33 daqiqada öqiladi

577 marta körilgan

Men, onam va bolam

Şoyim Bötayev

(Hikoya)

Keça dam oliş kuni edi.
Allaneçuk parişonxayolligim oşib, kun sayin heç narsaning qiziği qolmayotganday. Töqqiz qavatli binoning töqqizinçi qavatidagi laylakning uyasidek ikki xonali uydan zarurat bölmaganda  çiqqim kelmaydi. Avvallari, qattasiz, qaçon kelasiz, deganiça holi jonimga qöymagiç xotinim ham, biror joyga çiqib aylanib kelsangiz bölmaydimi, deya endi teskarisini aytadi.
Yöq, deyman, yöq!
Asab. Televizor körmang, gazeta-jurnallar öqimang, köproq dam oling – ketmon çopib, öroq ördimmi? Oson ekan-da.
Yölakdan kiraverişda, öng tomondagi devorga örnatilgan poçta qutilari  öz-özidan qayoqqadir ğoyib bölgan – gazeta-jurnallar öqimang emiş. Televizor körmang emiş. Uning qarşisidagi divanda yonboşlab, barça kanallarni birma-bir körişdan durustroq ermak bormi?
Keça tuşdan keyin, soat uçda soy böyidagi çoyxonada hamqişloqlar yiğilib, oş qiladigan bölişgan edi. Ozodqul meni uç kun avval ogohlantirib, domla, boşqa zakaz olib qöymay, albatta keling, degan edi. Uning otasi bilan maktabdoşman. Bizdan ikki sinf balandda öqigan. Keçagidek eslayman.
Ozodqulga bergan vaʼdamga köra örnimdan turib otlanayotgan edim, birdan borgim kelmay qoldi.
– Bormaysizmi?
– Yöq.
– Uyda yakkamoxov bölib ötiravering.
– Ötiraveraman.
U yana nimadir demoqçi böldi, aytmadi. Qoşini çimirib, oşxona tomon yönaldi. Sönggi paytlarda munosabatlarimizda mana şunaqa ohanglar ustunligiga ham sekin-asta könikib boryapmiz.
Keçqurun odatdagidek televizor qarşisidagi divanga çökdim. Jajjigina  qizça çiqdi. Matematika fanidan qandaydir tanlov ğolibi bölgan ekan. Şunisiga  qiziqdim. E xudo, matematika haqida bir oğiz ham gapirmasa-ya?! Özining şu darajaga yetişida mahallasining, ota-onasining örni haqida baloday maʼruza qildi. Qanaqa qilib örgatişdiykin?
Keyin katta işni döndirib qöygandek oğzi quloğida bir odam ekranda qora berdi. Qizçaning otasi ekan. Uni qayerdadir körgandek edim. Qizini maktabda ham özi öqitar ekan, boşqalarga qanday talabçan bölsa, qiziga ham şunaqa ekan. Demak, uyam matematik, ammo mahmadanaligiga qaraganda, misol yeçişdan köra gapni köproq döndiradi. Ehtimol unga ham talabaligida özim dars bergandirman. Kim bilsin, umrimning köp qismi şunaqalarni odam qilaman, degan orzu bilan ötdi.
– Serial körasizmi?
Oşxonadan qaytib keldi.
– Yöq.
Pultni divanga taşlab, örnimdan qözğaldim.
– Siz bularni öqing.
Qölimga ikkita sariq matbuot deb ataluvçi köça gazetasini tutqazdi.
Bunaqa gazetlaringni özing öqi, demoqçi böldim-u, yana san-manga borib ötirmaslik uçun indamay qöya qoldim. Xonamga kirdim.
Şiftga qarab çalqança yotdim. Allaqanday sillani quritib yuboradigan zerikişni his etdim.
Onamni esladim. Meni qişloqda olib qolaman, deb ne zahmatlar çekmadi boyoqiş. Boşingni oğritib nima qilasan, oldimda ötir, qavmu qarindoş, qöni-qöşnilaring orasida yurmaysanmi, uzoqlarda sanqib bir burda ortiqça non topganing nima bölardi, derdi. Axiyri, taqdirga tan bergaç, öqiyman deb oçin-töqin yurma, oşxonaga kirib qorningni töyğazib-töyğazib ol, deb örgatişdan çarçamasdi. Şu Ozodqulgayam rahmatli onam tayinlab qöygan. Devor-darmiyon qöşnimiz, qolaversa, kiçiksan, tez-tez xabar olib tur, bir-biringga hampo bölib yuringlar, özini yolğiz qoldirmanglar, degan – bir kuni  şirakayfligida aytib yuborib, buvim juda ajoyib kampir edilar-da, devdi. Öşa-öşa, yoş bolagayam şunaqa gap gapiradimi deb goh rahmatlidan, goh bu gapni boşqalar oldida doston qilgan Ozodquldan domangir bölib yuraman.
Özi, bugun borsam ham bölarkan… Soatga qarayman, endi keç. Mijjalarim namlanganini birov körmagani yaxşi böldi. Ayniqsa, anavi…
Özimni ovutiş uçun gazetaning birinçisini oçdim. Hammasi krossvord, çaynvord degan narsalar ekan. Yana allaqanday eʼlonlar, reklamalar. Özini-özi qoplaşi kerak. Boyoqişlar – barça yugur-yugur bilan ovora.
Ikkinçi gazeta ham birinçisidan qolişmasdi. Teledasturlar sahifasidan keyingi betni oçib, ğalati uç nuqtalarga közim tuşdi. Çamasi, bu uç nuqtalar sarlavha örnida edi. Ammo uning ustida na biror ism-şarif, ostida na biror bir janr körsatilgan edi. Uç nuqtalarning yettita ekanligi va tobora kattalaşib borgani meni ajablantirdi. Keyin bunga eʼtibor bermay, ostidagi matnni öqişga tutindim.
 
…  …  …  …  …  … …
Tuman markazi örtasidan kesib ötgan, qaçonlardir asfalt yotqizilgan yölning qor va yomğirdan öydim-çuqurlaşgan joylariga şağal tökilgan – tepadan qaraganda yamoqçining törvasiday körinadi.
Yöl böyida töxtagan kök rangdagi  “Otayöl”ning oldingi eşigi oçildi.
Undan bir ayol tuşdi. Avtobus joyidan siljidi.
Burni tanqaygan, közlari çangdanmi, çarçoqdanmi qizarib ketgan haydovçi ortiga ögirilib, qalin lablarini çöççaytirdi va zarda qilayotgandek xirilladi:
 – Qolganlar hamma bozorgami?!
– Ha, bozorga-a! – yölda tuşirib qoldirilişidan xavotirlangandek çuvillaş quloq qasmoqlari oralab özini içkari urgaç, haydovçi qiyofasiga mamnunlik ifodalari balqib, kökragini rulga berdi va gazni qattiqroq bosdi.
Avtobusdagilar hanuz tuşib qolgan ayolni unutişolmasdi – beçoraga qiyin böpti; yana ikki yilgina çidaşsa bölardi; ön yil oldin qonun çiqqan ekan; şu çoqqaça nega indaşmapti; kerak bölgan-da; endi yangilarga iş topib beriş kerak ekan; köp yugurdi şuyam; uyda ötirgani bilan ustidan eşik qulflanib qolsa nima qiladi; ha-a, boşida tuği bölgandayam bölak gap edi; öğli öqişini bitirib olgandayam mayliydi…
Avtobus gavjum joyga kirib bordi.
Deraza-tirqişlardan yopirilayotgan şovqin-suron yölovçilarni çalğitdi – yalakatlik mahv böldi. Hademay özlari borib qöşiladigan izdihomga içlari qizigança boşlarini kötarib qaray boşladilar. Narsalarini qöllariga olib, hali bir joyda muqim töxtamagan avtobusni tark etiş harakatiga tuşişdi.
Yölda qolgan ayolning boşi aylanib öziga kelolmas, avtobusdagilarning biri olib, biri qöygança hamdardlik qilmoqçi bölişgani xayolini tark etmagan, quloqlari ostida şovqin ğuvillardi – qöysangiz-çi, egaçi, şunça yil işladim deb nervingizni buzavermang, nari borsa tarbiyaçi ekansiz, ket degandan keyin etak silkib keting, yurasizmi; ha-a, şunça vaqt ertani erta demay, keçni keç demay umrini berib işlab kelyapti ekan, nogiron bolalar bilan hazilmi sizga, nega endi nafaqaga yaqin qolganda ketaverar ekan, haq-huquqini talab qilsin; avvaldan bilmagan-da, bilganida institutda öqib olardi; sirtqisi bölsa ekanki oliy maʼlumot olsa, qariganda farzandi tengilar bilan partada ötirsinmi; undan köra bozorga çiqsin, mana bizniyam kunimiz ötib turibdi-ku…   
Ayol beixtiyor tökila boşlagan köz yoşlarini römolining bari bilan artib oldi – yaxşiyam, şular bor ekan, odamni yolğizlatib qöyişmaydi; qani, yana bir harakat qilib unnab körsin-çi, zora, arzi-dodiga yetib rahm qilişsa, bozor qoçmas, keyin ham bölaveradi; anov opa ham aytdilar-ku, bunaqa böş-bayov bölib yurmang, biz ham siz tomonda, deb; bizga öxşaganlar ham köp ekan-da, qayoqdan ham bilişsin edi bunaqa bölişini…
U burnini tortib, tevarak-atrofga alangladi. Nariroqda ösgan gullar ustiga kapalaklar uçib-qönişardi – u yoşligini, ota-onasini esladi, çuqur xörsindi.
Yölning narigi tomonidagi qöqqaygan muhtaşam binoga nimalarnidir yodiga keltirmoqçi bölgandek közlarini qisib qaradi. Keyin bir fikrga keldi, şekilli, sirti qöpçib olapesga aylangan sumkasini yelkasiga ilib, yölni kesib ötdi.
Tepada oftob qizdirar, tevarak-atrof kimsasiz – devorlar ostidan yulinmay qolib quvragan öt-ölanlarni makon qilgan çirildoqlar çirillaşi quloqqa çalinadi. Holsizlangan ayol toş yöl va devorlar purkayotgan olovga doş berişning yagona yölini topgandek, ozğin yelkalarini yoydek egib oldi. Muhtaşam bino baland temir panjara bilan öralgan, uning kirib-çiqar eşigi qaydaligi, umuman, unda şunaqa narsa bor-yöqligi nomaʼlum edi.
Binoga olib boradigan yöl tobora torayib, yigirma-öttiz qadam qolganda tugadi, çap va öng tomonlarga yolğizoyoq yölakça bölib bölinib ketdi – tanla qay birini bölsa ham degandek ikki qanotda mayda daldalar möltirab turişardi. Goh u yoqqa, yana goh ikkinçi u yoqqa qarayotgan ayol çap tomonga burilib yura boşladi va köp ötmay yöli tösilmiş binoga qaraganda körimsizroq bölib turgan manzilga yetdi. Izlab kelgan joyi şumikan-boşqamikan?  
U hadiksirayotgandek orqa-oldiga qarab oldi.  
Panjaralar ortida quyuq daraxtzorning salqin epkini taşqariga ham urib turgani boisidanmi, boşqa sababdanmi, ayol tomoği ostidan römolini ozroq böşatib, yengil nafas olgandek böldi – xayriyat.
Çap tomondagi yolğizoyoq yöl olib kelgan bino haqiqatdan ham u istagan joy edi. Bir muammo – tösiq, bino boğça hovlining törida joylaşgan bölib, u yoqqa boriş uçun panjaralar orasidagi panjara eşikni oçib, içkariga kirişda edi. Bu öz-öziça bölmasdi – içkarida qopağon it-pit yöqmikan, degan qörquvdan taşqari boşqa andişalar ham birovning köça eşigi qarşisidagi kabi ayolni töxtatib turardi.
 U avval qönğiroq tugmasi bormikan, degan ilinjda panjaralar panjalariga diqqat bilan nazar soldi va navqiron navkar nayzalaridek tikraygan temirlarning jipsligini könglining bir çetidan ötkazib, bitta-yarimtaning qorasi körinib qolişidan umidvorday tevarak-atrofga alanglab oldi. Çirildoqlar çirillaşidan özga qilt etgan tovuş quloqqa çalinmas, avtobusdan tuşganida unga dalda bergandek tuyulgan kapalaklar ham katta yöl böyidagi gulzorda qolgan edi.
U panjaralar orasida siqilib turgan panjara eşikni oçişga jazm etdi. Öng qölidagi sumkasini çap qöliga oldi va öng qölini kötarib qora panjaraga yopiştirib qöyilgandek oq dastani uşladi. Uşlagan narsasi nima ekanligini idrok etmoqçi bölayotgandek birpas qöyvormay turdi, söngra bu matohning işlaş mexanizmini eslab qolgandek, uni pastga qayirib öziga tortdi.
Eşik oçilmadi.
Bunaqa eşiklar qatʼiy tartibda heç qaçon taşqariga oçilmagan, oçilmas ham edi – qandaydir içki ilinj, orzu niqobidagi umidvorlik tuyğusi savqi tabiiy ravişda uni şunday qilişga undagan edi, xolos.
Uning nigohidan şu çoqqaça pinhoniy tarzda möralab turgan xavotirning közlari katta-katta oçilib ketdi va pinhoniylikning behuda pinhon bölmagani sir-asrori namoyon böldi. U öz xatti-harakatlari baribir samara bermasligiga işongan köyi dastani qöyvormay  içkari tomon itargan edi, eşik oçila qoldi.
– Ho-ov opa, qayoqqa?
U sarosimalangança, na oldinga, na orqaga yurişni bilolmay turganida yerdan çiqdimi, osmondan tuşdimi – yengi kalta köylagining çap yengi örtasida allaqanday belgisi bölgan öttiz yoşlardagi rangpar, ozğinligidan yanayam uzun körinadigan novça yigit paydo böldi.
Ayol esankiradi, merovlandi – qidirib kelgan joyi bu yer emasligiga inonib, begona joyga adaşib kirib qolgandek xijolat çeka boşladi va qaysi manzilni istab kelganini uzr sörayotgandek tortina-tortina izhor etib:
– …şumi? – deb söradi, söragani şu bölib çiqmasligini astoydil istayotgandek.
Peşvoz çiqqan yigit negadir uyqusi buzilgandek noxuş kayfiyatda edi, birpas aniqtaniq javob bergisi kelmay turdi-da, keyin boş irğab uning hujjatini söradi.
Ayol şoşa-pişa sumkasini titkilab, pasportini topdi va uning qöliga berdi.
Yigit pasportni şoşmasdan hafsala bilan oçib  undagi suratga, keyin ayolning aftiga tikildi, işonqiramayotgandek bu harakatini yana takrorladi.
– Maktabdanmisiz? – deb söradi pasportni uning qöliga qaytib berarkan.
– Yöq, imkoniyati çeklangan bolalar maktab-internatidan.
– Çaqirtirişganmi?
Ayol beixtiyor boş irğadi. Keyin duvva qizarib ketdi.
– Qabulxonadan söraysiz, – dedi endi rangpar yigit uning aftiga qaramay, yölak adoğidagi eşikka işora qildi.
Ayol unga minnatdorçilik bildirgança hujjatini qöliga oldi. Çehrasi yorişib, yöl-yölakay pasportini sumkasiga joylagança yigit körsatgan eşik tomon yurdi. Borib, eşikni oçdi va yana hayajonlanib, içkari kiriş-kirmasligini bilolmayotgandek ostona ustida kalovlanib turib qoldi.
Unga bu yerda heç kim eʼtibor bermadi.
Ayol qörqa-pisa  xonaga nazar taşladi – u hozirgina bosib ötgan yölakning çap tomonidagi boğçaga qaragan deraza ostida yonma-yon turgan ikkita kursining birida boşida andijonça baland döppi, egnida oq yaktak, oq-sariqdan kelgan çöqqi soqolli oltmiş yoşlardagi kişi ötirar edi. Tizzalari ustiga taqvodorlik odatiga köra odob bilan qöyilgan ikki qölining barmoq uçlari titraşidan asabiylaşayotgani bilinayotgan bu kişining tomirlari qontalaşib turgan yonoqlaridan qon bosimi baland ekanligini seziş qiyin emasdi. Uning qarama-qarşi tomonida, allaqaçonlar botib ketgan quyoş nurlari saçragan osmon fonida  uçib borayotgan  turnalar karvoni tasviri tuşirilgan yoğoç ramkadagi surat ostida, qandaydir kökimtir tusdagi devorga taqab qöyilgan kresloda bir yigit bemalol yastanib olgan edi. Yaqindagina yaqiniga aza oçgan kabi qop-qora usti-boşdagi oppoq löppi yuzli, qoraqoş öttiz yoşlardagi bu yigit nimanidir kutişdan yoinki behudabekorçi qandaydir iş-yumuşdan zerikkandek, “Ayfon” telefoni ustida barmoqlarini mohir tikuvçi kabi öynatiş bilan maşğul edi. Maşğulotiga şu qadar berilib ketgan ediki, “Ayfon”i uning qölida emas, u “Ayfon”ining qölida qöğirçoq kabi taassurot uyğotar edi. Şunga qaramay, qovoği soliq katta-katta kökiş közlarini öqtin-öqtin kötarib, xonaga oşiğiç ravişda, yana nima gaplar, deyayotgandek olazarak nazar taşlab qöyardi. Keyin yana “Ayfon”iga şönğirdi.
Ayol ostonasida serraygança turib qolgan qabulxona eşigining röparasida jigarrang tusdagi yoğoçmi yoinki yoğoç bölmay yoğoçga öxşagan boşqa materialdanmi işlangan eşik yarqirab, qadam bosgan har qanday ehtiyojmandni öziga jalb etib turardi.
Bu – tuman xalq taʼlimi bölimi mudiri xonasining yopiq eşigi edi.
Şu eşikning kesakisi örnaşgan devor bilan çöqqisoqol ötirgan oynavand devor tutaşgan burçakdagi qora stol ortida “Ayfon”ga şönğigan yigit bilan tengqur körinsa-da, unga qaraganda ança ozğin va jonsarak, yengi kalta oq kuylakdagi mudir yordamçisi stolga qapişgança nimalarnidir yozib-çiziş bilan ovora edi. Nihoyat, u öz işini tugatib, qoğozni qöliga oldi, şoşganiça örnidan turdi va tik holda öz ijodi mahsulini yana bir sidra nazardan ötkazib, qanoat hosil qilgaç, heç qayoqqa qaramay mudirning xonasi eşigining qabzasidan dadil tutib, uni öziga tortib oçdi. Şunda ayol içkarida yana bir eşik borligini kördi. Yordamçi qöşqavat eşikning keyingi qavatini mudir xonasi tomon itarib oçdi va şu tariqa muvozonatni barqaror qilib, içkari kirib ketdi.
Qabulxonada çöqqisoqol kişi, qora kiyimdagi oq yuzli qoraqoş yigit va ayolning yarmi qoldi – uning yarmi ostona taşqarisida edi. Bu ikki yarim kişidan taqvodori hamon öz odob-ikromida öziga sabr-bardoş tilaş, “Ayfon”ga şönğimişi tobora “Ayfon”ga şönğiş, yarmi içkarida-yarmi taşqaridagisi esa içkari kirişni ham, ortga qaytişni ham bilolmaslik bilan ovora edi. Bu orada “Ayfon”ga şönğimiş boş kötarib avval çöqqisoqolga, keyin ayolga birrov nigoh taşladi, nimadir demoqçi ham böldi, şekilli; harqalay, uning qaraşidan ayolning içi  bir qalqib tuşdi – ammo u tiliga kelayotganini yana içiga yutib yuborib, tuproqdan taşqarida dumalab qolgan oppoq kartoşkaga öxşaş burnini kafti bilan işqay-işqay, şönğimiş joyidan çiqib ketişning ilojini topolmayotgandek yana şönğidi.
Endi çöqqisoqol ayol tomonga qarab, unga nimadir demoqçi bölib turganda, mudirning eşigi ohista oçilib, içkaridan yordamçi çiqib keldi va “Ayfon”ga şönğimişga yovuqlaşib, uning quloğiga enkayib, içkarining qandaydir gapini yetkazgan böldi. “Ayfon”ga şönğimiş bepisand boş irğab qöyib, şönğişda yana davom etdi.
Yordamçi joyiga ötib ötirdi. Stol qirğoğida turgan telefon apparatini özi tomon surib, çap qöli bilan göşakni kötardi, öng qöli barmoqlarni öynatib raqam tera boşladi. Göşakni birpas quloğiga tutib turdi. Javob bölmadi, şekilli, göşakni “şaraq” etkazib joyiga taşladi.
Ayol çöçib tuşdi.
Çöqqisoqol örnidan turdi. Qiyomda tik turgan kabi örnidan siljimay qöl qovuştirdi. Yordamçining xoli fursatini topib, öng kafti ostidan çap qölini suğurdi va körsatkiç barmoği bilan mudirning eşigiga işora qilib:
– Kirsam böladimi? – deb söradi  biroz qaltiroq, ammo qatʼiy ovozda.
Yordamçi qiyomda tik turgan taqvodor şunday qila olişi mumkin yoki mumkin emasligi haqida ulamolarça mulohaza yuritayotgandek, uning işoraga kötarilmiş qöliyu çöqqisoqol aft-angoriga sarosar qarab oldi-da, darhol mulohazalariga yakun yasab, xulosasini bayon etdi:
– Ötirib turing.
Çöqqisoqol quloğiga urilgan gapga işonib-işonqiramayotgandek, öng yelkasini bir-ikki kötarib-kötarib uçirib qöydi – osmonlarda parvoz etgan qanotli çoğlarini savqi tabiiy ravişda yod etdi, şekilli.
“Ayfon”ga şönğimiş tuyqusdan qahrli tarzda boş kötardi, qanotsiz parvoz etmoqçi bölayotganga öqrayib qaradi. Uning qaraşidan anglaşilgan, gapga tuşunasizmi-yöqmi özi, degan tahdidona maʼno yordamçini behad ruhlantirib yuborgandek böldi.
– Lom qayoqda qoldi ekan? – dedi göşakni kötarayotib majhul ohangda.
“Ayfon”ga şönğimişning qalin lablari oçildi, oppoq yuziga har qanday odamni özidan nari itarib, qandaydir himoyalanişga majbur etuvçi tabassum yoyildi. Çöqqisoqol tuşunmagan, göşakni kötarayotib yordamçining öziga-özi savol bergandek aytgan gapi “Ayfon”ga şönğimişga nashʼa qilib, uni suyuntirib yuborgan edi. Bu holat  çöqqisoqol könglida ğivirlab turgan qörquvni negadir vahimaga aylantirib yubordi va jöyali taklifni öz vaqtida bajo keltirmaganiga taassuflanayotgandek, darhol joyiga ötirib oldi.
“Ayfon”ga şönğimiş “Ayfon”ga şönğigan edi.
Çöqqisoqol ikki kaftini tizzalari ustiga odob bilan qöygança, barmoqlarining uçlari qattiqroq titragan köyi öz mehrobiga kirgan edi.
Yarmi içkari kirgan ostonadagi ayolning yarmi hamon taşqarida edi.
Telefon raqami terib, joyiga tuşolmayotgan yordamçi asabiylaşmoqda edi. U, axiyri, göşakni qölida tutib turgan holda “Ayfon”ga şönğimişga yuzlanib, undan kimningdir boşqa telefoni bormi-yöqligini söradi. “Ayfon”ga şönğimiş öng qölini yuqori kötarib, “yöq”, maʼnosida silkitib qöygaç, yordamçi yana raqam terişga kirişdi.
– Allo! – qiçqirib qoldi u kökragini kötarib, özini kursisi suyançiğiga taşlaganiça. – Nega kötarmaysiz?
Yordamçi göşakni öng quloğidan çap quloğiga oldi. Uni quloğida kifti bilan qisib tutganiça, allaqanday qoğozlar örvin-töda bölib yotgan stoldan öziga kerakli qoğozni topib, unga nimalarnidir yoza boşladi.
– Şumi? – göşakning u yoğidan özigagina maʼlum bölgan narsani lab burgança söragaç, qölidagi ruçkani özi ijod qilgan qoğoz ustiga bepisand uloqtirdi. Keyin göşakning u yoğidan kelayotgan gaplarni goh stol ostidagi tuflisining uçiga, goh çöqqisoqolning andijonça baland döppisiga, goh ostonadagi ayolning sumkasiga körib-körmay tikilgança tinglay boşladi. Tinglagani sayin uning jonsarakligi oşib, alamini nimadan olarini bilmagandek stol ustidagi narsalarning goh unisini, goh bunisini olib yana joyiga taşlar edi. Törtburçak öçirğiçni gugurt qutisini öynagan kabi öynab, biror burçagida tik turğozolmagaç, uni stolning bir burçagiga otib yubordi.
– Lom esingizdan çiqmadimi mabodo? – axiyri toqati tugab, haligina eslagan matohini yana tilga oldi. – Özingizga qarang!
U göşakni “şaraq” etkazib joyiga taşlaganida ayol yana çöçib tuşdi.
Örnidan turmoqçi bölgan çöqqisoqol qandaydir mulohozaga borib, mehrobida qoldi.
– Gapini qarang, – dedi yordamçi yana “Ayfon”ga şönğimişga yuzlanib. – Men qayoqdan olaman deydi. Bu gapini nega menga aytadi, aytsin edi öşanda ortini qilpillatmay.
Telefon jiringladi.
Yordamçi göşakni kötardi.
– Allo, eşitaman! – u stol ostidagi tuflisining uçiga tikildi. – Xöjayin yöq edilar. Xöp, aytib qöyaman.
U göşakni bu gal joyiga ohista qöydi.
Endi “Ayfon”ga şönğimiş unga, kim ekan, degandek “Ayfon”idan lahza boş kötarib yuzlandi.
– Dum! – iljaydi yordamçi. – Qayoqdalar deb sörayapti.
“Ayfon”ga şönğimiş boş kötarib qiziqqani uçun afsuslanayotgandek yana “Ayfon”ga şönğidi.
Yordamçi çöqqisoqolning gavdasi tösmagan oynavand orqali taşqarida kimningdir kelayotganini payqadi va örnidan turdi.  “Ayfon”ga şönğimişga im qoqdi.
– Opa, yölni tösmay yo içkari kiring, yo taşqari çiqib turing, – dedi yordamçi endi ostonada turgan ayolni payqab qolgandek.
Çöqqisoqol ayol tomonga mutakabbirona qarab qöydi. U hamon öz mehrobida qoyim edi.
“Ayfon”ga şönğimiş suyaklari uvişib qolgandek örnidan turdi. Kerişdi. “Ayfon”ini qöltiğiga qistirib, barmoqlarini birma-bir tortib qisirlatdi.
–  Ana-a, joy bor! – u tomdan taraşa taşlagandek çöqqisoqolga yer ostidan ilkis qarab oldi.
Şu çoqqaça biror söz aytmagan “Ayfon”çining tuyqusdan tilga kirganidanmi yoinki kimga qaratilgani nomaʼlum gap aytib, unga majhul maʼnoda qarab qöyganidanmi, çöqqisoqol dabdurustdan sarosimaga tuşdi. Umuman olganda, u şu xona muhitida negaligini özi ham bilmagan holda mana şu “Ayfon”çidan hadiksirab-hayiqib qolgandi. Özi tanimagan, avvallari biror marta körmagan, kimga öxşatişini-da bilmagan farzandi tengqur nomaʼlum bir yigit öz-özidan, heç narsa demasdan, unga qarşi biror söz aytmasdan yoş bolalar ham qöldan qöymay öynab yuradigan “Ayfon” öynaganiça uning köngliga dahşatli vahima-qörquv sola olişi mumkinligini tasavvur etişning özi ham juda ğalati, köz körib-quloq eşitmagan hol edi. Gapning sirasini aytganda, u mana şu “Ayfon”çi tufayligina ortiqça saʼy-harakatdan özini saqlab, taqvodorona odob saqlab ötirgan edi.
Şu çoqda ayolning ortida jikkakkina kişi körindi.
– Opa, ötsak bölami? – dedi-yu, ğayriixtiyoriy ravişda çetlangan ayolning yonidan “şilt” etib özini içkari urgança xona örtasida hoziru nozir böldi.
Eski tanişini tasodifan uçratib qolgandek, dik etib örnidan sakrab turib, qöl qovuştirgan çöqqisoqolning közlaridagi mung tuyqusdan qaygadir mahv bölib, çaraqlab ketdi. U hatto öz kursisini yordamçi stoli tomon ozroq jildirib, ayolga yonidagi kursini körsatib imlaganiça, xalaqit bermay kelib ötirsang-çi, degan maʼnoda imo-işora qilib qöydi. Ayolning nigohi buni ilğab, özi ham noqulay vaziyatdan qutilganiga suyungandek tezgina kursiga borib ötirgandagina, çöqqisoqol ham, ayolning özi ham indamas “Ayfon”çining tuyqusdan tilga kirib aytgan gapi maʼnosini ilğagandek böldi.
Jikkak kişi yalang boşining tuksiz old qismini kafti bilan sidirib, orqa tomonidagi, quloqlari yonida kuyib ketgandek siyrak sarğiş soçlarini avaylayotgandek siypab qöyarkan, hamon tavoze qilib turgan çöqqisoqolga, taniş bölsa  kerak, degan öyda boş irğadi. Çöqqisoqol bağoyat yuksak iltifotga sazovor bölgandek oğzi quloğiga yetgança iljayib, taʼzim bajo qildi.
Yordamçi çap qölini köksiga qöygança öng qölini tavoze ila uzatib, “Ayfon”çi esa öz haddini biladigandek biroz nopisandroq, ammo quçoqlaşib körişişdi.
– Bormilar? – deb söradi jikkak kişi boşi bilan mudirning xonasi tomon işora qilgança.
– Marhamat, – dedi yordamçi qöli bilan mudir xonasi eşigini körsatib. – Telefon bölib qoluvdi…
Jikkak kişi keskin qöl siltadi va yordamçi yugurib borib oçgan eşikdan ponadek içkari kirib ketdi.
Uning ortidan avval “Ayfon”çi, keyin yordamçi kirişdi.
Yordamçi qaytib çiqib, stol ustidan allaqanday qoğozlarni olib yana kirib ketdi.
Qabulxonada çöqqisoqol va ayol qolişdi.
– Hasanbank! – xitob qildi çöqqisoqol jikkak kişini körib öz muammosini esdan çiqargandek.
 – Kim? – xonada ikkovidan bölak boşqa birov bölmagani bois bu xitob öziga qarata aytilganiga şubha qilmagan ayolning oğzidan beixtiyor ona tilining olmoş turkumiga mansub şu söz çiqdi.
– Hasanbank! – takrorladi ona tilining ot turkumiga işqiboz çöqqisoqol. – Tumanning eng katta boylaridan.
Ayol bunaqalarni heç körmagan esa-da, “boy” deb eşitganida boşqaça tasavvur etgan ekanmi, oğzini oçgança u kirib ketgan eşikka angrayib qarab qoldi.
– Yigirmata dökoni bor, – sonni sifatga döndirdi çöqqisoqol. – Bozorning örtasidagi katta kappon ham şuniki.
Ayol jikkakkina bir odamçada şunça köp narsalar borligini aql tarozisida ölçay olmay turganida, çöqqisoqolning aqli öziga keldi.
– Siz ham iş masalasida keluvdingizmi? – deb söradi.
– Ha, – boş irğadi ayol.
– Texnikumni bitirganmisiz?
Ayol boş irğadi.
– Tört yillikmidi?
Ayol yana boş irğadi.
Endi çöqqisoqol ijikilab sörayotganining sababi ayon etdi.
– Meni ayolim ham şunaqa, – dedi yana taqvodorona holga kirib. – Öşa vaqtda maktablar ön yillik edi-ku. Öninçi sinfni bitirib, pedtexnikumda ham tört yil öqigan, ön tört yil. Endi bu texnikumlar kollejlarga aylanib, hozirgi yigit-qizlar ön ikki yilda bitirib qöyişyapti, – çöqqisoqol ayol tomonga tezgina nazar taşlab oldi. – Heç iloji yöqmikan-a?
– Bilmasam, – ayol kift qisdi. – Direktirimiz özingiz borib uçraşib köring, dardu davongizni ayting, ruxsat berişsa işlayvering, mengayam şunisi qulay, dedi.
– Bungayam şunaqa deyişipti, – çöqqisoqol çap quloğining ostini qiziyotgandek ohista qaşib qöydi. – Yigirma olti yildan beri işlaydi-da, tarbiyaçi. Ertamitan hali bomdodga turmasimdan jönavoradi, borib bolalarni uyğotib, istalavoyga optuşib ovqatlantirar ekan…
– Bizayam şu-da, – dedi ayol özi haqida gap ketayotgandek ança dadillanib.
– Keyin kiyintirib, öqituvçisiga topşirar ekan, silardayam şunaqami?
– Şu-şu, – ayol tezgina boş irğab qöydi.
– Köpçiligining ota-onasi tuppa-tuzuk odamlar ekan-a? – deb davom etardi çöqqisoqol açingannamo.  
– Ha, şunaqa, – dedi ayol endi mana şu çöqqisoqolga umidvorlik bilan boqib. – Ayamning işlari ham biznikidaqa ekan, hali pensaga çiqmovmidilar?
– Ikki yil qoluvdi.
– Menga esa hali uç yil bor, – ayol beixtiyor barmoqlarini bukib sanardi. – Bir yil qolganda ham ilojini topsa bölarkan.
– Hamma gap şularda-da, – xonada özlaridan bölak heç kim bölmagani uçun çöqqisoqol mudirning eşigini qöli bilan dadil körsatişga jurʼat etdi. – Yuqoridan aytsa, darrov bajarişadi.
– Yuqorida tanişimiz yöq-da, – dedi ayol afsuslanayotgandek.
– Anavi Hasanbankka öxşaganlarga ham yöq deyişmaydi, – çöqqisoqol ilojini topişning turfa yöllarini  bir-bir xayol çiğiriğidan ötkazayotgandek körinardi.
Ayol yana munğayib qoldi.
Şu çoq mudirning eşigi şitob oçilib, yordamçi otilib çiqdi. U qölida daftar va ruçkani şoşa-pişa stol ustiga qöyarkan, çöqqisoqol va ayolga, haliyam şu yerdamisizlar, degandek norozi qiyofada nigoh taşladi. Keyin oçiq eşik oldiga borib, içkaridagilarning çiqişini qöl qovuştirib kuta boşladi. Hadeganda birovning qorasi körinavermagaç, sabrsizlik bilan öng oyoğini ohista ostonaga qöyib enkaydi va oçiq eşikdan içkari möraladi, birovga töqnaşib ketgandek darhol qad rostlab, maqbara qorovuli kabi turdi.
– Şu-u bölami özi yo yöqmi, a-a? – ichkaridan Hasanbankning ovozi yangrab çiqdi. – Bölamizning dumi-da, yopişib opti enağar.
Öng qölini soqqa sanayotgandek şimining çöntagiga çuqur botirib olgan, çap qölini esa ortidagi kimgadir silkiy-silkiy gap uqdirmoqçi bölayotgan Hasanbank içkaridan yonlamasiga yurib çiqib keldi. Oynavand devor tomonda öz dardini aytiş navbatini kutib ötirganlarga şu tariqa orqa ögirib qolgan esa-da, çöqqisoqol “dik” etib örnidan turib, darhol qöl qovuştirdi.
– Bölamiz ham qörqaq-da, qörqaq, – derdi Hasanbank hamon yonlamasiga turib olgança,  aytayotgan gapini öziga ergaşib çiqayotgan boşqa birovga tuşuntirmagunça uning taşqari çiqişiga izn bermaydigandek bir alpozda. – Özi, qistaloq qoysi bir opisserning xotini bölgan ekan, yurasanmi şuni ortingdan dum qilib, opisserning pagonini yulipti-ku, seni nimangni yuladi desam, şu safar ham aytqonini qilay, keyin mayli deydi. A, şef, şu iş bölami, dangalini ayta qöy.
Bu gaplar quloğiga çalinayotganidan nashʼa qilayotgandek köringan çöqqisoqol qandaydir xayolga borib, eşik tomon yurmoqçi bölib endi qadam taşlovdi hamki, huşyor yordamçi uning bu xatti-harakatini payqab qolib, özining masʼuliyatli postini taşlab hojatxona tomon çopgan içburuğ maqbara qorovuli kabi u tomon yugurib keldi va çaqçaygança:
– E, nima qilyapsiz? – dedi savolining mazmunidan ham köra ohangiga kuç berib. – Es bormi?
Çöqqisoqol zör gunoh işga qöl urgandek yordamçiga ğiq etolmadi, taşqariga uloqtirilişidan hadiksiragança yana joyiga ötirib qoldi. Uning hayajonli holati ayolga ötib, uniyam junjiktirib yuborgandek böldi.
– A-a, bu boşqa gap! – Hasanbank endi yonlama turgança öng qöli bilan soqqa sanaşning ham, çap qölini silkişining ham hojati qolmagandek, darhol ikkala qölini ortga qilib qovuştirdi. – Aytaman bölamga, boşqa aralaşmayman, dumingni bir yildan keyin kesib yuborişsayam işim bölmaydi, deyman. E, tuf-e, şunaqa lankalarning örgatgan ögitiga…
Qabulxona eşigi ostonasida şu çoqda köz ostlari qop-qora, kallasi yum-yumaloq, qorni osilib tuşgan, past böyli, «Panda» laqabli sanoat qurilişi kollejining kimyo öqituvçisi harsillab töxtadi. Öng qölini eşik kesakisiga tirab, gavdasiga ozgina dam bergandek böldi. Bor alamini şundan olişga çoğlangandek, dumaloqlangan gazetani çap qölida qattiq qisimlab olgandi.
– Bir piyola suvlaring yöqmi? – söradi u eşik kesakisiga öng yelkasi bilan suyangança biror joyga qaraşga  holi kelmayotgandek.
Halizamon çöqqisoqolning odim otmay turiboq oyoq kötarmoqçi bölganidan ötakasi yorilayozgan yordamçi  “Panda”ning bu qiliğidan özini qöyarga joy topolmay qoldi va yeldek uçib borib, uning çap yelkasidan uşlagança taşqari surib çiqarmoqçi böldi.
– Aka, bir minutga taşqari çiqib, közga körinmay turing, – dedi yalinayotgandek. – Hozir naryoqdan odamlar kelişgan…
 – Astma! – xirilladi tomoğini körsatib “Panda”. – Sillani quritib yubordi, hozir nafas olvolay.
Yordamçi qöl siltab yana joyiga ketdi. Bu favqulodda vaziyatga çöqqisoqol va ayol oğiz oçgança qarab qolişdi. Çöqqisoqol yordamçining qiliğigami, “Panda”ning holatigami – nimagaligi nomaʼlum, “ttuttu”lab boş çayqab turganida, ayolning yodiga nimadir tuşib qolgandek, darhol sumkasini qöliga olib titkilay ketdi va biqiniga “Nestle” deb yozilgan yorliq yopiştirilgan, içidagi suvining yarmidan ozroği içilgan baklaşka çiqarib, şoşa-pişa sanoat qurilişi kollejining kimyo öqituvçisiga yordamga oşiqdi. Oçilgan qopqoğini özida olib qolib, unga baklaşkani tutqazgandi, “Panda” yutoqqoniça baklaşkada qolgan suvni bir kötarişda qultillatib içib tugatdi va idiş turgan qölini kötarib, kaftining orti bilan labini artdi. Söngra idişni közining röparasida tutib,  umidvorlik bilan termuldi va böm-böşligidan jahli çiqqandek yelkasi oşa uloqtirib yubordi.
Ayol qopqoqni kaftining orasida yaşirgança iziga qaytdi.
Hasanbankning ortidan baland böyli, keng yelkali, örta yoşlardagi, qorin solgan pahlavon çiqib keldi. Uning yengi kalta oq kuylagining yoqasi qizil böyinboğ bilan ğippa buğilgan edi.
– Böpti! – Hasanbank ortiga qovuştirilgan ikkala qölining öngini böşatib kötardi va yelkasi oşa silkitib qöydi, keyin ikkala qöliniyam yana çöntaklariga suqib oldi. – Özim ketaman! Özim keldim, özim ketaman!
– Hurmatingiz bor, aka, – mudir belkurakdek qölini misgardişdek köksiga muloyim qöygança gavdasiga nomunosib ravişda ingiçka ovozda çiyilladi.
– A, qöya! – öng qölini çöntagidan çiqarib, boşining ortini tirnayotgandek qaşiyotgan Hasanbankning nigohi töğridagi eşik kesakisiga suyanib turgan “Panda”ga tuşib qolib, bir zum qaşinişdan töxtab, bu maxluq kim bölsaykin, degandek oğzini oçgança qarab qoldi va tuyqusdan nimadir yodiga tuşib, qiyqirib yubordi. – E, oşna, özingmi?
Ayol bergan suvni sipqorib nafas rostlagan “Panda” tasodifiy bu uçraşuvdan qandaydir özini yöqotib qöyayozgandek, yordamçining söziga könib bu yerni tezroq tark etmaganidan afsuslangança sarosimalanib qoldi. Ammo ayni damda endi heç qayoqqa qoçib qutulişning iloji yöq, Hasanbank uning tumşuği ostiga yetib kelib, qanday vazn orttirganini nigohi bilan ölçab körmoqçi bölayotgandek boşdan-oyoq sinçiklab razm solmoqda edi.
– F-fu! – çöntagiga suqilgan çap qölida soqqa sanab turgan Hasanbank öng qölini yuqori kötarib, “Panda”ning yelkasiga taşladi. – Ja-a qarib ketipsan-ku, oşna?
“Panda”ning qop-qorayib ketgan köz jiyaklari ortida nimadir alamli yiltilladi.
– Ado böpsan! – uning yelkasidan olgan qölini ham çöntagiga suqqan Hasanbankning jonsarak nigohidan “Panda”  ğijimlayotgan gazeta çetda qolmadi. – Haliyam öşa bemaza odatingni taşlamabsang-da, – u ortiga qarab kallasini öng tomonga qiyşaytirdi va mudirning yonidan  xona örtasida telefoniga qarab-qarab qöyayotgan “Ayfon”çiga söz qotdi. – Mana, sizlar kimlar bilan şuğullanişlaring kerak, qölidan gazet tuşmaydi.
“Ayfon”çi ham endi “Ayfon”ini ortiga yaşirib, “Panda”ga gumonsirayotgandek qarab qoldi.
– Bu otliçnik edi! – tuşuntirdi Hasanbank taftiş etilayotganning baʼzi bir gunohlarini eslatib qöyişni öz burçi deb bilgandek. – Ammo peşonada bömasa qiyin ekan. Maktabda neççi bahoga öqigansan, deb birov bizdan sörarmidi? Gap peşonada!
“Panda” nima deyarini, nima qilarini bilmay qolgan; bu yerga nima uçun kelgani ham yodidan kötarilgandek edi.
– Ha-a, buyaqda? – “Panda”ning yodidan kötarilganini esiga tuşirib qöymoqçi bölgan Hasanbank çap qölining körsatkiç barmoği bilan belkurakdek qöli hamon misgardişdek köksida turgan mudirga işora qildi. – Manavi galvarsga işing tuşgan bölsa hoziroq ayta qöy, meni oldimda ayt, töğrilab beradi, töğrilab bermasa, özining kovuşini töğrilaymiz.
Mudirning kattakon kallasi çayqalib ketdi, “Ayfon”çi darhol öta jiddiy qiyofaga kirdi, yordamçi stol ustini titkilab nimalarnidir izlay boşlagandek körsatdi özini.
– Aptobus kerak edi, – harsilladi “Panda”.
– Qanaqa aptobus? – ilib ketdi Hasanbank. – Aptobusni nima qilasan? Töy qilyapsanmi yo?
– Paxta çopiğiga, – közlarini pirpiratdi “Panda”. – Dalaga çiqişimizga aptobus kerak edi.
– E-e! – mudirga yuzlangan Hasanbankning xitobi yangradi. – Çopiqqa çiqarasanlar-u, ulovini bermaysanlarmi? Purkurorga aytayinmi?
Sobiq sinfdoşi huzurida öz qudratini namoyiş etmoqçi bölgan Hasanbankning “galvars” deb ataganidan aççiği çiqib, undan qanday alamini olişni bilmay turgan  mudir “purkuror” sözini eşitgaç, galvarsligi ham yodidan kötarilib, yöl qöygan xatosini töğrilaş payiga tuşdi.
– Çopiqqa qatnaşadigan maktablarga avtobus qöyganmiz, – hammasiga sen aybdorsan, deyayotgandek “Panda”ga ola qarab qöygança çiyilladi mudir.
– Qatnaşmaydigani ham bor ekan-da, demak? – uning tilidan tutmoqçi böldi Hasanbank.
– Ha-a, endi-i… – çaynaldi mudir. – Nogiron bolalar internati…
Uning “nogiron bolalar internati” degani ayolning quloğini ding qildi. Hattoki, örnidan turib ketayozdi. Öz muammosini hal etişning qulay örni kelib qolganday yuragi duk-duk bezovta urgança, aytmoqçi bölgan gaplarini xayolida pişita boşladi: “ön sakkiz yildirki, men siz aytgan ana şu internatda tarbiyaçilik qilaman; ön sakkiz yildirki, qişin-yozin ertalab soat oltida internatga yetib boraman, bolalarni uyğotaman, kiyintiraman, oşxonaga olib borib ovqatlantiraman; bir yili internat yopiladi deyişganida bu bolalar qayoqqa boradi deb hammamiz yelibyugurganmiz, keyin u yopilmay qolgan; bir xilisi kap-katta bölsayam özini eplolmaydi, ertalab kelganimizda yotgan joyini höllab qöygan böladi, bir xilisi esa undan kattasini ham tutib turolmaydi – xudoning yaratgan bandasi-da, bu beçoralarning gunohi nima, çoyşablarini yiğib kirxonaga topşirib yuboramiz, u yerda Sayyoraxon, Diloromxon, Malikaxonlar çoyşab-soçiqlarni öz uyidagidan köra ham top-toza qilib yuvib berişadi, narigi dunyoga borganimizda savobi tegib savol-javobimizni oson qilsin, deyişadi-da; şunaqa işlarning savobi katta bölarkan; öninçi sinfdan keyin tört yil pedtexnikumda öqib turmuşga çiqib ketuvdim, bu kişim işlab nima qilasan, uydagi rözğor yumuşlari ham senga yetib ortadi deb taşqariga çiqqani qöymas edilar, öşa vaqtlarni eslasam tozayam begoyimlarday yaşagan ekanman-da, deb qöyaman özimga-özim; qaynota-qaynonamning oğzidan “sen” degan söz çiqmasdi, meniyam sizlaşardi, ular-ku mayli, oşini oşab yoşini yaşaşgan edi, bu kişimniki yomon böldi, biror marta tiş oğriğidan ham şikoyat qilmagan pahlavondek odam-a, qaynota-qaynonamni ham şu kişimning dardi ado qildi; xayriyatki, şu internat, şu bolalar bor ekan, yöqsa men ham adoyi tamom bölardim; öşanda endi menga ham hayotning qiziği yöq, deb oradan bir yil ötgan bölsayam egnimdagi aza kiyimimni yeçmay, uyda ustimdan eşik qulflab ötirganimda kirxonada işlaydigan ana şu Sayyoraxon dugonam kelib, bölib ötgan işlarga salovat, nima, xudodan ham zörmiding uning irodasini tan olging kelmaydi, xudoga şukr, farzanding bor, taqdir nasib etgan bölsa, yana öz tengingni topib ketasan, deya gap boşlayotuvdi, erimning ruhini çirqiratadigan bunaqa gaplarni aytişga qanday tiling bordi, deb uni uydan haydab çiqarmoqçi böldim; ammo u xafa bölmay, böpti-böpti, bunaqa gaplarni boşqa aytmayman, ammo oldingga boşqa iş bilan keluvdim deb qoldi; nima işi bor ekan Sayyoraxon dugonamning deb unga quloq bersam, jöyali taklif bilan kelgan ekan;  pedtexnikum diploming bor, bizning internatda senga öxşab şunaqa joylarda öqiganlar tarbiyaçilik qilişadi, xohlasang suriştirib beraman, direktirimiz Ziyodaxon yoş bölsayam juda aqlli, tuşunadigan juvon, yöq demaydi, işga kirsang mengayam yaxşi böladi, billa-billa borib-kelaveramiz, deb qoldi; avvaliga indamovdim, bir haftagaça tinmay oldimga kelib-ketaverdi, oxirgi kuni baland böyli, kulça yuzli, közlari kulib turgan öttiz beş yoşlardagi juvon bilan kirib keldi, Ziyodaxon degani şu ekan; u boşimdan ötgan işlarni Sayyoraxondan eşitib, özim borib gaplaşib köray-çi, degan ekan (şu Ziyodaxonning ham boşidan köp işlar ötdi!); yöq deya olarmidim, meni avval tanib-bilmagan direktirning özi kirxonada işlaydigan bir dugonamning gapiga kirib kelib turganidan keyin; öşa-öşa işlab ketdim, qaytanga, yaxşi bölgan ekan, şu nogiron bolalar dardimni olişdi, bir kun körmasam soğinadigan bölib qoldim, dam oliş kunlarida olib ketişga keladigan otaonasi hayallab qolsa, uyga olib ketaverardim, bundan ularning ham köngli tinçib  indamay qöya qolişardi; uyda öyinçoqlarni öğlim bilan talaşib-tortişişlari jahlimni çiqariş örniga negadir meni quvontirardi – birovga aytsang işonmaydi, bunaqasi bölmaydi, deb; şu-şu, mana şu internatda sakkizta direktir bilan işladim, ammo Ziyodaxonga öxşagani qaytib kelmadi, mana endi nafaqaga çiqişimga uç yil qolganida örta maʼlumotli ekansan deb işdan böşatişmoqçi; özi, bunga ön yil avval qaror qilib qöyişgan ekan; öğlim öqişni bitirib olgandayam mayliydi, ungaça yolğiz uyda suppayib yana içim siqiladigan bölib qoladimi deb qörqaman; Sayyoraxon dugonam esa aytadiki, işingni bizning oldimizga kirxonaga ötkaza qol, öşa köradigan bolalaringni körib yurasan, deydi… şunaqa qilsammikan… ketsammikan… öğlimning öqişi qolib ketmasaydi… mayli, ungaça çopiqqa ham, terimga ham ham jon-jon deb borardim, öqituvçi-tarbiyaçilarimizni burnoği yili ön kunlik terimga olib çiqişgandayam hammadan köp paxta terib, mukofot oluvdim, Sayyoraxon dugonam, balo ekansan, hammani qoyil qoldirding, bunaqada köz tegib qolmasin devdi, yo köz tegdimikan…”
Ayolning xayolida pişitayotgan gaplari şu qadar köp ediki, ularning qay birini aytişni bilolmay, közlaridan tirqirab yoş çiqib ketdi.
– Hammasiga aptobus qöyganmiz deb katta ketasanlar, – derdi Hasanbank sobiq sinfdoşiga özini körsatib qöyiş uçun endi özini tobora qöyvorayotganini ham sezmay-a, bular-çi, bularga qöymapsizlar-ku?!
– Kollej va litseylarning öz avtobusi bor.
Hasanbank “Panda”ga qaradi.
– Karbiratori ölgan, motori ham ötirgan, – zörğa nafas çiqazdi “Panda”. – Işlamay yotipti.
– Karbirator mendan, – vaʼda berdi Hasanbank. – Yurgizib beringlar bularning aptobusini, yayov qolişmasin. Hali terim bor, reja bor – odamlarni asraş kerak!
– Nega yiğlayapsiz? – öz mehrobida xayol ummoniga çölğangança dindoş, millatdoş va qavmdoşga hamdardlik nuqtayi nazaridan hol söraş öz burçi ekanligi yodiga tuşib qolgan çöqqisoqol burnini şölqillatib tortgança, römolining uçi bilan közlarini artayotgan ayol tomon ohista ögirilib past ovozda söz qotdi: – Bu yerda yiğlaganingiz iş bermaydi, singlim, hamma narsa qonun-qoidaga binoan hal etiladi.
Ayol uning gapini maʼqullaganday, boş silkib qöydi.
Hasanbank “Panda”ning yelkasidan ortga itarib, taşqariga çiqiş uçun öziga yöl oçdi. Barçasi çiqib ketişdi.
Ularning ortidan çiqib, qaytib kelgan yordamçi tikka mudirning xonasiga kirib ketganiça ança vaqt körinmadi. Çöqqisoqol ötirgan joyida ortga burilib, oynavand orqali taşqariga umidvorlik bilan qarab qöyardi.
Yordamçi mudirning xonasidan qaytib çiqib, eşiklarni ziçlab yopdi. Qulflab, joyida turgan kalitni joyida qoldirdi. Endi ötirib işlaşning hojati yöqligini namoyiş etayotgandek, özining stolini tik turgan holda tartibga keltirgan böldi, monitorga enkayib qoşini yoydek kötarib tikilgança kompyuterni öçirdi, tokdan uzdi. Stol tortmasini oçib, u yerdan konvert oldi, konvert içidan pul çiqardi, keraklisini sanab, çöntagiga soldi, qolganini qaytib joyiga qöydi. Tortmani yopdi. Yopgan tortmasini yana oçib-yopib kördi.
 Oynavand devordagi oçiq darçani yopdi. Qabulxona eşigi tomon yurdi. Eşikka yetib töxtadi, çöqqisoqol va ayolga sözsiz qarab turdi.
Ular ham sözsiz örinlaridan turişdi.
– Yo, ovlo! – deb qöydi çöqqisoqol öz mehrobidan çiqqani şukronasiga.
 Ular çiqişgaç, yordamçi eşikni qulflab, tuşlikka ketdi.   

…  …  …
Köz öngimda mavhum manzaralar aniq jonlanar, allaqaylarda körib uçratgan odamlar guyo xonamga kirib olişgandek edi.
Muallifning közga taşlanar-taşlanmas mayda harflar bilan bitilgan familiya – ismi yozuvlar ostida omonatday osilib turardi.
Muallifning avval ismi, keyin familiyasi yozilişi kerakligi haqida öyladim-u, şu ondayoq buning heç qanday ahamiyatga ega emasligini his etdim.
Ajabo?! Hammasi aniq, ammo sarlavha örnidagi uç nuqtalar men uçun hamon tuşunib bölmas muammo edi. Ehtimol, bu modernistik, syurrealistik bir nimadir?!
Şu xayolda men muallifni mağribona tamoyillarni suv qilib içib yuborgan, soçlariga oq oralagan jiddiy qiyofadagi baland böyli kişi sifatida tassavvur etdim.
Keyin odatdagidek yodimdan kötarildi.
Bir kuni irrigatsiya instituti yuqori kurs talabalariga analitik algebradan dars ötişimga töğri kelib qoldi. Boşqa tafsilotlarga töxtalib ötirmagan holda şuni aytişim lozimki, mavzu özimniki edi, darslikka ham mening familiyam bilan kiritilgan edi, bir şogirdim şu sababli yopişib olib, iltimos qilgan edi. Talabalar leksiyamni qiziqiş bilan tinglaşdi. Dars söngida ulardan savollari bor-yöqligini söradim.
Savollar har xil edi. Men ularning har biriga qisqa-qisqa javob berdim.  Kötarilgan qöllar orasida orqaroqdagi, qop-qora ingiça bilak ustida qaysidir nomaʼlum ramz kabi oçilib turgan beş barmoq eʼtiborimni tortdi.
– Qani, siz! – qölimdagi qalam uçini töğri öşanga yönaltirdim.
U örnidan kötarildi.
Öşa gazetada yozilgani kabi, avval familiyasini, keyin ismini aytib özini taniştirdi. Bu öşa – men öqigan ğalati uç nuqtalar sarlavha örnida qöyilgan yozuvlar ostida osilib turgan familiya-ismning özginasi edi.
Negadir beixtiyor hayajonlana boşladim.
Ğayriixtiyoriy ravişda tilimga kelganini aytib, uning savoliga javob bera boşladim. Ammo xayolim parişon edi. Qançalik urinmayin, fikrimni bir nuqtada jamlay olmasdim.
Talaba hamon tik turardi.
Uning qiltiriqdek ozğin böyni, şalpang quloqlari ustiga tuşib turgan jingalak soçlari menga nimalarnidir eslatayotgandek edi. Ammo nimaligini aniq bilmasdim.
Undan öşa ğalati uç nuqtalar haqida söramoqçi edim. Nimadir yöl qöymadi. Kimsan, falonçi-pistonçi professorman axir – tasodifan şunçaki familiya ismdoş bölsa, boşqalar nima deydi? Hattoki, uning özi bölib çiqqandayam, har xil gap-sözlarni urçitişning hojati yöq edi – falonçi-pistonçi professor nimalarga qiziqib yuradi, qanaqa gazetalarni mutolaa qiladi – qiçimagan joyni qaşib özimga boşoğriği orttirişim meni çöçitib turardi.
Oradan bir oy ötdi.
Öşanda meni irrigatsiya institutiga taklif qilgan şogirdim bilan uçraşib qoldim. Gap orasida şunçaki esimga tuşganday, öşa talaba haqida söradim.
– Nega sörayapsiz? – şogirdim menga ajabsinib qaradi.
– Savol berganlar orasida durustroği öşa edi.
– Örtaça öqirdi, – çaynaldi şogirdim. – Qobiliyati borligini sezmagan ekanman.
– Bundan keyin eʼtibor berib qarang-çi, – dedim özimni bilmaslikka olgança.
– Endi buning iloji yöq, domla.
Men unga hayron bölib qaradim.
– Oilada onasi ikkovi ekan, – eşitganlari orasida yodida qolganini aytib, tuşuntiriş berdi u. – Onasini işdan böşatişgan ekan, şartnoma pulini tölay olmay öqişni taşlab ketdi, şaroit yaratib beramiz desak ham könmadi.
Xayolimdan lop etib öşa qabulxona ötdi.
Köz öngimda uç nuqtalar jonlandi. Men ularning tobora kattarib borgani sirini fahmlab, his etgandek böldim. Tiniş belgilari ham örni kelganda tenglamalardan kam bölmagan maʼnomazmun kasb eta olarkan – şunisiga hayron edim.
Uç nuqtalar örniga  javobi murakkab bölgan çeksiz söroqlarni qöysa ham bölarmidi?
Bilmadim.
Aytmoqçi, keça Ozodqul yana qönğiroq qilib, domla, ötgan gal örningiz bilindi, bu safar iltimosimizni yerda qoldirmang, deb uvallo yalindi. Ammo bu gal istagan taqdirimdayam soy böyiga bora olmayman. Institutni roppa-rosa yigirma yetti yoşida bitirgan toyloğimizdan xabar olişga boriş uçun bir haftadan buyon tayyorgarlik köramiz. Dudlangan tovuqlar, kolbasa-qazilar. Gornizonni boqmoqçi, şekilli. Hamma ota-onayam şunaqa qilarmiş, bolaginalar hali örganmagan, horib qolişmasin ekan. Toyloğimiz Çirçiqda, diplomni olgaç, bir oylik harbiy xizmatga ketgan. Kamina  yarim yillik maoşini qurtdek sanab berdi – heç gap emas ekan, harbiy hujjat hamma yoqda kerak bölarkan. Bir yillikka borsa bölardi, deb kesatgan edim, ustimdan kulgandek bölişdi. Ungayam bugun çaqirib erta olib ketavermas ekan – ikki ön beş bir öttiz ekan. Nimalar deyapsiz, domla?! Ana-a, söz topolmadim. Menga sanoqdan saboq beradiganlar tölib-toshib yotibdi – murakkab tenglamalar ularning oddiy arifmetikasi oldida ip eşolmaydi.
Uzr, Ozodqul, bu gal ham borolmadim, nasib etsa kelgusi safar mahtal qilmay ötaman, xafa bölma – buvingni eslab tur!

Şoyim BÖTAYEV

1959-yili tuğilgan.
Xöjand davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tamomlagan. “Endi bari boşqaça”, “Köçada qolgan ovoz”, “Hayot”, “Şamol öyini”, “Şohona sovğa” singari qissa va hikoyalar töplamlari, “Qörğonlangan oy”, “Şox” romanlari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…