirimqul Qodirovning “Til va el”, sevimli şoirimiz Erkin Vohidovning “Söz latofati” hamda olimlarimiz Nizomiddin Mahmudov va Şavkat Rahmatullayevning ayrim risolalari. Holbuki, hozirgi yoşlar – ijodkor tengdoşlarimiz orasida söz etimologiyasi, uning maʼno qirralari haqida bilim tanqisligi sezilayotgan paytda bunday kitoblar judayam zarur. Tilimiz tabiati va sofligi borasida ilmiy izlaniş olib borayotgan yoş tilşunoslarning nihoyatda ozligi esa kişini öylantiradigan yana bir katta masaladir… 

Ustozlarga havas qilib, ançadan beri özim uçun qiziq bölgan ayrim sözlar tarixi, baʼzilarining bugungi kunda anglatayotgan maʼnolari xususida nimadir yozişni niyat qilib yurgandim. Quyidagi bitiklarimni ana şu havasu niyatning mahsuli sifatida qabul qilgaysiz.

* * *

Oxirgi bandni öqib, kimdir “Şunça gap bejiz gapirilmagan ekan-da”, deb aytişi mumkin. Lekin aytayotib bejiz sözi nima degani, deb öylab körmagani aniq. Be– fors-tojik tilida biror nimaga ega emaslik maʼnosini bildiradi. Bu qöşimça özbek tilidagi -siz qöşimçasining örindoşi: beumid – umidsiz. Qolgan qism aslida çiz bölib, tojik tilida “narsa, biror predmet” maʼnolarini anglatadi. Bizning talaffuzimizda ç harfi j holida talaffuz qilinadi. Töliq tarjima qilinganda bu söz narsasiz deganidir. Bu gap bejiz aytilmadi degan gapda endi maʼno sal kengayadi – bekorga, biror sababsiz aytilmagandir degan maʼnoni ifodalayapti…

Döstingiz sizga bejiz kelma desa, u sizning böş qöl bilan kelmasligingizga işora qilayotgan bölişi ham mumkin…

Bolalikka qaytargan söz

Buxoroda bolalarning “kunjak oldi” degan öyini bor. Beş iştirokçi qatnaşadi. Yer yuziga katta törtburçak çiziladi. Uning tört burçagida bittadan iştirokçi böladi. Örtada esa bitta öyinçi qoladi. U özini çalğitib, bir-birining joyiga sakrab ötayotgan iştirokçining joyini epçillik bilan egallaşi kerak. Joyidan ayrilgan iştirokçi ham xuddi avvalgi qatnaşçidek böş qolgan burçakka ega çiqqunça ularning joy almaşişlariga diqqat bilan qarab turadi.

Maktabni tugatib, törtinçi urinişdagina talaba bölgan men qişloqi bola birdan şaharlikka aylandim: bolalik paytlari qişloq köçalarida öynaganimiz öyinlar esdan çiqa boşladi, şeva sözlarni deyarli işlatmay qöydim… Ikkinçi bosqiçda öqib yurganimizda hazrat Navoiyning hayoti va ijodiga doir maʼruzalar öqildi. Ustozimiz maktab darsliklariga kirmagan kamida yigirmata ğazal yodlaşni tayinladi. Men Milliy kutubxonaga qatnab, Navoiy hazratning ön jildlik kitobining avvalgi tört qismidagi ğazallaridan yondaftarimga yozib olib, yodlay boşladim. Jumladan, “Oşiq böldim, pand bermang…” deb boşlanuvçi maşhur ğazalda şunday misralar bor edi:

Durd kelturding debon, yozğirmangiz, ey, ahli zuhd,

Bok yöq, zuhdim ridosin kunjiga solib suzing.

Ğazalni yodlaş bilan birga uni imkon qadar tahlil qiliş vazifasi ham topşirilgan edi. Avvalboşda tuşunilişi qiyin bölgan sözlarni luğatdan topib, yozib oldim. Uşbu sözlar orasidagi kunj sözi öşa paytda menga qandaydir qadrdon sözday tuyuldi. Bir muddat xotiramni “titdim”. Maʼnosini topolmadim. Noiloj luğatga qaradim. Karasam – bu sözning maʼnosi burçak ekan. Şu söz orqali bir muddat olis bolalikka qaytdim…   

Özimça tusmolladim: demak öyinimizdagi kunjak sözi şu kunjdan yasalgan. Şunday ham bölib çiqdi. Adabiy til va köp şevalardan çiqib ketgan söz biz tomonlarda bor ekan, deb faxrlangan böldim. Lekin baytda boşqa maʼnoda qöllanilyapti. Kunj sözining burçakdan taşqari, oğuş, quçoq, iç kabi maʼnolari ham bor. Şoir Habibiy bir şeʼrida şunday deydi: “Nöş etarman aççiğ-aççiğ hajru furqat kunjida, Közlarimning kosasida lab-balab qon, kelmasang”. Bu yerda kunj sözi dastlabki ikki maʼnoda qöllangan, deyişimiz mumkin. Ammo furqat burçagiga çekinib, lab-balab qon yutayotgan oşiq bu fikrni inkor etişi ham mumkin…

Kiprik va tipratikan

Qişloqda yoz mahali keçki ovqatni oilamiz bilan hovlida, söri ustida tanovul qilardik. Hovlimizning ikki tomonida ariq bölar, ariqning atrofida turli ötlar ösib yotardi. Deyarli har kuni şu ötlar orasidan tipratikan biz ötirgan söri tomon pildirab kelayotganini körardik. Qörqmasdi, xuddi it-muşuklardek biror nima berarmikan, degan ilinjda qarab turaverardi. Bizda tipratikanni kirpi deyişardi. Nega şunday, deb sörardik. Bilmadim, bizning şevada şunaqa bölsa kerak, deb javob berardi kattalar. Rostdan ham, kitoblarda, radio va televideniyeda bu jonzotni faqat tipratikan deb ataşardi.

Universitetning birinçi bosqiçida tahsil olib yurgan paytlarimiz. Adabiyot tarixi fanidan “Devonu luğotit turk”ni öqiş vazifa qilib berildi. Toşkentning Beşyoğoç dahasida joylaşgan Respublika xalq taʼlimi markazining yaxşigina nodir kutubxonasi bor. “Devonu luğotit turk”ni izlab şu kutubxonaga bordim. Kutubxonaçi ayol yarim soatça qidirib, uçta katta kitobni olib çiqdi. Öqiş tugul, ançadan beri çanglardan tozalanmagan luğatni asta varaqladim. Varaqlayotib, kirpi sözini uçratib qoldim. Qarasam, tipratikan deb izoh berilgan ekan. Demak, sof turkiy sözni biz işlatar ekanmiz-da, deb quvonib ketdim.

Luğatda kirpi söziga “köp tikan” degan izoh berilgan. Demak, sançiladigan tikani bölgani uçun tipratikan şunday atalgan ekan. Hozir kiprik degan sözimiz ham aslan şu söz – kirpi bilan özakdoş.

Hazrat Navoiy bir örinda şunday deydi:

Vahki, har kirpigi bir niştar erur zahrolud,

Garçi bor ul iki nargisda şakarxob töla.

Vaqt ötişi natijasida sözda metateza hodisasi (tovuşlarning örin almaşişi) yuz bergan: kirpik – kiprik. Qozoq qardoşlarimiz hozir ham kirpik deyişadi. Demak, kipriklarimiz ham tikanga öxşagani uçun şunday atalgan bölişi haqiqatga yaqin.

Vazni özgargan vazmin 

Özbek tilida tovuşlarning bir-biriga taʼsir körsatişi köp kuzatiladi. Ayrim hollarda yonma-yon kelgan tovuşlar moslaşadi. Yigitça sözini yigiçça deb aytamiz, uç sömni ussöm deymiz. Ayrim sözlarda ketma-ket kelgan, joylaşuvi talaffuzimizga noqulay bölgan tovuşlarni darrov özimizga moslaştiramiz: qulf (aslida qufl), teskari (aslida tersaki), kift (aslida kitf), yomğir (aslida yoğmur) va hokazo…

Vazmin sözi peşonasiga ham şunday taqdir “yozilgan”. Aslan oğirlik, ölçov kabi maʼnolarni anglatadigan vazn sözi vazmin sözining asosi. Ammo davrlar ötişi bilan n harfi m ga joy böşatib bergan – aslida vaznin bölişi kerak. Ammo şakl özgarişi mazmunga taʼsir qilmagan. Asl maʼnodagi oğirlik öz semasi (maʼno-mazmun)ni yöqotmagan holda, bugungi kunda köçma maʼnoda oğir-bosiq, öylov bilan iş tutadigan, salobatli degan mazmunni ifodalaydi.

Paqirning misi çiqdi

Uşbu rözğor buyumi çelak, satil ham deyiladi. Paqir sözi haqida bir kun bir davrada bahs ketib qoldi. Bir kişi paqirni faqir sözi bilan boğliq bölsa kerak, çunki, bolapaqir deymiz, avvallari asosan yoş bolalar suv olib kelgan, deb qoldi. Davrada kulgi kötarildi. Kimdir maʼqullagan böldi…

Şunday odatim bor, biror sözni eşitib qolsam, tarixini qidiraman, turli viloyatlardan kelgan tanişlarimdan ularning şevalarida qanday atalişini sörayman. Yiğilgan sözlarni qarasam, öndan oşgan böladi. Tarixi va asl maʼnosini topolmay, çalkaşib ketaman-da, qöl siltayman. Lekin baribir xotiraning qaysidir burçida öşa söz sirligiça qolib ketgan böladi. Keyin kutilmaganda öşa sir oçilib qoladi…

Paqir sözi ham şunday oçilmagan qöriq edi. Hozirgi çelaklar asosan tunuka yoki sirlangan temirdan yasaladi. Ilgari-çi? Qadimgi turkiy xalqlarda çelakka öxşaş içi çuqur idişlar asosan misdan yasalgan şekilli, ajdodlarimiz ularni бақыр deyişgan. Avval mis, keyinçalik misdan yasalgan idişlar бақыр deb ifodalangani Koşğariy bobomiz luğatida ham, 1989-yili naşr qilingan “Etimologiçeskiy slovar tyurkskix языков” kitobida ham qayd etilgan.

Juvon – yigit degani…mi?

Biz tomonda töylarda xirom qiladigan raqqosa – öyinçini negadir juvon deyişadi. Adabiy tilda turmuşga çiqqan yoş ayol maʼnosida qöllanuvçi bu söz nega aynan öyinçilarga nisbatan aytilişiga negadir hayratlanganman. Ammo hozir gap bu haqda emas…

Juvon sözi fors-tojik tilidan özlaşgan bölib, 1954-yili naşr qilingan «Tadjiksko-russkiy slovar»da bu söz sözlaşuv tiliga xos deyilgan va javon söziga havola berilgan. Bizning tilga har ikkalasi ham qabul qilingan. Juvon mazkur luğatda ikki maʼnoda – sifat tarzida «yoş» va ot tarzida «yigit» degan maʼnoda izohlangan. Javonmardlik deganda yoş va navqiron yigitlarga xos oliy himmatlilik, saxovatpeşalik tuşunilgan. Yoşligida umri poyoniga yetgan yigitga nisbatan juvonmarg (yoki javonmarg) bölibdi deyilgan. 

Öşa luğatda javonduxtar yoş qiz, javonzan esa erga tekkan yoş ayol maʼnosida qöllanişi ham qayd etilgan. Demak, javon sözi duxtar (qiz) va zan (ayol) sözlari bilan birga qöllangandagina xotin-qizlarga nisbatan yoşlik maʼnosini ifodalagan. Bora-bora bu sözlar talaffuzida qisqariş yuz berib, duxtar va zan sözlari tuşib qolgan – qisqagina qilib ayolga ham juvon deyişgan. Taqdirni köringki, borini ayolga baxşida etib kelgan oliyhimmat yigit – javonmard bitta sözni ham «hadya» qildi. Özi mardligiça qoldi, ayoli juvonga aylandi.

 Sözning olov degan maʼnosi ham borligini bilasiz. Haqrost! Bu ruhimizga quvvat beradi. “Sözning gulxanida ruhim isindi”, degan edi Rauf Parfi. Ayrim sözlarning yillar şamolida öçib qolişi ham bor gap. Faqat tilşunos olimlar emas, özbekman degan har bir odam öz tilimiz, öz sözlarimizni ardoqlab, ularning yöqolmasligi va kelajak avlodga yetib borişi yölida vijdonan xizmat qilişi kerak. Şundagina ota-bobolarimizdan qolgan maʼnaviyat alangasi heç qaçon sönmaydi.

Husan MAQSUD

1991-yili tuğilgan. Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetining özbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)