* * *
…Tun vaʼdasin şivirlar yaproq,
Sohillarda tentiydi soğinç.
Tölqinlarda mavjlanar titroq,
Soçiladi yellarga ötinç.
…Tabiat öz könglini xuşlar,
Varaqlaydi sardaftarini.
Daraxtlarda mizğigan quşlar
Tuşlarida körar barini…
Oşiq bölib…
Umid Xudoyqulovga
Toğu toşdan izlaganing jayronmidir,
Çamanlardan közlaganing rayhonmidir,
Ota-onang bu holingga hayronmidir,
Qiyomatli oşiq bölib suygil SÖZni.
Daryo böyi – sohil senga torlik qilar,
Nahot, bir kun yaqin dösting morlik qilar,
Alloh özi inoyatin yorliq qilar,
Qiyomatli oşiq bölib suygil SÖZni.
Yurak asli otilmagan töpdir, bötam,
Sözning nozu istiğnosi köpdir, bötam,
Visoliga yetsang agar xöpdir, bötam,
Qiyomatli oşiq bölib suygil SÖZni.
Şeʼr bitasan yarim tunlar nurli-nurli,
Tuşlaringga qizlar kirar turli-turli,
Ranglar sendan şarhin tilar sirli-sirli,
Qiyomatli oşiq bölib suygil SÖZni.
Sözni asra söz işqida kuymagandan,
Uni jonu jahoniday suymagandan,
Eʼtiqod, işq hirqasini kiymagandan,
Qiyomatli oşiq bölib suygil SÖZni.
Suyganingni nokaslarga sezdirmagil,
Ğanimingni boğlaringda kezdirmagil,
To qiyomat sözni aslo bezdirmagil,
Qiyomatli oşiq bölib suygil SÖZni.
Navoiyning qöli silar boşlaringni,
Bobur artar tongoldi közyoşlaringni,
Vatan olar yölingdagi toşlaringni,
Qiyomatli oşiq bölib suygil SÖZni.
* * *
Dunyo işlariga xoh yiğla, xoh kul,
Arslonday izidan qaytmaydi, öjar.
Kimningdir nazdida yulduzlar xok, kul,
Kimningdir nazdida muşfiq Yer – ör, jar…
Şamol – fasllarning başoratçisi,
Qoş-qovoğing bilan aslo işi yöq.
Şafaqlardan kelar işorat isi,
Yaproqlar bandini uzgan vaqtdir öq.
Qöl siltab qöyasan bariga purğam,
Hur quyoş taʼrifi siğmagay sözga.
Bu dunyoda heç kim – hatto öğling ham,
Yöriğingga yurmas özingdan özga…
Dunyo işlariga xoh yiğla, xoh kul…
* * *
Yarqiroq şuʼlalar atalgan kimga,
Kimlarga atalgan oppoq bulutlar.
Ertaklar söylagan bolaligimga
Pahlavon kelbatli azim balxtutlar.
Yillar entikadi moziy pinjida,
Asrlar tarhiga tor kelar qoğoz.
Men faqir yuribman SÖZ ilinjida,
Böğzimda “Alifbo” – yam-yaşil ovoz…
* * *
Derazangda sen tilagan tun,
Yaproqlarda şuʼla jimjima.
Mayin yellar çiqarmay sas, un,
Hislaringni qilar tarjima.
Bir yigitning köngil taskini –
Yaşil-yaşil qirlar töşida,
Arğumoği yonida. Seni –
Körar uzun-uzun tuşida…
* * *
…Qadim bu qalʼani yovlar söragan,
Yarqirab ketgandir kiliçda joni.
Uni olov halqa bölib öragan
Jasur öğlonlarning tökilgan qoni.
Kim Vatanni sevsa tamasiz, kinsiz,
Diliga jo qilsa şeʼr – qaydlarini.
Minoralar bunda takrorlar tinsiz
Jasur şoirlarning şohbaytlarini…
* * *
Kimdir qizğanadi seni kimdandir,
Kimdir tuşlaringga kirolmay halak.
Sözingga mahtaldir neçalab taqdir,
Sen esa bariga parvoyi palak.
Mosuvo emassan ötli tuyğudan,
Xayollaring bilan kirasan jangga.
Maktublar bitasan keçib uyqudan,
Qizğanganlar qolib, qizğanmaganga…
* * *
Pastakkina kulba… Ulkan balxtut,
Ufqqa ketgan yöl… Çeksiz osmon.
Umidga öxşaydi parça oq bulut,
Bağrida çaqinlar yaşar begumon.
Öşa yöldan ketmoq taqdir ehsoni,
Orzuga poyandoz parça oq bulut.
Maqsadga yetkaziş ahdu paymoni,
Qöriqlab boradi meni balxtut.
…Uyğonib ketaman olis uyqudan,
Pastak uydan bola beradi ovoz.
Lavhgami öxşagan stol ustida
Meni kuta-kuta sarğayar qoğoz…
Odil Hotam
1950-yili tuğilgan. Toşkent davlat universitetining (hozirgi ÖzMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Tiriklik şami”, “Nigohlar”, “Dala yöli”, “Nafas” töplamlari çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida