2 daqiqada öqiladi

375 marta körilgan

Ana şunaqa

Ana şunaqa

“Buni biz ham qila olamiz!”

Yangi qitʼa kaşfiyotçisi Xristofor Kolumbga hasad qiladiganlar köp edi. Hasad bor joyda albatta ğiybat böladi. Dengizçi bir gal qovoqxonaga kirsa, bir töda alamzadalar yana Kolumbning tomorqasiga toş otişayotgan ekan:

– Dengizdan suzib ötib, quruqlikka boriş nima degan gap? Buni biz ham qila olamiz!

Xristofor ular ötirgan stol yaqiniga boradi va qovoqxona egasidan bir dona pişmagan tuxum sörab oladi.

– Janoblar, sizlar uddaburon va donosizlar. Bunga şubha yöq. Qani, mana şu tuxumni tik turğazib beringlar-çi!

Ğiybatçilar guruhi har qança urinmasin, bu işni uddalay olmaydi.

– Böpti, özing qil-çi! – deyişadi nihoyat.

Kolumb tuxumni oladi-da, “tirs” etkazib stolga uradi. Tuxumning uç qismi biroz paçoq böladi va u tik turib qoladi. Favqulodda holatni kutayotgan ğiybatçilar birdaniga guvrab yuboradi:

– E-e, şuyam işmi? Buni biz ham qila olamiz!

– Töğri, – deb javob beradi maşhur dengizçi. – Faqat Kolumbdan keyin.

Ot işqibozi

Juda köp yozuvçilar xayolni çalğitiş, fikrini tindirib oliş uçun turli yumuşlar bilan şuğullanadi. Adabiyot yönalişida Nobel mukofoti sovrindori Uilyam Folkner bolaligidan otlarga mehr qöygan edi. Otasining ijara otxonasi va otlari bölib, bölajak yozuvçi köp vaqtini şu yerda ötkazardi. Ön bir yoşga tölganida unga çavkar toy sovğa qilişadi. Asov ot Folknerni opqoçib ketadi va yozuvçi möjiza sabab bir ölimdan qoladi. Lekin bu hol yozuvçining otlarga bölgan mehrini susaytirmaydi. U umrining oxirigaça: “Agar avtomobillar otlarning örnini egallamaganda, yilqiçilik bilan şuğullanardim”, degan gapni bot-bot aytib ötadi.

Yozuvçi oltmiş yoşlarida ot sporti ustasi bilan tanişib qoladi. Yoşiga ham qaramay çavandozlik bilan şuğullanib körmoqçi böladi. Tösiqlardan sakrab ötişda boşqa çopağonlar kabi oyoqlarini ot biqiniga tirab oliş örniga keng oçgan Folkner egardan uçib ketadi. Natijada şuningsiz ham oğriydigan umurtqasidagi dard ortadi. Biroq yozuvçi umrining oxirigaça “ot muhabbati”dan voz keçmaydi. Qayta-qayta otdan yiqilsa-da, yana egarga çiqaveradi.

Hayotning eng qiyin davri

Hayotning eng qiyin pallasi qaysi, degan savolga har kim turliça javob berişi mumkin. Jumladan, adiblar ham. Masalan, atoqli turkman şoiri Maxtumquli bir örinda: “Dard yomoni qarilikdir, yoronlar”, deya umrning oxirgi bosqiçi zahmatlarga tölaligini aytadi. Maşhur olmon yozuvçisi Erix Mariya Remark esa boşqaça fikrda: “Aytişlariça, umrning dastlabki yetmiş yilini yaşab oliş qiyin. Undan u yoği silliqqina ketadi”.

Orif Tolib

tayyorladi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)