(Yozuvçi Ahmad Aʼzamga oçiq xat)
Hozir, “Quroq”ni öqib tugatgaç, taassurotimni ifodalab berişga söz topolmay turgan paytimda bir narsa xayolimga keldi: asaringizni öqiyotgan odamni kuzatiş imkoni bölganmi Sizda? Afsuski, öqiyotgan paytimda yuzimda qanday ifoda bölganini, nima deb xitob qilganimni, qaysi joyida miriqib kulganimni, qayerida xazin tortib qolganimni körganingiz yöq. Agar köra olganingizda, bular barçasi asaringizga berilgan çin baho bölar edi… Siz kabi söz ustasi bölganimda, nimalarni his qilganimu nimalar xayolimdan ötganini juda yaxşi ifodalab berolgan bölar edim… Hozir yozayotganlarim esa olaquroq qaydlar, xolos…
* * *
Bu asar menga “Oyning gardişi”ni eslatdi. Eşak mingan bola, maktabning olmasidan öğirlab yeyişi, quloqçözar muallim, otangiz… Yöq, buni özingizni takrorlagansiz degan maʼnoda aytmadim. Töğriroği, “Oyning gardişi”ning yaratilişida qaysi xotiralarga tayanganingizni bilib oldim demoqçiman. Şunday, bu mening kasb kasalim, asar (“Oyning gardişi”)ning ijodiy tarixini biliş istagi bilan boğliq. “Oyning gardişi” boşqa bir olam. “Quroq”ning yuki oğirroqdek tuyuldi menga. Boşda şunçaki öyinqaroqlik bilan berilayotgan eşak haqidagi tasvirga asar oxiriga borib şunaqa jiddiy (hatto ançagina qaltis) mazmun yuklanişini, oçiği, kutmagandim. Ehtimol, boşqa bir odamda kutmagani sodir bölganligi özgaça taassurot uyğotar. Lekin men şundan keyin yana ortga qaradim: barça xotiralarni birlaştiradigan, ularga umumiy bir ruh beradigan narsani yaqqolroq his qildim. Kutmagandim deyişim ham aslida unçalik töğri bölmas. Asarning boşlanişida, sinfdoşlarimning gaplarida menga taʼna bor edi, deganingizdayoq keyingi xotiralarni şunga mos tuşuniş, his qilişga tayyorlanganman (albatta, özim sezib-sezmay). Keyin ham ora-orada öşa umumiy ruh, kayfiyatga kelib boğlanayotgan iplarni sezib turdim. Biroq aynan eşak obraziga şunaqa jiddiy mazmun, şunaqa oğir yuk ortişingizni kutmagandim. Çunki bu şunçaki bir eşak, bolaligingizda minib yurgan, xotiralaringizdagi bir detal edi, xolos-da, men uçun.
* * *
…Ey Xudoyim, qaçon bunaqa kulgandim-a?! Yöq, meni bunaqa kuldirgan joyini köçirma qilib keltirolmayman, mana bu joyi deb ham aytolmayman, yöq…
* * *
“Şu çopişim bir umrlik ekan, bir umr odamlar orasida yaşab, bir umrki ularga tomon yuguraman”. Yolğizlik haqida aytganlaringiz odamni öylantiradi. Yuz yil, ming yildan beri yolğizlikdan qoçib qutulolmadim, yöq, qança öylasam ham, sababini, oxirini, nimaligini öylab, ming bor tahlildan ötkazsam ham undan qutulolmadim… Ehtimol ana şu öylovlar jarayonining özi meni odamlardan uzoqlatib, yanayam yolğizlatib qöyayotgandir…
* * *
Haşar sahnasi köp narsani oçib beradi. Hamqişloqlarni yaşab turgan hayotidan uyalişga majbur qilgansiz, bunda sizning aybingiz yöq, lekin turiş-turmuşingizning özi şuni taʼkidlab turaveradi. Öz hayotidan qoniqmasliklari kerakligiga işora qilib turaveradi.
Çiqib ketgan odamning faqat özi emas, hamqişloqlari ham özgaradi. Özingdagi özgarişni yengib qişloqqa borsang ham, ulardagi özgarişni yengolmaysan, nedir qayta uyğunlikka yöl bermaydi. Mana şu özinikilarga begonalik, yolğizlik kayfiyati qişloqdan şaharga kelib qolgan yolğiz odamlarni birlaştiradigan kayfiyatmikan, degan öylarga boraman…
Begonasiratgan narsa, nima özi şu? Özing ham keçagina ularning biri eding, qişloqdagi şu turiş-turmuşni tabiiy deb bilarding. Endi esa bunga heç özgarmasligi kerak narsa deb qarayolmaysan. Şunday qarayolmasligingni sezişadi, sening közing bilan öz hayotlariga qaraş yoqmaydi, sen tufayli öz turmuşini meʼyorga zid holat deb qaraş birovga yoqarmidi?
Odamlardan oldinlab ketiş ham begonasiratadi, yolğizlatadi. Qiziq… Yöq, odamga alam qiladi: dardini özingniki deb bilganlaring sendan begonasiraşadi, turiş-turmuşing özgargani bilan içing, ruhing, köngling özgarmaganini sezişmaydimi?
* * *
Yozganlarimni öqib dadam hamişa “tanqid qilmabsan, yaxşi qilibsan”, deydilar. Meni atayin tanqid qilmaslikka harakat qiladi, deb öylasalar kerak. Aslida esa doim asarni bir butun holida körişga, qabul qilişga intilaman. Har qanday asarning qaysidir qismi, epizodi, obraz talqini kimdir boşqa birovda tanqidiy fikr uyğotar. Lekin men özimga yoqqan asarning har bir qismi, epizodi, obrazlari, uslubi… va boşqa barça jihatlarini bir butunlikda his qiliş, anglaşga uringanim uçun tanqid faqat özimga nisbatan bölişi mumkin. Çunki asarning özim yaxşi anglamagan jihatini ayb qilib yozuvçining zimmasiga yuklasam bölmaydi.
“Quroq”da, masalan, asarning yarmigaça voqealar tafsilotlari keng berilgan, yarmidan ötgaç xotiralar tiğizlaşibroq boradi, tafsilotlar kamayadi. Bu özgariş har kimga har xil taʼsir qilişi mumkin. Men uçun esa bu holat ham tabiiy. Odatda eski tanişlar uçraşib qolganida şunaqa böladi: avvaliga voqealarni tafsilotlari bilan birgalikda eslanadi, keyin har kim esiga tuşganini bir-bir aytadiyu tafsilotlarga hojat qolmaydi, ozgina işora bilan kö-ö-öp narsalar xotiraga kelaveradi…
* * *
“Quroq”dan kelib çiqadigan asosiy gapni aytolganim yöq. Buni ikki oğiz gap bilan aytolmayman. Qişloqning, şu bir qişloq timsolida, misolida özbekning, millatning, xalqning DARDi özgaça bir yösinda ifodasini topibdi. Talqin ham boşqaça, lekin töğri talqin, öz bolaligi bilan, özining çin xotiralari bilan dalil keltirib turgan odamga eʼtiroz yöq. Dalil keltirayotganingiz uçun faqat sizga eʼtirozim yöq, desam töğri bölmaydi. Xotiralaringiz meniyam ortga qaraşga majbur qildi, özim körgan-bilganlarimga ham boşqaça qaraşga undadi. Agar eʼtiroz qilmoqçi bölsam, sizgagina emas, özimga, özimning bilganlarimga ham qarşi çiqişim kerak böladi. Bu esa mumkin emas.
Boşqa odam yozganida, ehtimol, köp yiğlatgan bölardi, lekin siz yozganingiz ilojsiz holat haqidagisi ham odamga qanaqadir kuç beradi, odamning yolğiz emasligini eslatib turadi.
* * *
Asarning tili juda ajoyib. Menga juda yoqqanini his qilib turibmanu lekin taʼriflab aytib berişim qiyin. “Quroq”ning tili juda ravon, erkin. Xotiralar biri ikkinçisiga zanjir bölib boğlanib ketgan. Bir voqeada eslangan detal boşqa xotirani tabiiy ravişda yetaklab kelyapti.
“Quroq” bilan Oybekning “Bolalig”i, A.Qahhorning “Ötmişdan ertaklar”i, Ğ.Ğulomning “Şum bola”si örtasida umumiyliklar köryapman (buni aslo takror deb tuşunmang, yana kasb kasalim boşlandi). Bu umumiylik, avvalo, bolalik haqida asar yozişdagi şaxsiy, psixologik ehtiyoj bilan boğliq. Yana nimalarnidir aytmoqçi bölyapman-u, lekin gaplarim öta ilmiylaşib, quruqlaşib ketmasin. Har holda, bir narsani aniq aytişim kerak – men “Quroq”da Oybek, A.Qahhor, Ğ.Ğulomniki kabi avtobiografik xarakterdagi qissani kördim.
* * *
Xullas, juda maza qilib, zavq bilan öqidim. Bu zavq uçun sizga katta rahmat, Ahmad aka!
Maşhura ŞERALIYEVA 1976-yilda Andijon viloyatining Şahrixon tumanida tuğilgan. Hozirda Andijon davlat universiteti qoşidagi 3-akademik litseyda işlaydi. “Hozirgi özbek nasrida kinoya: ijtimoiy-psixologik omillari, poetik öziga xosligi” mavzusida ilmiy izlanişlar olib bormoqda.
“Yoşlik” 2013/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

