2 daqiqada öqiladi

171 marta körilgan

“Bir yori ğamgusorim… yöq erdi”

“Bir yori ğamgusorim... yöq erdi”

Jurnalimizning uşbu sonidan eʼtiboran “Maktubot” nomli rukn taşkil etdik. Unda maşhur şaxslarning maslakdoşlariga, yaqinlariga yozgan maktublarini eʼlon qiliş orqali ularning insoniy keçinmalarini, qalb manzaralarini körsatişni niyat qildik. Ilk maktubni adabiyotimiz, maʼnaviyatimiz oftobi – hazrat Alişer Navoiyning “Munşaot” töplamidan tanladik. husayn Boyqaroga yozilgan uşbu maktubda hazratning maşhur devonlariga qay tarzda tartib berilgani, şuningdek, Navoiyning öşa palladagi ruhiy holati aks etgan…

Qulluq duodin söngra arzadoşt ulkim, bu faqirning parişon aşʼori va oşufta abʼyotidin harnekim tartib libosiğa kirib erdi va har qaysiğa tadvin oyini berilib erdi – barça humoyun kutubxonağa yetib erdi va andaği kutub silkiga kirar şarafin kasb etib erdi.

Bu ötgan ikki yilkim, bu banda boşiğa havodisi rözgordin yuz navʼ balo va işqi zabunkuş bedodidin yuz turluq ibtilo yuzlandi. Ollimğa har şiddat kelsa, çun ayturğa bir yori ğamgusorim va ilayimga har suubat yetsa, çun izhor qilurğa bir rafiqi sohib asrorim yöq erdi, ul şiddatu suubat mazmunidin biror bayt yo matlaʼ xayol qilur erdim va könglumni ul ğussa va anduhdin xoli etar erdim, bu oz vaqtda köp nazm aytilğon ermiş va har navʼ şeʼr va ğazal yiğilğon ermiş. Bularni zoyeʼ qilmoq bandağa nomaqdur erdi va tartibiğa ham hukm bila maʼmur.

Bu sababdin burunği ikki devon aşʼori bila söngra aytilğonlarni bila qöşub, tartib bila tört ayrildi, daği tört ot qilildi: tufuliyatda voqeʼ bölğon ğarib maʼnilarğa – “Ğaroyib us-siğar” va yigitlikda zohir bölğon nodir tarkiblarğa “Navodir uş-şabob” va umrning vadatida jilva qilğon badiʼvaşlarğa – “Badoye ul-vasat” va umrning oxiriğa yaqin nazmğa kirgan foydalarğa – “Favoid ul-kibar” ot qöyuldi. Daği majmuiğakim maxlut bitilibturur, çun tabʼ xazoyinidin hosil bölğon maoniy erdi – “Xazoyin ul-maoniy” laqab berildi, vojib erdikim, muborak nazarğa yetkurulgay.

Ul sababdin mafxarus-savohib Mavlono Sohibni qulluqqa yiborildi va ul musvaddani oliy majlisqa yetkursun deyildi. Bu gustoxliqqa afv umididur va ul gustoxliqlarğa isloh umidi, to tört taboyin muxtalif inson xilqatidakim, ofarinişning xazoyini maoniysidur – muvofiq bölğaylar. Rubʼi maskunda hukmunguz ravon bölsun va rubʼi maskun ahliğa adlingizdin amnu amon. Omin, yo Rabbil olamin.

R u b o i ya:

Ey zuhra kelib, mutribi bazmi tarabing,

Birjisdin ortibon hayovu adabing,

Olam elida xisravu xoqon laqabing,

Odamğa deginça xon bin xon nasabing.

R u b o i ya:

Ne çarx bisoti işratafzoyingça,

Ne mehr jamoli olamoroyingça,

Ne oy davri çatri falak farsoyingça,

Ne kök avji xoki kafi poyingça.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…