(Hikoya)
Hatto muhtojlarga yordam körsatiş jamiyatidan nafaqa olib kelgan olijanob xonim ham bolani nega bunçalik köpaytirayotganimizni söradi. Öşa kuni xotinimning kayfiyati yomon edi. “Pulimiz bölganida keçqurunlari kinoga borardik, bölmagandan keyin nima qilamiz, töğri töşakka yöl olamiz, ana şunday qilib bola tuğilaveradi-da”, deya bor haqiqatni aytdi-qöydi. Bunday şartakilikdan ranjigan xonim uzr sörab qaytib ketdi. Xotinimga töğri söz ham öz örnida eʼtiborli ekanini, birovga zarda qilişdan oldin kim bilan gaplaşayotganini hisobga oliş zarurligini aytib biroz koyigan böldim.
Turmuş taşvişlaridan yiroq, yoş va buydoq yurgan kezlarimda Rim hayotiga oid gazetlarni köp öqirdim. Bu röznomalarda insonlarning hayotida yuz bergan jamiki baxtsiz hodisalar: öğirlik, qotillik, öz joniga qasd qiliş, mayda bezoriliklar… töğrisida yozişardi. Öşa kezlarda bunday körguliklar bir kun mening ham boşimga tuşadi, deb sira öylamagan edim. Gazetlarda yozganidek, “Hamdardlikka loyiq vaziyat”, – qaçon odam öta baxtsiz bölsa, bu olamdagi açiniş tuyğusining şunçasini öziga çorlaydi. Aytib ötganimdek, öşa vaqtlarda yoş edim, vaqti kelib bunday katta oila boşliği bölişimni bilmasdim. Endi esa sekin-astalik bilan eng haqiqiy “hamdardlikka loyiq vaziyat” yuz berayoganiga hayratim ortib boryapti. Mana, masalan, gazetda bunday yoziladi: “Ular eng mayda narsalarga ham muhtoj”. Hozir men ana şunday eng arzimas narsalarga muhtoj holda yaşamoqdaman. Yoki “Ular şunday uylarda tiqilib yaşaydiki, ularning boşpanasini uy deb ham bölmaydi”. Men Tormarançodagi (Rim yaqinidagi qaşşoqlar istiqomat qiladigan kulbalar) töşaklarning orasiga oyoq qöyişga joy topilmaydigan, yomğir çoğida suv xuddi Ripetta qirğoğidagi kabi toşadigan bittagina xonada xotinim va olti bolam bilan istiqomat qilaman. Yoxud bunday yozişadi, aytaylik, “U beçora homilador ekanini bilganidan söng muhabbatining mahsuli bölgan gumonasidan qutuliş maqsadida jinoyatga qöl urişga qaror qildi”. Xuddi şunday: oilamizda yana bir çaqaloq tuğilişini bilgaç er-xotin maslahatlaşib ana şunga jazm etdik. Havo yaxşi bölgan kun birinçi uçragan odamning rahmdilligidan umid qilgan holda çaqaloqni birorta çerkovning oldiga taşlab ketişni rejalaştirdik.
Baxtimiz çopib öşa jamoat taşkilotining marhamatli janoblari saʼy-harakati bilan xotinim tuğruqxonaga joylaşdi. Tuğruqdan uç-tört kun ötib bir oz öziga kelganidan söng unga javob berişdi va Tormarançoga qaytdi. Xonaga kirganidan söng uning birinçi aytgan gapi şu böldi:
– Töğrisini aytsam, tuğruqxona unçalik yaxşi joy bölmasa ham, şu vayronaga qaytib kelmaslik uçun öşa yerda abadiy qolib ketişga rozi edim.
Çaqaloq bu gapni xuddi sözma-söz tuşungandek, quloqni batang qiladigan ovozda ingalab yubordi. Zuvalasi pişiq, çiroyli bola, ovozi şu qadar jarangdorki, söz bilan taʼriflab bölmaydi; agar yarim tunda yiğlaşga tuşsa, bu yaqin orada heç kimga uyqu yöq deyavering.
May oyi kelib, kunlar ilib qoldi. Köçaga paltosiz ham çiqsa bölardi. Rejamizga binoan biz Tormarançodan Rimga qarab yölga tuşdik. Xotinim bolani xuddi qorli dalada qoldiradigandek, qavat-qavat lattaga örab köksiga bosib olgan. Şaharga yetib kelgunimizga qadar ğamga botib bir uşoqqina bölib qolgan beçora qayğusidan çalğiş uçun çakagi tinmay javrab borar edi, oxiri nafas olişi oğirlaşib, kiyimlari tözib, közlari olayib qoldi…
Dastlab u har xil çerkovlar haqida gapirdi, bolani qayerda qoldirişni menga tuşuntirdi, uning aytişiça, çaqaloqni şunday joyga qoldiriş kerakki, u yerdan boylar ötib-qaytadigan bölsin, agar uni özimizga öxşagan kambağal odam topib oladigan bölsa, yaxşisi, bola özimizda qolgani maʼqul. Keyin çaqaloqni Madonna çerkovi atrofida qoldirişni xohlayotganini aytdi. Aytişlariça, Madonnaning ham öğli bölgan ekan. Madonna bizni tuşunarmiş va niyatimizning amalga oşişiga yordam qilarmiş. Bu gaplardan çarçadim va qalbimda ğazab uçquni paydo böldi. Axir, uning meni ovutiş uçun aytayotgan almoyi-aljoyi gaplaridan menga heçam yaxşi bölayotgani yöq edi-da. Ammo men özimni bosib kelardim, çunki jazavaga tuşmasdan xotinimga xotirjam körinişim va unga dalda berişim kerak edi. Uning padar-pay sözlarini bir lahzaga bölsa-da, töxtatiş uçun gapini bölib:
– Uni avliyo Pyotr çerkovida qoldirsak bölmaydimi? – deb taklif qildim.
U bir çayqalib oldi-da, keyin:
– A yöq, u yer karvonsaroyning özginasi… uni mutlaqo körmasligi ham mumkin… via Kondottidagi kiçkina çerkovga urinib köriş kerak: uning gir atrofi haşamatli dökonlar… juda köp boylar öşa atrofda yuradi… eng yaxşi joy – öşa, – dedi.
Biz avtobusga ötirdik, odam köp joyda u tinçidi. Faqat bolani yörgakka qattiq öradi va dam-badam yörgakni ehtiyotkorlik bilan oçib bolaga qarab qöyadi. Çaqaloq esa qip-qizil yuzini özi uralgan latta-puttalarga bosib uxlab yotibdi. Uning kiyimlari juda aftoda, faqat havorang jun matodan tikilgan qölqopçasi ohorligina edi, u ana şu qölqopçasini körsatmoqçi bölgandek yörgakdan qölçalarini çiqarib oldi.
Biz Goldoni teatri oldida tuşdik, xotinim yana javramoqni boşladi. Zargarlik dökoni qarşisida töxtab körgazmadagi qizil duxobalarga terib qöyilgan qimmatbaho javohirlarni körsatib, yana telba-teskari gaplarini davom ettirdi:
– Buni qara, qanday çiroyli… bu köçadan odamlar faqat qimmatbaho taqinçoqlar va çiroyli buyumlarni xarid qiliş uçun yuradi… bu yerda qaşşoqlar bölmaydi… ular ana şu xaridlari orasida çerkovga ibodat uçun kirib çiqadi… Boylarning kayfiyati doim yaxşi böladi… yörgakni körganlari hamon kötarib oladi.
U bolani kökragiga mahkam bosib brilliantlarga qarab xuddi özi bilan özi gaplaşayotgandek gapirar, közlari esa allaqanday yovvoyilik kasb etgandiki, unga gap qaytarişga jurʼatim yetmasdi.
Biz çerkovga kirdik. U içkarisi sariq marmarga öxşatib böyalgan, asosiy mehrob bilan birga yana bir neça mehrobçalari bor çoğroqqina joy ekan. Xotinim bu çerkovni boşqaçaroq tasavvur qilgani, hozir esa ibodatxona unga unçalik yoqmayotganini aytdi. Şunday bölsa ham, qöllarini muqaddas suv botirib çöqinib oldi. Keyin çaqaloqni köksiga bosib badgumon nigohu norizo qiyofada sekinlik bilan çerkovni aylanib çiqdi. Gumbaz tepasidagi oynadan sovuq çaraqlagan yoruğlik tuşib turardi. Xotinim esa bolani bu yerda qoldiriş mumkinmi, degan savolga javob topmoq qasdida hamon çerkovning bölimidan bölimiga ötib, örindiqlarga, mehroblarga, rasmlarga nazar solib yurardi. Men kiraverişdan köz uzmay unga bir neça qadam ergaşdim. Qip-qizil kiyingan, soçlari sariq, xuddi tilladek tovlanadigan baland böyli bir xonim ibodatga kirdi. Tizzalab ötirganda tor yubkasi yirtilib ketgudek taranglaşdi, naridan-beri ibodat qildi-da, keyin zudlik bilan çöqindi va biz tomon bir qaradi-da çerkovdan çiqib ketdi.
Buni körgan xotinim:
– Yöq, bu yer bölmaydi… bu yerga anavi xonimga öxşagan dökonlarni aylanişga çiqqan kişilar köngil xuşligi uçun birrov kirib çiqadi. Ketdik bu yerdan, – dedi. Şu gap bilan u çerkovdan çiqdi.
Biz Korso böylab uzoq yurdik, xotin oldinda, men ortda halloslab yugurdik desa ham bölaveradi, Venetsiya maydonidan unça uzoq bölmagan boşqa çerkovga kirdik. Bu oldingisidan ança katta va viqorli edi, haşamdor zarhal pardalar tutilgan, devordagi oynalar tagi ğira-şira yoruğlikda tovlanib turgan alangali kumuş yuraklar bilan bezatilgan. Ibodatxona körinişidan öziga töq odamlar bilan töla edi: şlyapa kiygan ayollar, başang kiyingan erkaklar şundan dalolat berardi. Ruhoniy minbarda turib xutba öqir, jamoat unga yuzlanib tik turardi. Men özimça “Ana qulay vaziyat, bizni heç kim sezib qolmaydi”, deb öyladim:
– Şu yerda urinib köramiz, – deya xotinimning quloğiga şivirladim.
U boş irğab maʼqulladi. Biz yon tarafdagi mehrob tomonga ötdik. Öşa yoqda heç kim yöqqa öxşadi, boz ustiga qoronğu edi, biz bir-birimizni zörğa körardik. Xotinim yörgak çeti bilan bolaning yuzini yopti va xuddi qöliga yopişib qolgan oğir narsadan qutulmoqçidek uni örindiqqa yotqizdi Keyin tizzalab ötirdi va yuziga qöllarini bosib uzoq vaqt duoyu iltijo qildi. Men esa nima qilişni bilmasdan mehrob devoriga osilgan yuzlab katta-kiçik alangali kumuş yuraklarni tomoşa qildim. Nihoyat xotinim örnidan turdi. Şu tobda uning yuzi murdanikiga öxşardi. U çöqindi va ohista bölimdan çiqa boşladi, men esa uning ortidan ergaşdim. Kutilmaganda ruhoniy:
– Va Iso dedi: “Kelajakni kimga qoldiryapsan, ey Ota?” – deya hayqirdi.
U bu gapni mendan sörayotgandek tuyuldi.
Bu vaqtda xotinim çiqaverişdagi eşikning pardasini tortayotgan edi. Şu damda:
– Xonim, örindiqda tuguningiz qolibdi, – degan çaqiriqdan ikkalamiz birday sapçib tuşdik.
Qarasak, qop-qora kiyinib goh çerkovda, goho boşqa ibodatxonalarda öralaşib yuradigan munofiqona qiyofali ayollardan biri.
– Voy, ölay! – dedi xotinim. – Rahmat sizga, esim qursin… sal bölmasa uni taşlab ketayozibman.
Biz yörgakni olib na tirik, na ölik holda köçaga çiqdik.
Köçada xotinim:
– Beçora bolajonim… heç kim uni olgisi kelmaydi, heç kimga uning keragi yöq, – deya öksindi.
Bu xuddi molini yaxşi narxga sotişni çamalagan, lekin ana şu moliga bozorda biror kişi qayrilib qaramagan savdogarning ahvoliga öxşardi.
Yana u harsillab, hurpayib oldinda ğizillab yölga tuşdi, xuddi uni oyoqlarning özi boşqarayotgandek edi. Şu yurişda Apostol avliyolari maydoniga yetdik. Hartugul bu yerdagi çerkov hali yopilmagan ekan. Içkariga kirdik. Qarasak, katta, keng, çiroqlar ham köp emas.
– Ana eng qulay joy, – şivirladi xotinim.
Qatʼiyat-la yon tomondagi bölimlardan biriga ötdik. Xotinim bolani örindiqqa yotqizib, guyo oyoğining tagiga öt tutaşgandek, çöqinib, ibodat qilib ötirmay, hatto jigargöşamizning peşonasidan öpib ham qöymasdan köçaga otildi. U ortiga qayrilib uç-tört qadam bosib ulgurmasdan çerkovni bolaning jarangdor yiğisi tutdi. Emadigan vaqti bölgan edi – çaqaloq har doimgi vaqtni bilib oçlikdan çinqirgandi. Xotinim bu yiğidan özini yöqotdi: bir eşikka qarab yugurdi-da, keyin ortga çopdi, u bu paytda qayerda ekanini ham unutib qöydi, örindiqqa ötirdiyu bolani köksiga bosib, uni emiziş uçun kökragini oçdi. Çaqaloq xuddi böri bolasidek, onasining köksiga tamşanib, qölçalarini uzatib, endi ema boşlagan edi hamki:
– Xudoning uyida şu işni qilasanlarmi… tur örningdan, yöqol çiq, köçaga, çiq! – degan vahimali dağdağa eşitildi.
Baqirgan odam soqoli köksiga tuşgan jikkak çol, ponomar (pravoslav çerkovida past unvonli ruhoniy) edi, uning ovozi jussasiga qaraganda ança haybatli edi. Xotinim örnidan turdi, bolaning boşini kökragiga pana qilib:
– Axir kartinadaga Madonna… har doim bolaga kökrak tutib turadi-ku, – dedi.
U bölsa:
– Sen hali özingni Madonna bilan tenglaştiradigan böldingmi, uyatsiz! – deya battar jazavaga tuşdi.
Xullas, biz çerkovdan haydalib Venetsiya maydonidagi xiyobonga kelib ötirdik. Bu yerda xotinim bolani emizib oldi, nafsi orom olgan çaqaloq yana uxlab qoldi.
Bu vaqtda keç bölib, qoronğu tuşdi. Çerkovlar yopildi, biz esa çarçoqning zöridan tinkamiz qurib ötiribmiz, kallaga biror fikr kelmaydi. Bunday samarasiz yurişlardan söng xayolimga: biz bu işga juda katta kuç sarflayapmiz, balki bu işni boşlamagan tuzukmidi, degan fikr keldi.
– Menga qara, kun keç böldi, tezroq hal qilişimiz kerak, boşqa yurişga madorim yöq mening, – deb xotinga zarda qildim.
– Bu sening öğling, sening qoning… Nima qilmoqçisan – uni xuddi keraksiz narsaga öxşatib bir burçakka taşlab ketmoqçimisan, daydi muşuklarga yem böladi-ku!
– Yöq, ammo bunday işlarni köp öylanib yurmay tez bajariş kerak yoki umuman qilmaslik kerak.
– Sen uni uyga olib qaytamiz deb qolişimdan qörqyapsan… Siz hammangiz, erkaklar, qörqoqsiz!
Hozir u bilan bahslaşiş befoyda ekanini sezib, murosa yölini tutdim:
– Seni tuşunib turibman, xavotirlanma, ammo sen ham tuşungin: har qanday şaroitda ham bolaga Tormarançodagi qişda qurtlar, yozda çivinlar talab çiqadigan taşlandiq, hatto oşxonasi ham yöq boşpanamizdagidan yaxşi böladi.
Bu safar u heç narsa deb gap qaytarmadi.
Biz via Natsionaldagi Neron minorasi oldidan qayoqqa borayotganimizni özimiz ham bilmay ketaverdik. Minora ortida, unça uzoq bölmagan joyda bir kiçkina köça bor ekan, odamlar ham yöq. Yölaklarning birining oldida böş turgan, eşiklari berk kulrang moşinga közim tuşdi. Nima qilişni darrov fahmladim: moşinga yaqinlaşib eşigini tortgandim – oçildi.
– Tez böl, mana qulay fursat, uni orqa örindiqqa yotqiz, – dedim xotinga.
U aytganimdanoq darhol bolani moşinga qöydi va men öşa zahoti eşikni yopdim. Biz bu işni şunçalik tez bajardikki, hatto moşinga yaqinlaşganimizni ham heç kim sezmadi; keyin men uning qölidan tutdim va biz Kvirinal (Kvirinal maydoni joylaşgan hudud – burungi qirollik saroyi örni) maydoni böylab çopib ketdik.
Maydon böş va qoronğu edi. Faqat saroyda bir neçta çiroqlar miltirab turibdi, panjara ortida esa tungi Rim çiroqlari şuʼla soçmoqda. Xotinim yodgorlik yonidagi favvoraga yaqinlaşdi, öşa yerdagi skameykaga ötirdi, menga yuz ögirib bukçayib oldi-da, töliqib yiğladi.
– Endi nega yiğlayapsan? – dedim.
– Xullas, undan qutuldik, uni öşa yerda qoldirganim zahoti yuragim böm-böş bölib qoldi… u yotganda köksimni töldirib turardi, ana şu yerimga u yetmayapti.
– Şunday böladi-da özi, hademay ötib ketadi.
U yelkasini qisdi-da, yiğlaşda davom etdi. Kutilmaganda xuddi köprik ustiga yoqqan yomğirni şamol bir zumda quritib ketgandek, közyoşi töxtadi. Joyidan sakrab turib körsatkiç barmoği bilan saroyga işora qilib:
– Endi öşa yoqqa boraman, qirolning oldiga kirib hammasini aytib beraman! – deya şaxdlandi.
– Töxta! – deya baqirib uning qölidan tortdim. – Senga nima böldi, esingni yedingmi?.. Qirolning qaçonlar yöq bölib ketganini bilmaysanmi?
– Menga baribir… qirolning örnida kim ötirgan bölsa öşanga aytaman, axir kimdir bordir u yoqda!
Şu gap bilan u yölakka otildi, faryod kötarmaganimda u bir mojaroni boşlaşi aniq edi.
– Menga qara, men öylab kördim… Qaytib borib bolani moşindan olamiz… Bola özimizda qoladi. Bitta oz, bitta köp – baribir emasmi!
Bu fikr, taxminimça, doim uning xayolida yurgan va qirolga şikoyatini öylab topgan.
– Ha, uni hali olib ketib qolişmadimikan? – deya kulrang maşina turgan köçaga qarab yugurdi.
– Yöq, – dedim, – hali beş daqiqa ham ötmadi-ku.
Haqiqatdan, moşin joyida turgan edi. Biroq xotinim moşinning eşigini oçgan çoq yölakdan örta yoşlardagi past böyli, rangpar yuzli bir erkak yugurib çiqdi:
– Töxta! Töxta! Senga nima kerak mening moşinimda?
– Men özimning narsamni olmoqçiman, – xotinim unga eʼtibor qilmasdan bolani oliş uçun örindiqqa engaşdi.
– Nima olyapsan undan? Bu mening moşinim, tuşundingmi? Meniki! – deb jirilladi moşin egasi.
Öşa damda xotinimni bir körişingiz kerak edi! U moşin egasiga yuzlanib unga şunaqangi taşlanib ketdiki:
– Kim sening nimangni olyapti? Qörqma, heç narsang kerakmas, tupurdim sening moşiningga… Mana, qara, – dedi-da, moşinning eşigiga rostakamiga tuflab yubordi.
– Manavi tugun?.. – dovdirab söradi u.
– Bu tugun emas… Bu mening öğlim… Kördingmi!
U bolaning yuzini oçib, unga körsatdi-da, yana davom etdi:
– Sen bilan xotining bunday çiroyli bolani heç qaçon dunyoga keltira olmaysan, qayta tuğilsanglar ham… Meni töxtataman deb ovora bölma, dod solib politsiya çaqiraman-da, bolamni tortib olyapti deyman.
Xullas, xotinim unga şunday gaplarni aytdiki, beçoraning dami içiga tuşib ketdi, kutilmagan zarbaga uçragani bois hamma qoni yuziga sapçib çiqib baqrayib qoldi. Nihoyat, xotinimning jaği tinib, çorrahaga yetganimda yörğalab ortimdan yetib oldi.
Alberto MORAVIO adabiy taxallusi bilan zamonaviy italyan adabiyotida nom qozongan yozuvçi Alberto Pinkerle 1907-yilning 28 noyabrida Rimda tavallud topdi. Uning 1929-yil yozgan “Iştiyoqsiz” asari oradan bir neça yil ötib adibga şuhrat keltirdi. Moravio asarlarida zamonaviy şahar – sevimli joylar tasviri beqaror tabiatli, hayotini instinktlar: şahvoniy nafs, oçközlik, izzattalablik boşqaradigan şaharliklar tipidagi personajlar yordamida tasvirlanadi.
Moravio ijodining xarakterli jihati, muxbirlikka xos sodda uslub va mahzun kinoyadadir. Bu yölda adib hayotning turli jabhalariga, personajlarning ruhiyatida, kayfiyatida yuz berayotgan turlanişlarga yondaşuvini muttasil özgartirib turadi.
Uning asarlari jahonning köplab tillariga tarjima qilingan. Özbek kitobxonlari orasida esa “Rimlik ayol” (1947) va “Nafrat” (1954) romanlari maşhur.
Moravioning hikoyalari ham roman va qissalaridan kam ahamiyatga ega emas. Uning “Rim hikoyalari” (1954) va “Yangi Rim hikoyalari” (1959) töplamida Rim hayoti ixçam tasvirlarda öz ifodasini topgan.
Rusçadan Damin JUMAQUL tarjimasi
“Yoşlik” jurnali 2010-yil, 12-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


