(Hajviya)
Mening çiroyli, yangigina qöl soatim ön sakkiz oy davomida na oldga çopib, na ortda qolib işlaydi. Biron marta töxtab qolgani yöq. Göyo, uning mexanizmi abadiy.
Nihoyat, soatim töxtab qoldi. Aybdor özim. Bu qandaydir katta baxtsizlikdan dalolat deya kuyina boşladim. Eng yaxşi ustaxona tomon yöl oldim. Usta mening soatimni olib, tuzatişga kirişib ketdi.
“Soatingiz tört daqiqaga ortda qolmoqda, uning murvatini biroz tezlatiş kerak”, – dedi u birozdan söng.
Men özimça qarşilik körsatdim. Millar vaqtni aniq körsatib turganiga ustani işontirişga tirişdim. Ammo nodon usta öz bilganidan qolmadi.Oqibatda soatim tez yuradigan bölib qoldi. Nazarimda, u kun sayin tezlaşib borardi.
Ikki oydan söng şahar soatlari menikidan ança ortda qolib ketdi. Mening soatim ön uç kun oldinga ötib ketgan ekan! Qöl soatim hali endigina keç kuz barglari tökilayotgan bir paytda dekabr qorlaridan bahra olayotgan edi. U menga hamma mayda-çuyda tölovlarni, alalxusus, ijara haqini tölaşni ham tavsiya qilayotgandi. Bunga ortiq çiday olmadim. Yana uni taʼmirlaşga otlandim. Soatsoz matohimni avval ham tuzatişga bergan-bermaganligimni söradi. Men esa uni hali usta körmagan, deb javob berdim.
Şundan söng usta betoqatlarça soatimni oçdi va köziga zarrabinini tutib, uning mexanizmini diqqat bilan kuzata boşladi. Söngra menga bir haftadan söng kelişimni aytdi.
Men aytilgan vaqtda keldim.
Afsus, şunça maşaqqatli mehnatdan söng mening baxtsiz soatim endi ortda qola boşladi. U göyo maʼyus va horğin dafn qönğiroqlarining zarbi kabi sekinlaşib borardi. Men poyezdlarga keçika boşladim, belgilangan uçraşuvlarimni ötkazib yubordim. Hattoki tuşlik qilişni unutib qöydim. Soatim avvaliga uç kun, keyin dabdurustdan tört kunga ortda qola boşladi. Alam va ğazabimning çeki yöq. Men keçagi, undan avvalgi kun bilan yaşay boşladim. Xullas, yana ustaga borişga töğri keldi. U haş-paş degunça soatimni bölaklarga bölib taşladi va keyin uç kun içida tuzatib berişini aytdi.
Şundan söng qöl soatim yaxşi işlab ketdi. Ammo kun yarmidan söng şöxlik qila boşlaydi: goh yötalga, goh hansiraşga, baʼzan pişqiriqqa öxşaş saslar çiqaradi. Borib-borib men öz ovozimni eşitolmay qoldim.
Xullas bu yaramasni uçinçi bor ustaga körsatiş majburiyati paydo böldi.
U soatimning sterjeni singanini aytdi. Bu qusur nazarimda unçalik jiddiy emasdek tuyuldi. Quvondim. Oçiği, öşa sterjen deganlari aslida neligini ham bilmayman. Ammo bilmasligimni birov bilib qolişini ham istamayman.
Nihoyat sterjen ham tuzaldi. Lekin xursandçiligim uzoqqa çözilmadi. Soatim işlab turib, birdaniga töxtab qolardi. Keyin biroz vaqt ötib yana işlab ketardi. U qaçon işlaş va qaçon işlamaslikni özi hal qiladigan bölib qoldi. Har doim işlaşidan avval öq ovozidek qarsillagan tovuş çiqaradi.
Hattoki bir neça kun kökragim ustiga yumşoq narsa qöyib yotişimga töğri keldi. Oxir-oqibat soatimni yana ustaxonaga olib bordim. Yana har doimgidek soatim bir neça bölaklarga bölib taşlandi. Soatsoz ularni birma-bir közdan keçirib çiqqaç, soatimning qil prujinasi lat yeganini aytdi. Söng uni tuzatib, mexanizmni işga tuşirdi.
Soatim yaxşi işlay boşladi. Faqat har ön daqiqada ikkita soat millari bir-biriga yopişib, birga aylanişini aytmaganda, albatta. Dunyoda heç bir donişmand mening qimmatbaho soatim qaysi vaqtni körsatayotganini aytib berolmas edi. Va men yana taʼmirlaşga otlandim.
Bu safar endi soatimning kiçik billur parçasi biroz qiyşaygani, harakatlantiruvçi prujinasi ham qayrilib qolganini aytişdi.
Hammasi taʼmirlanib, sozlandi. Soatim yaxşi işlay boşladi. Lekin soatim bor-yöği sakkiz soat yaxşi işlagaç, mexanizm işdan çiqdi va ariga öxşab ğizillay boşlardi. Soat millari esa şunçalik tez aylanardi-ki, tez orada ularni körib bölmay qolardi. Göyo, siferblat örgimçak töri bilan qoplangandek edi. Beş-olti daqiqada bir sutka ötib ketar edi. Va nihoyat, soatim “şaqir-şuqir” qilib töxtadi. Qalbimda alam bilan yana navbatdagi ustaxona sari yöl oldim.
Biroz vaqt ustaning işini kuzatib turdim. Soatim yana turli bölaklarga bölindi. Bu safar endi men ustani qattiqqöllik bilan imtihon qildim. Çunki iş borgan sari jiddiylaşib borayotgan edi. Özi soatimni ikki yuz dollarga sotib olganman, uni sozlaş uçun esa ikki-uç ming dollar atrofida pul sarflabman. Ustaning işni tugatişini kutib turib, uning bir vaqtlar paroxod mexanikigi bölgan eski tanişim ekanligini esladim. Uning yaxşi soatsoz emasligini ham juda yaxşi bilardim.
U mexanizmning hamma bölaklarini oldingi ustalar kabi ehtiyotkorona tekşirib çiqdi va işonçli ovoz bilan: “Par haddan ziyod köpayib ketgan, saqlovçi klapanga yana bitta gayka qöşiş kerak”, – dedi. Men soatimni olib mayda-mayda qilib taşladim. Dafn marosimi ham öz hisobimdan.
Ingliz tilidan Çarosxon Samadova
tarjimasi.
“Yoşlik” jurnali 8-son, 2014-yil
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


