1 daqiqada öqiladi

385 marta körilgan

Sözi şavkatli şoir

Şavkat Rahmon

Ötgan asrning 70-yillari oxiri – 80-yillari boşlarida özbek adabiyotiga toza ruh, jarangdor ovoz, poetik tozargan sof adabiy ob-havo kirib keldi.  Şavkat Rahmon ana şunday toza havo olib kirgan şoirlardan biri edi. U katta odamlarning kiçkina, arzimas, yumuşlari, xatti-harakatlari haqida emas, aksinça, kiçik, sodda odamlarning katta-katta dardlari, pörtanavor ruhiy keçinmalari, taşvişlari, köngil olamining turli tovlanişlari haqida kuyladi. Şoir ijodida olamni poetik idrok etiş, ramzlar, majozlar orqali insonning içki keçinmalarini tabiat manzaralari bilan qorişiq tarzda tasvirlaş asosiy örin tutadi. Ijodi şaxsiyatidan, şaxsiyati ijodidan ayri bölmagan Şavkat Rahmon XX asr özbek şeʼriyatida alohida hodisa sifatida öçmas iz qoldirdi.

Şoirning “Rangin lahzalar”, “Yurak qirralari”, “Oçiq kunlar”, “Hulvo”, “Gullayotgan toş” kabi töplamlarini bir marta öqigan kitobxon, aniqki, uni qöldan qöymaydi. Sababki, şoir şeʼrlarida qalb va ruhning tasviri – suvrati bor. Uning har bir şeʼrida insoniy qalb fojiasi, millatparvarlik iztiroblari, insonni mukammal köriş umidi börtib turadi. Şeʼrlarida butun borliği bilan Vatan, Hurlik, Millat saodati uçun kuraşayotgan Şaxs gavdalanadi.

shavkat_rahmon.jpg

shavkat_rahmon_bir.jpg

shavkat_rahmon_ikki.jpg

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)