24 daqiqada öqiladi

305 marta körilgan

Lab böyoği

Mari Roberts

(Hikoya)

Mari Roberts Raynhart 1876-yil 12 avgustda Pensilvaniyaning Alegeni şahrida tuğilgan. Yozuvçining detektiv asarlari şu qadar maşhur bölganki, uni Amerikaning Agata Kristisi deb uluğlaşgan. Mari Roberts Raynhart ijodi Amerika milliy adabiyoti tarixida öziga xos bosqiç hisoblanadi. Quyida eʼlon qilinayotgan asar yozuvçining dasturiy asari bölib, bevosita ingliz tilidan ögirilgan.

Men tergovdan söng uyga piyoda, körinişidan ança çökib qolgan oyim esa maşinada qaytdik.

Xolavaççam Elinor Hammond hayotini baxtli ötkazgandi. U har tong bugun qandaydir eng baxtli voqea röy beradi deb uyğonar, töşakda kerişib yotgança, kiyiniş xonasidagi toliqqan beçora Fredga murojaat qilardi:

– Balki tanişlarimizni biror nima içişga taklif qilarmiz, Fred?

–  Sen nima desang şu, sevgilim,

Elinorning har qanday xohişi Fred uçun qonun edi. Men uning tergovçi oldidagi – çuqur qayğuda bölgan, öylaşdan tirişib ketgan yuzini esladim.

–  Miss Hammondning öz joniga qasd qilişi mumkinligi borasida biror şubha bormi?

– Yöq, mutlaqo yöq.

– Uning soğliğida taşvişli heç narsa yöqmidi?

– Yöq. U özini öta soğlom his etardi.

– U doktor Barklay qabuliga qatnagan ekan-ku.

– Ha, u biroz toliqqandi, –  noxuşlik bilan dedi Fred.

Lekin Elinor doktor Barklayning ofisidagi öninçi qavatda joylaşgan kutiş xonasining derazasidan yo itarib yuborilgan, yo özini taşlagandi. Ekspert ham u özini derazadan taşlaganiga aniq işonardi.

Öşa kuni faqat hamşiragina uni körgan ekan.

– Öşa kuni kutiş xonasida boşqa heç kim yöq edi, – dedi u tergovçiga. – Doktor bir bemorni körayotgan edi. Miss Hammond deraza yonida ötirgandi. Şlyapasini yeçib qöyib, sigareta tutatdi-da, jurnal varaqlay boşladi. Men esa xonamga kirdim, keyin uni körmadim…

Hamşira kiçkinagina, yoqimtoy qiz bölib, oppoq oqarib ketgan edi.

– Xonasidagi bemor çiqqanidan söng, doktor qönğiroq çaldi. Men Miss Hammondni çaqiriş uçun kutiş xonasiga bordim. U yerda heç kim yöq, faqat uning şlyapasi bor edi, lekin sumkasi körinmasdi. Keyin… – U sözlaşdan töxtadi-da yutinib oldi. – Keyin men odamlar şovqinini eşitib derazadan pastga qaradim.

Tergovçi biroz vaqtdan söng söradi:

– Nima deb öylaysiz, miss Komings, öşa kuni Hammond xonim ruhan siqilgan holatda edimi?

– Menimça, u öşa kuni juda xuşçaqçaq edi, –  dedi u.

– Uning yonidagi deraza oçiqmidi?

– Ha. Lekin u öz joniga qasd qilganiga işonolmayman…

U yiği aralaş sözlardi va hamma bilgan narsalarini aytib bergani körinib turardi.

Navbatdagi guvoh hozirgina kelgan doktor Barklay edi. U qirq yoşlar çamasida bölsa-da, öz körinişini yaxşi saqlab qolgan edi. Elinorni juda yaxşi bilganim uçun bu hol meni hayron qoldirmadi. Elinor çiroyli erkaklarni yoqtirardi, unçalik çiroyli bölmagan Fred esa bundan mustasno edi. Yonimda ötirgan oyim ham doktorning çiroyli körinişiga eʼtibor qilgan ekan:

– Mana, aslida qanday, – dedi u norozi ovozda. – Elinorning ruhşunosga bölgan ehtiyoji xuddi mening uçinçi oyoqqa bölgan ehtiyojim kabi kuçli ekan.

Öşa kuni ertalab doktor Elinorni hali körib ulgurmagan ekan. U qönğiroqni çalgandan söng heç kim kiravermagaç, özi kutiş xonasiga çiqibdi. Qarasa, derazadan pastga qarayotgan miss Komings birdan qattiq baqirib yuboripti. Yaxşiyamki Tompson xonim öşa payti kelib qolib uni biroz tinçlantiribdi.

Doktordan Elinorning taşrifi haqida söralganda, u şunday javob qildi:

– Mening asabiy va taşvişli bemorlarim juda köp. Miss Hammond ham bu holatda köp yillar bölgan.

– Hammasi şumi? U özini taşvişlantirayotgan biror aniq narsa haqida gapirmaganmidi?

Doktor miyiğida jilmayib qöydi:

– Hammamizning öz taşvişimiz bor. Baʼzilari xayoliy, baʼzilari esa haqiqiy. Lekin miss Hammond favqulodda ajoyib ayol edi. Men unga dam olişga borişni maslahat bergandim va bunga amal qilişiga işonar edim.

Uning ovozi iliq va taʼsirli edi. Fred esa undan köz uzmasdi.

– Siz u öz joniga qasd qilişi mumkin deb hisoblaysizmi?

– Yöq, heç qaçon.

Doktor Elinorning xayollari haqida heç narsa deyolmasdi. Uning bemorlar bilan aloqasi sir saqlanişi kerak edi. Lekin ahamiyatga molik biror gap bölganida, albatta aytgan bölardi.

Doktor bizning yonimizga kelib ötirdi va keyingi guvoh çaqirildi. U – hamşirani ovutgan Tompson xonim edi.

– Men doktorning xonasini tozalaş uçun haftada bir bor borib turaman, – dedi u. – Öşa kuni menga oldindan pul kerak bölib qolgandi, şuning uçun uning oldiga borgandim.

Xonim kelganidayoq doktorning yoniga kirmagan ekan. U kutiş zalida hali bir bemor, Elinor borligini körgan va kutiş uçun boşqa issiqroq zalga kirib ötirgan. Birozdan keyin, doktor qabulidagi bemor ayol çiqib, pastga tuşib ketganini körgan. Bir-ikki daqiqa ötib-ötmay hamşiraning dahşatga tuşib baqirganini eşitgan.

– Borsam, hamşira derazadan pastga qarab qiçqirayotgan ekan, – dedi u. – Şu payt doktor ham yugurib çiqdi va biz uni stulga ötqizdik. “Kimdir derazadan yiqilib tuşibdi, – dedi hamşira, u qattiq hayajonda edi: – Kimligini köra olmadim”.

Undan miss Hammond zalda qança vaqt bölgani haqida söraşganda, u çorak soatlar çamasi deb javob qildi. Çunki bu vaqt davomida boşqa heç kim kelmagan edi. Aks holda hamşira kirgan odamni albatta körgan bölardi.

– Siz kutiş xonasida miss Hammondga tegişli biror buyumga duç kelmadingizmi?

– Ha, uning sumkasini topib oldim. Sumka deraza qarşisidagi konditsionerning orqasida turgandi. Öylaşimça bu sumka uçun juda ğalati joy edi. Agar rostdan ham u öz joniga qasd qilmoqçi bölgan desak, unda sumkani nima qilmoqçi bölgan?! Politsiya kelganda sumkani ularga berdim.

Demak, Elinor özini derazadan taşlaşdan oldin şlyapasini stol ustiga va sumkasini konditsioner orqasiga qöygan. Bu juda tuşunarsiz, sirli holat edi.

Sud Elinorni öz joniga qasd qilgan deb xulosa çiqardi. Heç kim murda haqida boşqa eslamadi. Lekin Tompson xonimning gaplaridan keyin Elinorning ölimi qandaydir boşqaça sodir bölganini öylab qoldim. Fred uni loqayd tingladi. Uning yonida ötirgan opasi Margaret örnidan turib ketdi. Doktor Barklay Fredga boşdan-oyoq qaradi-da, çiqib ketdi.

Uyga piyoda yetib kelganimda, asabiy kayfiyatda edim. Hatto, oyimning taʼbiriça u Fredni mendan tortib olgan bölsa ham, Elinorni yaxşi körar edim. Lekin Fred u bilan birinçi uçraşgandan keyin meni umuman körmagandi. Fred unga boşdanoq oşiğu-şaydo bölib qolgandi.

Beʼmanilik, öyladim men. Menimça, Elinor har qanday muammolar girdobida qolgan taqdirda ham öz joniga qasd qilmagan bölardi. Kimdir uni öldirgan bölsa kerak. Lekin kim undan bu darajada nafratlanişi mumkin? Raşkçi xotinmi? Bölişi mumkin. U köp ayollarning erlarini to özi bezor bölmagunça boşini aylantirib yurardi. Ammo u köpdan beri bu odatini taşlab, tinç yurgandi. Albatta köplar uni yoqtirmasdi. Elinor ularning tuyğularini mensimas, ularning ustidan kulardi. U nimani aytgisi kelsa, nimani öylasa şuni aytaverar va bu har doim ham yoqimli tuyulavermasdi. Hatto Fredga ham bu hol yoqmasa-da, lekin uning bundan heç qaçon jahli çiqmasdi.

Men Fredning yolğiz qolgani haqida öylardim va bundan xafa edim. Uning uyi biznikidan unça uzoq emas edi; tuşlikdan söng unikiga bordim. Uning uyi biznikiga öxşaş boğ bilan öralgan katta uy edi. Borganimda, darvoza ortida bir erkak uy tomonga qarab turgandi. Erkak birdan ortiga burildi-da meni kördi. U doktor Barklay ekan.

U meni tanimadi. Meni tergov paytida körmagan deb öyladim. U şlyapasini uşlagança köçaga çiqdi va şu zahoti maşinasini öt oldirgani eşitildi. Mabodo doktor uyga kirgan bölsa ham, Fred bu haqda oğiz oçmadi. U eşikni oçib, meni körganida barça xavotirlari tarqab ketganday körindi.

– Men yana politsiya kelibdimi deb öylabman, – dedi u.

Biz kutubxonaga kirdik. U yer bir oylardan beri tozalanmay yotganday körinardi. Elinorning uyi özi har doim şunday: sigaret tutuni, odamlar va yuviqsiz stakanlarga botib yotardi. Lekin şunday bölsa ham bu yerda hayot borligi sezilib turardi. Hozir esa unday emas. Men uning sumkasini stol ustida körib ajablandim, Fred sumkaga qarayotganimni sezdi:

– Politsiya buni bugun qaytarib berdi, – dedi u. – Biror nima içasanmi?

– Yöq, rahmat. Sumkani oçib körsam maylimi?

U boş irğadi:

– Buning içida öşa kunga tegişli heç narsa yöq.

Men sumkani oçdim. Uning içi doimgidek töla edi: pul, atir-upa, yon daftarça, lab böyoği tekkan römolça, mato parçalari va ularning ustida “Şularga mos oyoq kiyim” deb yozilgan bir parça qoğoz bor edi.

Men sumkaning içini yana bir bor közdan keçirdim, ammo u yerda bölişi kerak bölgan yana bir narsa yetişmasdi. Sumkani joyiga qaytarib qöydim.

Fred Elinorning kumuş ramkadagi suratiga tikilib turardi:

– U juda maftunkor edi.

– Ha, haqiqatdan ham, – deya maʼqulladim men.

– Margaret esa uni öziga juda köp pul sarflaydigan axmoq ayol deb hisoblardi, – dedi-da, stol ustida tölib ketgan oçilmagan tölov qoğozlariga qaradi.

U mendan biror nima deyişimni kutayotgandek körindi va men dedim:

– Sen uni pul bilan özingga qaratib olişing şart emas edi, Fred. U busiz ham seni telbalarça sevardi. Uning doktorga borib yurganini bilarmiding, Fred?

– Yöq, undan tölov qoğozi kelmagunça bilmasdim.

Fred baxtsiz hodisadan xursanddek gapirardi. Doktor Elinorni baxtiyor qilgandi. Elinor söramay ketaverardi, ammo har doim Fredning yoniga qaytib kelardi, Fredning fikriça, ekspertlarning hukmi mutlaqo notöğri.

– U özi yiqilib ketgan bölsa kerak. U doim balandlikdan qörqardi.

Biz taşqariga çiqayotganimizda, Margaret keldi.

– Men Margaret Hammondni heç qaçon yoqtirmaganman. U baland böyli, Freddan ança katta yoşdagi ayol edi. U men bilan söraşgandek boş irğab qöydi.

– Men bugun keçga kelaman, sening uyda yolğiz qolişingni istamayman va ertaga uyingga kerakli hamma narsani, şuningdek otamning suratini ham olib kelmoqçiman, Fred – dedi u.

Fred buni eşitib, özini noqulay his qildi. Çunki keksa Joy Hammondning surati borasida Elinor hayotligida köp mojarolar bölib ötgan. Elinor bu suratga beparvo edi. Margaret esa bu suratning ayni şu uyda saqlanişini istardi. Men Margaret Elinorning umri davomidagi haqiqiy duşmani bölgan ehtimol deb öylab qoldim.

Margaret stol ustidagi bir uyum tölov qoğozlarini körib:

– Hali hisobingda qança puling borligini aniqlaşimiz kerak, – dedi.

– Men qança pulim borligini bilaman, – dedi Fred.

Fred örnidan turdi va stolni xuddi hali-hanuz opasidan Elinorni himoya qilayotgandek, tösib olib, unga tikilib qaradi. Ammo men uydan çiqib ketganimdan söng Fred uxlab qolgaç, işonçim komilki, Margaret bu tölov qoğozlarini çiqarib otib yuboradi.

Meni kimdir kuzatib kelayotganini sezganimda uyga yetib qolgan edim. Men bir oz qörqdim-da, töxtab, ortimga burildim. Orqada bir qiz turardi. U mening ismimni aytib murojaat qildi:

– Baring xonim? Men sizni tergovda körgan edim va ismingizni muxbir yigitdan bilib oldim. Siz Hammondlarnikida bölgansiz, şundaymasmi?

– Ha, şunday. Nima edi?

Qiz juda yoş va bir oz hayajonda edi.

– Siz Hammond xonimning döstimidingiz? – söradi u.

–  Elinor mening xolavaççam edi. Nega sörayapsiz?

Qiz sumkasidan sigareta çiqarib, uni yoqdi:

– Çunki men Hammond xonimni kimdir itarib yuborgan deb öylayman. Men köchaning narigi tomonidagi ofisda işlayman. Öşa kuni derazadan qarab turgandim. Men uni oldin tanimasdim, albatta.

– Siz bu qanday sodir bölganini körganman demoqçimisiz? – dedim men hayratlanib.

– Yöq. Ammo men uni bu hodisa sodir bölişidan bir ozgina oldin körgan edim va u lab böyoği bilan labini böyayotgan edi. Bir ozdan söng qarasam, u deraza oldida emas… pastdagi yölakda yiqilib yotgan edi.

Uning qöllari titray boşlagaç, sigaretini taşladi.

– Menimça, öz joniga qasd qilmoqçi bölgan odam labini böyab ötirmasa kerak, şunday emasmi?

– Yöq, albatta, – dedim men. – Bu ayol Hammond xonim ekanligiga işonçingiz komilmi?

– Ha, u yaşil köylakda edi, men uning soçini ham ilğagandim. Keçqurun men öşa lab böyoğini yölakdan izlab kördim, ammo uç kundan buyon bunday gavjum yölakda uni kimdir topib olgan bölişi ham mumkin. Işonçim komilki, uni itarib yuborişganda lab böyoği qölida bölgan.

Ha, men Fredga aytmay, Elinorning sumkasidan izlab topolmagan narsa ham xuddi şu Elinorning oltin lab böyoği edi.

Men soatga qaradim: endi ön bir bölgandi.

– Balki biz birgalikda izlab körarmiz, – dedim.
Qiz menga öz ismini aytişni istamadi.

– Meni Smis deb çaqiraqoling. Men sudda guvoh sifatida iştirok etolmayman. Işimdan ayrilib qolişni istamayman.

Men öşa lab böyoğini topdim. Yöl çetida yotgan ekan. Aftidan kamida yigirma marta maşina ostida qolgan körinardi. Loyini artdim, öşa maşhur “E” harfi yozilgan lab böyoği ekan.

Smis xonim uni körib:

– Töğri aytgan ekanmanmi? – dedi.

Keyin qiz özini avtobusga urdi va uni boşqa körmadim.

Öşa keça men yaxşi uxlolmadim va ertasi kuni ertalab doktor Barklayning işxonasiga borib, Elinorning lab böyoğini stol ustiga qöyganimda keç tuşgandi.

– Men heç narsaga tuşunmayapman, – dedi doktor unga angrayib qararkan.

– Hammond xonim yiqilib tuşişidan atigi bir daqiqa oldin deraza oldida labini mana şu bilan böyayotgan bölgan.

– Siz u yiqilganida bu narsa uning qölida bölgan demoqçimisiz?

– Yöq. Men Elinor agar özini taşlamoqçi bölganida labini böyab, keyin öz joniga qasd qilganiga işonmayman demoqçiman.

U jilmaydi-da:

– Agar siz insonlarning tabiatini heç bölmasa men kabi örganganingizda, bu sizni sirayam ajablantirmagan bölardi, – dedi.

– Demak Elinor qölida lab böyoği bilan özini öninçi qavatdan taşlagan. Siz esa keça Hammondlarnikiga bordingiz va men paydo bölişim bilan şoşib ketib qoldingiz. Bundan kelib çiqadiki…

Doktor gapimni eşitib qotib qoldi. U oldin meni tanimagan ekan.

– Ha, bu sizmisiz? – dedi u kreslosiga yastanarkan. – Sizga rostini aytaqolay. Öşa kuni janob Hammondning ahvoli yomonga öxşagandi. U özini otib qöymasin degan taşvişda borgan edim.

– Siz içkariga kirmay turib uni qanday töxtatişingiz mumkin edi?

– Siz kelganingizda qanday kirsam deb öylayotgan edim. Opasi undan xavotir olayotganini aytib, qönğiroq qilgan edi.

– Men Margaret Hammondga işonmayman, Elinorni körişga közi yöq edi, – dedim-da, lab böyoğini qölimga oldim.

– Baring xonim, siz yoş va maftunkorsiz. Nega hammasini öz holiga qöymaysiz. Endi uni qayta tiriltira olmasligingizni yaxşi bilasiz- ku?

– Men şuni yaxşi bilamanki, u özini öldirmagan.

Doktorning yonidan çiqayotib, Margaretni kutiş xonasida körib hayratlandim. Qiziği şundaki, u bir neça soniya özini öşa yerdan taşlamoqçi bölgandek tuyulib ketdi.

– Margaret! – dedim tösatdan. U burilib qaradi, yuzi oqarib ketdi.

– E, bu senmisan, Luiza.

Margaret ötirdi-da yuzini qöl römolçasi bilan artdi.

– U sirpanib ketib yiqilib tuşgan bölsa kerak. Qaragin, pol juda sirpançiq ekan, Lui.

Ammo men boş çayqab rad qildim, ortimda Margaret turgani holda derazadan pastga qaraşni istamadim. U doktorning oldiga Fredning Elinor uçun tölov qoğozlarini topşirişga kelganini aytdi, lekin şu kuni u özini qandaydir ğalati tutardi.

Men maşinaga ötirdim-da, uning çiqib ketişini kutdim. U çiqdi, Elinor yiqilib tuşgan yölakka va yöl atrofiga sinçkovlik bilan qaradi. Demak, u Elinorning lab böyoği qölida bölganini yoki uning sumkada yöqligini biladi. Söng u taksida ketdi. Taksi köp yurdi va nihoyat bir uyning eşigining oldiga borib töxtadi. Margaret zinadan çiqib uyning qönğiroğini bosdi. U uy içida bir soatlar çamasi qolib ketdi. Çiqqanida men hayratdan qotib qoldim, uning yonida tergovda qatnaşgan Tompson xonim bor edi. Taksi mening yonginamdan ötib ketdi. Men maşinamdan tuşib, uning oldiga yugurib borganimda Tompson xonim hali uyga kirib ulgurmagan edi.

–  Siz bilan gaplaşib olsak maylimi? – dedim.

U ikkilanib qoldi.

Nima haqda?

– Qotillik haqida, – dedim. 

– Menimça, siz Hammond xonimning tergovida aytilmagan yana nimalarnidir bilasiz?

Uning yuziga nimadir soya taşlab ötdi.

– Menimça, uni heç kim öldirmagandi. Hukm…

– Yöq, uni kimdir öldirgan. Bölmasa janob Hammondning opasi bu yerda nima qilib yuribdi?

– Men uni oldin heç ham körmaganman. Bu yerga esa tergovda aytgan sözlarim uçun minnatdorçilik bildirgani kelibdi. Çunki mening guvohligim beçora ayol öz joniga özi qasd qilganini oçib beribdi.

– Menimça, u sizga buning uçun pul ham tölagandir?

– Menga heç kim pul tölagani yöq, – dedi u jahl bilan. – Agar kimdir meni sotib olib, yolğon gapirişga majbur eta oladi deb öylasangiz, adaşasiz.

U uyga kirdi-da, eşikni şaraqlatib yopdi.

Uning gaplari töğrimi? Doktor ham tergovda aytganidan köra köproq narsani biladiganga öxşaydi. Lekin nega buni yaşirişayapti?

Tuşdan keyin soçimni turmaklatiş uçun Elinorning sartaroşiga bordim. Qizlar Elinor haqda gaplaşar ekanlar, ulardan yangi maʼlumotlar eşitdim.

– Öşa kuni men uni kutayotgan edim, – dedi ulardan biri. – Albatta u kelmadi va …

– Siz uni öşa kuni şu yerda kutgandim, demoqçimisiz?

– Ha, u soat törtga uçraşuv belgilagan edi. Men bu haqida eşitganimda umuman işonmadim, garçand u sönggi haftalarda bir oz özgarib qolgan bölsa-da.

– Undagi özgarişlarni qaçon seza boşlagansiz? – söradim men.

– Taxminan Pasxadan beri. Esimda, menga uning yangi şlyapasi yoqib qolgandi. U öşa şlyapasini menga hadya qildi. Keyin ğalati bir gap aytdi: “Baʼzan yangi boş kiyimlar xavfli bölib qoladi”,  dedi.

Öşa kuni balki soç turmagim har qaçongidan çiroyli bölgandir, ammo boşim oğriqdan ğuvillab ketgan va men bunga eʼtibor beradigan ahvolda emasdim.

Oyim va men Fredni tuşlikka çaqirdik. Dasturxon atrofida ötirganimizda men undan “Bahor paytlari, taxminan Pasxa arafasida Elinorni xafa qiladigan biror voqea bölganmidi?” deb söradim.

– Öşa paytlardan boşlab u psixiatrga qatnay boşlaganini aytmasa, yöq.

– Nega u doktorga qatnay boşladi, Fred? – söradi oyim.

– Özingiz ham kördingizku, – dedi Fred. – Doktor kelişgan, öktam kişi ekan. Unga qaraş, u bilan suhbatlaşiş Elinorga yoqimliroq bölgandir.

Şundan söng u tez ketdi.

Keçasi yomon uxladim, şuning uçun nonuşta mahali ötib ketgunça turmabman. Oyim gazetasini öqib bölgan ekan.

Men gazetani qölimga oldim, gazetaning sönggi betida ötgan keça Tompson xonimning otib ketilganligi haqida yozilgan ekan.

Men bunga qanday işonişni ham bilmay qoldim. Söng xabarni qaytadan öqib çiqdim. U ölmay qolgan, ammo oğir ahvolda ekan. Bu hodisa röy berganda u uyning taşqarisida yolğiz ötirgan bölib, heç kim öq ovozini eşitmagan ekan. Eri uni keç soat ön birlarda uyga qaytganida topib olibdi.

Demak Tompson xonim uning hayotiga xavf tuğdiradigan nimanidir bilgan. Men Margaret uning uyiga borganini, yölakdan Elinorning lab böyoğini izlaganini va birdan Fredning tortmasida turadigan töpponçasini esladim.

Bularni öylab, nihoyat, politsiyaga borişga qaror qildim.

Bölim kapitani eʼtibor ham bermadi, lekin keyinroq mening yonimga izquvar keldi.

– Siz Hammond xonim öz joniga qasd qilganiga işonmaysizmi? – dedi.

Men unga lab böyoği, Elinorning sartaroşxonadagi uçraşuvi va Tompson xonim tergovda aytilmagan nimalarnidir bilişi haqida farazlarimni gapirib berdim.

– Unda buni kim qilgan?

– Menimça bu janob Hammondning opasi. Keça men uni doktorning ofisida kördim. Elinor itarib yuborilganda ham u öşa yerda bölgan bölişi mumkin. U pol sirpançiq ekanligini va özim buni tekşirib körişimni aytgandi.

Men bir oz hayajonlanib sigareta tutatdim, qarasam qöllarim ham qaltirayapti.

– Margaret lab böyoği haqida ham bilgan, çunki men uning yöl çetidan nimanidir izlayotganini körgan edim.

Navbatdagi gumonimni eşitib izquvar bir qimirlab qöydi.

– Menimça, Elinor öldirilgan kuni u ofisda bölgan, –  dedim men. –  Yana u Tompson xonimni otgan deb hisoblayman. Çunki Tompson xonim bu haqda bilgan bölsa kerak.

Izquvar menga yaqinroq kelib qaradi:

– Nega siz Hammond xonim uni otgan deb öylaysiz?

– Çunki u keça ertalab Tompsonlarnikiga borib u bilan gaplaşgandi. Ularnikida bir soatça qolib ketgandi. Men buni bilaman, uni kuzatgan edim.

Izquvar örnidan turdi, uning yuzi ifodasiz edi.

– Baring xonim, sizga bir maslahatim bor, bu yoğini özimizga qöyib bering, şundagina agar siz haq bölsangiz yaxşi, agar siz nohaq bölib çiqsangiz sizga heç qanday xavf tuğilmaydi, – dedi.

Öşa kuni tuşda izquvar qönğiroq qildi. U hozirgina Tompson xonim körsatma berganini, uni kim va nega otganini bilmasligini, lekin Margaret uning faqatgina tergovda guvohlik bergani uçun rahmat aytişga borganini aytgan. Unga heç kim pul taklif qilmagan ekan.

Ammo bu kam edi. Tompson xonim söroqqaça juda hayajonda bölgan, u Margaret xonimga qönğiroq qilib guvohlik beriş şartmi, deb söragandek tuyulardi. U zalda bölganida doktorning ofisiga yana kimdir kirgan.

– Heç kim sezmagan bir kişi, – dedi izquvar.

– Poçtaçi. Men u bilan gaplaşdim. U öşa kuni ertalab Hammond xonimni ofisda körgan. Poçtaçi uni yaxşi esladi. Hammond xonimni körganida şlyapasini yeçib, gazeta öqib ötirgan ekan.

– U Tompson xonimni ham körgan ekanmi?

– U Tompson xonimni körmagan ekan, lekin Tompson xonim uni körgan.

– Demak, öşa poçtaçi ötgan kuni keçasi borib Tompson xonimni otib ketgan!

Izquvar kulib yubordi:

– Yöq, u öşa keça oilasini kinoga olib borgan. Baring xonim, özingiz öylab köring, hozir köpçilikda töpponça bor, hatto oldin uni işlatib körmaganlarda ham.

Demak, Elinor özini-özi yuqoridan taşlagan, Tompson xonimni esa kimdir, şunçaki, töpponçasini sinayotib, otib qöygan. Yöq, men bunga işonmadim. Hatto doktor Barklay öşa oqşom kelib aytganda ham işonmadim.

Men radio eşitib, keçki ovqatni yeb bölganimda u keldi. Men politsiyaga hammasini aytib berganimni eşitgaç, hayratdan qotib qoldi.

– Politsiyaga bordingizmi? – dedi u.

– Nega bormas ekanman? Sizning ofisingizning derazasidan kimdir itarib yuborilganini boşqalar bilmasligi uçunmi?

Uning jahli çiqib ketdi:

– Siz özingiz tuşunmaydigan narsalarga aralaşayapsiz. Bunga aralaşmay turolmaysizmi?

Şundan söng men özimni tutib turolmadim.

– Men siz buni qilmaganingizni   qanday bilişim kerak, – deb baqirdim. – Siz yoki poçtaçi!

– Poçtaçi? – dedi u hayratlanib. – Bu bilan nima demoqçisiz?

Menimça uning hayratdan qotib qolgan yuzi kulgimni qistatdi. Men kulaverdim, kulaverdim. Keyin yiğlab yubordim. Men özimni töxtata olmasdim. Birdan u, heç qanday ogohlantirişsiz, yuzimga bir tarsaki tuşirdi. Bu şu zahoti meni töxtatdi.

– Yöqoling, bu yerdan,  –  dedim, ammo u joyidan jilmadi ham. Men bir oz jahldan tuşdim, ammo u qilgan işidan mamnunday körinardi.

– Bu boşqa gap, –  dedi va yelkamga qoqib qöydi. – Men bu yerga sizni uriş uçun kelganim yöq. Sizdan keçqurun yolğiz yurmasligingizni iltimos qiliş uçun kelgandim, – dedi.

– Nega endi tunda uydan çiqmasligim kerak ekan?

– Bu siz uçun xatarli bölişi mumkin, – dedi.
U menga oz-moz yoqa boşlagandi. – Ayniqsa men sizning Hammondlar xonadonidan uzoqroq yurişingizni istayman. Menimça bunday qilişga farosatingiz yetarli deb öylayman, – dedi va eşikni narigi tomonidan yopib ketdi.

Men hali jahlimdan tuşmasimdan telefon jiringlab qoldi.

Bu Margaret ekan!

– Menimça, biz senga bugun tunda kelgan politsiyaçi uçun taşakkur bildirişimiz kerak, – dedi u. – Taşvişimiz sensiz ham yetarliça edi.

– Juda yaxşi, – dedim ğazab bilan. – Sizga bitta savolim bor. Nega siz keça ertalab Tompson xonimni körgani boruvdingiz? Ötgan keça uni kim otib ketdi?

U bir pişqirdi-da, telefon göşagini qöyib qöydi.

Fredning oşxona tomondan kiriladigan eşik oldida çarçagan holatda turganini körganimda, oyimning uxlaşga yotganiga bir yarim soat çamasi bölib qolgandi.

– Kirsam böladimi? – dedi u. – Toza havoda sayr qilib yurgandim, çiroq öçmaganini körib, kelaverdim.

Uning ahvoli oldingiga qaraganda yaxşiroq körinardi. U Margaret uxlab qolganini va uyda yolğiz qolganini aytdi.

– Heç uxlolmadim, – dedi u. – Uy issiq. Ortiqça latta-puttalar köpayib ketgan ekan, yoqib yubordim,

U sigareta çekib, bir finjon qahva içdi. Keyin u ketayotganida men darvozagaça kuzatib qöydim va u uyiga qarab ketişiga qarab turdim. Söng men burilib, endi uyga yetdim deganimda butalar orasida nimadir qimirlaganday tuyuldi. Uning nima ekanligini biliş uçun burildim, umrimda öq ovozini eşitmagandim, nimadir boşimga zarb bilan urildi, köz oldim qoronğulaşib yiqildim.

Men eşitgan keyingi ovoz oyimning ovozi edi. Men özimning karavotimda boşim bint bilan öralgan holatda yotardim.

– Menimça bu qiz aqldan ozgan, – derdi oyim jahl bilan. – Şunça ogohlantirişlarga qaramay çiqib ketibdi-ya.

– Men qölimdan kelgança harakat qildim, Baring xonim, – dedi kimdir muloyim ovozda.

Bu doktor Barklay edi. U karavot yonida turar, körinişi juda ğalati. edi. Uning bir közi yopiq, köylagining yoqasiga esa qarab bölmasdi.

– Siz birov bilan olişdingizmi? – dedim.

– Ha, – dedi u. – Bu olişuvda boşingizni öq salgina yalab ötdi. Men soçingizning bir qismini qirqib taşlaşga majbur böldim. Xavotirlanmang, ozgina joyini qirqib taşladim. Ular ham yana ösib çiqadi.

– Kim bunday qildi? Kim otdi meni?

– Poçtaçi, – dedi u va xonadan çiqib ketdi.

Men esa uxlab qolibman. Menimça, u menga nimadir berişi kerak edi. Ertasi kuni ertalab, men nima bölganini eşitişimdan oldin keldi. U bir közi bint bilan yopilgan holda jilmayib kirdi. Keyin hammasini bir boşidan gapirib berdi.

Bahorda Elinor uning yoniga ğalati gaplar bilan borgan, uning gaplariga qaraganda, uni kimdir kuzatayotgan bölib, kuzatib yurgan odam poçta kiyimida ekan. Bunga işoniş qiyin bölsa-da, Elinor hatto qasam içgan ekan.

– Siz Tompson xonim ofisingizga kirayotib körgan poçtaçini aytayapsizmi? – dedim.

– Ha, Tompson xonim ham uni tanidi. Lekin haqiqiy poçtaçi Tompson xonim kelişidan ança oldin kelib ketgan bölgan. U Elinorning stulda gazeta öqib ötirganini körgan. Tompson xonim körgan poçtaçi esa Elinorni öldirgan kişidir.

– Bu Fred edi, şundaymi? – dedim.

– Ha, bu Fred edi, – deya u qöllarimdan tutdi. – Meni keçir, azizam. Men Elinorni undan uzoqlaştirişga harakat qildim, ammo Elinor undan ajralmadi.

– Fred uni telbalarça sevardi, – dedim.

– Ha u Elinorni qattiq sevardi. Ammo uni yöqotib qöyişdan juda ham qörqardi va raşk azobi uni qiynardi, – dedi u. – Menimça, u Elinorni mendan raşk qilardi.

– Ammo u haqiqatdan ham Elinorni sevgan bölsa…

– Muhabbat va nafratning orasi bir qadam böladi. Fred Elinor öziniki bölmagandan söng boşqaniki bölişini ham istamagan. – U xörsindi-da, davom etdi. – Men sizni qutqarib qolişga juda keç yetib keldim. Men u otganidan keyin uni uşlab oldim va örtamizda juda qattiq olişuv böldi. Ammo u özini olib qoçdi-yu… özini ham otdi.

U bosiq holda hikoyasini davom ettirdi. Tompson xonim Fredning suratini körib, u öşa kuni hamşira baqirişidan sal ilgariroq körgan poçtaçi ekanini aytibdi. Uni otiş uçun foydalanilgan öq esa Fred töpponçasining öqi bölib çiqibdi.

Margaret, şörlik Margaret esa uni jinni bölib qolyapti deb öylagan.

– Tompson xonim otib ketilganining ertasi kuni u mening yonimga kelgandi, – dedi doktor. – Margaret Fredni maxsus kasalxonaga qöyiş kerakligini aytib kelgan edi, ammo mening politsiyaga topşiriş haqida maslahatimni eşitgaç, uning ham jazavasi tutdi. Men bu işning dalillari yöqolib ketayotganini, yaʼni Tompson xonimning umri oz qolgandek tuyulganini va poçtaçi kiyimi yöqolganini öylab şunday qilgandim.

– Yöqolgan?!

– U kiyimni yoqib yuborgan ekan. Ötgan keça biz poçta kiyimidan qolgan yagona daliliy aşyo, tugmalarni topgan edik.

– Nega u Tompson xonimni öldirmoqçi bölgan? – dedim men. – U nimani bilgan?

– U öşa poçtaçini tasvirlaşga qodir edi. Margaret poçtaçi haqdagi gaplarni eşitgaç, uydan poçta kiyimini izlagan va uni topgan. Margaret öylab iş qilişga harakat qilgan, ammo u Fredga barça gapdan xabardor ekanligini va bundan Tompson xonim ham xabardor bölişi mumkinligini aytib qöygan. U esa maşinaga minib, unga qarşi bölgan barça guvohlarni öldirmoqçi bölib ketgan. Albatta, sendan taşqari.

– Nega unda meni ham öldirişga harakat qilgan ekan? – dedim.

– Çunki siz hammasini öz holiga qöymadingiz. Siz Elinorni kimdir öldirgan deb öylay boşlaganingizdanoq xavf ostida qolgandingiz. Şuningdek ötgan keça Margaretga qönğiroq qilib Tompson xonimlarnikiga nega borganini söragansiz.

– U eşitib turgan demoqçimisiz?

– Men uning eşitganini aniq bilaman.

Doktor Hammondlar uyini keçasi bilan kuzatganini, Fred biznikiga kelganida u taşqarida bölganini tan oldi. Ammo Fred qahvasini tinçgina içdi. Keyin u uyga tomon ketayotganda doktor buni panjara ortida turib kuzatgan. Fred ortiga qaytib menga töpponça öqtalgan. Doktor uni endi tortib olaman deganda Fred menga qaratib öq uzgan.

Bu gaplarni eşitayotib, yiğladim. Doktor römolçasini olib közlarimni artdi.

– Böldi, hammasi ortda qoldi, – dedi u taskin berib. – Siz judayam jasur ayolsiz, Luiza Baring.

Doktor örnidan turdi:

– Menimça, siz yetarliça murda va tasodifiy ölimni kördingiz. Sizga hozir eng keragi boşingizdagi bintni yangilatişdir. Keyinroq biror kişini boşingizni qaytadan boğlab qöyiş uçun yuboraman.

–  Buni özingiz qilib qöya qolmaysizmi?

– Yöq. Men bu sohadagi şifokor emasman.

Men unga yaxşilab qaradim. U toliqqan va közining atrofi qorayib ketgandi. Lekin u kuçli va jasur körinar edi. U bilan bölgan odam xavf-xatardan yiroq böladi deb öyladim. – Nega siz özingiz ğamxörlik qilmas ekansiz? – dedim men. – Agar men hozir kal ekanman, buni boşqa birovdan köra siz körganingiz maʼqul. Bölaqoling.

U jilmaydi va kutilmaganda yonoğimdan yengil öpiç oldi.

– Men buni siz stolimga lab böyoğini taqillatib qöyganingizdayoq olişni xohlagandim, – dedi u. – Balki endi izquvarlikni yiğiştirib, soçingizni östirişning payida bölarsiz? Çunki men yoningizda uzoqroq qolmoqçiman.

Tepamga qarasam, oyim eşikka suyanib, jilmayib turardi.

 

Ingliz tilidan Gulnora MATYAZOVA

tarjimasi

“Yoşlik” jurnali 2011-yil 11-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)