21 daqiqada öqiladi

8 232 marta körilgan

El yuragidagi şoir

Hamid Olimjon

Özbek adabiyotida ijodiy taqdiri ğoyat murakkab keçgan adabiy şaxsiyatlardan biri Hamid Olimjondir. Keyingi davr adabiyotşunosligida şöro davrida ijod qilib, eʼtibor topgan Hamid Olimjon adabiy merosiga nigilistik qaraş bir qadar özini sezdirmoqda. Bu hol şoir ijodiga bağişlangan ilmiy tadqiqotlar kamayib ketganligi, uning asarlarini qayta bosiş ehtiyoj darajasida emasligi va maktablarda Hamid Olimjon bitiklarini örganişga ajratilgan vaqt miqdori sezilarli ozayganida namoyon bölmoqda.

Badiiy adabiyotga faqat bugunning talablaridan kelib çiqib yondaşiş uni publitsistika darajasiga tuşiradi, nafis adabiyotning miqiyosini bugunning manfaati qadar toraytiradi. Holbuki, bugun yaratilayotgan badiiy yaratiq faqat bugungagina tegişli emas, u ertaning ham estetik mulki. Şuning uçun ham çinakam badiiyat namunalariga ijtimoiy-siyosiy konʼyunktura talablaridan kelib çiqib baho beriş notöğridir. Aslan mangulikka, juda bölmaganda, umrzoqlikka daʼvogar adabiy yaratiqlarning ölçovlari ham baholanayotgan estetik hodisalar qadar miqiyosli bölişi lozim. Oldin yaşab ötgan adiblarning faoliyatiga bizning bugungi ijtimoiy manfaatlarimizga mos kelişiga qarab emas, balki badiiy asarlarining betakrorligi va millat maʼnaviyatini yuksaltirişga qançalik yaroqli ekanidan kelib çiqib baho beriş aqlga muvofiq böladi.

Ötganlar biz istaganday emas, özlariga nasib qilganiday yaşaş huquqiga ega bölganiga könikiş vaqti keldi. Ötmişdan bugunni talab etişday nosoğlom yondaşuvdan jamiyat va millat katta zarar köradi. Şu maʼnoda, bugun Hamid Olimjon ijodi yetarliça tadqiq qilinmayotgan, bitiklari kam çop etilayotgan, asarlarini maktablarda öqitişga ajratilgan soatlar miqdori ozayib borayotgan bölsa, bundan şoir emas, balki özbek adabiyoti, milliy adabiyotşunoslik ilmi, millat maʼnaviyati, bolalarimizning badiiy tafakkuri zarar köradi. Ötmişga nigilistik munosabat millatning özini jazolaşgagina xizmat qiladi, xolos. Adabiyot ilmi uçun biror yozuvçining qaysi tuzumga qançalik xizmat qilgani yoki qilmaganini aniqlaşdan köra, uning yaratiqlari millatning bugungi badiiy tafakkuri va maʼnaviyatiga nima berişi mumkinligini tekşiriş köproq naf keltiradi.

Hamid Olimjonning ayrim asarlaridagi badiiy öziga xoslikni ilmiy tadqiq etiş bu ijodkorning milliy adabiyotimizdagi örnini körsatişga xizmat qiladi. H. Olimjonning maşhur «Örik gullaganda» şeʼri adabiy stereotiplardan xoli ravişda tahlil etilsa, şoirning badiiy mahorati darajasi qançalik yuksak ekani yaqqol namoyon böladi. Juda ohista, jöngina axborotdan boşlangan uşbu şeʼrda poetik tasvir xabar berişdan tuyğular jöşqinligi, sezimlar junbuşini aks ettiriş sari bosqiçma-bosqiç yuksalib boradi. Şeʼrning birinçi baytida hissiyot, tuyğu, munosabat mutlaqo aks etmaydi, bu satrlar faqat xabar taşiydi, xolos:

Terazamning oldida bir tup

Örik oppoq bölib gulladi.

hamid_olimjon_rasm.jpg

Şeʼrning keyingi bandlarida gullab turgan örikning latif manzarasi çiziladi. Örik gullaşida gözallik borligi şaksiz, ammo u öz holiça poeziya bölolmaydi. Lekin Hamid Olimjonning sinçkov poetik nigohi örik novdalaridagi gullarda şunçaki közni quvnatuvçi çeçakni emas, balki tiriklik ğunçalarini köradi va buni öquvçiga ham körsata oladi. Öşa misralarda guldan ğöra, undan meva, mevadan mağiz, örikdan köçat deganlaridek, hayotning uzluksiz davomiyligi aks etadi. Şu bois ularning «hayot otini» aytayotgani tasvirida sunʼiylik yöq. Hayotning şunday betakror gözalligidan özgalar ham bahramand bölişini istagan şoir gulning totini olib ketgan «şabboda qurğur»dan ğaşlanmasligi tasvirining çinligi ham şundan.

Şoirning gullagan örikni körib tözğigan xayoliga baxtlimanmi degan öyning kelişi bir qaraganda tasodifiyga öxşab körinsada, mantiqiy asosga egadir. Çunki odam gözallikni tuya olganligining özi bilan baxtiyordir. Binobarin, gözallik oğuşida qolgan şoirning baxt haqida öylaşida zarraça ğayritabiiylik yöq. Endigina yigirma sakkizga kirgan isteʼdodli, soğlom, kelişgan şoir yigitning baxtli ekanligi şeʼrda işonarli va töğri aks etgan. Ayrimlar: «Butun mamlakatda şafqatsiz va qonli qatağon ketayotgan bir davrda şoir odam baxt haqida yozişi mumkinmi?»- deya H. Olimjondan ham xafagezaklik va ijtimoiy inkor aks etgan asarlar talab qiladilar. Aytiş kerakki, baxt ham, baxtsizlik ham na ommaviy, na uzluksiz va na tuzumga boğliq böladi. Şöro tuzumida hamma hamişa baxtsiz bölgan deyiş ham, mustaqillikka erişilgandan keyin mamlakatda birorta baxtsiz odam qolmadi, deyiş ham, kam deganda, soddalikdir. Baxt va baxtsizlik ğoyat ötkinçi, içkin va şaxsiy hodisalardir. Heç qaçon va heç qanday holatda hamma yoppasiga baxtli ham, baxtsiz ham bölmaydi. Insoniyat alohida ruhiyatga ega şaxslardan taşkil topgan ekan, odamlarning baxtu baxtsizligi ham alohida bölaveradiki, şeʼrda bu holat haqqoniy aks etgan.

Töğri, şeʼrda «Bunda tole har narsadan möl, To ölgunça şu ölkada qol» tipidagi «qizil»roq badiiy tasvirlar ham bor. Lekin bu ifodaga lahzalik kayfiyatini mangulikka muhrlayotgan yoş va omadyor sanʼatkorning yangliş, ammo samimiy eʼtirofi sifatida qaraş kerak. Şeʼrda gul bilan baxt muvoziy köriladi. Gulni baxtiyorlik timsoli sanagan, oppoq gullar oğuşida qolganidan tuyğulari junbuşga kelgan şoir öz quvonçini barçaning tuyğusi tarzida taqdim etadi. Şu sababli «Umrida heç gul körmay yiğlab Ötganlarning haqqi ham senda. Har bahorni yiğlab qarşilab Ketganlarning haqqi ham senda…» misralari ham samimiy dil izhori sifatida, ham tiriklarning ötganlar yodi oldidagi burçdorligi ifodasi tarzida qabul qilinadi.

Şoirning poetik mahorati şeʼrning boşida keltirilgan ikki misrani şeʼr sönggida ham heç qanday özgarişsiz takrorlagani holda kuçli badiiy samaraga erişganida körinadi. Şeʼrning boşida bu misralar faqat xabar taşigan bölsa, oxirida şoirning hissiyot dunyosini dolğaga solgan holatning timsoli darajasiga kötariladi.

Hamid Olimjon poetik mahoratini namoyon etişda uning “Holbuki tun” şeʼri ham öziga xos örin tutadi. öoyat jozibador tilda bitilgan, gözal öxşatişlar, kutilmagan obrazli ifodalarga boy bu asar öquvçini sehrlab qöyadi. Şeʼr, birinçi navbatda, öziga xos musiqiyligi bilan eʼtiborni tortadi. Bunda dastlabki beş misraning alohida örni bor:

Şağirlaydi betinim daryo,

Şağirlaydi vahm tölgan jar.

Şağirlaydi qoronği dunyo,

Şağirlaydi vodiy, daralar.

Şağirlaydi… Bermaydi uyqu…

“Şağirlaydi” sözining har misra boşida takrorlanişi öquvçida muayyan kayfiyat uyğotişi bilan birga şeʼrning içki musiqasini ham tayin etadi. Bir sözdagi “ş”, “ğ”, “r”, “y” kabi sirğaluvçi va sonor tovuşlarning bir maromda beş bor qaytarilişi ohang orqali suv, tun, havo kabi hodisalarning sezilmas içki oqimi dinamikasini ifoda etişga xizmat qiladi.

“Şağirlaş”, yaʼni butun oçun orom oğuşiga çömgan tunda ham hayotning töxtamasligi şoirni bezovta qiladi. Uning xayollari parişon bölib, tinçi yöqoladi. Beorom tiriklik uning uyqusini öçirib, mudroq tuşunçalarini sergak torttirib, vujudida, ruhida “bir izlaniş” boşlanişiga olib keladi. Tunning sokinligi alohida taʼkidlangan uçinçi bandning söz qurilişi jozibadorligiga eʼtibor qiliş lozim. Banddagi “Butun borliq uxlarday sokin” misrasi til qoidalariga muvofiq “uxlayotganday sokin” yoki “uxlardi sokin” yösinida berilsa, şeʼrning butun jozibasi yöqolgan bölardi. Şeʼrni şeʼr qilib turgan eng noyob va topilmas yagona unsurni öz vaqti hamda öz örnida işlata biliş şoirning mahoratini körsatadi.

Şeʼrning keyingi bandidagi “Soyga tuşdim, kökka çiqdi oy” tarzida qahramon harakati bilan oyning holati örtasidagi ziddiyatli hamohanglikning sehrli ifodasi öquvçini rom etadi. Eʼtibor qiling! Birdaniga ikkilangan, qöşoq zidlaş: ham makon (soy va kök), ham harakat (tuşiş va çiqiş) bir vaqtning özida yonma-yon va qarama-qarşi qöyilişi bilan tasvir özgaça joziba, tiniqlik kasb etgan.

Keyingi bandda közlarida yulduzlar aksi porlagan qahramon bilan bağriga oyni singdirib, öziga sirdoş qilgan soyning zilol suvi holati yanada jonli va taʼsirli çizilgan. Oltinçi bandda ham “zilol” sözi işlatiladi, lekin endi bu sifatlaş suvga emas, bulutga tatbiqan qöllaniladi. Odatda bulutga nisbatan bunday taşbih işlatilmaydi. Lekin şoir kökdagi bulutning soy suvida akslanayotganini tasvirlaganligi uçun ham ifoda hayotiy mantiq va badiiy joziba kasb etadi.

Öta romantik va lirik yönalişdagi şeʼrga samolyotning parvozi tasviri ham bejiz kiritilmagan. Uçoq timsoli vaqtning tinim bilmasligi, uni tizginlaş uçun odamning xayoloti va amallariga qarqin, yaʼni surʼat kerakligini tuydirişga xizmat qiladi. Şeʼrdagi “Qurşamişdi uni hayajon” tasviri öquvçini öylantirib qöyadi. Hayajon nimaga tegişli: közgami, qölgami, qoğozgami? Aytilganlarning birortasi ham hayajon qurşaydigan yaratiqlar emas. Faqat narsani sezimga aylantirgan, olamni köngilga joylagan şoirona tasavvurgina qalamni hayajon quçoğida tasvirlay oladi. Şeʼrning poetik mantiğiga muvofiq şoirning könglini egallagan hayajon uning qalamni uşlagan qöllariga, undan qalamga ötgan. Natijada, “Bir intiliş, bir orzu” uni domiga tortgan. Şoirning bu kayfiyati öquvçiga ham yuqadi. Abdulla Orif: “…lirika ruhning suvratidir”,— deganida şunga öxşaş holat ifodasini közda tutadi.

Şeʼrning boşida tasvir daryoning şağirlaşidan dunyoning şağirlaşi tomon borgan bölsa, tugallovçi bandda olamning şağirlaşidan daryoning şağirlaşi sari qaytganligi tasviri berilişi asarga sirlilik baxş etgan.

Hamid Olimjon lirik merosida «Ofeliyaning ölimi» şeʼri ham alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur şeʼr 1936-yilda, Hamza nomidagi teatrda Şekspirning «Hamlet» tragediyasi tomoşasidan keyingi taassurot asosida dunyoga kelgan. Tört bölimdan taşkil topgan şeʼrning birinçi bölimi birgina törtlikdan iborat. Ikkinçi bölimda töqqiz, uçinçi bölimda yetti, törtinçi bölimda ikki — jami ön töqqiz törtlik bor. Körinadiki, «Ofeliyaning ölimi» — kattagina şeʼr. Unda şoir fojiada röy bergan voqeani qayta bayon qilişni emas, balki sevgiday buyuk bir tuyğuda baxtli yakun yöqligi sababi haqida dunyo bilan bahslaşişni niyat qilgan. Şuning uçun bölsa kerak, şeʼr Ofeliyaga murojaatdan boşlanib, dunyoga malomat bilan tugallanadi.

Maʼlumingizkim, şeʼriyatda hamişa gözallik tarannum etiladi. Gözal odamlar boşqa fazilatlarsiz, çiroyli bölişining özi bilanoq kişida ehtirom uyğotadi. Qismatning öyini şundoqki, köpinça falokat ana şunday gözallar boşiga yoğiladi. H. Olimjon ham «yoniq yulduz»ni közlariga joylagan, «lablaridan yoqut husn oladi»gan, siynalari «qor toği»day oq Ofeliya boşiga «söngsiz musibatlar, dunyo-dunyo ğam» tuşganidan iztirob çekadi. Buni keksa falakning zolimligi, adolatsizligidan deb biladi. Lekin «Foyda yöqdir, gözal, zolim falakdan qança dod qilsangu, qança şikoyat» ekanini ham tuyadi.

Ikkinçi bölimda şoir baxt yor bölmas ekan, qizga bu qadar tökislik, husn ato etilişiga nima hojat bor edi tarzidagi dilörtar savollarni örtaga taşlaydi. U faqat muhabbat va husn emas, balki ayolning qismati borasida ham fikrga toladi. Şeʼrning beşinçi va oltinçi bandlarida «busiz» olmoşi «bunsiz» tarzida bir «n» tovuşi orttirib qöllangan. Şoir ana şu kiçik orttirmaga katta estetik vazifa yuklay oladi.

Hamişa ezgulikka intilgan va har qayerda uni körişni istagan şoir sevişmoqning maʼnosini visolda, baxtda deb biladi va suyişganlar, albatta, bir-birlariga yetişişlari kerak deb hisoblaydi. Şu bois gunohsiz Ofeliyaning halokatidan ruhiy iztirobga tuşadi. Şoirning isyonli tuyğulari ildizi şunda:

Hali sevişmoqda şumidir maʼno?

Faqat azob bordir qismatda, nahot?

Nahotki, sevgiga şudir tamanno?

Nahot gözal uçun faqat, faqat dod!

Şeʼrning uçinçi bölimida şoir bugundan uzoqlaşib, ötmişga çekinganday bölgani uçun ham dastlabki ikki bandda tasvir maromi bir qadar sokinlik kasb etadi. Lekin hayotning adolatsizligi, pokiza va beğaraz sevgining poymol qilinişidan şoir tuyğulari yana junbuşga keladi. Şeʼrda çorasizlikdan qiynalib ketgan kişi sezimlari şunday ifodalanadi: “Faqat netmak kerak, bordir na çora? Sevguvçi yurakni qurşasa balo? Butun olam közga esa qoronğu, Balolarga Hamlet esa mubtalo?” Çindan ham, dunyoning işlarini tuşunib bölmaydi. Olijanob şahzodaning qalbiga şunçalar katta muhabbatni joylagaç, uni adoqsiz taşvişlar girdobiga solişning, suyganidan ajratişning nima keragi bor? Lekin odam faqat sevgi bilangina yaşay olmas ekanda! Dunyo biz öylagan va xohlagandan köra murakkabroq, hayot esa çigalroq bölsa na iloj? Qabih kimsalarning yovuzliklari tufayli «sevguvçi yurak» balolarga giriftor etilgaç, bunday insonning muhabbatdanda köngli sovişi, unga ters yöldan yurişi mumkin ekanda.

Şeʼrning keyingi bandi ifoda ruhiga köra «Hamlet» tragediyasi darajasiga kötariladi. Unda inson taqdiridagi adoqsiz çigallik, odamga xos aldov, şubha, yölsizlik fojiasi butun kölami bilan ifodalangan. Şeʼrxon böğilib ketganday, ilojsiz holatga tuşganday böladi. Şeʼrda ezgulikka tayanilmagan joyda baxt bölmasligi öta taʼsirçan ifoda etilgan:

Şubha otaşida yonar tafakkur,

Dunyo bir ğamxona, «Doniyo — zindon».

Yöqdir yuraklarni yoritgali nur,

Zanjirdadir sevgi, qafasdadir jon.

Şoir şeʼrda Hamletning: «Doniyo — zindon» tarzidagi isyonkorona iqroridan ustalik bilan foydalanib, tasvir dramatizmini oşirişga erişadi.

Şeʼrning keyingi misralarida ğamgin ruh, umidsizlik hissiyoti yanada kuçayadi. «Hamlet» asaridan maʼlumki, Ofeliyaning ölimiga qirolning arvohi sababçi emas. Lekin şeʼrda arvoh kuçli yozğiriq, çeksiz alam bilan tilga olinadi. Nahotki, şoir otaning begunoh arvohini ayblayotgan bölsa? Ehtimol, bu törtlikni özgaça izohlaş mumkindir: “Hosil bölmas murod, heç narsa nasib, Qança yiğlasangu qança çeksang oh; Sevguvçi yigitni solmişdir yölga Tunda ertak aytgan bir mudhiş arvoh”. Aslida bu sevgini barbod etgan arvohmi yoki tirik qirolni arvohga aylantirgan yomonlik va yomonlar? Şoir nega qirolning arvohini «mudhiş» deya atayotir? Sinçiklab qaralsa, şeʼrda şoir halok bölgan qiz nuqtayi nazarini ifoda etayotgani, şunday gözal hilqatning halokatiga açiniş tuyğusi şoirni asl haqiqatni payqaşga qöymayotgani anglaşiladi.

Şeʼrdagi fojiali ruh bandma-band yuksakka örlaydi. Şoir şeʼrxonni butun asar davomida iztiroblar oğuşida uşlab turadi va yakunda yana bir marta insoniy azoblarni kuçli darajada tatib körişga majbur etadi. Şuning uçun şeʼrning tugallanişi yanada fojiona ohang kasb etadi:

Sevgi köklarida uçuvçi loçin

Arşidan yiqildi va köhna dunyo –

Butun armonlarni kul qilgan otaş

Özi bölib qoldi sevgiga gado.

Sönggi törtlikda sevgi köklarida uçuvçi loçinni halok etib, özi yetim qolgan keksa va adolatsiz dunyo öz qilmişlarining natijasi ölaroq oxir-oqibatda «sevgiga gado» bölib qolganligi öta taʼsirli ifoda etilgan. Çunki adolat bölmagan makonda sevgiga ham örin yöqdir. “Haqiqiy lirik asarda köz ham, quloq ham ilğay olmaydigan, faqat ruhning torlarigina seza oladigan titratmalar mavjud böladi”,— asrimizning uluğ şoiri Abdulla Orif. Hamid Olimjonning uşbu şeʼrida bunday titratmalar talaygina.

Olam hodisalari faqat sinfiy-partiyaviy yösinda ifodalanişi lozim deb qaralgan 30-yillarda Ofeliya fojiasini sof insoniy tuyğular nuqtayi nazaridan tasvirlaş, boy berilgan sevgi haqida bu qadar ğamgin, umidsizlikka töla şeʼr yoziş H. Olimjonning katta isteʼdodi va ijodiy jasoratidan dalolatdir.

«Örik gullaganda» şeʼrida yoruğ nur qançalik köp bölsa, “Ofeliyaning ölimi”da zulmatga çömgan ruhiyat tafti şunçalik ustuvor. Oşiq ham, maʼşuqa ham pok, ularning niyatlariga ğaraz, amallariga yovuzlik aralaşmagan. Lekin hayotning özi nopok va şafqatsiz, odamlararo munosabatlarda esa yovuzlik hukmron. Şu sabab sevgi toptaladi, gözallik ölim topadi. Şeʼrning lirik qahramoni — aqlga siğmas adolatsizlikni körib, sarosimaga tuşgan kişi. «Örik gullaganda» öquvçini baxtdan entiktirsa, bu şeʼr baxtsizlikdan nafasni qaytaradi. Körinadiki, H. Olimjon faqat şodlikni kuylamagan, balki hamişa baxtga intilgan insonning umr yölidagi qoronği va yoruğ bekatlarni haqqoniy aks ettirgan.

Şoir lirikasi qiyofasini tayin etişda uning tört baytdan iborat ixçamgina «Kuygay» ğazali ham alohida örin tutadi. öazal janridagi bu şeʼr, aslida, «Muqanna» musiqali dramasidagi Muqanna va Guloyin timsollari uçun duet şaklida yozilgan. Taniqli xonandalar tomonidan yakkaxon qöşiq qilib kuylangan badiiy jihatdan yuksak bu şeʼrga ğazal tarzida yondaşiş maqsadga muvofiqdir. Musiqali drama librettosida şeʼr quyidagi körinişda berilgan:

Guloyin

Sözingni şarpasi tekkanda olam bob-bob kuygay,

Dengizlar, daryolar, hattoki köllarda hubob kuygay.

Muqanna

Kamondek qoşlaring kipriklaringdan öq otar doim,

Guloyin

Sening yoding bilan tinmay, hama nozu itob kuygay.

Muqanna

Yonib işqingda qalbim kulga aylansa ajab ermas,

Közing osmonga tuşganda lovullab oftob kuygay.

Guloyin

Olay toqatni qaydin közlaringga heç qarolmayman,

Muqanna, Guloyin

Tuşibdir uçquning bağrimgaki, göyo kitob kuygay.

öazaldagi dastlabki bayt Guloyinga tegişli ekanida katta hayotiy mantiq bor. Unda qiz tilidan Muqannaning erk yölidagi otaşin sözlari olamni kuydirişi mubolağali yösinda arz etiladi. Muqanna tilidan berilgan misrada suluv qizga mahliyo yigitning iqrori bor, xolos. Bu örinlarda har ikki timsolning sözlarida ruhiy holatlari haqqoniy aks etgan. Ikkinçi baytning ikkinçi misrasida Guloyin Muqanna körsatgan erk yölida hamma narsasini kuydirganini taʼkidlaydi. öazalning şohbayti Muqanna tilidan bitilgan. Unda Guloyinning çiroyi ğulu darajasida ifoda etiladi. Yaʼnikim, qizning közi osmonga tuşib qolsa, suluvning jamolidan kökdagi oftobning lovullab kuyib ketişi mumkinligi aytiladi. Bu şeʼrda bir-biriga muhabbat qöygan yoşlarning qalb izhori ulkan sanʼatkorlik bilan aks ettirilgan.

öazalda ikki otaşin qalb tuyğulari tasvirida şoirning poetik mahorati, inson hissiyoti tovlanişlarini butun injaligi bilan bera oliş salohiyati yorqin namoyon bölgan. H. Olimjonning mahorati sabab aslida ikki qalb tuğyonining poetik ifodasi bölmiş şeʼr bir kişining yaxlit hissiyoti, keçinmasi tasviriday taassurot qoldiradi. Baytlardagi biri-biridan kelib çiquvçi köp bosqiçli tasvir silsilasi sababli bu ğazal oşiqning maʼşuqaga murojaati tarzida qabul etiladi. Çin sevgi uçun tuyğuning egasi emas özi muhim bölganidek, ğazal misralaridan biri Muqannaga, boşqasi Guloyinga tegişli ekani ham deyarli sezilmaydi.

Ikkinçi jahon uruşi yillarida Hamid Olimjonning şeʼriyati kuraşçan mohiyat kasb etdi. Şoirning öşanday asarlaridan biri 1942-yilning may oyida yozilib, «Qizil Özbekiston» gazetasining 29 oktyabr sonida bosilib çiqqan «Sevgi» şeʼridir. Şeʼrda frontga ketayotgan yigit va sevgilisini kuzatayotgan qiz holati aks etgan. Maʼlumki, muhabbat joy ham, vaqt ham tanlamaydi. U jamiyatdagi vaziyat, odamlar orasidagi munosabatlar bilan hisoblaşolmaydi. Binobarin, uruş ham sevgiga tösiq bölolmaydi. Lekin muhabbat zabt etgan köngilning egasi ham sevgi bilan, ham uruş bilan hisoblaşişi kerak.

Şeʼrning birinçi bandida xayrlaşuv onida oşiq sözlaridan özini yöqotgan maʼşuqa holati aks ettiriladi. Yigitning: «Butun yoşligimiz jangdadir bu kun, Jangda yeçilmoqda sevgi qismati» sözlari uning şaxsiyatiga xos belgilarni aks ettiradi. Uruş doim kattalar tomonidan boşlanadi, lekin uning azobini yoşlar tortadi. Şu maʼnoda, yuqoridagi ikki misrada ham uruşning, ham hayotning mohiyati ifoda qilingan deyiş mumkin. Tasvirning samimiyati şundaki, dunyoda adolat örnatmoq uçun uruşga otlangan yigitning közlarida nam körinişi taʼkidlanadi. Bu — tabiiy hol. Çunki uning könglida: «Agarda qaytmasam şu mendan yodgor» tarzidagi xavotir naqd turibdi.

Şeʼrda tasvirlanişiça, maʼşuqa oşiğining gaplariga javob bermaydi. Ehtimol, bu özbek qiziga xos tortinçoqlik ifodasidir. Lekin qizning könglidan ötayotgan öylar tasviri juda ekspressiv, tuyğular hassos: «Sensiz ololmasman aslo men nafas, Ölimdan oğirdir sendan ajraliş». Qizning ruhiy holati aks ettirilgan törtinçi band şeʼriy kaşfiyotga tölaligi bilan ajralib turadi. Qizning: «Torgina qalbimga keng dunyo qafas» iqrorida teran maʼno va ulkan şeʼriy joziba bor. Dunyoning kengligi, qalbning kiçikligi maʼlum tuşunçalar. Lekin torgina qalbning keng dunyoga siğmayotgani, dunyoning unga qafas bölib körinayotgani ifodasi badiiy kaşfiyotdir.

Şeʼrning keyingi bandlarida oşiği ortidan jangga jönagan maʼşuqa holati: “Orqangdan qolmasdan jönadim jangga, Qözi ketgan kabi qöyning izidan. Göyo quyoş oyni kuzatganiday, Öt bölib orqangdan kezmakdaman man”. Şeʼrda qiz qöllagan öxşatişlar xalqning doston va qöşiqlaridan olinganday tuyuladi. Qözi qöyning izidan yurişi bir umr eliboylik qilgan har bir özbekka taniş. Şuningdek, kelişgan va körkam yigit-qizlarni oyu quyoşga öxşatiş ham özbekning didiga xos jihatlardir.

Şeʼrning oltinçi bandida juda nozik ruhiy tovlanişlar tasvirlangan. Unda jang qilayotgan yigit elini öylaşi aytilgani holda qizning holati: “Men ham qasos olib tökmakdaman qon, Elim va yorimning nomi dilimda” tarzida ifodalanadi. Bu satrlarda çiroyli estetik effekt bilan birga, kuçli hayotiy mantiq ham aks etgan. Yigit suyukli qizini alohida tilga olmaydi. Çunki u el deganda sevgilisini ham nazarda tutadi. Sababki, qizning frontda ekanidan xabarsiz yigitning nazarida maʼşuqasi ham eli bilan yiroqlarda qolgan. Erkaklar qatori jang qilib, duşmandan qasos olayotgan qiz esa suyganining jangda ekanini yaxşi biladi. Binobarin, u yorining nomini dilida tutişi tasviri işonarli va asosli. Şeʼrning quyidagi misralarida muhabbat va uruş timsollari qorişib ketgan holda tasvir etiladi: “Senga yuborganim otaşin bösa, Yengil şabbodadek uçar havoda. Jang bölgan joylardan labingni izlar  Va baʼzan darbadar kezar samoda”. Bu misralarda uruş davrining muhabbati ham mavjud şaroitga mos harbiy yösinda aks ettirilganini köriş mumkin.

«Sevgi»ning qahramoni — qalbiga ulkan ezgu tuyğular hokim şaxs. Şuning uçun ham uning: “Dunyoda albatta bir ölmoq bor-ku, Heç ajab emasdir ölsak jang aro. Yov bilan kuraşda oqsa qonimiz, Bölmay el oldida yuzimiz qaro”,— tarzidagi kötarinki sözlari kişiga sunʼiy tuyulmaydi. Işq asarlagan yurak kötarinki tuyğularga töliq böladi. Yuksak insoniy fazilatlarga ega kişilar uçun şaraf bilan öliş, tubanlik bilan yaşaşdan afzaldir. Şunday insonlargina ölimdan keyin ham ölmaslikka erişa oladilar. Şundaylargina qatʼiy işonç bilan:

Jismimiz yöqolur, öçmas nomimiz,

öalaba töyida bölarmiz biz ham.

Aziz döstlar bilan uçraşib xandon,

Qadrdon ellarga qöyarmiz qadam

deya oladilar. Yuqoridagi misralardan asl odam uçun jismning tirikligidan köra, ruhni pokiza saqlaş muhim ekani anglaşiladi. Şeʼrning qahramoni burç tufayli begona joylar uçun borgan janglarda şahid bölişi mumkin. Lekin u ruhan bölsada, «qadrdon ellar», yaʼni öz ota makoniga qaytişni, «aziz döstlar» bilan uçraşişni orzulaydi. Sevgiday öta intim, faqat ikki kişigagina tegişli tuyğuni ezgulik, haqiqat, adolat, ozodlik singari yuksak ijtimoiy tuşunçalarning qaror topişiga eş holda tasvir eta biliş şoir mahoratdan dalolatdir.

Hamid Olimjon ijodida «Muqanna» dramasi alohida örin tutadi. Adib piyesani 1937-yilda yoza boşlagan. Şu yili şoir boşi ustida ham qora bulutlar töplana boşlagaç, asar ustidagi iş töxtab qolgan. Uruş davrida tarixiy mavzularga qöl uriş imkoniyati kengaydi. Çunki öz şonli tarixidan xabardor böliş xalqning faşizmga qarşi kuraşiş istagini kuçaytirar edi. H. Olimjon uruş bergan imkoniyat tufayli 1942-yilning boşlarida asarga qayta kirişib, öşa yilning 12 fevralida birinçi pardaning yangi nusxasini, 31 mayda esa, tört parda sakkiz körinişli pyesani töliq tugallagan. Uruş şaroitida noşirlik imkoniyati ğoyat noçor bölgani uçun piyesani çop etib, öquvçilarga yetkazib beriş muşkul edi. Asardan olingan katta-kiçik parçalar turli naşrlarda bosildi. Ammo uni töliq çop etişning imkoni bölmadi. Asarning xalqqa tezroq va tölaroq yetib borişini taʼminlaş maqsadida uning tört parda olti körinişli musiqali drama varianti tayyorlanib, sahnalaştirilgan.

Töliğiça qaraşlar, eʼtiqodlar örtasidagi kuraş asosiga qurilgan bu asarda xarakterlar dramatizmi kuçli. Maʼlumki, qaraş va ğoyalar odam maʼnaviyatiga daxldor qadriyat bölib, qiliç bilan emas, aqlu tuyğu orqali singdiriladi. Qançalik botil bölmasin bir eʼtiqoddan, qançalik haq bölsada, boşqa eʼtiqodga ötiş bir odam uçun ham, butun boşli xalq uçun ham oğriqsiz keçmaydi. Buning ustiga, haq eʼtiqod bilim va tuşunça orqali emas, kuç ham zörlik bilan singdirilmoqçi bölsa. Eʼtiqodda zörlaş yöqligi, eng ezgu niyatlar bilan ham inson erkiga daxl qiliş, uning şaxsiyatiga zulm ötkaziş mumkin emasligi dramada juda taʼsirli körsatilgan.

Muqanna — öz erki va eʼtiqodini himoya qilmoqçi bölayotgan kişilar rahnamosi. U bilimdon, jaʼsur va ğururli şaxs sifatida zulmga könikolmaydi. Tabiatidagi böysunmaslik, erkka taşnalik tuyğulari unga quyidagi şakkoklikni qilişga haquq  berganday böladi: “Sizni bosgan jarohatlarga malham, Agar xudo kerak bölsa, xudo ham, Odam ham man, ozodlikdir şiorim, Hurriyatdir topinajak ollohim!..” Aslida hurriyatga erişmoq Allohga yetişmoqdir. Şuning uçun ham Muqannaning sözlarini Allohga qarşi isyon debgina tuşuniş bir yoqlamalik böladi. Asarda Muqanna qözğoloni zulm-zörlikka, ozod bir xalq taqdirining begonalar tomonidan hal etilişiga qarşi harakat ekani körsatiladi. Ana şu harakatning yetakçisini Muqanna tarzida tassavvur etiş va tasvirlaşning ğayri tabiiy jihati yöq. Tarixiy voqelikka bir qadar erkin yondaşgan dramaturg uni öz maqsadiga muvofiq badiiy tadqiq qiladi.

Ommani tarixning ijodkori deb hisoblagan H. Olimjon Muqanna siymosida zulmga böysunmagan odamni köradi. Şuning uçun ham boş qahramonning: “Yöq, men sizman, xuddi sizning özingiz, Bu közlarim xuddi sizning közingiz. …Meni körmak istasangiz siz agar, Bir taşlangiz özlaringizga nazar” tarzidagi sözlari orqali uning xalqqa qançalik singişib ketganligi alohida taʼkidlanadi. Piyesada Muqanna tirikligini vatan erki yöliga tikkan şaxs sifatida tasvirlanadi. “Vatan mendan bermoqqa jon söraydi…” yösinidagi qaraş uning eʼtiqodini aks ettiradi.

Muqannaning yovqur va böysunmas, erkka ixtisoslaşgan şaxsiyati umrining söngidagi öta qaltis holat tasvirida yorqin aks ettirilgan. Hamid Olimjon bu dramani yaratişdan bir neça yil oldin: “Alpomiş” ölim öldirmaydigan odam töğrisidagi dostondir”,— deb yozgan edi. U “Muqanna” dramasining boş qahramonini ham şunday odam sifatida tasvirlaydi. Muqanna, hatto, ölimi ham olamni yoritib, odamlar köngliga yoruğlik olib kirişini istaydi. U odamlar könglida mangu alangalanib turadigan öt bölişni orzulaydi:

Olovni yoq, volidayi muhtaram,

Olovni yoq, yorisin yeru olam.

Bugun men ham olovga qöşilaman,

Bugun men ham mangulik öt bölaman.

Muallif Muqanna timsoli zimmasiga juda zalvorli badiiy-estetik yuk ortib, uni inson erki uçun jonidan keçgan, şaʼnini jonidan ortiq bilgani bois ölim ham öldirolmagan qahramon sifatida tasvir etadi. Asarda boş qahramon romantik tuyğular oğuşidagi favqulodda şaxs sifatida tasvirlangani sabab uning ölim oldidan aytgan otaşin sözlari taşviqiy çaqiriq emas, samimiy dil izhori tarzida qabul etiladi:

Xalqqa ayting, men aslo ölganim yöq,

Yov qöliga taslim ham bölganim yöq.

Men elimning yuragida yaşayman,

Erk deganning tilagida yaşayman.

Dramaning taʼsirçanligini uning mavzusi yoki birgina Muqanna obrazi emas, balki Guloyin, Said Battol, Feruz singari qator badiiy timsollarning ham ğoyat puxta işlanganligi taʼminlagandir. Asardagi bu obrazlar ezgulik yoki yomonlik kabi muayyan ğoya yoxud insoniy xislatning şunçaki ifodasi, rupori emas, balki tirik odamlar sifatida özlarini namoyon etadilar. Ularning tabiatiga xos qirralar ruhiy jihatdan töla asoslanganligi asarning yutuğini taʼminlagan.

Asarda Guloyin öz hayotidan qoniqmaydigan izlanuvçan bir qiz sifatida namoyon böladi. Qizning jasorati ham, Muqannani yoqtirib qolişi ham dramada uning şaxsiyatiga xos xususiyatlarning tabiiy natijasi tarzida talqin etiladi. Battolga qarata aytgan: “Sevgi doim ixtiyorni istaydi” yoki “Işq öladi qayerda bölsa zanjir!” kabi sözlarida qiz tabiatining asl jihatlari namoyon böladi. Uning Muqannaga sevgisi zamirida ham faqat közni kör, quloqni kar qilguvçi sirli tuyğuga asirlikdan taşqari, özligini anglaş, ğurur yotadi. Qizni öz köz öngida ham yuksaltiruvçi, uning betakror şaxsiyatidagi balandlikni taʼkidlab turguvçi bu jihat Muqannaga qaratilgan: “Közim oçding, men dunyoni keng kördim, Özimni ham odamlarga teng kördim” iqrorida yaqqol körinadi.

Muqanna tarafdorlari qöliga tuşib qolgan uç duşmanning bir-biridan keskin farq qiladigan uç xil tabiati dramaturg tomonidan ustalik bilan aks ettiriladi. Feruzning: “Meni keçir, yuzi qursin xudoning, Xudosiz ham edi menga dunyo keng”,— gaplarida uning çin eʼtiqoddan mahrum, jonidan bölak taşvişi yöq oriyatsiz kişi ekani maʼlum böladi. Battolning: “Şuni bilki xalq misoli bir poda, …Hayday oliş kelsa agar qölingdan, Poda yurar sen boşlagan yölingdan”,— degan gaplari uning odamlarga past nazar bilan qarab, ularga boşqariladigan töda sifatida qaraydigan kimsaligini körsatadi. Ayni vaqtda, uning: “Qiliçimdan qon oqqanda men borman, …Menga erk ber, xudoyimdan tonaman”,— yösinidagi iqrori u qanday aʼmollarga tayanganini yaqqol namoyon etadi. Öşalardan biri bölmiş Jaloyirning esa: “Rahmu şafqat söramayman heç qaçon, Nom qoladi, tökiladi qatra qon” tarzidagi sözlarida yurtdoşlariga zulm ötkazgan bu yovuz şaxsning jasoratli ekani anglaşiladi.

H. Olimjonning dostonlari, “Jinoyat” dramasi, bir qator balladalari tasvir öynoqiligi, ifoda ravonligi, tilning yengilligi bilan bugungi kunda ham öz ahamiyatini yöqotgan emas.

U faqat yozuvçigina bölib qolmay, masalaning asl mohiyatiga yetib boradigan darajada sinçkov tadqiqotçi, bilimdon olim ham edi. Adabiyotning turli masalalariga bağişlangan tadqiqotlari hanuzgaça öz qimmatini yöqotmay kelyapti.

Xullas, otaşin şoir, sözni olovlantiruvçi publitsist, mohir dramaturg, teran olim, usta tarjimon, tengsiz taşkilotçi, ötli notiq bölgan Hamid Olimjon adabiyotimiz tarixida qaçondir yaşab ötgan ijodkor bölmay, balki bugun ham millatning maʼnaviy dunyosini şakllantirişga taʼsir körsata oladigan asarlar muallifi va ayni şu sababga köra, elining yuragida yaşaşga haqli sanʼatkordir.

 

Qozoqboy yöldoş

“Yoşlik” jurnali 2009-yil, 4-son

Hamid Olimjon. Mukammal asarlar töplami. Beşinçi tom. –T.: “Fan”, 1982. 100- bet.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)