22 daqiqada öqiladi

1 531 marta körilgan

Buni hayot deydilar

Abdusaid Köçimov

Atoqli adib Odil Yoqubov huzurida

Yangi yil yaqinlaşgan. Biz: Özbekiston xalq yozuvçisi Muhammad Ali, professor Pirmat Şermuhamedov va kamina ustoz Pirimqul Qodirov ziyoratidan söng Bodomzorga, ardoqli yozuvçimiz Odil Yoqubovning xonadoniga yöl oldik.

— Özbek prozasini balandda uçib borayotgan bir quş desak, Odil Yoqubov bilan Pirimqul Qodirov uning ikki qanotiga öxşaydi, — dedi Pirmat Şermuhamedov. — Bularsiz nasrimiz körimsiz, kambağal va ğarib bölib qolardi.

— Ammo ikkovi ikki dunyo, — dedi Muhammad Ali öyçan. Xonadon darvozasi qiya oçiq turgan ekan.

Qönğiroğini jiringlatmasdan töğri bostirib boraveribmiz. Jim-jit hovliga kirgaç, qaysi eşikni taqillatişni bilolmay, bir zum ikkilanib turib qoldik.

— Ustozning peşin çoği ozroq mizğib oladigan odati bor edi-yu, — dedi Pirmat Şermuhamedov bir Muhammad Ali akaga, bir kaminaga qarab. — Bevaqt kepqoldikmi, deyman.

— Qönğiroq qilib qöysak bölar ekan,— dedi Muhammad Ali.

Ayni şu lahza oynavand ayvon eşigi “ğiyq” etib oçilib, ostonada Odil Yoqubovning rafiqalari Maryam opa paydo böldilar.

— Xuş kelibsiz, kiraveringlar! — dedilar Maryam opa muloyim kulimsirab. — Hozir Odil akaga aytaman.

Törga ötinglar, öz uylaringizdek bemalol ötiringlar.

Maryam opaning nigohi qölimdagi yelim xaltaçadan boşi körinib turgan şişaga tuşganda, şuni bekitib qöysam maylimi, deya samimiy jilmaydi. Opaning bu jilmayişida uzoq yillik qadrdon yöldoşining feʼl-atvorini yaxşi bilguvçi, uni asraş, avaylaş uçun hamişa huşyor va hamma narsaga tayyor turguvçi oqila rafiqaning mehri tovlanib turganday edi. Oldi deraza-oynali uzun xona issiqqina ekan.

Xonaning teng yarmi yerdan tizza böyi kötarilib supa qilingan, tepada ham, pastda ham noz-neʼmatlar bilan bezatilgan stollar turibdi. (Yangi yil arafasida kutilmagan mehmonlar kelib qolişini xonadon sohiblari, hoynahoy, oldindan bilişgan.)Törda uy egasining (bundan beş-ön yil avval tuşgan bölsa kerak), körkam portreti — deraza tomonga boşini sal burgan köyi uzoqlarga xayolçan tikilib turibdi Odil Yoqubov unda. Xonada bironta dabdabali jihoz yoki ortiqça yaltir-yultir bezak yöq — stol-stullar ham, parda-gilamlar ham oddiy, toza va yaraşimli. Maryam opa körsatgan stullarga endi joylaşgan paytimizda ulkan adibimiz Odil Yoqubovning xiyol böğiq, ammo öktam ovozi hammamizni oyoqqa turğizib yubordi:

— Eh-he! Xuddi otasining uyidagidek kerilib ötirişiga köring bularni! — boşyalang, egnida sportçilarning kulrang kastum-şalvari, oyoğida junli yumşoq “şap-şap”, qölida qahrabo tusli hassa, tik gavdasini oldinga taşlabroq şoşmasdin yurib kelardi oqsoqol adib.

— Otamizniki bölmay kimniki! — böş kelmadi Pirmat aka ham. — Siz faqat bizga emas, yana önlab şogirdlaringizga ham maʼnaviy padarsiz, ustoz!

Odil Yoqubov qandaydir sir-asrorni bilişga intilayotganday sinçkovlik bilan Pirmat akaga nazar taşladi.

— Olasiz-a, Pirmatjon, — dedi deraza tagidagi isitiş batareyasiga yondoş odmi oromkursiga ohista joylaşarkan. — Qariyalar maqtovga öç bölişini bilasiz-da, a?

Tabiatan oğir-vazmin, doimo nimalarnidir öylab jiddiy yuradigan ustoz adibning bugungi kayfiyati butunlay boşqaça edi. Mezbonning xuş kayfiyati hammamizga yuqdi. Qisqaça hol-ahvol söraşişlardan keyin suhbatimiz öz-özidan şu kunlarda hamma davralarda bölgani kabi 23 dekabr kuni bölib ötgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari mavzuidan boşlanib ketdi. Odil Yoqubov saylov taassurotlari töğrisida tölqinlanib hikoya qila boşladi:

— Mening tuşunişimça, Prezident saylovi — ovoz beriş yöli bilan köpçilik nomzodlar orasidan tanlab, davlat rahbarligiga saylaş, degani. Bu puxta tayyorgarlik, aql-zakovat, fikri-ong bilan baland ruhda ötadigan kattakon bayram, xalq bayrami. Ammo, ayrim mamlakatlarda ana şunday tantanali marosim hokimiyatparast guruhlarning bir-biridan öç oliş, bir-biriga tuhmatu böhtonlar uyuştirib sangimalomatlarga kömib taşlaş, bir-birining yuziga loy çaplaş maydoniga aylanib ketadi. Demokratiya niqobi ostidagi siyosiy nayrangbozliklar, oxir-oqibat, qon tökilişigaça borib yetgan holatlar ham yöq emas. Yaratganga şukr qilib faxru ğurur bilan taʼkidlaymanki, bizdagidek tartib-intizom, özaro hurmat-eʼtibor bilan, muqobillik tarzida va sof demokratik tamoyillar asosida ötgan saylov jahonda judayam köp emas, xalqimizning har jihatdan kamolga yetganining yana bir dalolati bu. Yurtdoşlarimiz tört nomzod orasidan özi bilgan, işongan, hurmat qilgan insonni — Islom Karimovni tanladilar. Boşqaça bölişi ham mumkin emas edi mening nazarimda. Negaki, Islom Abduğaniyeviç sohibqiron Amir Temur hazratlaridan keyin vatanga ozodlik, yurtga obodlik, raiyatga baxt-saodat olib kelgan mard rahbar, ötkir siyosatçi. Islom Abduğaniyeviçning millatsevar yetakçi, qörqmas inson ekanliklariga özim ham guvoh bölganman.

Heç esimdan çiqmaydi. 1980-yillarning adoği edi.

Moskvadagi Kremlning Syezdlar saroyida öşa zamon xalq deputatlarining majlisi yakuniga yetay deb qolgan. Men uç kundan buyon tinmay harakat qilsam ham söz ololmay tajang edim.

Yiğiliş kotibiyatiga, raislik qiluvçiga qayta-qayta qilgan murojaatlarim natijasiz. Dardimni kimga aytarimni, kimdan madad-yordam sörarimni bilmay, alamimdan yorilib ketgudek bölib yurgan paytimda tasodifan Islom Karimovga röpara kelib qoldim. Öşa kunlarda Islom Abduğaniyeviç Respublika firqa qömitasining rahbari lovozimida endigina iş boşlagan edilar.

Tanaffus payti, saroy içi ğovur-ğuvur edi. Biz odamlar u yoqdan bu yoqqa ötib-qaytib turgan minbar yaqinida tik turgan köyi bir neça daqiqa suhbatlaşdik. Mana şu bir neça daqiqalik uçraşuv neça kunlardan buyon hal bölmagan, ehtimol, heç qaçon hal bölmaydigan muammolarimni yeçib berdi. Men u kişiga uzuq-yuluq tarzda dardimni aytdim. Islom Abduğaniyeviç boşini xiyol eggan holatda jim turib sözlarimni tingladilar. Söngra ötkir tikilgança dona-dona qilib:

— Men gaplaşaman. Uyaltirib qöymaysizmi? Sizga işonaman, tayyorlaning, — deya töğriga qarab ötib ketdilar.

Yelkamdan toğ ağdarilganday yengil tortib, sevinçim içimga siğmay joyimga borib ötirdim. Ötirdimu, papkamda maʼruza matni yöqligini körib badanim muzlab ketgandek böldi. Har kuni çöntakka solib kelib, söz tegmagaç, qaytarib olib ketib keçasi bilan qayta-qayta tuzatilgan, işlov berilgan laʼnati qoğozlar xonamdagi stol ustida qolib ketgan edi! Bir yoqda tanaffus tugaganini bildiruvçi qönğiroq çözilib-çözilib jiringlayapti, bir tomonda hali zamon minbarga çaqirib qolişlari ham mumkin. “Özing şarmanda qilma!” degança halloslab mehmonxona tomon çopdim. Har qalay, ulgurdim…

Odil Yoqubov salkam yigirma yil avvalgi voqealarni tölqinlanib sözlayapti. Xuddi kinodagidek aniq-tiniq tasvirlab beryapti. Biz ham adib bilan yonma-yon öşa mahobatli saroyda yuribmiz göyo. Ana, Yoqubov minbarga kötarildi. Sokin tong momoqaldiroğidek gumburlab, jarangi nafaqat sobiq şörolar saltanati sarhadlarida, balki, undan uzoq-uzoqlarda ham aks-sado bergan maşhur tarixiy nutq yangray boşladi. Bir neça ming kişi ötirgan haşamatli saroy suv quygandek jim-jit, hammaning nigohi kuyib-qaynab sözlayotgan özbek yozuvçisiga qadalgan. Mustabid tuzum adolatsizliklaridan ğazablangan, ammo dardini birovga yorişdan çöçib yurganlarning qaraşlarida hayrat va quvonç, saltanat qöriqçilarinikida esa nafrat va ğazab! Özbek yozuvçisi şu çoqqaça bunday baland minbardan turib heç kim aytmagan, aytolmagan, aytişga qörqqan, aytişga kuçi, jurʼati, jasorati yetmagan muammolarni — oddiy xalqlar çekayotgan alamlar, azob-uqubatlarni sözlayotir. U maşaqqatli oğir mehnat tufayli nozik barmoqlari kosovdek qorayib ketgan, alvon yonoqlari bujmayib, kökraklari çiqmay qolayotgan, ön olti-ön yetti yoşida ellik-oltmişdan oşgan ayollar singari taraşaday qotib qizlik jozibasidan ayrilayotgan özbek qizlarining ayançli qismati haqida;

Amerikadagi qora tanli qullardan ham xor-abgor dehqonlarning ğarib hayoti töğrisida, qaramlik, mutelik fojealari, zöravonlik kulfatlari töğrisida sözlayotir…

“Odil Yoqubovning bu jasorati tasodifiymi? — savol beraman öz-özimga. — Qalbida öz xalqiga, vataniga çeksiz-çegarasiz muhabbat, buyuk eʼtiqod bölmagan odam davrga, davrning beşafqat oqimiga qarşi suzişi mumkinmi? Million-million vatandoşlari köksini neça ön yillar mobaynida qiynab, ezib kelayotgan dardu hasratini tasodifan kata minbarda turib dod solarmidi! Umuman, Odil Yoqubov bironta işga tasodifan qöl urişi mumkinmi?

Tasodifga qurilgan jasoratning umri qisqaligini Odil Yoqubovdek alloma adib bilmaydimi? Uning umri, uning ijodi boşdan-oyoq jasoratlardan iboratdek emasmi? “Er boşiga iş tuşsa”, “Uluğbek xazinasi” qaysi jasoratdan kam! “Diyonat”, “Oq quşlar, oppoq quşlar”-çi!..

— Agar öşanda Islom Abduğaniyeviç aralaşma- ganlarida qölimdan heç iş kelmasdi, — hikoya qilardi Odil Yoqubov. — Menday bir yozuvçiga işonib, bir emas, bir neça davlatlar taqdirini, hatto dunyo taqdirini hal qilişga qodir mamlakat minbaridan minbar xöjalarining möyloviga bolta ötmaydigan bir zamonda söz olib beriş tengsiz qahramonlik edi. Mayli, boşqalardan ginaxonlikni qöya turaylik-da, özimizdan çiqqan Nişonovning qörqoqligini bir eslaylik.

Farğona fojealarini bozorçilarning bir kilogramm qulupnay uçun bölgan arzimas janjali, deya xaspöşlaşga uringan bu odam öşa paytda Butunittifoq millatlar kengaşining raisi va, ayni çoğda, navbat bilan majlisga ham raislik qilib turgan “katta arbob” edi. Söz sörab şaxsan özining nomiga yozgan uçta xatimning birontasiga javob berişni ham öziga ep körmadi. — Odil aka bir zum tin oldi, qovoqlari uyuldi, piyoladagi çoydan bir-ikki höpladi. Söng: — Adolatli rahbar millatning baxti, nur soçib boşida çaraqlab turguvçi quyoşi, — dedi yana çehrasi yaşnab.—

Ana şunday yurtboşisi bölgan xalq heç kimdan kam bölmaydi. Istiqlol yillarida butun özbek xalqi — hammamiz öz közimiz bilan körib, kuzatib kelyapmiz.

Axir, yurtimizni jahonga kim tanitdi, kim azaliy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni uluğladi, bizni mensimagan baʼzi birovlarni kim tan oldirdi! Bugun yoş bola ham aniq javob beradi bu savollarga. Şuning uçun ham vatandoşlarimiz mamlakat Prezidentligiga yana muhtaram Islom Karimovni tanladilar. Tinçmiz, osoyişta-xotirjammiz, har kuni ertalab bolalarimiz kulib-kulib işga, öqişga jönaydilar, keçqurun yana öynab-kulib uyga kirib keladilar. Kunda töy, kunda tantana, dasturxonlar tökin-soçin.

2

Kelinlardek xizmatbardor, mehmonnavoz Maryam opa, hamma narsa bor-ku, ovvora bölmang, deyişimizga qaramay, sizlardan aziz mehmon bormi, bir kepqopsizlar, deb birida qazi, birida hil-hil pişgan qovoq töla taqsimçalarni dasturxonga qöydi. Odil aka yana hazilga ötdi:

— Bu xonimga oltmiş yildan beri tejamkorlikni örgatolmaymiz. Qazi deganni ham şunday qalin kesadimi!

Qarab turinglar, bir pasdan keyin karsonday-karsonday kosalarni lim-lim qilib şörva kötarib keladi hali bu xotin! — Odil Yoqubov öafur öulom yoki Said Ahmad singari xuşçaqçaq, quvnoq askiyalar aytib barçani kuldirib yuradigan hazilkaşlardan bölmasa ham bugungi lutflari yoqimli va beğubor edi.

— Buni hayot deydilar! — Odil Yoqubovning maşhur iborasini tilga oldi Muhammad Ali. — Bu yoğiga endi çidaysiz, ustoz!

Samimiy gurung samimiyat içida keçgan yillarni esga tuşirdi. Naşriyotda, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida, Yozuvçilar uyuşmasida ötgan vaqtlar birin-ketin yodga olindi. Odil Yoqubov boş muharrir örinbosari vazifasida xizmat qilgan yillarda öafur öulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşriyotining martabasi nihoyatda baland bölgani, yiliga 80-90 nomda şeʼriy va nasriy asarlar, köplab tarjimaçilik, adabiy tanqid va dramaturgiyaga oid kitoblar çop etilgani eslandi. Va, suhbat tabiiy bir tarzda, Hamid öulom şaxsiga ulanib ketdi. Bu noyob fazilatlar  egasining olijanobligi, yoş ijodkorlarga hamişa mehri tovlanib turişi, u kişi bölmaganida naşriyot şu qadar yuksak mavqega ega bölolmasligi aytildi.

— Tuş çoği boş muharrir örinbosarining xonasi odamga tölib ketardi,— deb esga oldi Muhammad Ali, — Naşriyotning “akang men” degan şaxmatçilari Odil Yoqubovdek uluğ yozuvçi bilan bellaşgani bel boğlab kelar, ustoz esa ularni bitta-bittalab ağdarib taşlar edilar. Baʼzan Mirziyod aka, baʼzan Sunnatilla aka bilan bölgan kuraş sal-pal çözilar, biz, tomoşatalab yoş-yalanglar esa ustozning “Buni hayot deydilar!” degan hayqiriğini intizorlik bilan poylab, ustozga çindildan ğalaba tilab ötirar edik. Negaki, ustozning kayfiyati aʼlo paytlarda köpgina bitmagan işlarni bitirib olar edik-da!

Maza qilib kulişdik. Odil Yoqubov ham rohatlanib örnidan bir qözğalib qöydi-da:

— Umr — ötkinçi mehmon. Umr — daryo, oqib ketganini bilmaysan, — dedilar xörsinib. — Birpasda saksondan oşib, holvaday pişib ötiribmiz. Albatta, şunday uluğ yoşga yetganga şukr deymiz, atrofda yuz berayotgan beqiyos özgarişlarga qarab bir suyunsak, bolalarimizning, nevara-çevaralarimizning yayrab-yaşnab kamolga yetayotganlarini körib bir suyunamiz.

Ammo… — Oqsoqol hammamizga muğombirona nigoh taşlab oldi. — Ammo, inson bolasiga qarilikdan ğurbati yöq. Birov bilan ulfatçilik qilolmasang, uzoqqa yurolmasang, qittak-qittak otib, yoşlikdagiday köça-köyda qiz-juvonlarga gap taşlolmasang, har kuni taningning ön joyi simillab oğrib tursa. Qamişday ösib-ösib, böyraday yerga töşalib yotsang… Agar bita talabgor topilganda, qarilikning öttiz yilini yoşlikning öttiz daqiqasiga jon-jon deb almaştirgan bölar edim.

— Biz bölsak, Odil Yoqubovdek piru badavlat qariya bölaylik, deb orzu qilib yuribmiz-ku! — dedi Pirmat aka yolğondakam hayrat bilan.

— Şoşilmang, mendan ötib, mendan battar ham bölasiz hali. — dedi Odil aka vazminlik bilan. — Lekin ötgan vaqtning qaytmasligi çatoq. Bilakda kuç-quvvat, yurakda ğayrat-şijoat borida qiladiganingni qilib qoliş kerak ekan. Keyingi afsuslar befoyda — qiynaydi, ezadi, azoblaydi xalos. Baʼzida hayotimning qança-qança kunlari, oylari buhuda ketganini öylab vujudim zirqiraydi. Bekor ketgan fursatlar öçini olgim keladi, kunu tun qimirlamay ötirib yozsam, deyman, ammo qari ot çartoqqa yaramaydi, deganday salga çarçab qolaman, alam qiladi, na foyda.

Sakson tört yoşida “Osiy banda”dek beqiyos esdalikni bitirib qöyib yana “çarçayman”, “alam qiladi” deya noliş taajjubli, hayajonli, hayratli, havasli — çin yurakdan taʼzim qilging keladi. “Ha, buni hayot deydilar!” degan hayqiriq iç-içingdan qaynab çiqqanini sezmay qolasan.

Hassos adibning armonli sözlari taʼsiridami, ustozning yuzlariga tikilibroq razm soldim: manglayidagi çiziqlar qalinlaşgan, sal-pal ozgani uçunmi böyi xiyol egilib, yelkalari börtibroq turgandek;

soçlari ham siyraklaşib oqlari köpaygandek tuyuldi. “Yöq, bular — yetuklik nişonalari, — deyman içimda.

— Ustoz yanayam uluğvor, basavlat, donişmand qiyofaga kiribdilar”. Axir, “Tengdoşlar”, “Bir felyeton qissasi”, “Muqaddas”, “Billur qandillar”, “Qanot juft böladi”, “Köhna dunyo”, “Adolat manzili”day bebaho asarlar muallifi qarişi mumkinmi! Hali çoy, hali yoğli patir olib kelib turgan Maryam opa xuddi ustoz başorat qilganidek, katta-katta kosalarda buği çiqib turgan issiq şörva keltirdilar.

Odil aka ijodiy işlarimiz, rejalarimiz bilan qiziqdi. Biz “Osiy banda”ning taqdirini söradik.

Yozayotgan asari töğrisida heç qaçon lom-mim demaydigan, sir saqlaşni yaxşi köradigan, bordi-yu nimalar ustida işlayotgani bilan qiziqib qolsangiz, e-e, bir narsa qilyapman-da, deya har doim qisqa va mavhum javobni yaxşi köradigan Odil Yoqubov bugun temir odatini buzdi, “Osiy banda” töğrisida ança maʼlumotlarni gapirib berdi.

— Qari ot uyurdan oldin çang çiqarar, deganlariday biz ham asarni tamoman oxiriga yetkazmay turib gazet-jurnallarda parçalar berişga berdigu adoğiga yetganda boşimiz qotib ötiribmiz, — kuldi Odil aka, — Lekin, mehnatdan qoçiş yöq. Fransuz adibi Volter, mehnat bizni uçta zör falokatdan:

ğamginlik, illat va muhtojlikdan xalos qiladi, degan.

— Non yemoqçi bölgan odam, ötin taşişdan erinmasligi kerak, töğrimi?

— Eʼlon qilingan parçalarning öziyoq adabiy jamoa orasida qizğin bahslar uyğotdi. — dedi Pirmat aka. — Professor Sanjar Sodiq “Jahon adabiyoti” jurnali ötkazgan bir davra suhbatida: “Osiy banda” romani kitobxonni larzaga solişi, yuksak saviyada yozilganligi, közimizni yarqiratib oçişiga köra sönggi yillar adabiyotida eng jiddiy hodisa darajasiga kötarildi”, deya yuksak baholadi.

— Bu romanda avvalgi asarlaringizdan farqli ölaroq öziga xos yangi usul tanlabsiz, — fikr bildira boşladi Muhammad Ali. — Aksariyat qahramonlarning nomlari örniga “masxaraboz podşo”, “duduq podşo”, “közoynak podşo”, “katta otalar”, “kiçik ota”… kabi sifatlaşlar işlatiladi. Bu sifatlaşlarga duç kelganda xayolimizda beixtiyor Xruşçyov, Brejnev, Andropov kabi XX asrning ikkinçi yarmidagi şöro davlatini boşqargan boşliqlarning qiyofalari gavdalanadi. Umuman, romanda mamlakatdagi qariyb yarim asrlik öta murakkab va çigal hayot şu qadar realistik böyoqlarda tasvirlanganki, yozuvçining mahorati har qanday öquvçini hayratga kömadi, xayolga çulğaydi, mudroq xotiralarini yana qayta tiriltiradi, ijodkor ahlining esa havasini qözğaydi. Asarni öqiyotib, bu romanni yozişda ustozga qaysi voqea turtki bölgan ekan, deb uzoq öyladim.

O. Yoqubov:

— Turtki, taʼsir adabiyotda doimo bölgan, bundan keyin ham böladi. Koni ismli advokat aytib bergan oddiy bir voqea Lev Tolstoyga “Tiriliş” kabi genial asarning yozişiga turtki bergani köpçilikka maʼlum:

Zamonasining boy-zodagonlaridan birining erkatoy öğli yoş xizmatkor qizni yöldan urib armiyaga ketadiyu, bir neça yildan söng sudda öşa qizga röpara keladi.

Fohişa sifatida mahkamaga tortilgan bu juvon özi yöldan urgan qiz ekanini bilib qolib, unga yordam berişga jazm qiladi… Katyuşa Maslova voqeasi va obrazi ana şu voqea taʼsirida dunyoga keladi. “Turtki” — adib ruhoniyatida uzoq vaqtlardan buyon tölqinlanib yotgan tuyğularni tuyqusdan böron kabi qözğatib, junbuşga keltirib yuboradiki, endi dildagilarni qoğozga tökib solmaslikdan özga çora qolmaydi.

Adabiyotşunoslar “ilhom parisi” deb ataydigan hodisot, ehtimol şudir. Ammo, men bunday töpolonçi lahzalarga kamdan-kam duç kelaman. Uzoq öylab, miyada pişitib, maʼlum bir töxtamga kelmagunça stolga ötirmayman. Unça-munça “turtki” örnimdan qözğatolmaydi, — adib yoqimli jilmayadi. — “Osiy banda” ham köp yillik kuzatişlarimning bir bölagi. Qahramonlarning barçasi yaqin ötmişda özim körgan, suhbatlaşgan, ulfatçilik qilgan, dardlaşgan kişilar.

Ularning ayrimlari hayotdan ketgan, ayrimlari tirik. Asarda eng katta rahbardan to eng quyidagi mayda qorovulgaça — hammasi aslida osiy banda ekani, qayerdadir xatoga yöl qöyişi, qayerdadir savobli yumuşlarga boş bölişi, qayerdadir fitnalarga aralaşib qolişi mumkinligini baholi qudrat tasvirlaşga harakat qilyapman. Uzoq yillar davomida respublikamizni köp martalab aylanib çiqdim. Ayniqsa, “Literaturnaya gazeta”ning Özbekistondagi maxsus muxbiri vazifasida xizmat qilgan vaqtlarimda xilma-xil qiyofadagi, xarakterdagi odamlarning qiziqarli gurunglarini köp tingladim. Bir vaqtlar şonu şuhrat nurlariga belangan, keyinçalik bosar-tusarini bilmay adaşgan, oxir-oqibat afsus-nadomatda iç-etini yeb ado bölganlarni körganda açindim, yuragim ezildi. Yozuvçilar uyuşmasida işlagan yillar ham ulkan dorilfunun böldi. Har kuni töda-töda odamlar turli muammolarga javob qidirib bu dargohga kelar edi.Ular sobiq şöro jamiyati qonun-qoidalaridan va öşa zamonning huquq himoyaçilaridan

haqiqat topolmay qiynalgan, idorama-idora, eşikma-eşik sarson-sargardon bölgan kişilar edilar. “Osiy banda” inson ruhiy olamida bökib yotgan osiylik iztiroblari töğrisidagi kitob bölişi kerak.

3

…Odil Yoqubov Yozuvçilar uyuşmasini boşqargan kezlarda bir muddat uluğ adib bilan yonma-yon xizmat qiliş quvonçi menga ham nasib etgan. Bu qutluğ dargohda har kuni uluğ adib bilan hamnafas bölib işlaşning özi beadoq baxt edi menga ham. Şöro saltanatining imoratlari qimirlab, özgarişlar, evrilişlar şamoli esa boşlagan ötgan asrning saksoninçi yillar oxiri emasmi, Odil aka hozirgina eslab ötganidek, Yozuvçilar uyuşmasini qidirib keluvçilar soni behad oşib ketgan, har kuni respublikamizning turli şahar va qişloqlaridan kelgan guruh-guruh odamlar erta

azondan uyuşma binosi oldida qatorlaşib turişar, xuddi najot qalʼasiga oşiqqandek içkariga intilişardi. Puşkin köçasining boşidagi uç qavatli uyuşma binosining zallariyu xonalari ham ertalabdan keçgaça gavjum bölar, qandaydir majlislar, konferensiyalar ötkazilar, uyuşmaga mutlaqo aloqasi bölmagan kişilar ham öralaşib yurardi. Ular orasida adolat qidirib keluvçilar bilan birga zamonaning olağovurlaridan foydalanib özini körsatiş, vazxonligi, mahmadonaligi bilan “bir nimalik” böliş ilinjida yurganlar ham yöq emasdi. Minbarlarda qöllarini siltab, soçlarini tözğitib ona tilimizga davlat maqomini beriş, Vatan mustaqilligi uçun kuraşiş töğrisida baqir-çaqir qilayotgan bu nusxalarning kökayida mansab-martaba oliş, mol-mulk orttirişdan boşqa heç vaqo yöq edi aslida. Odil aka bularga nega indamaydi, uyuşma eşiklarini nega oçib qöyadi, degan mazmunda mulohazalar ham paydo

bölgandi, albatta. Şunda Odil aka, haydasang, köçaga çiqib janjal-töpolon qilişadi, undan köra içkarida baqir-çaqir qilib öpkasini bosib olsin, derdilar köpni körganlarga xos kenglik bilan. Ammo, yordamga muhtojlardan kömagini, maslahatini ayamasdi, har kuni bir qança idoralarga xatlar jönatilar, telefon orqali iltimoslar qilinar, yuzma-yuz ötirib gaplaşmasa bölmaydigan joylarga borib kelişdan erinmasdi. Odil akaning yana bir fazilatiga hayron qolardim. Baʼzi xuşomadguy, maddoh kimsalar Odil akaning huzuriga kirib bitmagan işlarini bitirardida, koridorga çiqar-çiqmas iğvoning iniga çöp suqardi. “Şunday ulkan yozuvçi döst bilan duşmanni ajrata olmasmikan” degan xayolga borardim gohida. Keyinroq bilsam, Odil aka hammasini bilar, hammasidan xabardor ekan. Umuman, amaldorning atrofida yaxşi insonlar qatorida manfaatparast, içiqora, manfur va mayda odamlar ham ivirsib yurişini, ana şunday ipirisqi kimsalardan xoli jamiyat hozirça bu köhna dunyoning peşonasiga bitmaganini ança keyin hayotning özi menga ham tuşuntirib qöydi. Odil akaning kengligi, barçaga tengligi, talantlarni qadrlaşi, umidli yoşlarni qanoti ostiga olişi, töğri yölni körsatib ustozlik maqomini tökis ado etişi, birovni sotmasligi, birovga sotilmasligi, vatan baxti, millat manfaati yölida har qanday şaxsiy huzur-halovatdan voz keça olişi, heç qaçon eʼtiqodiga xiyonat qilmasligi köplar qatorida mening ham havasimni keltiradi.

Şunday yaşaşdan uluğ baxt bormi aslida ham…

— Sözlaringizdan ayon böladiki, adib, eng avvalo özi körgan, bilgan odamlar, özi boşidan keçirgan voqealar töğrisida yozmas ekan, mukammal asar dunyoga kelmaydi. — Mulohaza bildirdi Pirmat aka. — Ammo, tasavvur-çi? Mana, misol uçun ijodingizga nazar taşlagan öquvçi Mirzo Uluğbek, Beruniy, Ibn Sino, Ali Quşçi singari Örta Osiyoning buyuk allomalari hayoti va fojiali taqdirlariga duç keladi. Bular yozuvçining beadoq tasavvuri mevalari emasmi?

— Pirmatjonning ajoyib odati bor-da, — dedi dona-dona qilib ustoz adib. — Köpinça öz savoliga özi javob beradi-yu, bu yoğiga nima deysan, degandek yuzingga qarab iljayib turaveradi. Albatta, tasavvur sözdan boy.

Oybek domla Navoiy hazratlari bilan, Pirimqul Bobur mirzo bilan bir dasturxon atrofida ötirib çoygurung qilgan emas, Pugaçyovni Puşkin tanimas edi.

Mirzo Uluğbek yaşagan davr bilan boğliq voqealarni örganayotib arxiv tözonlari orasida ötirgan paytlarimda, bu uluğ alloma menga öz otamday, öz oğamday yaqin bölib qoldi, uning öylari mening öylarimga, dardlari mening dardlarimga aylanib ketdi. Barkamol asar yaratiş uçun ijodkor körgan-keçirganlari barobarida bepoyon tasavvur dunyosiga ham ega bölmoği zarurligini öşanda yanayam teranroq his qildim. Ayni çoğda, talant va bilim, özi yaşayotgan

zaminga, şu zamindagi xalqqa, xalqning urf-odatlariga çeksiz mehr-muhabbat bölmoği; şu xalq xursand bölsa, şu zamin gullab-yaşnasa astoydil yaşnab barq urişi, yiğlasa, köziga tupuk surib yiğlagan xotinday emas, çin yurakdan yiğlaşi kerak yozuvçi ham!

Qahramonlarning qalb torlarini çertiş, “tirik odam” yaratiş uçun esa `yuksak badiiy mahorat, nozik did ham talab qilinadi. Qalamkaş mayda epizodik voqea, hodisalar negizida yotgan çuqur ijtimoiy omillar, fojiaviy taqdirlar va ularning iztiroblarini teran idrok etişi, hayotning özi köndalang qöygan sinovlarni zakiylik bilan anglay bilişi, qahramonlari bilan birga nafas olib, birga yaşamoği zarur. Mikelanjelo özi yaratgan haykal tirikday körinib, qörqib ketgan, Balzak qahramoni ölganda infarkt bölib qolgan, Kumuşning ölimi tasviri paytida Qodiriy yiğlagan, degan gaplar bekor-behuda emas.

Suhbat qizigan sayin Odil Yoqubovning bahri-dili oçilib borardi. U yozuvçi mahorati, söz sanʼati, adabiy va falsafiy tahlil, ijodda rostgöylik va samimiyat, özbek tilining körkamligi, burroligi, pişiqligi va jozibadorligi, boy va ixçamligi; söz köngil mahzanining qulfi-kaliti ekani, inson tafakkuridagi eng yuksak, eng çuqur va eng otaşin tuyğularni sözda oçiq-oydin ifodalaş fazilatlari; sözlarni turfa ranglarga böyab-bejamaslik, dabdabali, balandparvoz, çaynalgan, çuçuk, tuşuniş qiyin bölgan yaltiroq sözlardan qoçiş; sözni seviş, eʼzozlaş, hurmat qiliş, avaylab-ehtiyotlab qöllaş; qalamkaşning har kalomida haqiqat gullari barq urib yaşnab turişi, hayot nafasi, yaşaş sururi ufurib turişi haqida maroq bilan sözlardi.

— Bilib işlatilgan söz möjizalar javhari — kuladi, kuldiradi, kuraşga undaydi, yiğlaydi, yiğlatadi… Sözlar gapiradi, savol beradi…

— Yozganlaringizning hammasidan könglingiz töladimi? — Odil Yoqubov bir zum tin olganidan foydalanib qolişga harakat qildi Pirmat aka. — Bundan öttiz-qirq yil avval yozgan asarlaringizga qanday baho bergan bölar edingiz?

— Har bitta yozuvçi öz asariga özi baho qöyaversa adabiyotning ahvoli voy böladi, — dedi Odil aka. — Ammo, muhim masalani tilga oldingiz . Rostdan ham agar imkoni bölganda bugun ayrim asarlarimni boşqaça yozgan bölar edim. Misol uçun, “Er boşiga iş tuşsa” degan roman. Bu asar 1966-yilda kitob holida naşr etilgan. Unda yoşlik davri oğir uruş yillariga töğri kelgan avlodning murakkab hayoti, frontga ketgan otalarining, akalarining örinlarini egallagan ön olti-ön yetti yaşar yoşlarning “etik bilan suv keçib” qilgan maşaqqatli mehnatlari, uruş orqasida nohaq yölda yurgan nopok odamlar bilan kuraşi, bir söz bilan aytganda, yoşidan burun ulğayib, uruş yillarining katta masʼuliyatini öz zimmalariga olgan ajoyib avlodning döstligi, sevgisi, orzu-havaslari tasvirlangan. Lekin, romanda yoş qahramonlar yölidagi qiyinçiliklarni yengib ötiş epizodlari goho öquvçi yuragini larzaga solmaydi. “Uluğbek

xazinasi”dagi Ali Quşçida ham bir yoqlamalik seziladi. Yoki “Diyonat”dagi Otaqözi. Bir mahallar uni “Sinçalak”dagi Qalandarov obraziga “qarindoş” deganlar ham bölgan. Garçand bunday qaraşlarda heç qanday asos bölmasa ham Otaqözi xarakterida qiyomiga yetmagan, “pişitadigan” örinlar bor.

P. Şermuhamedov:

— Bunin Lev Tolstoyning “Anna Karenina”dek dunyoga maşhur asari haqida: “agar Tolstoy uni menga tahrirga berganida, men uning törtdan birini qisqartirib taşlardim, şunda roman yanada yarqirab ketardi!” degan. Tolstoyning özi esa uluğ Şekspirni inkor etgan. Özbek yozuvçilarining asarlarini öqiganda Sizda ham şunday fikrlar paydo bölganmi?

O. Yoqubov:

— Ança yillar ilgari buyuk adibimiz Abdulla Qodiriyning “Ötgan kunlar” romanida goho kişini işontirmaydigan lavhalar, epizodlar, ilmiy til bilan aytganda, realistik uslubdan jinday çekiniş holatlari uçraşini aytib, boşimga ança-munça ğavğolarni “sotib” olganman. “Özi kim böptiki, şunday uluğ yozuvçiga osiladi?” qabilida döq-pöpisalar ham bölgan. Bunday yondoşiş, afsuski, hozir ham uçrab turadi. Gap şundaki, yozuvçi öqigan har qanday asar töğrisida öz mulohazasi va öz fikriga ega bölmoği kerak. Asar qanday uluğ inson tomonidan yozilganidan qatʼi nazar fikrini aytişdan iymanmaslik zarur. Şunday hikoyalar borki, misol uçun M. Şoloxovning “Inson taqdiri” hikoyasi, tafakkur usuliga köra romandan kam emas. Yomon, örtaça va yaxşi asarlar doimo bölgan, bundan keyin ham böladi. Zöraki çiraniş bilan “semirtirilgan” çuçmal, ğirt kitobiy, hozirjavoblikka mahliyolik ruhidagi zaif asarlar qölimga tuşganida juda xafa bölaman.

M. Ali:

— Eng ayançlisi yana şundaki, ayrim tanqidçilar şunday xaşaki asarlarni kökka kötarib maqtaydilar.

O. Yoqubov:

— Naçora, böş quduq şudring bilan tölmaydi. Böş asar ham maqtalgani bilan yaxşi bölib qolmaydi. Bu örinda ayrim yoş yozuvçilarda roman söziga mahliyolik qusuri borligini ham nazardan çetda qoldirmaslik kerak. Ular semiz kitob yozsam odamlar tez tan oladi, deb öylaşadi, şekilli. Vaholanki, Çingiz Aytmatovning donği dunyoga ketganida u hali bitta ham roman yozmagan edi.

P. Şermuhamedov:

— Taniqli rus tanqidçisi Leonid Terakopyan “Uluğbek xazinasi”ni tahlil qilarkan: “Bu ijtimoiy-analitik roman özbek tarixiy parozasida Oybekning maşhur “Navoiy” asari bilan haqli ravişda yonma-yon turadi” degan edi.

O. Yoqubov:

— Bu Terakopyanning fikri. Tanqidçilar muayyan asarni çuqurroq tahlil qilişdan zerikkanda doimo şunday usulni qöllaydilar.

Sevimli adibning sözlarini eşitgan sayin eşitging, hayotiy mulohazalarini tinglaging, yuragida qaynab yotgan fikrlaridan bahra olging keladi, suhbatidan ayrilging kelmaydi. Ammo, reja böyiça bugun yana bir keksa adibimizni yangi yil bilan qutlaşimiz, suhbatidan bahramand bölişimiz kerak.

Bir dunyo vaj-karsonlardan söng arang javob tegdi. — Qarining sözi dori, deganlar. Dori köpayib ketib, asabga tegdimi deyman, — dedilar kuzatayotib.

Ustozning kayfiyati çoğ, ruhi bağoyat baland edi.

Javob tekkanidan bexabar, oşxonada kuymanib yurgan Maryam opa, qözğalmanglar, hozir beşbarmoq suzaman, deganda, Odil aka, ey, hotamtoy xonim, Toşkenti azimda boşqa mehmonlaram bor, deb yana hazil qildilar.

Odil Yoqubovning supada hassaga tayangança jilmayib turişi, adibning “Tuş” degan badiasini yodimga tuşirdi. Badia, bolaligida ilk marta L.Tolstoyning “Hojimurod” qissasini öqib, taʼsirlangani haqida.

Qissani öqigan kuni yoş Odilning tuşiga Tolstoy kiradi. Rusning uluğ yozuvçisi uning boşini silab, sen yozuvçi bölasan, deb fatvo berganday böladi… Odil boboning hozirgi holati nimasi bilandir Tolstoyga öxşab ketayotgandek edi. Rost-da, soç-soqolni östirib, egnida uzun köylak, belida qamiş kamar, bir qölini kamarga suqqança, qaddini ğoz tutib tursa…

Xayolimdagi bu manzarani hamrohlardan yaşirdim.

— Kelinlarimga salom aytinglar, — dedi Maryam opa.

— Yangi yil bilan tabriklab qöyinglar, — dedi Odil aka.

Abdusaid KÖÇIMOV

“Yoşlik”2008/6-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)