13 daqiqada öqiladi

531 marta körilgan

Erkak

Normurod Norqobilov

(Hikoya)

Bolalar dunyosi kamina uçun oçilmagan qöriqqa öxşaydi. Zero, har bir bolaning özi bir dunyodir. Ammo bu dunyo şunçalar nozikki, unga heç qaçon töğridan-töğri kirib bölmaydi. Buning uçun bola bölib, uşbu dunyoda yaşamoq zarur. Biz kattalar yoruğ olamga aynan bola nigohi va şuuri, quvnoqligi va beğuborligi ila boqmoğimiz lozim. Qiziq jihati, davr va zamon neçoğlik tuslanmasin, bolalar dunyosi hamişa özligiça qolaveradi. Demoqçimanki, biz kattalar bu dunyo oldida ğoyatda masʼulmiz, yaʼni bolalardagi barça yuksak fazilatlarning rivoj topmoğida kattalarning örni ğoyatda muhimdir. Ziğirdek ehtiyotsizlik yoxud loqaydlik bola qalbida öçmas, öçirib bölmas darajada noxuş iz qoldirganidek, öz navbati, bizdagi bağrikenglik, sabr, eʼtibor va mehr ular kamolida yetakçi rol öynaydi. Şarq donişmandlaridan biri aytganidek, biz kattalar özimizga nisbatan eʼtiborsiz bölmoğimiz mumkindir, ammo zinhor-bazinhor bolalarga nisbatan emas.

Men “Yoşlik” jurnalida eʼlon qilinayotgan bu ikki hikoyada turli davr bolalarini tasvirlaganman. Ammo har ikkisida ham bolaning taʼsirçan qalbi, beğubor tabiati va qaraşlarini ifodalaşga urindim. Hikoyalarni öqib, baholaş esa Sizga havola, aziz öquvçi. 

 Muallif

– Uf-f, bu sağirlarniyam taşvişi toza jonga tegdi-da, lekin!..

Bu sovuqdan-sovuq iddaoli sas ammasi darvozasidan çiqib ulgurmay, bolakayning ortidan quvib yetdi va jimitdek yuragini tilkalab, közlarini yoşlatdi. Bir xayoli, bu gapni aytmoqdan andişa qilmagan katta öğli – Nortoji tanbalning oğziga uriş örniga sukutni afzal bilgan ammasiga aççiq qilib, yer tepinib, ovozi boriça yiğlagisi keldi. Afsuski, unga yiğlaş mumkin emas, nega deganda, hafta burun olis ovuldan kelib-ketgan Suyun toğasining jiddiy ögitiga köra, endi u bola emas, oilaning yagona boş erkagi emiş, erkakka, ayniqsa, boş erkakka köz yoşi qiliş sira mumkin emas emiş! Agar qiz boladay salga közining siydigini oqizaversa, onasi, ayniqsa, ikki singlisi, misli jalada qolgan palaponlardek, özlarini ojiz va panohsiz his etişarmiş!

Bolakay şularni öylab, bir amallab özini yiğidan tiydi. Söng öziça fikr qildi. Hozir alami oşib-toshib, közlarini qizartirib uyiga borgani bilan kim ham uning ozorli köngliga taskin bera olardi? Onasi dalada, singillari esa guzardagi bolalar boğçasida, keng hovlida, tovuqlarni hisobga olmaganda, eşagi va olapar itidan bölak jon yöq. Töğri, iti öta ziyrak – bolakayning tuşkun kayfiyatini zumda sezadi. Ayniqsa, otasini qömsab hiqqilay boşlagan kezlari boyoqişning közlari namlanib-namlanib, içki ingraşga öxşaş ğalati bir ovozda ğingşib-ğingşib, asta kelib qöllarini yalaydi, nega yiğlaysan, axir bu yoqda men borman-ku, deganday tizzalariga suykaladi. Ammo qöradagi eşagi itining ğirt aksi – xuddi ammasining öğillaridek behis, beparvo, unga qolsa osmon uzilib yerga tuşmaydimi, muhimi, oldidagi toşoxurdan yemişi uzilmasa bas – boş kötarmay, kurtillatib çaynagani çaynagan. Şunga qaramay, u eşagini yaxşi köradi, boisi, jahllangan paytlarida şörlikka ne zulm ötkazsa-da, ğiq etmaydi-da.

U ğamnok kayfiyatda hovlisiga kirib borarkan, oldiga yugurib çiqqan öyinqaroq itiga qiya ham boqmay, birinçi galda söldagi ombortom eşigi yonida turgan buğdoy töla olaqopga alamnok köz taşladi. Sababi, keçagidek, bugungi köngil xiraliklarning asosiy sababçisi şu edi-da, yaʼni onasi tomonidan ğalvirdan ötkazilib, tozalab qöyilgan qopdagi donni tegirmonga olib boriş masalasi keçadan buyon ammasi öğillari örtasida sansalor bölib kelmoqda. Bu kamdek, uylarida bir çaksa un yöq. Keça oqşom non yopgan onasi bir xamirlik unni qöşnidan olgan. Şu bois bugun ertalab alohida tayinlab ketgan, tegirmonga borişni akalaring­­ga eslatiş yodingdan çiqmasin-a, ulim, deb. Bu gapni avvalgidek, feʼliga xos, dadillik bilan emas, xuddi ilojsiz qolgan odamday, közlari ğiltillab-ğiltillab aytgan. Ayni tobda köziga misli baloday körinayotgan bu laʼnati qop bugun ham örnidan jilmasa, oqşom onasining köngli vayron bölmoği tayin. Bolakayning bor taşvişi şundan edi. Toğasi aytmişli, oilaning boş erkagi böla turib, onasini ğam ummoniga çömdirmoq yoxud alam ötida qovurmoq juda uyat-da, axir! Biroq oilaning boş erkagi böliş oson emas, ğoyatda muşkul ekan!

Bolakay buni endi bilayapti.

Bolakay buni endi sezayapti.

Bolakay özining kiçikligidan öksindi.

Bolakay ammasining öğillaridan avvalroq dunyoga kelmaganidan ökindi.

Biroq uning bor kuçi xayol surmoqqa yetdi: qani endi, otasidek kuçli va öktam bölsa-yu, mehmonxona devoriga osiğli turgan anovu qamçilardan birini qöliga olib, şu zahotiyoq ammasining uyiga urib borsa, işdan köra vaysaşni xuş köradigan anovu tanbaltabiat Nortoji xomsemizning avval öng yağriniga, söng söl yağriniga qarsillatib-qarsillatib qamçi tuşirsa, qoçmoqqa uringan inisi Qulman mahmadanani kunjakka tiqib, hovlidagi jöjalariga kun bermaydigan yovvoyi muşukni tutib biğillatganiday rosa biğillatsa! Salim kenjani esa dunyoga kelganiga ming bor pöşaymon yedirsa! O-o, zap zör iş bölardi-da lekin!

Bu böronli xayoldan bolakay maza qildi.

Bu töfonli öydan bolakay huzur qildi.

Bu girdobli tasavvurdan böyi tört qariç ösganday böldi.

Nortoji tanbalning, tavba qildim, deya yalinişlarini köz oldiga keltirib, beixtiyor va baxtiyor jilmaydi. Esida, bir gal otasi qamçi ostiga olganida, u boşini qöllari bilan tösgança, xuddi şu yösinda yolvorgandi. Yana şu narsa yodidaki, otasining bu qiliği öşa kuni tasodifan kelib qolgan Suyun toğasiga unçalik yoqmagan: “Qamçining kuçi bilan yöq mehrni yöndirib, oqibat minorasini tiklab bölarkanmi, kuyov! – degan boşini saraklatib. – Agar botinida bölmasa, bu urinişlardan naf yöq, qaytamga yomon köringaningiz qoladi!..” Öşanda bolakay “botin” sözi neligini anglayolmay, uning maʼnosi bilan qiziqsinganida, toğasi öng kaftini söl köksiga qöyib, “yurak” deganday bölgandi.

Biroq ayni tobda bolakay “yurak” emas, qamçi tarafdori edi.

Ana, u quruq xayol bilan çeklanib qolmay, amaliy işga ötdi – don töla qopni Nortoji tanbal örnida tasavvur etib, qöliga ilingan xiviç bilan uni ayamay savalaşga tuşdi. Biror muddatdan söng hovuri bosilib, huşi joyiga kelgaç, maʼyus tortib, jilmaydi: yöq, qarindoşi özini savalatib qöymaydi, otang urgani kammidi, deya özining taʼzirini berib qöyadi! 

Otasining qattiqqölligi ölgudek jigarçilligi bois edi. U hamişa xeşlari boşini qovuştirib, barçani öz yöriğiga böysundirib kelardi. Ayniqsa, uç bola bilan erta tul qolgan yolğiz opasini özgaça ardoqlardi, unga böron tugul, yengilgina yelvizakni ham ravo körmasdi va şu sababdan ham gap uqmas jiyanlari uning qaynoq qahriga tez-tez duç kelib turişardi. Ammo otasi qazo qildi-yu, Suyun toğasi aytmiş­li, u bunyod etgan “oqibat minorasi” sekin-asta nuraşni boşladi. Bu borada bolakayning ilk fahmlab yetgani şu böldiki, sönggi damlarda şusiz ham xiyla kamnamo bölib qolgan xeşlarida öziga nisbatan burungi iliqlik va xuşhollik yöq, borsa, oşkora hadik bilan qarşilaşadi: “U-uf, yana qanday taşvişni boşlab keldi-ya bu bola?!” Buni sezgan bolakay iloji boriça ammasining uyiga bormaslikka urinadi. Öziga qolsa-ku, bugun ham qadam bosmasdi-yu, lekin tegirmon degan balo uning bolalarça ğururidan ustun kelgandi. U qiya oçiq darvozadan içkarilab, xeşlari nonuşta qilib ötirgan hovli töridagi söriga yaqinlaşar ekan, öğillariga gapi ötmaydigan şörlik ammasi közlari javdirab-javdirab, ularga yuzlanib-yuzlanib dedi:

– Bola beçorani buytiblar mahtal qilmay, biroving qözğal endi!

– Bugun mening umuman vaqtim yöq! – dedi bunga javoban Nortoji tanbal keskin ohangda. – Agar vaqti bölsa, ana, Qulmaningiz borsin.

– Bugun men rayon enişim kerak, – dedi Qulman degani, oğzidagi luqmasini çala-çulpa yutib, piyoladagi çoyni xörillatib içarkan. – Ha, aytgança, hademay Salim kep qoladi-yu…

Oxiri şu töxtamga kelişdi – keça şomda qöşni qişloqqa töylab ketgan Salimni kutadigan va u qora berişi bilan, quloğidan burab bölsa-da, tegirmonga zinğillatadigan bölişdi. Vaholanki, keçayam şunga  yaqin gap bölgandi. Ammo erta peşindanoq muyulişdagi dökon peşayvonida qarta çiylab ötirgan bekorçilar qavatidan örin olgan Salim issiq örnini sovitgisi kelmadi, boşda, mana hozir-ana hozir, deb turgan odam birdan aynib, bugun emas, ertan, deya gapni qisqa qildi-da, bolakayni haydab soldi. Yöq, Salim akasi ölgudek tuturiqsiz, bu turişida bugun ham biror bahona topmay qöymaydi. Aslida, şu feʼli tufayli ham doimo otasining ğazabiga duçor bölib yurardi. Keça buning alamini boladan olganday, uşbu gapni aytmoqdan ziğirça andişa qilmagan: “Ih-hi, otang ölib, endi kunlaring menga qoldimi!” Biroq buni kimga va nima deb aytadi? Bolakay şularni xayolidan ötkazarkan, ammasi uzatgan şirinlikka qiyo boqmay, sekin iziga qayrilgan va darvozaga yetib-yetmay uşbu xitob izidan quvib yetgan: “Uf-f, bu sağirlarniyam taşvişi toza jonga tegdi-da, lekin!..”

Bu sovuq xitobning alamini qopdan olgan bolakay qölidagi xiviçni çetga uloqtirib, hovli yuzida besamar kezina boşladi. U oqşom onasining sassiz ezilişini öylab, qattiq be­zovtalanmoqda edi. Qani endi, toğasining ovuli yaqin bölsa-yu, yugurib borsa yoxud öz tengi bolalarga sira mumkin bölmagan bu işga dadil qöl urib, qopni tegirmonga özi olib borib, unni özi tortib kelsa. Şunda u qöşni qişloq etagidagi tegirmonni köz oldiga keltirib, birdan sergak tortdi. Şoşma, axir otasiga ergaşib, bir emas, ikki bor tegirmonga borgandi-ku. Manovi dardisar qopni bir amallab tegirmonga yetkazsa, qolgan işni tegirmonçi çolning özi eplab-seplab bermasmikan? Töğri, dastlab, nima, uyingda sendan kattaroği yöqmidi, deya koyib berişi tayin. Ötgan safar hali ösmir yoşiga yetmagan bir bolani şunday deya yanganiga özi guvoh bölgan. Agar u koyinar bölsa, uyda erkaklardan eng kattasi özimman, deya rostini aytadi-qöyadi va gap orasida hov birda otasiga ergaşib kelgani hamda tegirmon biqinidagi eski sörida jamlanişib, birga-birga çoy içişganini astagina qistirib ötadi. Bu gapdan keyin, tegirmonçi yaxşi odam, qayişsa kerak.

Bolakay şularni xayolidan keçirar ekan, töyqusdan özini har işga qodirdek his eta boşladi. Hatto zumda böyi ösib, ovozi yöğon tortgandek tuyuldi. U bir qarorga kelişi bilan eşagi tomon, bolalarça pildirab emas, xuddi otasidek salmoqlanib-salmoqlanib odimladi va bu yurişi öziga juda yoqib tuşdi.

Qöra devori ustidagi töqimni qöliga olayotib, böşab qolgan otxona tarafga birrov nazar taşlab qöyarkan, otasi ölimidan keyin, bu endi silarga yuk bölişdan boşqasiga yaramaydi, deya töriqni sottirib yuborgan toğasini içida yanib-yanib qöydi. Negaki, özidek bir yigitga eşakdan köra ot yaxşi-da, ustida odamday kerilib ötirasan kişi! Lekin otasi tegirmonga otda emas, eşakda borişi yodiga tuşgaç, şu ondayoq otni unutdi.

Eşagini yaxşilab töqimladi.

Keyin kömakka odam çaqiriş umidida öşa salmoqli odimlar bilan köçaga yönaldi. Baxtiga, ariq böyidagi keksa tol tagida ikki qöşni yigit suhbatlaşib turgan ekan, qadam olişini zarraça özgartirmagan köyi, bir-bir bosib, yigitlarga yaqinlaşdi va ilgargidek şunçaki salom berib qöya qolmay, har biri bilan qöl berib-qöl berib körişdi, söng ularni yanada hayratga solib, kattalarga xos sokin bir alfozda hol-ahvol söraşgan böldi. Keyin esa tomoq qirib-tomoq qirib, niyatini bayon etdi:

– Akalar, agar sizlarga malol kelmasa, şu… hovlida ozgina yuk borday edi. Şuni eşakka taşlab berolmaysizlarmi? Iltimos!

Yigitlar uning ortidan ergaşar ekan, biri ikkinçisiga sekin dedi:

– Sobir çavandoz tirilib keptimi?

– Şunga öxşaydi, – dedi ikkinçisi kulib.       

Yigitlar qopni eşakka yuklaşarkan, biri ajabsinib söradi. 

– Xöş, yöl bölsin, Doniyorboy?

– Tegirmonga, – dedi bolakay andak viqorlanib.

– Yöq, bu işga sen hali yoşlik qilasan.

Bolakay qarasaki, iş çatoq, yigitlar bu işiga royiş beradigan emas, şunda u darrov yolğonlaşga tuşdi.

– Yöq, tegirmonga men emas, Salim akam boradi. U kişi töydan qaytgunça men bu zormandani ammamning uyiga oborib taşlaşim kerak…

– Özi kelsa, oyoği sinib qolmasdi! – deya tönğilladi ikkinçisi, bolakayni qöltiğidan tutib qopning ustiga ötirğizib qöyar ekan. – Yaramas, tullak!

Biroq köçaga çiqişgaç, ammasining uyi bu tomonda qolib, u butunlay teskari tarafga yöl tortganini körgan yigitlar dastlab hayron bölişdi, söng voqeani fahmlab, biri olğa intilgandi, boşqasi uni töxtatdi.

– Qöyaver, qaytamga pişiydi.

Bolakay qir yoqalab ketgan tuproq yölga tuşib olgaç, yengil nafas oldi. U muşkul muammo tez va osongina hal bölganidan, yaʼni ikki kundan buyon ombortom eşigida könglini xira, dilini vayron qilib turgan olaqop nihoyat örnidan jilganidan özida yöq xursand edi.

Bu yoği esa bir gap bölar!

Biroq sal ötmay bolakay tağin notinçlana boşladi. U olisda qorayib turgan tegirmonli qöşni qişloqqa hadiklanib-hadiklanib boqarkan, çöntagida bir mirri yöq, tegirmonçi urişib-urişib, izimga qaytarib yuborsa-ya, degan xayolga bordi. Boya şuni öylamagani endi kor qila boşladi. Şunda tegirmon haqiga otasidan pul emas, bir çelakça un olingani elas-elas esiga tuşib, yana quşday yengil tortdi va qölidagi xalaçöp bilan eşagi sağrisiga sekingina urib qöydi.         

Qişloq etagida, şarqiroq soy böyidagi quyuq daraxtzor orasida joylaşgan çoqqina tegirmonga yetib borganda, içkaridan çiqib kelgan tegirmonçi Şoyim çol qop ustida muştdekkina bölib ötirgan bolakayni körib anqayib qoldi. Keyin eşik tomonga yarim ögirilib, manovini qara-manovini qara, deya içkaridan kimnidir yoniga çorladi. Köp ötmay uning yonida möylovi şopday, özi devday bir erkak paydo böldi. Bu orada Şoyim çol, balki izidan odam kelayotgandir, degan öyda öng kaftini qoşi ustiga qöyib, yölga köz soldi. Biror qorani ilğamagaç esa, kuyinçaklik bilan söradi:

– Qaysi uying kuygir bitta özingni yubordi, a?

– Heç kim, özim keldim, – dedi uning ovozida mehr sezgan bolakay, dadil tortib.

– Kimning ulisan?

– Sobir çavandozning uliman, – deya boşi bilan ortda qolgan  qişloğiga işora qildi bolakay.

– I-i, rahmatli Sobirning ulimisan? – Şoyim çol unga bir zum açiniş-la tikilib turdi-da, söng birdan diydiyo qilişga tuşdi: – Ha, yetimning körgan kuni qursin-a! Enang şörlikning kuni endi sen yetimçaga qoldimi, a?!

“Yetim” sözi bolakayga juda oğir botdi.

– Men yetimça emasman! – dedi qoşlarini norozi çimirib.

– Emasam, kimsan? – dedi çol dardnok xörsinib.

– Men erkakman! – dedi bolakay çarslanib. – Oilaning boş erkagiman! 

– Nima-nima?! – dedi hayratdan şopmöylovning közlari katta-katta oçilib. – Şu gaping­­ni yana bir qaytar, jiyan!

– Men erkakman! – dedi bolakay bu safar qaysarlanib.

– Ha, tilingdan, tilginangdan seni! – şopmöylov yayrab kuldi-kuldi-da, söng Şoyim çol tomonga ilkis yuz ögirib, qatʼiy va jöşqin bir ohangda dedi: – Şu gapi uçun ham tegirmon navbati buniki! Ha-ha, men öz navbatimni şu bolaga beraman! Avval bu, keyin men! Ha, erkakman degan tilingdan seni!

U bolakayni eşakdan tuşirib, oğir qopni quçoğiga ola-ola, yana dedi:

– Ha, közingdan seni!

Bolakay soy yoqasidagi çimzorga eşagini qantarib, içkariga qimtinib boş suqqanida, olaqopdagi don allaqaçon dölga ağdarilgan va ğirillab aylanayotgan tegirmon toşlari orasiga dastlabki buğdoy donalari bir maromda tökilmoqni boşlagan edi. 

Tegirmon navbatini bolakayga bergan şopmöylov keçga tomon kelişini aytib, ular bilan xayrlaşib ketdi. Ketayotib ham, ha, közginangdan seni, deya bolakayni erkalab-erkalab ketdi. Şoyim çol esa bu yoğiga nima qilarini bilmay, goh çir aylanayotgan tegirmon toşiga, goh döl kosasidan tuşayotgan don oqimiga, goh devor yoqalab qator terilgan qoplarga, goh un gardidan oqargan pastak şiftdagi xira çiroqqa bir-bir tikilib, anqayib turgan bolakayning qöliga böş qopni tutqazib, taşqariga qoqib-suqib kelişni buyurdi. Keyin qop çetlarini qayirib-qayirib, uni xampa yoniga önğaylab joylaştirdi-da, çoqqina oğoç kurakni bolakayning qöliga tutqazib, yiğilgan unni qopga qanday qilib solişni örgatib, odam kelsa, çaqirarsan, deya hovlisiga çiqib ketdi.

Iş jön va oson edi.

Yolğiz qolgan bolakay birpasda tegirmonni öziniki qilib oldi. Xampaga un yiğilgan kezlari, uni qopga solib, qolgan payt soy böyidagi quyuq daraxtzorni aylandi, qiya oğoç novdan quyiga intilayotgan suv kuçidan çir aylanayotgan tegirmon parragini obdon tomoşa qildi. Tegirmonga odam kelsa, hayallamay qöşni hovlidan Şoyim çolni çaqirib keldi. Tuşda esa çolning nevarasi olib çiqqan çinni lagandagi oşni maza qilib urib oldi. 

Oqşom oldi bolakay un töla qop ustida, öziça kerilib qişloğiga kirib borarkan, bugun tegirmonga borişi lozim bölgan Salim akasini dökon oldida, öziga öxşagan uç-tört ulfatlari davrasida ğirt mast holda kördi. Qöşni ayollar bilan daladan qaytayotgan onasiga esa öz darvozalari röparasida duç keldi. Ular oldinma-keyin hovliga kirişarkan, voqeani töla idrok etgan va bundan mehri daryodek jöşgan ona boşdan-oyoq oppoq un gardiga belangan öğlini mahkam quçib, öpmoqqa intildi. Biroq bolakay bunga izn bermadi, keskin yuz burdi – birinçi bor özini bolalarça suyub, erkalaşlaridan orlandi.

Ona bundan hayron böldi.

Ona bundan öksindi.

Öğliga tiklab-tiklab qaradi va birdan sergak tortdi, qoşida özi bilgan jimitdek öğli emas, rosmana bir erkak, menda boşqa gapingiz yöqmi, deganday jiddiy boqib turardi.    

Biroq bu “erkak”ning çoği eşakdagi qopni yerga tuşirmoqqa yetmasdi. Şu sabab qöşni yigitlarni kömakka çorlaş öyida salmoqli odimlar ila taşqariga yönaldi. 

Bundan onaning közlari yoşlandi, biroq bu beixtiyor qalqigan sevinç va ğurur yoşlari edi.

                                                                                                                                       2016-yil

Normurod Norqobilov

1953-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan. “Zangori köl”, “Unutilgan qöşiq”, “Yuzma-yuz”, “Paxmoq”, “Bekatdagi oq uyça”, “Jöşqin daryo”, “Ovul oralagan böri”, “Böron qöpgan kun” kabi qissa va hikoyalardan iborat töplamlari, “Daştu dalalarda” romani naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…