2 daqiqada öqiladi

215 marta körilgan

Köp degan köp yangilur

Köp degan köp yangilur

Alişer Navoiy hikmatlaridan

* * *

Barça lazzatni totdim, ofiyatdin çuçukrak şarbat topmadim.

* * *

Agar oting yöqtur, arpa ğamin yemassan.

* * *

Bilki, gadodur tama etgan kişi.

* * *

Mazlumğa baxşoyiş körguzki, zolimdan osoyiş körgaysen.

* * *

Odamiyning yaxşiroği uldurkim, porsovu pok bölğay va haq sözni ayturda bevahmu bok bölğay.

* * *

Vafosizda hayo yöq, hayosizda vafo yöq.

* * *

Ğiybat deguçi – najosat yeguçi.

* * *

Molliğ nodonning demagi, oltunluq çibinning yemagi maʼlum.

* * *

Özi poku közi pokni inson desa bölur.

* * *

Oqil çindin özga demas, ammo barça çinni ham demak oqil işi emas.

* * *

Yolğon aytquçi ğaflatdadur.

* * *

Kişi taʼlimdan topsa malolat, topar ilm ahli ollinda xijolat.

* * *

Kulgu adab tarkiga belgu durur.

* * *

Köp degan köp yangilur.

* * *

Oz demak hikmatqa bois va oz yemak sihhatqa bois.

* * *

Yolğonçi har neça sözida fasihroq, sözi qabihroq.

* * *

Oz demak hikmatqa bois va oz yemak sihhatqa bois.

* * *

Yomonlarğa lutfu karam – yaxşilarğa mujibi zararu alam.

* * *

Ulki buyurub, özi qilmağay – heç kimga foyda va asar aning sözi qilmağay.

* * *

Kulagaç yuzlug xuşaxloq nifoq kuduratidin bölğay yiroq.

* * *

Kimki, qanoatdan erur hujjati, yaxşi-yomonga yöq aning hojati.

* * *

Ulki, el körmagunça bermas, laimdur, saxiy ermas.

* * *

Xöb yirtuq tön bila ham xöb, gul yamoğliq çoponi bila mahbub.

* * *

Sabr bila köp boğliğ iş oçilur, işda oşiqqan köp toyilur, köp toyilğan köp yiqilur.

* * *

Ulki, sözni bir yerdin yana bir yerga yetkurgay, elning ötkan gunohin öz böyniğa indurgay.

* * *

Tabiatka har neki odat bölur, çu eskirdi odat – tabiat bölur.

* * *

Telba quloğiğa pand – quyun oyoğiğa band.

* * *

Közni öz aybingdan olma va özgalar aybiğa köz solma.

* * *

Er kişikim, köp yasanğay, xirad ahli aning aqlidin ösanğay.

* * *

Kişi öz madhin desa, çin doği bölsa nopisanddur.

* * *

Sözi hisobsiz – özi hisobsiz.

Orif Tolib töpladi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)