***
Tor köngilni ezar battar tor xona,
Tözğigan xayollar tentirar hadsiz.
Xonaning çanglarin artib qöyiş-çun,
Eşikda iymanib turar farroş qiz.
Könglim bilan birga mudraydi borliq,
Yarim qoronğuga örgangan közlar.
Bir dunyo qoğozga kömilib borar,
Kömilib boradi eng yoruğ hislar.
Deraza pardasi oçilar birdan,
Xonaga bostirib kira boşlar kun.
Ğuborlar içidan çiqib kelaman,
Farroş qizga xalal bermaslik uçun.
Jon kira boşlaydi har bir buyumga,
Bitta-bitta ranglar oçilib borar.
Yengil şamol bilan kötarilgan gard
Quyoş nurlarining soçlarin tarar.
Uni kuzataman eşikda turib,
Sakkiz yil orqaga qaytgim kelyapti.
Böğzimga tiqilib turar bir hadik,
Unga hammasini aytgim kelyapti.
Asta piçirlayman, eşitmas biroq,
Vujudni egallar begona bir his.
– Mening könglimning ham çanglarin artgin,
Yurakni tozalab bergin, farroş qiz!
…toniş
Kuzda kurtak oçgan boğ bölib ketdim,
Toqqa döq urdimu toğ bölib ketdim,
Işqdan bemor edim, soğ bölib ketdim,
Endi işqqa taşna ötaman, çoği…
Telba ruhman, biroq tanga qaytaman,
Aqlman – vujudga, jonga qaytaman,
Muhabbatdan tonib, bir söz aytaman:
Köngilda zarra ham qolmasin doği.
Közingda bir tomçi yoş körgan palla,
Çap köksimda parça toş turgan palla,
Ğururim poyingga boş urgan palla
Işqning sönganini sezdim ham gohi…
Hayot
Yöllarimni bunça tösmasang,
Bir emas-ku men bilan yöling.
Men eng baland toğni közlasam,
Poyiga ham yetmadi qöling.
Şunça oson öldimi qadr,
Öralaşib qolding men bilan.
Qoidani buzyapsan, axir
Kuraşsang-çi teng-tenging bilan.
Endi senga yot ham böldimmi,
Ustozlikdan tondingmi nahot?!
Har tomonga otib, umrimni
Çalkaştirib yubording, Hayot!..
Çegara
Yana köçangizga boryapman, mana,
Oradan şunça vaqt ketsa ham ötib,
Sizga borar yölda, svetoforning
Yaşil çiroğini turibman kutib.
Körişmadik. Mana, ming yil bölibdi,
Har bir soniyasi – yana million yil.
Uçib borayapman… Bir lahza qoldi,
Svetofor çiroği haliyam qizil.
Öşa taniş köça, hammasi taniş,
Öşa qari çinor, öşa arğimçoq.
Közimni yumib ham ötaman bundan,
Faqat bir lahzaga immillar çiroq.
Endi diydor yaqin. Muhabbat yaqin.
Bir lahzadan keyin boşlanar visol.
Yuragim urişdan töxtaydi hozir…
Qani, yaşil çiroq, bölgin, yonaqol!
Axir, bu damlarni kutdim million yil,
Ğururim ustimdan kulib yuribdi.
Bugun jurʼatimni yengdim-u, biroq
Hamon qizil çiroq yonib turibdi…
Reallik
Yaşaşni istadim ölmaydiganday,
Çidadim sabrim heç tölmaydiganday.
Kulsam – çin köngildan kuldim. Yiğlasam –
Yiğladim heç qaçon kulmaydiganday.
Çin köngildan kimning könglini oldim,
Heç kimga yolğon söz aytmaydiganday.
Qayerga borsam ham borimça bordim,
Ketsam ham heç qaçon qaytmaydiganday.
Dadaxon MUHAMMADIYEV
1989-yili tuğilgan.
Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida