Uç şoir, uç olam…
Şeʼr toza, ğarazsiz yurakdan oqayotgan seldirki, botinib şarhlaşdan köra öqib, qayta-qayta öqib, xayol suriş, zavqlaniş yoqimliroq. Ammo muayyan bir şeʼrga, şoirga doir öylar jamlanib, yaxlitlanib, kuzatuvlarni örtoqlaşiş istagi tuğilar ekan. Mana şu istak tufayli tengdoş şoirlar ijodining öziga xosliklari, söz qöllaş mahorati, ijodiy imkoniyatlari haqida baʼzi mulohazalar qoğozga tökildi.
Şoirlar – Şodmonqul Salom, Behzod Fazliddin, Nosirjon Jörayev ijodini qariyb ön yildan beri kuzatib-öqib kelaman. Orada şeʼrga oşiftalik, adabiyotga muhiblik bor. Qolaversa, kasb taqozosi tufayli örtamizda iliq döstona munosabat paydo böldi. Nosirjon bilan magistraturada, Behzod bilan aspiranturada birga öqidik. Şodmonqul aka bilan esa, odatdagidek, dramatik, şeʼrbop kayfiyat umidida har muyulişdan, taniş-notanişdan şeʼr axtarib yurgan dilgir paytlarida yuzlaşib-döstlaşib ketdik. Bu gaplarni aytişdan murod şuki, taqdir taqozosi bilan bu uç şoirning qalb bisoti, kundalik hayot tarzi, ijodiy laboratoriyasi bilan imkon qadar tanişman. Şeʼrda şaxsiyatning böy körsatişi, satrlar uzra soçilib-yoyilib, baʼzan börtib turişi ayon bir gap. Şu maʼnoda Şodmonqul Salomning hassos lirik şeʼrlarida ham, Vatan deya yonişlarida ham, tarixga, bobolar ruhiga murojaatida ham muallifni – çapani bir yigitni körganday-taniganday bölasiz.
Behzod Fazliddinning şeʼrda qimtinibroq, tortinibroq, ammo köngilni ayamay, oğrib-oğritib dildoşlik qilişidan sezasizki, ayni satrlar muallifi öz aqidasida sobit, qobil va halim bir inson. Xuddi Yevgeniy Onegin misoli öyçan, biroz oliftaroq, biroz takabburroq, öta nozik didli, öta taʼsirçan lirik qahramon Nosirjon Jörayevning feʼl-atvoriga qay bir jihatlari bilan yaqin keladi. Xullas, uç şoir – uç olam, uç xil dunyoqaraş…
“Ammo hali yaşamadim, hozirlandim, çoğlandim…”
Isteʼdodli şoir Şodmonqul Salomning “Yöq, öttizga kirganim yöq, bölsam yigirmadaman”, deb boşlanuvçi sheʼridan uzib olingan yuqoridagi satr, nazarimda, uning butun ijodiga taalluqliday: qariyb barça şeʼrlarida hozirlaniş, çoğlaniş ruhi, nafasi bor. Nimaga hozirlanadi, nimaga çoğlanadi – bu endi boşqa masala, har bir şeʼrning vaznu daromadiga tan…
Men Şodmonqul Salom şeʼrlari haqida öylaganimda, ayrim qofiyadoş sözlar va bir-birini taqozo etuvçi tuşunçalar baʼzan fojeiy, baʼzan yumoristik mazmun kasb qilgança beixtiyor xayolimdan ötaveradi. Keyin öşa – “kulayotganda”, “bölayotganda”, “tölayotganda”, “qolayotganda” tölib-toshib şeʼr öqiyotgan qadrdon şoir siymosi gavdalanadi. Ajabki, uning şeʼriy bisotiga ohangdoş bu sözlar real hayotdagi rangpar lahzalariga ham qay bir jihatdan muqobil keladi.
Şeʼrlarida ham, gurunglarda ham fikrni yaxlitlaşga, gapga nuqta qöyişga şoşmaydigan Şodmonqul Salom ana öşa holatni şeʼriy dastxati, uslubiga aylantirgan, desak, mubolağa bölmas. Uning şeʼrlarida jumlalar olisdan keladi, öqiyverasiz; tarixlar aylanadi, taqdirlar turlanadi, öqiyverasiz; özlikdan, “men”dan boşlangan poetik tasvir özbekka, bizga tutaşadi, öqiyverasiz; ana şundan keyingina, matn yakunidagina şeʼrdagi yagona nuqta (.) qöyiladi. Menga baʼzan şunday tuyuladiki, Şodmonqul Salomning şeʼrlari boşida, örtaroğida keladigan nuqta aslida örinsiz, nokerak – göyo ular qandaydir yaxlit quyma; sintaktik böliniş, ayiriş, nafas rostlab öqiş fikrni böladi, maromni buzadi.
Şodmonqul aka şeʼrni qaçon tugallaşni, asarga sönggi nuqta qöyişni biladigan şoir. Baʼzan gözal tizmalarni öqiş asnosida avjidan bir parda oldin yoki keyin, samimiyat, poetik tasvir sustlaşgan pallada tugallangan şeʼrlarni ilğab qolasiz. Mana şu holatni şoirning özi ham anglasa va boşlama bilan tugallanma fikrni nafis boğlay olsa, ana öşa şeʼrning manzil-makoni kitobjavon emas, mutaassir qalb böladi. Yuqorida eslaganimiz – “Yöq, öttizga kirganim yöq, bölsam yigirmadaman”, deb boşlanadigan şeʼrning sönggi misralari şunday: “Heç işonmang, soçlarimni tunga böyab olganman, Lek öttizga kirganim yöq, balki mingdadir yoşim”. Dastlabki banddagi ökinç, hadik-xavotir beş banddan keyin keladigan yakunda qatʼiy işonçga, kelajak orzusiga, miskin kayfiyatdan fazilat axtarişga almaşadi. Bu misrani qanday kayfiyatda öqisangiz, şunga monand xulosa, maʼnoni uqasizki, şoirning köz ilğamas sehrgarligi, ustaligi, kayfiyat yöldoşi ekani mana şunday paytlari bilinadi.
Yana bir şeʼrni körib çiqaylik. U “Sirqiraydi suyagim, tilim qonar sözlardan”, deb boşlanadi. Dastlabki sözdanoq şeʼrda drama tuğildi, endi şoir sizning kayfiyatingizga yölboşçi, sarbon – ergaşasiz, öqiysiz. Şoir keyingi satrlarda jamiyat bilan qalbning munosabati va muvozanatini elakdan ötkaza boşlaydi. “Mangu tavof etmoqqa bardoş”, “qoraygan bir köngilga quyoş”, “hamdard, hamroz yo raqib – eldoş” bölolmaslik hissi bilan qovrilayotgan lirik qahramon yakunda şunday xulosaga keladi: “Bir sarkaş tulpordaman, yuvoş bölolmayapman”.
Avvalo satrda asosiy maʼno taşiydigan uç sözning taʼmi, mohiyati yoqimli, çinakam şoirona – “Sarkaş”, “Tulpor”, “Yuvoş”. Eʼtiborli jihati, bu sözlar bir vaqtning özida asl maʼnosida ham, köçma maʼnosida ham istifoda etilmoqda. Bundan taşqari, tulporning emas, tulpordagi mohirning yuvoş bölolmasligi satrga yanada joziba bağişlaydi.
Şodmonqul Salomning boşqa şeʼrlarida ham ana şunday taranglik, uzviylikni körişimiz mumkin. U “Onamga” şeʼri avvalida “Tongu şomning orasinda”, deya söz aytadi. Keyin yaxlit bir monolog boşlanadi va sönggi ön uç satrni öqiş asnosida tuyğular bir maromda kötarilib, yuksaklab, avj pardalarga çoğişib boradi. Oxiridagi satrda “Men onamni soğinganman”, degan oddiygina jumla bilan şeʼr tugaydi. Yöq, şoşmang, oddiygina jumla dedikmi? Endi uni birinçi satr bilan ketma-ket öqing-çi? Maʼno sal kattardi, yuksaldi, şundaymi? Ana endi oradagi ön uç satr bilan qöşib bir nafasda öqisangiz, söngsözning jozibasi, unga yuklangan mazmunning qamrovi ortişini tasavvur qilib köring. Şunday qilib, şoirimiz juda oddiy usulda öquvçi tafakkurini çarxlaydi. Lekin ana öşa “oddiy” deya taʼrif berilgan usul, söz yöli katta ijodiy mehnat va isteʼdod quvvatining hosilasidir.
Demak, şeʼrning tuzilişi aqlni, ratsional tafakkurni çilparçin qilib, göyoki butkul yangi olam oçişga bemaʼni urinişda emas, aksinça, taxayyul kengliklarida ham mutanosiblikni, fikrlar, tuyğular aro boğlanişni mahkam tutişda namoyon böladi. Eʼtirof etiş kerakki, bunday yaxlitlik şoir şuurining emas, ğayrişuurining mahsuli – ataylab, öylab, hisoblab bunday şeʼr yozib bölmaydi. – Şodmonqul Salomning öquvçilarga manzur, eʼtiroflarga noil şeʼrlarida ana şunday xususiyat bor.
“Qaysi qiyofamda Senga yaqinman…”
Xorazm tomonlarda “Suvora” degan aşula turi, xoniş yöli bor. Bir qaraşda, nisbatan yengil tuyuladigan, biroz öynoqi, savt bu qöşiqlarni mahalliy xalq özgaça ardoqlaydi, sevadi. Hofizlarning davra qurib bahslaşişi – “diyralişma”sida ham suvorani özib aytiş mezon sanaladi. Suvora matnida irfoniy ohanglar, maʼnolar qat-qat – janrning asosiy belgisi mana şu. Suvora Xorazm qöşiqçilik anʼanalariga xos, boşqa joylarda bu sözni uçratmaysiz.
Behzod Fazliddinning Boborahim Maşrabga murojaat bölib jaranglagan “Örtar” şeʼrida uçragan uşbu sözning milliylaşişi, maʼno kölamining kengayişi, intellektning namoyon bölişi kabi mavzularda mulohazalar tuğildi. Xorazm sanʼatiga xos söz Namanganda tuğilgan şoirning şoh Maşrab haqidagi şeʼrida yaraqlab turibdi. Boşqa tomondan olganda, bu – qalamkaşning nozik dididan darak. Maşrab bobo ijodiga doxil bitikka söz tanlanar ekan, özida irfoniy maʼnoni anglatgan kalomga, tabiiyki, ehtiyoj bor edi. Natijada şu bitta söz tufayli şeʼrning yuki ortadi, uluğ qalandarga yaqinlik, vobastalik ruhi matnga singadi: “Tomirimda kuylar oqar – suvoraman”. Satrning jozibasi uning oddiyligida, göyo tilingizning uçida turgan gap aytilganday, şeʼr mutolaasining ayni nuqtasiga yetganda şunday deyişga taraddudlanayotgan bir paytingizda şoir olğirlik qilganday tuyuladi. Bunday kayfiyat Behzod Fazliddinning boşqa şeʼrlarini öqiganingizda ham seziladi. Xususan, “Çigal savollar” şeʼri nomiga monand ravişda ritorik savollardan tuzilgan. Boşdan-oxir söroqdan iborat. Öquvçiga qanday qiziq jihati bor?! U nega bu savollarni öqişi kerak?! Şoirga qöşilib faylasufona xayollarga berilsinmi?! Yöq. Masala boşqa… Behzod öquvçi köngliga mangu savollarni qayta muhrlaş, mohiyatga oşiftalik uyğotiş fonida bitta gap aytadiki, keyinçalik uşbu savol kitob mutolaasi davomida sizga sarbonlik qiladi. Qolaversa, şoirning butun ijodiga muallif özi taklif etgan tarzda nazar taşlaysiz. “Şeʼrimning imoni butunmi?” deb xitob qilar ekan, boşqa satrlardagi savollarning, öşa çigal savollarning (“Adaşdimmi işqqa könglimni oçib?”; “Muştarak bildimmi yaproq, ildizni?”) ayni şeʼrga, umuman, şeʼriyatga aloqadorligi ortadi. Zotan, mantiqsiz şeʼrlar ham turli yöllar bilan kitobatga aylanayotgan paytda öziga, söziga işongan şoirgina öquvçilarga dangal savol taşlab, qiyoslaşga, baholaşga haqli tarzda daʼvat qila oladi. Uslubining soddaligi va, ayni paytda, badiiy maqsadning kölamdorligi, bu mulohaza köngildan ötgaç, yanada çuqurroq anglaşiladi.
Şeʼr – drama, binobarin, har bir şoir öziga xos uslubda badiiyat yaratadi. Behzod Fazliddinning sersavol, ökinçlarga, araz-gina ohangiga eş şeʼrlarini öqir ekansiz, dramatik holatning zamini asosan lirik “men”ning oğriqlaridan, töqnaş kelgan hodisaga taassuf yoki istiğfor aytişidan iboratligini tuyasiz. Mana şu borada şoirdan gina qilişga haqqimiz bor. Yaʼni, adabiyotda “men”ning yuki oğirlaşmas, nazari ulğaymas ekan, öquvçi qalbi bilan qandaydir umumiylik kasb etmas ekan, lirik qahramon şeʼrxon uçun begona, uçinçi şaxs misoli bölib qolaveradi. Aslida, har qanday şeʼrdagi drama öquvçining qalb daftariga ham muhrlanişi kerak. Şeʼrxon mutolaa jarayonida avvalo özini, özligini axtaradi. Qalb oğriqlariga malham, eş bir kayfiyat topgisi keladi. Behzod Fazliddinning juda köp şeʼrlarida keçinmalar xususiy mazmun kasb etib, tuşuniş mavhum bir pardada qolib ketadi. Fikrimça, Behzod Fazliddin ijodidagi bu hol ijodiy mahorat bilan boğliq bölsa kerak. Mahorat sayqallaşgani, yuksalgani sayin eng inja tuyğuni, eng nozik vaziyatni, eng daqiq fursatni ham dilbar bir şaklda, samimiyat bilan örtoqlaşiş malakasi paydo böladi. Behzod Fazliddinning şeʼrşunoslar eʼtirofiga sazovor bölgan, muxlislar tiliga, diliga köçgan şeʼrlari köpligini taʼkidlagan holda, şakllanayotgan isteʼdodning qirralari haqida tugal gap aytiş qiyinligini ham unutmasligimiz zarur.
“Sen meni öqiding, köksimni yorib…”
Nosirjon Jörayevning şeʼrlarini deyarli yod bilaman. Aksariyatini birinçilardan bölib öqiganman. Öxşamagan misralarini birgalaşib muhokama qilganmiz, bahslaşganmiz. Ammo har safar yangi bir şeʼr tuğilganda örtadagi tuşunmovçilik tumanday tarqaydi – yana mutolaa, yana muhokama…
Nosirjonning topgan-qöllagan taşbehlari juda serqatlamlilikni, mutlaq ajralib turişni daʼvo qilmaydi. Köz öngimizda keçayotgan voqelik uning nigohida poetik maʼno taşiy boşlaydi: “Muşt tugsam – kurtakdir, kaft yozsam – yaproq”; “Kiprik qoqişidan çiqqay bir navo”; “Peşonamga omoç tortadi kunlar”. Bitta şeʼrda köpi bilan ikki-uçta taşbehdan foydalangan şoir keyingi misralarda tuyğularning öziga, qalbning aytganiga könadi-qöyadi. Fikrni örab-çirmab, şira boğlatib aytişga oşiqmaydi.
Nosirjonning nazmdagi yoqimli tajribalaridan biri obraz yaratişda körinadi. Uning şeʼrlarida darparda, stul, yoqa, kuylak, öçoq, noyabr, avgust singari turli tuşunçalar badiiy obrazga aylanadi. “Oqşom uyga kirdi yolğizlik”, deb yozadi şoir. U uyga kirib, “divanning yarmiga özini taşlaydi”, keyin “xuddi ulkan közdek baqrayar közgu”, “kökrak qafasini lang oçar şkaf”, “darparda öralib keladi ezgin” – xullas, uyda yolğizlik ruhi kezib yuribdi. Şoir ana şunday manzarani ustalik bilan çizar ekan, öquvçini navbatdagi, yanada oğirroq baxtsizlik bilan yuzlaşişga tayyorlayotgan çiqadi. “Yostiq yoş boladek kirar pinjiga” degan satr öquvçi qalbini portlatadi. Ana öşa manzarani köz oldingizga keltirgaçgina, fojeaning kölamini çuqurroq his qilasiz. Bu nomsiz, şonsiz odamga va ayni tasvirni bamaylixotir çizayotgan musavvir-şoirga taassuf qilasiz Ammo şeʼr butkul ruhsiz, umidsiz yakunlanganda, ehtimol, muallifdan yozğirar edik. Asar yakunida uzilar-uzilmas saqlab kelingan umid ipi böy körsatadi:
Çorasiz köz yumar – uxlar yolğizlik,
Onasi qavigan körpa yopinib.
Tuş körar. Tuşida yurganmiş tirik
Allaqayoqlarga ketgan xotini…
Şeʼr yakunidagi “tirik” degan söz, uslub taqozosidan kelib çiqib şarhlansa, bir dunyo umidni, ilinjni, hamdardlikni ifodalaydi. Şoir hikoya yösinidagi ohangni özgartirib, muşfiq qiyofada köringisi – sözlagisi kelmaydi, xolos.
Ijodkor mahorat bilan poetik manzara çizar ekan, şunday bir tasavvur qoldiradiki, muallifning özi ham taqdirning öyinlariga, tafakkur mavjlanişiga şunçaki bir göyanda. Şeʼrda muallif “men”ining iştiroki matn sathidanoq sezilmaydi, bamaylixotir aytimçilik qilayotgan qalb körinadi.
Nosirjon Jörayevning ijodida, umumlaştirib aytganda, beorom öylarga ğarq bölgança özini axtarayotgan inson qiyofasi bor. Özini axtargan odam esa manzil sari odimlab boraveradi.
Xulosadan burungi öylar
Uç musofir – qalb bisotini göyo qalandarning kaşkuliday ortmoqlab, adabiyot olamiga kirib kelayotgan uç navqiron şoir haqidagi gapni, ehtimol, şu nuqtada tugatiş mumkindir. Biroq hali baʼzi mulohazalarni aytiş zarurati borday…
Tasavvur qilamanki, Şodmonqul Salom tölib-qaynab yozadi. Ilhom toşganda, şu fursatda nima yozişini özi ham bilmaydigan alpozda qöliga qalam tutsa kerak, degan fikrdaman. Sezişimça, şoirning özida ham ana öşa ijodiy toşqin paytidan qörquv hissi bor.
Behzod Fazliddin avval bir ğoyani miyasida pişitib, yetiltirib, keyin öşaning özinigina yozadi. Uning şeʼrlarida ijobiy yoki salbiy maʼnodagi oğiş, bir yönalişdan çekiniş qariyb yöq. Demak, şeʼr qoğozga köçişidan avvalroq voqe bölgan. Endi faqat qalb tandiridan uzib olinsa, bas.
Nosirjon Jörayev esa şeʼrni öylab yozadi. Uning şeʼrlarini öqiyotganingizda “Mana bu misra aynan şunday tuğilmagan bölsa kerak”, degan xayolga borasiz, şeʼrlarda sovuqqon aqlning iştiroki borligini sezasiz. Har bir sözni, jumlani pişitiş, sözlarni çertib-çertib tanlaş orqali şunday satrlar yaraladiki, endi öşa misrada lirika bor, dramatik hol bor, biroq ibtidoiy dağallik, savqi tabiiy yöq – şeʼrga olifta kamzul kiydirilgan. Şu bois uning şeʼrlari çarsillab turadi.
Şeʼrni qanday yoziş, qanday qayta işlaş kerakligi haqida bahslaşib, ijobiy va salbiy jihatlarini taroziga solib bölmaydi. Har bir şoirning işlaş uslubi – özi uçun eng töğri yöl.
Tengdoşlarim ijodini salmoqlaş asnosida muallifining uslubini nisbatan ravşan aks ettirgan şeʼrlardan namuna keltirildi. Çunki, bir mutafakkir aytganiday, uslub – özlik demak. Uslubsiz şaklbozlik öquvçini ham, şoirni ham alağda öylarga oşno qiladi, xolos. Ijodkorning öz ovozi, farqlanib turadigan söz yöli bölsagina, isteʼdod töla böy körsatadi. Birovga ergaşiş, begona yöllarda uloqiş umrning ham, isteʼdodning ham zavolidir.
Körib-kuzatib boraman – matbuotda, internetda ayrim tengdoş ijodkorlarimiz havola qilgan “asar”lar dastavval mazza qilib öqiladi. Negaki, jumlalar silliq, ravon, qofiya, turoq joyida, aytilajak fikr, ğoya bor, ammo şoirning xos kalomi, “Şu şeʼrni men yozganman”, deganday bildirgisi, dastxati yöq. Mana şunday “arzimas” kamçilik tufayli ham baʼzi şoirlar örtamiyonaligiça qolib ketadi. Şodmonqul Salom, Behzod Fazliddin, Nosir Jörayev singari bu haqiqatni allaqaçon uqib, muqallid-şeʼrbozlikdan çekinib-tiyilib borayotgan tengqurlarimiz ham safdaligi adabiyotimizning kelgusi parvozi yanada yuksak bölişiga umidlantiradi.
Behzod Qobul
1984-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida aspiranturani ötagan. "Adabiyot falsafasining nazariy asoslari" mavzusida ilmiy izlaniş olib bormoqda.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

