18 daqiqada öqiladi

604 marta körilgan

Modern

Modern

 (Hikoya)

Qançalik kirişib-tirişmay, qişloqda heç işim yurişmadi. Keyin omad qidirib Toşkentga keldim. Hamqişloq yigitlarga ergaşib ğaribgina ijara uyga joylaşdim. Söng avom xalq tilida “Mardikor bozor” deyiladigan joyga bordik. Biror maşina kelib töxtasa, hammamiz yopirilib uni örab olamiz. Haydovçi pastga tuşişga ham ulgurolmaydi. Maşina oynasini oçib, qanday yumuşi borligini, neçta işçi kerakligini aytadi. Narxini kelişib, keragiça işçini tanlab oladi-da, jönab ketadi. Biz esa keyingi talabgorni kutib qolaveramiz. Şu yerda ham nuqul omadim kelişini öylab ötiraman. Ammo mardikorçilik jonga tegdi. Qiynalib ketdim.

Köp ötmay, qişloqqa qaytiş payiga tuşdim.

Brigadirimiz Eşpölat kutilmaganda bir iş topib keldi-yu, fikrimdan qaytdim.

– Jöralar, – dedi Eşpölat sigiri egiz tuqqanday tirjayib, – katta iş topib keldim. Qişgaça bemalol iş bor deb hisoblayveringlar. Ertagayoq ijara uyni topşiramiz, öşa yoqda yotib işlaymiz.

Katta iş degani şaharning çekkaroq qismidagi bir hayhotday hovlida ekan. Şohona imoratlar orasida körimsizgina bölib qolgan bu uyni maşhur qöşiqçi Asalxon opa yaqinda sotib olgan ekan. Biz hovli etagidagi pastqamgina xonalarga joylaşib, katta imoratni bir haftada buzib, tekislab taşladik. Asosiy işni bizdan boşqa katta ustalar bajarişardi, biz esa maydaroq yumuşlarni qilardik. Asalxon opani yaqindan bir köriş istagi menga tinçlik bermasdi. Bizning qişloğimizga katta artistlar bormagan. Hali bironta tirik aşulaçini yaqinroqdan körmaganman. Asalxon opani bir körsam, qişloqqa borganda maqtanib yurardim-da. Lekin uçratiş qiyin ekan. Bizga bir işboşi tayinlab qöygan, öşa yigit hamma işga boş bölib yurdi. Asalxon opa boşqalarga öxşab xasis emas ekan. Oziq-ovqatni möl-köl qilib taşladi, işimizga yaxşigina haq tölaydi. Yotar joyimiz uçun pul bermaymiz, topgan-tutganimizning hammasi yonimizga qoladigan böldi.

Yozning örtalariga borib iş qizigandan-qizidi. Eski uy örnida uç qavatli şohona imorat qad kötardi. Ana şunda bir kuni ertalab Asalxon opa qurilişni köriş uçun keldi. Men arçilgan yoğoçlarni yuqori qavatga taşiyotgan edim. Uni körib, qölimdagi yoğoçlarni taşlab yuborib, sal bölmasa oyoğimni sindirib olay dedim. Oğzim lang oçilib, angrayib qolibman. Tuşimmi, öngimmi, nahotki mana şu röparamda turgan hurliqo öşa maşhur qöşiqçi Asalxon bölsa? Haytovur Asalxon opa baland poşnali tuflisida avaylab qadam taşlab hovliga kirib keldi. Ustalarga horma-bor böl qilib, hovliga bir qur razm solib çiqdi.

Şundan söng opamiz daraxt soyasidagi çorpoyaga  ötirib, guldor yelpiğiçi bilan husnu latofati barq urib turgan yuziga şamol yelpidi. Yordamçi yigitlari yelib-yugurib çoy hozirlaşdi. Mening hali ham unga qarab angrayib turganimni körib, opa şiringina tabassum qildi-da: “Hormang, yigit, çarçagan körinasiz, mang, bir piyola çoy içing”, – dedi va oppoq momiqday qöllari bilan piyolaga çoy quyib uzatdi. Şu tobda uning qölidan çoy tugul, zahar içişga ham tayyor edim. Yugurib borib qölidan çoyni oldim. Şoşa-pişa çoyni höplarkanman, labim kuyganini ham bilmay qoldim. Keyin öz-özidan tilim sayrab ketdi. Asalxon opaning qöşiqlarini butun qişloğimiz jon-dilidan sevib eşitişini, hamma uni yaqindan bir köriş orzusida ekanligini aytdim. Eskigina klubimizni katta sanʼat saroyiga öxşatib maqtadim. Asalxon opa xursand bölganidan zavqlanib kuldi. Bundan men ham quvonib ketdim va hayajonlanib, şeʼr aytib yubordim. Yaxşiyam Jöra toğamning eski şeʼr daftari qölimga tuşib qolib, tört-beştasini örtoqlarimning uylaniş töylarida aytaman deb yodlab olgan ekanman, hozir juda asqotdi-da. Şeʼr Asalxon opaga yoqdi çamasi, şahlo közlari porlab ketdi.

– Bu kimning şeʼri? – söradi opa hamon közlari çaraqlab.

– Özimniki, – dedim opadan maqtov eşitiş ilinjida.

Töğri-da, boşqa nima ham deyişim mumkin, Jöra toğam bu şeʼrlarni birovga körsatişga iymanadi. Ey, bular yoşlikdagi bir havas-da, men şoirmidimki şeʼr yozdim deb birovga körsatsam, deydi. Şunday çiroyli şeʼrlar “yoşlik xotirasi” bölib çang bosib yotsa uvol-da. Undan köra, mana men aytib maqtanib yursam bölmaydimi? 

– Rostdanmi? Bu ayni mening könglimdagi şeʼr-ku. Iltimos, uni hoziroq menga yozib bering, – dedi opa rostakamiga qiziqib.

Yordamçi yigit çaqqongina borib maşinasidan qoğoz bilan ruçka olib keldi. Men qöllarim qaltiray-qaltiray şeʼrni qoğozga tuşirdim. Asalxon opa şeʼrga bir köz yugurtirib, xayolida qöşiqni tayyor qildi şekilli, ketişga taraddudlanib qoldi. Yöl-yölakay qoğozga yana bir-ikki qarab-qarab oldi. Darvoza oldida ortiga ögirilib, menga ajabsinib qaradi:

– Şunday ajoyib şeʼr yozadigan şoir, nega bu yerlarda loyga belanib yuribsiz?

– Odamzod asli loydan yaralgan, – dedim men ham böş kelmay.

– Qoyilman, siz bilan ertaga gaplaşamiz, – deb Asalxon opa şoşilganiça jönab ketdi.

– Balosan, Hoşimboy, balosan, – dedi boyadan beri bir çetda bizni kuzatib turgan Eşpölat yelkamga urib. – Binoyiday şoir ekansan-u, şu paytgaça aytmay yurganingni qara, voy pismiğ-yey. Bu deyman, şoirlikni toğangdan örganganmisan, a? Bir paytlar Jöra muallim ham şeʼrlar yozib yurardi.

– Yöq, toğam mendan oz-moz örgangan, – dedim.

Qiyqirişib kulişdik.

Haqiqatan işlarim yurişa boşlaganiga ertasi kuni özim ham amin böldim. Ertalab Asalxon opaning yordamçisi kelib, oyoğimni yerga tekkizmay olib ketdi. Şahar markazidagi bir çiroyli köp qavatli uyning uçinçi qavatiga kötarildik. Yordamçi yigit kalitlarni şaqirlatib eşikdagi bir neçta qulflarni burab, ikki qavatli eşikni oçdi va hurmat bilan içkariga taklif qildi. Tökin dasturxon tuzalgan keng xonaga kirdik. Haligi yigit çoy damladi va menga bir piyola çoy uzatib:

– Siz bemalol nonuşta qilib ötiring, opa hozir studiyadan keladilar, – deb çiqib ketdi.

Uy nihoyatda nafis bezatilgan, kakkuli osma soat, ulkan yassi televizor, billur qandillar, qimmatbaho gilamlar, hammasi bir-biriga mos, bir-biriga yaraşgan, hozir faqat mengina bu uyga yaraşmay turganimni aniq-tiniq his qilayapman.

Birozdan söng Asalxon opa keldi. Oddiygina oppoq matodan tikilgan köylagi uning husnu latofatini yanada oçib yuborgan edi. Özimni ertaklar olamiga tuşib qolganday sezib, közlarimga işonmay ötirardim. Opa yengilgina tabassum qilib yumşoq kresloga ötirarkan, horğin nafas oldi. Uyqudan qolganga öxşaydi, yuzida çarçoq alomati körinib turibdi.

– Menga eʼtibor berma, ukaginam, tuni bilan uxlamasdan studiyada ötirib qöşiq yozdik, – dedi u közlarini yumib. Meni sensirayotganidan öziga yaqin olayotganini tuşunib, yuragim gupillab ura boşladi. – Tayyorlab qöygan bir musiqam bor edi, şeʼring juda mos tuşdi. Yayrab-yayrab ijro qildim. Közlarimga uyqu kelmadi. Özi şunaqa, yaxşi qöşiq bölişini sezsam, toki tayyor bölmagunça könglim tinçimaydi. Menimça ajoyib qöşiq çiqdi. Sen ham bir eşitib körgin.

U DVD diskni joylab, yangi qöşiqni baland ovozda qöydi. Kuyning özidanoq badanim jimirlab ketdi. Beixtiyor çapak çalib yubordim, opani tabrikladim, olqişladim, maqtadim.

– Hali oz-moz kamçiliklari bor. Yana biroz işlasak, qöşiq qiyomiga yetadi. Endi sen mardikorlikni bas qil, şunday isteʼdodingga bu iş töğri kelmaydi, – dedi opa nihoyat maqsadga ötib. – Boşqa hunaring ham bormi?

–  Bor, töylarda davraboşilik qilişim mumkin, – dedim.

– Mayli, örtakaşlik ham yomon iş emas hozirça. Mana, körasan, ukaginam, şou-biznesda baxting çopib ketişiga közim yetib turibdi. Sen yaxşi-yaxşi şeʼrlaringni qoğozga tuşiraver, xit böladigan qöşiqlar qilamiz. Hozirgiga öxşagan bir-ikkita qöşiqdan keyin seni hamma tanib qoladi. Asalxon opam xuddi adabiyotçi olimlarday şeʼrlarimni rosa maqtadi.

Bunday maqtov gaplarni Jöra toğam öz quloqlari bilan eşitsa, şoirlikni taşlaganiga qattiq puşaymon qilgan bölardi. Şunday maşhur qöşiqçi maqtayaptimi, demak bu şeʼrlar haqiqatan ham arzirlik ekan. Opa hali bittasini kördi, bunaqa şeʼrlardan toğamda köp. Kattagina bir daftarni töldirib yozganini, öşa daftar uyining çordoğida çang bosib yotganini körganman. Men ularni changdan qutqarişim kerak. Bilaman, toğam şeʼrlarini birovga körsatişni istamaydi. Şuning uçun ular mening nomim bilan qöşiq bölib tarqalsa buning nimasi yomon? Har holda çordoqda çirib ketgandan odamlarga foydasi tekkani yaxşi emasmi? Qolaversa, boşimga qöngan omad quşim öşa şeʼrlarni talab qilib turgan bölsa, böşanglik qilib ötirişim insofdan bölmaydi. Vaqt ğanimatida otni qamçilab qolişim kerak.

Qişloqqa keldim. Omadning birinçi moyanasi qölimga tekkan emasmi, özimga eʼtibor berib qarasam, içimdan bir ustun kötarib turganday qaddi-bastim adl bölib qolganligini payqadim. Atrofdagi odamlar bukçaygan, şalpaygan, sudralganday körinadi közimga. Toğam esa unday emas, kayfiyati çoğ, ötayotgan kunlaridan mamnun. Şu kayfiyatidan foydalanib, şeʼrlari haqida gap oçdim.

– Öşa şeʼrlaringizni bering, men gazetalarga çiqaray. Toşkentda yurib, köp ajoyib tanişlar orttirdim. Gazetadagi tanişlarim, toğangizning şeʼrlarini olib keling, çop ettiramiz, deyişdi, – dedim.

– E, jiyan, qaysi şeʼrlarni söraysan? Aytgan edim-ku, ular şunçaki yoşlikdagi havas edi, deb. Endi ularni biron joyda çiqarişdan menga nima naf? Endi bizga yaraşmaydi. Bu yil ön beş nafar öquvçim universitetga öqişga kirdi. Kelasi yilga undan ham köproğini öqitib tayyorlayman. Ana şularning orasida şoir bölsa bölguliklari bor. Qişda toğlarga möl qor yoğdi, ariqlardan suv uzilmayapti. Tomorqaga qara, dehqonçilikning yili böldi-da öziyam. Hovlining nariga tomonidan yana bitta imorat kötarayapman. Hademay toğavaççalaringni birin-ketin uylantiramiz. Bizga yaraşadigan işlar mana şular-da, jiyan, – deb Jöra toğam baquvvat kaftlarini bir-biriga işqaladi.

– Nima, yoşlikdagi havas edi, deb endi şunday oromijon şeʼrlar yöq bölib ketaveradimi? – dedim tutaqib. – Ularni gazetalarga çiqaraylik, artistlarga berib qöşiq qildiraylik, odamlar öqib, eşitib maza qilişsin. Özingizga ep körmasangiz, heç bölmasa, mana, menga bering, men ularni yoruğlikka olib çiqay. Sizning yoşingizga töğri kelmasa, mening yoşimga töppa-töğri kelib turibdi-ku.

– Sen nima qilasan şeʼrlarni?

– Bir jiyaningiz şoir deb nom çiqarsa çiqaribdi-da, toğa. Sizga armon bölgan havaslar bir kuni menga ham armon bölmasin. Şunda ham özimni öylab emas, ötmişda qolib ketayotgan şeʼrlaringizni öylab şoirlikni böynimga olişga jazm qilayapman.

Xullas, Jöra toğamni rosa avradim. Toğam kulaverib tuyilib qoldi.

– Bor-ye, bilganingni qilmaysanmi, – dedi oxiri qöl siltab. – Agar öşa şeʼrlarning senga biror nafi tegadigan bölsa, olib ketaver, senga sovğa qilganim bölsin ularni.

Quvonganimdan toğamni quçoqlab oldim. Keyin yugurib çordoqqa çiqdim-da, sarğayib ketgan gazeta-jurnallar orasidan öşa qalingina daftarni qidirib topdim. Daftarning varaqlari ilvirab tökilay deb qolibdi. Agar menday şeʼriyat fidoyisi bölmaganida bu qoğozlar hademay tuproqqa aylanişi muqarrar edi.

Işlar yurişgandan yurişib ketdi. Men köproq şeʼr yodlaşga, katta-kiçik töy-tantanalarda davraboşilik qiliş sanʼatini örganişga kirişdim. Opa taniştirib qöygan bir abjir yigit töylarda gapiriladigan gaplarni qoğozga yozib olib kelib berdi: “Mana şu gaplarni obdon yodlab olsang, örtakaşlik qilişga qiynalmaysan”, – dedi. Men tez orada ularni yodlab oldim. Şeʼrlarim birin-ketin jozibali qöşiqlarga aylanayotgan edi. Asalxon opaning qöşiqlarini eşitmaydigan odam yöq. Qöşiqning şeʼrini kim yozgani bilan ham albatta qiziqişadi. Men şeʼrlarimga “Hoşim Jiyan” deb imzo qöydim. Albatta, taxallusimda toğamga işora bor. Axir, Jöra toğamning mehnatlarini ham halol baholaşim kerak-ku. Asalxon opa bir-ikki töylarga meni özi bilan birga olib borib, odamlarga taniştirdi. “Yangi qöşiqlarimizning matnini yozgan şoir”, dedi. Ustimga pul yoğilgandan-yoğildi, olqişlar, izzat-ikromlar… Taniqliyu taniqsiz qöşiqçilar huzurimga yopirilib keladigan bölişdi. Şeʼrlarning nusxalarini köpaytirib, ularga ham beraverdim. Endi şeʼrlarim turli-tuman ovozlarda qöşiq bölib tarala boşladi. Opa rost aytgan ekan, şou-biznes şoirni tez tanitarkan. Qisqa vaqt içida men ana öşa “şou-biznes”ning xaridorgir şoiri bölib ulgurdim. Doimiy işim studiyada qöşiqçilarning yonida böliş. Gap-gaştaklarga, töy-tantanalar, tungi klublardagi jonon keçalar, katta-kiçik tomoşaxonalardagi konsertlarga takliflar tuşgani-tuşgan. Örtakaşlikni ham qiyib qöyadigan sözamolga aylandim. Men tanimagan yoxud meni tanimagan aşulaçilar qolmadi hisob. Töylar bahona kattayu kiçik amaldorlar, olimlar, şoiru jurnalistlar bilan taniş bölib qoldik. Ular davralarda meni yonlariga taklif qilib, birozgina suhbatlaşmoqçi bölişadi. Men esa qisqagina söraşib, biron narsani bahona qilib nari ketaman. Çunki ularning suhbati aylanib-aylanib, oxiri adabiyotga, ijodga borib tutaşsa, bu mavzularda men nimani gapirişim mumkin? Qolaversa, ular bilan suhbatlaşmasam, vaqti ziq ekan, deb öylab, yana suhbatimga muştoq bölib yurişadi. Buni şou-biznesdagilarni kuzatib bilib oldim. Ha, şou-biznesning örganadigan tomonlari köp ekan. Ilgarilari bu sohaga aralaşib yurganlarning hammasi ertayu keç dilrabo kuy-qöşiqlar, olqişlar içida yaşaydi, hayotlari tökis, muammo nimaligini bilişmasa kerak, deb tasavvur qilardim. Biroq bu muhitda fitnayu hasad, ğiybatu ğurbatlar, öğriligu johillik ğujğon qaynaşini, pul uçun, sariq çaqaga qimmat obrö uçun bir-biriga piçoq öqtalişlar, soç yulib talaşişlar, kamsitiş va haqoratlaşlar, turli-tuman behayoliklar ular uçun odatiy hol ekanligini mutlaqo öylab ham körmagan ekanman. Ularning qilğiliklarini körsa, ilon ham pöst taşlab yuboradi. Mana şularni körganimdan keyin baʼzan qişloqda ötgan kunlarimning qadri bilinar, hatto Eşpölatning boşçiligida loy qorib, ğişt quyib yurganlarimiz ham baxtiyor damlar bölib tuyular edi. E, menga nima, qirilib ketmaydimi. Menga “taka bölsin, sut bersin”.

Ikki yil içida şaharda öz uyimga, maşinamga ega böldim. Endi kimsan – falonçi şoir diqqinafas tramvay yoki avtobusda oddiy odamlar orasida qisilib yurmayman. Uyimni könglimdagiday taʼmirlatiş uçun usta qidirib “pitak”ka borganimda Eşpölatni uçratdim. Hali ham öşa-öşa eski çoriğini sudrab yuribdi. Meni körib hayratdan közlari çaqnab ketdi. Yugurib oldimga keldi. Kir qöllari bilan oppoq kostyumimni bulğab qöyişdan çöçib, ehtiyot bölib salomlaşdi. Maşinamni gir aylanib tomoşa qildi. Hol-ahvol söraşdik. Özining aytişiça, dovruğimni eşitib, xursand bölib yurgan emiş. Ustalarni özi boşlab boradigan böldi. Işning boşida ham özi turadi. “Bir oy içida uyingni qöğirçoqday qilib bermasam, sen bilan hamqişloqligim kuyib ketsin”, dedi.

Meni radioga, televideniyega taklif qilişdi. Yangi şeʼrlaringizdan öqib bering, deyişdi. Öylab qarasam, yangi şeʼrlar qolmabdi. Hammasi qöşiq qilingan, hammasini eşitib bölişgan. Zudlik bilan biror çorasini körmasam, tez kunda xonavayron bölaman-ku. Uyning kalitini Eşpölatga qoldirdim-da, qişloqqa jönadim. Töppa-töğri Jöra toğamning oldiga bordim. Meni körişi bilan toğamning kulgisi qistadi:

– Obbo jiyan-yey, kutilmaganda katta şoir bölib tanilib qolding-ku.

– Nimasini aytasiz, toğa, omad kelaman desa loyning içidan ham çiqib kelaverar ekan, – dedim kulgisiga kulgi bilan javob qilib. – Endi mana şu katta şoirning jamğarmasi tugab qoldi. Yo pirim, deb yana yangi şeʼrlar yozib berarmikansiz, deb oldingizga boş egib keldim. Qança desangiz pulini tölayman, buyoğidan xotirjam böling. Hozir ayni “populyar” bölib turganimda özingiz qöllab turing, toğa. Bu darajaga yetişişim oson bölmadi, reytingim tuşib ketmasin. Özim ham maşq qilayapman, asta-sekin şeʼr yozişni örganib olarman.

Toğam boş çayqab, miyiğida kuldi. Uydan avvalgisiga öxşagan yana bir eski daftarni olib çiqib, qölimga tutqazdi.

– Şu işni töğri qildimmi, yöqmi, mana şu daftarni ham senga azbaroyi rahmim kelganidan berayapman. Bular ham yoşlik zavqi bilan yozilgan. Taşlab yubormoqçi bölganimda yangang qöyarda-qöymay qölimdan tortib olib, sandiqqa taşlab qöygan edi. Senga nasib qilgan ekan, mayli, bularni ham olaqol. Şundoğam bu daftarning endi menga keragi yöq. Lekin, jiyan, bunday yuriş bilan uzoqqa borib bölmaydi. Hali ham bölsa, esing borida qölingdan keladigan biror işning etagini tutsang yaxşi bölardi. Ğirromlikning, yolğonçilikning alaloqibat albatta misi çiqadi.

Muallimdan nima olasan, bir daftar şeʼrga qöşib bir qop gap olasan-da. Toğam uzundan-uzoq nasihat qildi. Lekin u kişi şou-biznesni qayoqdan bilsin. Yolğonçilik, ğirrom aralaşmagan biznes biznesmi? Men-ku, tuğişgan toğamning şeʼrlarini özidan sörab olib şoirlik qilayapman, lekin qöşiqçilar öz toğalarining qöşiqlarini aytişayaptimi? Töğri, Asalxon opa mehnatkaş, har beşta qöşiğidan uçtasiga özi kuy yozadi yoki biron kompozitorga yozdiradi. Atigi ikkita qöşiğiga xorij qöşiqlaridan kuy öğirlaydi. Qolganlari-çi? Baʼzi aşulaçilar hamma qöşiqlarini xorijliklardan öğirlab aytişadi-ku. Isteʼdodli artistlar kamtarlik qilib, özlarining izzat-obrölarini saqlaşni bilişadi. Isteʼdodsizlari esa özlarini ötga-çöqqa urişadi, gazeta, radio, televideniyega beayov kirib boraverişadi, hammayoqda öşalarning reklamalari, hatto dazmolni tokka ulasangiz ham öşalarni körsatadi.

“Yangi şeʼrlar”ni hafsala bilan oq qoğozga köçirib çiqdim. Uzzu kun qönğiroq qilib, eşigimni taqillatib turgan qöşiqçilar yangi-yangi qöşiqlarini köpaytiraverişdi. Bu qöşiqlarning deyarli hammasi, ularning tili bilan aytganda, “xit”ga aylandi. Eşpölatning ustalari “qöğirçoqday” qilib bergan uyda yolğiz özim zerika boşladim. Har gal qişloqqa borganimda uydagilar “yoşing ötib qolayapti, tezroq uylan”, deb holi jonimga qöyişmaydi. Bunday öylab qarasam, endi hamma narsam bor-u, faqat uylaniş qolibdi, xolos. Uydagilar qişloqning eng sara önta qizining röyxatini qölimga tutqazişdi. Hammasi rozi ekan, faqat mendan işora bölsa bas. Öylab-öylab, oxiri Oysanamni tanladim. Buni eşitib Eşpölat ataylab kelib, qoyil qolganini bildirib ketdi. “Ukkağar-yey, tozayam omading çopgan bola ekansan-da. Şu qizning oşiği köp edi. Kim-kimlar oğiz solmadi deysan. Heç kimga rozilik bermagan edi. Sen bir çöqişda uddalabsan-a, qoyilman. Molingni sot, joningni sot – şoir böl ekan”, – dedi.

Eşpölat adaşibdi, Oysanam menga şoirligim uçun emas, artistlarni köriş uçun tekkan ekan. Unga qança şeʼr öqimay, quloq solgisi kelmaydi. Şeʼrni tuşunmaydi ham. Qöşiqlarni esa miriqib tinglaydi. Eşikni taqillatgan artistlarning oldiga yugurib çiqadi. Hatto farzandli bölganimizda öğilçamizga ham maşhur artistning ismini qöydirib oldi. Öşa artistning hayotda qançalik kalondimoğ-u, xudbin va pulparast ekanligini u beçora bilmaydi-da. Men esa öğilçamga, heç bölmasa menga omad keltirgan şeʼrlarning hurmati uçun, uluğ bir şoirning ismini qöymoqçi edim. Özi şu Oysanamga uylanmasdan, birorta şeʼr yoziş qölidan keladigan qizga uylanib olsam yaxşiroq edi. Ana şunda ikkovlaşib şou-biznesning tomorqasini yaşnatib yuborardik.

Bu yoqda endi şeʼrlar ham tugab qoldi. Artistlar nuqul yangi şeʼr söraşadi. Eskilarini hadeb takrorlayversa, uç-tört oyda muxlislarning meʼdasiga urib qolayotgan emiş. Jöra toğamning oldiga borgan edim: “Qöy, jiyan, meni qiynama. Bisotimda saqlanib qolgan eski ermaklarimning hammasini yuzingdan ötolmaganim uçun senga berdim. Boşqa şeʼr yozmaganman, yozmayman ham. Şoirlik kimningdir kuyiga söz qalab beriş degani emas. U egamning suyganlariga beradigan bebaho inoyati. Törtta gapni birovlarga öxşatib qofiyalab, qöşiq qilib, soxta olqiş olib köksiga urib yurganlar bugun bor, ertaga yöq. Çinakam şoirlik esa mangulikdir”, – dedi. Lekin mening mangulikka daʼvoyim yöq. Hozir hammaga tirikçilik kerak, mangulik emas. Şunday bölgaç, yo şou-biznesdagi örnimni saqlab qoliş uçun şeʼr yozişim, yo bölmasam omadli kunlarim bilan butunlay xayrlaşib, “qaydasan Eşpölat” deb yana “pitak”ka borişim kerak. Yöq, unaqasi ketmaydi. “Yotib qolgunça otib qol” deyişgan donolar. Qora kunga asqotib qolar deb özim ham ança-munça şeʼrlar qoralab qöygan edim. Şeʼr sörab kelgan sanʼatkorlarga öşalarni taqsimlab berdim. Biroq şeʼrlarning birontasi ham ularga yoqmadi. Özlariça oliftagarçilik qilişganiga ölaymi bu qoloqlarning. Axir, bular eng zamonaviy şeʼrlar-ku. Yaxşiyam bir jurnalda işlaydigan ustoz şoir bilan tanişib qöygan ekanman. U meni juda hurmat qiladi, bir neçta şeʼrimni jurnalda suratim bilan bosib çiqardi. Yangi şeʼrlarimni öşa domlaga olib borib körsatdim. Kamçiliklari bölsa, u yoq-bu yoğini töğrilaşga yordam beradi, deb öylagan edim. Domla şeʼrlarimni körib, közoynagi ostidan menga uzoq tikilib qoldi.

– Özingiznikimi mana şu qoralamalar? – söradi rostakamiga ajablanib.

– Ha, özimniki, – dedim sal dovdirab.

– Siz ilgari durustgina şeʼrlar yozar edingiz-ku. Buningiz nimasi? Yoki yangilik qilmoqçi böldingizmi?

– Ha, ha, yangilik qilmoqçi edim, – dedim bahona topilganidan sevinib.

– Ammo, ukajon, har qança yangilik desangiz ham buni şeʼr sifatida qabul qilib bölmaydi. Buningizda na vazn bor, na boşqa mezonlar. Yo uslubingizni yöqotib qöydingizmi? – dedi qoşini çimirib. Men indamadim. – Siz mana bu kitoblarni bir varaqlab köring. – U javondan bir talay kitoblarni olib oldimga qöyaverdi. – Mana bu kitobda aruz vaznining eng gözal namunalari bor. Mana bu kitobda esa barmoq vaznidagi sara şeʼrlar jamlangan.

Men kitoblardagi bir-ikkita şeʼrni öqib kördim, könglimga ötirmadi. Keyin javonning pastroğidagi çiroyli bezatilgan sariq va havorang kitoblarni olib varaqlay boşladim.

– Ularni öqimasangiz ham bölaveradi, – dedi domla yuzini bujmaytirib. – Ular özlarini modernçilar deb ataşadi. Lekin yozganlari modernizmning “m” harfiga ham yaqinlaşmaydi. Bular şeʼr yozolmaydilar, lekin şoirlar davrasida öralaşib yurişni juda-juda istaşadi. Şuning uçun almoyi-aljoyi qoralamalarni qoğozga tuşirişadi-da, men “modern”da yozayapman, deb özlarini xaspöşlaşadi. Aslida “modern” dastlab Ğarb adabiyotida yuzaga kelgan otaşin, falsafaga boy yönaliş. Hozirgi paytda bizda ham bu uslubda eplab ijod qilayotgan yaxşi şoirlar yöq emas.

Şundan söng domla uslublar, vaznlar haqida uzundan-uzoq maʼruza öqidi. Aruz va barmoqda yozilgan kitoblarni varaqlab bir narsalarni kuyib-pişib tuşuntirdi. Menga esa haligi sariq va havorang muqovali kitoblar yoqib qoldi. Çunki ularni yoziş juda oson, xuddi mening yozganlarimga öxşardi. Demak, uslubimiz bir xil bölsa kerak. Böldi, uslubimni topdim: men “modern”da yozayotgan ekanman. Meniki hatto anavi ikkala kitobdagidan ölsa öligi ortiq. Ularniki modern bölsa, menikini bemalol postmodern desa ham bölaveradi. Mana, masalan bir şeʼrim “Telefon – sotka, supurgi – çötka” deb boşlanadi. Qofiyasi joyida, mazmun bor, eng muhimi, zamonaviy şeʼr. Xayriyatki ijod ahlining nozik könglini tuşunadigan uddaburon kişilar ana şu uslubni öylab topişgan ekan, yöqsa, meni allaqaçon ijod dunyosidan badarğa qilişib, ustimdan kulib yurişgan, men ayni barq urib oçilgan çoğida tomiri suvdan uzilgan guldek qovjirab, yana qora mehnatga qorişib ketgan bölardim. Yaşasin modern!  Domla esa menga klassik şoirlarni tuşuntirmoqçi böladi. Bunça ğalça bölmasa. Axir, klassiklar özlarining zamonasidagi uslubda yozişgan. Ularning zamonida sotka telefonlar bölmagan. Mabodo bölganida, ular ham xuddi mana şunday yozardilar. Bundan taşqari, hozirgi şou-biznes klassiklarni hazm qilolmaydi. Bugun sanʼat olamini “rep” va “rok”lar egallayapti. Ularga esa aynan bizning modernça şeʼrlarimiz kerak. Haligi olifta qöşiqçilar yangi şeʼrlarimni mensişmadi. Yöq, menimça ularning bunga tişlari ötmadi. Bilganlarini qilişsin, zamondan orqada qolganlar. Men endi yangi yulduz bölib çaraqlab çiqib kelayotgan “Ananas”, “Apelsin” guruhlari bilan işlayman. Mana bu şeʼrlarim aynan ularbop. Ular haqiqiy zamonaviy guruhlar.

Domla ayni berilib javrayotgan paytda men uzr sörab, asta örnimdan turdim. Sariq va havorang muqovali kitoblarni berib turişini iltimos qildim.

– Olib ketavering, ularning menga keragi yöq, şunçaki özlari taşlab ketişgan, – dedi hafsalasi pir bölib.

Bu kitoblarning domlaga keragi yöq, lekin şou-biznesga ular juda kerak. Eng muhimi, toğamning menga hadya qilgan “merosi” tugab, özim şeʼr yozişga majbur bölayotgan, şou-biznes ham, gazetalar ham bir ğayratli şoirga eşiklarini taqa-taq yopib, ijod maydonidan batamom supurib taşlamoqçi bölib turgan bir paytda mening yozganlarimni şeʼr deb tan olib, bağrini keng oçuvçi hurmatli “MODERN”ni topib olganimdan va bu saxovatpeşa yönalişni orqa qilib ijod maydonida hali ança-munça javlon urib yurişim mumkinligidan benihoya xursand bölib ketdim. Men kitoblarni qöltiğimga qistirib, xayrlaşdim.   

Uyğun RÖZIYEV 1974-yilda Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanidagi Jöş qişloğida tuğilgan. Samarqand Davlat universitetining özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

“Umringizga umr qöşilsin” bolalar uçun şeʼr va hikoyalar töplami (1993), “Atirgul” romani (1995), “Qadr keçasi” (2003), “Toğlar iskanjasi” (2006), “Oqçöqqining bolasi” (2006) kabi qissalar hamda “Tongda qaytgan kaptarlar” (2011) hikoyalar töplamlari muallifi.

Hozirgi kunda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida masʼul kotib vazifasida işlamoqda.

 

“Yoşlik”2013/4

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)