(Hikoya)
Oçlikning azobi tutdi, har kim qöli-qönjiga ilaşganini yutdi. Avval kökka yetdik deb kökarganning barisini yeyişdi, keyin, seldrboş ham qurib qopti, endi ölmaymiz, deyişdi. Şunda ham arpa kaplab qança odam şişib öldi. Tirik qolgani buğdoy pişiğiga yetgan böldi.
Erman deganning bari uruşda, kunimiz özimizga qoldi bu turişda, deb ayolman deganning barining oti öroqçi böldi.
– Birgad ölsin, oy çiqsayam, kun çiqsayam şunga bösin ekan-da, – deb belini mahkam tugdi ayollar.
– Otasi volos[1] bögan, ögay otasining otiminan juripti bu juvonmarg, mardning maydoni u yerda, ayolman qolgan Jovdot birgadding joyi qayerda? – dedi ayollar.
Norsuluv quş uyğonmay uyğondi, keçasi bilan quruq çandirni şimib yiğlab çiqqan gödagiga boqib içi yondi. Çorasizlikka çora topmoqçidek öz-öziga sözlandi:
– Or degani ustun keldi, bunda qolmoq ölim böldi. Otangam keç ketib, ketganigayam yildan oşdi, ulim. Köngli böş odam edi, köngilçan edi, oxiri “köngilli” böp ketdi. Öziyam, har nega qöl ursa çin pişiği minan kirişardi, paşisttiyam iniga quvğan bölsa kerak, kelganda oldiga jugurip çiqasan, – dedi dadillanib.
Dadil bölgani bilan bolasini kötarişga beli çidamadi. Katta bir böxçani böşatib, bolasini bola kötarganga öxşatib beliga tuydi. Muqaddam çeçayam çiqqandir deb, teşikdan uvada çoponni olib, qöşnisiga ham qarab qöydi.
Ozib-tözib qoq bölgan, eri ketib toq bölgan Muqaddam ham erganakdan osilib qöşnisini çaqirdi, söng yana allaqaçon yölga tuşgan qiziga baqirdi, anov toş olmaminan, ayrondanam ozgina oldingmi, dedi. Qizi ham ön uçlarni qoralagan esli edi, Samat qoraning qizi emasmi, rangiyam qora tusli edi.
– Ha!.. Samat akam tuşingizga kirdimi, azondan turib opsiz?.. – dedi Norsuluv bolasining boşidan tutib öroqqa egilar ekan.
– Ey… qöysangiz-çi, nima qilamiz, bu kunlaram boşda borakan, bir sökiş kam-kamda, aynanay, – deb qöşnisining qölidagi tugunçani oldi.
Banda yoğiy bölib boşga kulfat solgan bilan Xudo öz marhamatini ayamadi, şu yili ariqlarda suv möl bölib, omoç şudgor qilgan böz adirlarda ham buğdoy yaxşi böldi. Qişloqdan çiqa turib, ikki ayol elda tuyoq zoti qurib, mol ham dalaga haydalmay qöyilgan bölsa-da hamon oti “Podajotoq” deb ataladigan joydan ötib, töğri buğdoy dala boşi – Kuyuktutga qarab ketişdi.
Kuyuktut şunday kuyuktut edi, Xudo suygan suyuk tut edi. Çaqmoq urgan gavdasi qulamagan, biron bad niyatli odam yölamagan. Içi kuysayam kökargan tut, el bilan elning dardini kötargan tut. Yomğirdan pana, issiqda soya, çarçab toliqqanga suyançiq, misoli qoya. Belançaklar osilsa alla aytgan, beva-beçoralar kuygan borki, unga qaytgan tut edi.
Hamma kuyuktutni qoralab jam bölgan vaqti, vaqti sahar edi. Birgadirning jiyani Salim oqsoq oqsoqlanib dedi: “Bugun bardammisiz, çeçalar?..” Eriga ham boşini kötarib qaramagan ayollar, közlari yerda, boş irğab ha degan böldi. Salim ham söragan bilan hammaning ahvoli ne ekanini bildi. Uyam… köp çatoq çiqdi, Oysanamni olib qoçib xotin qilib şuni uqdi:
– Xotinning bari bir ekan, tillaşsang senga tir ekan. Tuvğani şu bir qiz böldi, yana tilagani biramas, önamas, yuz böldi, – dediyu xirmonjoyga ketdi. Kuyuktutdan odam arib, Norsuluv bolasiga imo qilib qöşnisi Muqaddam bilan qiziga sekingina hozir, dediyu tutga suyanib yerga ötirdi. Bovuridagi böxçani böşatib, yarim kaft tolqonni doka römolining uçiga lönda qilib gödagining oğziga soldi. Uyqudagi gödagi onasini izlab qoldi. Tut soyada uxlagunça öğlini “hiyo” ladi, buğdoypoyaga keç qolib borganiyam uyaladi. Yelbeşikka ham bir qarab qöydi: – Nima bölsayam Oysanamning qizi-da, oyparçaga öxşaydi-yey, – dedi içida. Norsuluv oyoğining uçi bilan yurib ketdi, çekiga tuşgan yerni ilğab, qolganiga yugurib yetdi.
Yana bir şoxi – qölida belançak, etagida bir bola kuyuktut qoldi. Kuyuktutning tanasi öyiq bir eşik böldi. Past şoxida yel tebratgan beşik böldi. Yelbeşikni yel tebratdi, şukur qilib öz kunini el tebratdi.
Kun qiziganida iş ham qizidi, römoli qiyşayib öroqçi ayollarning soçi tözidi. Qiyani qiyalab örgan Norsuluvning köziga qişloq qorayib körindi. Eri yöq, boşegasi yöq, köziga dunyo torayib körindi. Tutamlagan buğdoyi qölida qoldi, Norsuluv atrofga nazar soldi.
– Muqaddam çeçaning qora qizi hali yoş-da, orqada qopti, beçora kiçkina bölsayam öroq tutib rizqini topdi, – dedi. – Bolam! – dedi-yu, bola mehrini tuyib ketdi, köylagi höl bölib, bilsa, kökragida suti iyib ketdi.
– Voy ulim! – öroqni yerga taşladi, közimas, köksini yoşladi. Quloğiga olis bölsa ham bola yiğisi eşitildi. Bu yiği ovozini quloği emas, köngli eşitganday böldi. Kuyuktutga yetganida yiğlagan öziniki emasligini bildi. Yelbeşikka çopib bordi, bora solib könglini yordi:
– Ey kuyuktutning ostida uxlagan oy qizim, girgittoning bölay özim, senu menga degan kunam bordir-da.
Oysanamning qizi ha deganda yiğlab könavermadi, közidan yoşi tinavermadi. Norsuluv qizni oldi, olib etagiga soldi, qizni ovutdi:
– Sen manov böxçani qara, – dedi, böxça içida uxlab terga tuşib yotgan öz öğliga imo qilib:
– Tolqondi tollisiminan közini oçmaydi, otasining uli-da, qizding yiğisigayam uçmaydi, – dedi atrofga nazar taşlab. Oysanamning qorasi körinmadi, qora qumğonning osti tutab yotar, tut ostiga kim kelib kim ketgani ham bilinmas edi. Uyğotib emizay desa, öğli uyquda böldi, yiğlanganni ovutmoqni qiyin bildi.
– Kele…y qizim, enang bilib jotirma, otang gumon qilib jotirma, – deb ena köksini qizga tutdi.
Qizam ena ayirmadi, ema turib biram burnini jiyirmadi. Bir kökrakni qoqalab böldi, yot enada uxlab böldi. – Aytmayman, – deb qizni yelbeşikka soldi, söng öz öğlini qöliga oldi. Tolqonni oğzidan olib kökragini soldi. U ham uyqusida tolqon emas, kökrak sördi, közini oçib oyoqlarini tirab kördi. Kuyuktutda issiqdan qoçib çumçuqlar soyaladi, Norsuluv öğlini yana “hiyo”ladi. Yana işiga çopdi, kökragi böşab halovat topdi. Yopiq qozon yopiqligiça qoldi…
Peşinda ayollar yana kuyuktutning ostiga qaytişdi, özlariça yigiti yöq qizlarga hazil qilib qöşiq aytişdi:
Kuyov tönlar qaviysan,
Yoring qani, yor-yor,
Jöqdi jöqlab çiqqani,
Boring qani, yor-yor.
Bir vaʼdasi bormidi,
Közing jölda, yor-yor,
Erman degan olisda,
Özing jölda, yor-yor.
Öroq tutsang buğdoying,
Eşiladi, yor-yor.
Aytmay desang dardga dard,
Qöşiladi, yor-yor.
Qizu juvonlar yor-yor aytişdi, Mallaboy öziça önga kirsa ham songa kirgan bölib, qora qumğonning qorasini möylab qilib, qorakuya barmoqlarini yoyib rosa öynadi. Ayollar qotib-qotib kulişdi, bir payt otda Jovdot birgadirning yaqin kelib qolganini bilişdi. Bu keliboq sökar deb, ayollar közini olib qoçib buğdoypaykalga yugurgiladi. Salim esa çöloq oyoğiga paytava örayolmay şoşib qoldi.
– Jim!.. – dedi Salim ham toğasiga, körsatkiç barmoğini tutib, çaqaloqlarga imo qilib, aslida esa özi sökiş eşitib qolişidan, bir qamçi yeb qolişidan qörqdi.
– Ha jiyan! Bu turişda meni juvonmarg qilasan-ov sen, sökay desam… – dedi Jovdot birgadir past ovozini balandlatib, bir beşikka, bir Samadga qarar ekan.
– Ey sen mening ovzimğa urma! Plan bor, plan!.. Kattadan katta köp, zamon bunaqa bölsa, – dedi otining jilovini tortib.
– Tuşunaman, toğa…
– Ey! Sen nimaniyam tuşunarding esi past, anov Qulmat çolga ayt, buğdoy yançişga yana otini bermasa, ölsa öliginiyam mozorga qöydirmayman, lekin, – dedi közlari battar vajohatdan yonib, tişlari tegirmon toşiday ğiçirlar ekan. Söng oti yörtib ketdi, feʼlida, Salimniyam har gapi bilan öyib, turtib ketdi.
– Ey!.. – dedi Salim qöllariga tiralib örnidan turar ekan. – Senday toğaniyam… donga töygan xörozday qip-qizarib… bu yerdagilar buğdoy boşoqday egilib, tökilib borayotganini sen qaydan bilasan?..
Salim ham oqsoqlanib xirmonga ketdi. Yana şu kuyuktut uning ğam kuyugini anglaganday ikki gödakni ovutib qolaverdi.
Kuyuktutning boşidan qança bulutlar ötdi, qança izğirin, qança garmsel uning-da bağrini ezib ketdi. U esa eridan “qora xat” olib tul qolgan ayoldek sukut saqlab turaverdi. Oradan beş yil ötdi, uruşdan kim qaytdi, kim qaytmadi. Har nega könib könikkan el elmasmi, birovga kulib, birovga laʼnat aytmadi.
Norsuluvning “köngilli” bölib ketgan eri esa dom-daraksiz ketdi. Norsuluv yiğlaşini ham, kulişini ham bilmay “köngilli” erini kuta-kuta yaşaşdan köngli qoldi. Faqatgina endigina uç yoşdan oşib, “Oting nima?” – degan savolga, – “Muyodjon!” – deydigan öğliga ovunib endi bor murodi öğli ekanini angladi.
Vaqt ötaverar ekan, erkaklar qaytib Jovdot birgadirning boşi egildi. Kimligi foş böldi, bevayu beçoraning rizqini yegani hazm bölmadi. Odamlarning aytişiça hozir içagining bir kuloç yeri çirib ösal bölib yotgan yerida, tegişgan qizi ham onasi bilan kelib mol-mulk daʼvo qilayotgan emiş. Eşitganlar: “Tavba, bedavodan yana nimani daʼvo qilişar ekan”, – deyişdi.
Samat qora qöltiqtayoqda keldi, hozir sökişlariga yana sökiş qöşilganmiş, faqat rusça, xotini esa, – şu örisçani bilmaganimga ham şukur, – deydi. Qora qizi ulğayib otasiga parvona.
Elda gap köp-da… Salim opqoçib uylangan edi, endi xotini erini opqoçganmiş… Eşitganlar “Salimam enasinikiga ketipti”, – deyişayapti.
Bugun ham Norsuluv quş uyğonmay uyğondi. Baxmal jildga – kitoblarning yoniga zoğoranon, yonğoq, mayiz, turşak soldi.
– Meni öylama, bolam, qöni-qöşni, toğalaring bor. Sen öqişing kerak, öqib odam bölsang, elga qöşilsang deyman, – dediyu yiğlab yubordi.
Murodjon onasini murodbaxş kunlarga qoldirib yölga otlandi. Katta şaharda onasining aytişiça, katta öqişga – texnikumga, kirgan emiş.
– Voy katta öqişmiş, anov qişloqdagi Solih tunov kun şaharga borgan ekan, öqişdaman deb Murod bir qiz minan juriptiymiş, – dedi ayollardan biri.
– Uyat-yey, – dedi yana eşitganlardan biri, – yölidan ozipti, otasi mundayçikin emasdi, enasiga dard bölmasaydi, – dedi yana birov. Norsuluv unisiniyam, bunisiniyam eşitdi.
– Özimding bolam, yölidan ozmaydi, hali öqib katta böp kesa, odamlar bir tilini tişlab qosin, – dedi öziça miyiğida kulib, içki bir işonçi tantana qilib. Murod şunda ham ha deganda kelavermadi.
– Öqişam osonmas-da, – deb dalda berdi u yana öziga.
Norsuluv tuş kördi, tuşida Murodjon tinmay, “Ena, mendan rozi böling”, – der emiş. Norsuluv çöçib uyğondi, uyğonsa eşik taqillar, tuşimi, öngimi, nimaga uyğonganini özi ham bilmay, yuragi hadik oldi.
– Ey Xudo, yarim keçasi kelgan xabardan qörqaman, Muqaddam çeçamikan yo?.. Işqilib birov ötib netgan bömasin-da, – dediyu tokçadagi lampaçiroqning piligini kötarib, boşiga römol taşladi.
– Kim?.. – ovozlari qaltiradi beixtiyor.
– Men! Ena, Murodman! Oçing eşikni! – taşqaridan Murodning yigitlarga xos zalvorli ovozi yangradi.
– Voy bolam! – eşikning zanjiri şiqirladi. Ostonada ona bola quçoq oçib körişişdi.
– Bir özim emasman, ena! – Murod orqasiga ögirildi.
– A?! – Norsuluv endi gapga oğzini juftlagan ham ediki, xira çiroq yoruğida boşiga katta römol taşlagan, qölida tugun tutgan bir qiz körindi. Qoş- közi pilikday, qizning yuzida tabassumi balqib, çiroq nuridan-da ravşan nur taralganday böldi.
Murod, qizga bir nazar taşlab, “endi bir keçaga bizga joy berasiz-da, ena,” – dedi. Norsuluvning tili tutildi, içiga bir dard yutildi.
– Bir keça nima, ming keçaga joy beraman, – dedi yana yuragi qandaydir bir orziqiş tuyib.
– Kiraver, – Murod yana qizga yuzlandi.
– Kiravering, tortinib ötirmang, qizim.
Qiz boşqaça iltifot kutgandek hadikda böxçasi qölida, sekin devor tubiga çökdi. Murod onasining yotgan örniga özini tappa taşlab, yostiqdan onasining hidini izlab soğinçdan yuragi hapriqdi.
– Men… u-bu topib kelay bölmasa, – sukutni tuşuniksiz sukut mavh etganday böldi.
– Heç narsa kerakmas ena, tong otsin, aytganday bu keliningiz…
– Özimam…
– Sanobar, tuguningni qöysang-çi, – Murod özi yetaklab kelgan qizga yana özi termulib zavqlandi.
Norsuluv tugunga uzanib, hammasini tuşunganday böldi. Qiz homilador edi.
– Voy ölmasam!.. Ha mayli, otang yöq… ayb özimdayam… – Norsuluv unsiz yiğladi. Qiz birdan tugunini kötarib örnidan turib qotib qoldi.
– Voy ötiring, qizim, qayoqqa?.. Boşam, savdosiyam özimizniki, qayoqqa borasiz… – bu safar uning ovozi mehrli, samimiy va yalinçoq edi.
Xudo Norsuluvga kelin ham berdi, sabr ham berdi. Odamlarning gapiga ham quloq solmadi. Negadir til-zabonsiz qolgandek, tilini içiga yutdi. Köngliga olmasin deb kelinidan ham heç narsa söramadi . Kelinini avayladi, ming yillik yolğizlikni boşidan keçirgandek, bağri tölganiga şukur qildi. Murodning öqişi çala qolsa ham rözğor işlariga berilganini körib, uning yuriş-turişida bedarak ketgan erining daragini körganday böldi.
Keç kirib yomğir sevaladi.
– Men hozir, tandirning oğzini yopib kelay, – dedi Norsuluv.
– Men özim, ena… – kelin ingranib eşikdan çiqdi. Norsuluv jun titayotgan joyida keliniga xavotirli qarab qöydi.
– E…na!.. – taşqarida zorlandi kelin.
– Hay, kelin, – Norsuluv taşqariga otilib çiqdi. Tandir egniga suyanib dard çekayotgan kelinining oldiga yetib, öçoqday ötirib qoldi. – Hozir, hozir, aytib qöyuvdim, – Norsuluv yiğlab kular edi.
Murod yomğirda ham taşqarida ötirdi, Norsuluv öğlining yelkasiga paxtali çoponni taşlab özi ham yomğirda ötirdi. Norsuluvning közidagi yoşini yomğir yuvar, yomğirmi, közyoşmi, işqilib yoğib turdi. Bir payt içkaridan çaqaloq yiğisi eşitildi.
Doya xotin:
– Öğil! Öğil ekan, – dedi negadir közi yerda, özi terda. Keçasi zulmat edi, tong yorişdi. Ona-bola suyib-suymalab çaqaloqning oldiga borişdi.
Norsuluv kelinining yiğlab ötirganini körib, yuragi seskanib ketdi, şoşib çaqaloqni qöliga oldi. Ne köz bilan körsinki, çaqaloq oq-oppoq tuğilgan edi, soçiyu kipriklari, hatto lablari ham sutdek oppoq.
Murod taşqariga çiqib sökindi, Norsuluv taşqariga çiqib yiğladi.
– Bu nima, qarğişmi?.. Yöq, Salim oqsoq ham opqoçib… A!..
Norsuluv içkariga yugurib kirdi, kelini yana öşa ilk bora eşikdan kirib kelganidagidek qaynonasining vajohatini körib örnidan turib şoşib qoldi.
– Kimning qizisiz, qizim?! Otang, enang kim, deb ham söramadim, laʼnatlab sörayapti demasin dedim, ota-enangizni söraşgayam tilim bormadi.
– Otam…
– Otangiz… Salim oqsoq emasmi?
Kelin boş irğab “ha” dedi-yu:
– Şunday deyişadi, – deb qöydi.
– Onangiz-çi, Oysanammi?
– Ha!..
– Voy men ölay, falakning gardişini qara, heç narsa bejavob emasakan… – Norsuluv yana jimib qoldi.
Taşqariga çiqqanida köça boşida kimdir:
– Lampamoy!.. Lampamoy! Çiroqmoy… – deb baqirar edi.
Norsuluv içkari kirib, tokçadan pul olar ekan, keliniga yuzlandi:
– Menga qöşşa qarisalaring bögani, bolangizni joni omon, siz kuyinmang, – dedi.
Lampamoy sotuvçi eşagini töxtatganida:
– Uç objöş bersangiz böldi menga, – dedi. Buni körib atrofdagilar:
– Nevara qulluq bösin, mayli köproq osin, çaqaloq bor-da, çaqaloqli uy, – deyişdi.
Norsuluv içkari kirib lampaçiroqqa lampamoy solib, piligini yoqdi, qolganini mis obdastaga solib, sekin yölga tuşdi. Yurganda ham sekin yurdi, lampaçiroqning olovi öçib qolmasin, dedi. Körganlar yoqa uşladi:
– Kun körmagan kun körsa kunduz çiroq yoqadi deganlari şu bölsa kerak, – deyişdi özlariça. – Yöq, şu keyingi paytlar sal aqlidan adaşgan, ulniyam nomusiga qöydi, – dedi yana kimdir.
Kuyuktut tutadi, çöponlar hayron böldi: “Özi kuyuktut bölsa, yana unga kim öt qöydi ekan?” – deyişdi. Ammo, yonayotgan tut emas edi…
Dilorom DILXOH
“Yoşlik”2012/3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


