5 daqiqada öqiladi

283 marta körilgan

Nurilla Çorining “Taşvişi yöq odamlar” hikoyasini öqib…

Nazar EŞONQUL:

Hikoyaning tili samimiy, ifodalar aniq, jumlalar rangdor, sözlar böyoqqa töyingan. Xalqqa xos teşa tegmagan iboralar, maqollar örinli, katta yozuvçilarga xos tarzda, poetika bilan, jaranglab turgan holda işlatilgan. Oddiy bitta çizgi bilan qişloq odamlarining tölaqonli qiyofasi va feʼl-atvorini bera olganki, bu holat yoş adibdan köp narsa kutiş mumkinligini vaʼda qiladi. Til nuqtayi nazaridan Nurillaning bu hikoyasini sözlarni sayqallab işlatiş emas, “qayerga borib tuşsang tuş degandek” tuflab taşlaş odat bölib borayotgan nasrimizga örnak qilib körsatsa arziydi. Şu sababli hikoyaning tili töla maʼnoda tijoriy yoki ilinj adabiyotiga emas, badiiy adabiyotga xosdir. Ammo menda hikoya yakuniga yetmaganday, Bozirgan çol “bevaqt” ölim topganday, uning ölimi badiiyat qonuniyatlari bilan emas, yozuvçining istagi bilan sodir bölganday taassurot qoldirdi. Hikoyaning içki konstruksiyasi ham Murod Muhammad Döst asarlarini eslatadi. Umuman, Bozirgan çol obrazi hali hikoyada ölim topiş uçun, öquvçi maʼlum bir xulosalarga kelişi uçun “pişib yetilmagan”, uning ölimi adabiy xulosa, yeçim va anglaniş darajasiga çiqmagan, asar qahramoni böla oladigan badiiy obraz maromiga kötarilmagan. Şuning uçun ham ajoyib til bilan zeb berilgan hikoya tölaqonli asar tusini olmasdan yakun topgan. Men bu hikoyani jurnal varianti deb qabul qildim va yana işlanadi, deya umid qilib qolaman.

Ahmad OTABOY:

Oldin ham Nurilla Çorining ikki-uçta hikoyasini öqigandim. Harqalay, yomon emas, yozilaverib siyqasi çiqqan gap-sözlardan qoçarkan, xalq sözlaşadigan jonli tilda yozişga urinarkan, bu yaxşi, degan fikrga borgandim. Bu hikoyasi ham, şu maʼnoda, binoyiday. Nega desangiz, hikoyalargina emas, ayrim qissalar, romanlar rasmiy-idora tilidan deyarli farq qilmaydigan tilda yozib taşlanayapti. Tarjima kitoblarda ham şunday qusurni köp kuzatayapmiz…

“Tagsaroyning kungay beti qari lalmi”, deb yozadi muallif. Men bu gapni şunday “tarjima” qildim: “Tagsaroy soyining oftob tuşib turadigan qirğoği köp zamonlardan beri ekin ekib kelinadigan lalmi yerlar”. “Tarjima”ning qusuri gapning çözilib ketganida emas, balki badiiyatdan, obrazli ifodadan mosuvoligida. Nurilla nasrning bu “nayrang”ini yaxşi biladi – hikoyasini öqib sezasiz. “Kunduzlari soyani itga bermasa-da, keçalari kiprik qoqmaydi”. Beixtiyor saratonning garmselidan qoçib uyning soya tarafida tili osilib çözilib yotgan it köz oldingizga keladi. Biroq gap “keçalari kiprik qoqmaydigan” odam haqida. Itga qiyos – öşa odamga, uning ayni damdagi holatiga munosabatni ham kinoya, zaharxanda orqali anglatib kelgan. Umuman, Nurilla Çori özi tasvirlayotgan voqeaga boğliq juğrofiy detallarni, personajlari saviyasini, sözlaşuv tarzi va ulargina qöllaşi mumkin bölgan sözlarni topib işlatadi.

Ehtimol, bu hunari, iqtidoriga mahliyo bölib ketadi, şekilli, yozuvçi ayrim gaplarni “qovurib” taşlaydi. “… jonliqqa et bitirmaydigan aççiq piyozning boşida nima bor”; “… kampiri uning tongdayu şomda, kundayu tunda takrorlab kelgan kalimasini kanda qildi”; “… xotinining foriğlik muddatini ham ötkazib uylangan”; “Çavandozning marsingisi”. Ixçamlikka, jonli tilga intiliş gaplarning maʼno-mazmunini ilğab olişga xalal bermasligi kerak.

Qahramon bölmiş Bozirgan boboning xarakteri yaxşi çizilgan. Çavandoz keksayib otdan tuşgan, biroq hali egardan tuşmoqçi emas. Xarakter-da! Atrofidagilar – kelini, öğli, tengqurlari uning kampiri qazo qilib, söqqaboş bölib qolganini bilişadi, biroq içida hali tamom kulga aylanmagan çöğni payqaşmaydi. Ayrimlari özlari bilmagan holda çöqqa moy quyadi. Çol öz bilganiça el nazaridan çetroqda, çaylada turadi. Nurilla uning öy-xayollarini yaxşi ifodalagan: xarakterga mos, tabiiy, taʼsirçan. Çolning qavatida bölib, unga taskin berib könglini ovlagingiz keladi. Hayot-da bu: atrofidagilari beparvo, açinasiz. Nurilla Bozirgan çolning taqdiriga qöşib hayotning bir parçasini “kesib” olib, biçib-töqib ajabtovur hikoya yozgan. Biroq şu “kesib” olingan parça, nazarimda, hali töldirilişi kerakday.

Nurillaning hikoyasidagi “jinqarça” nevara biroz soyada qolib ketganday tuyuldi menga. Hikoya yakunidagi uning faolligiga asar avvalidami, örtasidami zamin hozirlanganda, qandaydir bir urğuli harakatmi, nutqmi berilganda, harqalay, salmoq oşarmidi. Bu endi taklifga öxşagan gap…

Caʼdulla Quronov:

Nurilla Çori jön asar yozmaydi. Baʼzi yozuvçilar varaqlab yozadigan ğoyani u bir jumlada bera oladi. U soddalikka, hamma uçun birday tuşunarli asar yozişga urinmaydi ham.

Bu hikoya qisqa qilib aytganda, qarilik fasli, keksalikning öziga xos ruhiyati haqida ekan. hikoyada Qaşqadaryo vohasi çollariga xos xarakter çizgilari, urflari, kayfiyati aks etgan.

“Xöş, hikoya özi nima va bu asar hikoya talablariga javob beradimi?”, deya nazariy savol qöysak, albatta, “javob beradi” deymiz. Deylik, roman ğoyaviy-badiiy maqsadiga köra katta bir ijtimoiylikni yoritişni, qissa qahramonni taftiş etişni, hikoya esa voqeani közlaydi.

Bozirganning qiyofasi ham kampiri vafotiyu öğlining böşligi, söqqaboşligiyu ötmiş xotiralari bilan oçila boşlandi. Şu maʼnoda hikoya uçun tanlangan motiv, uning ifodaviy-badiiy jihatdan amalga oşirilişi ança tökis, deb bilaman. Çunki söqqaboş çolning keçinmalari, böşang öğil va kelin, sodda odamlarning turmuşi, qişloq koloriti judayam samimiy, ötkir badiiy tilda bitilgan. Nurilla Çori hikoyada turli voqeaçalarni qalaştirib yuborganga öxşaydi. Lekin hikoyaning talabi ham şu-da. Qahramonning içki dunyosi böylab, falsafiy muşohadalarga qarab ortiqça “ötlab ketma”, arzirli voqealar bilan fikringni ifodala, tamom.

Muallif hikoyada közlangan maqsadga erişgan. Bozirgan çolning kampiri bilan ötgan sodda va mazmunli umri, keksalik davrining öziga xos iztiroblari, odamlarning munosabati, farzandlarning tutumi, xullas, yaxlit bir kartina yaratilibdi. hikoya kompozitsiyasi ham ustalik bilan qurilgan. hikoya avvalida, çol soqolini boylab non yoparmiş, degan miş-mişning kaliti asarning oxirida berilgani yozuvçining sinçkovligidan, asarning kompozitsion jihatdan ham puxta ekanidan darak beradi.

Bu yozuvçining bir kamçiligi bor. Muayyan hududga xos bölgan şeva sözlardan meʼyoridan ortiq foydalanadi. Albatta, şeva sözlardan örinli foydalaniş asarga samimiylik, jon bağişlaydi, ammo bu sözlar miqdori meʼyoridan oşsa, bu sözlarni qahramonlar emas, yozuvçi ataylab tiqiştirayotganday tuyuladi. Şu bois faqat bir hududga tuşunarli bölgan motivlardan qoçiş kerak, deb öylayman. Bu narsa, muayyan badiiy-ifodaviy maqsadda, deylik voqea keçayotgan joyni bildiriş uçun, qahramonning qayerdan ekanligini, xarakterini oçiş uçun işlatilsa, kifoya…

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)