– Man ölmaydigan böldim, – dedi Sodiq bobo. – Endi yaşayman, uzr.
– Öziyiz bilasiz, boboy, – dedi sangtaroş bamaylixotir. – Özi, yonimga kelganlardan birortasi: “Ertaga ölaman, manga qabr toş tayyorlab qöy”, demagan edi.
Sodiq suvçi oltmişga kirdi, lekin şifokor kim, ukol nima bilmadi. Rahima bibi uni paxtazorda tuqqan ekan. Şundanmi, Sodiqning topgani ham, yöqotgani ham dala böldi. Dalasining şörini yuvdi, köngli ösdi, buğdoy maysalariga şarbat berdi, köksi osmon böldi.
Nima bölsa ham, Sobit dehqonning öğli-da. Qoğoz-qalam bilan emas, tuproq bilan tillaşib ulğaydi.
Yillar suvçining peşonasiga jöyak tortdi. Ğoz qaddini dol qildi. Belidan mador, közidan nur ketdi, ammo ğayrati ketmadi. Hozir ham bundayroq ikki-uç böz bolaning işini bemalol eplaydi. Biroq boboning ruhi birdan çökdi. Dunyodagi eng azizlari – qadrdon dalasi va şanği kampirining xotirasi ham köziga körinmadi.
Tul tunda zaxkaş labidan gursillab ketayotgandi öşanda. Bexosdan yulğunlarga yondoş tirkama bilan töqnaşib, zaxkaş içida kördi özini. Öng qöli çidab bölmas darajada zirqirardi. Umrida birinçi marta tan oğriğidan yiğladi. Lekin dardini doston qilmay yuraverdi. Oxiri oğriq suyakdan ötdi.
Bobo közini oçsa, bir nozanin girdikapalak. Oyjamol jilmaydi. Azot turib, pariçehraga yaxşiroq söz aytmoqqa urindi. Şona qurğur “jaz” etdi. Şunda öng qölidan ajrab qolganini sezdi. “Obbo, bu kasalxona-ku!”.
Endi na öroq, na ketmon bilan dardlaşişga holi bor. Boboning injiqligi qözidi. Oxirgi uç oyda bölari böldi. Köça-köy nima bilmadi. Ozib-tözidi. Terakning novdasiga öxşab qoldi. “E bor-e!” deb narigi dunyoga qarab yöl olgandi-yu…
“Ertaga kampirimning yoniga boraman”, degan kuni televizorda nogiron bölsa-da, tinib tinçimas bir ayol haqida körsatuv böldi. Bobo mijja qoqmay kuzatdi. Özidan nafratlanib, tizzasiga şapatilab tomoşa qildi. “Bir zaifa şunday umidbaxş suratlarni çizarkan-u, men badfeʼl bitta qölim kesilganiga… Xudoga şukr, kampirim körmadi bu qaro kunlarimni. Bölmasa, zap ustimdan kularkan-da”.
Sodiq bobo ertasi kuni sahar-mardonda turib, Şodi yetimning uyi tomini yopiş uçun qişloqdoşlarini haşarga yiqqani jönadi.
Obid QÖLDOŞ
1985-yili tuğilgan. “Xayolimni öğirlagan qiz”, “Çöqqilarni közlagan olim”, “Mohiyatga sayr” nomli kitoblari çop qilingan. “Isteʼdod maktabi” VII respublika yoş ijodkorlar seminari iştirokçisi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

