(Hikoya)
Şarifjon quyoş öt purkayotgan ayni tuş vaqti tuproq yöldan oqsoqlanib borardi. Taʼtilga çiqib kelganiga ön kunça böldi. Bir yildan beri yalangoyoq yurmagani uçun tovonlari, oyoq kaftlari yer taftiga çidaş bera olmadi, birinçi keçasiyoq pörsildoq boyladi, ertasi kuni qadam bosişning iloji bölmay qoldi. Bir neça kundan keyin asta-asta yura boşladi, lekin suv boylab qolgan joylar çirs-çirs yorilib, çeksiz azob berdi, köziga dunyo qoronğu körinib ketdi. Mana, oradan bir hafta ötsa-da oqsoqlanadi, arang-arang qadam taşlaydi. Uning bu holatini körgan odam senga nima zarur, joningni oğritib nima qilasan deb öylaşi mumkin. Hozir bolalarni demasa, heç kim yalangoyoq yurmaydi. Oldinlari, Şarifjon bola paytlarida kattalar ham bemalol yalangoyoq yuraverar, ayniqsa, dalada rais va birgadirni hisobga olmasa, birov oyoq kiyim kiymas edi. Çunki yoz paytlari tuproq yöl gupillab ketadi, poyabzaling birpasda qum-tuproqqa töladi. Lekin hozir zamon özgardi. Odamlar ança madaniylaşib, tobora şahartabiat bölib boryapti. Bugun köçada yalangoyoq yuriş uyat. Şarifjonning esa yalangoyoq yurgisi keldi, oyoq kaftlari xuddi bolaligidagi kabi tuproq taftini tuyuşini, ziğirqumlar tovonidan sirğalib ötişini istadi.
Hozir u yurib borayotgan yölning ikki çeti tutzor, lekin bu paytda yölga tangaday ham soya tuşmaydi. Şu sababli Şarifjon yöl örtasidagi maysali orolçalarni – ajriqzorlarni tanlab qadam bosadi. Maysali joyda tuproqning tafti susayadi, oyoqni kuydirmaydi. Özi bunaqa paytda esi bor odam şiyponda mizğiydi. Şarifjonning ham esi bor, lekin u ikki paykal naridagi oromgoh hovuzida çömilişni möljallagan. Qişloqlari toqqa yaqin bölgani sababli bu yerda dam oliş maskanlari köp. Oldin ular kolxozga tegişli edi. Keyin xususiylaştiriş boşlandi, boğ-hovlilarning hammasi sotildi, köpi şaharliklarning mulkiga aylandi. Boyvaççalar bu yerga onda-sonda, bir kun-yarim kunga dam olgani keladi.
Şarifjon şunçaki çömiliş uçun borayotgani yöq. Şu paykalning oxirida şoli taxtalari bor. Öşa taxtalarning birida Madina ismli bir qiz şoli ötayotgan edi. Hozir tutzorga çiqib, salqinda tuşlik qilayotgan bölsa kerak. Madina şu yerning özidagi kollejda ikkinçi kursda öqiydi. Şarifjondan uç yoş kiçik. Istaraligina qiz. Uning odob-axloqiga havas qiladiganlar köp. Şu bois sönggi paytlari xuddi musobaqalaşayotgandek qulçilikka keladiganlar – sovçilar köpaydi. Lekin qizning uyidagilar hozir u kollejda öqiyotgani, özlari ham töyga tayyor emasliklarini aytib yoppasiga rad javobini beryapti. Şarifjon Madinaga ilgari köp ham eʼtibor bermasdi. Çunki diqqatini tortadigan qizlar köp edi. Keyin negadir fikri özgardi, beixtiyor közga unçalik çalinavermaydigan qizni qidira boşladi. Beboş yuragi esa undan bir oğiz ham söramay Madinani topdi. Şundan keyin Şarifjon özidan-özi bezovtalanadigan, şu qizni soğinadigan bölib qoldi. Öylamayman deydi-yu, öylayveradi. Soatlab şiftga qarab yotadi, uh tortadi. Şu alfozda allamahalgaça qilt etmay yotaveradi… Xullas, şunaqa. Yoşligida emlanmagan boladay osongina kasallandi-qoldi.
Madina bilan uç-tört marta atay uçraşdi, töğriroği, salomlaşdi, xolos. Ortiqça gap-sözning özi yöq. Şarifjon salom beradi, hol-ahvol söraydi, qiz bölsa birgina “yaxşi” degan javobni aytadi-da, baland olovli qozonga yoğ qöyib qöygani esiga tuşib qolganday tez ötib ketadi. Lekin şu yarim daqiqalik suhbat çoğida Şarifjonning köngli juda köp narsalarni his qiladi, keyin ança vaqtgaça şuning kuçi bilan yayrab-yaşnab yuradi. Madinaning közlarida hayo bor, jozib bir tortiniş bor. Ana şu uyatçan nigohlarda u yuragiga quvvat, ruhiga nur beradigan bir yolqin borligini sezadi. Bu sehrli közlar: “Siz yaxşi yigitsiz, sizga işonaman”, deganday böladi. Yöq, töğriroği, Şarifjon bu sözlarni aniq-tiniq eşitadi.
Şarifjon Madina ötoq qilayotgan taxtaga yaqinlaşdi. Qiz paykal çetidagi ulkan tol soyasida çoy içib ötirgan ekan. Yigitni kördiyu apil-tapil yiğiştirindi. Şolipoyaning tol soyasi tuşib turgan yeriga ötib, ötoq qilişga kirişdi. Şarifjon u yoq-bu yoğini tuzatgan böldi. Ön kun içida qop-qorayib ketganidan uyaldi. Şu paytda unga qaragan odam yuzi qip-qizil bölib böğriqib ketganini körardi. Biroz nafas yutib turgaç, oqsoqlanmay dadil qadam taşlab, Madinaning yoniga bordi.
Qiz iloji boriça özini eʼtiborsiz tutişga harakat qilar, lekin könglida “Işqilib, ketib qolmasin-da” degan xavotir ham bor edi. Yigit unga yaqinlaşgaç, tuzukroq gap topolmay ozroq kalovlanib qoldi, bu ahvolidan esa yanada önğaysizlandi. Nimadir deyişim kerak deb çoğlanar, lekin qizning köngliga ötirmaydigan gap aytib qöyişdan battar qörqar edi. Axiyri, juda uzoq çözilib ketganday tuyulayotgan sukunatni buzadigan, qiz bilan örtalarida köprik böladigan gapni topdi:
– Hormang, ötoq qilyapsizmi? – şunday dediyu tilini tişladi, tomoği qaqrab, manglayida ter paydo böldi. Öylab-öylab topgan gapi şu bölganidan xijolat tortdi, Madinaning “Ha” deb bergan yarim oğiz javobidan esa yanada dovdiradi.
– Men ham jöxorilarimizni çopib kelyapman. Yarim qariç böp qopti. Qişloqda şu-da, kuning şunaqa işlar bilan ötadi. Hozir şiyponga ketyapman, biroz salqinlab kelay.
Şarifjon muvaffaqiyatsiz çiqqan gapining xijolatidan qutuliş uçun köproq gapirişga, özini erkinroq tutişga urinardi. U “salqinlab kelay” degan payti Madinaning yuragi zirqirab ketdi, boşini quyiroq egdi. Şarifjon esa buni sezmadi, suhbatdoşi ölib-tirilib topgan gaplariga javob bermayotganidan köngli çökdi, “Bu yerga kelmasam bölar ekan” degan öy ötdi xayolidan.
– Ha, mayli, sizniyam işdan qöydim. Men boraqolay, – deb şiypon tomonga yönaldi.
– Hovuz tarafga bormay qöya qoling. Odam köp şekilli. Hali “Damas”da şaharliklar keldi, – dedi Madina yerga köz tikib.
Şarifjon hayron böldi, qiz nega bunday dedi, şaharliklar kelgan bölsa nima, axir hovuzdan köpi bormi? Bitta dam oliş uyining özida ikki-uçta hovuz işlab turadi.
– Şaharliklar kelgan bölsa nima qipti?! Qişloq özimizniki. Ozgina salqinlab qaytib kelaman. – Gaplarida maqtanişga öxşaş ohang borligini Şarifjonning özi ham sezdi.
Madina indamadi. U şoli taxtaning içida boşini quyi solib ötirar, Şarifjon ketişini ham, qolişini ham bilmas edi. Oxiri, şiyponga qarab yöl oldi.
Şarifjon şiyponning şundoq yonginasidagi dam oliş uyiga borişni möljalladi. Sababi, bu joy şaharliklarniki emas, şu yerlik bir boyning mulki. Qişloq ahli bu yerga bemalol kelib ketadi. Qiş paytlari dala işlariyu taşvişlaridan vaqtinçaga bölsa-da qutulgan erkaklar boğdagi uyçalarni ijaraga olib gap beradi. Bu uyçalar qurilganiga köp zamonlar bölgan. Tuzilişi ham oddiy uylarga öxşamaydi – tomi yerga deyarli tutaşgan. Köpining derazasi bitta. Hozir ularning yoniga yangi binolar ham qöşilgan. Bu oromgohda Madinaning dadasi Mömin aka qorovullik qiladi. Şarifjon bilan salom-aligi yaxşi. Ayniqsa öqişga kirganidan keyin yanada quyuqroq söraşadigan bölib qolgan. Bundan, albatta, Şarifjon xursand. Dam oliş uyiga öttiz-qirq qadam qolganda uning közi Mömin akaga tuşdi. U katta hovuz qirğoğiga örnatilgan uzunkursida kim bilandir gaplaşib ötirardi. Lekin suhbatdoşi körinmas, aftidan çömilayotgan edi. Yaqinlaşgaç ularning gap-sözlari aniqroq eşitila boşladi:
– Qirqdan ötdig-u, lekin unça-munça yigitdan qolişmaymiz. Yigit kişi qirqida qirçillaydi-da!
Hovuz içidan qizlarning hiringlaşi eşitildi.
– Bu deyman, kenayimni xursand qilaverib joniga ham tegib ketsangiz kerak, – dedi ularning biri.
Hovuz içidan qiyqiriq kötarildi.
– Xotin kişi öttizdan keyin ötin böladi, yaxşi qiz. Özingizdan qolar gap yöq, – Mömin aka özining gapi öziga naʼşa qilib kuldi.
Hovuzga yaqin kelib qolgan Şarifjon tek qotib turar, şuuri karaxtlaşgan edi. Hovuz içida ikkita qiz çömilayotgan edi: körinişidan biri yigirma beş yoşlardagi juvon, biri esa hali juda yoş, yigirmaga ham tölmaganga öxşar, balki turmuşga ham çiqmagan bir qiz edi. Ularning közi Şarifjonga tuşdi va birdan jimib qolişdi, noqulay sukunat çökdi. Mömin aka qizlar tikilib turgan tomonga ögirildi va röparada turgan Şarifjonni körib, yuzini buriştirdi.
– Iye, ha, student, yöl bölsin?
Şarifjon javob bermadi. Bir qizlarga, bir Mömin akaga ijirğanib qaradi. Bu esa, tabiiyki, Mömin akaga yoqmadi, izzat-nafsiga tegdi.
– Nima, karmisan? Bu yerda senga qand bormi, deyapman!
Şu payt nariroqdagi uyçadan öttiz beş yoşlardagi qorindor bir kişi çiqib keldi. Soqoli ösiq, kökragiyu qornini tuk bosgan, guldor va şalpaygan kalta iştoni tizzasiga tuşgan, kindigi yonğoqday börtib turgan bu yarimyalanğoç erkakni şu holda körgan kişining özidan-özi taʼbi tirriq bölardi.
– Ha, nima gap, aka? – deb söradi u Mömin akadan.
– E, manavini körmaysizmi – çaqirilmagan mehmon. Ha, nimaga bözrayasan?! – deb Şarifjonga öşqirdi Mömin aka.
– Bolangiz tengi qizlar bilan öynaşib ötirgani uyalmaysizmi, aka, – dedi Şarifjon. Boşqa gapirolmadi, tovuşi tomoğiga tiqildi.
– Nima deyapsan sen, nosqovoğimday kelmaysan-u, aql örgatyapsanmi? Şaharda öqib ja-a olim böp ketdingmi? Olimligingni borib domlalaringga qilasan!
– Qizişmang, aka, qizişmang, – deb gapga aralaşdi qorindor kişi. Söng murosa yöliga ötdi. – Sen, ukam, kattalarning işiga aralaşma, jöjaxörozlik qilma. Çömilging kelayotgan bölsa, bor, ana boşqa “daça”lardayam hovuz köp. Bizni tinç qöy.
Qorindor yuzini ters burdi, qornini qaşlab biroz turdi-da, borib suvning issiq-sovuqligini tekşira boşladi. Hovuzga qölini botirib yelkalarini, qorinlarini suv bilan namlaşga kirişdi. Şarifjon bir unga, bir qizlarga, bir Mömin akaga qaradi. Söng çetga qarab tupurdi-da, kelgan yöliga qaytdi. Yigirma-öttiz qadam yurganidan söng ortida qiy-çuv kulgi kötarildi. Şarifjonning köngli alağda bölgan, qandaydir bir oğir ğaşlik yelkalaridan tobora ezib tuşar edi. U oldingi paykalga xavotir bilan köz taşladi va birdan yengil tortdi: Madina yöq edi. Işini tugatib ketgan körinadi. Şoli taxtalarga yaqinlaşgaç, Şarifjon taxmini xato çiqqanini angladi: ötoq qilinayotgan pol hali tugamagan, Madina tuşdan keyinoq ketib qolgan edi. Dadasining nima qilayotganidan xabari bormikan deb öyladi Şarifjon. Balki şuning uçun boya uni şiypon tomonga borişdan qaytargandir? Yo biror işi çiqib ketib qoldimikan?
Şarifjonning nafrati qözir, boşqa tomondan esa hayron bölar edi. Nahot Madinaday aqlli, odobli qizning otasi şunday axloqsiz bölsa? Heç yöqsa bir paykal naridagi qizidan uyalmaydimi? Uzoqroqda bölsa-da, bularning qiy-çuvi unga yetib borişi, agar yaxşilab razm solsa bu yerda nimalar bölayotganini körişi, aniq bilolmasa ham, anglaşi mumkin-ku! Şuyam ota böldimi endi?
Xayolida şu kabi javobsiz savollarni tinimsiz qaytarar ekan, Şarifjon boşqa bir gapdan seskanib ketdi: Madinaga uylansa, qaynotasi şu Mömin aka böladimi? E, yöq, unga endi qizini bermasa ham kerak. Çunki bugungi voqeadan keyin oralari yaxşigina buzildi, bundan söng Mömin aka u bilan ikki dunyoda iliq munosabatda bölmaydi. Aslida, Şarifjon iliq munosabatni ortiq istamasdi, lekin Madinani öylar ekan, yuragining bir çetida xavotir boş kötarar, qandaydir öksiniş, afsuslaniş hissi yurakni tirnardi.
Şarifjon şu kuni daladagi işiga qaytib bormadi, uylariga ketdi. Xonasiga kirib, karavotga tappa taşladi. Uzoq vaqt qimirlamay yotdi, lekin uxlayolmadi. Yuragiga qörğoşinday çökib qolgan ğaşlik kötarilmadi, köksini oğir bosib turaverdi. Şarifjon şu ahvolda ikki soatça yotdi, oxiri uyquga ketdi. Namozşomda ayasi kirib uyğotdi. Uyqudan lohas bölib uyğondi, boşi ğuvillab oğrir, lekin haligi alağda kayfiyatning tumani biroz tarqaganday edi. Keçki ovqatni ham oxirigaça içolmadi. Ayasining xavotirli savollarga “Boşim oğriyapti” deb bir oğizgina söz bilan javob berdi. “Issiq ötgan körinadi, – deb taşxis qöydi ayasi. – Şaharda salqin-soyaga örganib qolgansan. Peşingaça işlab nima qilarding?! Sen yöq paytlari öşa jöxorilarni özimiz ekdik, dadang özi yolğiz suğordi. Qiynalib qolganimiz yöq. Ertalablari vaqtli borib, kun qizigunça işla, keyin uyga kelib damingni ol. Kunning tafti qaytganda yana borasan, qoş qoraygunça işlaysan. Hozir tur, yangi uyga kir, qatiq uyutib qöyganman. Simirib-simirib iç, issiğingni oladi”. Öğlining hafsalasiz ötirganini körgan ona qatiqni özi olib kelib, kosaga quydi. Şarifjon uç paqir qatiq içsa ham içidagi olov sönmasligini bilsa-da, onasining köngli uçun qatiqdan uç-tört marta höplab qöydi. Söng xonasiga qaytib, özini yana töşakka taşladi.
Şarifjon ertalab vaqtli turib, dalaga jönadi. Bir köngli dalaga borma, Madinaga duç kelib qolişing mumkin, unga nima deysan, közlariga qanday qaraysan, dedi. Boşqa bir köngli esa uçratsang nima, qoçib yurişing kerakmi, körişsang balki yengil tortarsan deb uqtirdi. Xullas, şunaqa ikkilanişlar bilan dalaga yöl oldi. Erta sahar bölgani uçun köçada odam siyrak, dala esa biryöla kimsasiz edi. Şarifjon çeklariga yetib kelib, poçalarini şimardi-da, işga kirişdi. Hali quyoş çiqib, kötarilguniga qadar bir soatça bor. Eng barakali vaqt ana şu bir soat, şu paytda iş unadi. Kun qizdira boşlagaç esa, odamning nafasi qaytadi, erinçoqligi tutadi. Aslida, jaziramada işlaşning ham foydasi yöq. Kun tiğida qolsang, quyoş urişi mumkin. Keyin ança vaqt, baʼzida hatto bir haftagaça loxas bölib, qöling işga bormay yurasan.
Onasi issiqda işlama, deb tayinlagan bölsa-da, Şarifjon tuşgaça paykaldan çiqmadi. Tuproqning tafti oyoqni kuydiradigan darajaga yetgaçgina, işini tugatdi. Çopilgan joyga köz taşlab köngli töldi, ançagina yer çopiqdan çiqqan, yana bor-yöği yarim kunlik iş qolgan edi, xolos. Söng paykal çetidagi tutlar soyasiga borib ötirdi, ön daqiqaça salqinladi. Oyoqlarini uzatib, qölini orqaga tayaganiça, oldindagi paykallarga tikildi. Madinalarning çeki bu yerdan körinmas, faqat paykal qirğoğidagi tutlar, uning ortidan esa oromgohdagi baland keksa tollar közga elas-elas taşlanar edi. Şarifjon bir muddat boraymi-bormaymi deb ikkilanib qoldi. Keyin qatʼiy bir qarorga kelib örnidan turdi: hozir töğri Madinaning oldiga boradi, suhbatlaşadi. Balki uni yoqtirişini, unda köngli borligini aytar. Yöq, çözişdan foyda yöq, aniq aytadi. Bölmasa, kimdir Şarifjondan oldinroq otni qamçilaşi yoki Madinaning özi uning qörqoqligi, jasoratsizligini körib, qöl siltaşi mumkin. Bu yoqda sovçi degan balo ham bor. Madinaga könglidagini aytib qolmasa, juda noziklaşib, örgimçak töriday bölib qolgan umid riştalari hoziroq uzilib ketadiganday tuyuldi Şarifjonga.
Qizning unda köngli bor. Şarifjon bunga u qadar işonmaydi-yu, har holda işonadi. Şu tuyğudan ança dadillandi, hadik aralaş iştiyoq bilan yölga otlandi. Traktor ötaverganidan ikki çekkadagi tuproği tortilgan unday bölib qolgan, örtasi ajriqzor yölga yetganida ellik-oltmiş qadam narida öziga qarab kelayotgan qizga közi tuşdi. Tuşdi-yu, yuragi hapqirib ketdi. Yuz-közini ajratib oliş muşkul bölsa-da, tanidi: Madina işini möljaldagidan ertaroq tugatibdi. Şarifjonning yuragi borgan sari tezroq, zarbliroq urar, uning gup-gup ovozini özi ham tobora aniqroq eşitar edi. Masofa lahza sayin qisqardi: qirq qadam, öttiz qadam, yigirma, ön… Va nihoyat nigohlar tutaşdi.
Bugun Şarifjon negadir özini ança dadilroq tutdi. Ovozi biroz titrasa-da, keçagiday dovdirab turmadi:
– Salom alaykum. Madina, yaxşimisiz?
Qiz javob bermadi. Bir muddat yurişdan töxtadi-da, Şarifjonga tikildi. Bu qaraş yigitning közlariga botdi, yuragini teşib ötganday böldi. Şarifjon havosiz böşliqda qolganday nafas ololmas, quloqlari şanğillar, ong-şuuri zing-zing etgan judayam qattiq ovozdan karaxt bölib qolgan edi. U qizning nigohlaridan: “Sizga işongan edim, sizni sevardim, ammo siz bunga loyiq emas ekansiz”, degan alamli ifodani öqidi. Yöq, töğriroği, bu sözlarni aniq-tiniq eşitdi.
Qiz töxtamadi. Yigitning şundoq yonginasidan, göyo uni körmaganday, sezmaganday ötib ketdi. Şarifjon uzoq vaqt qimir etmay turib qoldi. Qizning ortidan yugurib borgisi, hammasini tuşuntirib bergisi keldi. Lekin nimaniyam tuşuntirardi. Dadang şunaqa-şunaqa ekan, menda ayb yöq, deydimi? Yoki men haqimda yomon gap aytişgan bölsa, işonma. Qanaqaligimni bilasan-ku, seni aldamayman, men yaxşi bolaman, deb urib-yengadimi?
Şarifjon uzoq turdi. Keyin oldinga qarab asta-asta qadam taşlay boşladi. U qayoqqa ketayotganini, nimaga ketayotganini bilmas, köz oldini qoplagan tumanli böşliqqa maʼnosiz tikilib borar edi. Mana, u katta yöldan öngga – umuman maysasi yöq, tuproği gupillab yotgan yölga burildi. Kun ayni tikka kelgan, yöl esa tandirday qizigan edi. Lekin hozir Şarifjon bu yöldan bemalol yalangoyoq ketib borardi. Turişidan, oyoqlaridagi yaralar bitgan, tovon va panjalari tuproqning jazirama taftiga örganib qolgan edi.
Orif TOLIB 1987 yilda Farğona viloyatining Uçköprik tumanidagi Qumbosti qişloğida tuğilgan. Özbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Hozirda “Movarounnahr” naşriyotida bölim muharriri bölib işlaydi.“Uçraşuv” nomli şeʼriy töplam muallifi.
“Yoşlik” 2013/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


