1 029 marta körilgan

Zulfiya. Qatra

Zulfiya. Qatra

Vafo va sadoqat timsoli… Bu taʼrif qançalik yuksak, jozibali tuyulmasin, unga munosib böliş har kimning ham qölidan kelmaydi. Hijron, yolğizlik, qalb tuöyonlari, turmuşning turfa ziddiyatlari va bularning bariga qarşi sobit iroda bilan yaşaş insondan ulkan kuç talab etadi. Şubhasiz, bunday murakkab pallalarda samimiy döstlarning, maslakdoşlarning borligi, ularning daldasi – Yaratganning inoyatidir. Şukrkim, adabiyotimiz tarixida yoşlarga örnak bölgulik fazilatli ustozlarimiz talaygina. Ustozlar albomini varaqlarkanmiz, bunga bot-bot amin bölamiz…

* * *

“Qatra” Zulfiyaning eng insoniy şeʼrlaridan. Şeʼrda uning butun ruhiy holatini, yuragini, mehru dardini köramiz. Şoira jamiyat şakllantirgan va özi jamiyatni şakllantirayotgan Şaxs sifatida maydonga çiqadi. Aççiq haqiqat, maşaqqatli baxt, mağrur huquq, muhabbat azobi, soflikka intiliş… Pok, navqiron qalbning bir çetini katta insoniy dard qovjiratib ketganligi eng samimiy şeʼrlarda bilinmay iloji yöq. “Qatra”da katta ozod muhabbatning şunday bir ğururi borki… Undagi eng katta ehtiros – odamning maʼnaviy erkinligi.

Asqad Muxtor


Közdan, sözdan, qöllardan uzoq

Bukun senga tölar ellik yoş.

Göyo maysa ellik yoşlik naq –

Ellik yoşday boqadi quyoş.

Qalam, qoğoz yozuv ham göyo

Ellik yoşli yetuk va yaqin.

Hamma real, xayol va röyo,

Hijron, sevgi, yoğin va çaqin.

(O, arablar! Tasanno sizga,

Hikmatingiz keldi menga qöl.

Debsiz. “Eng çöng, uzoq masofa

Dil bilan dil aro yotgan yöl”.

Şu çöng, uzoq yöl boşidan man,

Intilaman qalb bilan qalbga.

Men şeʼrdan köprik taşlayman

Uzr aytib dono arabga).

Ponamisol yorib taqdiring

Men kirmayman uyingga zinhor,

Zero, heç on baxting va mehring,

Fikring çulğab bermadim ozor.

Lekin bukun döstu raqib jam,

Ho, döst deb sev, ho raqib deb quv,

Ertaklarda bölganday men ham

Keldim, bölib dilingga ğuluv.

Darkor emas na poygak, na tör,

Qatraga barg ham, kosa ham joy…

Endi seni azob va huzur

Girdobiga olar hoynahoy.

Böş qadahni qöyasan sekin,

Şuhrat-hurmat va şarobdan mast.

Nedur senga yetmayin lekin.

Bir nuqtaga boqasan loqayd,

Göyo hamma ğoyib bölganday

Birdan özing sezasan yolğiz.

Qöl çözasan sipqormak-çun may,

May tutadi ötsiz, olovsiz.

Tutamoği etar betoqat

Va kayfingdan qolmaydir asar.

Çunki qadah tubida tomçi

Bir bulbulning köz yoşi qadar –

Şaffof, quruq, otaşga töliq

Alangasiz turadi yonib,

Unda şodlik, kayfu safo yöq.

Içolmaysan bu mayni qonib.

Kim bilar, u ne? Jigar qoni,

Yiğlamagan közing yoşimi?

Yo bösadan yot lab fiğonin

Öt jismiga yaşirgan nammi?

Yo qörqoq işq zaif jurʼatning

Ikki boşga solgan qamçisi.

Yo ayolning qalbi hovurining

Muzga tegib singan tomçisi.

Nima bölsin, şu yetim qatra,

Menman, menman, men özim faqat,

Sen bu tutov olovdan saqlan,

Ичма, бу май на кайф, на-да бахт!

1962

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.