10 daqiqada öqiladi

220 marta körilgan

Şiddat

Otoiyni öqiganmisiz?

Oltmiş uçinçi yilning bahor oylari edi. Şarqşunoslik institutining dastxatlar xazinasidan qölyozma olib, qiroatxonada ötirgan edim. Soat ön birlarga yaqin çap qölida bir kitobni kökragiga bosibroq uşlab olgan (keyin bilsam, şu qöli uruşda yaralangan ekan) közlari çaqçayib turgan, körinişda hamişa jonsarakday, baland böyli, barvastaroq 45-50 yoşlardagi odam kirib keldi.

U mening öng tomonimdagi stulga ötirib, kitob mutolaa qila boşladi. Bir oz ötgaç, qöqqisdan:

– Mulla, qaysi institutda işlaysiz? – deb sörab qoldi.

– Öqiyman, Nizomiy nomidagi pedinstitut aspirantiman.

– Rahbaringiz kim, mavzuingiz nima?

Ilmiy rahbarimni aytdim.

– “Şohnoma”ning özbekça tarjimasi haqida ilmiy iş yozmoqçiman.

– Nega u kişi sizga rahbar böladi? U manbaşunos emas, eski dastxatlarni öqiy olmaydi.

– Yöğ-e, nega bunday deysiz? Aspiranturaga kiriş paytida meni Navoiy ruboiylarining  qölyozmasidan öqitib körganlar.

– Bilmadim. Bölsa-bölaversin. Ammo u kişi Ahmad Yassaviyni  “mistik şoir” degan. Bu notöğri, – dedi jahl bilan.

– Ha, aytmoqçi, Otoiyni öqiganmisiz? – yana gapida davom etdi suhbatdoşim.

– Öqiganman. Uning şeʼrlar devonini Ergaş Rustamov naşrga tayyorlagan.

– Ğazallaridan yod bilasizmi?

– Bilaman!

– Öqing-çi?

– Jamoling vasfini qildim çamanda,

Qizordi gul uyottin anjumanda.

– Yana öqing!   

– Qoşlaring yosin Otoiy körgali husn içra toq,

Subhidam mehroblarda surayi Yosin öqir.

– Ana şu Ergaş Rustamov biz bölamiz, mulla.

Şu-şu Ergaş aka bilan döst bölib qoldik. Olim 50-yillarning boşlaridan  özbek adabiyotining hali kam örganilgan davri – XV asrning birinçi yarmidagi özbek şeʼriyatini tadqiq etiş bilan jiddiy şuğullana boşladi. Natijada “Özbek adabiyotida munozara janri va uning tarraqqiyotida Yaqiniyning örni” nomli yirik tadqiqot yuzaga keldi. Unda munozara janrining öziga xos tabiati, sanʼatkor ğoyaviy niyatining majoziy timsollar orqali badiiy ifodalaniş sehri teran ilmiy tahlil etilgan. Ayrim adabiyotşunoslarda munozara özbek adabiyotiga arab hamda fors-tojik adabiyotidan ötgan, degan aqida bor edi. Ergaş Rustamov Mahmud Koşğariyning “Devoni luğotit turk” asari hamda boşqa dalillarga asoslanib, özbek adabiyotidagi bu janrning ildizi xalq oğzaki ijodiga borib taqalişini asoslab, isbotlagan.

U juda tezkor, şoşilib yurar, tez-tez gapirar, şiddat bilan işlardi.

Öşa yillari Ergaş aka köhna dastxatlarni nuktadonlik bilan örganib, Otoiy, Lutfiy, Sakkokiylar şeʼriyatining asl nusxalari asosida izlanişlar olib bordi. Ana şu zahmatkaşlik mahsuli ölaroq Otoiy devonining ilk naşri yuzaga keldi. Şuni alohida taʼkidlaş lozimki, mazkur davrda özbek matnşunosligi hali katta tajribaga ega emas edi. Şu tufayli klassik matnlar naşrida köp nuqsonlarga yöl qöyilib, matbuotda turli bahslar paydo bölar edi. Otoiy devonining mazkur naşri har jihatdan mukammal, tanqidiy matnga yaqinligi bilan ilm-adab ahlining eʼtirofiga muyassar böldi. Unda noşir şoir ijodiy biografiyasini noyob manbalar, tazkiralarga asoslangan holda yaratişga erişgan; ğazallarning öq mavzusi, obrazlar silsilasi, ğoyaviy yönalişini aniq körsatib bera olgan. Xususan, Otoiy ğazallaridagi işq köp qirrali ekanligiga olimlar diqqatini jalb etib, lirik qahramon ruhiy olami masalasi yaxşi tahlil qilingan. Naşr oxirida ğazallarda uçraydigan nomlar, atama, ibora va qiyin tuşuniladigan sözlar izohi berilgankim, ular oddiy kitobxongagina emas, balki mumtoz şeʼriyat tahlili bilan maşğul ilmiy xodimlarga ham katta maʼrifat beradi. Xullas, luğat va izohlar ham noşirning çuqur ilmiy salohiyatidan darak berib turadi.

 

Zahmat zinapoyalari

Kunlardan bir kuni qizğin, suhbat asnosida:

– Ergaş aka, siz asli qayerliksiz? – deb sörab qoldim.

– Ha, sizga mening qayerdanligim nega kerak bölib qoldi?

– Şunday, özim bilib olay devdim, ustoz-şogirdday bölib qoldik.

U kişi: – Men özbekman, – dedilar-da, öz sarguzaştlarini gapirib berdilar: – Men 1925-yili Çimkent viloyatining Sayram tumanida dehqon oilasida dunyoga kelganman. Örta maktabni tugatgandan söng bir oz vaqt kolxozda traktorçilik qildim, özga yurtlarni kezib çiqdim; bir neça yil Tojikistonda yaşadim; ikkinçi jahon uruşida qatnaşib, 1943-yili çap qölim nogiron bölib qaytdim. ToşDUning Şarq fakultetini tugatgaç, Moskvadagi Şarqşunoslik instituti aspiranturasida tahsil kördim va 1959-yili nomzodlik desertatsiyasini himoya qildim. 1964-yilgaça şu institutda ilmiy xodim vazifasini ötadim. Moskvada tinimsiz mehnat qilişga, vaqtni qizğanişga töğri keldi. Natijada Bertels domla saylanmasining 4-jildi – “Jomiy va Navoiy”ni mukammal izohlari bilan naşrga tayyorladim; “Ön beşinçi asrning birinçi yarmidagi özbek şeʼriyati” nomli risolamni naşr ettirdim. Bu yillar mening ijodimda eng maşaqqatli va sermahsul yillar böldi. Zeroki, men özbek adabiyotining hali örganilmagan davri haqida birinçi sarçaşmalardan köplab dalillar töpladim, yangi dastxatlarni qölga kiritdim. Arab va fors-tojik adabiyoti buyuk siymolari ijodini özbek şeʼriyati bilan qiyosiy-tipologik tahlil uçun mukammal örganib çiqdim. Bu yoğini özingiz körib-bilib yuribsiz.

Haqiqatan ham, Ergaş Rustamov 1964-yildan boşlab Özbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutining klassik adabiyot bölimiga işga ötdi. Tinib- tinçimas olim özi tanlagan mavzuga sodiq qolib, XV asrdagi özbek şeʼriyatini janr, tema, obrazlar tizimi, ğoyaviy yönaliş, sanʼatkorlik mahorati, ayrim anʼanaviy timsollaru badiiy unsurlar jihatidan arab hamda fors-tojik adabiyoti bilan atrofliça qiyosiy örganişga kirişdi. Endi u kişini har kuni Beruniy nomidagi Şarqşunoslik institutining qiroatxonasidan topardingiz. Hamon u köhna dastxatlarga mahliyo; hali qarasangiz qorilardek hikmat öqiyotgan, boşqa bir kun qarasangiz Gadoiy devonidan mumtoz bir baytni köçirib olayotgan yoki Sakkokiy qasidalarini Şarqning boşqa maşhur qasidanavis şoirlari asarlari bilan qiyoslayotgan böladi yo bölmasa, Yassaviy hikmatlarining dastxat va naşriy nusxalarining soliştirma mutolaasi bilan band bölardi.

Olimning bir neça yillik mehnatining mahsuli bölmiş “Ön beşinçi asrning birinçi yarmidagi özbek şeʼriyati” kitobi köp jihatlari bilan adabiyotşunoslarning diqqatini öziga tortdi. Dastlab şuni taʼkidlaş kerakki, tahlilga jalb etilgan dalillar – asarlarning barçasi turli dastxatlar xazinalaridan yangi topilgan kaşfiyotlar edi. Ikkinçidan, nozikbin matnşunos har bir asarning mavzu, mundarija, ğoyaviy yönalişini közdan keçirar ekan, ularni qay yösinda, qanday libosda, uslubda tasvirlanganligiga – sanʼatkorlik mahoratiga eʼtibor bergan. Uçinçidan, özbek ğazaliyoti arab, fors-tojik hamda turk adabiyotlari bilan qiyosiy-tipologik usulda tekşirilar ekan, özaro taʼsir, sayyor syujet, timsol va mavzularni anʼana va öziga xoslik qonuniyatidan kelib çiqib baholagan. Va nihoyat, Ergaş Rustamov uşbu asarida hamkasblari orasida birinçi dafʼa özbek mumtoz şeʼriyatiga xalq oğzaki ijodi asarlarining barakali taʼsirini sinçkovlik bilan tekşirgan va jiddiy ilmiy xulosalar çiqargan. Uning bu boradagi nazariy mulohazalari keyinçalik döstlari va şogirdlariga qöl keldi.

1967-yilning mart oyi kunlaridan birida Ergaş aka işlaydigan bölimga kirib borsam, domla nimanidir yozib ötirgan ekan. Salom-alikdan söng:

– Avtoreferatim çiquvdi, sizga olib keldim, – dedim.

– I-ye, referatingiz ham çopqillab çiqa qoldimi? – miyiğida kuldi Ergaş aka.

– Siz fotiha bergandan keyin çiqadi-da, – dedim bir oz sergaklanib.

– Böpti, körib çiqaman, – deb avtoreferatni olib qoldilar.

Beş kun ötgaç, institut yölagida tursam, Ergaş aka köçadan kirib keldi. Salomimga  alik olgaç:

– Mana taqriz. Buni siz uçun ham, ustozingiz uçun ham emas, ilmingiz uçun yozdim, – dedi. Taqriz lönda, ammo ğoyatda samimiy, ilmiy teran yozilgandi. U kişining tezkorligiga qoyil qoldim.

Darvoqe, Ergaş akaning betinim zahmatining hududi yöq edi. Bu orada u “Özbek qomusi”ga maqolalar yozdi; beş jilddan iborat “Özbek adabiyoti tarixi”- ni yaratişda iştirok etdi. Olim öşa yillardayoq boy adabiy merosimizni “diniy mistik adabiyot”, “feodal-klerikal adabiyot” deb çiqitlarga çiqazib örganişga qarşi çiquvdi. Ana şu aqidalarga sodiqligi tufayli dastlab “Ahmad Yassaviy” degan maqolasi “Toşkent oqşomi” gazetasida, söngra “Ahmad Yassaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi” “Özbek tili va adabiyoti” (1972,4-5-6 sonlar) jurnalida bosildi. Olimning har bir maqola va tadqiqotida öziga xos kaşfiyot, yangilik bölganidek, bu yerda ham Yassaviy şaxsiyati, ilmiy, adabiy muhit, hikmatlarining mohiyati xolis, teran tekşirilgan; ayrim hamkasblarining Yassaviyni “mistik”, “tarkidunyoçilik ğoyasini tarğib etgan” degan fikrlarining asossiz ekanligini isbotlagan; hikmatlarning irfoniy, maʼrifiy mohiyatini töğri körsatgan. “Biz bu maqolani yozişda, – deydi muallif, – birinçi galda Ahmad Yassaviy yaşagan tarixiy şaroit va hayotni özida aks ettirgan hikmatlarni tahlil etişga, ularning tarixiy, adabiy, falsafiy ildizlarini aniqlaşga harakat qildik” (Öşa jurnal, 4-son, 21-sahifa). Kommunistik mafkuraning “har bir milliy madaniyatda ikki xil madaniyat bor” degan aqidasi hukmfarmon bölgan bir davrda şoir hikmatlarining “falsafiy ildizlarini” aniqlamay turib, uni töğri anglaş mumkin emasligini dadil aytiş katta jasorat edi.

Şundan söng olimning “Bertels domla”, “Lutfiy”, “Sakkokiy” singari bir neça mutlaqo yangi yönaliş va qaraşlar asosida yozilgan maqolalari eʼlon qilindi. “Malikul kalom” Lutfiyning ijodi filologiya fanlari doktori S.Erkinov hamda filologiya fanlari nomzodi Erkin Ahmadxöjayevlar tomonidan xiyla puxta örganilgan. Ergaş Rustamov esa şoir lirikasining xalqona ruhi va sehrini alohida nuktadonlik bilan tahlil qilgan.

Maʼlumki, Sakkokiy şeʼrlari şarqşunos Q. Munirov tomonidan naşr ettirildi, majmuayu darsliklarda şoir ijodidan namunalar keltirilib uning ğazal va qasidalari u yoki bu darajada tahlil qilindi. Ammo şoir asarlarining har tomonlama çuqur tahlili Ergaş Rustamov qalamiga mansub. Çunki olim “Sakkokiy” maqolasida birinçi manbalar asosida şoir hayoti va ijodiy biografiyasini tiklaşga intilgan, ğazallarini tematik, ğoyaviy yönaliş va bidiiylik jihatdan yaxlit tahlil etgan, şoir ijodida Hofiz Şeroziy anʼanasini işonarli misollar orqali körsatgan. Eng muhimi, nuktasanj olim Sakkokiyning ikki qasidasini tahlil etar ekan, ular syujet, tuzilişi tarkibi (nasib, gurezgoh, madh) jihatidan Şarq qasidaçiligining barça talablariga javob berişini körsatgan. Qasidalarda tilga olingan tarixiy şaxslar – Ahmad Hojibek, Xoja Ahmad, Xoja Muhammad Porsoning hayoti va madaniy-adabiy hayotda tutgan mavqei xususida kitobxonlarga batafsilroq maʼlumot beradi. Jumladan, Sakkokiy qasidalarida vasf etilgan  “Xoja Muhammad Porso naqşband sulukiga mansub bölib, zamonasining fozil kişilaridandir. Uning öşa vaqtda juda şuhrat qozongan ajoyib kitobxonasi bölgan. Sarçaşmalarning guvohlik berişiça, bu kitobxona Boysunqur kitob xazinasidan söng ikkinçi örinda turgan”, – deb taʼkidlaydi olim.

 

Özbekning fidoyi farzandiman

Yuqorida taʼkidlaganimizdek, Ergaş aka yaqin ön beş yillik kuzatişlarini saralab-yakunlab “Ön beşinçi asr özbek şeʼriyatini boşqa Şarq xalqlari (arab, fors, turk) adabiyotlari bilan qiyosiy örganiş” degan nom bilan doktorlik dissertatsiyasi sifatida rasmiylaştirib, himoyaga taqdim etdi. Özbekiston Fanlar akademiyasi qoşidagi tarix, til va adabiyot fanlari böyiça doktorlik ilmiy darajasi beradigan ixtisoslaşgan kengaşda işning himoyasi böldi. Rasmiy va norasmiy hakam sifatida sözga çiqqanlar mazkur tadqiqotning ilmiy-nazariy qimmatiga yuksak baho berdilar.

Raislik qiluvçi E. Rustamovga söz berdi. U odatdagidek yuragi hapqirgan, olovday yonib turgan bir tarzda şiddat bilan minbarga yaqinlaşdi:

– Aziz döstlar, men özbekning  bir fidoiy farzandiman. Bu işga mening yigirma yillik umrim ketgan. Уни яратгунча мен не-не дастхатларнинг чангини ютмадим дейсиз…  Hammangizga taşakkur.

Keyin domla Moskvaga quloği ding böla-böla kasallanib qoldi. Savil qolgur diplom kelganda esa, huzurini körmay olamdan ötdi.

Baʼzi hamkasblarning salohiyatiga mensimay qaraşi, tadqiqotlari qadrini astoydil eʼtirof etmasligi, tahlilga jalb etgan dalillariga işonqiramasligi ham Ergaş akadagi qaysarlik, özbek adabiyoti tarixiga oid ilmiy iş faqat birinçi manbalarga asoslanişi lozim, ilm vagoniga “çiptasiz çiqmaslik” kerak, degan aqidasining natijalari edi. Aslida u çin olimni qadrlaydigan, iqtidorli, fidoiy yoşlarning peşonasini silab, yelkasiga qoqadigan rahnamolardan edi. Mana, safdoşlari, hamkasblari u kişi haqida nima deydi:

Akademik Aziz Qayumov:

– Ergaş Rustamov tinimsiz işlaydigan olim edi. Unga ikki buyuk insonning – Bertels domla, Ğafur akalarning nazari tuşgandi. Moskva ilmiy safarida bölgan kezlarida şarqşunos YE.S.Bertels maslahati va rahnamoligida işlagan. E.Rustamov 1959-yili Otoiy devonini çop etdi. Bir maşhur tilşunos matbuotda katta maqola eʼlon qilib, noşirni şoir taxallusini notöğri yozişda aybladi. Şunda Ğafur Ğulomning “Atoiy emas, Otoiy” maqolasi eʼlon qilindi. Ustozning bu daldasi Ergaş Rustamovga qanot baxş etdi.

Filologiya fanlari doktori, professor I.Abdullayev:

– Biz ToşDUning Şarq fakultetida Ergaş aka bilan bir vaqtda öqiganmiz. Dorilfununda, moddiy jihatdan qiynalib bölsa ham, zör öqidi. Forsiy tilni mukammal bilgani, ilmga jiddiy tirmaşgani uçun yaxşigina manbaşunos bölib yetişdi. Şuning uçun ham u kişining risolasiyu  maqolalari asl sarçaşmalar  asosida yozilgan. Ergaş aka eng murakkab davrda Yassaviyning ijodiy biografiyasini yaratdi. “Devoni hikmat”ning asl mohiyatini ilm-adab ahliga töğri körsatib bergan.

Filologiya fanlari doktori E.Karimov:

– Ergaş aka tuğma olim, nuktafahm matnşunosu manbaşunos edi. U ilm fidoiysi edi, şu yölda özini ado etdi.

Ergaş aka zör kitoblar yozdi, sara maqolalar bitdi. Mana, çorak asrdan ziyod vaqtdan beri ulardan qançadan-qança tolibi ilmlar, adabiyot muhiblari bahramand bölib, muallif nomini yaxşilik bilan eslab yuribdilar. Bu eng buyuk mukofot. Zero, şoir aytmoqçi, halol, yaxşilik bilan yaşagan odam ana şu yaxşiliklari bilan tiriklar tilida hamişa zikr etilib, barhayot yuradi.

Hamidjon HOMIDIY

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 9-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)