(Hikoya)
Pasurxilik Sattor bobo bir kam saksonga kirdi. Bir haftaça burun Rahmon dallolning maʼrakasidan çiqdiyu özini noxuş his qildi. Biqinini uşlab, “voy, yuragim”, dedi. Öğillari darrov parvona bölişdi. Peşinga yaqin maşinaga ötirğizib tuman markazidagi kasalxonaga olib ketişdi. Sönggi xabarlarga qaraganda, qariyaning ahvoli oğir. Dam varajalab, dam behuş bölib yotgan emiş. Ammo Pasurxi ahli bu gap-sözga köp ham parvo qilmadi. Çunki ular Sattor boboni yarim hazil, yarim çin “ölmaydigan çol” deb ataşadi. Bu atamada jon bor-ov: axir, Sattor bobo sönggi ön beş yil içida uç-tört marta şu tarzda “ana, ketaman, mana, ketaman” böldiyu, biroq köp ötmay yana oyoqqa turib ketdi. Til tagiga nosvoyini taşlab, qölni belida çaliştirib hamişagidek oqsoqollikda davom etdi. Buning sababini birov bildi, birov bilmadi.
Sattor bobo bir paytlar, maʼlumu maşhur rais edi. Sattor Ğafforoviç bölib majlislarning zörida, Sattor rais bölib töy-maʼrakalarning törida ötirardi. Öşa maşʼum yillar, “Paxta işi” degan qatağon bu kişini ham çetlab ötmadi. Naq ön yilga qamalib ketdi. Aytişlariça, jabrdiyda rais şöro tuzumi çok-çokidan sökilayotgan paytda respublikaga rahbar bölib kelgan jömard bir insonning şaxsan aralaşuvi şarofatidan ozodlikka çiqqan. Tağin miş-mişlarga qaraganda, Sattor Ğafforoviç mahbuslikda oğir maşaqqatlarga, azob-uqubatlarga uçrab, soğligidan ajralgan, öladigan bir ahvolda bölgan. Farzandlar, qavmu qarindoş undan umidini uzişgan. Qarangki, tönğiç öğil bir kun otasining yoniga kirsa, örin-töşakda inqillab yotgan sobiq rais örnidan turib apil-tapil kiyinib yotibdi!
“Ota, özingizmi, tuzalib ketdingizmi?” – deb ham quvonçdan, ham taajjubdan qiçqirib yuboribdi tönğiç öğil.
“Bolam, – debdi Sattor bobo, – respublikamiz rahbari menga öxşaganlarga mehr körsatdi, ğamxörlik qildi. U kişi meni ham qamoqdan, ham tuşkunlikdan, ham ezginlikdan qutqardi. Endi buytib yotişim, uyat, qölimdan kelganiça el koriga yaray”.
Şu-şu, Sattor bobo soğayib, oyoqqa turib ketdi. Köp ötmay, Özbekiston Mustaqillikka erişdi. Bu xabarni eşitgan pasurxiliklar bayram qilib yuborişdi. Doşqozonda oş damlab töyu tantana qilişdi. Öşanda Sattor bobo davrani bermay, çapaniçasiga raqs tuşarkan, “hali-beri öladigan ahmoq yöq, endigina yoruğ kunlarga yetib keldik”, deb baralla eʼlon qildi.
Sobiq rais qişloq oqsoqollaridan biri sifatida elning taşvişiyu quvonçli kunlarida kamarbasta bölib yurdi. Ammo bu yoği qariçilik, bu yoği qismat, goh köksi, goh biqini sançib qoladi. Dam-badam xuruj qilayotgan oğriqlar oxir bir kun Sattor boboni yana töşakka mixladi. Farzandlar zimdan dafn marosimiga tayyorlana boşladi. Bemor ikki haftaça oğir ahvolda yotdi. Juma kuni edi. Darvoza yonida ziyolinamo bir kişi paydo böldi.
“Sattor Ğafforoviçning uylarimi? Bobo qayerdalar?” – deb söradi u taklifni ham kutmay içkariga kirarkan.
Tönğiç öğil istar-istamas javob berdi.
“Otam kasal. Ançadan beri oğir yotibdi”.
“Nima? – deb çinqirdi notaniş kişi, – u kişining kasal bölişga haqqi yöq hali. Men tuman hokimiyatidan keldim. Kattakon boboni sörayapti. “Nuroniy” jamğarmasiga boş-qoş bölib, işini biroz jonlantirib bersin deyapti”.
Bemor vakilning taklifini eşitarkan, yumuq közlari asta-sekin oçilib, nafas olişi ravonlaşdi.
“Yaxşi, – dedi u hammani ajablantirgan köyi yotgan joyidan qaddini rostlar ekan, – erta hokimga özim uçraşaman”.
Vakil ketdi. Sattor bobo ertasi kuni xuddi şu paytgaça hazillaşib yotganday töşakdan turdi. Ohorli kiyimlarini egniga ila boşladi.
“Hokim bova özlari hurmat körsatib odam yuboribdi, – dedi u talmovsirab turgan öğliga, – men ham izzat qilib özim boray, eʼtibori uçun rahmat aytay, lekin taklifi menga töğri kelmaydi. Pasurxi markazdan uzoq”.
“Ota, özingiz tuzukmi?” – deb çaynaldi öğil. U, hoynahoy, qariyaning tağin dabdurustdan oyoqqa turib ketganiga işonqiramay turardi.
Sattor bobo unga xömrayib qöydi.
“Otdayman. Nima, ölişimni kutib turganmidilaring. Yö-ö, hali nasibam uzilmagan, hali el koriga köp kerakka öxşayman, menga bölgan eʼtiborni körmayapsanmi?”
Öğil mulzam bölib qoldi.
Sattor boboning baland, salobatli ovozi yana Pasurxi qirlarida aks-sado berib qoldi. Qariya tağin odatdagidek bardam, tetik hayot keçira boşladi.
Oradan haş-paş degunça tört-beş yil ötdi. Keksalik yana öz kuçini körsatdi. Boysunga xos qahratonlarning birida Sattor bobo yana xastalanib töşakka quladi. Bu gal xiyla uzoq, naq erta köklamgaça yotdi. Hatto tildan qolganday ham böldi. Dafn marosimiga atalgan matolar yana sandiqdan çiqdi. Qişloq çollari tez-tez bemor bilan xabarlaşib turişar, uni zeriktirmaslik uçun yonida özaro gurunglaşib ötirişar edi.
“Eşitdilaringizmi, – deb qoldi Rahim dallol, öşa erta köklam kasal körgani kelganlarga qarata, – bizning Boysundan ham temir yöl ötarkan. Hozir Dehqonobodgaça kelibdi”.
“Ha, ötgan hafta Qarşiga borganimda öz közim bilan kördim. Şunday voqea bölyapti”, – dedi Salim çol.
Uçinçi suhbatdoş çinqirib gapga qöşildi.
“Buyoği Qumqörğon tomondan qurilib kelyapti. Hademay temir yöl Boysunga yetadi. Mening öğlim ham ular bilan işlayapti”.
Bir payt… bir payt Sattor boboning qoboqlari asta kötarildi. Sarğiş-siyrak kipriklari pirpiradi. Söng tegrasida gurung qilib ötirganlarga sönik közlarini yugurtirdi. Hamma hangu mang.
“Nima, – dedi sobiq rais, sobiq bemor, – temir yöl?! Qanaqa temir yöl?!”
“Poyiz yuradigan iz-da, rais…” – deb ğudrandi Rahim dallol.
“Boysundan ötarkanmi?”
“Ha”.
“Qaçon?”
“Tiramohgaça qolmay kep qolar”, – deb qöydi Salim çol.
Sattor bobo heç kutilmaganda ohista qad rostlab ötirdi. Bir piyola yaxna çoy sipqordi.
“Bunga işoniş qiyin-ov, – deb pönğilladi u, ammo qaroqlari qandaydir uçqunlanib borardi, – şunday toğu toşdan temir yöl ötarkanmi? Odam ot-eşakda arang yuradi-yu…”
“Gapimiz çin, temir yöl jadal qurilyapti” – dedi Rahim dallol
Sattor boboning çehrasida qandaydir xayollar aks berdi. Közlari tobora porlab, lablarida kulgu öynadi.
“Mayli, tiramohgaça sabr qilib turaman. Toğda temir yöl quriş möjiza-ku?! Möjizani körmay ölgim yöq”.
Sattor bobo hammani angraytib taşlaganiça yana soğayib ketdi. Temir yöl Darbanddan ötgan kezlar bitta katta qöçqorni söyib, quruvçilarga özi haşarlik olib borib berdi.
Oradan kunlar, oylar, yillar ötdi. Öşa möjizakor bunyodkorlik nihoyasiga yetdi. Toğu toşlar aro ökirib poyezdlar qatnay boşladi. Temir yölga qöşilib olis ovullarga taraqqiyot kirib keldi. Hammayoqda ulkan özgarişlar yuz berdi. Sattor bobo bunday hayratomuz yangiliklardan naq ön yoşga yaşardi. Hatto, quvonçdan terisiga siğmay, qişloqdoşlari nomidan Prezident nomiga minnatdorçilik xati yölladi.
Mana, tösatdan, Rahim dallolning maʼrakasidan Sattor bobo yana xastalanib qaytdi. Ikki haftadan beri Termizda davolanib yotibdi. Ammo bu gal vaziyat juda jiddiyga öxşaydi. Qariya hatto tamaddidan boş tortayotgan emiş.
Sattor boboning kenja öğli Xayrulla hovlidagi supada xomuş ötiribdi. Har köringanga ilhaq qaraydi. Termizdan biror darak opkeldimikan, degan ilinj bilan tikiladi. Bir payt darvoza yoniga mototsikl kelib töxtadi. Qişloq poçtaçisi Xonimqul ekan.
– Buva qayoqda? – deb söradi u hovliqib.
Xayrullaning ensasi qotdi.
– Termizda… özingiz ham bilasiz-ku.
– Ha-a, aytgança, – deb peşonasiga şapatiladi Xonimqul, – men rais buvadan suyunçi olmoqçi edim.
– Qanaqa suyunçi?!
Xonimqul lab-lunji yoyilgan köyi, sumkasidan gazeta çiqardi.
Xayrulla xuddi şu gazetani bayroqday kötarib, olam-olam quvonçga qorişib, otasi yotgan palataga köndalang bölganida kun peşindan oqqan edi. Uni bösağada katta akasi qarşi oldi.
– Tiş-ş… – dedi u barmoğini lablari ustiga bosib, – şovqin solma, yaxşi, kakraz özing kep qolding.
– Nima gap? Tinçlikmi?
– Otam ertalab hammalaring yiğilinglar, vasiyatim bor degan edi.
– Qanaqa vasiyat?! – deya çinqirdi Xayrulla palata içiga bostirib kirarkan, – men xuşxabar opkeldim.
– Qanaqa xuşxabar? – deya ergaşdi aka.
Xayrulla gazetani Sattor boboning yostiği yoniga qöyarkan, iljaydi.
– Otajon! Tabriklaymiz! Siz Prezidentimiz farmoniga köra “Şuhrat” medali bilan mukofotlanibsiz!
Aka şoşa-pişa gazetani varaqlaşga tuşdi.
– Yöğ-ye, nahotki?!
Sattor bobo ohista közini oçdi. Çehrasida tabassum öynadi. Birozdan söng qaroqlariga yoş qalqib çiqdi.
– Sadağasi bölayin yurtboşimning, – deb piçirladi u, – hamişa bizni öylaydi, bizni ruhlantiradi. Menimça, bunday ğamxörlikdan keyin öliş uyat. Heç qursa yana beş-olti yil istiqlol işiga kamarbasta bölib turay.
Ertasi kuni Sattor bobo qaddini tik tutgan köyi qişloqqa kirib bordi.
Saidvafo Boboyev
1961 yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tuğilgan. “Sirtmoq qoşidagi öylar“, “Men anglagan haqiqatlar“, “Armonli dunyo“, “Qonli qiliç” kabi kitoblari çop etilgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 12-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


