Shoirlarning TO‘RASI

0
88
marta ko‘rilgan.

To‘ra Sulaymon o‘zini ko‘z-ko‘zlamay poytaxtdan chetda – Mirzacho‘lda yashab o‘tgan bo‘lsa-da, asarlari hamisha adabiyot muhiblarining e’tiborida bo‘ldi. Sirdaryo to‘lqinlari cho‘l bag‘riga hayot bag‘ishlaganidek, shoir satrlari xalqona ohanglarga tashna dillarga zavq-shavq ulashgan. Sayxun suvlari o‘ziga o‘zan ochib, daryoga aylanib oqayotganiga necha zamonlar o‘tgan bo‘lsa, To‘ra Sulaymon she’rlari ham shuncha davrlar o‘tib bezavol yangrashiga ishonamiz. Chunki ularda asl o‘zbekona ruh bor. Shoir qo‘llagan so‘zlarda ming yillar osha yashab kelayotgan turkiy til harorati, shu til bag‘riga singib ketgan bobolar nafasi bor. Bu nafas tomirlarimizda oqayotgan qonimiz tovushiga hamohang.

To‘ra Sulaymon asarlarini o‘qib, uqib uning o‘zigagina xos ohanglarini qayta-qayta tinglab, mutaassir bo‘laveramiz. Agar shoirdan odamlarga naf yetadigan meros qolgan bo‘lsa, u hech qachon o‘lmaydi, ming-minglab kitobxonlar qalbida yashayveradi.

To‘ra Sulaymon ham ana shunday o‘lmas satrlar bitgan chinakam xalq shoiri  edi.

 

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.