“Platon”ning maʼnosi nima?
Şarq olamida Aflotun nomi bilan maşhur Qadimgi Yunon faylasufi Platon Suqrotning şogirdi, Arastuning ustozi edi. U asarlari bizgaça töliq şaklda yetib kelgan birinçi faylasufdir.
Tarixçi Diogen (II-III asrlar) maʼlumotiga köra, Platonning asl ismi Aristokl bölib, “Eng yaxşi şon-şuhrat” degan maʼnoni bildiradi. Qabrga ham şu nom bilan qöyilgan. Platon esa taxallus bölib, “keng”, “keng yelkali” degan maʼnoga ega. Böyi baland, yelkalari keng bölgani va kuraşlarda köp ğalaba qozongani uçun faylasufga bu nomni ustozi Suqrot bergan.
“Davolay olmayman…”
Maşhur olmon vraçi va mikrobiologi, fiziologiya va tibbiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindori Robert Kox (1843–1910) ning huzuriga başang kiyingan dimoğdor bir ayol kirib keladi.
– Nima şikoyatingiz bor, azizam? – deb söraydi vraç.
– Janob professor, – deya nafratlangan qiyofada gap boşlaydi haligi ayol. – Bu nima adabsizlik? Kim bilan gaplaşayotganingizni bilasizmi? Menga hamişa “muhtarama xonim” deb murojaat etişadi. Boşqaça çaqirişlariga örganmaganman.
– Ming afsus, men bu kasallikni davolay olmayman, – deb quruqqina javob beradi Kox va eşikka yuzlanadi: – Navbatdagi kim?
Odamlar nimadan nafas olgan?
Bolgar bioximik olimi va yozuvçisi Asen Zlatarov bir şaharçada maʼruza öqiydi. Professor tabiat va uning boyliklari haqida gapirar ekan, kislorod 1773-yilga kelibgina kaşf etilgani, usiz hayot keçiriş mumkin emasligini eslatib ötadi. Şunda zaldagilardan biri hayqirib yuboradi:
– Nahotki! Ungaça odamlar nimadan nafas olgan?!
Kredit olaman deb…
Taniqli yapon avtomobil kompaniyasi asosçisi Soiçiro Honda katta iş boşlagan paytlaridagi kulgili-qayğuli bir voqeani şunday hikoya qiladi: u 1951-yili biznesdagi şerigi Takeo Fujisava bilan kredit sörab “Mitsubishi” bankiga murojaat qiladi. Ularning iqtisodiy ahvoli juda tang edi. Oxirgi pullarini töplab, ziyofat uyuştirişadi va bank mutasaddilarini taklif etişadi. Nima qilib bölsa ham moliyaçilarning könglini oliş va kredit undiriş zarur edi. Mehmonlar yeb-içadi, Honda va Fujisava ham ular bilan birga yayrab ötiradi. Hatto qönoqlarni xuşnud etiş uçun kiçik sahna körinişi taşkillaştirib, askiyabozlik ham qilişadi.
Işbilarmonlar ertasi kuni bankka katta işonç bilan kirib borişadi. Biroq talabnomalariga rad javobi berilganini bilib, tarvuzlari qöltiqlaridan tuşadi. Bank qarorida şunday sözlar bor edi:
“Bank ikkita masxaraboz rahbarlik qiladigan firmaga işona olmaydi”.
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


