25 daqiqada öqiladi

326 marta körilgan

Ikki manzil

Ikki manzil

(Hikoya)

– Hammasini sen uçun qildim! Seni deb! Sen bölsang…

Yuzi dokadek oqargan, titrayotgan erkak bir soat burun xuddi şunday dedi qörqqanidan devorga suyangança oğir kursini öziga qalqon qilib kötarib turgan, zöriqqanidan köra kutilmagan vaziyatdan qattiq larzaga tuşgan qizga…

Bu bir soat, atigi oltmiş daqiqa oldin aytilgan gap. Bir soat, atigi oltmiş daqiqa oldin erkak titragan, qaltiragan holda qizning qarşisida turardi. Tirişgan yuziga jon bağişlab turguvçi közlari ayni damda juda qayğuli edi…

Xuddi hayot-mamoti hal bölayotgandek qarşisidagi qizga butun vujudi nigohga aylanib, qattiq tikilib qolgandi.

Darvoqe, şundan keyin haqiqatan ham uning hayot-mamoti hal bölmadimi?

– Demak… demak… siz şuning uçun… – nihoyat tilga kirdi qiz juda ham zaif tovuşda.

– Ha! Endi yaşirib ötirmayman, – dedi erkak qizga yaqin kelib. – Bunga hojat ham qolmadi. Hamma-hammasini Siz uçun, yolğiz Siz uçun qildim. Bilasiz, imkoniyatim kengligini…

– Demak… – qiz birdan maʼyus tortib qoldi. Hatto bir oz böşaşganidan qöllarida mahkam tutib turgan oğir kursi tuşib ketayozdi.

– E, namunça “demak, demak”laysiz! – baqirib yubordi erkak. Qiz çöçib tuşdi. – Ha, ha, deyapman-ku, – deya andak qahr bilan davom etdi erkak. – Onangizga idora nomidan sovğa qilingan uy ham, dala hovli-yu, akangizning universitetga öqişga kirişi, hamma-hammasini faqat, azbaroyi sizni… seni sevganimdan… – erkak jimib qoldi. Qaraşlari muloyim tortdi. – Siz bölsangiz… Siz bölsangiz umuman befarqsiz, – dedi u birdan özgargan, yumşoq va mayin ovozda.

Qiz unga javoban heç narsa demadi. Ammo… yonoqlariga qizil yugurdi, közlariga esa adoği yöq mung çökdi. Uning yuragini dard timdalab yuborilganday edi…

– Töğri, biz unçalik ham… unçalik ham badavlat emasmiz… – dedi qiz bir ozdan keyin juda ham dovdiragan, esankiragan holda. – Lekin oyim… bu haqda boşqaça gapirgandilar.

– Nima degandi oyingiz? – erkak qizdan uzoqlaşib, xonadagi böş stullardan biriga ötirdi. Aftidan u qizga avvalgidan ham ön çandon ortiq qiziqib qolgandi. – Xöş, oyingiz nima degandi öşanda?

– Oyimning aytişiça…

– Xöş?

– Oyimning aytişiça, siz katta odam ekansiz. Qölingizdan kelmaydigan iş yöq ekan. Aniqroği, qölingizni qayerga uzatsangiz yetarkan. Juda olamşumul işlar qilsangiz ham qurbingiz yetarkan. Katta-katta idoralarda zör tanişlaringiz bor ekan. Ular bilan har qanday çigal işni hal qila olarkansiz. Keyin…

– Xöş? – bir oz kulimsiragan holda şunday dedi erkak. Aftidan, u qah-qah urib yuborişdan özini zörğa tiyib turardi.

– Keyinmi?.. Keyin… Kallangizga nima kelsa, şuni qilarkansiz. Heç kim bilan maslahatlaşmas ekansiz. Töğri, siz maslahat söragan taqdiringizda ham heç kim sizga maslahat berişga botina olmaydi. Hatto sizdan tepki yeganlar ham oyoğingizni öpişga tayyormişlar! Şuning uçun… umuman, qayerga borgingiz kelsa, borarkansiz, keçami-kunduzmi, sizga farqi yöq, qolaversa, siz uçun yöl hamişa oçiq. Keyin… – şu yerga kelganda qiz yer ostidan erkakka qarab qöydi. – Keyin istagan vaqtda istagan odamingizga pul-mul berib yuboraverarkansiz. Hatto ilgaridan tanimagan, bilmagan odamlaringizga ham… Buning heç qanday ğalati joyi yöq emiş. Badavlat, obröli odam qanday iş qilmasin, ğalati tuyilmasmiş. Şuning uçun biz unçalar ajablanmadik. Qolaversa, dedilar oyim yana, biz sizga juda devor-darmiyon bölmasa-da, harqalay, qöşni bölgan ekanmiz yangi uyga köçib ötmasimizdan oldin. Şunday ekan, odam xayr-saxovatni eng avval qöşnisidan boşlagani maʼqul ekan. Çunki u dunyoda söroq qilinayotganda Xudo kimning qanaqa odam bölganligini faqat va faqat qöşnisidan sörab olarkan. Faqat va faqat qöşni rost sözlarkan…

– Şunaqa deng… – dedi erkak qiz gapim tugadi, deganday jim qolib, boşini xam qilgandan keyin. U qizga bir muddat tikilib turdi, çehrasida kulimsiraş paydo böldi, ajinlari yozildi, közlari qisildi, başarasi yoyilib ketganday böldi va u birdan butun gavdasi silkinib… allaqanday asabiy tarzda qah-qaha otdi, uzoq kuldi, kulgining zöridan ikki yuzi lavlagiday qizarib ketdi. Qiz esa heç narsaga tuşunmaganday taajjub içida unga qarab  turardi. Bu hol erkakning eʼtiboridan çetda qolmagan, lekin u biribir kulişda davom etar, kulganda ham qizning közlariga qarab, undan nigohini uzmagan holda xo-xolardi.

– Men ketişim kerak! – dedi qiz birdan dadil, lekin zardasi qaynagan holda, ammo şunda ham qölidagi kursini yerga qöymasdan.

– Qayoqqa?! – darhol kulgini bas qilib, gap ohangini özgartirdi erkak.

– Uyga!

Erkak örnidan turişga çoğlandi, lekin birdan fikridan qaytib, stulga yastanibroq joylaşarkan:

– Keta olsangiz… mayli, ruxsat, – dedi bamaylixotir.

Qiz kursini yerga qöya solib, eşik oldiga yugurdi. Ammo eşik berk edi!

– Eşikni oçing! – dedi u erkakka ğazab bilan. – Oçing eşikni, bilaman, uni siz qulflab qöygansiz.

Erkak miq etmadi. Barmoqlarini öynagança qarşisidagi deraza oynasiga tikildi.

– Hoy, kim bor?! Eşikni oçinglar! – deya qiçqirdi yiğlamsiragan qiz. – Meni qamab qöyişdi, yordam beringlar! Yordam… – qiz nozik muştçalari bilan eşikni muştlay boşladi.

Uç-tört daqiqa ötdi.

Qizning çorloviga heç qanday javob bölmadi. Şundan söng erkak örnidan turib, qizga yaqin keldi.

–  Mana, kördingizmi, – dedi u ohista. – Qançalik baqirmang, eşikni muştlamang, baribir foydasi yöq. Bu hovlida anavi daraxtlardagi quşlardan boşqa heç qanday jonzot yöq.

– Demak, meni aldab olib kelgan ekansiz-da?

Erkak eşitmaslikka oldi.

– Qani mehmonlaringiz? Axir meni xizmatga çaqirgandingiz-ku. Şu yerdan oyimga qönğiroq qilib aytib qöyarman, deb kelaveribman. Endi nima böladi?

– Ana, ana, aqlingiz endi kira boşladi, – erkak birdan jonsaraklik bilan qizning atrofida parvona bölib, uni haşamatli, naqşinkor oromkursilardan biriga ötqazmoqçi bölib yelkasiga qölini qöydi. Ammo qiz erkakning qölini siltab taşladi, joyidan jilmadi, eşik tutqiçidan mahkam uşladi. – Umuman olganda… – deya davom etdi erkak qizning harakatidan köngli oğriganday bölib, – hozirgi vaziyatni hisobga olib… yaʼni, demoqçimanki, sizning feʼli-xöyingizni nazarda tutib… aytadigan bölsam, oyingiz haq! Lekin men har qanday şaroitda ham mavqeimni pisanda qilmayman, deb özimga-özim söz bergandim. Vaholanki, bu ahvolda sözimning ustidan çiqolmaymanmi, deb qörqaman, – erkak qölini yana qizning yelkasiga qöydi, qiz özini olib qoçişga urindi, lekin erkak kuç bilan uni öziga tortib yuziga yuzini yaqin tutib, quloqlariga piçirlay boşladi: – Xöp deng, iltimos, sizni dunyodagi eng baxtli ayol qilaman, söz beraman, söz…

– Yöq! Yöq! – qiz özini çetga tortdi. Ammo erkak uni qöyib yubormadi.

– Mana, kördingizmi, – dedi erkak közlari yonib. – Agar istasam, hoziroq, şu yerning özida sizni özimniki qilib olişim mumkin. Dodingizni eşitadigan odam yöq bu yerda. Albatta, mendan boşqa! Keyin dardingizni aytolmay yurasiz, garçi bu zöravonlik bölib, siz zöravonlik qurboni bölsangiz-da, heç kimga damingizni çiqara olmaysiz. Çunki bu işda birinçi navbatda özingizni aybdor qilişadi. Qizbola degan narsa yolğiz erkakning daçasida nima qilib yuribdi, deyişadi odamlar. Ha, ha, şunday deyişlari turgan gap. Men bunga işonaman. Lekin men bunday ifloslik qilmayman, qilmoqçi ham emasman. Xudoga şukr, köngil roziligi bilan zöravonlikning farqiga yetadigan odamman. Mana kördingizmi, hamma-hammasini oçiq gapirdim. Menga faqat sizning roziligingiz kerak. Töy qilib uylanaman.

Erkak andak böşaşdi. Bundan foydalangan qiz uning quçoğidan sirğalib çiqdi va özini deraza tomonga otdi. Xayolida: “Deraza oldiga yetib olsam bas, derazani oçaman-u özimni taşlayman,” degan öy çarx urardi halidan beri. Biroq! Deraza berk, buning ustiga temir panjaralar bilan qurşalgan edi!

– Nahotki, hammasi puxta öylab qilinganiga fahmingiz yetmayotgan bölsa? – orqa tomondan erkakning ovozi eşitildi.

Qiz şaxd bilan ögirildi.

– Ablah odam ekansiz!

– O, yaqin-örtada bunday maqtov eşitmagandim. Buni yaxşilab hazm qiliş kerak.

– Eşikni oçing! Men ketişim kerak!

– Taklifimga könasizmi?

– Ovora bölmang!

Erkak bir zum tin olib, söng dedi:

– Öylab javob qiling. Siz gözalsiz, yöq, sohibjamolsiz, desam töğriroq böladi. Ammo bitta aybingiz bor, hali ğörsiz, yoşsiz. Hamma-hammasi sizning javobingizga boğliq ekanligini öylab körmayapsiz.

– Bu bilan nima demoqçisiz? – ensasi qotib söradi qiz.

Erkakning titrab turgan lablari zaharxanda kulgidan yoyilib ketdi. “Hademay özingga kelib qolasan, qizaloq,” deganday qaradi u qizga. Söng:

– Öylang, kallani işlating, köproq va köproq öylang, men manavi yerda kutib ötiraman, – degança, boya özi ötirgan oromkursi tomon yurdi.

– Tuşunmadim, – dedi qiz erkakning sözlariga parvo qilmay.

– Yoşligingiz, besabrligingiz mana şundan ham maʼlum.

– Oçiq gapirsangiz-çi.

Qizning ovozidagi yumşoq ohang erkakka boşqaça taʼsir qildi. U nimagadir hayajonlana boşladi. Bu xuddi qarmoğiga baliq ilinganini his etgan baliqçining hayajoniga öxşab ketadigan bir tuyğu edi.

– Bilasizmi, qaldirğoçim… – deya erkalab sözlaşga ötdi erkak, – haligina, bunga juda köp vaqt bölgani yöq, yaʼni mojaro boşlanmasidan siz oyingizning bir narsalarni gapirganini aytgan edingiz. Va men ham özimning nimadandir qörqayotganimni aytgandim. Yaʼni, mavqeimni nazarda tutib. Xullas, şu narsani qançalik çetlab ötişga harakat qilmaylik, baribir gap aylanib yana şunga taqalmoqdaki… – şu yerga kelganda qizning yuragi siqilib ketdi, erkakning yuziga olayib qarab qöydi. – Qaldirğoçim, – deya davom etdi erkak, – menga bunday qaramang, şu qaraşingiz adosiman… Xullas, mening oşna-oğaynim köp. Imkonimdan taşqaridagi baʼzi masalalarni şu oğaynilarim orqali amalga oşiraman. Sinçkovlikni judayam oşirib yubordingiz, deb taʼna qilmasangiz (o, taʼna qilsangiz ham mayli, minnat qilsangiz ham mayli, hammasi boşim ustiga!) kiçkina bir, deylik, angişvonaning köziday bir sirni, yaʼni sizning oilangiz sirini oşkor etsam…

Qiz umri bino bölib bunday mijğov odamni uçratmagan edi. Asabiylik bilan gapirsang-çi, deganday, turgan yerida depsindi. Erkak esa uning şu harakatidan ham zavqlanib, yeb yuborguday bölib tikilib qolgandi.

– Yaqinda dadangiz haqida eşitib qoldim… – erkak şunday deyişi bilan qizning yuzi şu qadar oqarib ketdiki, bir zumda naq qoğozga aylandi-qoldi. – Hoy… Hoy…

Erkak qizni huşidan ketayapti, deb öylab qörqib ketdi, oldiga yugurib borib qölidan tutdi.

– Ilon… – piçirladi qiz, – ilon… Şundan ham xabardormisiz hali?..

– Atay suriştirganim yöq, Xudo ursin, ölay agar, tasodifan eşitib qoldim. Qolaversa, teşik quloq eşitadi-da.

– Pastkaş…

– Bu pastkaşlik emas, – dedi erkak dili ranjib. – Men aytmoqçi edimki, agar lozim topsangiz, agarki siz şunday qarorga kelsangiz va menga şunday xizmat yuklasangiz, men bundan nihoyatda tölqinlangan holda bu topşiriqni amalga oşirsam. Bir hafta içida dadangiz ozodlikka çiqadi!

Qiz yalt etib qaradi.

– Qanday qilib? – deya past ovozda söradi.

– Qani, avval mana bu kursiga ötiring-çi, – erkak uni belidan quçib, kursi tomon boşlarkan, köz uçida qizning nozik yelkalariga, qop-qora soçlari tölğonayotgan oppoq böyniga suqlanib tikildi. Közini quvnatgan naqş olmani yegisi kelgan odamdek huzur bilan tamşandi. – Mana bunisiga, bunisiga ötiring, qulayroq ötirib oling. Ha, ana şunday, – deya mehribonlik qildi erkak, hatto qizning etaklarini töğrilab qöydi. Qiz ijirğandi, ammo indamadi. – Demak, gap bunday, men ertagayoq, yöq, siz xohlasangiz hoziroq, şu daqiqaning özidayoq, kerakli odamlarimga qönğiroq qilaman. Ular darhol dadangizning işi bilan şuğullanişadi…

– Bu… mumkinmi?.. – kamoli hayrat bilan söradi qiz.

– E, bu dunyoda bitmaydigan muammo yöq, ölimdan boşqa albatta.

– Axir dadam odam öldirgan, yana mast holda… Dadam atay qilmagan, albatta, bu işni. Bu tasodifan yuz bergan. Avvallari ozgina kayfi bölsayam rulga ötirmasdi heç qaçon…

– Buni falokat deydilar, qizaloq. Falokat. Falokat oyoq ostidan çiqadi, deb şunga aytadilar-da.

– Lekin biribir dadamni qamab qöyişdi, tağin eng oğir ayblov bilan… – qiz umidsiz holda boşini çangalladi, aftidan u boşlariga tuşgan körgulik haqida juda köp öylagan, öylab öyining oxiriga yetolmagan, mana hozir, ayni daqiqada dardi yangilanib, nihoyatda xafa bölib ketganidan özining qayerda ekanligini ham unutgandi.

– Siz qayğurmang, sirayam qayğurmang, bunga hojat yöq, – dedi erkak birdan yana tölqinlangan holda, u hozir özini afsonalardagi xaloskor pahlavonday, qizni esa… nozik-nihol, dovyurak, ammo yordamga muhtoj sohibjamolday his etayotgandi; ayni şu daqiqaga dovur qiz oldida könglini bir oz xijil qilib turgan narsa – azadorligi, xotini oğir va uzoq davom etgan xastalikdan qiynalib yotib, nihoyat bu yilgi köklamning boşlarida qattiq uyquga ketib, uyğonmasdan olamdan ötgan bölsa-da, butunlay yolğiz emasligi: na enagaga, na pulu, na ota mehriga  muhtoj  tört öğli, kelin-nabiralari borligi va nihoyat…  eng ayançlisi – özining yoşi ötib qolganligi haqidagi xijolatli öylar xayolidan kötarilgan, bir neça fursat bölsa-da, özini ötda yonmas, suvda çökmas bahodirday his qilardi… Yöq, bu yerda faqat muhabbat emas… yöq… faqat muhabbatning özi erkak uçun kamlik qiladi, u özini kimgadir kerakligini, yonida bölganida öşa odam özini baxtiyor his qilişini istardi çoği, axir erkak  har qanday yoşda  ham azbaroyi boşqa odamni deb yaşaşga  özida kuç topişga qodir! Ammo.. buni manavi qizga qanday tuşuntirsin? Ikkalasi yuzma-yuz, ammo ikki manzilda turişgan bölsa! – Hali aytdim-ku, bu dunyoda bitmaydigan iş yöq, – dedi erkak bir oz boyagi şaştidan tuşib sözini davom ettirarkan. – Hatto dor ostidan ham qutqarib qolişning iloji bor. “Ön uçdan uç olib taşlansin”, deyilsa kifoya. Faqat, boya aytganimday, siz… rozi bölsangiz bas…

– Qonun buziladi-ku… – piçirladi qiz.

– Qonun buziş uçun yaratiladi-da!

Erkak qizning yelkasiga qölini qöyib, sekin silay boşladi. Silay turib qaltisroq harakat qilib yubordi, şekilli, qiz seskanib tuşdi, hatto beixtiyor örnidan turib ketdi. Yana eşik oldiga borib, tutqiçdan uşlagança kuçi boriça siltalab oçişga urinarkan, erkakka yovvoyi bir nazar taşlab qöydi.

– Iltimos, menga bunday qaramang… – dedi erkak past ovozda, u birdan boyagi şaxdidan yanada past tuşgan, juda-juda maʼyus tortib qolgandi.

– Oçing eşikni, men ketişim kerak! – qiçqirdi qiz hamon tutqiçni siltalaşdan töxtamasdan.

– Eşik oçilmaydi, heç qaçon oçilmaydi, – dedi erkak bir zum öy surib turgaç vazminlik bilan kursilardan biriga özini taşlarkan.

– Qörqmaysizmi?.. – söradi qiz kutilmaganda tutqiçni siltalaşni bas qilib, eşikka suyanarkan.

– Nimadan? – bamaylixotirlik bilan söradi erkak birinçi marta körayotgandek barmoqlariga sinçkovlik bilan tikilarkan.

– Axir meni uydagilar qidirib qolişlari mumkin… Eh, nimalar deyapman özi, mumkin emiş… Soat beşgaça uyga bormasam qidirib qolişlari, hatto milisaga xabar berişlari turgan gap. Bu aniq. Unda holingiz nima keçadi?

– Men bilan ekanligingizni bilsa, oyingizning baxtiyorlikdan boşi osmonga yetadi. Men buni allaqaçon payqaganman.

– Yöq! Yöq! – qiz çidolmasdan baqirib yubordi. – Oyimni haqorat qilişingizga yöl qöymayman!

– Öz onangiz emas-ku, namunça?..

– U yoği bilan işingiz bölmasin!

– Bilasizmi nima, – dedi erkak boyagiday xotirjamlik bilan, ammo közlari boşqaça, judayam boşqaça boqarkan. Qizning nazarida u şu turişida daqiqa sayin rangini özgartirib turadigan maxluqqa öxşab ketdi. – Aslida bu haqda gapirmasam bölardi. Bu haddan taşqari odob doirasidan çiqib ketiş ekanligini bilib turibman. Lekin azbaroyi sizni sevganimdan, sizga yaxşiligu ezgulikdan boşqa narsani tilay olmasligimdan, şu narsaga qöl uryapman… – erkak jim bölib qoldi. Qiz joni hiqildoğiga tiqilguday bölib unga qarab turardi. Nihoyat: – Mana şunday iştibohlardan söng, – deya sözini davom ettirdi erkak, – sizga şuni maʼlum qilamanki, men boya sizga taklif qilgan narsani bundan bir munça fursat burun onangiz menga şaʼma qilganday böluvdi.

– O, yöq, yöq! – deya şivirladi juda ham dahşatga tuşgan qiz rangi bözday oqarib. – Bölişi mumkin emas! Mumkin emas!..

– Nega endi? Bu dunyoda hamma narsa bölişi mumkin. Yaramas odamzod xayoliga kelgan har qanday ablah fikrni amalga oşirişni istab qoladi gohida, – erkak şunday dedi-da, çöntagidan jimitday qayçisini olib, tirnoqlarini qirtişlay boşladi. U ançayin sokin köringani bilan, aslida nimanidir, özida yöğ-u, qizda mavjud bir narsani sindirişga qasd qilgan va bunga qisman erişdim, deb öylaganidan köksi yoqimli hislarga tölib borayotgan, lekin buni qizga sezdirmaslik uçun kutilmaganda, örni bölmasa-da, tirnoğini qirtişlaşga tuşib ketgandi.

– Siz ablahsiz! – deb yubordi qiz kutilmaganda.

– Ablahlik odamzodning qonida bor. Lekin aqlli odamlar buni sezdirmaydilar, – javob qildi erkak sira ham jahli çiqmasdan.

– Oyimni… Onamni… şunday… haligi boyagi gapni şaʼma qilganini qanday isbotlaysiz?

Erkak kulimsiradi, ammo darrov javob berişga şoşilmadi, avval qayçini çöntagiga soldi, örnidan turdi, bir-bir bosib qizga yaqin keldi, şundan sönggina gapirdi:

– Oyingiz mendan tez-tez pul qarz olib turadi, şuni bilasizmi?

Qizning közlari çaqçayib ketdi, lablari dir-dir titradi, ammo lom-mim deya olmadi.

– Men bir narsaga hayronman, – gapida davom etdi erkak. – Yöq, aniqroği, tuşuna olmayapman sirayam. Siz menimça köp ham öylab körmasdan oyoq tirayapsiz. Şunaqami? Aks holda… Bu haqiqatga tik qaray bilmaganingizdan bölsa kerak. Har holda… uff… yana şu söz! Jin ursin şu sözni! Har holda, özimni oqlamoqçi emasman-u, lekin bir oğiz aytib ötişim lozim, deb öylayman, har holda men sizga nisbatan judayam noinsoflik qilganim yöq. Mana, ixtiyoringizga qarab, qarşingizda boş egib turibman. Siz andak öylaş, fikr yuritiş örniga…

– Nimani öylaşim kerak?

– Axir dadangiz qamoqda, kim biladi, hozir ne köylarga tuşgan ekan? Bilasizmi, u yerda odam öldirganlarni ne köyga solişlarini… Uyda onangiz, ögay bölsa-da va sizga nisbatan köngli u qadar toza bölmasa-da, siz u kişini yaxşi körar ekansiz, hurmat qilarkansiz, hatto havasim kelayapti sizga: odamlardan nafratlanmasdan yaşaş qanday yaxşi, ammo baribir, nima bölganda ham haqiqatga tik qaraşimiz kerak, çunki u  h a q i q a t! Haqiqat şunday narsaki… ha, mayli, bu haqda boşqa vaqt… Xullas, otangiz qamoqda, onangizning qölida heç qanday hujjati yöq biron joyga işga kiriş uçun. Yaqinda folbinlik qilmoqçi bölibdi-yu, lekin eplolmabdi, şundaymi? Qöldagi, yuzdagi çiziqlar haqida maʼlumot beruvçi kitoblarni topolmabdi-da beçora. Aksiga olib mendayam bunday kitob yöq edi, lekin keyinçalik topib berişim mumkin, bu dunyoda topilmaydigan narsaning özi yöq, mabodo folbinlikni xobbi qiliş niyatlari bölsa, çunki qarindoş bölib qolsak, tirikçilik taşvişlaridan qutilib, bir umr izzat-ikromda yaşaydilar u kişi, garçi… Yanglişmasam, hozirgi folbinlarning köpçiligi şunaqa kitoblarni yodlab, suv qilib içib yuborib, keyin karomatgöylik qilayapti, şekilli. Tört-beş söm topiş ilinjida-da, albatta, buni tuşunaman. Şunday qilib, onangizning bu borada ham omadi kelmadi. Akangiz esa yaqinda öqişdan haydaladi şu ketişi bölsa. Içkilikka berilib ketganmişmi, institutga kirar-kirmas? Mehnatsiz erişilgan narsaning qadri bölmaydi-da özi! – erkak şoşilmasdan, ohista, har bir sözini çertib-çertib, möljalga aniq tegadigan qilib sözlagani sayin qiz tobora kiçrayib borayotgandek, özini ojiz va notavon his etar, yuziga noçor bir ifoda qalqib çiqayotgandi. – Hademay, mana körasiz, meni aytdi dersiz, akangiz içib olib, bitta-yarimtani piçoqlab qöyişdan ham tap tortmaydi. Uyda esa sizdan keyin yana oltita ukangiz bormi? Ha, oltita! Yo beştami? Yö-öq, oltita, ha, aniq oltita. Ularning ahvoli ne keçadi? Kelajagi nima böladi? Yetimxonaga oborib taşlaysizmi? Şusiz ham hozir yetimxonalar tölib ketdi. Ha, aytganday, yana bir taxmin könglimni alağda qilib turibdi…

– Bas qiling. Böldi, gapirmang!.. – qiz yuzini kaftlari bilan tösgança ötirib qoldi.

– Yöq, endi gapimni oxiriga yetkazişga ijozat etadilar, – dedi erkak qizning abgor holiga bir qur nazar taşlab, birdan ovozini özgartirarkan. – Bu taxmin mana hozir, şu daqiqaning özida xayolimga kelib qoldi. Xudo körsatmasin, hali-veri bunday bölmaydi-ku, lekin baribir, odam aytib bölmaydi, mabodo menga bir gap bölsa, ölimimdan keyin farzandlarim sizlarga sovğa qilingan uyga daʼvo qilib qolişsa-çi?! Onangiz mahalladagi eski uylaringizni allaqaçon sotib yuborgan, şundaymi? Odam bunçalik şoşqaloq bölmasligi kerak-da. Yaʼni, ha, mayli…

Qizning yuztuban yiqilişiga bir bahya qoldi. Erkak uni tutib qoldi va dast kötarib deraza oldidagi kursiga ötqazdi-da, şoşa-pişa derazaning bir tabaqasini oçib yubordi. Xonaga toza va salqin havo yopirildi.

Qiz közlarini oçdi.

– Odamni juda qörqitib yubordingiz-ku, – dedi erkak yengil tortib. – Şunçalik ham nozikmisiz? Bir oğiz gapni kötara olmasdan huşdan ketib ötiribsiz-a?

Qiz indamadi, erkakka befarqlik bilan qarab qöydi.

– Qölingiz muzlab qopti… – erkak qizning barmoqlarini avval kaftlari orasiga olib isitdi, söng botinib-botinmay, hayiqqanday bölib, jurʼatsizlik bilan labiga bosdi.

Qiz uyqudan uyğongandek çöçib tuşdi. Irğib örnidan turdi. Turişga turdi-yu, ammo qayoqqa yurişini, nima qilişini bilmasdan bir dam haykaldek qotib qoldi.

– Azizam, özingizni bunçalik qiynamang, – dedi erkak juda ham yuragi kuyib ketayotgandek iltijoli ohangda. – Yuzingizga qarab, yuragim ezilib ketayapti. Mabodo sizni sevmaganimda, çin yurakdan sevmay, sizsiz yaşay olganimda, allaqaçon sizni bu yerdan çiqarib yuborgan bölardim. Aslo, bir daqiqa ham tutib turmasdim. Lekin hozir ilojim yöq. Tuşuning va menga bir narsa deng. Hatto, mayli, yolğondan bölsayam, umidvor qiling meni, keyin heç qaçon vaʼdangizda turmasangiz va hatto vaʼda berganingizni tan olmasangiz ham mayli. Xöpmi? Xöp deng, iltimos…

Qiz boş çayqadi.

– Axir baxtingiz kulgani şu emasmi?

– Baxt!.. Yöq, bu xörlik…

– E, Xudoyim, Xudoyim! – xona içida u yoqdan-bu yoqqa yura boşladi erkak. – Bu ne körgulik, a? Kelib-kelib sizday bağri toşga işqim tuşgani-çi! Agar sizning örningizda boşqa qiz bölganida, hatto u ön tört yaşar gözal bölsayam, heç ikkilanmasdan taklifimga rozi bölardi!

– Öşa qizning oldiga boraqoling…

– E, Xudoyim, qanaqa qizsiz-a? Miyangiz faqat özingizga maʼqul fikrlar bilan tölib ketgan! Umrim bino bölib, sizga öxşagan qizga birinçi marta duç kelişim.

– Siz öylaysizki…

– Men öylamayman, istagan narsamga erişaman. Şu çoqqaça şunday bölib kelgan va şunday bölib qoladi!

– Katta ketmang…

– Mana hozir ham, özingiz ayting, haq gapni ayting, oşiğim olçi turmayaptimi? Axir siz ixtiyorimdasiz, istagan işimni qilişim mumkin, ayniqsa, boya huşdan ketib qolganingizda! Oh-vohingizni kim ham eşitardi? Behuş holingizda oh-voh qila olmasdingiz ham. Lekin men bu imkoniyatdan foydalanmadim. Foydalansam bölardi. Hozir men emas, siz atrofimda poyi-patak bölardingiz. Ha, ha, xuddi şunday, poyi-patak! Biroq menga bunday baxtning keragi yöq. Men… bilasizmi… men nimani istayman?.. Haligi… bir gap bor-u… “Bağringga yaproq kabi tökildim…” deb aytişadi-ku… yo kuylaşadimi, işqilib şu-da… – erkakning yuziga qizil yugurib, uyalib ketganday birdan jim bölib qoldi.

Qizning yuziga ojiz, juda ham kuçsiz zaharxanda kulgi yugurdi.

– Qötir köngil… nimalarni tusamaydi…

Erkakning tepa soçi tikrayib ketdi. Qizga şunday öqrayib qaradiki, haliga dovur u heç qaçon qizga bunday nigoh taşlamagan edi. Bunday narsani öylamagan ham edi. Lekin zum ötib uning nigohlari yana yuvvoş tortdi.

Nihoyat, xonada u yoqdan-bu yoqqa yurişni bas qilib, qizning qarşisida töxtadi. Bir neça daqiqa uning qonsiz, murdanikidek oppoq yuziga tikilib qoldi. Boşqa odam bölganida qizning ahvolini köra turib, bu mojaroga çek qöygan, jilla qursa, boşqa kuni davom ettirgan bölardi, ammo erkak bunday qilişni xayoliga ham keltirmadi.

– Parişonxotirligim qursin… bir narsani söraşni… yaʼni aniqlaştirib olişni unutibmanu… – erkak bir zum tin oldi-da, keyin ikkilanibroq gapini davom ettirdi: – Balki… könglingiz boşqa birovdadir? Yaʼni birorta yoşroq yigit boşingizni aylantirib…

– Işingiz bölmasin! – şu zahotiyoq javob qaytardi qiz.

Erkak ğalati bölib ketdi. Zum ötmay yuzi böğriqib, közlarining oqi qizara boşladi.

– Bilasizmi, hozirgi yigitlar qanaqa, – deya gapirdi u allaqanday alamzada ohangda. – Hozirgi yigitlar… umuman, hozirgi yoşlar muhabbat nimaligini bilişmaydi! Ular xat yozişmaydi! Orziqib javob xati kutişmaydi! Poçtaçining yöliga intizor bölib köz tutişmaydi! Şundoq… internetda tanişib, internetda gaplaşib, yana internet orqali ajralişib ketaverişadi!

Qizning yuziga kinoyali tabassum yugurdi. Keyin:

–  Kattalar hamişa yoşlardan nolişgan, – dedi u  kulimsiragan holda.

– Asos bordirki… nolişadi, – dedi erkak yoqtirmayroq, bir lahza jimib qoldi, lekin keyin  birdan qoni qaynab ketganday zarda bilan gapini davom ettirdi: – Bilasizmi, hozirgi yoşlar, ayniqsa yigitlar juda baçkana! Xomxayol! Tarrallabedod qilib yurişdan boşqasiga yaramaydi!

– Ja unçalikmasdir… Bilimdon…

– Bilimdon yoşlar, – qizning gapini şart kesdi erkak, – kuçini va bilimini qayerga sarflaşni bilmay, har xil nazariyalardan boşlari ğovlab, köçada sargardon yurişibdi! Baʼzilari çet elga ketib, boyib qaytiş kabi havoyi orzular bilan kökragiga urib yurişibdi. Ular uçun muqaddas bölgan aqidalar qolmagan! Sizga öxşagan qizaloqlarni esa…  mehribon onalari…

– Bas qiling! – xun bölib qiçqirdi qiz. – Agar hoziroq meni bu yerdan çiqarib yubormasangiz, nima bölişidan qatʼiy nazar, sizni sudga beraman!

Erkakning bir tuki ham qilt etmadi. Qizning sözlarini eşitmagandek yon-veriga alanglab,  ikki qadam narida turgan kursiga özini taşladi. Holdan toyganday çuqur söliş oldi. Kursi suyançiğiga tirsaklarini, kaftiga iyagini tirab, öyga toldi. Bir neça daqiqa şu zaylda ötdi. Şu bir neça soniya içida uning köz oldidan butun hayoti kinolentaday lip-lip ötdi. Bu lentalarda uning zafarlarga töla şavkatli hayoti aks etgandi. Özining hozirgi ahvoli esa nihoyatda zabun va maşʼum muvaffaqiyatsizlikning muqaddimasidek tuyildi. Bunday zabunlikni kötariş tugul, his etişning öziyoq erkak uçun dahşatli bir hol edi. Bunga u könikmagan edi.

– Eşikni oçasizmi, yöqmi?

Erkak qizga tirilgan murdaga qaraganday hayrat va taajjub bilan nazar taşladi: Bu qaçon yuz berdi?! Ammo yana miq etmadi. Qiz rostdan ham “tirilgan” edi. U özini tutib olgan, erkakka favqulodda qatʼiyat bilan tikilib turardi.

Qiz qarab turdi-turdi-da, birdan, kutilmaganda juda ham maʼyus va şikasta ovozda dedi:

– Hamma balo şundaki, sizni sevmayman. Şunday ekan, bu mojaroni davom ettirişdan foyda yöq. Şundaymi?

Erkak qizning sözlarini tuzuk-quruq anglamay turib, asta boş irğadi.

Keyin sekin, juda ham past ovozda, şivirlaguday bölib dedi:

– Nahotki…sevmasdan… yaşaşning iloji  bölmasa?..

– Iltimos,  eşikni oçing.

– Eşik oçilmaydi, – dedi erkak qizga esdan oqqanday ğalati nigoh taşlarkan. – Avval meni öldirib, keyin bu yerdan çiqib ketasiz!

Qiz hayratdan dong qotdi. Ammo özini önglab kinoyali kulimsiradi.

– Sizni-ya? Qanday qilib? Yaʼni, nima bilan… Axir qölimda na qurol bor, na zahar… Jilla qursa, oşpiçoq bölgandayam… bir amallasam bölardi, – sönggi jumla oxiriga yetar-yetmas qiz baralla, xandon otib kulib yubordi.

Erkak juda ğalati qilib, xuddi havasi kelganday bölib qizga qaradi, u kulişdan töxtagunça kutib turdi, söng ohista:

– U yer-bu yerni qarab köring, jilla qursa, oşpiçoq topilib qolar, – dedi nima uçundir oxirgi jumlaga urğu berib.

– Hazillaşyapsizmi? Ustimdan kulmoqçimisiz?

– Nega endi? Qarab köring-çi, mabodo, oşpiçoq topilmasa, keyin ketaverasiz.

– Söz berasiz-a?

– Ha.

“Bu bir öyin, – deb öyladi qiz. – Atay qilyapti!”

Qiz darhol işga kirişdi. U avval xonani közdan keçirdi. Xona keng va katta edi. Zamonaviy uslubda taʼmirlangan, jihozlari ham allambalo. Şiftda osilib turgan qandilning öziyoq har qanday ayolning aqlu huşini öğirlaydi. Ammo qiz bunga, bunday narsalarga eʼtibor bermaslikka urindi. “Nima böpti… Oddiy qandil… oddiy divan… anavi stol kattagina ekan-u, lekin u ham oddiy narsa-da!..”

Qiz u yer-bu yerlarni körgan, közdan keçirgan böldi-da, erkakka qarab:

– Qidirdim, lekin hatto oşpiçoq ham topolmadim, – dedi kulib.

– Stol ğaladonini körmadingiz, – deya eslatdi erkak.

– Iye, ha, töğri, ğaladon esimga kelmabdi.

Qiz şunday dedi-da, juda ham beparvolik bilan stol ğaladonini tortdi, tortdi-yu şu zahoti haykal bölib qoldi: ğaladonda yap-yangi oşpiçoq yotardi!

– Nega öylanib qoldingiz? – erkak xotirjam körinsa-da, nima uçundir yonoq suyaklari sezilar-sezilmas pir-pir uçardi.

Qiz hadeganda öziga kelavermadi. U oşpiçoqqa tikilib qolgan, erkak tomonga qaray demasdi.

– Qörqyapsizmi? – butun vujudi nigohga aylanib söradi erkak.

Qiz ilkis nazar taşladi erkakka. Kulmoqçi böldi, lekin eplolmadi, lablari jiyrildi, xolos.

– Qörqyapsizmi? – nima uçundir yana şu sözni takrorladi erkak. Keyin qizga yanada qattiq tikildi, göyo özi tan olişni istamagan allaqanday nomaʼlum narsalarni aniqlaştirib olişga ahd qilganday.

– Yöq, nimaga endi… – deya ğudrandi qiz. – Özingiz talab qilganingizdan keyin… Iye, agar men rostdan ham… şunday qilsam, keyin sizning ölimingizda meni aybdor qilişadi-ku! Eh-ha, gap bu yoqda deng! – allaqanday fitnani fahmlab qolganday qizning ovozi kutilmaganda zaharxanda, aççiq kinoya ohangi bilan yangradi.

Erkak indamadi. Qizdan köz uzmay ötirdi.

– Şunça xörlik, mazax yetmaganmidi… – birdan yiğlamsirab gapirdi qiz. – Endi bu tomondan… O, siz qançalar yaramas, ablah, pastkaş odamsiz! Razilsiz!

Erkak örnidan turdi. Stolga yaqin kelib, qizni sekin, juda ham ehtiyotkorlik bilan nari surib, öşa ğaladondan qoğoz-qalam oldi. Söng ötirib, qoğozga şoşilgança allanimalarni yoza boşladi.

– Mana bu tilxat, – dedi u yozib bölib qoğozni qizga uzatarkan. – Mening ölimimda heç kimning aybi yöq, degan maʼnoda…

Qiz dovdiragan, esankiragan holda bir qoğozdagi mayda yozuvlarga, bir erkakka qarar, iç-içidan qaltirar, isitmasi kötarilib, yiqilib tuşadigandek bir ahvolga tuşgandi.

Erkak boyagi ötirgan kursisi tomon yurayotib, yana… juda ham nafis narsaga ozor berib qöyişdan çöçigandek ehtiyotlik bilan qizning yonidan ötdi.

– Endi nimadan çöçiyapsiz?

Qiz asta-sekin öziga kela boşladi. Axiyri özini tutib oldi. “Şu yöl bilan meni mot qilmoqçi, – degan öy keldi xayoliga. – Ovora bölasiz!”

– Agar, – dedi u kutilmagan dadillik bilan erkakka tik qararkan. – Agar men hozir aytganingizni bajarsam, siz yarador bölasiz yo… Unda men qanday qilib xonadan çiqib ketaman? Siz avval, marhamat qilib, eşikni oçib qöying!

– Kalit ham öşa ğaladonda turibdi-yu, körmadingizmi? – xiyol kulimsirab dedi erkak.

– U boşqa qulfning kaliti bölişi mumkin. Yaxşisi öz qölingiz bilan oçing eşikni…

– Unda siz ham piçoqni qölingizga oling.

Qizning nafasi içiga tuşib ketdi. Ammo u baribar  piçoqni qöliga oldi.

– Piçoq işlatişni  bilasizmi özi?

– Ha…

Erkak eşikni oçdi. Va ostonada turib qoldi.

Qiz bunday bölişini kutmagandi. U sal boşqaçaroq öylagandi.

– Qani, boşlang.

Qizning qöllari qaltiradi. Şu qaltiroq qöllari bilan piçoqni qöşqöllab tutdi-da, yuqori kötardi. Ammo möljalga olişga ulgurmadi.

Birdan közlari dahşatli ravişda olayib ketgan erkak gup etib quladi…

Qörqib ketgan qiz piçoqni otib yubordi. Va şoşilgança eşik tomon yurdi. Polda çözilib yotgan erkakka bir neça soniya dahşat içida tikilib turdi-da, söng heç ikkilanmasdan uning gavdasi ustidan sakrab ötib, dahlizga otildi.

Besaranjom qadam tovuşlari ança uzoqlaşib ketgandan keyin erkak asta örnidan turdi. Yöq, u ölimdan qattiq qörqib ketganidan huşidan ketmadi. Yöq va yana bir karra yöq!

U… piçoq tutgan qizning nigohlaridagi adoqsiz nafrat va şu işga qodir şafqatsizlikni körib, yiqilib tuşganini sezmay qolgandi.

2011-yil.

Zulfiya QUROLBOY qizi

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 9-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)