4 daqiqada öqiladi

361 marta körilgan

Adabiy qonun

Adabiy qonun

Ötgan yil adoğiga yaqin Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan ötkazilgan “Isteʼdod maktabi” VIII respublika yoş ijodkorlar seminarining nasr şöbasida yoş bölişlariga qaramasdan turmuşning aççiq-çuçugini tatib körgan, ham hayotiy, ham adabiy tajribaga ega qalamkaşlar iştirok etişdi. Bu hol, albatta, ularning asarlarida közga taşlandi.
Iştirokçilar orasida ajralib turgan til bilgiç singlimiz Nodirabegim Ibrohimova universitetni tugallab, tört-beş yildan beri markaziy matbuotda işlab keladi, ayrim hikoyalari olis Hindistonda, ingliz tilida naşr etilgan.
Menga Nodirabegimning mitti hikoyalari maʼqul keldi. Deylik, “Qörquv” hikoyasida söqir bolaning onasiga “Chiroqni öçirmang… qoronğilikdan qörqaman…” deyişida ulkan fojia yotganday. Bu – qalb söqirligi, darddoşlik tuyğusining yöqligi, ğovlab ketgan xudbinlik… “Maktub”, “Keçikiş”, “Ona” maşqlari haqida ham şunday mulohaza yuritiş mumkin. Har qalay, Nodirabegim bejiz O. Genrining asarlarini özbekçaga ögirmayotganga öxşaydi, bu jarayonda sözga siqiqlik, tasvirlarda şafqatsiz istehzo mahorati tarjimonga yuqqanday…
Nodirabegimning adabiyotni ermak emas, qismat deb bilişiga umid qilgan holda undan yangi, baquvvat asarlar kutib qolamiz.

Abduqayum Yöldoşev,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, yozuvçi      

Zumraşa

Bola edim. Qorbobo borligiga, sovğalar olib kelişiga işonardim. Ulğaygaç esa, uning çöpçak ekanini zörğa hazm qildim. Keyinçalik esa tört yaşar öğlimga dedim:
– Yaxşi bola bölsang, senga qorbobo sovğa beradi!
– Oyi, qorbobo faqat ertaklarda böladi, nima bolamisiz? – dedi u.

Omilik

U kitobni turfa köyga soldi.
Tandirni yoqiş uçun tutantiriq qildi. Pista sotayotganda varaqlarini yirtdi. Asabiga tegayotgan paşşalarga qarata qurol qildi. Öğillariga “samolyot” yasab berdi. Deraza oynalarini artdi.  
Ammo biror marta öqib körmadi.

Vatan va sevgi

Ular internetda tanişişdi. Uç yillik yozişmalardan söng bir-birisiz turolmasliklarini tuşunişdi. Ammo bir lekini bor edi. Yigit boşqa millat, qiz özga yurtdan edi.
– Men vatanimni, uyimni taşlab ketolmayman, – dedi qiz. – Birga bölişimizni istasangiz, özingiz keling! Şu yerda men bilan bir umr baxtli yaşaysiz…
Yigit köp öylanmadi: darrov rozi böldi. Köp ötmay qizning qarşisida paydo böldi.
– Sizga turmuşga çiqolmayman, – dedi qiz yigitga qarab. – Vatanidan, yaqinlaridan bir zumda keçgan inson mendan qança vaqtda keçib ketarkin? Ortingizga qayting, öz tuproğingizdan ayrilmang.

Ijodkor

– Men katta yozuvçi bölmoqçiman! – dedi u xotiniga, farzandlariga, – Ijod qilayotganimda xalal bermanglar!
U tunu kun ijod qildi. Unga közlarini möltiratib tikkan qizini ham, yurak yutib böyniga osilolmagan öğlini ham körmadi. Juftiga aytolmagan sözlarini kitobiga bitdi. Oilasiga körsatolmagan ğamxörlikni kitobda isbotladi!
U tanildi. Uning şoh asarlari minglab nusxalarda çop etildi. U şonu şuhratga burkandi.
– Endi yetar, – dedi bir kun qölidagi qalamni qöyib, – keksayibman…
Şunday deya atrofiga qaradi: heç kim yöq edi.
U bir uyum kitoblari içra yolğiz qolgandi.

Keçikiş

– Heç gul bermaysiz… – maʼyus kuldi ayoli.
– Töyimizda berganman-ku! – hazilga oldi erkak.
– Şungayam ön yil bölibdi-ya…
– Hali senga köp gul beraman. Hayotimiz oldinda…
Ammo doim gulbozordan ötarkan, erkak öylardi: “Biror kun albatta gul olaman!”
…Vaʼdasini bajarib nihoyat guldasta oldi. Uni ayolining qabriga qöydi.

Ona

– “Onajonim” nomli şeʼringiz şunday yuksak mukofotga loyiq qörilibdi! Tabriklaymiz, – dedi muxbir şoirga.
– Taşakkur! – mağrurlandi ijodkor.
Buni televizordan tomoşa qilayotgan Onaning şodlikdan közlariga yoş keldi. Öğli maşhur şoir bölibdi! Söng uyidagi çiroq öçirildi. Ona maʼyus örniga çözildi.

Baxtli davr

– Hayotingizdagi eng baxtiyor onlar?
– Tuğilgunimça töqqiz oy juda baxtli edim. Çunki onamning yuragi ostida xotirjam yaşardim…

Maktub

“Dadajon, tezroq keling! Oyim sizni kuta-kuta betob bölib qoldi. Bir kunga kelsangiz, kiçik oyim xafa bölmaydi. Faqat bir kunga…
Öğlingiz”.
Bolakay maktubni yozib, derazadan “samolyot” qilib uçirib yubordi. Xat albatta egasiga yetib borişiga işonardi u…

Qörquv

– Endi uxla, toyçoğim, – ona şunday deb chiroqni öçirdi.
– Oyi! Öçirmang, iltimos. Qoronğilikdan juda qörqaman! – dedi közlari ojiz bolakay.

Qirq yildan söng…

– Axir, bu qimmat köza edi! – uç yaşar öğliga qiçqirdi ona. – Nima qilib qöyding, yaramas?
Yugurayotib bexosdan stoldagi buyumni sindirib qöygan bolakay boşini xam qildi.
– Dadang kelsin, taziringni beradi! – davom etdi onasi.
Bolaning közlariga yoş kelib, xonasiga yugurdi.
Oradan ança vaqt ötdi.
– Voy, ölay! – dunyoni boşiga kötardi kelin, – ehtiyot bölmaysizmi, munday? Dadam sovğa qilgan qimmat köza edi-ya, esiz!
Kampir xijolat bölib yutindi:
– Hassamni olaman deb bexosdan…
– Hali öğlingiz kelsin! Bunaqa daxmaza qiliqlaringiz jonimga tegdi!
Kampir közda yoş bilan xonasiga odimladi…  

Abadiy qonun

Avval ona bolasining beşigini tebratdi.
Söngra farzand volidasining tobutini kötardi.
Hayotning aççiq va abadiy qonuni şu ekan.

“Qimmatli” maslahat

– Sevib qoldim, döstim… Sendan maslahat oliş uçun keldim. Afsuski, u oilali ayol. Boşim qotdi!
– Ayol ham seni desa, birga bölinglar. Umr bir marta beriladi, axir! – dedim dangal.
– Eng yomon şundaki, uning eri…
– E, eri vaqti kelib tuşunadi. Sevmagan odaming bilan yaşaşdan nima naf? – qöl siltadim. – Maslahatim, uni baxtli qil!
Döstim bilan bölgan bu suhbatdan köp ötmay xotinim meni taşlab ketdi…

Nodirabegim Ibrohimova

1989-yili tuğilgan.  Özbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Isteʼdod maktabi” VIII yoş ijodkorlar seminari iştirokçisi.   

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…