Orzuqul Ergaş,
yozuvçi
Hikoya yaxşi taassurot qoldirdi.
Odam bolasi borki, muayyan bir iqtidor, qobiliyat bilan dunyoga keladi. Kimki Yaratgan ato qilgan iqtidor, isteʼdodni qadrlasa, uni takomiliga yetkazsa, eng muhimi, unga xiyonat qilmasa, baraka topadi. Hikoya qahramoni Gulsara öz omadsizligini isteʼdodiga, kengroq maʼnoda, Adabiyotga xiyonat qilganida deb biladi: arzimas çoyçaqa evaziga boyvaçça bir öquvçisining nomidan şeʼrlar yozib beradi. Uni maşhur qilib yuboradi, undan “şoir” yasaydi. Özi esa yölini yöqotadi. Bunday taqdir kişini sergak torttiradi…
Muallif maqsadiga erişgan, aytar gapini ayta olgan. Hikoyada “…jarangdor ovozi quloğimni şirin qitiqladi”, “hayratim yuzimga tepdi” … kabi topilmalar köp. Ayni paytda “hojatxona vannaxonaning içida”, “Oşxonaga yetgaç, bildimki, oyoq osti juda rasvo, ivirsib yotibdi”, “… oyoq osti haliyam rasvoyi raddi”, “egnidagi gul-gul köylagi” kabi maromiga yetmagan jumlalar ham yetarliça. Lekin menda asosiy eʼtiroz uyğotgan tomoni – Gulsara (körimsizgina bölsa-da) maʼnan boy, adabiyotni teran tuşunadigan ayol. Lekin u yaşab turgan xona munça “ivirsigan”, “rasvoyi raddi”?! Axir, bu mantiqqa zid-ku! Qolaversa, u bola tarbiyasida qattiq turadigan, fidoyi ayol, öğlini bozorga – pulga örgatmoqçi emas. Lekin yakka-yolğiz öğlini irkit muhitga köniktirib qöyişini öylamaydimi? Kambağallik ayb emas, ammo ivirsiqlik bir paytlar muallima, şoira bölgan ayolga “yopişmayapti”.
Hikoya avvalida ayolning tasviri batafsil keladi: yuzidagi qator-qator böynigaça tuşgan ajinlar, paxtani eslatadigan soçlar, nozik va ozğin qöllar, yuzi çözinçoq, iyakning börtib çiqqani, quloğida katta zirak osilib turgani, közlari biroz çökkan, buğdoyrang, qirra burun. Lablari quruqşab turibdi… Şunça taʼrifdan keyin birpas ötmay yana deydi: “Çamasi, u yerdan bir yarim metr balandroq edi”. Böy birinçi galda közga taşlanmaydimi?.. Menimça, ayolning portretiga oid belgilarni hikoya davomida soçib yuborgan maʼqul edi. Vaholanki, keyinçalik paxtaday soçlar, çuqur botgan közlar, qirra burun, nozik qöllar, quruqşagan lablar unutiladi.
Muallifning kelgusi işlarida omad tilayman.
Islomjon YOQUBOV,
adabiyotşunos
Aslida, qöşni va qöşniçilik masalasi yangi mavzu emas. Xalqda “Yon qöşni – jon qöşni”, “Gilam sotsang, qöşningga sot, bir çekkasida özing ötirasan”, “Hovli olma, qöşni ol” singari köplab maqollar bor.
Hikoya qahramonlari hayotlari muayyan darajada izdan çiqqan qöşnilar. Ularning har ikkalasi ham ijarada yaşaşi, haminqadar kun keçirişi şundan guvohlik beradi. “Ijara uy”larni köngilning moddiylaşgan maʼnaviy-ruhiy vaziyat-hollari tarzida ham talqin etiş mumkin. Bunday yösindagi anglamda ayoldagi afsus-nadomat va ertadan umidvorlik; erkakdagi özining bor-yöği bir havaskor ekanini anglaş orqali fikran yangi tizimga ötiş jarayoni, yaʼni könikilgan “kulba”lar tark etilişiga umidvorlikni tuşuniş mumkin.
Xullas, ayol (Gulsara Mirzayeva) – sobiq pedagog, şeʼriy isteʼdodini öz vaqtida qadrlamagan va endilikda uslubi siyqalaşgan “şoira”. Moddiyatga öçligi uçun hayoti önglanmagan, biroq baxtiyor qizi, qöşaloq nevaralari, böy çözib borayotgan öğli tufayli özini bebaxt sanamaydigan, uşalmagan orzularini şuginalar istiqboli bilan boğlay oladigan, ertadan umidvor, fidoyi ayol. Ikkinçisi arxeolog, ayni paytda u-bu narsalar qoralab, şularni “adabiy topilma” hisoblab kelayotgan havaskor qalamkaş.
Şohrux Saidov hikoya qahramonlaridan birini tavba-tazarru fonida tasvirlaş orqali uning fojiasi ikkinçisida takrorlanmasligining oldini oliş, odam va olamdan ibratlaniş yölini tanlagan. Hikoya “Adabiyot va ijod köngiloçar maydon ham, öyinçoq ham emas. Kim adabiyot va ijodni sidqidildan sevsa, fidoyilik va jasorat körsatsa, demakki, u abadiyatga eltuvçi yölni topibdi. Aks holda, yozuvçilik daʼvo qiliş maqbul emas. Yaxşisi, esing borida etagingni yopgan maʼqul”, degan didaktik ğoyani anglaş va tasdiqlaş uçun yozilganday taassurot uyğotadi.
Ikki qöşni hayotiy zarurat tufayli muloqotga kirişadi. Anglaşimça, qöşnilar şunçaki masofa jihatidangina yaqin yaşovçi kişilar emas. Balki, bittasi jar yoqasidan qaytgan, ikkinçisi şu jarga yaqinlaşayotgan va şu jihatiga köra taqdirlarida özaro yaqinlik, umumiylik bölgan kimsalar.
Binobarin, hikoyadagi taqqoslaş va qiyos aynan öşa öxşaşlik asosiga qurilgan. Muloqot ham zohiran qaralsa tasodifiy, aslida esa, ularni bir-biriga yaqin belgi-sifatlar uçraştirgan. Zotan, yigit ayolning taqdiri orqali ehtimol tutilgan öz istiqbolini tasavvur prizmasidan ötkazadi.
Şohrux söz qöllaş ustida ança ter tökişi lozim. Jumladan u ijara uy – “kvartira”, qahramon – “geroy”, mard yigit – “jentelmen”, körpa – “adyol”, kursi – “stul”, muallif – “avtor” qabilida özbek tilida muqobillari bölgan sözlarning rusça şakllarini qöllaydi. Taassufki, ularning aksariyati qahramonlar xarakteri, individual nutqi, ruhiy saʼjiyasini oçişga xizmat qilmaydi.
Körinadiki, Şohrux Saidov yozişga “sidqidildan” kirişişi kerak. Publitsistik maqolada aytiladigan gapni adabiy qahramon oğziga solib qöyiş bilan iş bitmaydi. Buning uçun sözga, hayotga, odamlarga muhabbat kerak. Hikoyada tilga olingan qahramon şoir boşqa bir örinda odam yölin yöqotsa, çorasiz qolsa, muhabbatga suyangay, deya iztirob, armon, örtaniş bilan taʼkidlaganida töla haq edi.
Hikoyaga mavzu va qahramon tanlaş haqida tağin bir gapni ham aytiş kerakka öxşaydi. Şohrux hayotiy va işonçli yozişini eʼtirof etayotgan ustoz adib Şukur Xolmirzayevga ergaşar ekan. Adibning “Ot egasi” hikoyasidagi Inod, “Oğir toş köçsa”dagi Eson hayotiy jarayonlarni mustaqil baholay oluvçi kişilar ekanini ham anglaşi kerakligi uning uçun ijodiy zaruriyatdir.
Yana bir gap. Yoş yozuvçi ukamiz: “Bugun hayot nima deyapti?”, “Odamlarning dilida, millatning tiynatida qanday bezovta öylar bor?” degan savollarga javob izlasa, yanada yaxşi bölardi.
Xullas, gap köp-kömir oz.
Şohrux Saidovni ilk qadamlaridan çöçitib qöymoqçi emasman. Biroq “yozuvçilik daʼvosi” uçun hayotga, odamlar orasiga çuqurroq kiriş, poetik söz zalvorini his etiş, öçirib yozişdan erinmaslik suv va havoday zarurligini taʼkidlaşni istardim. Ehtimol, jasorat deganlari sabru bardoşda, özni ayamaslikda, örganişdan çarçamaslikda, yölini topişga talpinişda namoyon bölar.
Tağin kim bilsin. Barini bilguvçi uluğ Zot bor…
Fozil FARHOD,
yozuvçi
Şohrux Saidovni tanimayman, bu ismni birinçi bora öqib-eşitib turişim. Hikoyasini ham dastlab özimni majburlab öqidim. “Yolğiz ayolning kvartirasiga kirgan erkak nima qilar ekan”, degan hadik bilan öqiy boşladim. Matnning yarmiga borganimdan keyingina içiga şönğib ketdim. Şohruxning aytmoqçi bölgan gapi hikoyasining yakunida ayon böldi: şeʼr sotib adabiyotga xiyonat qilgan ayol qismati yozganlaridan köngli tölmagan erkakning özini qiynamasdan hammasini yiğiştirib qöyişiga sababçi böladi. Hikoya qahramonining “Kompyuterimni kavlaştirib-kavlaştirib, şu paytgaça yozgan va özimça ulkan adabiy monument deb hisoblab yurgan barça hikoyalarimni – ehtimol, hikoya sözini qöştirnoq içida berganim durustdir – xullas, öşalarning barisini öçirib taşladim”, degan bu iqrori yaxşi yakun bölolgan, meningça.
Şohrux baʼzi örinlarda uluğ adib Şukur Xolmirzayevga – balki bilmay, balki bilib, atay – taqlid qiladi. Bir örinda: “Axir, ançadan beri şu kitobni bir öqiyin deb yurgandim, akasi!” yoki boşqa örinda “Işqilib, şunaqa qilib qöydim, akasi!” deb yozadi. Boşlovçi öz yölini topgunça birovga ergaşsa, mayli deysiz. Öylaymanki, hali Şohrux öz ustida köp işlaydi. Deylik, öz yölini topib olgunça Şukur Xolmirzayevning ijodi unga yölçiroq bölar, ehtimol! Lekin u kelajakda sözni çiyratib işlatadigan yozuvçiga aylansin deyman! Kun kelib özbek adabiyoti durdonalari yoniga yozuvçi Şohrux Saidovning nodir asarlari qöşila olsa, bir öquvçi sifatida mening boşim kökka yetadi!
Nurilla Çoriyev
tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

