374 marta körilgan

Şoir va şoh Bobur qalbining beş alomati

Şoir va şoh Bobur qalbining beş alomati

Lirik dostondan parça

Daho ijodkorlarning faqat tengsiz asarlarigina emas, hayajonli voqea-hodisalarga boy hayot yöli ham avlodlar uçun ilhom manbai, ibrat maktabi bölib xizmat qiladi. Xalqimizning ikki uluğ farzandi – Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti ham fikrimizga dalildir. Mana, neça asrdirki qalam ahli bu ikki buyuk şaxsiyatdan taʼsirlanib, ularga nisbatan samimiy mehr, ixlos tuyib kelmoqda. Navoiy va Boburga bağişlab yozilgan asarlarning köpligi ham şundandir. Jumladan, Özbekiston xalq şoiri Tölan Nizomning “Şoir va şoh Bobur qalbining beş alomati” deb nomlangan yangi lirik dostonida uluğ ajdodimizning insoniy fazilatlari tarannum etilgan. Quyida lirik dostonda yoritilgan “beş alomat”dan birini – Boburning Navoiyga ehtiromi aks etgan parçani eʼtiboringizga havola etyapmiz.

Kobuldan Hirotgaça

Bobur Mirzo çiqdi yölga,
Kobuldan to şahri Hirot.
Oliy niyat tugib dilga,
Minib oldi uçağon ot.

Hamroh böldi çin dösti-yor,
Oldinda toğ, çeksiz dovon –
Muzlab yotur, ayni bahor,
Qora sovuq açitar jon.

Qor uyumi yetar kökka,
Biror iz yöq yölovçiga.
Otlar kirib borar tikka  
Qoya osti, ğor içiga.

Parda tutar qaro keça
Çöqqilarning böy-bastiga.
Oy dildirab, yulduz uça
Tuşib ketur toğ pastiga.

Bir yarim oy ötdi şundoq,
Oxirlandi yöl tanobi.
Qay bir sayyoh demiş bir çoq:
“Yöl azobi – gör azobi”.

Bobur Mirzo otdan tuşib,
Şahar tomon bosdi qadam.
Közi yondi, dili jöşib,
Peşvoz çiqdi qança odam.

Qarşi oldi şahzodalar –
Muzaffar, Badiuzzamon.
Yoş bolalar ham onalar,
Xalq yoğilur unga tomon.

Şayxulislom quçoq oçib,
Yoş Boburni çandon suydi.
Bobur elga tanga soçib,
Musalloga qadam qöydi.

Mozoratga kirib asta,
Navoiyning qabr xokin
Közlariga surta-surta
Bölib qoldi oğir, sokin…

Söng Husayn Boyqaro şoh
Tuproğini qildi tavof.
Qurʼon öqir, ajab, e voh,
Tili ravon, yuzi oftob.

Badiuzzamon:
Bobur Mirzo, mana saroy,
Haşamatli mehmonxona.
Biznikiga siz, hoynahoy,
Bir kirarsiz, siz begona  

Emassiz-ku bizga, axir,
Otam sizni sevar edi.
Sizga hurmat, sizga mehr,
Jigarbandlik qiling, derdi.

Bobur Mirzo:
Minnatdormen, hazor rahmat,
Köp iltifot darkor emas.

Muzaffar Mirzo:
Dargohimga bölsa navbat,
Rozilikni bersangiz, bas?
“Bazmi Jamşid” qilamiz, ha,
Sizning poyi qadam uçun?

Bobur Mirzo:
Mengga yoqmas köp qahqaha,
Şundamen-ku, axir, bir kun…

Aka-uka şahzodalar,
Ahvol qalay, ulus holi?
Yov bölmasin begonalar?
Sizga boqsin baxtu tole.

Hokimiyat ikki qölda,
Bir davlatda ikkita şoh,
Ğanimlar köp öngu sölda,
Körsatmasin, endi Alloh…

Birlik qani, udum qani,
Temur bobom ruhi sarsar.
Bir muammo qiynar meni:
“Bölinganni böri yeyar…”

Endi menga körsatingiz
Alişerbek uy-joyini?
Şudir menga himmatingiz…
Bor umrimning bir oyini

Unda yaşab, ötkazsam men…
Sörovim şul, iltijom ham.
Soğinçim zör, yetkazsam men
Uluğ zotga uni har dam.

Bobur Navoiy yaşagan uyda

Boburşoh Navoiy yaşagan uyda,
Beş doston – “Xamsa”ni naqşlagan uyda.
Asl javohirot – “Çor devon”ini
Turkiy el poyiga taşlagan uyda

Bir oy tunab qoldi, keçayu kunduz
Hazrat ruhi bilan sözlaşdi tanho:
– Piyrim, oxir keldim, qani… qaydasiz?..
Bu kun kulbangizga yöl berdi Xudo.

Sado yöq. Nido yöq. Jim-jit xonalar,
Söngsiz öy-xayollar bunda hukmron.
Porlagan şamlarga oq parvonalar
Dafʼatan urilar ayamasdan jon…

Zarrin javonlarda yuz oftob misol:
“Mantiq ut-tayr”ning ustasi Attor,
Abdurahmon Jomiy, Lutfiy oqsoqol,
Nizomiy, Dehlaviy bitiklari bor.

Yonma-yon tokçada Qurʼoni Karim,
Payğambar hadisi, tarixdan töplam.
Devorlarda Moniy, Behzodi rasm,
Xontaxtada silliq qoğoz, zar qalam…

“Oltin qafas içra” ikkita qumri,
Ayvon peştoqida ikki qaldirğoç
Baland pardalarda emas sururi,
Yaşar egasidan ayro noiloj…

Hö, ana körinib turibdi közga
Gulçinsiz gulzorlar, bulbulsiz çorboğ.
Favvora tillari kelmaydi sözga,
Şöx oqar ariqça çalmas qönğiroq.

Bu joyda qorovul tongdan şomgaça
 Olam ötxonasi Şams – gulçiroy.
Yulduzlarni soçib yerdan tomgaça,
Tun böyi qöriqlab, yurib çiqar Oy.

Sukunat… Sukunat… oğir sukunat…
Beboş yellar hamki töxtadi bir dam.
Huşyor tortdi zamin, kök – yetti qavat,
Taşqida sezildi yengil bir qadam.

Eşik lang oçildi. Farhod va Şirin,
Layli-Majnun ila böldilar paydo.
Quşlar tölib ketdi surib bir-birin,
Navoiy körindi tutgança aso.

– Xuş keldingiz, öğlim, şoiri aʼzam,
Otaşin qalbingiz beğubor, toza.
Şoirlik va şohlik sizda mujassam,
Buyuk Sohibqiron bölsin andoza.

Söng Bobur tilidan quş yangliğ uçdi,
Yurakda tuğilgan bitta ruboiy.
Şoirning ovozi borliqni quçdi,
Uni tinglar edi uluğ Navoiy:

“Hajringda ne qon qoldiki, yutmaydurmen?!
Köz yoşini bir lahza qurutmaydurmen.
Diydoringning haqqini, ey yuzi quyoş,
Tengri haqi, bir zarra unutmaydurmen”.

Söng şeʼriy dur-gavhar xazinaboni
Navoiy sözini solib xotirga,
Dedi: U siğdirgan yeru osmonni –
Butun bir olamni törtta satrga:

“To hirsu havas xirmani barbod ölmas,
To nafsu havo qasri baraftod ölmas.
To zulmu sitam joniğa bedod ölmas,
El şod ölmas, mamlakat obod ölmas”.

Bobur özin tutdi. Hayrat çoğida
Kiprikka ilindi közida yoşi.
Boburni körgali öz yotoğiga
Kirib kelgan edi Şarqning quyoşi!..

Tölan Nizom,
Özbekiston xalq şoiri.

1938-yili  tuğilgan.
Andijon davlat pedagogika institutining özbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.
“Sening ertaklaring”, “Iftixor”, “Quyoşga yöl”, “Çölpon”, “Non hidi”, “Ruhlar qasidasi”, “Alişer Navoiy”, “Dovon”, “Avvalu oxir”, “Pölat belboğ” kabi kitoblari naşr etilgan.
 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.