2 daqiqada öqiladi

538 marta körilgan

Ğaroyib öğirlik

Mark Tven

(Hikoya)

Qişning izğirinli tuni. Dökondor dökon derazasining taşqi panjaralarini tuşirar ekan, tösatdan oynadan dökon içidagi kimsaga közi tuşdi. Dökonda hali odam borligini payqamagan ham ekan. U notaniş kişining dökon peştaxtasida turgan bir neça bölak sariyoğni çaqqonlik bilan şlyapasi içiga yaşirganini körib qoldi.

“Ğaroyib iş böldi-ku”, dedi dökondor oynadan taşqariga çiqişga şoşilgan öğrini kuzatarkan. Ayni paytda unga qanday jazo beriş yöllarini qidirardi. Dökondor içkariga qadam qöyarkan, çiqib ketişga taraddudlangan notaniş kimsaning qöllari allaqaçon eşik tutqiçida edi.

– O, janob, ketyapsizmi? Sovuq juda zabtiga oldi-ku! Körinişingizdan siz ham juda sovqotgan körinasiz. Qani, orqamdan yuring-çi!

Notaniş odam dökondorga olazarak qaradi. Közlarida bezovtalik aks etdi. U nima qilişni, nima deyişni bilmasdi, tezroq dökonni tark etişni xohlardi. Axir şlyapasining içidagi sariyoğ… Lekin noiloj magazinçining orqasidan yurdi. Dökon egasi uning yelkasiga qölini qöyib  xona burçagidagi peç yoqiniga ötqazdi.

– Bilasizmi, – dedi u mehribonlik bilan. – Agar bunday sovuq tunda biroz isinib olmasangiz, muzlab qolişingiz heç gap emas.

Dökondor peçga ötinlardan ketma-ket taşlay boşladi. Notaniş odam ötirgan joyida sariyoğning erib borayotganini his qilardi. Birdan u sakrab örnidan turdi va ketişi zarurligini aytdi.

– Qayoqqa şoşasiz, yana biroz ötiring, yaxşilab isinib oling! Men ham özim zerikib ötirgandim. Yaxşisi, men sizga qiziqarli bir hikoya aytib beraman.

– Yöq, yöq! Ketmasam bölmaydi. Mollarimga qaraşim kerak. Ular hoynahoy  oç qolişgan bölsa kerak.

Notaniş kişi toqatsizlandi.

– Qöysangiz-çi, issiqqina xonada birpas gurunglaşamiz, borasiz-da…

Beçora kişi bu vaqtda özini qöygani joy topolmay qolgandi. Çunki şlyapasining içidan yuz-közlariga sariyoğ oqib tuşa boşlagan edi. Dökondor esa bu holni körmaganga olib, peçkaga ötin taşlaşda davom etardi.

– Bugun yaxşi tun böldi, – dedi dökondor gapida davom etib. – Şlyapangizni yeçib qöysangiz bölardi. Axir xona juda issiq.

– Yöq! – qiçqirdi beçora nihoyat. – Men ketişim kerak! Ruxsat bering! Tobim qoçyapti!

Bu paytda sariyoğ uning böyinlaridan kiyimiga, poyabzalining içigaça oqib borardi. U xuddi yoğli vannaga tuşib qolgandek edi.

– Xayrli tun unda, janob, – dedi sotuvçi jilmaygança. – Agar siz haqiqatdan ham ketişni xohlayotgan bölsangiz.

Notaniş odam dökondan çiqib ketayotganda dökondor yana qöşib qöydi:

– Men töqqiz pensni juda qadrlayman, lekin şlyapangiz içidagi bir funt sariyoğ uçun sizni ayblay olmayman!     

Mark TVEN

Ingliz tilidan Mohinur MUHAMMADJON qizi tarjimasi

“Yoşlik”2013/4

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)