5 daqiqada öqiladi

509 marta körilgan

Bolalikdan maʼlum har odam…

Bolalikdan maʼlum har odam...

Volfgang Amadey Motsart 1756-yilning 27 dekabrida Leopold va Anna Mariya Motsart oilasida tavallud topgan. Leopold va Annaning yetti farzandidan faqat ikkitasi – Nannerl ismli qizi va öğli Volfgang yaşab ketadi.

Volfgang tuğilarkan, onasi sal bölmasa hayot bilan vidolaşay deydi. Keyinçalik özini tiklab olişi uçun boyoqiş ayolga ança muddat kerak böladi. Çerkov qaydnomasida gödakning ismi Johannes Chrysostomus Wolfgangus Theophilus (Gottlieb) Mozart deb bitiladi. Bu uzun ism-şarifdagi dastlabki ikki söz – avliyo Ioann Zlatoustning nomi bölib, kundalik muomalada deyarli işlatilmaydi, törtinçi söz esa Motsart hayotlik çoğida lotinça Amadeus şakliga ötadi. Amadeo italyan tilida “Xudoning suyuklisi” degan maʼnoni bildiradi. Motsartning özi esa uni Volfgang deb çaqirişlarini maʼqul körardi.

Ikkala farzandning ham musiqiy qobiliyati juda erta niş körsatdi. Nannerl yetti yoşida otasidan klavesin çaliş böyiça dars ola boşladi. Bu saboqlar uç yoşli murğak Volfgangga nihoyatda kuçli taʼsir ötkazar, u musiqa asbobi oldiga ötirvolib, öziça ohanglar dunyosiga şönğir edi. Bundan taşqari, u musiqiy asarlarning baʼzi joylarini yodida saqlab qolar va keyin klavesinda ijro qilar edi. Bu hol uning otasini hayratga soladi, albatta. Tört yoşidan boşlab u klavesinda kiçik pyesa va minuetlarni maşq qila boşlaydi. Juda qisqa muddat içida Volfgang ularni töliq özlaştirib oladi. Tez orada u mustaqil ravişda ijod qilişga özida rağbat sezadi: beş yoşida Volfgang ilk kiçik maşqlarini yaratadi va otasi ularni oqqa köçiradi. Volfgangning ilk asarlari klavir uçun möljallangan Andante Do major va Allegro Do major bölib, ular 1761-yilning yanvar oyi oxiri va aprel oyida, yaʼni Volfgang beş yoşlik payti yaratilgani haqida Leopold Motsart yozib qöygan.

Volfgangning musiqiy qobiliyati hayratlanarli darajada edi: olti yoşida u klavesindan taşqari, mustaqil ravişda skripka çalişni örganib oladi.

Saroy sozandasi, Motsartlar oilasining dösti Andreas Şaxtnerning bir maktubidagi maʼlumotga qarab, Volfgangning ohanglarni ilğaş qobiliyati naqadar nozik, inja ekaniga amin bölamiz. Uning yozişiça, Motsart ön yoşigaça truba sozidan rosa qörqar, ayniqsa, boşqa sozlar iştirokisiz faqat trubaning özida çalingan ohanglar uni vahimaga solar ekan. Bu soz unga göyo töpponçani eslatardi, deydi u. “Otam, – deb yozadi Şaxtner, – uni bu qörquvdan xalos qilişni xohlar, şu bois Volfgangning istagiga qarşi ölaroq, uning yuziga qarab truba çalişimni buyurardi; E, Xudoyim! Yaxşisi, otamning aytganini qilmaganim maʼqul edi. Volfgang böğiq ovozni eşitar-eşitmas, rangi oqarib, yerga yotib olar, agarda çalişda davom etsam, tutqanoq tutganday holatga tuşardi”.

Volfgang öz otasini juda yaxşi körardi. Oqşomlari yotiş oldidan otasi uni kresloga turğazib qöyib, birgalikda Volfgang öylab topgan, sözlari heç qanday maʼno anglatmaydigan “Oragnia figa tafa” qöşiğini birgalikda kuylar edilar. Keyin öğil otasining burni uçidan öpib qöyar va qarigan çoğida uni oynali ğilofda saqlab, eʼzozlaşini aytar edi. Şundan söng u qoniqiş hosil qilganiça uxlaşga yotar edi. Otasi namunali murabbiy va ustoz edi – farzandlariga juda yaxşi taʼlim bergan edi, holbuki ular maktabga qatnamas edilar.

Har qanday maşhur, isteʼdodli şaxslar kabi Motsartning bolaligi, yoşligi haqida ham köp hikoyatlar tarqalgan. Ularni öqirkanmiz, Volfgang Motsartning öziga xos tabiati, isteʼdodi haqidagi tasavvurlarimiz kengayadi.

Masalan, men…

Motsartning favqulodda isteʼdodga ega bölganligi maʼlum. U tört yoşida klavişli çolğu asboblari uçun konsert – murakkab musiqa asari yozadi. Bunday asarni mahoratli va tajribali sanʼatkorlargina ijro etişi mumkin edi. Motsartning mehribon otasi hali yozib tugatilmagan notalarga qarab hayratga tuşadi:

– Axir, bu kuylaring juda murakkab-ku, uni heç kim çala olmaydi!

– Qiziqmisiz, dada, – eʼtiroz bildiradi Volfgang, – Uni hatto yoş bolalar ham çala oladi-ku. Masalan, men…

Muşuk ketib qoladi

Motsartning butun bolaligi turli tadbirlardagi çiqişlar va musiqa maşğulotlari bilan ötgan. Yoş isteʼdod sohibi Yevropaning turli burçaklarida taşkil etilgan konsertlarda oqsuyaklarni hayratga solib yuradi: otasi Motsartning közini römolça bilan yopib qöyar, u ana şu holatda ham kuy ijro etardi. Hatto çolğu asbobining klaviatura-tugmalarini ham römolça bilan yopib qöyişar, şunda ham bolakay öz işini uddalay olardi.

Konsertlarning birida sahnaga tösatdan muşuk çiqib keladi. Yoş Motsart kuy çalişni töxtatib, muşuk tomon yugurib ketadi. Hamma narsani unutib, muşuk bilan ovora böladi. Otasining asabiy baqiriğiga javoban esa şunday deydi:

– Çolğu asbobim heç qayoqqa ketmaydi, lekin muşuk ketib qolsa nima qilaman?!

Motsartça iltifot

Yoş Motsart imperator saroyida çiqiş qilgaç, malika Mariya-Antuanetta unga özining haşamatli saroyini körsatmoqçi böladi. Zallarning birida parket polda yurolmagan Motsart sirpanib yiqilib tuşadi. Malika uning turişiga yordamlaşadi.

– Menga iltifot körsatdingiz… – deydi yoş musiqaçi, – sizga uylanişimga ruxsat bering.

Mariya-Antuanetta bu haqda onasiga aytadi.

Qiroliça hali yoşgina musiqaçidan söraydi:

– Malika hazrati oliyalariga nima sababdan uylanmoqçisan?

– Minnatdorçilik yuzasidan, – javob beradi Motsart.

Ğaroyib suhbat

Yetti yoşli Motsart Frankfurt-na-Mayneda konsert beradi. Tomoşa tugagaç, uning oldiga ön tört yoşli bir bola keladi:

– Juda ajoyib çalar ekansan, menga heç qaçon bunaqasini örgatişmagan.

– Nahotki! – ajablananadi yoş Volfgang, – buning heç qanaqa qiyin joyi yöq. Nota yozib körganmisan?… Kallangga keladigan kuylarni qoğozga tuşirganmisan?…

– Bilmadim… Mening kallamga faqat şeʼr keladi, xolos.

– Yöğ-ye! – battar hayratlanadi Motsart. – Şeʼr yoziş juda qiyin deyişadi, şu töğrimi?

– Bekor gap, juda oson-ku. Bir urinib körgin…

Motsartning suhbatdoşi yoş Gyote edi.

Akademikning istagi

Volfgang yetti yoşida birinçi simfoniyasini, ön ikki yoşida esa birinçi operasi “Bastyen va Bastyena”ni yozadi. Bolon akademiyasida yigirma olti yoşga tölmagan kişi akademiklikka qabul qilinmas edi. Lekin Motsartday favqulodda iqtidor egasi uçun istisnoga yöl qöyiladi. U ön tört yoşida Bolon akademiyasi akademigi bölib saylanadi.

Otasi uni qutlagan payt deydi:

– Dada, mana akademik ham böldim, endi yarim soat öynab kelişimga ruxsat berasizmi?

Hikoyatlarni Orifjon Madvaliyev tayyorladi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)