(Hajviya)
Joniga tözim bersin-ğey Ovçibekning. Ne bir azoblarga doş berib, birovlar şivir-şiviriga quloq tutadi. Kimdir pana-pastqamda turib, boşliqni yomonlaydi. “Ölguday oçofat, jamoadagi bor narsani yulib-yulqib bitirdi. Yaqin orada qiyşayib-qingrayib turgan idora çordevoriniyam yamlab yutsa ajab emas” deydi.
Bilasiz, qorovulxona gapxonaning uyasi. Ovçibek şunaqa dolzarb yangilik topdimi, darhol öşa yerga chopadi.
“Eşitdilaringmi? – deydi közlarini şokosaday katta oçib, – Ğoyib Soipoviç bugun tunda idoradagi bor aşqol-daşqolni uyiga ortib ketibdi. Endi xizmat maşinasini öziniki qiliş payida emiş!”
“Evoh! – deyişadi uning sözlarini eşitganlar. – Ğoyib Soipoviç qöy oğzidan çöp olmagan yuvvoş, oldidan bir qop tilla çiqsayam çetlab ötadi deyişardi-ku!” Söng bir-birlariga ajablanib qarab qöyişadi: “Yo tovba, odam olasi içida, deb bejiz aytilmagan-da. Biz laqmalar, boşliğimiz sutday oppoq, xudojöy, öta insofli, kişining haqidan hazar qiladi, deb ötiribmiz-a!”
Bu gaplar ham ortda qoldi. Ovçibek odati böyiça kuzatişlarni davom ettirdi. Nima, odamlarning piçir-piçiriga uzzukun quloq tutiş, kunu tun jon hovuçlab yaşaş, şörlikka zaril deysizmi? O, zaril-da! Bu kimsa ğiybatsiz yaşolmasa ne qilsin?! Ha-ha, bu ham bir qismat, tuzalmas kasallik. Ul kimsa, döstimi, duşmanimi, hammasining kamoli-yu, zavolini zimdan kuzatmasa, köziga uyqu kelmaydi.
Tunov kungi gap-gaştakda elga taniqli va obröli kimsalar Ğoyib Soipoviçni bir maqtaşdi, bir maqtaşdi, bu maqtovlarni eşitgan Oçilbek hayratdan barmoğini tişladi. “Tovba, – dedi öz-öziga. – Beçora Ğoyib Soipoviç şunday uluğ, saxiy, qöli toza, ey boringki, sigirning sutini içmaydigan – pokiza odam ekanlar-u, anovilar… ha öşalar… u muhtaram zotning tuproğini tözitib yurişibdi-ya, muttaham ğiybatçilar!”
Ovçibek uyiga kelsa, uni xotini oğzi quloğida qarşi oldi.
– Hoy dadajonisi, namunça keç qoldingiz?
– Iş-da, xotin, iş…
– Hey, şu işingiz ham bor bölsin-yey.
Ayoli oşxonadan bir çoynak çoy kötarib keldi-da, qöliga şapaloqday taklif qoğozini tutdi.
– Bugun çarçagan bölsangiz, ertaga bir yayrab dam olasiz, dadajonisi. Taʼtilda bölganingiz uçun sizni atay uyimizga kelib aytib ketişdi. Taklifnomani kimsan Ğoyib Soipoviç öz qöllari bilan yoziptilar. Qoğozni olib kelgan kenjatoylari aytdi.
– Ey menga qara, taklifnomani rostdanam kenjatoylari berib ketdimi?.. Ha-ha, sen haqsan! Taklifnomada Ğoyib Soipoviçning öz muborak dastxatlari. Ur-rey!..
– Bu hali heç gap emas, kenjalari hozirça heç kim bilmasin deb, bir xuşxabar aytdi.
– Xöş, nima xuşxabar? Tezroq ayt!
– Gap bunday. Töyni ötkazvolib, Ğoyib Soipoviç viloyatga ketarkanlar.
– Viloyatga, nima uçun?
– Voy dadajonisi-yey, şuni ham söraysiz-a. Kattakon boşliq bölib-da!
– Yaşavor, xotin! Meni behad xursand qilding. Ayrim gaplarni demaganda, u kişi bizga yaqin odam.
– Endi siz ham viloyatga ketsangiz kerag-a?
– Şunday bölsa kerak, o, malades!
Ovçibek xotini qöygan çoyga ham qaramay, şoşa-pişa köçaga otildi. U yangiliklarni tezroq “egalari”ga yetkazişi zarur. Odamlar Ovçibek boşqalarga öxşab lallaygan, dunyo bexabar emasligini, har narsadan voqifligini körib qöyişsin. U dastaval qorovulxonaga yugurdi. Undan oşxonaga, guzarga, boringki, barça joyga xabar yetkazdi. Taklifnomadagi yozuv şaxsan Ğoyib Soipoviçning dastxat ekanligini qayta-qayta aytişdan çarçamadi.
Ertasiga tong sahardan töy taraddudiga tuşdi: “Eh ovsar, galvars!, – dedi öz-öziga. – Piçir-piçirlarga qöşilib, şundoq tabarruk odam haqida yolğonlar töqibman-a! Xayriyat, özi bilmaydi. Agar bilsa!… Endi şunday yöl tutayki, u kişining eng yaqin, eng… sadoqatli odamlari bölib körinay. Şunda sening ham oşiğing olçi, Ovçibek! E, gardkam!”
Ovçibek Ğoyib Soipoviçning töyiga nima töyona qilsam ekan deb rosa boş qotirdi: “Yuz ming bersammikin? Ikki yuz mingmi? Ey-y-y, erta-indin baxt yulduzi porlab, katta amal pillapoyasida turgan zot uçun buyam kamlik qiladi. Nima bölsa böldi, keyin… moyliroq joyga örnaşsa, ön çandon çiqarib yuboradi”.
Şularni xayoldan keçirgan Ovçibek töyga uç yildan beri boquvda turgan novvosini yetaklab bordi. Töy juda ham dabdaba bilan ötdi. Ovçibek tinim bilmay yelib-yugurib, boringki, tuz totmay xizmat qildi. Tinka-madori qurib çarçadi. Lekin u juda mamnun edi. Negaki, boşliqning könglini olib, qayta işonçini qozondim, deb öylagandi.
Eh, attang! Dunyoning bor toğu toşlari Ovçibekning boşiga ağdarilganday böldi. Töyning ertasigayoq… Ğoyib Soipoviç işdan olindi.
Ovçibek körpa-yostiq qilib yotib oldi. Axir şunday bördoqi novvos sabil ketadi-yu, yurak xuruji tutmaydimi? Bir oydan söng işga çiqdi. Yangi boşliq böştobgina, kamsuqum kişi ekan. Qöl berib körişdi, xayrlaşa turib: “Uzr, hol söragali ötolmadik. Neki yordam bölsa bizdan. Ğayrat qilib işlayvering”, dedi.
Ovçibek eski odatiça iş tutdi. Atrofdagi gap-sözlarga quloq tutişni kanda qilmadi. Piçir-piçir gaplarning birini bekor desa, köpini rost deb bildi. Mukofot olgan kunlari uç-tört ulfat xilvatda rosa otamlaşişdi. Gap nihoyat yangi boşliq ustida ketdi.
– Eh, eşitdilaringmi, – dedi köp yillardan beri şu dargohda işlasa-da, nönoqligidan martabasi oşmagan şeriklaridan biri, – tepada boşliğimizning rosa pöstagini qoqişibdi. Işni eplolmading, örinni böşat deyişibdi.
– Bor-yey, topgan gapingni qara-yu!
– Kelganiga endi bir yil böldi-ku!
– Tepada bunga qaraşmaydi-da. Eplamadingmi, tamom, olib taşlaşadi.
Yangi boşliq Ovçibekning nazarida uni xuşlamaydiganday körinardi. Şuning uçun içida suyunib, gapga qöşildi.
– E, tezroq ketsa ketsin. Hamma özi undan bezib ketdi.
Şu suhbatdan söng oradan bir oylar çamasi ötgandi. Tuşlikda hamxonalar dardlaşib qolişdi.
– Xabaringiz bormi, mulla Ovçibek, – dedi şeriklaridan biri unga sirli jilmayib: – Kattaroq töyonani hozirlayvering!
– Nima, qanaqa töy, qanaqa töyona?
– Boşliğimiz Asror Sardoroviç otalarining sakson yilligini nişonlar ekanlar.
– Menga desa, – dedi Ovçibek aççiğining zöridan ovozi böğilib, – otalari mingga kirmaydimi, men töyona bermayman. Mening berar töyonam yöq!
Hademay töy kuni ham yetib keldi. Jamoa xodimlari örtada pul yiğib sovğa olişdi. Boşliqqa yaqinroq kişilar alohida töyona ham berişdi. Yolğiz Ovçibek ularning heç biriga qöşilmadi. “Kör hassasini bir marta oldiradi, – degan sözlar ötdi uning dil tubidan. – Ikkinçi marta oldirsam, aldansam, unda… unda otimni boşqa qöyaman!”
Aldanmaslikka ahd qilgan Ovçibek töyga ham bormadi. Yakşanba emasmi, “oqi”dan olib, kun böyi uyida yotdi. Öziça “boplaganim qanday!” deb kerilib ham qöydi.
Oradan bir oyça vaqt ötdi. Ertalab telefon jiringladi.
“Ovçibek Soqibekoviç, – dedi qandaydir masrur va oşiqona ovozda kotiba qiz. – Tez idoraga keling!
– Ha… hah… nima gap, tinçlikmi?
– Hammasi joyida. Asror Samadoviç jamoa aʼzolari bilan xayrlaşmoqçilar.
– Nega endi… Sabab?
– Vazirlikka işga ötibdilar, şunga.
– Nima dedingiz, vazirlikka? A, vazirlikka!!!
Şu sözlarni aytarkan, holsizlanib devorga suyanib qoldi.
Abdulla AHMAD
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 8-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

