12 daqiqada öqiladi

468 marta körilgan

Kigiz yopilgan tandir

Kigiz yopilgan tandir

(Hikoya)

 

Kun tikka yuriş boşlab, töbaçiqni töbalay boşlaganda Qoratov qora kunga qoldi. Boşqa çorasi qolmagan soribuloqliklar köç-köronini ot-eşaklariga ortib yölga çiqişdi. Huvillagan qişloqqa boqib Nöğay polvonning içi tökildi. Siyrak soqolini qayta-qayta silarkan, negadir qöllari titrab, lablaridan söz uçdi:

– Essiz, oti toğ bölgani bilan taqir-toşloqdan boşqa heç narsa qolmadi. Yoğin kam bölib Soribuloqning suvi qaytgani mayli, çigirtka dorisa yomon ekan. Yomonligini-ku, bir-ikki körinib qolganda payqagandim. Ördasi bilan örlab keladi deb kim öylabdi… Qoraşuvoq kulbalar, tik turgan yakka mixdan boşqa heç narsa qolmadi. Şunça odam toğdan tergilab yeyavergandan keyin, toğ çidarmidi? Barakasi qoçdi, toğning ham barakasi qoçdi. 

Oriq oti ilkis qadam taşlaganda esa yana xayoli bölindi. Közi qabriston tomonga tuşdi: 

–    Oyjamol,  seni taşlab ketayotganim yöq, mendan xafa bölma. Şu yerda vatan qurdik, ammo, odamzod peşonasida borini körarkan. Özim omonat dunyoda turib qişloqni senga omonat qoldirib ketyapman. Uni asragin…” deb yelkasi oşa közi orqada xayrlaşdi.

Qahatçilikning qahri jondan ötdi, Soribuloqning bir soyga siqqan odami dunyoga siğmay tirqiradi. Oxiri “çibasa çibamiz, bir böğini özimizga kelib taqaladi” deb enib tuşib, borganga böy emas, en bölib Tuyoqlining odamiga qöşildi. Tuyoqliga çigirtka daf solmagani bilan ularning ham kun körişi bir navi edi.

Kattaning gapini oğzidan olgan oti kiçik bolalar, köçada begonaga duç kelişsa, ana, sori çigirtka bizgayam kelipti, deydigan böldi. Maloli şu bölsa kerak, tegmay, turtmay, borganda odamzot ham çigirtka böldi.

Tuyoqli bir otning tuyoğiça bölib köringani bilan odamlarining feʼli asovligi uçunmi, çegarasi yöqday tuyulardi. Soribuloqliklar sarğayib borgani yetmaganday bu qarindoş-uruğga ham siğmadi. Siğmagani soribuloqning qizlari tez közga taşlanardi. Qizilyuz, quralayköz, kiçkina bölsa ham yerdagini çimçib, osmondagini çöpçib oladigan bu qizlar xöp taloş edi. Şuning uçunmi ular ham sinalmaganga sir boy bermadi. Özini teng körganni ham teng körmadi.

Gulandom Nöğay polvonning yettinçi qizi edi. Özi ham andozasi guldan olingan, kulsa yuzi gul, xullas, taʼrifining özi gul bir qiz edi. Faqat onasi olamdan ötgaç şu kulganlari yolğon bölib, dardçil bölib qoldi. Qiz beçora otasiga qiz bölib dardini yorolmadi, katta opasini ona örnida körgani bilan borolmadi. Şu-şu yettinçi qiz bölib yetgani Tuyoqlining yarim qarindoş, yarim yot elida köringandan hayiqib közini olib qoçadigan böldi. Unga bu safar onalik qilayotgan Zira ammaning aylanib-örgilişlari ham negadir könglini öksitardi. Uning ön olti yoşi yiğloqi bir yoş böldi. Boisi, köngli hamma taşlab kelgan Soribuloqda, Tangriqulda qolgandi. 

Tangriqul ham yetim edi. U otasi ötgani bilan özini yetim sanamasdi, onasi qazo qilgaç esa yoş bölsa ham yaşaşdan köngli qoldi. Tangriqul toğni, otasi ovçi ötgani uçun ovçilik kasbini yaxşi körardi. Şu safar çigirtka uning peşonasini ham yeb bitirganday böldi. U qişloqqa Gulandomni uzoqdan bir marta köriş uçungina kelardi. Uning hayotini, boş olib ketgani toşli sukunatni birgina Gulandomning xayoli bezab turişi sir emasdi. Sir emasligi, bundan qişloqdagilar-ku mayli, Gulandomning otasi Nöğay polvon ham xabar topgandi. Nöğay polvon bu gapni eşitib har urti temirçining bosqonidek olov purkadi:

– Tentak bölsa ham tengini bilsin. Itiga ergaşib toğdan beri kelmay itday yaşab yurgani nimasi? Çigirtka yesa ğallani yebdi, kalla bilan oqibatni yegan emas. Kelib uyiga egalik qilsin. Bu dunyoda hamma yetim, şuni peş qilib eldan çiqib, saroyoqligini qöymaydigan bölsa mening unga beradigan qizim yöq.

Tangriqul bunga ham toğlar örgatgandek sukut bilan javob berdi. Tangriqul ham oti Tangriqul bölgani bilan bir Xudoning quli edi. Köngli, kökayi erkli qul edi. Nöğay polvonning gapini eşitib içida ham sökinmadi. Sökinmagani marhum otasidan “U zamonlarda polvonlarning polvon oti ham halol bölgan, bakovullar haq ayirgan. Nöğay şularning içida Ajdar otli oti bilan öziyam uloqni tödadan ilonday şuvşib olib çiqardi” deb eşitgani bor edi. Ilonni ham izga solsa bölar… Ammo u qişloqdagi odamlarning bu çigirtka balosidan keyin boşqa joyga köçib ketmoqçi bölganini eşitganida işonmagandi.

El-elat qişloqdan çiqib ketayotganida ayni pişiqçilik mavsumida qoraşox bölib qolgan daraxtlar öz mevalari tomon qöl çözgandek odamlarga iltijoli şoxlarini çözib qolişdi. Qora qumğon taşlab ketgan çoy öçoqlar battar qorayib tutadi.

Tangriqul esa qolişga qaror qilgandi. U Örkaçtepada ötirib odamlarni kuzatarkan, Gulandom bilan xayolan xayrlaşdi. Ammo uning xayrlari bexayr edi. Çunki endi Gulandom bu qişloqqa qaytmaydi. Qölidagi otasidan qolgan pilta miltiq bu safar uni betovuş besas otib qöygandi. Oyoği ostiga uzala tuşgan it ham nimadandir sarosimada goh pastga yugurgilar, goh Tangriqulga “Qara, ular ketib borayapti, şunday ötiraverasanmi, odamlarni qaytarsang-çi” degandek uning oyoqlariga kelib suykalardi.

Tangriqul oyoğidagi beşinçi panja tufayli özi otini Sirtlon qöygan bu itni heç qaçon bunçalik bezovta körmagandi. U Tangriqulga ergaşib yurib, toğning qanaqa toşlari orasiga kakliklar bola qöyişini, tunda börilar qötonga qaysi daradan tuşib hujum qilişini, Gulandomning uyi yaqinida egasining keçasi ham, kunduzi ham töxtab nimanidir axtarişini yaxşi bilardi. U ham beixtiyor şu uy oldida töxtab ötardi. Bu töxtaliş nima ekanligini bilmay uçragan, köringan narsani hidlab körar, ammo u biron xuştaʼm hid yoki belgini sezmasdi. U odamzodni, öz egasini heç tuşunolmasdi.

Ming afsuski, kimsasiz tutab qolgan qişloq uning odamlar ortidan öqtin-öqtin hurib qöyişlariga ham parvo qilmadi.

Bu safar Tangriqulning toqqa boş olib çiqib ketişiga ham hojat qolmagandi. Şundagina u özi haqida öylay boşladi:

“Men kimman özi? Nega boşqalarga öxşamayman? Qorin ğami, non ğami nahotki şunçalik istaklarni boşqarsa? Rostdan ham bir parça zoğora non yemaganimga ham ança böldi” dedi u çala xörsinib.

Toğni qöriqlaş uçun hukumat degan odamlar miltiq bergan anavi Qudrat akaning xotini oxirgi marta, – böri otsang terisini menga berasan, – deb bir parça non bergandi. Uning ham nimaga buni söraganini bilaman. Bolasizlik bağrini ğajigandan keyin eng sönggi umidi şu böri bölmay yana nima bölsin. Yana bir gapi esimda:

– Sen toğda otsang ham, otmasang ham sanqib yuravermay, hukumatning sanoğiga kirib ol. Qudrat akangga öxşab yangi miltiq olarding. Akang bu miltiq, menga hayvon otadiganlarni ham otiş uçun berilgan. Toğni payhon qiliş, börini ham otiş mumkin emas, deydi. Işqilib akang sezmasin, u akang bölsa, nima, men opang emasmanmi? Bir qişloqning odamimiz harqalay, – dedi u Tangriqulga bu sirni eriga ham sezdirmaslikni uqtirgandek.

Tangriqul nonni qöşqöllab yedi. Non taʼmi unga mehrning taʼmidek totli tuyuldi. Endi u börining izidan tuşadi. Endi u vahşiylikni yakson qilişga-da qodir. Ammo Qodir aka ham oilasi bilan köçib borayotgan bölsa, endi u börini kim uçun ovlaydi? Hukumatning miltiği-çi?..

Hamma ketib böldi. Soribuloqni qoplagan çigirtkalar yana töda-töda, ğuj-ğuj bölişdi. Elni tarqatib ğuj bölgan çigirtkalarni Tangriqul tepib-tepkilab, oyoqlari bilan yançib dod soldi. Kuçugi esa odatdagidek ularni quvib yetdi. Şu keç kun ham keçikib keç bölganday böldi. Qoronğu tuşişi bilan bir-ikkita taşlab ketilgan itlarning hurişi eşitildi.

Yalanğoç qolgan qişloq ham, toğ ham bu safar qora köylagini kiyib şarmandali köksini yopdi. Borliq turfa körgiliklarni bir xil qora rangga böyab qöygandek osoyiş topdi.

Diydasi qotgan Tangriqulning közlari ham qişloqdagi Soribuloq kabi qaynamay qöygandi. U şu keça Gulandom ayron oqizadigan katta toş ustiga borib yotdi. Açigan ayron hidi unga ayriliqning hididay tuyuldi. Toş bu safar uning yuragini sizdi. Sizilib ham könglida heç narsa qolmaganini sezdi.

Tongda qabr boşida çönqayib mudrab ötirgan Tangriqul Qurʼon tilovat qilişni bilmasa-da, közlari yumuq, lablari piçirlardi. Bu onasining qabri edi. Çökib qolgan qabrlar içidan u otasining qabrini ham adaşmay topib bordi.

Ana! Oyjamolning onasi… Ha, u bu qabrni ustidagi belgi toşidan taniydi. Sovugan qabr ham uning köziga issiq körindi.

Sirtlon ham bu yerga köp marta kelgan, ammo Tangriqul uni hamişa ham qabristonga oralaşga qöymasdi. U izn-beizn, bir-ikki qabr içkari kirib yana otilib çiqib egasini kutib turardi.

Qoratoğ öz otiga teskari turib tongni qarşi olganida yana quşlar sayradi. Tonggi şabada qayerlardandir tiriklik nafasini olib kelgandek sirli va yoqimli edi. Tangriqulning yuragi negadir tez-tez ura boşladi. Keça özi parvo qilmagan oçlik bugun uning tinkasini quritar, ov qilişga ham hafsalasi yöq edi. U öziça tusmol-taxmin qilib, qişloqdagilar, Nöğay polvon va Gulandom qayerga ketişganini köngli sezgandek böldi.

Gulandomning közga yaqinligini öylagani sayin negadir u battar toqatsizlanar, oçlikdan ham oğir qiynoq uni yeb bitirardi.

Telba-teskari kunlar Qoratovni qarğab ötaverdi.

Bu yoqda Tuyoqlida biri polvonni tanib, biri qizining suluvligini eşitib Gulandomga sovçi yoğildi. Yoğilmay ketsin, qiz beçoraning boşiga toş yoqqança böldi.

– Merganning öğli bor emiş, merganligi şulda, senga ham közi, ham köngli tuşibdi, – dedi Zira amma Nöğay polvonning imosi bilan Gulandomning köngliga qöl solib.

– Amma, bu dunyoda oti mergan köp, nişonni töğri olmasa otgani bekor, – dedi Gulandom ham böş kelmay.

– Qurimagur! Sen qurimay otangning tinçligi yöq. Qaçongaça elçilarni qaytarasan? – dedi Zira amma Gulandomning yelkasidan çimçilab.

Gulandomning yelkasini emas, könglini çimçilaganday böldi. Köziga yoş keldi. Alamdan:

– Tuyoqliga kelib tuyoqdan past bölişimni bilganimda öşa yerda özimni…

Ilkis orqasiga burilgan Zira ammadan esa: “Şunisi tuzuk edi!” degan javob keldi. Gulandom yana gapirmay yiğladi. Zira amma yana tutab qarğadi. Nöğay polvon eşitmaganga olib turgani bilan özini bosdi. “Qarğamayin!” dedi. Yana bir köngli orqaga tortib Tangriqulni eslab beçidam böldi. “Izlab kelsa oyoğini sindiraman. Olti qizimni oti çiqmay uzatdimmi, bunisini ham… ha-a, Oyjamolning yöqligi bilindi.

Merganning odami ertaga ham kelsa nima deyman? Elning orini kötargan odamning bir qiziga kuçi yetmabdi demaydimi. Tegadi! Tegmay ham körsin-çi! Yo erga yo yerga tegadi!” Nöğay polvon qult etib quruq yutinib, böğziga nimadir tiqilgandek böldi. Şu oxirgi qizi ketar bölsa kökayini qirqib ketadiganday tuyuldi. Yana mehrini qahr körsatib öziga zulm qildi.

Qoratovga qor tuşganini körib, Tangriqul vaqt ötib borayotganini angladi. Gapirmay qöygan tilini yuragi tingladi. Tunov kuni Tuyoqliga borganida eşitgan gaplarining çinligiga özining ham işongisi kelmasdi. “Gulandomni merganning öğliga unaştirişganmiş… Axir qanday qilib? Uning men bilan pinhona körişib yurganini otasi bilmaydi. Endi borsam uni olib qoçaman, dedi Tangriqul bu safar ahdida qatʼiy turib. Ammo u tuğiliboq erkalanib ğapşinib öynayotgan Sirtlonning uç bolasidan xavotirda edi. Sirtlon bir oy toğda yöq bölib ketib böridan ulgu olib qaytgandi. It bolasi bölsa ham Tangriqul kuçukvaççalarni talatmay katta qilardi. Börilarning payt poylab yurganini ham yaxşi bilardi. Kuçukvaççaligida talangan it uy qöriqlayoolmaydigan bölib qolişi maʼlum edi.

Odamzod kiçikligida talansa yomon ekan… Tangriqul otasi ketib bir talansa, onasi ketib ikki talandi. Uni körgiliklar kiçikligida talab haqqini ayirolmaydigan qilib qöydi.

Ammo u özini haq deb biladigan bir haqqi bor edi. Öz tuğilib ösgan yerida yaşaşni, öz haqqi va burçi deb bilardi. Borgan joyida qul bölib ham siylanmagan qişloqdoşlarining körar kuni unga ayon edi; “Borganda odamlarga qaytinglar! Qoratovga bu yil qor köp yoğdi, Soribuloqning suvi yana köpayadi deyman. Çigirtkani sovuq urdimi, yerga kirdimi bilmayman, har qalay körinmay qoldi, deyman. Ammo ular meni odam örnida ham körmay qöyişgan. Yo soç-soqolim ösib ketganiga…”

Tangriqul özi yönilib qolgan ustarada toşoyna siniğiga qayrab soqol-möylovini qirtişladi. Ilkis iyagiga ustara botib iyagi qonadi. “Onam qonni tuşda ham öngda ham yoruğliq der edi. Borsam, Nöğay polvon har qalay bu safar ham quçoq oçib kutib olmasa kerak” deb öyladi u.

Ikki oydan beri öqlari tugab miltiqda ov qilmay qöygani uçunmi, Tangriqul joni yöq bölsa ham, miltiqsiz battar yolğizlandi. U kun kelib Gulandomni qişloqqa olib qaytadigan bölsa boşqa ov qilmaslikka qaror qilgandi.

U uçun qonun – özi tuğilib ösgan şu toğ bilan qöşilib yaşaş, yurak amri bilan Gulandomni, odamlarni qişloqqa qaytariş edi. Taʼqiqni esa vijdoniga topşirdi. Bu keça u şu istak bilan yölga çiqdi. Şu istak, Gulandomning öziga çorlovçi otaş nafaslari unga kuç bağişladi. Nihoyat, odamsiz qişloqning tirik vakili yölga çiqqandi. Nihoyat, Gulandomning köngli nimanidir sezgandek bezovtalandi. “Tunov kuni kelganini ham otam bilmagandi. Töyni qoldirib qiş ötsin deganim bilan qiş ötmay qolarmidi? Kesak yeb yurganimni bilsa otam menga toş yediradi” dedi u öz böğziga özi çangal solib.

– Nöğay! Tur örningdan! Anavi it yana qişloqqa oralaganga öxşaydi, – dedi Zira kampir ukasi Nöğay polvonni turtkilab uyğotib quloğiga şivirlarkan.

– A! Ha?!

– Qizingizni bu taʼna-daşnomlardan qutultirmasangiz bölmaydi, ayol könglim sezib turibdi. Bularing bir işni boşlagan, – dedi Zira kampir oşda dimlangan ziraday ötkir kelib.

– Tutsam ikkoviniyam kömib kelaman. Ayolning oğzidagi gap erkakka yetmay qolmas ekan. Eşitib yuribman…

– Bir yoqli qil! Yo osdi deb özing os, yoki heç kim bilmasin, qizing kammi? Kelibam betimizni qora qildi bu betiqora! – dedi bu safar Zira kampir ğazab aralaş.

Nöğay polvon qoronğuda ham Tangriqulni tanidi. Xuddi qişloqqa oralagan börini poylagandek uning yaqin kelişini poyladi. Kutilmaganda uy tomondan Gulandomning aççiq çinqiriği eşitilib Nöğay polvonning bir xayoli orqasiga bölindi. Qöli titrab otgan öqi xato ketdi.

– Ih! Padarlaʼnat! Köçmay öşa yerga kömilsam bölar ekan, – dedi Nöğay polvon çap köksini çangallab.

Qor yoqqan oydin tunda, qor bilan oyning şuʼlasi qöşilib oqardi. Tangriqul oqsoqlangani sayin esa oyoğidan qon oqardi. U oyoğidan öq yegandi. Munkib-munkib goh oldinga çopib, goh tizzalab yiqilib u toğni qoralab borardi. Qayerdandir börilarning uvlagani eşitildi. Bu safar u köp qon yöqotgani uçun emaklab siljirdi. U közlari yumuq, yuragi boşlagan yöldan borar, har-har zamon qor ustida uzala tuşib behuş jimib qolardi. Qöllari sovuqdan köpçib qizarib sezmay qolganida uning oyoqlari ham muzlay boşlagandi. Ölim uning oyoğidan tutdi. Xira tong qoronğusida u osmonga uzoq termulib yotdi. Eng sönggi kuçini töplab qişloqqa yetganini sezib örnidan turmoqçi bölgan ham ediki, yonidagi dömsakka urilib yiqilib ketdi.

Avval qor çangalladi, keyin… keyin qöliga nimadir ilaşdi. Boşini kötarolmasa-da namiqqan jun hididan bildiki, bu – kigiz edi.

“Qorni bor, bu kul, demak tandir ekan. Tandirni kigiz bilan örab şuvab ketişibdi” şivirladi u. Şu tobda Tangriqul ham kular, ham yiğlar, yiğlaganda ham gapirib yiğlardi:

– Demak, demak qaytişadi! Odamlar qaytadi. Men bölsa… Gulandom, sen-çi?

Tangriqulning quloğiga Sirtlonning elas-elas hurgani eşitildi.

Tongda qişloqqa köçi bilan qaytgan birinçi arava tandir oldiga kelib töxtaganida Tangriqulning ruhi ozod bölgandi. U közlari oçiq kigiz yopilgan tandirga – Vataniga suyanib jon bergandi.

Dilorom DILXOH 1979-yilda Samarqand viloyatining Iştixon tumanidagi Zarband qişloğida tuğilgan. SAMDUning Sanʼatşunoslik fakultetini bitirgan. “Tonggi tilovat” nomli şeʼriy kitobi çop etilgan. Hozirda “Eko olam” gazetasida muxbir bölib işlamoqda.

 

 

“Yoşlik” 2013/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)