Sanʼatning biror turini, jumladan, operani ham kuçli tayyorgarliksiz egallab bölmaydi. Opera kuylayotgan sanʼatkor ovozida ham, kayfiyati, hatto yuz ifodasida ham öşa davr ruhi aks etişi zarur. Rossini, Motsart, Gendel, Betxoven, Bax asarlarini kuylagan paytimizda ularning zamonasiga qaytişimiz kerak böladi. Xöş, bunga qanday erişiş mumkin? Albatta, ular haqidagi badiiy filmlarni tomoşa qiliş va kitoblarini öqiş orqali.
Men buyuk bastakorlar, opera ijroçilari hayoti va faoliyatiga daxldor kitoblarni öqişni yoqtiraman. Çunki bunday asarlar sanʼat tarixining salmoqli qismini qamrab oladi. Öz sohamizni mukammal egallaşni istar ekanmiz, avvalo uning tarixiga ahamiyat berişimiz zarur. Germaniyada bölgan paytim Motsartning Avstriyadagi uyiga bordim. Buyuk bastakordan qolgan buyumlarni hayrat bilan kuzatdim. Motsart haqida kitobdan öqiganlarimni u yaşagan uy manzaralari bilan soliştirib kördim, musiqa dahosining ölmas asarlari şu yerda dunyoga kelganini öylab, qalbim hayajonga töldi.
Kasb taqozosiga köra asosan operaga doir kitoblarni öqiyman. Ularni konservatoriya kutubxonasidan topa olmasam, internetdan izlayman. “Traviato”, “Don Juan” operasi yoki “Aida”, özbek operasidan Sulaymon Yudakovning “Maysaraning işi” asari… Şularning hammasi kitob, lekin özbek tilida, musiqasi bilan. Opera ijroçisi muntazam öqişi, yod olişi kerak. Yodlaşning öziga köp vaqt ketadi. Şu maʼnoda operaçiga mustahkam xotira zarur. Kitoblardan öqiganim bor, Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk şoirlar zamonida bolalarga minglab misra ğazallarni yod oldirişgan. Oqibatda bolaning xotirasi mustahkamlanib borgan.
Keçagidek esimda. Uyimizda bobomning pand-nasihatga oid, hayotiy voqealarga asoslangan kitoblari bölardi. Böş vaqtim böldi degunça, qoraqalpoq va özbek tilidagi kitoblarni, jahon adabiyoti namunalarini öqir edim. Şuningdek, ertaklar öqişni, xalq qöşiqlarini kuylaşni yoqtirar edim. Bular ham adabiyotning bir qismi, menimça. Sanʼatkor öqimişli, har taraflama bilimli, zukko odam bölişi kerak. Zero, adabiyot bilan sanʼat oğa-ini, balki egizakdir. “haqiqiy sanʼatkor şoirlar, adiblar bilan yaqin aloqada bölmoği lozim”, – degandi ustoz sanʼatkorlardan biri. Maşhur sanʼatkor Rasulqori Mamadaliyev bir sözning maʼnosini topiş uçun, közi ojiz bölsa-da, Qöqondan Farğonaga borganini eşitib, qattiq hayratga tuşganman. Mana, sanʼatkorning sözga munosabati, hurmati! Menimça, har bir sanʼatkor şunday fazilatga ega bölsa, foydadan xoli bölmaydi.
Nazira BOYMURODOVA tayyorladi.
Jenisbek Piyazov – 1988-yilda Nukus şahrida tuğilgan.
2007-yilda yoş opera ijroçililarining respublika körik-tanlovida ğolib bölgan va Özbekiston davlat konservatoriyasiga öqişga qabul qilingan. 2007-yilda “Nihol” Davlat mukofotiga sazovor bölgan.
2010-yilda “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan.
2012-yilda Moskva şahrida ötkazilgan Muslim Magomedov nomidagi xalqaro operaçilar tanlovida Gran-priga sazovor bölgan. Özbekistonda xizmat körsatgan artist.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


