Hammamiz tarjimayi holimizni yozganmiz va ularda özimizning qilgan-qilmagan işlarimizni oşirib-toşirişga uringanmiz. Taniqli avar şoiri Rasul Hamzatovning samimiy yozilgan, muxtasar tarjimayi holini öqir ekansiz, beixtiyor huşyor tortasiz. Jahon adabiyoti xazinasidan örin olgan asarlari bilan yer yuzini quyoş nuriday munavvar etgan şoir hali burgut yuksakligiga kötarilmaganligiga iqror bölib, öz oldiga yuksak maqsadlarni qöyib, asosiy kitobini yozişga çoğlanayotganini bayon etadi. Şoirning bu dil izhori har bir öquvçini tarjimayi holni qotirib yozişgagina emas, balki unga öxşab xalqimizga çin yurakdan sadoqat bilan xizmat qilişga undaydi, degan umiddamiz.
BIRINÇI MAQOLA
Doğistondagi dorbozlari bilan maşhur Sovkra ovulida öğilning tuğilgan kuni u mustaqil ravişda dorda dadil yurgan kun hisoblanadi. Zargarlari bilan maşhur kubaçinlar esa, öğil otasiga kumuşga jilvador naqş öyib sovğa qilgan kunni uning tuğilgan kuni etib belgilaşadi. Öşa kun ota atrofdagilarga mağrur qarab deydi: «Mana mening uyimda öğil tuğildi!»
Gohi-gohida mening köz oldimda şunday manzara gavdalanadi: Sada ovuli, bahor pallasi. Möylovi sabza urmagan ösmir birinçi bor dalani şudgor qilişga çiqqan. Uning bitta tengdoşi birinçi bor özi uy qurişga kirişdi. Boşqa bir ösmir otini egarlab, birinçi bor safarga yöl oldi… Ularga qarar ekan, otam quvongandan şunday degandi: «Qara, bizning şu kiçkina ovulimizda bu bahorda qança öğil tuğildi».
Toğliklar iştiyoqsiz, isteʼdodsiz, mehnati bilan birovga foydasi tegmaydigan kimsalar haqida gapirganda şunday deydi: «Uning soç-soqoliga oq tuşdi, lekin özi hali tuğilgani yöq».
Mening soçim ikki rangda, biroq tuğilgan kunim haqida söraşsa javob berişga qiynalaman. Özi men qaçon tuğilganman?
Ehtimol, ön bir yoşimda, hali belimga kamar taqmagan bölsam ham, biron otni egarlamagan bölsam ham uyimiz tomiga yozilgan hökiz terisi ustida yotgança birinçi şeʼrimni yozgan kunda tuğilgandirman?
Ehtimol, bu sal keyinroq – maktab devoriy gazetasiga birinçi bor şeʼrim yozilgan kun bölgandir?
Ehtimol, men 1943-yilda tuğilgandirman, axir öşa yili Doğiston naşriyoti mening birinçi kitobimni çop etgandi.
Afsus bilmayman, maqtov sözlarini köpam aytavermaydigan otam qaçondir şu sözlarni irod etdimikin: «Mana, mening uyimda öğil tuğildi!»
Ehtimol, otam bu sözlarni aytmasdan olamdan ötgandir.
Biroq, men qaçon tuğilgan bölmay, haqiqiy tuğilgan kunim albatta, şeʼr yozilgan kun bilan çambarças boğliq.
Mening umrim qöşiq bilan boşlangan va qolgan hayotim ham unga tegişli böladi. Şeʼriyat ham boşqa foydali barça mehnatlar kabi odamzot hayotini bezaydi, yanada mazmunli va çaroğon etadi.
Mening oliy orzuim umrim oxirigaça nimadandir xavotir olmay yoki kör-körona emas, balki çin yurakdan xalqimga sadoqat bilan xizmat qiliş. Tilagim – bunday niyatni barça odamlar orzu qilsin.
Men oz sonli toğlik xalqning öğliman. Qaysiki, barça toğliklar kabi ularning bolaligi va keksaligi juda ham qisqa, yoşligi va yetuklik davri esa juda ham uzun.
Toğlik bolalar tez ulğayadi va hayotda mustaqil qadam taşlay boşlaydi. Xalqimni, taʼbir joiz bölsa, kaft ustiga joylaştiriş mumkin: biz avarlar yer yuzidagilarning hammasini qöşib hisoblaganda ham ozçilikmiz, lekin millatimiz nomi toğlar va kengliklar aro mağrur jaranglaydi. Şu oq soç, bulutli toğlar qança burgut yurakli öğlonlarni kördi, şunday botir askar, qahramonlar haqida aytilgan ajoyib qöşiqlarni tingladi.
Esimda, bolaligimda gulxan yonida ötirib otamning maşhur Şomil haqidagi hikoyasini sevib tinglardim. U yetti joyidan oğir jarohatlangan bölişiga qaramay, qiliçini bir serpab ğanimini oti bilan birga ikki bölak qilgan. Uning botir noibi Hojimurod töğrisida Lev Tolstoy ajoyib qissa yozgan. Gidatlinlik afsonaviy Xoçbar töğrisida toğliklar köplab qöşiqlar töqişgan. Çoxlik öktam yigit Kamolil Başir haqida, undan çiroq nuri ham ötgan va yerga soyasi xira tuşgan. Sevgi kuyçisi Mahmud haqida, uning qöşiqlarini toğlik oşiq-maʼşuqlar tumor qilib taqib olişgan. Ha, men qançadan-qança şunday qahramonlarimiz haqida hikoyalar tinglaganman.
Bolaligimda eşitgan xalq afsonalari, ertak va qöşiqlar xuddi kubaçinlik naqqoş qiliç sopiga öygan naqşday mening yuragimda muhrlanib qolgan. Bu hikoyat va qöşiqlar, uy, qalʼa va toğdagi toşlarga öyib yozilgan bitiklar mening oz sonli xalqimning şonli tarixini qiliçlar jarangiday baland ovozda eslatib turadi.
Toğlardan qönim topgan xalqim bir umr erkinligini, qadrdon toğlarini himoya qiliş uçun zolimlarga, bosqinçilarga qarşi kuraş olib bordi. Xalqda şunday naql bor: «Toğlik egar ustida tuğiladi». Toğlik öğlonlar qöliga erta qurol olişini hayotning özi taqozo etadi, keyin ularning qiliçini peroga almaştirişga vaqti bölmaydi.
Şukrki, men toğlik xanjarini bexavotir uyning devoriga osib qöygan va uning ozodligiga heç kim dahl qilmaydigan vaqtda tuğildim. Bu vaqtda Vatan tuşunçasi toğlar bilan çegaralanmay, ança kengaygandi. Mening otam – Doğiston xalq şoiri Hamzat Sadasa mana şu bepoyon mamlakatga özining eng yaxşi qöşiqlarini bağişladi. Mana şu bepoyon mamlakat taqdiriga mening ham qöşiqlarim, quvonç- taşvişlarim boğlandi.
Umrim tengdoş yurtdoşlarim hayotiga öxşaş tarzda keçdi. Lekin yozgan şeʼrlarim biror şoir şeʼrlariga öxşab qolmasligi uçun harakat qildim. Mayli, bizning hayotimiz katta yöllar kabi bir-biriga öxşasin, biroq yozgan şeʼrlarimiz toğlardagi söqmoqlar kabi har xil bölsin.
Ovulimizdagi maktabni tugatgaç, Böynoqdagi pedagogika bilim yurtiga öqişga kirdim. Oliygohni tamomlab maktabda öqituvçilik va avar teatrida aktyorlik qildim. Söngra respublika gazetasida işladim. 1950-yilda Moskvadagi Adabiyot institutini tugatdim.
Avar tilida çiqqan birinçi şeʼriy kitobim – «Otaşin sevgi va yondiruvçi ğazab» juda jarangdor nomlansa ham unda «jarangdor» şeʼrlar jamlangan deb ayta olmayman. Öşandan buyon avar, rus, dargin, lak, gruzin, koreys va boşqa tillarda öttizdan ortiq şeʼriy töplamlarim çop etildi. Ular orasida «Tuğilgan yilim», «Katta akam haqda sözlayman», «Lirika», «Şeʼrlar va dostonlar», «Toğliklar vatani», «Toğlik qiz» kabi kitoblarim men uçun juda qadrli.
Şeʼriyat yoşlik bilan hamnafas. Yoş döstlarim, sizga bağişlagan şeʼrlarimni özingizning tengdoşingiz yozganday qabul qilişingizni istayman.
Bu şeʼrlarni öttizdan oşganimda yozganman. Öttiz yoşga yetganlar haqida toğliklarda şunday naql bor: «Kim ikki burgut yoşini yaşab burgut bölmasa, heç qaçon burgut bölmaydi. Uning taqdiriga çirqillab ötiş yozilgan». Men çumçuq emasman, lekin burgutlar yuksakligiga kötarildim deb ham ayta olmayman. Men qanday yoza olsam, şunday şeʼr yozdim. Şoirona aytsam, quvonganda quvondim, ranjiganda ranjidim, ğamli kunlar ğam yutdim, şodlik kunlarida tantana qildim va albatta sevdim. Mening yuragim sevgi otaşida yondi. Sevgi esa meni kuylatdi. Dardimni goh sekin, goh baland, goh şeʼrda, goh nasrda bayon etdim.
Öşa yillarda mamlakatimiz tinç edi, lekin dunyo tinçimagandi. Xuddi şunday ijodkorlarning qalbi ham tinç emasdi. Axir qalbda tafakkur va tuyğular kuraşining adoği yöq. Çunki, ijodkor xotirjam böla olmaydi, uning qalbiga çeksiz dunyoning butun quvonç-taşvişlari jo bölişi kerak.
Yillar ötaverdi. Mamlakatda uruş bölmasa ham menga yaqin kişilar – qardoşlarim, döstlarim, taniş şoirlar bir-bir olamdan ötdi. Şoirlar taʼbiri bilan aytganda, ular nafaqat keksalikdan, balki oldin olgan eski jarohatlaridan ham vafot etişdi. Ketgan qadrdonlarim örnini heç kim bosa olmaydi, to yuragim urib turar ekan, ularning xotirasi qalbimda yaşaydi. Biroq yurtimda va Vatanimdan uzoqda kezganimda juda köplab yaxşi insonlarni uçratdim. Bu uçraşuvlar qalbimga quvonç bağişladi va hayot davom etaverişidan darak berdi.
Iş stolim ustiga hayotning timsoli bölgan ikki sovğani qöyganman. Biri uruşning şafqatsiz «sovğa»si – askar tanasidan olingan qörğoşin öq. Ikkinçisi ilgari porox va qörğoşin öq bölgan böş patronga qöyilgan qadrdon dalamizda oçilgan gul, qaysiki, u tinçlik, muhabbat, umid, hayot ramzi, ötgan kunlar xotirasi, bugunning bezovtaligi va kelajak haqidagi orzular. Bu tuyğular hayot yöllarida hamişa yöldoş. Ular şoirlarga qatʼiy ovozda şeʼr va qöşiqlar aytadi. Ular menga ham aytib turdi, imkonim qadar qoğozga tuşirdim. Mening bu boradagi yutuq va izlanişlarim bilan öquvçilar deyarli har yili tanişib bordi.
Hayot taqozo qildi, men yozdim. Öquvçilar qöliga şeʼr-dostonlarim, «Yuksak yulduzlar», «Yulduzlar yulduzlar bilan sözlaşar», «Uçinçi soat», «Rivoyatlar», «Şamşir va atirgul», «Çegara», «Sevgi haqida kitob», «Uyim qarşisida», «Forsiy şeʼrlar», «Mening Doğistonim», «Sonetlar» deb nomlangan qator kitoblarim yetib bordi.
Ha, kitoblarimning nomlari har xil. Ijodim mahsuli bölgan kitoblarim boşiga har xil börk kiydirdim. Ammo men uçun asosiy va muqaddas mavzular uçta bölib qolaveradi.
Men ikki gulxanda doiramni toblab, ikki deraza qarşisida sevgi kuyini çaldim. Bilaman, fikrda barqaror böliş şoirning kuçini belgilovçi boş omil emas. Negaki, ayrimlar aytganday şeʼriyat kayfiyat mahsuli. Kayfiyat esa ob-havoday tez-tez özgarib turadi, lekin men sizni işontirib aytaman: şu ikki çegara oraliğida oxirigaça turaman va umrim sönggigaça şeʼr yozaman.
Bu mening ijodimdagi birinçi raqamli nazorat joyi. Bu tuğilgan yurtimning, Doğistonimning, bepoyon mamlakatimning çegarasi. Ikkinçi çegara bu muhabbatim çegarasi, bu muhtarama ayollarga boğliq ekanligim çegarasi, qaysiki, ularga sevgim çeksiz. Bundan keyin ham yozgan kitoblarimni ularga bağişlayveraman. Men samolyotimda sevgi aerodromidan sevgi aerodromi tomon parvoz qilaman, balki orzu aerodromiga yetmasdan halok bölarman.
Kitoblarimning uçinçi bir qismi hayot, ölim, zamin, odam, ayriliq va uçraşuvlar haqidagi öylarim. Ular – «Turnalar» va «Döstlarni asrang», «Yillar şodasi» va «Bitiklar». Bu kitoblarni yillar ötib, qança mamlakatlarni kezib çiqqaç, soçim batamom oqargan vaqtda jamlaganman.
Hayot zayli, köngil keçinmalari, voqea va iztiroblar söz sanʼatkori ijodida har xil aks etadi. Buni şoirlarning saylanmasi yoki tanlangan asarlarini közdan keçirsangiz darhol payqaysiz. Boşqa kitoblarda esa ijod yölining turli davrlari, yoziş mahorati şakllanişi bosqiçlarini ilğaş qiyin emas. Öquvçilar mening kitoblarimda ham şunday özgarişlarni payqagandir. Çunki ularda turli ranglar va tasvirlar bor.
Zamondoşlarimdan biri menga şunday taʼrif beribdi: «Turfa feʼlli bölgani uçun uning sanʼati ham turfa». Lekin men turlanişni yoqtirmayman. Söz sanʼatkori bir butun odam bölişi va uning ijodi ham şu öziga xosligi bilan belgilanişi kerak. Axir, ajoyib maqsadi bölgan kişilargina ajoyib işlarni amalga oşiradi. Odamlar şunday işlariga qarab, ularning maqsadi va iqtidorini bilib oladi. Darhaqiqat, öz oldiga yuksak maqsadni qöymasdan ijod qilib bölmaydi.
Hali men asosiy kitobimni yozmadim. Uni yozişga harakat qilayapman. Hozir yoşim ellik beşda. Bu yoşdagilar haqida toğliklar şunday deyişadi: «Endi uning oti oqsoqlana boşlaydi». Töğri, endilikda bir qadah vino içsam ham taʼsir qilayapti. Tan olaman, men özini yoşidan kiçikroq körsatişga urinayotgan kişilarni yoqtirmayman.
Na iloj, yillar mening orzularim va imkoniyatlarim orasini tobora uzoqlaştirmoqda. Ammo sizga takror aytaman: men şoirman, sevgi tuyğusi qalbimda oşsa oşdiki, lekin zarraça ham kamaygan emas. Xuddi yigirma yillar oldingi kabi barçaga baralla aytaman: «Mening yuragim işq ötida yonayapti». Bu tuyğu menga şeʼr-qöşiqlar aytmoqda. Ularni albatta, qoğozga köçiraman.
Men yozayotgan vaqtda tuyğularimdan, badiiy taşbehlarimdan avvalo özim zavq tuyaman. Ha, bu masalada men özimga xos yöl tutaman. Yozib bölgaç, qayta öqiyman, tahrir qilaman, oqqa köçiraman va ijodimni barça bilan baham körişga oşiqaman. Ularni qança köp odam öqisa, men şunça baxtiyorman.
Şu bilan sözimni yakunlayman. Boşqa tafsilotlar haqida boşqa safar aytaman.
Darvoqe, ular haqida mening şeʼr va qöşiqlarim ham aytişi mumkin. Qaysiki, ularning barçasini sizga bağişlaganman, aziz öquvçim!
IKKINÇI MAQOLA
Men şoir oilasida tuğildim va erta şeʼr yoza boşladim. Şeʼrlarim silliq va ravon edi. Ön tört yoşimda birinçi şeʼrim gazetada çop etildi. Quvonçim çeksiz edi, döstlarim ham şodlanişdi. Matbuotda men haqimda yozişdi, maqtaşdi. Ammo har bir yozuvçining hasadgöylari böladi. Ular menda ham paydo bölişdi va özi yozmaydi, unga otasi yozib beradi degan miş-mişlar tarqatişdi. Ayrim döstlarim taskin berişdi: senga otasi yozib beradi deb aytişyaptimi, demak, yomon yozmayapsan, bundan quvoniş kerak. Boşqalari esa çuqur mulohaza bilan şunday deyişdi: bunday deyişlariga sabab, sen otangga öxşab yozişga urinayapsan, juda otangga taqlid qilayapsan, boşqaça yozişing kerak. Bitta uyga, hatto Avaristonga bitta Sadasa yetadi. Sen uning soyasi, ilovasi bölib qolasan.
Çindan ham öşa boşqalar haq ekan. Men buni öşa vaqtda tuşunmasdim. Otamning va boşqa toğlik şoirlarning biz yoşlarga taʼsiri juda kuçli edi. Keyinçalik tengdoşlarimning köpçiligi yozmay qöyişdi. Çunki, ular ham taqlid qilişgandi.
Toğliklar söraydi: dunyodagi eng gözal narsa nima? Savolga özlari javob beradi: eng gözal narsa – ösmir ilk bor dadil mustaqil qadam qöygan kun. Eng şirin lahza qaysi? Öşa ösmir hali heç kim aytmagan yoqimli qöşiqni kuylagan kun. Bu dadil qadamsiz va yoqimli qöşiqsiz dunyoda yaşaş zerikarli bölardi.
Minskdagi adabiy uçraşuvda şunday savol berişgandi: ön olti yoşingizda şoir bölişni orzu qilganmisiz? Men javob berdim: şoir bölişni orzu qilolmasdim, öşa vaqtda şoir ekanimga imonim komil edi. Şoirligimga keyin şubhalana boşladim. Yillar ötgan sayin bu bejiz emasligini tuşuna bordim. Axir, men ön olti yoşimda maktabda öqituvçilik qilardim va hali özim öqişim kerakligi xayolimga kelmasdi. Keyin teatrda, gazetada, radioda işladim, u joy, bu joydagi adabiy uçraşuvlarda şeʼrlarimni öqidim. U joyda birinçi şeʼrimni maqtaşdi, ikkinçi şeʼrimni tanqid qilişdi. Bu joyda öşa ikkinçi şeʼrimni maqtaşdi, birinçisini tanqid qilişdi. Men birinçi şeʼrimni ham, ikkinçi şeʼrimni ham maqtaganlarning sözlarini maroq bilan tingladim, lekin u joyda ham, bu joyda ham şeʼrimni tanqid qilganlarning fikriga qöşila olmadim.
Öşa vaqtda men juda qadrlaydigan bir kişi bor edi, aynan uning şeʼrlarimga eʼtibor berişini istardim. Öylardimki, faqat u meni tuşunadi va şeʼrlarimga xolis baho beradi. Bu kişi Effendi Kapiyev edi.
Men zamonaviy milliy yozuvçi qiyofasi haqida öylaganimda, köz oldimda Effendi Kapiyev gavdalanardi. U oz sonli lak xalqining farzandi edi, jahon madaniy merosini qadrlaşi bilan bir qatorda jonajon toğlarining alla-qöşiqlarini qalbida avaylab saqlardi. Ehtimol, şuning uçun toğliklar bayramiga özining doğistonça kiyimini kiyib borardi. Birinçi bor uni şunday kiyimda körganman. Qolgan vaqtda yevropaça kostyum kiyardi, bu ham unga juda yaraşardi. Xullas, unda hamma narsa uyğun va bekami köst edi.
U yuz qiyofamdanmi yoki boşqa biron sababdanmi menga eʼtibor qaratişi lozimligini sezgan şekilli, bir kuni menday yoş şoirni köçada töxtatdi. Özining qadrdon dösti bastakor va rassom Yunusalining uyiga birga borişni taklif etdi. Bu uyda şoirlar navbat bilan şeʼrlarini öqişdi. Oxirroğida menga ham navbat berişdi. Men rus tiliga ögirilgan bir neça şeʼrimni öqidim. Kapiyevni hayajonlantira olmadim. Birinçisi, ikkinçisi, uçinçisini öqisam ham yuz qiyofasi özgarmadi. Şeʼrlarimni berilib tinglayotganlardan biri çidab turolmasdan Kapiyevdan söradi:
– Qanday?
– Çakki emas.
– Avar tilida bundan ham yaxşi jaranglaydi.
– Ehtimol, – dedi Effendi, – ammo hozir boşqa davr, boşqaça şeʼrlar, boşqaça şoirlar kerak. Rasul, sen Moskvaga borib öqişing kerak ekan.
Bu gapni toğliklar şeʼriyatining jonkuyar tarğibotçisi, «Yigirmançi asr Gomeri» – yozişni bilmaydigan Sulaymon Stalskiyning tarjimoni aytayotgandi. Axir, Sulaymon Moskvada öqimagan-ku?
Effendi Mansuroviç bu savolga javob berar ekan, jumladan şunday degandi:
– Sulaymon ölimidan bir yil oldin meni huzuriga çaqirdi va özi uzoq yillar çalgan çungurini sovğa qildi. Işoninglar, menda undan boşqa qimmatliroq boylik yöq. Men unda çalmayapman, çunki men Sulaymon emasman, Effendi Kapiyevman, mening öz çungurim bölişi kerak. Har bir ijodkorning bahori, yoki kuzi, yoki davri quloğiga şivirlab aytgan öz qöşiği bölişi darkor.
Bu suhbatdan keyin ikki yil ötib, men Moskvadagi Adabiyot institutiga öqişga bordim. Bitta yertöladagi yotoqxonada ön olti şoir yaşardi. Bitta öquv xonasida ön olti nafar orzulari osmon şoir tahsil olardi. Biz Tver xiyobonida navbatma-navbat şeʼrlarimizni öqirdik. Şundoq yonimizda Puşkin haykali turgani uçunmi şeʼrlarimiz unçalik jaranglamasdi. Bir kuni men ham öz şeʼrlarimni öqişga tuşdim, ular tengdoşlarimga yoqdi deya olmayman. Adabiyot institutida öqigan davrimda har xil taʼsirga tuşib va har kimning maslahatiga kirib özligimdan boşqaça şeʼrlar yoza boşladim. Istardimki, Moskva meni tuşunsin va şeʼrlarimni çop etsin, ovul bilan esa keyinçalik til topişib olaveraman. Şeʼriyatdagi bu közböyamaçiligimni özimça yangi yöl deb baholadim va tanbeh bergan yurtdoşlarimga «Siz meni keyinçalik tuşunasiz» dedim. Ovul uzoqda, otam toğda yaşardi, özimni «erkin» his qilib, xayollarimga juda erk berib yuborgandim.
Bunday odamlar haqida şunday deyişadi: «Uning paytavasiga qurt tuşgan».
Ilgari men toğlik şoirlarga taqlid qilgan bölsam, endi rus şoirlariga taqlid qila boşladim. Ular holatiga xos turişga harakat qildim.
Bir safar darsda inşo yozdik. Men rus tilini yaxşi bilmaganim va rus örtoqlarim xatosiz yozadi deb öylaganim uçun yaqin şoir döstimning inşosini töliq köçirdim. Öqituvçimiz inşolarimizni tekşirganda döstimning inşosida oltmişdan ortiq xato borligini aytdi. Albatta, mening inşoimda undan ham köproq.
Yoki boşqa bir misol. Qadimiy rus adabiyotidan keksa professor dars berardi. Öz-özidan ayon, men toğlik bölganim uçun bu fanni yaxşi bilmasdim. Şu bois imtihonga «keçikdim» va toğda bölganim, u yerda qor köçkisiga uçraganim uçun vaqtida imtihonga kelmaganim haqida «ertak» töqidim. Professor istisno tariqasida mendan alohida, telefon orqali imtihon oladigan böldi. Men professor uyiga telefon qildim. U uçta savol berdi va javob tayyor bölganda telefon qilişimni aytdi. Qisqa vaqt içida birga öqiydigan döstlarim savollar javobini tayyorlab berişdi va men imtihonni topşirdim. Javoblarimni tinglab bölgaç, professor telefon göşagini kotibaga berişimni aytdi. Maʼlum böldiki, «tört» baho qöyibdi. Bunday bahodan ruhlanib ketdim va professor olijanob ekanligini bilganim uçun qaytadan unga qönğiroq qildim. «Men juda xafa böldim, – dedim professorga. – Siz menga tört baho qöyibsiz. Axir, men bu fanni yaxşiroq bilaman». «Azizim, – dedi professor, – ehtimol, siz haqdirsiz». Telefon göşagini kotibaga uzatdim, «beş» baho qöyganini aytibdi va şu bilan birga qöşimça qilibdi: bu kavkazlik yoş yigit juda ranjigan körinadi, biz unga iltifot körsataylik.
Bu ikki voqeani öşa davrda yozgan narsalarimni yoki hozirgi kundagi qaysidir millatga mansub şoirlarning ijodini öqiyotganimda esga olaman. Qaysiki, bu ijod namunalari menga özgadan köçirgan, xatolarga töla öşa inşoimni va «telefon» orqali döstlarim yordamida topşirgan imtihonni esga soladi. Baʼzi bir tanqidçilar ularni baholaganda professorga öxşab öta iltifot körsatişadi.
Haqiqiy ijodkor esa öziga körsatilgan har qanday iltifotni haqorat deb biladi. Çunki barçamizga maʼlum, geologlar baʼzan kiçkina toğ ostidan qimmatbaho oltin konini topişadi. Demakki, oz sonli xalqning ijodkori mayda fikrlaydi deb bölmaydi. Xalq tiklanişining belgilaridan biri madaniyatining tiklanişi, gullab-yaşnaşidir. Mamlakatimizda ana şunday jarayon davom etmoqda. Menimça baʼzilar bu jarayon murakkab va rang-barang körinişda borayotganini ilğab ololmayapti. Negaki, har qanday rivojlanişda bölgani kabi unda ham öziga xos quvonç-taşvişlar, öziga xos muammo va qiyinçiliklar bor.
Rivojlanişdagi bu qiyinçiliklar, ilgariga şiddat bilan intilayotgan hayot oqimi bularni ilğamayotgan şoirlarni bir çetda qoldirib ketişi mumkin. Şu jumladan, özlarini şeʼriyat anʼanalariga «zanjirlab boğlab olgan»larni ham, aqidalariga yopişib olib sustkaşlik bilan yengilini özlaştirayotganlarni ham, ijodda qotib qolganlarni ham. Ular özlariça mustaqil bitta ham qadam taşlay olişmaydi. Hayotda bu toifalarning tamomila aksi ham uçraydi. Ular şoşma-şoşarlik bilan hamma joyga burun suqişadi. Bu şoşqaloqlarga oldinda kim ketayotganining, yonida kim qadam taşlayotganining farqi yöq. Vaholanki, öylamasdan, yölga qaramasdan qilingan şoşqaloqlik falokat bilan yakunlanadi.
Ayrimlarining şeʼrlari hijobda, boşqalarniki holiga yaraşa. Baʼzilarniki «qip-yalanğoç». Maʼlumki, şeʼr onang va singling oldida, ovulda, Moskvada, hamma joyda, hammaga uyalmasdan öqiy oladigan bölişi kerak.
Ölkalarda yaşayotgan yoş şoirlar Moskvada öqişga, mamlakat va jahon ijodiy hayotining markazida bölişga intilişadi. Töğri, qanotingni qança keng yozsang oldinda şunça kenglik paydo böladi. Ammo şu kenglikdagi qaynoq hayot içida özligingni yöqotib qöyişing ham mumkin.
Şunday şoirlar bor, tirik bölsa ham bedarak yöqolişgan. Ular bir narsaga erişiş ilinjida öz xalqining taʼsirçan, badiiy ifoda etiş anʼanalarini unutişgan. Men şunday ijodkorlarni bilaman, ular şeʼr yoziş örniga sözma-söz tarjimasini yozib, uni ona tiliga ögirib berişlarini söraşadi. Ular uçun tuğilgan yurti misoli teatr sahnasi, qaysiki, istalgan dekoratsiyani örnatsa böladi. Ular öz xalqining feʼl-atvori va urf-odatlarida faqat ğalatilikni köradi. Öz şeʼriyati zaminidan uzilib, notaniş adabiyot ölkasida yöl izlaganlar, xuddi qamalda qolgan askarlarga öxşaşadi. Juda ozçilikka bu «qamal»dan omon çiqiş nasib etadi. Bu holatga könikkanlar özlarini erkin ijodkor deb bilib, töğri kelgan musiqaga öynay boşlaydi. Bular şunday öyinçilarki, bugun lezginkani, ertaga moldavankani, indiniga nimani söraşsa şuni öynaydi. Ammo şoir artist ham, öyinçi ham emas. Unda biror voqeaga bağişlab olib qöyilgan tabassum bölmaydi. Şuningdek, tomoşabinlar oldida atay yiğlaş uçun köz yoş ham asramaydi. Bunday bölişi mumkin emas! Afsuski, ayrim şeʼrlarda «rejalaştirilgan» tabassum va «rejalaştirilgan» köz yoşlarni körayapmiz…
Özi tuğilgan zamindan, yurtdan kuç olmagan şeʼriyat misoli uyasiz quş. Men şunday şoirlarni ham bilaman, ularning şeʼrlari çumçuqlar kabi esdan çiqdi, halok böldi. Çunki ular bu «çumçuq»larini yerga qönişga qöymay tinmay uçirişdi, oxir-oqibat, halok bölib qulab tuşişdi.
Moskvada talabalik davrimda men ham qadrdon zaminimdan, jonajon toğlarimdan uzilgandim. Öşa davrda köplab şeʼr va dostonlar yozib, gazeta-jurnallarga peşma-peş yetkazib turdim, alohida kitob ham çiqardim. Bu kitob haqida ijobiy taqriz ham bosildi. Maqtovlarga mahliyo bölib, mening şeʼrlarim toğliklar şeʼriyatining yangi yönalişi deyişgaça bordim. Özimni allalab ulğaytirgan milliy kuy-qöşiqlarni qadrlay olmadim, aşug (baxşi)lar ijodiga şubha bilan, hatto Mahmud şeʼriyatiga tanqidiy köz bilan qaray boşladim.
Ilgari hasadgöylarim unga otasi şeʼr yozib beradi deyişgan bölsa, endi ular u otasini ham tanimay qoldi, şeʼrlarini faqat tarjimada öqiş mumkin deya jar solişdi. Bu gaplar yuragimga ilgariga nisbatan köproq botdi. Bu mening noziktabiat bölganim uçun emas, balki ularda qandaydir jiddiy asos bor edi va ularga eʼtibor bermasdan ötib bölmasdi. Gap-sözlar miyamda taxminan şunday fikr uyğotdi:
«Taras Bulba» asarida keksa Taras sotqin öğliga şunday deydi: «Men seni dunyoga keltirdim, endi özim seni dunyodan yöqotaman». Nima, bizning şeʼriyatimizda şunday öğillar paydo böldimi, otalariga qarab «Siz bizni dunyoga keltirdingiz, endi biz sizni dunyodan yöqotamiz» deydigan? Töğri, keksa Tarasning öğlini şafqatsiz jazolaşiga jiddiy asosi bor edi. Nima, şeʼriyatga dahldor yoşlarimizning otalari bilan vorislik riştalarini uzişga va yetim bölib qolişga asoslari bormi? Bu yerda gap faqat şeʼrlar(yaxşi-yomonligi) haqida ketmayapti. Juda oddiy köringan gina-kuduratlar ortida jiddiy muammolar turibdi: anʼanaviylik va yangilik, milliylik va baynalminallik.
Aslida, öz davri bilan qadam taşlayotgan, xalqi hayoti bilan hamnafas yaşayotgan ijodkorlar uçun bunday muammo yöq. Ular bunga yöğrilib ketgan, misoli bir butun organizmday. Ammo şunday toifa odamlarni uçratayapmizki, ular ayrim hollarda voqea va dalillarni öz bilganlariça talqin qilişadi va xulosa çiqarişda şoşilişadi. Bizning Doğistonimizda bir vaqtlar ovullar, ajdodlar, urf-odatlar, toğdagi daryo va ğorlar haqida yozgan şoirlarni maydakaş, urf-odatga berilgan, bir millatga mansub şoir deb ataşardi. Ular öz ovulidan narini köra olmaydigan şoirlar toifasiga kiritilardi. Aksinça, kimdir olis-olisdagi mamlakatlar haqida yozib qolsa bormi, şuning özi uni keng dunyoqaraşli, qamrovi katta, baynalminal va ilğor ijodkor deyişlari uçun yetarli edi. Har bir fikrni soxtalaştiruvçilar konsolidatsiya niqobi ostida Doğiston Yozuvçilar uyuşmasidagi milliy tillar bölimlarini bittaga keltirişni, Doğiston umummilliy teatrini taşkil etişni, milliy tillarda çiqayotgan gazetalarni birlaştirişni taklif qilişdi. Ular hozirgaça Doğistonga köp tillilik va köp millatlilik rivojlanişga xalaqit berayapti deb ayyuhannos solişayapti. Göyo şoxlarini kesib taşlagan daraxt çiroyli bölib qoladiganday, jozibali kamalakni bitta rangga keltirişsa yorqin nur taratadiganday.
Odamlarni faqat til emas, yurak ham bir-biriga yaqinlaştiradi. Bizning avar tilida dunyoda uç yuz ming odamgina gaplaşadi. Lekin dunyoda mening yurak tuyğularimni tuşunadigan millionlab döstlarim bor, ular ham menga yurtdoş.
Şunday gap-sözlar ham bölgan: şoirlarning sevgi haqidagi şeʼrlarini ikki nusxada çop etiş kerak, ular ikki yurakka – oşiq va maʼşuqqa tegişli. Lekin azaldan sevgi haqidagi qöşiqlar kuylanadi, çunki bu muqaddas tuyğu millionlab yuraklarga yaqin.
Esimda, bir doğistonlik şoir naşriyotga «Mening ovulim» deb nomlangan qölyozmasini olib boribdi. Naşriyot direktori undan sörabdi:
– Ovulingizda neçta xonadon bor?
– Yetmişta, – debdi şoir.
– Biz bunça nusxada kitob çop eta olmaymiz.
Men bu direktorning javobi qançalik töğri-notöğriligini muhokama qilmoqçi emasman, faqat millionlab odamlarga ovul, qişloq yoki şaharda yaşayotgan odamlarning hayoti yaqin va qiziq ekanligini aytmoqçiman. Odamlar bir-birlarining quvonç-taşvişlari, fikr-öylari töğrisida bilişni istaşadi. Bu ularga taʼsir etib, maʼnaviy dunyosini boyitişga xizmat qiladi.
Mamlakatda madaniy aloqalar mustahkamlanmoqda. Demakki, toğliklar vatani ham kengayib bormoqda. Endi u nafaqat ovulga, mamlakatga, hattoki dunyoga javobgar. Axir, qayerda çaqmoq çaqmasin, döl şoirlarning boşiga yoğadi. Endi ijodkorning asari faqat u dunyoga kelgan yurtga tegişli emas. Keyingi yillarda ayrim olimlarning u yoki bu ijodkorning qaysi xalqqa mansubligiga oid bahslariga guvoh bölayapman. Birlari uning tarjimayi holini dalil qilib körsatişsa, boşqalari ijodidan misol keltirişadi. Bu masalada aniq fikr bildirişga vakolatli emasman, lekin tarjimayi holi alohida, ijodi alohida, özi alohida ketayotgan şoir mening tasavvurimga heç siğmaydi. Şuningdek, men rus şoirini rus tilisiz, avar şoirini avar tilisiz tasavvur qila olmayman.
Çinakam milliy şoir dunyoqaraşi, idroki va fikrlaşi bilan öz davrining, öz asrining, öz mamlakatining şoiri bölişi kerak. Bizning dunyoqaraşimiz bitta xalqning manfaatini ustun qilib, boşqa xalqning manfaatini poymol etişi mumkin emas. Çunki millatlarning turmuş tarzi, tili, madaniyati bir-birlarini boyitadi. Har bir xalqda jahon taraqqiyotiga hissa qöşiş imkoniyati mavjud. Umumiy madaniyatning rivojlanişi har bir millat rivojlanişiga turtki beradi. Bitta qöşiq boşqa qöşiqning taralişiga xalaqit qilmaydi. Biz yangi qöşiqlar kuylayapmiz, lekin qadimiy qöşiqlardan – beşik uzra eşitgan allalardan tonmoqçi emasmiz. Bolalar oqsoqol bobolarining ertaklarini maroq bilan tinglaşayapti, uzoq safarga otlangan ösmirlarni keksalar duo qilib, oq yöl tilaşayapti.
Bizda fiziklar va liriklar töğrisida köp gapirişadi. Men ular örtasida ajib öxşaşliklar borligini köraman. Çunki unisi ham, bunisi ham insoniyat taraqqiyotiga hissa qöşadi. Ammo fiziklarning formulalari, kaşfiyot va ixtirolari liriklardan farqli ravişda milliy asosda bölavermaydi. Fizika, kimyo, kibernetikaga oid kitoblarni öqiganda, ularning muallifi qaysi xalqqa mansubligi sezilmaydi. Agar badiiy asarlarni öqiganda şunday holni boşdan keçirsangiz, bu juda açinarli albatta. Xuddi şuningdek, biror ijodkorning asarini özi tuğilgan joydagina bilişsa, bundan boşqasiga uning ovozi yetmasa – bu ham afsuslanarli hol.
Mening bilişimça, agar şoir öz şaxsiy tuyğularini töğri ifodalay olsa, u umuminsoniyatga ham tegişli böladi. Agar u quloçi yetmaydigan narsani quçmoqçi bölsa, tuyğulari özi kötara olmaydigan toşning ostida qolib ketadi. Bunday qalamkaşlarning maşqlarida umumiy fikrlar, öylab topilgan şartli ifodalar, sözlar ketma-ketligi böladi, xolos. Mening bilişimça, çinakam milliy asar şabnamda quyoş aks etgani kabi baynalmilallikni ham ifodalaydi. Hammasi ijodkorning nuqtayi nazariga, mavzuga çuqur yondaşganiga, tuyğularining kuçiga, mahoratiga boğliq. Baʼzan şunday ham böladi: ijodkor biror uzoqroq mamlakatga borsa, safar taassurotlari asosida turkum şeʼrlar yoki sayohatnoma bitadi, uni adabiyoşunoslar baynalmilallik va xalqlar döstligining yuqori çöqqisi deya baholaşga urinişadi. Aksinça, şoir öz mavzusiga sodiq qolib jonajon xalqi va ölkasi haqida haqqoniy şeʼrlar bitsa ham, uni hayotdan orqada qolgan, zamon ruhini sezmaydigan, dunyoda boşqa mamlakatlar borligini bilmaydiganga çiqarib qöyuvçilar ham topiladi. Şunday şoirlar bor, ular uçun muhimi – voqea, ifodalaş vositasi, kuzatiş. Şunday şoirlar ham bor, ular uçun muhimi – mantiqiy quriliş va fikrlaş. Çinakam şeʼriyat esa şu ikkalasi uyğunlaşgan vaqtda tuğiladi.
Agar şeʼriyat bölmasa, donişmandlik boşlanadi, donişmandlik ham tugasa aqidaparastlik – vaysaqilik boşlanadi. Hozir har bir ovul, har bitta qişloq dunyo bilan boğlangan. Şuning uçun yurtdoş şoirlarim ijodidagi inson, ovul, millat haqidagi, demakki, butun dunyo haqidagi şeʼrlar menga köproq yoqadi. Çinakam milliy şoirlar har doim baynalmilaldir, ular heç qaçon boşqa millatni kamsitmagan, aksinça boşqa millatlarga qalban yaqin bölgan. Öz xalqing haqida, unga mansubliging haqida yoziş bu yurtingning qarğasini bulbul, özgalarning bulbulini qarğa, yoki özingning eşagingni tulpordan uçqur, özgalarning tulporlarini eşak deb ataş degani emas. Adabiyotning asosiy ğoyasi ham, zamonga hamnafaslik ham, dunyoda röy berayotgan voqealarga boğliqligimiz ham şunda. Qirğiz yozuvçisi Çingiz Aytmatov haqidagi bahslarni yaxşi eslayman. Öşa vaqtda öz yurtida şunday odamlar ham topildi, uni yurtdoş deb atamaydigan. Hatto uni qirğizlarga xiyonat qildi deyişgaça borişdi. Endilikda hammamizga maʼlum, Çingiz Aytmatov adabiyotdagi voqea! U qotib qolgan anʼana va belgilab qöyilgan qoliplardan voz keçib, inqilobiy özgariş yasaganini, bu dadil qadam bölganini endi hamma tan oldi.
Özimning dastlabki kitoblarimni varaqlayman: «Toğlar qöşiği», «Tuğilgan yilim», «Mening qalbim toğlarda», «Toğliklar vatani», «Toğlik qiz»… Ularda men xalqimizning merosi haqida sözlaganman. Bular Dinğir va Dölalay, Sada va Gunib, Qaysu va Kaspiyim.
Ha, bu kitoblarimni varaqlagan öquvçi mening qayerdan ekanligimni, ota-onam kimligini, nimani yaxşi körişimni va nimani yomon körişimni, nimani yoqlaşimni va nimadan yuz burişimni bilişini istadim.
Öz şeʼriyatimning yoşligiga(aytişlariça, odamning ikkita bolalik davri va bitta yoşlik davri bölar ekan) «Yuksak yulduzlar», «Yulduzlar sözlaşar yulduzlar bilan», «Mulatka», «Çegara» kabi kitoblarim mansub deb öylayman. Ularda men nimani meros qilib olganim va nimaga erişganim töğrisida sözlaganman. «Turnalar» va «Döstlarni asrang» kitoblarim esa mening izlanişlarim, uçraşuv va ayriliqlarim, yöqotiş va topildiqlarim mevasi. Bu kitoblarda zamin çegarasi, sevgi va mardlik, ezgulik va yovuzlik, hayot va ölim çegaralari töğrisida söz yuritganman.
Dunyoning köplab mamlakatlarida bölganman. Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrikaning qişloq-şaharlarini kezganman. Har xil xalqlarni va har xil odamlarni kördim, har xil tildagi qöşiqlarni eşitdim. Har doim yuragimda bir istak uyğondi – bu mamlakatlar boşqa mamlakatlar bilan xuddi «yulduzlar yulduzlar bilan sözlaşganday» sözlaşişini, odamlar bir-birlariga xuddi yulduzlar kabi nur va mehr taratişini orzu qildim.
Sayyoramizning turfa ranglarda tovlanişini öz közlarim bilan körganman. Şu bois «Mulatka» kitobini yozganda faqat ayolni nazarda tutmaganman, balki bu ona sayyoramizga bağişlangan qöşiğim edi.
Kitoblarimni qayta-qayta varaqlayman. Mana bu şeʼriyatimning ikkinçi bolaligi – mening qaytişim, qaysiki, ulğaygan kişining alla bilan uçraşuvi. Bu menga berilgan meros, uni qanday saqlay oldim, unga nimalarni qöşdim. Bu «Yillar şodasi», «Ikki römol», «Bitiklar», «Mening Doğistonim» kitoblari. Bu ilgarigilarning takrori emas, bölgan voqealarga, yodda saqlangan va yodda umrbod saqlanib qoladigan kunlarga yangiça yondaşiş, ziyrak köz bilan qaytadan qaraş. Men oxirgi kitobimning nomini «Bolalik» deb nomladim. Çunki şoirlarga keksayiş begona.
UÇINÇI MAQOLA
Yoşlikni, ötgan yillarni eslaş keksalarga xos xususiyat. Bizda toğlik yoşlar bu haqda gapirişmaydi, albatta, ular huşyor bölsa. Çindan ham ötgan kunni qanday baholaş mumkin, agar hali quyoş çaraqlab turgan bölsa? Qanday qilib qiş kunlari tugadi deyiş mumkin, agar hali qor lopillab yoğib turgan bölsa? Qanday qilib bahor haqida xulosa çiqariş mumkin, agar hali avji bahor bölsa? Şoir har doim yölda, keçani keça, kunduzni kunduz demay doim harakatda. Orqamda bosib ötgan yöllarimga nazar taşlaşim uçun bir muddat bölsa ham otimni yölning örtasida töxtatişim kerak.
Toğliklar har qanday qöşiqni aytişdan avval musiqa çalişadi. Xuddi şunday men ham hikoyamni bolaligim haqida sözlaşdan boşlayman.
Yölovçi ham birinçi navbatda özi ot egarlagan hovlini esga olganday, men ham hikoyamni özim tuğilgan uyni eslaşdan boşlayman. Bizning Sada qişloğimiz şaharça deb nomlangan. Holbuki, unda yetmişta xonadon bor. «Sada» sözi «olovda» maʼnosini anglatadi. Bizda erta quyoş çiqadi va uzoq vaqt çaraqlab turadi. Ehtimol, şuning uçun biz: Sadada qor muzga, yomğir botqoqqa aylanmaydi, deymiz.
Xonamning derazasi Xunzax yöli tomonga qaragan. Nariroqda xuddi börk kiygan bolalar tom ustida töyni tomoşa qilgani kabi toğlar ustidagi qoyalar ovul tomonga qarab turibdi. Ovuldoşlarim qayta-qayta taʼkidlaganidek: «Agar toşni eng arzon narxda sotiş mumkin bölsaydi, dunyoda biz sadaliklardan boy odamlar bölmasdi». Qoyalarda osilib turgan toşlar xuddi boşingizga qulab tuşişga, ğorlar oğzini oçib turgan böri kabi yutib yuborişga tayyorday tuyuladi. O, mening toğlarimning toşlari! Ular arab bosqini davrida avarlarni mustahkam qalʼa kabi himoya qildi. Ular Eron şohi Nodirşohning yöliga tösiq böldi. Ular Doğistonning birinçi imomi Qozimullaning çaqiriğiga aks sado berdi. Ular ikkinçi imom Hamzatni ham körgan va afsonaviy Hojimurodning ölimi uçun Xunzax xoni boşiga qasos toşlari bölib yoğilgan.
Qöşni ovuldagilar barça maqol, matal va latifalar Sada ovulida töqilgan deyişadi. Xuddi şu ovulda mening otam, Doğiston xalq şoiri Hamzat Sadasa tuğildi va yaşab ötdi. Men uning oilasida törtinçi farzand, uçinçi öğil bölib dunyoga keldim. Bu 1923-yil 8 sentyabrda röy bergan. Ikkala akam ham Ikkinçi jahon uruşi janglarida halok böldi. 1951-yilning iyun oyida 74 yoşli otamdan ayrildim. Endi men oilada börk kiyganlar orasida eng kattasiman.
Bolalik vaqtimda otam meni tizzasiga ötqizib, pöstini bilan örardi va öz şeʼrlaridan öqirdi. Şuning uçun men otamning şeʼrlarini belimga kamar taqmasdan va otni egarlamasdan avvalroq yoddan bilardim. Qöşnilarimiz, maktabdagi öqituvçilarim otamning hali çop etilmagan şeʼrlardan öqib berişimni söraşardi. Men otam şeʼrlarini ularga hayajon bilan öqirdim.
Keyin men şoirning örtança öğli,
Özim ham havasda şeʼrlar töqidim…
Birinçi şeʼrimni yozganimda ön bir yoşda edim. Öşanda tomning ustiga yozilgan hökiz terisi ustida yotib, birinçi bor Sada tekisligiga 1934-yilda qöngan samolyotni köriş uçun hatto sunnatga yotqizilgan bolalarning çopib çiqqani töğrisida yozgandim. Keyin maktabim, örtoqlarim, öqituvçilarim töğrisida yoza boşladim. Maktabim unga şeʼr bağişlaşim uçun yetarli mavzu berardi. Çunki maktab ovulimizdan şundoq körinib turadigan Xunzax qalʼasida joylaşgandi va bu qalʼa yuzlab yillar ğanimlarning öq va snaryadlariga doş bergandi.
1940-yilda Böynoq şahridagi pedagogika bilim yurtini tugatib, şu maktabga yana qaytdim, faqat öqituvçi bölib. Hozir bu yetti yillik maktab umumiy örta taʼlim maktabiga aylangan va u otam nomi bilan ataladi.
Yettinçi sinfda öqiyotgan vaqtimda respublika gazetasida birinçi şeʼrim çop etildi va unga avar yozuvçisi Rajab Dinmagomedov öz munosabatini bildirib, ayrim satrlarining puxta ekanligini taʼkidladi. Öşandan keyin şeʼrlarim Xunzax tumani, Böynoq şahri va respublika gazetalarida çiqdi. Şeʼrlarimga «Sadasa» taxallusi bilan imzo çekardim. Bir kuni mening şeʼr yozişimdan bexabar toğlik adabiyot muxlisi şunday dedi: «Menga qara uka, otangga nima böldi? Ilgari şeʼrlarini bir öqişda yodlab olardim. Hozir qança öqisam ham sira tuşunmayapman». Öşandan keyin otamning ismini familiya qildim va şeʼrlarimga Rasul Hamzatov deb imzo qöydim.
Matbuotda qança şeʼrlarim çiqmasin, odamlar meni şoir Rasul Hamzatov sifatida emas, Hamzat Sadasaning öğli sifatida qabul qilişardi. Otam şeʼriyat sanʼatidagi birinçi ustozim edi. U mening dastlabki şeʼrlarimni öqib şunday degandi: «Agar bu kulni otaşkurak bilan yaxşilab titilsa, bitta öçoqda öt oldiriş uçun kiçkina çöğni topsa böladi».
Ha, dastlabki şeʼrlarimda sözlar köproq, fikr kamroq edi. Tovoqdagi bir siqim unga bir köza suv quyib, undan xamir tayyorlaşga urinayotganim özimga ham sezila boşladi. Qani öşa dastlabki maşqlarim? Ular daryoga yetmagan jilğalar kabi quridi. Men daryoga yetgunça, yiqilişdan qörqqanimda qoyatoşlarga suyangança öşa jilğalarday qança yurdim? Bari bir, tan olişim kerak, özim öşa vaqtda şeʼrlarimni yaxşi yozilgan deb öylardim. Lekin özimga barça kitoblarim aziz, hatto böş töplamim ham. Negaki, u birinçi kitobim! U kitobni «Otaşin sevgi va yondiruvçi ğazab» deb nomlagandim. Qanday unutişim mumkin, bu kitobni öqib çiqqan toğlik qiz menga maktub yöllaganini? Qanday unutişim mumkin, qişki qöton yonida çöpon şu kitobim varağini tamakiga öralma qilganda ranjiganimni? Qanday unutişim mumkin, otam oldida özimni oqlaş uçun butunlay boşqa sabab bilan öşa çöpon avlod-ajdodining nomini tuproqqa qorganimni? Bu 1943-yilda bölgandi, u vaqtda soqolimni har kun qirtişlardim, namoyişkorona tamaki çekardim va har kuni qizlarni sevib qolardim.
Bu vaqtda turli joylarda işlaşga ulgurdim: köçma avar teatrida rejissyor yordamçisi böldim, biz ovulma-ovul yurib tomoşa körsatardik, respublika gazetasida muxbirlik qildim, radioda ham özimni sinab kördim.
Öşa davrda doğistonlik Ikkinçi jahon uruşi Qahramoni Saad Aliyevga bağişlab doston yozgandim. Şörlik dostonim avar yozuvçisi Gadji Zalov qöliga tuşibdi va u yaxşilab döpposlabdi. Men ham qarzdor bölib qolmadim, uning «Jang soati» kitobini avra-astarini çiqarib tanqid qildim. Vaqt ikkimiz ham haq ekanligimizni körsatdi.
Özimning bir neça kitobim va Ilya Selvinskiy rus tiliga ögirgan «Krasnodon bolalari» dostonimni qöltiğimga qisib, çöntagimga Yozuvçilar uyuşmasi aʼzoligi guvohnomasi va ozgina pulni solib Moskvaga, Adabiyot institutiga öqişga kiriş uçun yöl oldim. Agar rostini aytadigan bölsam, institutga kiriş iştiyoqidan köra Moskvani köriş iştiyoqi baland edi. Şaharni köraman va qaytaman deb öylagandim. Ammo Adabiyot instituti direktori Fyodor Vasilyeviç Gladkov rus tilini bilmasligimni körib tursa ham, men yozgan diktant qizil qalam bilan rosa böyalgan bölsa ham, familiyamni öqişga kirganlar qatoriga yozdi. Şuning uçun bu bağrikeng insondan hamişa minnatdorman. Endigina taşakkurimni unga yozma ravişda izhor qilayapman.
Moskva va Adabiyot instituti menga ruçkani qanday uşlaşni örgatdi, oq qoğoz uzra egilib ötirib yozişni örgatdi, jumla ustida fikr-mulohaza yuritişni örgatdi, muqaddas tuyğularni sevişni va qadrlaşni örgatdi, öz ijodimdan qoniqmaslikni va har bir söz ustida öylaşni örgatdi.
Moskva va Adabiyot instituti menga şeʼriyatning köz ilğamas sirlarini oçdi. Aynan öşa davrda tuşundim: yaxşilab tozalangan uç tiyinlik çaqani oltin deb öylab yurganimni. Men navbatma-navbat turli şoirlarga – Blokka, Mayakovskiyga, Yeseninga, Pasternakka, Svetayevaga, Bagritskiyga, avar Mahmudga, nemis Geynega ixlos qöydim. Lekin Puşkin, Lermontov, Nekrasovga bölgan ixlosim heç qaçon özgarmadi.
Men rus adabiyotining gözal namunalari jozibasini bolaligimdayoq his qilgandim. Otam maktabda öqib yurgan vaqtimdayoq Tolstoyning «Hojimurod» asarini ovuldoşlarimga öqib berişimni va uni gapma-gap avar tiliga tarjima qilişimni buyurardi. Oqsoqollar asarni tinglar ekan, bunday haqqoniy sözlarni odam bolasi yozişi mumkin emas, ularni Allohning özi nozil qilgan bölsa kerak, deb boş çayqab qöyişardi. Krilovning masallarini, Çexovning «Xameleon» hikoyasini, otam tarjima qilgan Puşkinning «Qişloq» şeʼrini yoddan öqirdim. Keyinçalik özim ixlos qöygan Lermontovning şeʼrlarini, Puşkinning «Poltava»sini tarjima qildim. Yeseninning şeʼrlari tarjimasi böyiça esa avarlik bitta şoir bilan muştlaşganman ham.
Mening şeʼrlarim töğrisida yoqimli sözlarni yozgan Aleksandr Fadeyevning maktubini hamon mehr bilan saqlab kelayapman. Rus şoirlari bilan uçraşuvlar va ular bilan döstlik aloqalarini örnatganim, birgalikdagi qizğin bahslarimiz menda unutilmas taassurot qoldirdi, beqiyos saboq böldi. 1947-yilda rus tilida birinçi kitobim çiqdi.
Men köp joylarda bölganman. Mamlakatimizda va uning taşqarisida ham köplab döstlarim borligidan faxrlanaman. Agar taqdir menga qança döstlarim bölsa, şunça umr bersa edi, hatto uzoq yaşaydigan odamlar bilan maşhur Doğistonda ham mendan uzoqroq umr körgan odam topilmasdi.
Agar nafis avar şeʼriyatiga uçta kiçkina çöğ qöşa olgan bölsam va ular uçta öçoqda ötni yondirsa, buning uçun avvalo Moskvadagi Adabiyot institutidan, öqituvçi va ijodkor döstlarimdan minnatdor bölişim kerak. Bir ijodkor sifatida hamişa umuminsoniyat şeʼriyatining marvaridlaridan, xalqimning, otam va mening yölimni yoritgan barça mayoqlardan bir umr minnatdorman.
1978
Rasul HAMZATOV Maşhur avar şoiri Rasul Hamzatov Doğistonning Xunzax tumaniga qaraşli Sada qişloğida, Xalq şoiri Hamzat Sadasa oilasida dunyoga keldi. 1945 —1950 yillarda Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi adabiyot institutida tahsil oldi. Rasul Hamzatovning ijodi 1937 yildan lirik şeʼrlar yozişdan boşlandi.Şoirning «Haroratli işq va kuydiruvçi ğazab» (1943), «Mening Vatanim» (1950), «Bizning toğlar» (1947), «Akam qissasi» (1952), «Doğiston bahori» (1955), «Tuğilgan yilim» (1950), «Qalbim toğlarda» (1959) singari önlab şeʼriy töplamlari, şuningdek, «Toğ qizi» (1958) va «Otam bilan suhbat» (1953) dostonlari çop etilgan. Bu şeʼr va dostonlarning tematikasi xilma–xildir. Ularda şoir Vatanga bölgan muhabbatni, Doğiston xalqlarining qaynoq va quvnoq hayotini zör kötarinki ruh bilan tarannum etdi.
Rasul Hamzatov «Tuğilgan yilim» şeʼrlar töplami uçun 1952 yilda Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Isteʼdodli tarjimon Rasul Hamzatov A. S. Puşkin, M. Yu. Lermontov, V. V. Mayakovskiy va N. S. Tixonov asarlarini avar tiliga muvaffaqiyat bilan tarjima qildi. U katta jamoat arbobi va yoş adiblarni tarbiyalab yetiştiruvçi murabbiy sifatida ham Kavkaz xalqlari adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qöşdi.
Rasul Hamzatovning «Yuksak yulduzlar» şeʼrlar töplami 1964 yilda Mamarasul Boboyev tarjimasida özbek tilida bosilib çiqqan.
Asror MÖMIN tarjimasi
“Yoşlik” 2013/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


