(Hikoya)
Xotini eşikni oçişiga zörğa sabri yetgan Nikolay Yevgrafoviç Almazov palto va furajkasi bilan darrov xonasiga kirib ketdi. Uning çimirilgan qoşlari va asabiy pirpirayotgan pastki labiga közi tuşgan xotini qandaydir noxuş voqea sodir bölganini anglab yetdi… Indamasdan erining orqasidan kirib bordi. Xonaning qaysidir burçagida Almazov tek qotib turardi. Keyin u qölidagi portfelini polga itqitib, özini kresloga taşladi va barmoqlarini asabiy qisirlatib qöydi. Oçiq portfelning qoğozlari soçilib ketgandi.
Almazov boş ştab akademiyasida maʼruzalar tinglovçi yoş, örtahol ofitser bölib, hozirgina öşa yerdan qaytdi. Bugun u professorga özining sönggi va eng murakkab amaliy işini, yaʼni hududlarning çizmalarini körsatib kelgandi.
Almazov va uning xotini qanday qiyinçiliklarni boşidan keçirgani yolğiz xudoga va yolğiz özlariga ayon. Harholda, barça tösiqlar yengib ötildi… Avval boşidayoq akademiyaga kirişning özi imkonsizday köringan edi. Ikki yil mobaynida Almazov tantanali tarzda imtihonlardan yiqildi va faqat uçinçi urinişdagina hamma sinovlarni yengib ötişga erişgandi. Agar yonida xotini bölmaganida, irodasi böşlik qilib, qölini qöltiqqa urişi aniq edi. Biroq Veroçka uni ruhan tuşmaslikka undadi va doimo qöllab-quvvatlab turdi. U har qanday omadsizlikni oçiq çehra bilan qarşilaşni örgandi. Özini unutib, eri uçun odmi bölsa-da, ziyoli odamga xos qulaylik yaratişga kirişdi. Eri uçun ham kotiba, ham qiroatçi, ham tarjimon va eslatma daftari vazifasini bajara boşlagandi.
… Oğir sukunat bilan beş daqiqa ötdi. Bu orada ikkalasigayam taniş bölgan soatning çiqillaşi, asabni öynovçi öşa bir, ikki, uç-uç: bir juft tekis zarb, söng uçinçi xirilloq bong jimjitlikni buzayotgandi… Almazov egnidagilarni yeçmay teskari ögirilib ötirardi. Undan ikki qadam narida esa Vera miq etmasdan, asabiy, gözal çehrasiga iztirob zuhur etib turardi. Nihoyat u oğir betob odamning karavotiga ehtiyotkorona yaqinlaşgan kabi birinçi bölib söz qotdi:
– Kolya, işlaring qanaqa, özi? Yomonmi?
U yelkasini qimirlatdi va indamadi.
– Kolya, iş rejangni qabul qilişmadimi? Aytaqol, baribir birga muhokama qilamiz-ku.
Almazov darrov xotiniga ögirildi va yonib, toshib gapira boşladi.
– Ha, ha, qabul qilişmadi, juda bilging kelayotgan bölsa, bilib qöy. Nahotki körmayotgan bölsang? Bari çappasiga ketdi! Bular endi heç narsaga yaramaydi, – deb portfelini oyoği bilan turtkiladi, – bularni peçkaga taşlab yuborsang ham mayli endi! Mana, körib qöy akademiyani! Bir oydan söng tağin polkda bölaman, yana şarmandalarça, şov-şuv bilan. Yana arzimagan şu laʼnati doğ tufayli-ya… Jin ursin!
– Qanaqa doğ, Kolya? Heç nimaga tuşunmayapman.
U kresloning çetiga ötirib, Almazovning böynidan quçdi. Er qarşilik qilmadi, lekin hamon maʼyus qiyofasini burçakka tikib ötirardi.
– Qanday doğ, axir, Kolya? – söradi xotini yana.
– E-e, haligi, oddiy doğ-da, yaşil böyoq. Keça soat uçgaça uxlamay işlaganimni bilasan-ku, işni oxiriga yetkazişim kerak edi. Rejam çiroyli qilib çizildi, bezaldi. Bu haqida hamma gapirdi. Biroq keça tunda ötiraverib çarçab ketdim, qöllarim qaltiray boşladi – va oqibatda rejani doğ qilib qöydim… Ha, yana quyuq doğ-a… kattaligini ayt. Tozalayman deb battar çaplaştirib yubordim. Keyin u haqida öylayverib, boşim qotdi, axiyri undan nimanidir çizmoqçi bölib, doğli nuqtada daraxtlarni çizib qöyaverdim… Juda yaxşi çiqdi, doğ borligini birov payqamaydigan darajada edi.. Bugun esa professorga olib borsam:
“Xöş, xöş, mm-yaxşi. Poruçik, manavi joydagi butalar qayerdan paydo böla qoldi?”dedi.
Unga bor gapni aytişim kerak edi. Balki şunçaki ustimdan kulib qöyardi. Yöq, kulmasdiyam. Axir, u quruq, rasmiyatçi nemis bölsa. Unga: “Bu joyda haqiqatan ham butalar ösadi” dedim. U esa: “Yöq, men bu hududni beş qölimday yaxşi bilaman. U yerda butalar bölişi mumkin emas”, dedi. Şu tarzda suhbatimiz alanga ola boşladi. Yonimizda boşqa ofitserlar ham turgandi. “Mayli, siz bu gapni juda işonç bilan aytayotgan ekansiz, unaqada ertagayoq öşa toğlar orasidagi joyga boramiz. Köramiz, butalar bormikan. Şubhasiz, behafsala işlaganingiz yoki ğira-şira xaritadan köçirib olganingiz foş böladi.
– Ammo nega u butalar yöq deb işonç bilan gapiryapti?
– E, xudo, nega deganing nimasi? Yana bemaʼni savollarni beryapsan. Axir, u bu hududni yigirma yildan buyon yaxşi biladi. Öz uyidan ham… Bunisi yetmaganday, u odam dunyodagi eng aşaddiy rasmiyatçi, yana millati nemis-a… Axir, men yolğon gapirib, behuda tortişyapman-ku… Undan taşqari…
U gapirayotganda kuldondagi kuygan gugurt çöplarini asabiy sindirib turar, jimib qolganda esa ularni polga itqitardi. Bu irodali odamning rosa yiğlagisi kelayotgan edi.
Er-xotin oğir öyga çömib, sukut saqlab ötiraverdilar. Ammo Veroçka tösatdan örnidan irğib turdi.
– Quloq sol, Kolya, hoziroq borişimiz kerak! Tezroq kiyin.
Nikolay Yevgrafoviç ruhiy oğriqdan aftini bujmaytirib tikildi.
– Eh, Vera, bemaʼni gapni qöy. Nahotki, meni borib, xatomni tan oladi deb öylasang. Axir, bu özim özimga hukm çiqarişim bilan teng-ku. Ötinaman, tentaklik qilma.
– Yöğ-ye, tentaklikmas, – dedi Vera depsingança qarşilik körsatib. – Heç kim seni uzr söraş uçun majburlayotgani yöq… Agar u hududda butalar bölmasa, ularni hoziroq ötqaziş kerak.
– Ötqaziş? Butalarni-ya?.. – Nikolay Yevgrafoviçning közlari olayib ketdi.
– Ha, ötqaziş. Agar haqiqatni yaşirgan bölsang, demak, uni tuzatiş lozim.
“Qani otlanaylik, şlyapamni uzatib yubor… Koftoçkamni ham… U yerda emas, şkafni qara… Soyabonimni ham!”
Almazov uning gapidan norozi bölsa-da, beixtiyor harakatlanar, şlyapa va koftoçkalarni qidirardi. Vera bölsa stolning tortmalarini oçib yopar, qutiçalarni bittama-bitta titkilab, söng polga taşlab, nimanidir izlayotgandi.
– Ziraklar… lekin bular heç nimaga arzimaydi-ku… Ularga heç vaqo bermaydi… Ha, manavi, brilliant közli uzuk qimmatbaho… Darhol garovdan qaytarib oliş lozim… Yöqolib qolsa, yaxşi bölmaydi. Braslet… bungayam oz tölaşadi. Çunki eskirib, qiyşayib qolgan… Kolya, kumuş portsigaring qayerda qoldi?
Oradan beş daqiqa ötib, barça qimmatbaho buyumlar ridikyulga joylandi. Vera tayyor bölib, sönggi bor uyga qayta köz yugurtirib çiqdi. Heç nimani unutmaganiga işonç hosil qilgaç:
– Ketdik, – dedi qatʼiy ohangda.
– Qayoqqa boramiz, axir? – Almazov qarşilik qilmoqçi bölib kördi. – Hozir qoronği tuşadi, işxonamgaça esa ön vyorst masofa bor.
– Şuyam gapmi?!. Ketdik!
Almazovlar dastavval lombardga kirib ötişdi. Garovçi, aftidan, odamlarning kundalik baxtsizliklariga duç kelaverib, bunday holatlarga könikkani yuzida aks etib turardi. U keltirilgan buyumlarni şunçalik sinçiklab tekşirdiki, Veroçka özini yöqotib qöyayozdi. Ayniqsa, uni ranjitgan holat, brilliant uzugini ölçab, atigi 3 rublga baholagani böldi.
– Axir bu sof brilliant-ku, – eʼtiroz bildirdi Vera, – u öttiz rubl turadi, bilsangiz agar.
Garovçi horğin beparvolik bilan közlarini yumdi.
– Bizga buning farqi yöq, xonim. Biz qimmat toşlarni umuman qabul qilmaymiz, – javob qildi u, navbatdagi buyumni taroziga qöyib, – biz faqat metall buyumlarnigina baholaymiz.
Eski va qiyşiq braslet kutilmaganda qimmat baholandi. Xullas, jami 23 rubl töplandi. Bu pul esa ularga yetib ortardi.
Almazovlar boğbonnikiga kirib borişgan paytda allaqaçon Peterburg uzra sutday tun pardasi yoyilib bölgan edi. Tilla közoynakli boğbon, millatli çex bölgan miqti qariya endigina oilasi bilan keçki ovqatga ötirayotgan ekan. U bemahaldagi taşrif va ğalati iltimosga hayron bölib, norozilik bildirdi. Aftidan, boğbon qandaydir firibgarlikdan şubhalanayotgandi, şu sababdan Veroçkaning qatʼiy savoliga quruqqina qilib javob qildi:
– Ming bor uzr. Biroq yarim oqşomda men işçilarga iş buyura olmayman. Agar istasangiz ertalabdanoq ixtiyoringizda bölaman.
Endi faqat bitta yöl qolgandi: u ham bölsa boğbonga bor gapni yotiği bilan tuşuntiriş edi. Veroçka şunday qildi ham. Maʼşum doğ bilan boğliq bu voqeani boğbon dastlab işonqiramay, hatto yovsirab tinglab turdi. Ammo Veraning köçat ötqaziş haqidagi taklifi haqida eşitgaç, uning qiziqişi ortdi va bir neça bor xayrixohlik bilan jilmayib ham qöydi. Vera hikoyasini tugatgaç:
– Xöp, nimayam derdim, – deb öziça rozilik bildirdi boğbon. – Aytinglar-çi, qaysi navdagi butani ötqazişni maʼqul körasizlar?
Boğbon bisotidagi butalarning heç qaysisi çizmadagi doğga mos tuşmas edi. Noiloj nastarin butasini tanlaşdan özga çora topa olmadilar.
Almazov rafiqasini uyga jönataman deb behuda urinaverdi. U şahar taşqarisiga eri bilan birga yöl oldi, butalarni ötqazişarkan, öziça kuyib pişar, işçilarga xalaqit berardi. Nihoyat, butalar ostidagi çimlarga razm solib, ularni toğ yon bağridagi çimlardan ajratib bölmasligiga işonç hosil qilgaç, uyga ketişga qaror qilişdi.
Vera ertasi kuni hayajondan öz uyiga siğmadi va eriga peşvoz çiqiş niyatida köçaga otlandi. Hali uzoqda turgan esa-da, erining irğişlab kelayotgan gavdasidan buta voqeasi muvaffaqiyatli yakun topganini fahmladi… Haqiqatan ham, Almazov alanga bölib yonar, horğinlik va oçlikdan oyoqda bazör turar, biroq çehrasida qozonilgan ğalaba yolqini aks etayotgandi.
– Hammasi aʼlo! Juda zör böldi! – deya ön qadam naridan şodon qiçqirdi u bezovtalanayotgan xotiniga qarata. – Şunday qilib, biz ular bilan birga köçatlar yoniga bordik. U butalarni körib hayron bölib qoldi. Hatto barglarini yulib, çaynab köra boşladi.
“Bu qanaqa daraxt böldi?” – deb söradi.
Men: “Bilolmadim, janoblari”, deb javob qildim.
“Qayin, şekilli?” – söradi yana.
Men esa: “Qayin bölsa kerak, janoblari”, dedim. Şundan söng u men tomon ögirilib, hatto qölini uzatdi. “Uzrimni qabul qiling, poruçik. Modomiki, şu butalarni unutib qöygan bölsam, demak, rosdanam qariyapman”. Axir, u atoqli, zakiy professor edi. Oçiği, uni aldaganim uçun vijdonim qiynalyapti. U odam professorlarimiz orasida eng kuçlisi. Bilimi – dahşat! Hududlarni beş qölday bilişini körib hayron qolasan.
Uning hikoyasi Veraga qisqadek tuyuldi. Professor bilan bölib ötgan suhbatni ipidan ignasigaça aytib berişini eridan qayta-qayta sörayverdi. Uni eng mayda ikir-çikirlar ham qiziqtirayotgandi: yaʼni professorning afti qanday alpozda bölgani, özining qariligini qay ohangda tan olgani, Kolyaning özi nimalarni his etgani…
Nihoyat, ular göyo köçada özlaridan boşqa heç bir tirik jonzot yöqdek, şöx-şodon bir-birining qölidan uşlab, tantanavor uyga qaytişardi. Yölovçilar esa bu ğalati juftlikka taajjub bilan qarab töxtab qolişardi…
Nikolay Yevgrafoviç hali heç qaçon bugungidek zör iştaha bilan ovqat yemagan edi. Tuşlikdan söng esa Vera erining xonasiga stakanda çoy olib kirdi va kulib yubordi. Qiziği, u bilan bir paytda eri ham kulib yuborgandi.
– Nega kulyapsan? – söradi Vera.
– Özing-çi?
– Yöq, avval sen ayt, men keyin…
– Özim, şunçaki: Nastarin voqeasi esimga tuşib ketdi. Senda-çi?
– Özim… Men ham şu… Nastarin voqeasini esladim. Bundan buyon nastarin mening eng sevimli gulim böladi, demoqçiydim…
Aleksandr KUPRIN
(1870–1938)
Taniqli rus adibi.
“Olesya”, “Sulamif”, “Yoqut közli bilaguzuk”, qissalari yozuvçiga şuhrat keltirgan. Asarlari köplab tillarga tarjima qilingan.
Rusçadan
Temur TANGRIBERGANOV tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


