12 daqiqada öqiladi

351 marta körilgan

«Şudringning oq yaproqlari»

Alyona Yeltsova

Alyona Yeltsova Komi Respublikasi poytaxti Сыктыквар şahrida yaşaydi, Rossiya Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. Moskvada M.Gorkiy nomidagi Adabiyot instituti qoşida taşkil etilgan Oliy Adabiyot kursida tahsil olgan. Şoiraning komi, rus, fin va eston tillarida “Tonggi yomğir” “Kabisa yil” “Nazokat, sen çeksizsan”, “Qaynoq tun”, “Osmon haqida tuşlar”, “Marjon ranggi” kabi qator kitoblari çop etilgan. Özbek tilidagi turkum şeʼrlari “Jahon adabiyoti” (2007-yil, avgust, Gözal Begim tarjimasi) jurnalida çop etilgan. Quyida şoira bilan muloqotni eʼtiboringizga havola etamiz.

– Mening xalqim – komi, asosan Komi Respublikasida, şuningdek, Rossiyaning Vologda, Arxangelskiy, Kirov viloyatlarida, Kareliya va Sankt-Peterburgda yaşaşadi.

U Rossiyaning şimoliy-ğarbida, Сысола daryosi yoqalarida joylaşgan. Mening ölkam şimoliy qutb doirasida, mangu muzlik va abadiy botqoqliklar bağrida qör tökib turibdi. Ular bir qaraşda sahroni eslatadi–faqat şimol çöllari, tundra sahrosi.

Şimolda yoz öz umrini şoşa-pişa yaşaydi – ikki-uç haftaga çöziladi, xolos. Amerika yozuvçisi Rey Bredberi yozganidek “Butun yoz bir kun içida” sodir böladi. Tabiat esa ana şu muddat içida bahor, yoz, kuz fasllarini yaşab ötişga mahkum. Öziga inom etilgan qisqagina iliq kunlarda qorlar şitob bilan eriydi, gullar oçiladi, tabiat özining mittigina yozi bilan olamni quvontirgisi keladi.

May oyining ilk kunlaridanoq qutb doirasi va şimol ölkalarida oq-oppoq tunlar boşlanadi. Quyoş botmaydigan, tuni ham, kuni ham oftobsiz qolmaydigan ana şu kunlarni bizda “oydin oqşomlar” deb ataşadi. Bu oqşomlar xuddi kunduz kabi yoruğ, hatto çiroqsiz kitob öqiş mumkin.

Komi – haybatli örmonlar, uluğvor daryolar va örmon köllarining vatani. Şundan bölsa kerak, Komi odamlarining tabiatini poyonsiz qarağayzorlar, ninabargli daraxtlarga mengzaşadi: cokin, xayolçan va körkam daraxtlar kabidir ular.

XX asr boşlarida Tima Ven(V.Çistalev) şunday yozgan edi: “Mening sokin daraxtim, sen begona nigohlardan bekinib, boşqa daraxtlar panasida ösib-ulğayasan. Sokinlik – kamolotingdir. Ğamgin xayollaringdan oqarib ketadi soçlaring. Atrofimni daraxtlar qurşagan esa-da, vazmin gözalligingga tiz çökaman “.

Yoki mening şunday satrlarim bor:

Şimolda kuz –

sariq baliqça,

u ohista suzib ötadi,

şudringning oq yaproqlaridan

ranggi ketgan quyoş

va oyning sovuq dengizi tomon.

Daraxt şoxalari

sokin tör kabi

ovlaydi,

tökilayotgan yuragimni mening…

Yana şunday qiziq bir hikoya bor:

Kunlarning birida ovçi tun böyi örmonda qolib ketadi. U bahaybat qarağay bağrida uxlaşga qaror qiladi va undan ruxsat sörab, daraxt tagida uyquga yotadi. Yarim keçada uyğonib ketgan ovçi kuçli şamol daraxtlarni u yoqdan-bu yoqqa qattiq çayqayotganining guvohi böladi. Qöşni daraxtning gaplari quloğiga çalinadi: “Singiljon, onang hayot bilan vidolaşyapti, tur, uning oldiga bor”, daraxt javob beradi: “Yöq, bora olmayman, bağrimda odam uxlayapti, şunday böronda qanday qilib uni yolğiz taşlab ketaman.” Ovçi ertalab uyğonganida tundagi şamol keksa qarağayni tag-tubi bilan qulatgan edi. Bu – öziga bağridan joy bergan qarağayning keksa onasi ekan.

– Olis şimol xalqlarining tili, madaniyati biz janubliklar uçun juda qiziqarli. Keling, Komi tilining öziga xosligi haqida suhbatlaşsak.

– Komi tili fin-ugor tillari oilasiga mansub bölib, udmurt, komi-perm va fin tillariga yaqin turadi. Bu tilda rus tilidan farqli 16 kelişik, 10 dialekt mavjud. Baʼzi şevalar bir-biridan tubdan farq qiladi.

Komi – aglyutinativ til: sözlar turli xil söz yasovçi qöşimçalar orqali hosil böladi. Masalan, rus tilida ifoda etilgan butun bir gapni komi tilida bitta söz bilan anglatiş mumkin:

Oni nadeli şapki – rus tilida;

Шапкаасисны – коми тилида.

Tilimizda şimol xalqlarining öziga xosligini körsatuvçi son-sanoqsiz sözlar mavjud. Masalan, qorni tasvirlab beradigan bir neça sözlar bor: birinçi qor, yerda yotgan qor, eriyotgan qor, daraxtlarda turgan örmon qori. Urğu har doim sözning birinçi böğiniga tuşişi bilan musiqiylik kasb etadi.

Komi xalq oğzaki ijodida pahlavon Pere haqida afsona mavjud. Afsonaga köra bahodir ayiq va qiz juftligidan dunyoga kelgan. U inson bölsa-da, butun atrofga insonga xos bölmagan mislsiz kuç-qudrati bilan taniladi. Bu kuç unga ayiqdan meros. Pere Zaran(“Tilla qiz”)ismli qizni sevib qoladi. Komi xalqi ana şu birlaşuv orqali dunyoga kelgan ekan.

Tilimizning boyligini, gözalligini allalarda köriş mumkin. Ularda millatimizning bor böyi-basti, kuçi-qudrati aks etgan. XX asr boşlarida Veniamin Çistalev tomonidan yozilgan “Alla” to hozirga dovur qiymatini yöqotmagan.

Buvim meni yörgakladi,

Alla aytdi tun böyi

Alla, bolam, alla.

Buvim uyqu çorlaydi,

Belançak ğiçirlaydi,

Ğiçir-ğiçir-ğiçir.

Buvimning mungli ovozi,

Hamohang belançak sozi.

Alla, bolam, alla.

Tilla öğlim, uxlab qolgin,

Yurak qörim, uxlab qolgin.

Alla, bolam, alla.

– Ilk komi asarlari qaçon yaratilgan?

– Komi adabiyoti özbek adabiyotiga taqqoslanadigan bölsa, u qadar qadimiy emas – bir yuz ellik yilni qamrab oladi. Uning paydo bölişi xristian dini bilan uzviy boğliq. Xristianlik qabul qilingaç, komi tiliga diniy matnlar tarjima qilina boşlagan.

Ilk komi şoiri Ivan Kuratov XIX asrning 60-yillarida yaşab ötgan. U “Injil” matnlarini komi tiliga tarjima qilgan va özi ham şeʼrlar yozgan. Jukovskiy, Крылов, Puşkin, Lermontov, Volter, Shiller, Geyne, Petrarka asarlari hamda Qurʼon suralarini öz ona tiliga mahorat bilan ögirgan. I.Kuratov bironta ham badiiy ijod namunasi bölmagan tilda şu qadar gözal asarlar yaratdiki, ular bugun 8 ta qölyozmalar töplami holida saqlanyapti.

Bu tildagi adabiyotlarda asosan xalq oğzaki ijodi tajribalaridan foydalanilgan. Zamonaviy komi adabiyoti asosini marosim folklori va sehr-jodu eposlari taşkil etgan, mifologik asarlarga örin berilgan. Mifologik obrazlar D.Frolova, A.Шебырева, YE.Kozlov, V.Babina, S.Juravlev, G.Yuşkova şeʼrlarida badiiy yuksaklikka kötarilgan. Milliy afsonalar asosida O.Ulyaşevning “Ibodatxonalar poemasi”, “Arğimçoq”, “Kumuş ziğirpoya”, “Tilla şoxli buğu” asarlari sahnalaştirilgan. Zamonaviy şoirlar – Galina Бутырева, Nina Obrezkova, Anjelika Yelfimovalar ijodi adabiy jamoatçilikda qiziqiş uyğotyapti.

– Zamonaviy komi adabiyoti asosini nimalar taşkil qiladi?

– Bugun dunyo adabiyoti yangiça ruh, yangiça ifoda va öziga xos tasvirdagi asarlar bilan liq töla. Har bir xalqning katta adabiyotlari, sevib öqilayotgan asarlari bor. Respublikamizda şunday yozuvçi va şoirlar borki, baʼzan ularni butun dunyo öqimayotganidan afsuslanaman, qiynalaman. Balki özbek adabiyoti ham bu holatni boşdan keçirayotgandir.

Bugun zamonaviy komi adabiyotida Galina Бутырева, Mixail Yelkin, Aleksandr Lujikov, Yevgeniy Kozlovlar ijodi yangiça obrazlar, ğoyalar va olamni turli tomondan tuşunişi bilan kişini jalb etadi. Şu bois komi lirikasida bevosita inson içki olamiga, uning his-tuyğulari, keçinmalari va tafakkur tarziga murojaat etila boşlandi.

Aksariyat mamlakatlarda bölayotgani kabi bizda ham ayollar şeʼriyati asosiy öringa çiqayapti. Eston yozuvçisi Arvo Valtonning taʼkidlaşiça, “Fin-ugor adabiyoti ayollar şeʼriyatidagi alohidaliklar bilan közga taşlanyapti. Xususan, ayollar köp eksperimentlar qilişyapti, badiiy şakl va ramz-timsollar bilan eʼtiborni jalb etayapti. Yangi asrda şeʼr yozayotgan ayollar şu qadar köpki, qariyb, butun adabiyot ayollar adabiyotiga aylanib qolgandek”.

Ilk komi şoirasi – Aleksandra Mişarina 60-yillar avlodiga mansub. Şeʼrlarida şimol tabiati öta nafis aks etganki, öqigandan söng bolalikdagi ertaklarga qaytgandek bölasiz. Yana bir şoira – Galina Бутырева şeʼriyati şakl va janr xilma-xilligi, mavzu kölami, obraz qurilişi bilan öziga xos. Uning verlibrlari bir tomondan Boltiqböyi(fin va eston) adabiyoti bilan boğliq bölsa, ikkinçi bir jihatdan xalq oğzaki ijodiga borib taqaladi. Şuningdek, Oleg Ulyaşev ijodi lirikligi, sirliligi, tuyğularning çuqur ifodasi, sokin xayolçanlik, yoruğ iztirob, musiqiyligi bilan yurakka tez yetib boradi. Yevgeniy Kozlov sezgi va his–tuyğularni, inson içki holatini impressionistik uslubda aks ettiradi – taassurot, kişi bilmas tuyğular, bezovtalik xira va oç ranglarda ifodalanadi.

YE.Kozlov şunday yozadi:

Qanday yaxşi yomğirdan keyin

kuzgi örmon böylab daydimoq –

Sukunat…

Daraxtlarga tegib ötarkan,

oltin barglar tökilib ketar.

Pirillab uçadi kapalak misol,

şabada eltadi manzilga.

Fikr taşrif buyurar,

biroq qanday mayin va sirli,

yaproqlarning tökilişi…

– Nasrdagi urinişlar-çi?..

– Zamonaviy Komi nasri sekinlik bilan rivojlanyapti. Agar 60-80 yillarda povest va roman janrida mukammal asarlar yaratilgan bölsa, 90-yillarda kiçik nasriy janr hisoblangan hikoya va miniatyuralar yozişga hamda öqişga ehtiyoj kuçaydi. Ularda zamonaviy qişloq odamlarining hayoti aks etgan. Yoşlar yaxşi yaşaş istagida qişloqlarni tark etişyapti, qişloqlar kelajaksiz qolayapti, u yerlarda hayot oxirlab borayapti. Bu mavzularda A.Ulyanov qator hikoyalar yaratgan. Roman janrida tajribaga ega, oqsoqol yozuvçilar ijod qilişyapti.

– Ayni kunlarda qaysi adabiy yönalişga nisbatan qiziqiş kuçli?

– Adabiyotga biron-bir yönalişni qölidan yetak-lab olib kirib yoki töğri kelmasa, quvib çiqarib yuborib bölmaydi. Har bir inson öz xayollariga, öylariga, his-tuyğu va keçinmalariga taniş yöldan yuradi, qalb gözalliklariga mos keladigan “idiş”ni axtaradi.

Artyur Remboni yaxşi bilasiz, dunyo adabiyoti xazinasida gözal simvolik şeʼrlari saqlanib qolgan. U 19 yoşigaça butun dunyo kitobxonini lol qoldiradigan asarlarini yaratib bölgan, simvolizmga asos solganini özi bilmagan. Aytmoqçimanki, bugungi kun adabiyotida ham biz bilgan va bilmagan yönalişlar asarlarimiz zamirida, yuraklarimiz qaʼrida yuzaga kelayotgan bölişi mumkin. Savolingizga qaytadigan bölsam, ayni kunlarda bizda keng taraqqiy etgan oqim – etnofuturizmdir. Bu oqim bizning adabiyotga eston va udmurt adabiyoti orqali kirib kelgan. “Etnofuturizm” atamasi 1994-yilgi etnofuturistlar konferensiyasidan söng yaxşi tarqaldi. “Etno” atamasi – milliy öziga xos, etnik-mifologik futurizm. Bu yönalişdagi asarlarda zamonaviy postmodernistik olam qurilişida öziga joy izlab, raqobatbardoşlikka bölgan kuçli intiliş seziladi. (Bu – Mayakovskiy yoki Marinetti ijod qilgan futuristik oqim emas).

Aynan mifologik va postmodern asarlardan söng inson özida bitmas-tuganmas hayotiy energiyani his qiladi. Yangi yönaliş bir vaqtning özida qadimiy anʼana, urf-odatlar olamining zamonaviy his qiliş bilan uyğunlaşuvidir. Etnofuturizm – bu zamonni anʼanaviy madaniyat orqali tuşuniş, tavsif qiliş va tuşuntiriş. Bunda faqat öz xalqi folkloriga murojaat qilinmaydi. Axir folklorga öz vaqtida Puşkin, Şeks-pir va Gomerlar ham murojaat qilişgan.

Etnofuturizm – bu folklorning butun jahon postmodernizmi bilan dialogi, ötmiş va kelajak xalqlarning suhbati asnosiga quriladi. Rassomlar – Pavel Mikuşev, Yuriy Lisovskiylar ijodida etnofuturistik ruh ustunlik qiladi. P.Mikuşev öz işlarida qadimiy Perm alfaviti harflari uslubidagi tasvirlarni qöllaydi, kosmogonik ğoyalarni aks ettiradi. Öz vaqtida Komi adabiyotiga etnofuturizm bilan bir qatorda etnosimvolizm ham kirib kelayapti.

– Hozir butun dunyo adabiyotida şeʼriyat qanday qiymat kasb etayapti, deb öylaysiz? Badiiy did haqidagi fikrlaringizni bilmoqçi edim?

– Bizda ham adabiyot boşqa xalqlarniki singari nooddiy holatlarni boşdan keçiryapti. Ötgan asrning 20-30 yillarida rus şeʼriyatining tonggi otgan edi va bu ötmiş qaʼriga singib böldi. Hozir dunyoning deyarli hamma nuqtalarida kompyuter tili hukmronlik qilayapti, insonlar qisqagina SMS xabarlarni öqişga könikma hosil qilişyapti. Bularda inson tuyğulari va bezovtaliklarini tölaligiça aks ettiriş imkonsiz. Texnologiya şu qadar tez ildamlayaptiki, har soniyada inson hayotida mislsiz özgarişlar yuz berayapti. Bu holatda bir çetda jimgina şeʼr ovoziga quloq tutiş eng sof sekinlikka öxşab ketadi.

Vaqt texnik va pragmatik xususiyat kasb etayapti. Şeʼriyat davralari haddan ortiq içkariga qarab yöl olgan. Tanholik, xususiylik, bir joyga va bir zamonga xos bölmaslik – lirikaning asosiy xussusiyatlaridan biri. Albatta, har qanday ijodkor ham öz asarlarining yaxşi adadda çop etilib, köp sonli odamlar öqişini xohlaydi. Jiddiy, mukammal şeʼriyatning öquvçilari köp bölgan öşa zamonlarda ham adabiyot, sanʼat ommaviylaşgan emas. Mohiyatan ham bunga javob topib bölmaydi. Axir şeʼrni çop etiş mumkin, biroq uni bir neça million nusxada yaratib bölmaydi. Asl sanʼat asarining fazilati bu – uning yagonaligi.

– Badiiy sözning qadrsizlanişi his va tuyğularingizda qanday keçinmalarni paydo qilayapti?

– Men Amerika yozuvçisi Rey Bredberining asarlarini sevib öqiyman. Uning “Jokondaning tabassumi” nomli asarida atom asrida insonlarning qanday hayot keçirişi haqida hikoya qilinadi: şaharlar, uylar vayron etiladi, buğdoy dalalari nurlanadi. Odamlarning ong va tafakkuri “lat yegan” uşbu asrda ular “madaniyat va sanʼat ustidan ğalaba” qozonişadi. Insoniyat tarixidagi hamma kitoblarni yoqib kul qilişadi, kun kelib erta tongdanoq Leonardo da Vinçining qölga tuşgan asarini yöqlik qaʼriga yöllaş uçun jamuljam bölişadi. Nihoyat surat yirtib taşlanadi, bu yerda qatnaşgan bir bolakay suratning yirtilmagan bir parçasini asrab qolişga erişadi. Bola asarni içki çöntagiga yaşirgança uyiga qarab yugurib ketadi. Har kuni oy şuʼlasida yirtiq surat parçasiga termulib çiqadi. Suratdagi ayol tabassumidan qoronğu va sovuq tun yoruğ va issiqday tuyuladi. Öylaymanki, bu hikoya faqat ötmiş haqida emas – bugungi texnika asri, u bilan qadam-baqadam rivojlanayotgan insonlar, qalbsiz va içki insoniy ziynatlarsiz odamlar haqidadir.

Şuni his qilamanki, inson har qanday yugur-yugurlardan çarçaydi, öylaşdan, fikrlaşdan esa, yöq, toliqmaydi. Özi bilan yolğiz qolar ekan, albatta, qöliga kitob oladi, sevimli va sirli kitobini…

– Erkin şeʼrlar ham yozilayaptimi?

– Ilk Komi şoiri Ivan Kuratov XIX asrning örtalarida öz şeʼrlarini sillabik-tonik şeʼr şaklida yozadi. Bu şakl öz davrida rus şeʼriyatida ham urf bölgan edi. V.Savin şeʼr yaratişda qofiyasiz, oq şeʼrlardan iborat bölgan komi xalq qöşiqlariga tayanişni maslahat beradi. XX asrda bu yönalişda V.Çistalev özini sinab kördi. Şuningdek, u adabiyotimizda ohangli prozaga asos soldi. Bugun şeʼr şakllari haqida hamma qayğurayapti. Masalan, hozirda bizda verlibrlar yoziş ommalaşgan.

Fin-Ugor adabiyotlari Assotsiatsiyasi prezidenti Arvo Valtonning yozişiça, qofiyali şeʼr bu – keçagi kunning nafasidir.

– Bu haqda sizning fikringiz qanday?

– Mening fikrim bölakça. Qofiyali şeʼr öz qiymat va mohiyatiga ega. Şeʼr ölçovlari şunçaki şakliy möjiza emas. Qofiyali şeʼr tufayligina öquvçi öz qarşisida proza emas, aynan şeʼr turganligini his qiladi. Qofiya va ölçov muallifning öquvçiga taʼsir quroli, his-tuyğularni aks ettirişning eng bebaho “dorivor”i. Şeʼr qofiyali bölar ekan, uning jöşqinligi, hayajoni, içki fikr va quvvati yanada oşadi.

Axir qofiya – satrlar sönggidagi ohanglar takrori. Qaçonki, matnda nimadir takrorlansa, u albatta eʼtiborni jalb etadi. Nafaqat eʼtiborni tortadi, balki köngilning körinmas iplariga teginib ötadi.

– Marom, albatta zarur, deysiz-da…

– Ha, marom – butun tiriklikka daxldor. Jamiyki insoniyat aniq maromlardan tarkib topgan: yil fasllari maromi, lahzalar maromi, yurak urişi maromi.

Marom – inson yaralişining asosi. Inson badiiy asar öqiyotganda, avvalo, uning maromini topişga harakat qiladi. Öquvçi va şeʼr, şoir va asar aynan marom sababli yaxlitlikka erişadi.

Men qaçonki şeʼr öqisam yoki yozsam, yuragimning, nafasimning va öqiyotgan şeʼrimning maromi birga jaranglaşini istayman. Şundagina u asar menga va tuyğularimga taniş va tuşunarli bölib qoladi. Komi şoiri V.Çistalev nasriy asarlar yaratayotib, unda şeʼr ölçovini, yaʼni daktil(urğu 1-böğinga tuşadigan uç hijoli turoq)ni qöllaydi.

Menimça, har bir xalqning madaniyati va adabiyoti öz rivojlaniş yölini özi belgilaydi. Bugun aksariyat mamlakatlar adabiyotida erkin şeʼr faollaşar ekan, bu ertangi kun uçun imkoniyatdir. Erkin şeʼrlarda his-tuyğu va hayajonlarni özgaça ifoda etiş bir munça oson va malolsiz körinar balki…

– Komi adabiyotida badiiy tarjimaga ehtiyoj qay darajada? Çunki asosiy xalq rus tilini yaxşi biladi-ku…

– Ilk tarjima asarlari haqida yuqorida gapirib ötdim. Bugun adabiyotimizda badiiy tarjimaning yangi bosqiçlari boşlangan bölsa-da, şoir va tarjimonlarimiz asosan rus mumtoz adabiyotiga – A.Ahmatova, S.Yeseninga köproq murojaat qilişyapti.

Töğri aytdingiz, komiliklar rus tilini öz ona tili darajasida bilişadi. Şu bois jahon xalqlari adabiyotidan tarjimalar qilişga talab oşmoqda.

Komi xalq şoiri Albert Vaneyev 90-yillarda Şekspir sonetlarini tarjima qilgan edi. Zamonaviy tarjima amaliyotida fin-ugor adabiyotlari – eston, fin, udmurt, mariy, major va mordva xalqlari adabiyotlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Estoniyada bir oilaga mansub xalqlar adabiyotlarini qöllab-quvvatlaş dasturi böyiça 2007-yilda mening şeʼrlarim 4 tilda – komi, eston, rus, ingliz tillarida çop etildi.

Yozuvçi va şoirlar özlariga tuğişgandek qadrdon xalqlar asarlarini öz adabiyotlari safiga qöşişar ekan, bundan quvonçlar poyonsizligini his qilasan.

Gözal BEGIM suhbatlaşdi.

“Yoşlik”/2010,5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)