Navoiy yaratgan kuylar
Xondamir “Xulosat ul-axbor”da, Bobur “Boburnoma”da, Mutribiy “Nusxayi zeboyi Jahongir”da Alişer Navoiy musiqa ilmining bilimdoni bölgani, tevaragidagilarni ham soz ilmini örganişga çorlagani, musiqalar bastalagani haqida aytiladi. Biroq bu asarlarda Navoiy aynan qanday musiqalarni ijod etgani haqida aniq maʼlumot yöq.
Buyuk şoirning kuylaridan baʼzilari hozirgaça yetib kelgan, degan taxmin bor. Jumladan, Abdurauf Fitrat “Özbek klassik musiqasi va uning tarixi” kitobida “Qari Navo” yoki “Qari Navoiy” kuyi haqida yozadi: “Bu kuyning juda eski bir kuy ekani har tomonda söylanib turur. Eşitganimizga köra, Farğonada ham “Qari Navoiy” ismli eski bir kuy bor. Toşkent musiqaçilari bu kuyni “Qari Navo” derlar. Biroq bu ism yanglişdir. Alar şul “Qari Navoiy” ismini buzib olğanlar. Buxoroning eski musiqaşunoslarining orasida bu kuy Navoiy asari bölğoni söylanadir. Mana şu maʼlumotlardan söng “Qari Navoiy” kuyining Alişer Navoiy asari bölğani ehtimoli kuçlanib qoladir”.
Bu kuy bilan aytiladigan “Şoda-şoda marvarid” qöşiği juda maşhur. Öynoqi, şöxçan bu kuy keyinçalik xalq qöşiği uçun işlatilgan bölişi mumkin.
Dunyoda qança kitob bor?
Yetakçi qidiruv sayti “Google” dunyodagi barça badiiy, publitsistik va ilmiy asarlarni hisoblab çiqdi. Unga köra, dunyoda 129 864 880 ta kitob bor.
Biroq bu internetga maʼlum kitoblar, xolos. Kutubxonalardagi va qölyozma fondlaridagi juda köp kitoblarni qidiruv maşinasining ötkir nigohlari “tuta olmagan”i aniq.
Farzandingiz yaxşi öqişini istasangiz…
Xalqimizda “Bola – boşidan” degan maqol bor. Yaxşi tarbiya körgan farzand keyinçalik ota-onaning yuzini yoruğ qilişi isbot talab etmas haqiqat. Yel universiteti olimlari ötkazgan tadqiqot bolalarining taʼlim-tarbiyasiga jiddiy qaraydigan kişilarni eʼtiborsiz qoldirmasa kerak.
Izlanişlar uçinçi sinfgaça yomon öqigan bolalarning törtdan uç qismi örta maktabni bitirguniça öqişni şu taxlit davom ettirişini körsatdi. Demak, ana şu vaqtda – bola uçinçi sinfga yetib olgunça uning özlaştirişiga köproq diqqat qaratiş zarur.
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


