6 daqiqada öqiladi

282 marta körilgan

Gulnoz Möminova. Bolgariya şeʼriyatidan tarjimalar

Har bir millat adabiyoti uning köp asrlik tarixi, madaniyati va dunyoqaraşiga mos böladi. Bolgariya adabiyoti ham bundan mustasno emas. Jahonning barça xalqlarida bölgani kabi bolgar adabiyotining tub ildizlari ham uning boy folkloriga borib taqaladi. Mazkur adabiyotning ilk rivojlaniş bosqiçlarida diniy rivoyatlar alohida ahamiyat kasb etgan. Bolgariya şoirlari ijodida vatan va millat hurligi, qalb erkinligi, hayot mantiği kuylanadi. Bu mavzularni, ayniqsa, Lyuben Karavelov, Xristo Botev kabi şoirlar ijodida kuzatiş mumkin. Dramaturgiya, şeʼriyat, nasr va publitsistika kabi qator janrlarda qalam tebratgan Ivan Vazov, folklorşunos, şoir va publitsist sifatida tanilgan Petko Raçev Slaveykov, uning öğli – öz otasining munosib farzandi, nomzodi “Nobel” mukofotiga qöyilgan Penço Slaveykov, sohir qalb sohibi Peyo Yavorov, beqiyos isteʼdod egasi Atanas Dalçev, majnunqalb Aleksandr Gerov, insoniy tuyğularning nozik ifodalarini kaşf etgan Voymir Asenov bolgar şeʼriyatining rivojlanişiga hissa qöşgan ijodkorlar sanaladi.

Şuningdek, bu adabiyot vakillari orasida Yelisaveta Bagryana, Yana Yazova, Valentina Radinska, Yolka Nyagolova singari şoiralar ham bor. Valentina Radinska taniqli rus şoiralari – Anna Axmatova hamda Marina Svetayevaning muxlisi bölib, uning Svetayeva xotirasiga bağişlangan “Avgust” nomli şeʼri ançagina maşhur.

Insoniy tuyğular millat tanlamaydi, deyişadi. Maşhur rus şoirasi Anna Axmatova isteʼdodli bolgar şoirasi Yelisaveta Bagryananing bir turkum şeʼrini, şuningdek, Penço Slaveykov va Aleksandr Gerovning eng maşhur şeʼrlarini rus tiliga mahorat bilan ögirgan. Atanas Dalçev şeʼrlari esa Mariya Петровых tarjimasida özgaça jaranglaydi.

Gohida şoirning kam sonli şeʼrlari ham, uning ijodiy mahorati haqida tasavvur berişi mumkin. Axir, “qatrada quyoş aks etadi”, degan hikmat bor.

Şu hikmatga asosan aytiş mumkinki, bolgar şoirlarining aksariyati öziga xos uslubga ega. Jumladan, Ivan Vazov öz asarlarida vatan va inson erkining muqaddasligini çuqur falsafiy muşohadalar orqali bayon etgan bölsa, Dimitr Metodiyev odamzot qismatining murakkabliklarini tarixiy haqiqatlar va taʼsirçan manzaralar vositasida tasvirlab bergan. Şoir “Nefertiti” şeʼrida şunday yozadi:

Nefertiti, kördim, suluvsan ğoyat,

Beğubor sevgimga qilmagin gumon.

Yöqotganim izlab topdim nihoyat,

Senga yetgunimça ötdi köp zamon.

Turfa miş-mişlarga işonma aslo,

Xudoni ham qilar odamzot ğiybat.

Bu dunyoda senga yetgunimça to

Qança kulfat çekdim, qança uqubat.

(R. Musurmon tarjimasi)

Umuman olganda, Dimitr Metodiyevning “Nefertiti”, “Dunyoning kaşf etilişi”, “Gödaklik hidi”, Penço Slaveykovning “Mikelanjelo” hamda “Cis moll”* kabi şeʼrlarini öqiş çoğida, bolgar şeʼriyati vakillarining olam va odam falsafasini anglaş yölidagi urinişlari besamar ketmaganligi ayon böladi. Peyo Yavorov, Voymir Asenov kabi şoirlar ijodida esa tabiat lirikasi va muhabbat tarannumiga keng örin berilgan.

Ötgan asrning saksoninçi yillaridan boşlab bolgar şeʼriyatida ham modernistik tamoyillar taʼsiri sezila boşladi. Yolka Nyagolova, Krasimir Georgiyev kabi şoirlar şu tamoyillarga asoslangan zamonaviy şakllarda qalam tebratişadi. Adabiy tanqidçilar xulosasiga köra, ayni paytda bolgar adabiyoti susayiş davrini boşdan keçirmoqda. Buning öziga yaraşa sabablari bor. Zamonaviy ijodkorlarining köpçiligi postmodernizm taʼsirida bolgar adabiyotining köp asrlik anʼanalarini inkor etmoqdalar. Bu holatda esa adabiy til meʼyorlari va adabiyotdagi köp asrlik anʼanalarga putur yetişi mumkin.

har ne bölganda ham, bolgar şoirlari ijodi öziga xos ohangi va mavzulari bilan ajralib turadi. Bu şeʼrlarda olamning köhna haqiqatlari, insonning gözal va latif tuyğulari, eng muhimi, ibtido soğinçi mujassam.

(Tarjimondan)

* Mazkur şeʼr buyuk bastakor Betxoven xotirasiga bağişlangan bölib, şeʼrga uning “Taqdir eşikni taqillatdi” degan sözlari epigraf qilib olingan.

Penço Slaveykov (1866–1912)

* * *

Kuz barglari qovjiroq, zaʼfar,

Yerga soçar ularni böron.

Qadamimdan sinar xazonlar,

Soyasidan ayrilmiş örmon.

Xazonlarning şivirlaşlarin

Soyasidan ayri örmonda,

Anglagayman kuzning böroni

Meni yerga qulatgan onda.

KEÇA KÖZ YOŞ TÖKAR…

Keça köz yoş tökar sokin va sözsiz,

Aççiq alam bilan tan olar, esiz:

Oppoq kun Keçani olmas yodiga,

Oppoq kun heç qaçon yetmas dodiga.

Bilişni istamas: u nega mahzun,

Bu teran va abad qayğu ne uçun?

Tong nurli jamolin körsatgan çoğlar,

Maysalar böynida şudring munçoqlar.

Bu şaffof tomçilar qaynoq, şaşqator,

Lek sira açinmas Kun degan ğaddor.

Boqar – tabassumi yorqin va mayin,

Göyo bu ğussaga daxli yöqdayin.

* * *

Tuşimda ham, öngimda ham, yor,

Jamolingga etding mahliyo –

Bamisoli tunday fusunkor,

Nur soçuvçi kunduzday, göyo.

Kunduz firoq dilni poralar,

haqiqat ham tegar jonimga.

Tunda esa tuşlar oralab

Çorlagayman kunni yonimga.

Valentina Dimitrova Radinska (1951)

MADhIYA

Erta ketsam hayotdan – közim yummoqqa şoşma,

Gajak bilakuzuk va uzugim taq qölimga.

Yaşirib daftarimni, qalamimni taroşla –

Qabr siri noayon – u tegişli ölimga.

Erta ketsang hayotdan – mumkin bölmoği sodir,

Yagonam eding, – deya tan olgumdir nihoyat.

Titroq barmoqlaringdan bösa olgum birma-bir,

Uzoqdan nur taratgan yuragingdan ham albat.

Bori şu. hammasiga tayyorman endi, mana,

Sensiz hayot nedir? U – zulmat içra nur körmoq.

Tomoşa, sahna öşa, parda tortilar yana,

Döstlar çiqarar yoddan, ğanimlar eslar uzoq.

Afsus… Körmaymiz yerning hamma tomoşalarin.

Lek sezamiz uruğning xörsinişin dalada,

Qor kabi oq ildizning ösganini ilğaymiz.

Zamin osti suvlari quvvat berar pallada

Bola hayrati bilan insondek boqar ildiz.

Buğdoyiq misol ötar yillar oralab dadil,,

Mangu yaşil qoni-la davolar bizni albat.

Sevgimiz yot közlarga körsatmagay sira, bil –

Toğlar aro yaşirib qöyar abadul abad.

Peyo Yavorov (1878–1914)

SOhIRA

Qalbim – qalbing asirga olgan

Itoatkor quldir, umrbod

Közlaringga termulib qolgan…

Duo qilar, yolvorar nolon,

U yil sayin bölmoqda barbod.

Qalbing parvo qilmagay sira,

Qalbim quldir, qalbing – sohira.

Zör taşnalik bermoqda azob,

Çorlovimga bir bora javob

Qaytarmadi iloha qalbing.

Ikki çaşming yonayotir jim,

Sokin qalbing timsoli – sabot.

Uni afsun töla marosim

Xijolatga solmoqda nahot?

Nikolay Liliyev (1885–1960)

* * *

Navbahorning mayin yomğiri

Tom ustida soçmoqda jarang.

Tinglagança bahor yomğirin

Qança umid köz oçar, qarang!

Şu bahoriy mayin yomğir-la

Uyğonmoqda ohista Zamin.

Şu bahoriy mayin yomğirlar

Sözlab berar köklam ertagin.

Köklamoyning yomğiri mayin –

Baxt şuʼlasin yöymang sarobga.

Tinglagança bahor yomğirin

Qança orzu çiqar röyobga!

Dimitr Metodiyev (1922–1995)

KUZ

Olam uyqu hamda tözğinlikka band,

Yerga, odamlarga berib borini,

Sokin va uluğvor – göyo donişmand,

Sönib borayotir yorqin kuz kuni.

Yiğlama hadik-la, qöygil ğussani,

ha, kunlarni bargday sovurdi fursat.

Lekin terakzorning sarğiş gulxani

Yaşil dala uzra yonmoqda bu vaqt.

* * *

Abadiymas mening qöşiğim,

Lek özimga qilar kifoya.

Men nomaʼlum askarman – umri

Uluğ jangda topgan nihoya.

Bir kun kimdir motam gullarin

Taʼzim bilan qöyadi yerga –

Boqib yuksak supada turgan,

Tanilmagan jasur şoirga.

Aleksandr Gerov (1919–1997)

KUN

Kun sen bilan töliq – sensan fitrati

Va şunday uluğvor, poyonsiz bu kun.

Endi çöçitolmas vaqtning vahşati,

Lahzaga aylandi fursat men uçun.

Yulduzlar yopinçiq töqişar tunga,

Samovot bağrida taratgança nur.

Yor yonimda bölgan kun uçun senga,

Ey abadiy lahza, ming bor taşakkur!

Voymir Asenov (1939–2013)

BILLUR

Sevar edim seni, muhabbat,

Isming naqşi çekilmiş jonga.

Bugun tavba kunidur albat,

Sajda qilgum sen bor tomonga.

Ehtirosing buyuk, telbavaş –

Etar bizni jannatdan judo.

Seni qömsab, izladim yakkaş,

Zohidmasman, keçirsin Xudo.

Paydo bölding qarşimda, jöşqin

Olamingni etib namoyon.

Qadim olov içra yonardim,

Aldamading sen meni şu on.

Qalbim ötda aylading abgor –

Ammo qalqdim Qaqnus quşiday.

Sevgi, boqqin, tört tomoning qor –

Sen gözalsan oşiq tuşiday!

Bugun yana çorlading qayta,

Kuying içra billuriy sado…

Peşvoz çiqqum, sen avvalgiday

Sen yonimga qaytarsan, illo!

Gulnoz Möminova – 1978-yilda tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. “Fasllar şiviri”, “Sayyoh quşlar”, “Dil siniqlari” kabi töplamlari, matbuotda bir qança tarjimalari eʼlon qilingan. Quyida eʼtiboringizga havola etilayotgan tarjimalar rus tili orqali amalga oşirilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)