20 daqiqada öqiladi

778 marta körilgan

“Yopiğlik qozon” qanday oçiladi?

Zuhriddin Isomiddinov

Filologiya fanlari nomzodi, adabiyotşunos Zuhriddin Isomiddinov bilan suhbat

 

– Zuhriddin aka, suhbatimiz avvalida şuni ehtirom bilan aytib qöyay: Sizning matbuotdagi har bir çiqişingizni katta qiziqiş bilan kutib oluvçi muxlislaringizdan biriman. Ayniqsa, maʼnaviyat, til va adabiyotşunoslikka oid qator maqolalaringiz katta taassurot qoldirgan. Sönggi paytlarda esa maʼrifiy mavzuda ham ança-munça maqolalar eʼlon qildingiz. Rosti, siz bilan suhbat uyuştirişga ana şunday maqolalaringizdan biri turtki böldi. Gap “Şarq yulduzi” jurnalining 2011-yil 1-sonida çop etilgan “Tarix unutmaydi…” sarlavhali maqolangiz haqida. Keling, gapni uşbu maqola yakunidagi mulohazalardan boşlaymiz. Siz savol qöyibsiz: “…ötmişdagi hamma narsa “yopiğliq qozon” bölib qolaversa yoxud özimiz bilittifoq yopib qöya qolsak, unda qaçon, nimadan ibrat olamiz?”

Darhaqiqat, “yopiğliq qozon”ning oçilgani yaxşi. Ammo ayting-çi, sizningça, bu “qozon”larni oçişda birlamçi tayanç manba nima bölişi kerak?

– Men hamma narsani biroz tahlil etib, keyin qabul qilişni yoqtiraman. Hatto aksiomalarni ham. Nazarimda, sözsiz ravişda maʼqul topilaverişdan aksiomalarning özi ham ziyon köradigandek. Mana masalan, “haqiqat egiladi, ammo sinmaydi” degan maqolni olib qarang. Hikmatga boy, albatta. Ammo egiladigan haqiqat… haqiqatmi? Men uçun teskarisi töğriroqday: haqiqat sinadi, ammo egilmaydi. Uni sindirişadi.

Yoki “andişaning otini qörqoq qöyma” degan maqol. Men qörqmayman, andişa qilyapman, xolos, degani bu. Ammo andişani yiğiştirib qöyib aytadigan bölsak, aynan qörqoq odam “serandişa” bölişini kim bilmaydi?

Biz andişali odamlarmiz.

Adabiyotimiz tarixidagi oq doğlarga ham, qora doğlarga ham tegib ketişdan juda ehtiyotlanamiz, har bir adibning hayotiga, ijodiga oid maʼlumotlarni boriça emas, özimizbop qilib silliqlab, “yoqimtoy” ravişda taqdim etişga örganganmiz (bu bizga ötmiş adiblarni “demokrat ijodkorlar” va “feodal-klerikal adabiyot vakillari”ga ajratiş davridan; bir guruhni oqlaş uçun ularning “diniy-mistik” asarlari ham borligini yaşiriş, ikkinçi toifaga qöşib qöyilgan adiblarni qoralaş uçun esa, ularning, aytaylik, maʼrifatga çorlagan asarlari borligini yaşiriş davridan meros bölib qoldi). Şuning uçunmikin, davralarda baʼzi şoir-yozuvçilar yoki ularning asarlari haqida darslik va monografiyalardagidan boşqaçaroq fikr-mulohazalar ham eşitilib qoladi. Biz har bir öquvçining şaxsiy fikri, öziga xos qaraşlari şakllanişiga erişişimiz kerak. Ayniqsa, adabiyot borasida. Çunki şaxsiy fikrga, estetik qaraşlarga ega bölişni adabiyot tabiatining özi taqozo etadi, şuning uçun yaratiladi.

Ötmişni har qaysi zamon öziga moslab talqin etadi. Bu bor gap, undan qoçib bölmaydi. Ammo ana şu “öziga moslaş” jarayonida loaqal fakt va dalillarni yaşirib ketmasdan, örtaga taşlab, xolisroq tahlil etişga urinsak, şöro adabiyotşunosligidan qolgan tamoyilparastlik (tedensiozlik) ham bartaraf bölarmidi deyman. Ana şunda “yopiğliq qozonning qopqoği” biroz oçilar edi.

– Adabiyot masalasida har bir öquvçining öz şaxsiy fikrini şakllantiriş va ötmişni “öziga moslaştiriş” jarayonida tadqiqotçining xolis tahlili, aytib ötganingizdek, nihoyatda dolzarb masala. Lekin biz bu masalaga qay darajada eʼtibor beryapmiz? Bugun yangi tarix, yangiça qaraşlar şakllanayotgan bir davrda ötmiş va kelajak oldidagi masʼuliyatimizni töğri anglay olyapmizmi? Şundoq ham qattol zamonlar oyboltasida kallaklab taşlangan tariximizni, buyuk ajdodlarimizning maʼnaviy meroslarini töğri talqin etolyapmizmi? Ming afsuski, bu savollarning javobi haqida öylaganingda könglingda biroz oğriqlar paydo böladi.

Zuhriddin aka, uzoqqa bormaylik, suhbatimiz avvalida nomini eslatib ötganim: “Tarix unutmaydi…” maqolangizni olaylik. Uşbu maqolada maʼlum bir manbalarga asoslanib, Boborahim Maşrabning ölimiga Söfi Olloyor va Olloyorga öxşaş johil, mutaassib dindorlar sababçi bölgan, deb xulosa çiqarilgan. Iqtibos keltiraman: “…Maşrab va uning muridlarini aynan Söfi Olloyor kufrda ayblagan edi. Maşrabni kofir deb eʼlon qiliş, yaʼni, uni mahv etişga hukm aslida Qabodiyonda çiqarilgan edi”.

Bu fikrlarning isboti uçun Söfi Olloyor bilan Maşrabning Qabodiyonda uçraşgani va ular örtasida bölib ötgan qisqagina muloqot dalil sifatida keltirilgan. Taʼkidlanadiki, Söfi Olloyor Qabodiyonda mezbon maqomida bölaturib, Maşrabning oldiga özi bormay muridlarini jönatişi va öz hujrasida Maşrabni “Ey, devonayi Maşrab”, deb kutib olişi nazaringizda Maşrabga hurmatsizlik bölib tuyulgan. Ayniqsa, Söfi Olloyorning “Maslakul-muttaqin” asarida keltirilgan: “Yana bir toifalar lavandlik (işyoqmaslik) birla işlar qilurlar, otlarin “devona” qöyub, özlarini mastlardek qilurlar”, degan fikrlari aynan Maşrabga nisbatan aytilganini yozasiz. “Söfi Olloyorga zamondoş, otini “devona” qöygan… odam kim bölişi mumkin edi? Bunday odam birgina Boborahim Maşrab edi”.

Nazarimda, u paytlarda har bir şahar va viloyatlarda önlab qalandarxonalar, yuzlab “devona”lar bor edi. Bugun ham, ha, aynan bizning zamonamizda ham özlarini “devona”lar deb ataydigan toifalar bor. Bular haqida ötgan yillarda respublika matbuotida nordongina bir-ikki maqola ham eʼlon qilindi.

Zuhriddin aka, men tarixçi emasman, ammo Boborahim Maşrab hayoti va ijodini mukammal bayon qilib beradigan tarixiy manba hozirça mavjudligiga şubham bor. Bugungi öquvçi hatto Maşrabning qaçon tuğilganini ham aniq bilmaydi. Olimlar bir ilmiy davra suhbatida bundan keyin “Maşrab 1640-yilda Namanganda tuğilgan” deymiz, deb özaro kelişib olişgan, xolos. Maşrabning önga yaqin “tuğilgan yili” bor. Neça yoşda vafot etgani ham bahs-munozarali. Söfi Olloyor bilan neça marta uçraşgani va bu zotlar örtasidagi muloqot xususida ham aniq dalillar yöq. Siz manba sifatida keltirayotgan Isʼhoq Boğistoniyning “Tazkirayi qalandaron” tarzkirasiga esa yetuk maşrabşunos olimlarning heç biri manba sifatida qaramaganlar. Ilmiy tadqiqotçi Abdulla Jabbor “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining 2010-yil, 27-may sonida aynan şu tazkira haqida fikr bildirib: “Maşrabşunos Muhsin Zokirov “kaşf” etgan tazkiraçi Isʼhoq Boğistoniyning Şoh Maşrab haqidagi xotiralari va uning “Tazkirayi qalandaron” asari ilmiy isteʼmolga yaroqsizligi isbotlab berildi”, deb yozadi. Şarqşunoslik instituti ilmiy xodimi Abdusattor Jumanazar aynan şu gazetaning 2010-yil 22 oktyabr sonidagi “Matn va… butun savolga yarimta javob” sarlavhali maqolasida “Tazkirayi qalandaron” asaridan manba sifatida foydalanib bölmasligini, asardagi voqealar ketma-ketligi va matn tuzilişi mutlaqo talabga javob bermasligini bayon qiladi.

Maqolada yana bir manba sifatida “Qissayi Maşrab” keltirilgan. Ne ajabki, butun umrini maşrabşunoslikka bağişlayotgan olimlar ham bu qissaning neça xil varianti borligini aniq bilişmas ekan. Bu kitobda Maşrab vafotidan ön yillar keyin bitilgan ayrim ğazallar ham Maşrabniki bölib ketgan ekan.

Endi, Söfi Olloyor masalasiga kelsak, özbek adabiyoti tarixida uç tilda bab-baravar ijod qilgan zot bormi? Agar bölsa bu Söfi Olloyor hazratlaridir. Uning özida fiqhiy, aqida va odob-axloq masalalarini jamlagan “Maslakul-muttaqin” asari qadimdan madrasalarda darslik sifatida öqitib kelingan. Bu ön ikki ming baytdan iborat muhtaşam bir asar. Hazrat asarlarining deyarli barçasini nazmiy tarzda inkişof etgan. Şunça ilmiy salohiyatga ega bölgan zot Maşrab ğazallarining mohiyatini anglamasligiga negadir işoniş qiyin. Qolaversa, Söfi Olloyor ham hol ahlidan edi. Maşrabning junun holatini his etolmasligi mumkin emasdek tuyuladi menga.

Umuman olganda, tarixiy voqealar, ayniqsa, tarixiy şaxslar haqida yozganimizda şaxsiy xulosa çiqarişga, “menimça” deb gap boşlaşga şoşilmasligimiz kerakmi deyman-da.

Mana bir misol: Hazrat Alişer Navoiy “Sabʼayi sayyor” dostonining X bobini Husayn Boyqaroning xotinlaridan biri Xadiçabegimga bağişlagan. Hazrat yozadilar:

 

Ham Sulaymoni ahdğa hamdam,

Hamdamu hamnişinu munis ham.

 

Çun Sulaymonğa yor erur ne ajab,

Anga Bilqisi soniy ölsa laqab.

 

Bu örinda Sulaymoni ahd deganda şoh Husayn Boyqaro nazarda tutilgan. Bilqisi soniy, yaʼni ikkinçi Bilqis esa Xadiçabegimdir. Siz yaxşi bilasiz, Bilqis Sulaymon payğambarning suyukli xotini bölgan. Navoiy hazratlari Xadiçabegimni «Bilqisi soniy» deb atamoqda. Bu kiçkina rutba emas. Bundan taşqari, bu ayolning «mahdi ulyo» (oliy yölboşçi), «ismatut-dunyo» (dunyo pokizasi) singari unvonlari ham bölgan.

Xöp, endi örta asrlar tarixiga oid muhim memuar asar, tarixiy manba hisoblanmiş “Boburnoma” asarini varaqlaymiz. Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlari Xadiçabegim haqida şunday sözlarni bitadi: “Özini oqila tutar, lekin beaql va vaysaqi xotin edi”. Bundan taşqari, Husayn Boyqaro saltanatidagi hamma fojealarning boş sababçisi qilib Xadiçabegimni körsatadi.

Ayting-çi, bu gaplarning qaysi biriga işonamiz? Ikki buyuk zot bir kişi haqida mutlaqo bir-biriga teskari fikr aytmoqdalar…

– Savolingizning hajmi uning zalvoriga yaraşa böldi, balli. Matbuot maydonidagi muloqot şunday oçiq-yoruğ, dangal bölgani durust. Töyxona bösağasida mehmon kutayotgan odamlarday tabassumlar almaşib, iyak siypalab, özaro taʼzim-tavoze qila bersak… uning kimga keragi bor?

Esdan çiqmasligi uçun Xadiçabegim haqidagi oxirgi savolingizdan boşlaylik. Ha, Navoiy uni “Bilqisi soniy” deb atagan. Buning ustiga, siz aytganday, “mahdi ulyo”, “ismatut dunyo” degan unvonlari ham bölgan (öşa zamonning orden-medallari!).

Siz “bu ikki buyuk zot bir kişi haqida mutlaqo bir-biriga teskari fikr aytmoqdalar”, deyapsiz. Menimça esa, har ikkovi bitta gapni ikki xil şaklda aytişgan. Keling, Navoiyning ham, Boburning ham u haqdagi fikrlaridan bir lahza köz yumib, tarixga murojaat qilaylik. Bu ayol öz makru hiylalari bilan Xuroson mamlakatida katta mavqe qozongani, ammo oqila xotinlarga xos bölmagan turli qilmişlari – rofiziy bölgani (şia mazhabiga ötib, uni tarğib qilgani), saroydagi fitnaçi aʼyonlar bilan til biriktirib, podşoh öğillarini bir-biriga gij-gijlagani, oqibat – Husayn Boyqaro öğliga qarşi jang oçib, aka-ukalar bir-biriga uruş boşlagani maʼlum. Aynan şu ayol şohning badmastligidan foydalanib, uning suyukli nevarasi Mömin Mirzoni qatl qiliş töğrisidagi farmonga imzo çektirganini eslang. Xadiçabegim Husayn Boyqaro saltanatiga rahna solgani ravşan.

Albatta, Navoiy öşa davrda buni oçiq ayta olmas edi. Ammo menimça, Navoiyning maqtovini madh deb tuşunmaslik kerak: şoir işora usulini qöllab, Husayn Boyqaroni Sulaymonga mengzagan. Sulaymonning esa bir ojizligi bor edi – jahonda eng uluğ podşoh bölsa-da, ayrim xotinlarining (70 yo 90 xotini bölgan) sözini ikki qila olgan emas, ularning xato daʼvatlariga köngan. Demak, Navoiyning bu “maqtov”i – kosa tagida nimkosa bor, deganga öxşaydi. Yana töğriroği, şohkosa. Boz, Husayn Boyqaroni madh etib yozgan baytlariga qarab Navoiy Boyqaro haqida şunday yuksak fikrda bölgan ekan, deb tuşuniş ham biryoqlamalik bölur edi. Navoiy podşohni öşanday  bölişga  undagan. Filjumla, Xadiçabegim taʼrifidagi misralardan ham şunday istakni uqiş mumkin. Yaʼni, “Bilqisi soniy” podşohga zimdan yov emas, balki “hamdam, hamnişin, munis” bölişi kerakligi… Yana bir gap. Sulaymon nima sababdan yiqilgani yodingizdadir? U tayanib turgan hassani qurt yemirgan ekan. Bu hassani, bu qurtni ham ramziy talqin qilib köraylik…

“Boburnoma” esa realistik asar. Bobur unda barça gapini oşkor bayon etgan, şaxslarga nafaqat real, hatto ratsional nuqtayi nazardan baho bergan. Şu maʼnoda, agar bu ramzu işoratlarga eʼtibor qilmay, savolni yalang tuşunsak, unda javob ham yalang böladi: Boburga işonamiz.

Maşrab bilan Söfi Olloyor örtasidagi munozaraga kelsak, uni men öylab topmaganman, kitoblarda bitilgan. Siz baʼzi olimlar Maşrab hayotini bayon qiluvçi bu kitoblarni u yoki bu illatiga köra inkor qilişgan, deb aytyapsiz. Balki ularning eʼtirozlarida ham jon bordir. Ammo şu örinda amerikalik yozuvçi ÖHenrining bir hikoyasi yodga keladi: keçki payt kökka tikilib ötirgan bir qiz “Voy, ana Villi Jekson yulduzi!” deydi hayajon bilan. Boşqa qöşni ayol “Voy tavba, axir u falon turkumning alfa yulduzi-ku!” deb qizni masxara qiladi. Bir qöşni erkak esa xayolçan qizning yonini oladi: “Öşa siz aytgan munajjimlar qaysi yulduzga qanaqa nom qöyişgan bölsa, bu – ularning işi. Ammo bu xonimning biron yulduzga nom qöyişga haqqi ham ularnikidan aslo kam emas!”

Maşrabni körgan, u bilan birga yurgan zamondoş odamlar bitgan kitoblar qay bir sabab bilan çiqitga çiqar emiş-da, “Mabdayi nur” u Maşrabnikimi, bu Maşrabnikimi” degan birgina savolga önlab maqolalar yozib ham kasbdoşiga maʼqullata olmay, talaşişayotgan domlalarning sözi mötabar bölar emiş. Töğri, “Tazkirayi qalandaron” ham, “Qissayi Maşrab” ham fundamental tadqiqot emas, xalq yölida bitilgan asarlar, ularda ilmiy izçillik emas, Maşrabga muhabbat ruhi yetakçilik qiladi. Ammo Maşrab bilan Söfi Olloyor örtasidagi munozara bayoni har ikki kitobda bir xil ekaniga eʼtibor bering-a. Şuning öziyoq öşa munoqaşa real ravişda keçganini, bahs mavzui aynan nimaligi, bu ikki uluğ insonning dunyoqaraşida katta tafovut bölgani töğri yoritilganini körsatmaydimi? Siz Söfi Olloyor özbek adabiyoti tarixida uç tilda bab-baravar ijod qilgan zot-ku, deb aytyapsiz. Menimça, buning ayni masalaga daxli yöq. Uç tilda yozganmi, tört tilda yozganmi…

Söfi Olloyorga ham, Maşrabga ham hurmatim qança ekanini özim bilaman, bari dilimda, ammo har jumlada “hazrat falonçi” deyavermayman. Bilasizmi, bizda ğalati bir illat bor: ötmişdagi biron olimni, şoir yoki ulamoni, podşoh yo sarkardani bir qoralasak, qora yer bilan bitta qilamiz, ammo zamon bir aylansa, öşa şaxsni şunçalar kökka kötaramizki, quyoşdan ham teparoqqa çiqib ketadi. Şuning nima keragi bor? Axir, har bir odam – banda, bandayi ojiz. Insoniy uluğlik, insoniy fojialar kimda bölmaydi…

Söfi Olloyor hayotda öta sezgir odam bölgan körinadi. U Maşrab bilan uçraşişni istamagan, çunki oqibati qanaqa bölişini payqagan. Axir özingiz öylang: qança podşohu beklar poyipatak bölib, bir nazariga ilhaq turgan Maşrabday odam izlab, Kattaqörğonga ikki safar borsa, izini ham körsatmay (“Topmasak Söfi izin Kattaqörğona yurub…”), axiyri Qabodiyonda noiloj röbarö kelsa? Yo, Maşrabning öşa qişloqda bitgan ğazali ham ğalatmi? Eʼtibor bering – Maşrabdan boşqa kim şunday ğazal yozadi? Bu ğazalda Söfi Olloyor diniy yetakçi bölgan Qabodiyonda kimda-kim sal tik qarab, nega zulm bunça oşdi, deya savol bersa, u öşa ondayoq “kofir” deb eʼlon qilinişi körsatilgan.

Endi asosiy savolingizga kelaylik. Boya aytganingizdek, men Söfi Olloyorning “Maslakul muttaqin” asaridagi bir parçani keltirganman: “Yana bir toifalar lavandlik (işyoqmaslik) birla işlar qilurlar, otlarin “devona” qöyub, özlarini mastlardek qilurlar. Şariat birla parvolari bölmas. Va yana ayturlarki: “Bizlar oşiqdurmiz, bizlarga namoz va röza darkor emas”. Alarning ulfati Şaytondur. Bu sözlarga bovar qilib, andoğ gumrohğa eʼtiqod qilsa, ul Xudoni duşmanidur. Na uçunkim, ular Xudoni oyatiga munkirdur. Har kişi oyatga munkir bölsa, beşak kofir bölur”

Va davomida, “Söfi Olloyorga zamondoş, otini “devona” qöygan, özini oşiq deb atagan, Söfi Olloyorning qahrini qözğab, uningça, “şariat birla parvosi bölmagan” odam kim bölişi mumkin edi? Şubha yöqki, u… Boborahim Maşrab edi” deb yozganman. Demak, mening talqinimda Söfi Olloyor Maşrabni kufrda ayblayapti.

Siz “Nazarimda, u paytlarda har bir şahar va viloyatlarda önlab qalandarxonalar, yuzlab “devona”lar bor edi”, deb eʼtiroz bildiryapsiz. Qalandarxonalarda devonalar emas, qalandarlar böladi. Boringki, şu fikr töğri deb topilib, qalandarxonalar devonalar bilan gavjum bölsa, unda Söfi Olloyor yuzlab-minglab “devona”larni kofirga çiqarib yuborgan böladi-ku? Yöq, devona laqabini olganlar sanoqli bölgan. Çunki “devona” – jinni degani. Qalandarlar, zohidlar, söfiylar… heç sababsiz “devona” atalişiga rozi bölmaydi. Şunday ekan, Söfini ikkimizdan qay birimiz köproq himoya qilyapmiz özi?

Bu masalada yana bir gap. Şöro adabiy siyosatida sinfiy duşman topiş tamoyili kuçli edi. Asarlarda boy ila xizmatçilar, progressiv kuçlar bilan qoraguruhçilar bir-biriga qarşi kuraşmasa bölmas edi. Hozir bunga barham berildi. Endi bölib ötmiş hodisotlarni imkon boriça real yoritişga, sunʼiy konfliktlar töqib çiqarmaslikka harakat qilyapmiz. Hatto, hayotda rostdan bölib ötgan keskinliklarni ham biroz yumşatib, silliqlab körsatişga moyil bölib qoldik. Yangi asarlarda köp boylar uzoqni közlovçi, savobtalab, saxiy odam qilib körsatiladi, kambağal esa özining yalqovligi, işyoqmasligi tufayli yöqsil, xolos. Tarixiy şaxslar, şoiru adiblar orasidagi qarama-qarşiliklar-ku, tamom patorat topib ketdi. Göyo, heç qanaqa ixtilof bölmagan, ğirt idilliya!

Ammo… bu ham biryoqlamalik emasmi? Odam bolasi borki, kuraşadi, şu asnoda öziga yaraşa döst-duşman orttiradi axir. Jamiyat hayoti ham, uning inʼikosi bölgan adabiyot hayoti ham qarama-qarşiliklarga töla. “Yöq jahon mulkida bizdek ojizu beçora xalq” deb faryod qilgan maʼrifatparvar Avaz Ötar öğli ham haq, uni jinniga çiqarib, kişanlaşga fatvo berganlar ham maʼqul bölaversa… Mana, Muqimiyning bu baytlariga qarang:

…Xalloq bandaparvar, qöy, qilma vahmi mahşar,

Öynaylik, kulaylik, omon bölaylik.

 

Jöş ursa bahri rahmat, jurming tamomi tuhmat,

Öynaylik, kulaylik, omon bölaylik.

 

Olloh bergan neʼmatlarga şukrona qilişga, undan zavqlanişga çorlagan bu hayotsevar ğazalga qarşi Möhyi naʼra tortganini bilarsiz:

…In siflahoyi şumki, onon miyoni xalq

Paydo şudand, pardayi imon hamedarand.

 

“Öynoyliku kuloyliku” göyon miyoni xalq,

Hukmi xudoyu, amri payambar namebarand.

 

In çand siflahoyi çapan nomi şoiri,

Bar xeş dodaandu hame ummii xarand.

 

(…Bu şum, yaramas odamlar xalq orasida paydo bölib, hammaning imon pardasini yirtadilar; Xalq örtasida “Öynaylik, kulaylik” deydilaru odamlarga Xudoning hukmini, payğambarning amrini yetkazmaydilar; Bu yaramas, bezori odamlar özlarini şoir deb ataşsa ham, aslida savodsiz eşakdirlar).

Qarang, fikru ğoyalar örtasidagi kuraş adabiyot maydonida hamişa bölib kelgan ekan. Ammo… şu bilan birga… ğalati bir muştaraklik ham borligini sezyapsizmi?

– Dunyo maşhurlaridan biri lutf etadi: “Ehtimol men sizning fikringizga qöşilmasman, ammo şu fikrni aytiş imkoniyati uçun jonimni berişga tayyorman”. Şunday ekan, bu masalalar borasida fikr bildiriş imkoniyatini muhtaram jurnalxonlarga ham bersak…

Ammo javobingizdagi baʼzi örinlarga biroz töxtalib ötmasam qiynalib ketaman. Avvalo, şuni aytişim kerakki, “devona” sözining luğaviy maʼnosi dunyoviy istilohda “telba”, “aqlsiz” degan maʼnolarni bildiradi. Diniy-maʼrifiy maʼnoda Allohning vasliga şoşilgan, zikru samoga berilgan, söfiy kişiga aytiladi. Söfi Olloyor “Maslakul muttaqin” asarida “bir kişi” haqida emas, “toifalar” haqida yozyapti. Bir kişi esa “toifalar” bölolmaydi.

Sulaymon payğambar haqidagi fikrlar esa meni butunlay karaxt qilib qöydi. Bilmadim, ehtimol qölingizda Siz işongan manbalar bordir. Biroq bu boradagi haqiqat şuki, Sulaymon alayhissalom Qurʼoni karimda nomi zikr etilgan payğambarlardan biridir. Qurʼoni karimning “Naml”, yaʼni, “çumoli” deb nomlangan surasida Sulaymon (a.s.) va Bilqis qissasini yaratgan zotning Özi batafsil bayon etib bergan. Qolaversa, payğambarlar öz davrining va öz qavmining peşvolari bölişgan. Bu haqda ham oyatlar bor. Mana şu oyatlardan kelib çiqib, maşhur hanafiy ulamolaridan biri Maqsudxöja ibn Mansurxöja aqidaga doir “Maxzanul maqsud” risolasida yozadiki: “Ul payğambarlarni haqlarida bizlarga bilmoğimiz vojib bölgan sifatlar beşdur: 1. Sidq. 2. Omonat. 3. Tabliğ. 4. Ismat. 5. Fatonat. Yaʼni, jami payğambarlar sözlarida rost gapirguvçi, omonatdor – xiyonat qilmaydigan, katta va kiçik gunohlardan pok va uzoq, hamma odamlardan aqllik bölguvçidir”.  

“Sulaymon… uluğ podşoh bölgani holda, xotinlarining sözini ikki qila olgan emas, ularning xato daʼvatlariga köngan”. Bu gapga qöşilib bölmaydi. Olloh Özi tanlab olgan payğambarining botil eʼtiqodga ergaşib ketişini iroda etmaydi. Payğambar bölaturib kimgadir ergaşiş, tağin xato daʼvatga… Bu oddiy insoniy mantiqqa ham zid. Bu masalalarda ehtiyot bölişimiz kerak.

Zuhriddin aka, bu gaplardan keyin men sizdan eʼtiqod xususida söramoqçi edim. Nazarimda, har bir insonning taqdiri uning eʼtiqodiga muvofiq bölganidek, har bir jamiyatning ravnaqi ham amal qilinayotgan eʼtiqodiga borib taqaladi. Ötmişda qaçon musibatga duçor bölgan bölsak, eʼtiqod susaygan, maʼrifat eldan kötarilgan zamonlarda böldik. Qaçonlardir dunyo ahlining peşvosiga aylangan bölsak, töğri eʼtiqodni, yaʼni tavhidni mustahkam uşlagan davrlarda böldik. Bugun dinu maʼrifatimiz, qadriyatlarimiz özimizga qaytdi. Endigi masala bu bebaho xazinani oçiş, öqiş va töğri uqişdir. Ana şu jarayon jamiyatimizda qanday keçyapti? Va aynan mana şu jarayonda adabiyotning örnini qanday baholaş mumkin?

– Gapni sizning eʼtirozlaringizga javobdan boşlasam. Avvalo, siz aytgan “Ollohning vasliga şoşilgan, zikru samoga berilgan söfiy kişilar” devona emas, oşiq, qalandar, söfiy deyilgan. Devona laqabini uhdaga oliş uçun esa solik maşrabmisol bölişi kerak. Töğri, şeʼriyatda “işqingda devona böldim” kabi misralar uçraydi, ammo bu “hajring ötiğa parvona böldim” deganday lof. Bilqis masalasini esa kengroq tuşunaylik. U Sulaymonning boş xotini, Xadiçabegim esa Boyqaroning. Şuning uçun Navoiy Bilqis otini tilga oladi. Ammo Sulaymonni boşqa bir xotini Köna yöldan urişga uringani bor gap: u uyiga haykal-sanam qöyib unga siğingan, sanamga qurbonlik qilgan va hatto Sulaymon bunga ruxsat ham bergan. Öşanda Sulaymonning vaziri Osaf ibn Burqiyo unga daşnom uçun nomini xutbaga qöşib öqimaydi. Söng Jabroil Sulaymonga vahiy keltiradi: “… Taqi yorliğ böldi: Tört xato iş qilding sandin keçurdim. Avval: Könani islomga kiyurmayin olding. Ikinçi: Kofira tişi (ayol)ni nikoh qilding. Uçunçi: Aning uçun but yöndurding. Törtunçi: Çugurkani qurbonliq berding. Qamuğni bildi ersa, Sulaymon uzr qölub sajdaga bordi…” (Qisasi Rabğöziy, 2-kitob, T., 1991, 45-bet). Albatta, bu borada ixtiloflar köp, lekin payğambarlar adaşmagan, deyiş töğri bölmasa kerak. Muso va Xizr voqealarini eslang. Zero har bir payğambar – avval odam, söng rasululloh (abduhu varasuluhu). Beayb – parvardigor…

Endi savolingizga kelsak, ha, eʼtiqodning susayişi (yoki unga yöl berilmasligi) tanazzulga olib keladi. Şu bilan birga, jamiyatdagi tubanlaşiş ham odamlarning imon-eʼtiqodiga ham ozdir-köpdir putur yetadi. Bu qoida, maʼlum maʼnoda, umumiy “teorema”, jamiyat hayotiga tegişli. Uni biron konkret şaxsga tatbiq qiliş, bu odamning imoni kuçli, şuning uçun tolei ham baland, anov kişining eʼtiqodi sust, şu sababli hayotda ham baxtsiz deb bölmas-ov.

Diyonatimiz, maʼrifat va maʼnaviy qadriyatlarimiz qopqasini yanada kengroq oçib, undan bahramand böliş masalasiga kelsak, bu haqda gap köp. Gap köp. Menimça, bu xazina boyliklaridan tasarruf etiş istiqbolimizni taʼmin etişning bir jihati, xolos. Eng ilğor ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlarini nafaqat egallaş, balki uni rivojlantirişda ham boşqa xalqlardan ortda qolmasligimiz lozim. Mana şu yerda dilemma hosil böladi: hadeb ötmişimizni tarannum etib, şu bilan qanoatlansak – milliy mahdudlikka, qoloqlikka yuz tutamiz va aksinça, globallaşişga mahliyo bölib, özimizni uning ixtiyoriga taşlab qöysak, tez orada özligimizni yöqotamiz. Taraqqiyotning katta karvoniga yetib yura olmay, yöl çetida ötayotganlarga qöl qovuştirib turişni ham, globallaşiş degan ofatning domiga tortilib, uning “qora tuynugi”ga yutilib ketişni ham istamaymiz. Örta, mötadil yöldan oğişmay ilgarilaşimiz şart. Özbek xalqining jahon ayvonida bir maʼrifatli millat bölib umrguzaronlik qilişi bugun siz bilan bizning aqlu şuurimizga, oriyatimiz va hamiyatimizning darajasiga boğliq. Axir, ajdodlar oldidagi burçimizni qöya turing, ertangi avlod oldida masʼuliyatimiz ham bor-ku? Bizga merosxör böladigan avlodlarning taqdiri bizning şu kunlardagi tadbirlarimizdan kelib çiqadi. Bozor iqtisodiyotini, kundalik taşvişlarni bahona qilib, asl muddaoni esdan çiqarmasak, pirovard marrani közdan qoçirmasak bölgani.

Savolingizning ikkinçi qismiga kelsak, bu savolga javob beriş uçun butun boşli kitob yozsa ham kamlik qiladi. Şuning uçun men faqat bir masalani tilga olmoqçiman.

Millat maʼrifatini kamol toptirişda adabiyotdan katta kuç yöq. Çunki odamlar olayotgan axborotning asosiy qismi kitob, gazeta-jurnal va hokazolar orqali keladi, ulardagi materiallar orasida adabiyot köp örin egallaydi. Xalq maʼnaviyati adabiyot nimani tarğib qilsa, şunga qarab şakllanadi.

Ammo adabiyot faqat eng yuksak badiiyat namunalaridangina iborat emas. Bunday deb biliş havoyilik bölur edi. Adabiy asar deb taqdim etilayotgan, odamlar öqib özlaştirayotgan jami adabiy mahsulot uçun masʼulmiz. Bu borada öylaganda qadim rivoyat yodimga keladi: Nuh kemasini siçqon teşib qöyadi, bunga darrov çora topilmasa, kemaga suv kirib, jami  maxluqot çökayozadi, naqlning davomi – ilon va qaldirğoç haqidagi mif…

 Töy raqqosalarini bilasiz, qoşini qoqib, işvali boqib yoningizga kelib turib oladi. Qiyqiriq. Tezroq pul çiqarmasangiz, tizzangizga ötirvolguday böladi, böyningizdan ikki qölini ötkazib quçadi, köksini boşingizga işqaydi – evoh, çöntakning eng qoronğu joylaridagi şildiroq aqçalar qanday qilib birin-ketin çiqib ketganini idrok ham qilolmay qolasiz, qarasangiz, bu payt boyagi gözal boşqa bir «boyvaçça»ning tegrasida xirom aylayotgan böladi.

Baʼzilar bunga ha endi, zamon şu ekan, deb kulib qöyaqoladi.

Ötkir yozuvçilarimiz bor – xohlasa, ikki oy içida ikki yuz betlik öta qiziqarli, öta şarmanda bir romanni yozib taşlaş qölidan keladi. Uni, masalan, ikki yuz ming nusxada çop eting: ikki haftada ur-yiqit bölib sotilib ketmasa, biz benavat.

Taniqli raqqosalarimiz bor – istasa, ğamzani boyagi orsiz «sanʼatkor qiz»lardan ön çandon orttirib, ming kişilik davradagi jamiki Odam öğillarining huşini boşidan uçira oladi. Biroq ular bunçalikka bormaydi; ayollarga xos hayo, özbekona andişa va avvalo insoniy nomus bunga yöl qöymaydi. Maʼnaviyatimiz peşvolari bölgan adiblarimiz ham aslo boyagidek şarmanda asar yozişday tubanlikka tuşmaydilar; bunga ularning hayotiy eʼtiqodi, ijodiy prinsipi yöl qöymaydi.

Ammo qariyb çorak asrça bölib qoldi: ilgari birovning quloğiga ham aytib bölmaydigan uyat gaplar kitoblarga bemalol yoziladigan, sariq-suruq gazeta-jurnallarning sahifalariga “husn” böladigan bölib qoldi. Men şahvatparast ayrim qalamkaşlarni hayo kemasini kemirayotgan siçqonga öxşataman. Hayosizlik – mahv etuvçi kuç, hayo yöqolgan joyda jamiyatning jamiyatligi, xalqning xalqligi qolmaydi. Biz Şarq elimiz, binobarin söz sanʼatimiz ham bizning heç kimnikidan kam bölmagan mentalitetimizni tarğib qilganidagina fayzli böladi. Adabiyot milliy hodisa, u millatimiz ruhiyatini kamol toptirişga intilmay turib baraka topmaydi.

Qadimdan adabiyot kimning “dotatsiya”sida bölsa öşaning ğoyalarini tarğib qilib kelgan. Ötiş davrining qiyinçiliklari sabab, ayrim qalamkaşlar baʼzan uyat va fahşni tasvirlab pul topişga urindilar ham. Ajabki, bunday asarlarda badiiyatning yöqligi ham bilinmay ketarkan. Aslida söz sanʼati pul topiş vositasi bölganida emas, balki pul baquvvat asarlar yaratişning moddiy asosi bölganida adabiyot rivojlanadi. Keyingi yillarda davlatimizning bu sohaga eʼtibori kuçayib boryapti. Şunday ekan, yozuvçilar homiyning saxovatli qöliga qarab qulluq qiladigan zamonlar orqada qolib ketsa ajab emas. Adabiyot ana öşanda rivojlanadi, kamol topadi, haqiqiy vazifasini bajarişga kirişadi.

– Zuhriddin aka, bizga ajratgan vaqtingiz va qimmatli fikrlaringiz uçun minnatdorçiligimizni aytib qöysak. Suhbatimiz nihoyasida öylab körsam, har ikkimiz ham öz fikrimizda qolgandekmiz. Albatta, bu “kelişmovçilik” şunçaki gap talaşiş yoki öz fikrini ötkaziş emas. Gap, tilga olganimiz –  şu uluğ zotlar haqidagi qaraşlarimizga biroz oydinlik kiritiş. Zero, hazrat Maşrabning özi lutf etadi: “Olimi xuddon bölma, olimi kasdon böl”. Yaʼni, u zot aytmoqdalarki, sen faqat özingni köruvçi, xudbin bölma, aksinça, yaxşi-yomonni, insonlarni taniydigan olim böl!

Olimi kasdon böliş yölida esa xato va kamçiliklar bölişi tabiiy. Zero, bu haqda hazrat Söfi Olloyor yozadilar:

 

Xatti taqdir ast berun az ğalat,

Az ğalat xoli naboşad heç xat.

 

Yaʼni, faqat taqdir xati xatodan xoli, boşqa har qanday xat xatodan xoli emasdir.

Darhaqiqat, özbek adabiyotida, maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizda öziga xos maqomga ega bu zotlar bilan har qança faxrlansak, har jumlada emas, bitta jumlada ikki marta “hazrat” desak ham mubolağa qilmaymiz.

 

Suhbatdoş: Alişer NAZAR

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 9-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)